Авторы

  • Sevinch Jalilova
    SHDPI talabasi
  • Muxiba Yaxiyaxonova
    SHDPI katta oʻqituvchisi
  • Sevinch Negmatova
    Qarshi davlat texnika universiteti 3-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.130151

Ключевые слова:

Zamonaviy ta’lim interfaol usullar innovatsion pedagogika teskari sinf loyiha asosida ta’lim Escape Room sun’iy intellekt virtual reallik ta’lim texnologiyalari o‘quv mashg‘ulotlari pedagogik yondashuvlar.

Аннотация

Ushbu maqolada zamonaviy yondashuvlar asosida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari tahlil qilinadi. An’anaviy ta’lim usullari bilan zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘zaro integratsiyasi, ularning samaradorligi va o‘quvchilarning bilim olish jarayoniga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Xususan, "Escape Room" (Qochish xonasi), teskari sinf (Flipped Classroom), loyihaviy ta’lim (Project-Based Learning), stsenariyga asoslangan ta’lim (Scenario-Based Learning) kabi innovatsion usullar muhokama qilinadi.


background image

`

26

O‘QUV MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISHGA ZAMONAVIY

YONDASHUVLAR

Jalilova Sevinch Bahriddin qizi

SHDPI talabasi

Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

SHDPI katta oʻqituvchisi

Negmatova Sevinch Ergash qizi

Qarshi davlat texnika universiteti 3-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16569255

Annotatsiya.

Ushbu maqolada zamonaviy yondashuvlar asosida o‘quv mashg‘ulotlarini

tashkil etish va o‘tkazish masalalari tahlil qilinadi. An’anaviy ta’lim usullari bilan zamonaviy
pedagogik texnologiyalarning o‘zaro integratsiyasi, ularning samaradorligi va o‘quvchilarning
bilim olish jarayoniga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Xususan, "Escape Room" (Qochish xonasi), teskari
sinf (Flipped Classroom), loyihaviy ta’lim (Project-Based Learning), stsenariyga asoslangan
ta’lim (Scenario-Based Learning) kabi innovatsion usullar muhokama qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Zamonaviy ta’lim, interfaol usullar, innovatsion pedagogika, teskari sinf,

loyiha asosida ta’lim, Escape Room, sun’iy intellekt, virtual reallik, ta’lim texnologiyalari, o‘quv
mashg‘ulotlari, pedagogik yondashuvlar.

Abstract.

This article analyzes the issues of organizing and conducting training sessions

based on modern approaches. The integration of traditional teaching methods with modern
pedagogical technologies, their effectiveness and impact on the learning process of students are
considered. In particular, innovative methods such as "Escape Room", flipped classroom,
project-based learning, scenario-based learning are discussed.

Keywords:

modern education, interactive methods, innovative pedagogy, flipped

classroom, project-based learning, Escape Room, artificial intelligence, virtual reality,
educational technologies, training sessions, pedagogical approaches.

Аннотация.

В данной статье анализируются вопросы организации и проведения

учебных занятий на основе современных подходов. Рассмотрена взаимная интеграция
традиционных методов обучения и современных педагогических технологий, их
эффективность и влияние на процесс обучения студентов. В частности, обсуждаются
такие инновационные методы, как «Квест-комната», «Перевернутый класс»,
«Проектное обучение» и «Сценарное обучение».

Ключевые

слова:

современное

образование,

интерактивные

методы,

инновационная педагогика, перевернутый класс, проектное образование, Escape Room,
искусственный интеллект, виртуальная реальность, образовательные технологии,
образовательная деятельность, педагогические подходы.

