Авторы

  • Obodjon Nadirov
    SHDPI MI-4-kurs talabasi
  • Muxiba Yaxiyaxonova
    SHDPI Matematika va TAT kafedrasi katta o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.87745

Ключевые слова:

Darsdan tashqari mashg‘ulotlar informatika ta’limi mustaqil fikrlash ijodiy qobiliyat amaliy ko‘nikmalar kod yozish musobaqasi robototexnika kompyuter savodxonligi IT kasblari ta’lim texnologiyalari innovatsion ta’lim interaktiv o‘qitish texnologik ko‘nikmalar.

Аннотация

Mazkur maqolada darsdan tashqari mashg‘ulotlarning o‘quvchilarning bilim olish jarayonidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Ta’lim jarayoni faqat sinf xonasida emas, balki real hayotiy sharoitlarda ham davom etishi lozimligi ta’kidlangan. J. Dewey, V. A. Sukhomlinskiy, R. G‘ofurov va A. Qo‘chqorov kabi pedagoglarning fikrlariga asoslanib, darsdan tashqari faoliyat o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini oshirish va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish uchun muhim vosita ekanligi yoritiladi.


background image

`

137

DARSDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLARNI O‘TKAZISH SSENARIYLARI BILAN

TANISHISH

Nadirov Obodjon Odil o‘g‘li

SHDPI MI-4-kurs talabasi

Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

SHDPI Matematika va TAT kafedrasi katta o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15395139

Annotatsiya:

Mazkur maqolada darsdan tashqari mashg‘ulotlarning o‘quvchilarning

bilim olish jarayonidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Ta’lim jarayoni faqat sinf xonasida
emas, balki real hayotiy sharoitlarda ham davom etishi lozimligi ta’kidlangan. J. Dewey, V. A.
Sukhomlinskiy, R. G‘ofurov va A. Qo‘chqorov kabi pedagoglarning fikrlariga asoslanib, darsdan
tashqari faoliyat o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini
oshirish va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish uchun muhim vosita ekanligi yoritiladi.

Shuningdek, maqolada informatika fanidan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil

etishning turli usullari va ularning samaradorligi muhokama qilinadi. Maqolada darsdan
tashqari faoliyatni samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berilib, uning ta’lim jarayoniga
ta’siri atroflicha yoritiladi. Darsdan tashqari mashg‘ulotlarni to‘g‘ri rejalashtirish va amalga
oshirish o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish, ularning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini
shakllantirish va kelajak kasb tanloviga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga urg‘u berilgan.

Kalit so‘zlar:

Darsdan tashqari mashg‘ulotlar, informatika ta’limi, mustaqil fikrlash,

ijodiy qobiliyat, amaliy ko‘nikmalar, kod yozish musobaqasi, robototexnika, kompyuter
savodxonligi, IT kasblari, ta’lim texnologiyalari, innovatsion ta’lim, interaktiv o‘qitish,
texnologik ko‘nikmalar.

Kirish

. Bugungi kunda ta‘lim jarayonida o‘quvchilarning bilimini mustahkamlash,

ularning qiziqishini oshirish va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish muhim ahamiyat
kasb etmoqda. Bunda darsdan tashqari mashg‘ulotlarning roli beqiyosdir. Chunki dars
jarayonida o‘quvchilarga nazariy bilim berish bilan cheklanib qolmasdan, amaliy
mashg‘ulotlar orqali ularning qobiliyatlarini rivojlantirish ham zarur. Darsdan tashqari
mashg‘ulotlar aynan shu maqsadga qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilarning qiziqishlarini uyg‘otish,
ularning faolligini oshirish va mustaqil fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Darsdan tashqari mashg‘ulotlar – bu o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash, ularni

fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat
qiladigan muhim pedagogik jarayondir. Ayniqsa, informatika fanida bunday tadbirlarning
o‘rni katta bo‘lib, ular o‘quvchilarga nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash imkoniyatini
yaratadi.

