Авторы

  • Sohiba Djurayeva
    JDPU Maxsus pedagogika kafedrasi o’qituvchi
  • Sevara Qalandarova
    JDPU O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.73440

Ключевые слова:

Inklyuziv ta’lim eshitishida nuqsoni bo’lgan bola metodika kar zaif eshituvchi koxlear implant nutqiy nafas ovoz eshitish idroki.

Аннотация

Ushbu maqolada eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning psixologik-pedagogik tavsifnomasi, nuqson xarakteristikasi va  inklyuziv ta’lim muhitida eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar bilan ishlash metodika, korreksion mashg’ulotni tashkil etish bo’yicha tavsiyalar bayon qilingan.


background image

101

INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN

BOLALAR BILAN ISHLASH METODIKASI

Djurayeva Sohiba Barat qizi

JDPU Maxsus pedagogika kafedrasi o’qituvchi

Qalandarova Sevara Akmalovna

JDPU O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15095562

Annotatsiya

Ushbu maqolada eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning psixologik-pedagogik

tavsifnomasi, nuqson xarakteristikasi va inklyuziv ta’lim muhitida eshitishida nuqsoni bo’lgan
bolalar bilan ishlash metodika, korreksion mashg’ulotni tashkil etish bo’yicha tavsiyalar bayon
qilingan.

Kalit so’zlar:

Inklyuziv ta’lim, eshitishida nuqsoni bo’lgan bola, metodika, kar, zaif

eshituvchi, koxlear implant, nutqiy nafas, ovoz, eshitish idroki.

Annotation

This article describes the psychological and pedagogical characteristics of children with

hearing impairments, the characteristics of the impairment, and the methodology for working
with children with hearing impairments in an inclusive educational environment, as well as
recommendations for organizing correctional activities.

Keywords:

Inclusive education, child with hearing impairment, methodology, deaf, hard

of hearing, cochlear implant, speech breathing, voice, auditory perception.

Bugungi kunda eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar va o'smirlarga nisbatan g'amxo'rlik,

ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, ta'lim-tarbiya jarayonini ularga mos ravishda tashkil etish,
sog'lom jamiyatga tenglashtirishdek o'ta mas'uliyatli vazifalar bir qator me'yoriy hujjatlarda o'z
ifodasini topgan bo'lib, asosiy maqsad o'quvchilarni mustaqil hayotga va kasb-hunarga
tayyorlash, jamiyatda o'z o'rinlarini topishlariga yordam berishdan iboratdir. Eshitishida
nuqsoni bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berishni erta boshlashning ahamiyati juda
katta. Eshitish qobiliyati buzilgan shaxslarni sifatli o'qitish, tarbiyalash, rivojlantirish va
reabilitatsiya qilishning asosiy shartlaridan biri bu har bir fan o’qituvchilarining eshitish
funktsiyasi holati xususiyatlarini to'g'ri tushunishi va darslarni tashkil qilishda bolaning
psixologik va ruhiy holatini hisobga olish muhimdir. Eshitish holatiga ko'ra, eshitish qobiliyati
zaif (eshitadigan) va karlar farqlanadi. Zaif eshitadigan bolalar qoldiq eshituvga tayangan holda
og’zaki nutqiy ko’nikmani rivojlantirish asosida dars mashg’ulotlarini olib boradi. Kar bolalarda
esa bu jarayon farqlanadi tug’ma kar bola soqov bo’ladi ya’ni bolada eshitish idroki
bo’lmaganligi sababli og’zaki nutq rivojlanmaydi ularda yetakchi nutq daktil va imo-ishora
nutqi asosiy rol o’ynaydi. Bugungi kunda Zaif eshituvchi bolalar umumiy o‘rta ta’lim
tashkilotlarida tashkil etilgan inklyuziv ta’limga jalb qilinadi, kar bolalar esa ixtisoslashtirilgan
maxsus maktab internatlarida ta’lim-tarbiya olishadi.

Inklyuziv ta’lim - alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini

hisobga olgan holda umumta’lim muassasalarida barcha uchun teng imkoniyatlarni
ta’minlagan holda beriladigan ta’lim tizimidir. Inklyuziv ta’lim umumta’lim maktablarida sinf
sifatida tashkil etiladi, sog‘lom o‘quvchilar bilan bir qatorda alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan
o‘quvchilar birgalikda bir sinfda ta’lim-tarbiya oladilar va bu “Inklyuziv ta’lim sinfi” deb ataladi.