Kirish

Ta’lim jarayoni doimiy ravishda takomillashib borayotgan sohalardan biri bo‘lib, bugungi

kunda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazishda zamonaviy yondashuvlar katta
ahamiyat kasb etmoqda. An’anaviy dars o‘tish usullari bilan bir qatorda, interfaol va
innovatsion metodlarning joriy etilishi ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Zamonaviy ta’lim texnologiyalarining rivojlanishi pedagoglarga o‘quvchilarning qiziqishini
oshirish, bilimni mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish uchun keng
imkoniyatlar taqdim etmoqda.


background image

`

27

XXI asrda ta’lim sohasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan chambarchas

bog‘liq bo‘lib, masofaviy ta’lim, raqamli platformalar, sun’iy intellektga asoslangan o‘quv
tizimlari kabi yondashuvlar pedagogika amaliyotiga kirib kelmoqda. Shu bilan birga,
o‘yinlashtirish (gamification), loyiha asosida o‘qitish (project-based learning), muammoli ta’lim
(problem-based learning) kabi metodlar o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlashda muhim
o‘rin tutmoqda. Shuningdek, turli o‘quv fanlari bo‘yicha innovatsion pedagogik texnologiyalarni
qo‘llash misollari keltiriladi. Zamonaviy ta’lim jarayonining asosiy vazifalaridan biri –
o‘quvchilarga nafaqat nazariy bilim berish, balki ularni mustaqil fikrlash va real muammolarni
hal qilishga o‘rgatishdir. Shu boisdan, ta’limni tashkil etishda interfaol metodlar va zamonaviy
texnologiyalarni joriy etish dolzarb masala sifatida qaraladi.

Adabiyotlar tahlili.

O‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish jarayonida

zamonaviy yondashuvlarning roli juda muhim bo‘lib, bu borada mahalliy va xorijiy olimlarning
tadqiqotlari ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan turli metodlarni ilgari surgan.

X. To‘rayevning fikricha, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llash, ayniqsa, interfaol

metodlar, talabalarning faolligini oshirish, ularni mustaqil izlanishga undash va bilimlarni
mustahkamlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tadqiqotda loyiha asosida o‘qitish
va muammoli ta’lim metodlari samaradorligi tahlil qilgan.[1]

A. Jo‘rayev esa ta’limni raqamlashtirish jarayonining ahamiyatini ta’kidlaydi: “Axborot-

kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim jarayoniga integratsiyasi o‘quv mashg‘ulotlarini
an’anaviy metodlarga qaraganda samaraliroq o‘tishga imkon yaratadi”. U o‘z tadqiqotida
raqamli platformalar va masofaviy ta’lim imkoniyatlarining pedagogik jarayondagi o‘rnini
yoritgan.[2]

John Dewey o‘zining tajribaviy ta’lim (experiential learning) nazariyasida shunday

ta’kidlaydi: "Tajribaga asoslangan ta’lim usullari o‘quvchilarni faol ishtirok etishga undaydi va
nazariy bilimlarni real hayotiy muammolar bilan bog‘lashga yordam beradi". Deweyning ta’lim
metodlari bugungi kunda loyiha asosida o‘qitish va faol o‘rganish yondashuvlarining asosini
tashkil qiladi.[3]

Gagne va Briggs o‘z tadqiqotlarida zamonaviy o‘quv jarayonlarining samaradorligini

oshirish uchun ko‘p bosqichli ta’lim modelini ilgari suradi: "O‘quvchilarning bilimni
o‘zlashtirish jarayoni turli bosqichlarda amalga oshadi va ta’lim jarayoni individual ehtiyojlarga
mos ravishda moslashtirilishi lozim". Ushbu model bugungi kunda moslashuvchan ta’lim
(adaptive learning) tizimlarining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi.[4]

Metodlar.

"O‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazishga zamonaviy yondashuvlar"

mavzusida ta’lim jarayonini yanada samarali qilish uchun quyidagi interfaol va noodatiy
metodlarni tavsiya etaman:

Escape Room (Qochish xonasi usuli).

Talabalarga muammolar va jumboqlar orqali dars

materialini tushuntirish.

Project-Based Learning (Loyihaga asoslangan o‘qitish).

Talabalar o‘zlari mustaqil loyiha

ishlab chiqishadi va uni amaliyotda qo‘llashadi.

Augmented Reality (Kengaytirilgan haqiqat) orqali o‘qitish.

3D modellar va raqamli

vizualizatsiyalar orqali o‘quv materialini tushuntirish.