Darsdan tashqari mashg‘ulotlarni o‘tkazish ssenariylari pedagogik jarayonning muhim

qismi hisoblanadi. Ushbu ssenariylar o‘quvchilarning qobiliyatini aniqlash, ularning ijodiy
salohiyatini rivojlantirish va yangi bilimlarni o‘zlashtirish imkonini beradi. Shuningdek,
bunday mashg‘ulotlar o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlashda samarali natijalarga
erishishga yordam beradi.

Darsdan tashqari mashg‘ulotlarni rejalashtirishda interfaol metodlardan, guruhiy ish

usullaridan hamda innovatsion texnologiyalardan foydalanish muhimdir. Chunki bunday
yondashuvlar o‘quvchilarning faolligini oshirib, ularni mustaqil fikrlashga undaydi. Masalan,


background image

`

138

loyihaviy faoliyatlar, amaliy laboratoriya mashg‘ulotlari, intellektual o‘yinlar va ijodiy
tanlovlar orqali o‘quvchilarning o‘z bilimlarini amaliyotda qo‘llashiga imkon yaratiladi.

Darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish jarayonida o‘qituvchilarning tajribasi va

mahorati muhim rol o‘ynaydi. Pedagogik ssenariylarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga
tatbiq etish orqali o‘quvchilarning nafaqat nazariy bilimlari, balki amaliy ko‘nikmalari ham
rivojlanadi. Bu esa ta‘lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Tadqiqot metodologiyasi va adabiyotlarning tahlili

. Ushbu maqolada darsdan

tashqari mashg‘ulotlarni o‘tkazish ssenariylarini o‘rganish, tahlil qilish va ularning ta‘lim
jarayonidagi samaradorligini aniqlashga qaratilgan tadqiqot metodlari qo‘llanildi. Tadqiqot
jarayonida quyidagi metodlardan foydalanildi:

1.

Nazariy tahlil

. Pedagogika va psixologiya sohasidagi ilmiy adabiyotlar, metodik

qo‘llanmalar hamda zamonaviy ta‘lim texnologiyalari bo‘yicha ma‘lumotlar o‘rganildi.
Darsdan tashqari mashg‘ulotlarning o‘quvchilarning bilimini mustahkamlash,
qobiliyatini rivojlantirish hamda ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishdagi roli
tahlil qilindi.

2.

Empirik tadqiqot usullari

. O‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida so‘rovnomalar,

intervyular o‘tkazildi hamda amaliy mashg‘ulotlarda kuzatishlar olib borildi. Bu usul
orqali darsdan tashqari mashg‘ulotlarning o‘quvchilarga ta‘siri, ularning faolligi va
qiziqishi darajasi baholandi.

3.

Tajribaviy-pedagogik sinov

. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar uchun turli ssenariylarni

ishlab chiqish va ularni amaliyotda sinab ko‘rish orqali ularning samaradorligi tahlil
qilindi. Interfaol metodlar, guruhiy loyihalar va o‘yinli texnologiyalar orqali
o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi o‘rganildi.

4.

Statistik tahlil

. Olingan natijalar tahlil qilinib, darsdan tashqari mashg‘ulotlarning

samaradorligi foiz ko‘rsatkichlari orqali baholandi. O‘quvchilarning bilim darajasi,
faolligi va motivatsiyasi o‘zgarishi tahlil qilindi.

Tadqiqot jarayonida mahalliy va xorijiy manbalarga tayanildi. Xususan:

Pedagogik texnologiyalar bo‘yicha ilmiy maqolalar;

O‘qitish metodikasi va interfaol usullarni qo‘llash bo‘yicha qo‘llanmalar;

O‘zbek va xorijiy ta‘lim tizimida darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish

tajribalari;

Psixologik adabiyotlar orqali o‘quvchilarning qiziqishini oshirish metodlari.
Adabiyotlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, darsdan tashqari mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil

etish o‘quvchilarning bilimi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi.
Bu esa ta‘lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish ta‘lim jarayonining muhim qismi bo‘lib,

o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirishda katta ahamiyatga ega. Ayrim
tadqiqotchilar bu haqda o‘z fikr-mulohazalarini bildirganlar:

J. Dewey ta‘lim faqat sinf xonasida emas, balki real hayotiy vaziyatlarda ham amalga

oshirilishi lozim. Darsdan tashqari faoliyat o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish
uchun muhimligini aytib o‘tgan. [1]


background image

`

139

V. A. Sukhomlinskiy o‘quvchilarning bilimini mustahkamlash va ularda ijodiy

qobiliyatlarni rivojlantirish uchun darsdan tashqari mashg‘ulotlar samarali vosita hisoblanadi
deydi.[2]

R. G‘ofurov darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirish va

ijodiy faoliyatini oshirishda muhim pedagogik jarayon hisoblanadi.[3]

A. Qo‘chqorov o‘quvchilarning qiziqishini oshirish va ularda amaliy ko‘nikmalarni

shakllantirishda darsdan tashqari mashg‘ulotlar muhim ahamiyatga ega ekanligini aytib
o‘tgan.[4]

Darsdan tashqari mashg‘ulotlarni o‘tkazish ssenariylari bilan tanishish ta‘lim jarayonida

o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu maqolada darsdan tashqari mashg‘ulotlarning ta‘lim sifatiga ta‘siri, ularni tashkil etish
metodlari va pedagogik yondashuvlar tahlil qilinadi.

Interfaol metodlar, loyihaviy faoliyat va jamoaviy ishlar orqali darsdan tashqari

mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish mumkin. Masalan, o‘quvchilarning qiziqishidan kelib
chiqib, mavzuga mos ssenariy tuzish va uni amaliyotda sinovdan o‘tkazish o‘quv jarayonining
natijadorligini oshiradi.

Xulosa qilib aytganda, darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarning shaxsiy

qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda ijodiy fikrlash va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini
shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois, ushbu jarayonni samarali tashkil etish va
innovatsion ssenariylar asosida amalga oshirish ta‘lim sifatini oshirishga xizmat
qiladi.ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois, ushbu jarayonni
samarali tashkil etish va innovatsion ssenariylar asosida amalga oshirish ta‘lim sifatini
oshirishga xizmat qiladi.

Metodlar.

Darsdan tashqari mashg‘ulotlarni o‘tkazish ssenariylari bilan tanishish

zamonaviy ta‘lim jarayonida o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim
ahamiyatga ega.

Darsdan tashqari tadbirlar informatika faniga bo‘lgan qiziqishni oshirish va

o‘quvchilarning bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlashga yordam beradi.

1. “Kod yozish musobaqasi” (Hackathon).
Tadbir o‘quvchilarning dasturlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish,

mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini oshirish va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini shakllantirib,
jamoalarga dasturlash bo‘yicha vazifalar beriladi. Masalan, oddiy veb-sayt yaratish, algoritmik
muammolarni yechish yoki kichik o‘yin dasturi yozish. Eng samarali va kreativ yechim topgan
jamoa g‘olib bo‘ladi.

2. “IT olamiga sayohat” (Interaktiv viktorina).
Tadbir Informatika tarixi, zamonaviy texnologiyalar va mashhur dasturchilar haqida

bilimlarni kengaytirib, O‘quvchilar jamoalarga bo‘linib, IT va informatika bo‘yicha savollarga
javob berishadi. Test savollari, mantiqiy jumboqlar va kod yozish topshiriqlari bo‘lishi
mumkin. Eng ko‘p ball to‘plagan jamoa g‘olib bo‘ladi.

3. “Robototexnika va sun’iy intellekt” (Amaliy loyiha taqdimoti).
Tadbir natijasida o‘quvchilarni zamonaviy texnologiyalar bilan tanishtirish va ularning

ijodiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi. Har bir jamoa kichik loyiha tayyorlaydi (masalan,


background image

`

140

LEGO robotlari, Arduino yoki Scratch orqali dasturlash). Loyiha qanday ishlashi va uning
amaliy ahamiyati tushuntiriladi. Eng qiziqarli va foydali loyiha g‘olib bo‘ladi.