Inklyuziv ta’lim sinfiga eshitishida muammolari bo‘lgan o‘quvchilarning ikki toifaga


background image

102

qamrab olinadi:

- birinchi toifasi koxlear implant qo‘yilgan;
- ikkinchi toifalilar esa eshitish qobiliyatining yo‘qotilishi 60 Db gacha bo‘lgan

rivojlanishida qo‘shimcha buzilishlar bo‘lmagan bolalar.

Bunday bolalarda eshitish apparatini taqsa eshitish tajribasi va elementar talaffuz hamda

og‘zaki so‘zlashish tajribasi mavjud. Ba’zilarida nutqi 30-40% gacha shakllangan holatda
bo‘ladi. Dastlab o‘quvchilarda eshitish va nutq tajribasi minimal darajada bo‘ladi. Darsdan
keyin eshitish trinojyori orqali mashg‘ulotlar olib borilganda, dastlabki yarim yillikdan keyin
bu o‘quvchilarda nutqni egallashi jadallashadi. Bunda albatta oilaning o‘rni juda katta bo‘lib
uyda bola doimiy nutqiy muhitda bo‘lib turishi, darsda o‘tilganlarni mustahkamlab borishi,
eshitish qobiliyatini rivojlantirish mashqlarini bajarishi talab qilinadi. Korreksiyalovchi
mashg‘ulot (Eshitishida muammosi bo‘lgan o‘quvchilar bilan olib boriladigan korreksion
mashg‘ulotlar misolida) har kuni 20 minutdan maxsus pedagog tomonidan olib boriladi va ikki
qismdan iborat bo‘ladi. Korreksiyalovchi mashg‘ulot surdopedagog tomonidan olib boriladi.
Mashg‘ulotning birinchi qismi eshitishga o‘rgatish hamda eshitish qobiliyatini rivojlantirishdan
iborat bo‘ladi. Ikkinchi qismi talaffuz va og‘zaki so‘zlashuv nutqni shakllantirish va
rivojlantirishdan iborat bo‘ladi. Bunda uy vazifasiga berilgan nutq materiali, keyingi dars uchun
yangi mavzu materialining hammasi eshitib qabul qilish, taqlid qilib aytish yo‘li bilan olib
boriladi. Maxsus o‘qituvchi har kuni o‘tilgan mavzuni mustahkamlaydi, uy vazifasini bajartiradi,
keyingi darsda takrorlash va mustahkamlash bo‘yicha savol va topshiriqlarni bola bilan
tayyorlaydi. Keyin barcha fanlar bo‘yicha keyingi darsda o‘tiladigan mavzuni bir kun oldin
o‘quvchi bilan yakka tartibda ishlab chiqadi va keyingi darsda faol ishtirok etishga tayyorlaydi.
Agar inklyuziv sinfga eshitishida muammosi bo‘lgan eshitish qobiliyatining yo‘qotilishi 60 Db
gacha bo‘lgan rivojlanishida qo‘shimcha buzilishlar bo‘lmagan bola hamda koxlear
implantatsiyasi bo‘lsa uni nutqini tekshirishda talaffuz mashg‘ulotlarining rejasi o‘tkazilgan
maxsus tekshirish natijalari asosida tuziladi. Tekshirish jarayoni esa, har bir o‘quvchining
psixofizik va nutqiy eshituv holatining o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Nutqiy nafasini esa nafas mashqlari orqali to‘g‘rilanadi. Maxsus o‘qituvchi o‘quvchilarga nutqiy
nafasdan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatadi, davomiy (uzun) nafasni bosqichma-bosqich, asta-sekin
sifat jihatdan o‘sish asosida shakllantiradi.