Debate-Based Learning (Munozara asosida o‘qitish).

O‘quvchilar ma’lum mavzular bo‘yicha

ikki guruhga bo‘linib, bahs yuritishadi.


background image

`

28

Natija.

Escape Room – bu o‘quvchilarni muayyan vaziyatga joylashtirib, u yerdan chiqish

(yoki keyingi bosqichga o‘tish) uchun turli jumboqlar, vazifalar va muammolarni hal qilishga
majbur qiluvchi o‘qitish metodidir. Ushbu usul o‘quvchilarni jamoaviy ishlash, tanqidiy fikrlash
va mantiqiy muammolarni yechishga o‘rgatadi.

Bosqich

Tavsif

Vazifa namunasi

1. Kirish

O‘quvchilarga ssenariy

tushuntiriladi.

"Siz xaker hujumiga uchragan serverdasiz

va kodni yechishingiz kerak."

2. Jumboq 1

Birinchi jumboqni hal

qilish orqali kalit ochiladi.

"ASCII kodlarni yechib, shifrlangan

xabarni o‘qing."

3. Jumboq 2

Murakkabroq vazifa

qo‘yiladi.

"Algoritm yozib, parolni toping."

4. Jumboq 3

Oxirgi bosqich – eng

murakkab.

"Kod bo‘laklarini to‘g‘ri joylashtirib,

tizimni qayta tiklang."

5. Yakun

Jamoalar chiqish eshigini

ochishadi.

"Qaysi jamoa tezroq chiqish yo‘lini

topdi?"

Escape Room metodikasi orqali o‘quvchilar darsni o‘zlashtirish bilan birga o‘zaro

hamkorlik, tahliliy fikrlash, innovatsion yechimlar ishlab chiqish kabi muhim
kompetensiyalarni rivojlantiradi.

Xulosa.

Bugungi kunda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazishda zamonaviy

yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. An’anaviy ta’lim usullaridan farqli o‘laroq,
zamonaviy yondashuvlar o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish, interfaollikni
kuchaytirish va talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi ta’lim jarayonini raqamlashtirishga,
masofaviy va gibrid ta’lim tizimlarining rivojlanishiga zamin yaratdi.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, jumladan, stsenariyga asoslangan ta’lim (Scenario-

Based Learning), “Escape Room” (Qochish xonasi), teskari sinf (Flipped Classroom), loyihaviy
ta’lim (Project-Based Learning) kabi metodlar o‘quvchilarning qiziqishini oshirib, ularni faol
ishtirokchi sifatida shakllantirishga yordam beradi. Ayniqsa, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim
modeli o‘quvchilar bilimini real hayotga tatbiq etish imkonini beradi.

Shuningdek, o‘qitish jarayonida sun’iy intellekt, virtual va kengaytirilgan reallik (VR/AR)

kabi innovatsion texnologiyalardan foydalanish o‘quv jarayonini yanada samarali va qiziqarli
qilishga xizmat qilmoqda. Zamonaviy yondashuvlar o‘quvchilarning faqatgina bilim olish bilan
cheklanib qolmay, balki ularni mustaqil tadqiqot olib borish, kreativ fikrlash va tezkor
muammolarni hal qilishga o‘rgatadi.

Xulosa qilib aytganda, zamonaviy ta’lim metodlari an’anaviy yondashuvlarga muqobil

sifatida emas, balki ularni to‘ldiruvchi, takomillashtiruvchi mexanizm sifatida qaralishi lozim.
Kelajak ta’limi interfaollik, innovatsiya va moslashuvchanlik tamoyillariga asoslanishi zarur.
Shu boisdan, o‘qituvchilar va ta’lim muassasalari doimiy ravishda zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni o‘zlashtirishlari va ulardan samarali foydalanishlari lozim.

References:

Используемая литература:


background image

`

29

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abdievna, Axmedova Barno. "USE OF PROGRAMMING LANGUAGES IN SOLVING

TECHNICAL PROBLEMS."

International scientific-online conference International scientific-

online conference

.

2.