4. “Informatika olamiga sayohat”. Tadbirdan maqsad o‘quvchilarning informatikaga

bo‘lgan qiziqishini oshirish, bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, mantiqiy fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat.

5. “Kompyuter savodxonligi – kelajak kaliti” (Trening va seminar).
O‘quvchilarga kompyuterdan samarali foydalanish ko‘nikmalarini o‘rgatish va

kibertahdidlar haqida xabardor qilinadi. Kompyuter xavfsizligi, internet madaniyati, zararli
dasturlar va phishing hujumlardan himoyalanish haqida taqdimot o‘tkaziladi. O‘quvchilar
amaliy mashg‘ulotlarda qatnashadi (masalan, kuchli parol yaratish, shaxsiy ma’lumotlarni
himoya qilish).

6. “IT kasblari: Kelajak sari yo‘l” (Ustozlar bilan uchrashuv).
Tadbirdan maqsad o‘quvchilarga zamonaviy IT-mutaxassisliklari haqida tushuncha

berish va ularning kelajakdagi kasb tanlashiga ko‘maklashish. Tadbir natijasida IT sohasi
mutaxassislari (dasturchilar, kiberxavfsizlik mutaxassislari, grafik dizaynerlar) bilan
uchrashuv tashkil qilinadi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishadi va sohaga oid
maslahatlar olishadi.

Natija.

“Informatika olamiga sayohat”.

Maqsad:

O‘quvchilarning informatikaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bilim va

ko‘nikmalarini mustahkamlash, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.

Ishtirokchilar:

2 ta jamoa (har bir jamoada 5-6 nafar o‘quvchi)

Kerakli jihozlar:

Proyektor, slaydlar, kartochkalar, viktorina savollari, mukofotlar. Tadbir

bosqichlari.

1. Tadbirni ochib berish.

Boshlovchi:

– Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar va o‘quvchilar! Bugungi tadbirimiz “Informatika
olamiga sayohat” deb nomlanadi. Informatika – bugungi kunda eng dolzarb fanlardan biri.
Ushbu tadbir davomida bilim va qobiliyatlaringizni sinab ko‘rasizlar. Hamma ishtirokchilarga
omad tilaymiz!

Jamoalar bilan tanishtirish, jamoalar o‘z nomi va shiorini aytadi.
2. Tanishtiruv (Jamoalar ishtiroki).
Har bir jamoa o‘z nomi va shiorini taqdim etadi. Masalan:

"Kod ustalari" – “Biz kod yozamiz, dunyoni o‘zgartiramiz!”

"Kompyuter daholar" – “Texnologiya – bizning kelajagimiz!”
3. "Kim tez va to‘g‘ri?" (Viktorina). Boshlovchi jamoalarga ketma-ket savollar beradi.

To‘g‘ri javob bergan jamoa 1 ball oladi.

Savollar.

1.

Dasturlash tilini yaratuvchilarga nima deyiladi?

(Dasturchilar)

2.

Eng mashhur operatsion tizimlar qaysilar?

(Windows, Linux, macOS)

3.

Kompyuterning asosiy qismlari nimalar?

(Protsessor, xotira, qattiq disk, monitor,

klaviatura, sichqoncha)

4.

Internetni kim yaratgan?

(Tim Berners-Lee – WWW ni yaratgan)

5.

Birinchi kompyuter qachon yaratilgan?

(1940-yillarda ENIAC)


background image

`

141

4. "Kod yozamiz" (Amaliy topshiriq).
Jamoalarga oddiy dastur kodlari yozilgan qog‘ozlar beriladi. Ularda kichik xatolar

bo‘ladi, va jamoalar shu xatolarni topib to‘g‘rilashlari kerak. Masalan:

Python kodidagi xatoni toping.

print "Salom, dunyo!"