Ovoz ustida esa: - nutqiy materialni me’yordagi balandlik, kuch va tembrdagi ovoz bilan

o‘qituvchi yordamida yoki mustaqil talaffuz qilishga; - eshitish orqali ovoz o‘zgarishini farqlash
va ovoz kuchiga moslashgan holda talaffuz orqali takrorlash: sekin-asta kuchayish: “past-
balandroq-baland”, ovoz kuchsizlanishi: “baland-pastroq-past”; - ovozning tabiiy diapazonini
farqlash: odatiy ohang, o‘rta darajadan ko‘tarish, baland va o‘rta darajadagi ovozdan
pasaytirish; - ovoz kuchini o‘zgartirish: me’yoriy (odatiy)-baland-past; - shivirlash orqali nutqiy
materialni talaffuz qilish (o‘qituvchining talabi asosida, suhbatdosh o‘rtasidagi masofa,
xonaning kengligi, vaziyat taqozosi bilan sokinlikka rioya qilish). Nutqning ritmik-ohangini his
etish va farqlashga o‘rgatishda gap bo‘laklari bo‘yicha nutqiy birliklarni farqlash va talaffuz
qilish: urg‘uni his qilish, farqlash, xabar, so‘roq, xis-hayajonni yеtkazish (o‘qituvchi yordamida
yoki mustaqil)dan foydalaniladi.

Talaffuzni shakllantirish mashg‘ulotlari har bir o‘quvchi uchun alohida nutqiy tekshirish

natijalari asosida tuziladi. 1-sinflarda asosiy fonemalar asosida “Tovush qo‘yish” mavzulari
rejalashtiriladi. 2-sinfdan 2- konsentr tovushlari qo‘yiladi. 1- konsentr ustida yana “Qo‘yish”


background image

103

ishlari davom etadi. 3-sinfdan boshlab, o‘quvchilarning nutqiy rivojlanish holatiga ko‘ra
mavzular rejalashtiriladi. Maqsadda: “Tovushlar talaffuzi kamchiliklarini” degan fikrdan so‘ng
“tuzatish”, “diffrensiyalash”, “mustahkamlash” kabi fe’llardan foydalaniladi. Eshitish idrokini
rivojlantirish uchun: Eshitish orqali matnni qabul qilishga o‘qitish yil davomida olib boriladi.
Ushbu jarayon quydagi bosqichli ishlarni o‘z ichiga oladi:

1-mashg‘ulot: Matnni butunligicha qabul qilish va nimalarni idrok eta olgan bo‘lsa,

shularni aytib berish; matndagi jumlalarni eshitish orqali tanish. Bu mashg‘ulotning
raqamlanishi o‘quv yili yoki chorakka nisbatan emas, balki reja asosida boshlangan yangi
mavzuning 1- va keyingi ishlaridir. Ya’ni har bir mavzuni o‘tishda rioya etiladigan ish
bosqichlaridir. Ma’lumki, aksariyat hollarda amaliyotda mavzuning boshlanishida dastlab
so‘zlar, so‘z birikmalari va matnni eshitib farqlashga taqdim etish tajribalari kuzatilmoqda.
Metodikada: eshitishga berilayotgan matnni 1-mashg‘ulotda yaxlit tarzda eshitishga, eshitib-
ko‘rishga berish lozim. O‘quvchi nimani tushungan bo‘lsa, takrorlashi so‘raladi.

2-mashg‘ulot: gap, so‘z birikmasi va so‘zlarni turli kombinatsiyalarda eshitishga

berilganda “tanish”ga o‘rgatish. Bunda kartochkalar va sochma matnlardan foydalaniladi. 3-
mashg‘ulot: o‘quvchilar matn mazmunini oldingi mashg‘ulotlarda o‘zlashtirganliklaridan kelib
chiqib, ularning matnni qanchalik tushunganliklari savol-javob va topshiriqlar yordamida
aniqlanadi. Bunda o‘quvchi nafaqat o‘qituvchi bergan savollarga javob beradi, balki eshitgan
gapiga savol ham berishi so‘raladi. So‘ngra matnni butun qabul qilish va mustaqil so‘zlab berish
ustida ishlanadi.

Eshitish mashg‘ulotlarida muhim ish turi bu dialog ustida ishlash va tashkil qilishdir:
1-variant: O‘qituvchi o‘zi turli o‘yinlar yoki figurachalar bilan dialogni namoyish etadi.

O‘quvchi dialogni eshitishga 2 marotaba qabul qiladi, har birida nima tushunganini takrorlaydi.