Barno Abdiyevna Axmedova. “TA’LIM XIZMATLARINI SINERGIK SAMARADORLIGINI

OSHIRISH MODELLARI”. ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2.
Страницы 170-175
3.

Barno Abdiyevna Axmedova. “RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITDA TAʼLIM XIZMATI

SIFATINI OSHIRISHNI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH USULLARI”. ЛУЧШИЕ
ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2. Страницы 176-180.
4.

Axmedova, Barno. "Ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning nazariy-ilmiy asoslari."

YASHIL

IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT

3.2 (2025).

5.

Mukhitdinov Khudayar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “TRANSFORMATION

OF EDUCATIONAL BUSINESS LEARNING PROCESSES IN IMPROVING THE QUALITY OF
REGIONAL EDUCATIONAL SERVICES”. Journal of Survey in Fisheries Sciences. 2023/3/9.
Страницы 3200-3216.
6.

Mukhitdinov Khudoyar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “Econometric modeling

and forecasting of educational services to the population of the region”. To Secure Your Paper
As Per UGC Guidelines We Are Providing A Electronic Bar Code. 2021/1. Страницы 241-251.
7.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Рақамли иқтисодиёт шароитида таълим хизмати

сифатини оширишнинг моҳияти ва вазифалари”. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы 28-
31.
8.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Ways to Improve the Quality of Educational Services Using

ICT”. Eurasian Journal of History, Geography and Economics. 2022. Страницы 34-38.
9.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Econometric Methods Aimed at Improving the Quality and

Digitalization Of Educational Services”. Eurasian Research Bulletin. 2022. Страницы 66-70.
10.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Raqamli iqtisodiyot sharoitida ta’lim xizmati sifatini

oshirishda ekonometrikadan foydalanish metodikasi“. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы
42-45.
11.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Ta'limda raqamli iqtisodiyot muammolari tahlili”.

O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN
SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 639-642.
12.

Барно Абдиевна Ахмедова. ”Raqamli iqtisodiyotda ekonometrik usullardan foydalanib

t’alim xizmati sifatini oshirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-
TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы
642-644.
13.

Барно

Абдиевна

Ахмедова.

“Raqamli

iqtisodiyotda

ta’lim

xizmatlarini

takomillashtirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA
ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 644-646.
14.

Akhmedova Barno Abdiyevna. “PRINCIPLES OF IMPROVING THE QUALITY OF

EDUCATION BASED ON THE USE OF ICT”. Journal of Management Value & Ethics (A quarterly
Publication of GMA). 2023. Страницы 48-59.
15.

Барно Ахмедова. “РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ДИСТАНЦИОННОГО ОБРАЗОВАНИЯ В


background image

`

30

ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ”. Международная конференция академических наук. 2023/3/4.
Страницы 8-24.
16.

Барно Ахмедова. “ДИСТАНЦИОННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ КАК КЛЮЧЕВОЙ ФАКТОР

ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ”. Development of pedagogical technologies in modern sciences.
2023/3/4. Страницы 11-26.
17.

Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH

SHAROITDAGI O’RNI VA AHAMIYATI”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5.
Страницы 63-73.
18.

Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH

SHAROITDA ASOSIY OMIL SIFATIDA”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5.
Страницы 74-84.

Библиографические ссылки

Abdievna, Axmedova Barno. "USE OF PROGRAMMING LANGUAGES IN SOLVING TECHNICAL PROBLEMS." International scientific-online conference International scientific-online conference.

Barno Abdiyevna Axmedova. “TA’LIM XIZMATLARINI SINERGIK SAMARADORLIGINI OSHIRISH MODELLARI”. ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2. Страницы 170-175

Barno Abdiyevna Axmedova. “RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITDA TAʼLIM XIZMATI SIFATINI OSHIRISHNI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH USULLARI”. ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2. Страницы 176-180.

Axmedova, Barno. "Ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning nazariy-ilmiy asoslari." YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT 3.2 (2025).

Mukhitdinov Khudayar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “TRANSFORMATION OF EDUCATIONAL BUSINESS LEARNING PROCESSES IN IMPROVING THE QUALITY OF REGIONAL EDUCATIONAL SERVICES”. Journal of Survey in Fisheries Sciences. 2023/3/9. Страницы 3200-3216.