To‘g‘ri javob.

print("Salom, dunyo!")
To‘g‘ri javob topgan jamoa ball oladi.
5. "Tizimli fikrlash" (Mantiqiy masalalar)
Har bir jamoaga mantiqiy masala beriladi. Masalan:

Savol.

Bir dehqon bo‘rini, echkini va karamni daryodan olib o‘tishi kerak. U bir vaqtning

o‘zida faqat bittasini olib o‘ta oladi. Agar bo‘ri va echki yolg‘iz qoldirilsa, bo‘ri echkini yeydi.
Agar echki va karam yolg‘iz qoldirilsa, echki karamni yeydi. Dehqon ularni qanday qilib
xavfsiz olib o‘tadi?

To‘g‘ri javob.

1.

Avval echkini olib o‘tadi va orqaga qaytadi.

2.

Keyin bo‘rini olib o‘tadi, lekin echkini qaytarib olib keladi.

3.

Keyin karamnni olib o‘tadi va yana orqaga qaytadi.

4.

So‘ng echkini olib o‘tadi.
To‘g‘ri javob bergan jamoaga ball qo‘shiladi.
6. "Jamoa testi" (Tanish belgilarni toping).
Jamoalarga mashhur IT-kompaniyalar logotiplari yoki texnologik belgilarning rasmlari

ko‘rsatiladi va ular ushbu belgilarni to‘g‘ri nomlashlari kerak.

Misol.

(Apple)

(Linux)

(Internet)

(Google)
Har bir to‘g‘ri javob uchun ball qo‘shiladi.
7. Yakuniy natijalar va g‘oliblarni taqdirlash.
Barcha bosqichlarda to‘plangan ballar hisoblanadi. Eng yuqori ball to‘plagan jamoa

g‘olib deb e’lon qilinadi va sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Boshlovchi tadbirni yakunlaydi.

– Bugungi tadbirimiz juda qiziqarli o‘tdi.
Informatika – bu kelajakning ilmi!
Hamma ishtirokchilarga rahmat, kelgusi tadbirlarda yana uchrashamiz!

Xulosa.

Yuqorida keltirilgan tadbirlar shuni ko‘rsatadiki, darsdan tashqari mashg‘ulotlar

turli formatlarda bo‘lishi mumkin. Masalan, “Kod yozish musobaqasi” dasturlashga qiziquvchi
o‘quvchilar uchun amaliy maydon vazifasini o‘taydi. “IT olamiga sayohat” esa informatika
tarixi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha bilimlarni kengaytirishga xizmat qiladi.
Robototexnika va sun’iy intellekt bo‘yicha taqdimotlar esa o‘quvchilarning ijodkorligini
rivojlantiradi va ularni texnologik ishlanmalar yaratishga undaydi.

Bundan tashqari, “Kompyuter savodxonligi” kabi tadbirlar o‘quvchilarning

kibertahdidlar haqida xabardorligini oshirib, ularga axborot xavfsizligi bo‘yicha zarur


background image

`

142

bilimlarni beradi. “IT kasblari” mavzusidagi uchrashuvlar esa kelajakda informatika
yo‘nalishida kasb tanlashga yordam beradi.

Umuman olganda, darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarni fan bo‘yicha chuqurroq

bilim olishga undaydi, ularning mantiqiy va ijodiy fikrlashini rivojlantiradi hamda zamonaviy
texnologiyalarni chuqur o‘rganishga rag‘batlantiradi. Bunday tadbirlarni samarali tashkil
qilish o‘quvchilarning kelajakdagi kasbiy faoliyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu
bois, informatika fanidan darsdan tashqari tadbirlarni doimiy ravishda tashkil etish va
ularning sifatini oshirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Dewey, John.

Democracy and Education

. Macmillan, 1916.

2.

Sukhomlinskiy, V. A.

Sergeli yurak

. Pedagogika nashriyoti, 1974.

3.

G‘ofurov, R.

Ta‘lim jarayonida innovatsion metodlardan foydalanish

. Toshkent:

O‘qituvchi, 2015.
4.

Qo‘chqorov, A.