2-variant: O‘quvchi o‘zi sochma matndan dialog tuzadi. Tayyorlov, 1-sinflar uchun

eshitish mashg‘ulotlari mavzulari va mashg‘ulot raqamlari hamda ularga ajratilgan haftalik
soatlar quyidagi jadvalda berildi. Izoh: 1-sinf uchun berilgan mavzular bo‘yicha matnlar
o‘qituvchilar tomonidan hamda mos sinf “Ona tili va o‘qish savodxonligi”, “Tabiiy fan”
darsliklardan olingan holda tayyorlanishi tavsiya etiladi. Mavzular bo‘yicha matnlar
o‘quvchilarning imkoniyatlariga ko‘ra qismlarga ajratilgan holda eshitishga taqdim etiladi.
Umumiy bo‘lim mavzusi 1 ta bo‘lib, hafta uchun matn mavzusi alohida berilgan bo‘lsa-da, biroq
ular umumiy 1 ta matnning qismlaridir. Bo‘lim mavzusi bo‘yicha tekshirish savollari hamda
dialog tuzilishi har bir o‘quv uchun mos tarzda beriladi. Kartochkalardan foydalanishga
ustuvorlik beriladi. Demak, umumiy matnning yaxlit va gaplar (so‘zlar, so‘z birikmalari) kabi
birliklarda sochma tarzda tayyorlanishiga o‘qituvchilar mas’uldirlar. Eshitishga beriladigan
so‘zlar 4 ta turkumda tizimlashtirilgan lug‘at asosida tanlab olinadi. 2-sinfdan boshlab,
o‘quvchining talaffuzidagi kamchiliklari bilan bog‘liq ravishda 4 ta turkumdagi so‘zlar mos
tanlanadi. Ya’ni agar o‘quvchida “K” tovushi talaffuzida kamchiliklar kuzatilsa, shu tovush bor
so‘zlar lug‘atdan tanlab olinadi. Bunda so‘z boshida, o‘rtasida, oxirida, yonma-yon va boshqa
pozitsiyalarda kelishi hamda bir, ikki bo‘g‘inli, undan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlar esa, o‘quvchining
imkoniyatidan kelib chiqib tanlashiga e’tibor qaratiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktyabr “Alohida ta’lim

ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash


background image

104

to‘g‘risida”gi №-638-sonli qarori.

2.

Inklyuziv sinfdagi maxsus o‘qituvchining alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilar

bilan ishlash metodikasi nomli metodik qo‘llanma Toshkent 2022 O‘quvchilarni kasb-hunarga
yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi.

3.

Djurayeva, S., & Kubayeva, S. (2024). INKLYUZIV TA’LIM SAMARADORLIGINI

OSHIRISHDA KADRLARGA QO’YILADIGAN TALABLAR MAZMUNI.

Modern Science and

Research

,

3

(12),

108–111.

Retrieved

from

https://inlibrary.uz/index.php/science-

research/article/view/48935
4.

Djurayeva, S., Abdullayeva, Y. ., Abdigapporova, M. ., & Abdug’apporova, M. (2024). IMO-

ISHORA TILI TIZIMIDA YANGI IMO-ISHORALARNING ROLI.

Modern Science and

Research

,

3

(12),

286–288.

Retrieved

from

https://inlibrary.uz/index.php/science-

research/article/view/54215
5.

Djurayeva, S. ., & Xudoynazarova, S. . (2024). INKLYUZIV TA’LIMDA BOSHLANG’ICH SINF

O’QUVCHILARIGA CHET TILINI O’QITISH.

Наука и инновации в системе образования

,

3

(13),

99–102. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/sies/article/view/51165
6.

Djurayeva , S., & Mamirova , G. (2024). INKLYUZIV TA’LIMDA IJTIMOIY HIMOYAGA

MUHTOJ BOLALARNI O’QUV-TARBIYA JARAYONIGA MOSLASHTIRISH METODLARI.

Решение

социальных проблем в управлении и экономике

,

3

(11), 107–110. извлечено от

https://inlibrary.uz/index.php/sspme/article/view/53331
7.

Djurayeva , S. ., & Oltibekova , M. . (2024). INKLYUZIV TA’LIM JARAYONIDA IMKONIYATI

CHEKLANGAN BOLALARINING OTA-ONALARI BILAN ISHLASH.

Теоретические аспекты

становления

педагогических

наук

,

3

(21),

21–25.

извлечено

от

https://inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/51550
8.