Mukhitdinov Khudoyar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “Econometric modeling and forecasting of educational services to the population of the region”. To Secure Your Paper As Per UGC Guidelines We Are Providing A Electronic Bar Code. 2021/1. Страницы 241-251.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Рақамли иқтисодиёт шароитида таълим хизмати сифатини оширишнинг моҳияти ва вазифалари”. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы 28-31.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Ways to Improve the Quality of Educational Services Using ICT”. Eurasian Journal of History, Geography and Economics. 2022. Страницы 34-38.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Econometric Methods Aimed at Improving the Quality and Digitalization Of Educational Services”. Eurasian Research Bulletin. 2022. Страницы 66-70.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Raqamli iqtisodiyot sharoitida ta’lim xizmati sifatini oshirishda ekonometrikadan foydalanish metodikasi“. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы 42-45.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Ta'limda raqamli iqtisodiyot muammolari tahlili”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 639-642.

Барно Абдиевна Ахмедова. ”Raqamli iqtisodiyotda ekonometrik usullardan foydalanib t’alim xizmati sifatini oshirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 642-644.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Raqamli iqtisodiyotda ta’lim xizmatlarini takomillashtirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 644-646.

Akhmedova Barno Abdiyevna. “PRINCIPLES OF IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION BASED ON THE USE OF ICT”. Journal of Management Value & Ethics (A quarterly Publication of GMA). 2023. Страницы 48-59.

Барно Ахмедова. “РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ДИСТАНЦИОННОГО ОБРАЗОВАНИЯ В ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ”. Международная конференция академических наук. 2023/3/4. Страницы 8-24.

Барно Ахмедова. “ДИСТАНЦИОННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ КАК КЛЮЧЕВОЙ ФАКТОР ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ”. Development of pedagogical technologies in modern sciences. 2023/3/4. Страницы 11-26.

Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITDAGI O’RNI VA AHAMIYATI”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5. Страницы 63-73.

Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITDA ASOSIY OMIL SIFATIDA”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5. Страницы 74-84.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Mehrinso G‘uzorova, Muxiba Yaxiyaxonova , NAZORAT QILISH VA BAHOLASHNING ZAMONAVIY USULLARI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 10 (2025)

Farrux Qodirov , Dilmurod Abdullayev, Sevinch Negmatova , ELEKTRON TIJORAT (E-COMMERCE) , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 5 (2025)

Eʻzoza Qarshiyeva , Malika Nurullayeva , Muxiba Yaxiyaxonova , LMS (LEARNING MANAGAMENT SYSTEM)-TAʻLIMNI BOSHQARUV TIZIMLARI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 1 (2025)

Maftuna Boymirzayeva, Muxiba Yaxiyaxonova, O‘QITISHNING DIDAKTIK TAMOYILLARINI YARATISH G‘OYALARI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 11 (2025)

Aziza Normatova , Muxiba Yaxiyaxonova , INFORMATIKA OʻQITISH METODIKASI FAN SIFATIDA TARIXI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 10 (2025)

Goʻzal Roʻziqulova , Malika Nurullayeva, Muxiba Yaxiyaxonova , CANVINDA INFOGRAFIKANI YARATISH TEXNOLOGIYALARI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 1 (2025)

Farrux Qodirov , Iqbol Abdimurodova, Sevinch Negmatova, ELЕKTRОN HUJJАT АLMАSHISH TIZIMLАRI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 5 (2025)

Shahzoda Roʻzimurodova, Malika Nurullayeva , Muxiba Yaxiyaxonova , OMMAVIY ONLAYN OCHIQ KURSLARI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 1 (2025)

Nilufar Tojiyeva, Muxiba Yaxiyaxonova , AXBOROT BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 11 (2025)

Muxiba Yaxiyaxonova, Asadbek Murodov , O‘QITISHNING MEYORIY HUJJATLARI BILAN TANISHISH , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 11 (2025)

1 2 3 4 > >>