Djurayeva, S., & Anvarjonova , M. . (2024). IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI

INKLYUZIV TA’LIMGA JALB QILISH.

Развитие и инновации в науке

,

3

(11), 52–54. извлечено

от https://inlibrary.uz/index.php/dis/article/view/53007
9.

Djurayeva

,

S.

.,

&

Mustaqova,

M.

(2024).

INKLYUZIV

TA’LIM

TAMOYILLARI.

Инновационные исследования в науке

,

3

(11), 27–30. извлечено от

https://inlibrary.uz/index.php/irs/article/view/52691
10.

Djurayeva, S., & Sherqo`ziyeva, R. (2024). INKLYUZIV TA’LIMGA BOLALARNI JALB ETISH:

MUAMMOLAR VA RIVOJLANISH YO’LLARI.

Международная конференция академических

наук

,

3

(11), 36–39. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/icas/article/view/50929

11.

Djurayeva Sohiba Barat qizi Tursunova Maxliyo Saydaxmat qizi ZAIF ESHITUVCHI

BOLALARNI INKLYUZIV TA’LIMGA JALB ETISH https://doi.org/10.5281/zenodo.15055153
https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/47273
12.

Djurayeva Sohiba Barat qizi Mavlonova Durdona Shuxrat qizi INKLYUZIV TA’LIMNING

TIBBIY-PEDAGOGIK-IJTIMOIY

MODELI

https://doi.org/10.5281/zenodo.15043205

http://www.econferences.ru/index.php/tafps/article/view/25524

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktyabr “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi №-638-sonli qarori.

Inklyuziv sinfdagi maxsus o‘qituvchining alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlash metodikasi nomli metodik qo‘llanma Toshkent 2022 O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi.

Djurayeva, S., & Kubayeva, S. (2024). INKLYUZIV TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA KADRLARGA QO’YILADIGAN TALABLAR MAZMUNI. Modern Science and Research, 3(12), 108–111. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/48935

Djurayeva, S., Abdullayeva, Y. ., Abdigapporova, M. ., & Abdug’apporova, M. (2024). IMO-ISHORA TILI TIZIMIDA YANGI IMO-ISHORALARNING ROLI. Modern Science and Research, 3(12), 286–288. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/54215

Djurayeva, S. ., & Xudoynazarova, S. . (2024). INKLYUZIV TA’LIMDA BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA CHET TILINI O’QITISH. Наука и инновации в системе образования, 3(13), 99–102. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/sies/article/view/51165

Djurayeva , S., & Mamirova , G. (2024). INKLYUZIV TA’LIMDA IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ BOLALARNI O’QUV-TARBIYA JARAYONIGA MOSLASHTIRISH METODLARI. Решение социальных проблем в управлении и экономике, 3(11), 107–110. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/sspme/article/view/53331

Djurayeva , S. ., & Oltibekova , M. . (2024). INKLYUZIV TA’LIM JARAYONIDA IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARINING OTA-ONALARI BILAN ISHLASH. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 3(21), 21–25. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/51550

Djurayeva, S., & Anvarjonova , M. . (2024). IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI INKLYUZIV TA’LIMGA JALB QILISH. Развитие и инновации в науке, 3(11), 52–54. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dis/article/view/53007

Djurayeva , S. ., & Mustaqova, M. (2024). INKLYUZIV TA’LIM TAMOYILLARI. Инновационные исследования в науке, 3(11), 27–30. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/irs/article/view/52691

Djurayeva, S., & Sherqo`ziyeva, R. (2024). INKLYUZIV TA’LIMGA BOLALARNI JALB ETISH: MUAMMOLAR VA RIVOJLANISH YO’LLARI. Международная конференция академических наук, 3(11), 36–39. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/icas/article/view/50929

Djurayeva Sohiba Barat qizi Tursunova Maxliyo Saydaxmat qizi ZAIF ESHITUVCHI BOLALARNI INKLYUZIV TA’LIMGA JALB ETISH https://doi.org/10.5281/zenodo.15055153 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/47273

Djurayeva Sohiba Barat qizi Mavlonova Durdona Shuxrat qizi INKLYUZIV TA’LIMNING TIBBIY-PEDAGOGIK-IJTIMOIY MODELI https://doi.org/10.5281/zenodo.15043205 http://www.econferences.ru/index.php/tafps/article/view/25524