Zamonaviy ta‘lim texnologiyalari

. Toshkent: Fan, 2018.

5.

Jurayeva, Zuxra, Malika Nurullayeva, and Muhiba Yaxiyaxonova. "INFORMATIKANING

NAZARIY

ASOSLARIDA

MANTIQ

ALGEBRASINING

AKSIOMALARI

VA

TUSHUNCHALARI."

Естественные науки в современном мире: теоретические и

практические исследования

4.1 (2025): 21-24.

6.

Roʻziqulova, Goʻzal, Malika Nurullayeva, and Muxiba Yaxiyaxonova. "CANVINDA

INFOGRAFIKANI YARATISH TEXNOLOGIYALARI."

Наука и технология в современном

мире

4.1 (2025): 66-71.

7.

Sadriddinova, Sabrina, Malika Nurullayeva, and Muxiba Yaxiyaxonova. "SSM

PLATFORMALAR BILAN TANISHISH. FACEBOOK TARMOGʻI."

Наука и технология в

современном мире

4.1 (2025): 78-83.

8.

Xushvaqtov, Diyorbek, Malika Nurullayeva, and Muhiba Yaxiyoxonova. "SIMLI VA SIMSIZ

ALOQA VOSITASI."

Наука и инновация

3.1 (2025): 69-74.

9.

Murodullayeva, Sevinch, Malika Nurullayeva, and Muxiba Yaxiyaxonova. "TAQDIMOT

DASTURLARI (POWERPOINT, PREZI, FOSUSKY VA BOSHQA DASTURLAR) DA TAQDIMOT
TAYYORLASH."

Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения

4.1 (2025):

19-22.
10.

Jumayeva, Durdona, Malika Nurullayeva, and Muxiba Yaxiyaxonova. "BUL

FUNKSIYALARI. ULARNING BERILISH USULLARI. BUL FUNKSIYALARI SONI. BUL ALGEBRASI
QONUNLARI."

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические

исследования

4.1 (2025): 15-18.

11.

Shavkatova, Sevinch, Malika Nurullayeva, va Muhiba Yaxiyoxonova. "SSM

PLATFORMALARI BILAN TANISHISH. INSTAGRAM TARMOGʻI."

Molodye uchenye

3.2 (2025):

18-21.
12.

Shahriyorova, Gulnoza, Malika Nurullayeva, and Muhiba Yaxiyaxonova. "SMM

PLATFORMASI BILAN TANISHISH. TELEGRAM TARMOGʻI."

Молодые ученые

3.2 (2025): 22-


background image

`

143

26.
13.

Ahmadova, Madina, Malika Nurullayeva, and Muhiba Yaxiyaxonova. "BILIMLARNI

TASVIRLASH USULLARI. MANTIQIY MODELLAR, TARMOQLI SEMANTIK MODELLAR,
FREYNALI MODELLAR VA MAHSULOTLI MODELLAR."

Педагогика и психология в

современном мире: теоретические и практические исследования

4.1 (2025): 62-68.

14.

Abdimajidova, Laylo, Malika Nurullayeva, and Muxiba Yaxiyaxonova. "AXBOROTNI

KODLASH USULLARI."

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и

практические исследования

4.1 (2025): 75-80.

15.

Yakhiyakhonova, Mukhiba. "The urgency of improving the methods of developing the

skills of independent learning of future teachers." (2021).
16.

Kodirov, Akbar Shuxratovich, and Muborak To‘Lqin Qizi Nomozova. "MASOFAVIY

TALIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARINING ISTIQBOLLI ASOSLARI."

Academic research in

educational sciences

4.CSPU Conference 1 (2023): 753-756.

17.

Kodirov, Akbar, Shaxribonu Qo‘ziyeva, and Mashkura Sa’dullayeva. "O ‘ZBEKISTONDA

TURIZMNI RIVOJLANTIRISH UCHUN “EASY RENT” LOYIHASINING ISTIQBOLLARI." YANGI O
‘ZBEKISTONDA MILLIY TURIZM ISTIQBOLLARI 1.01 (2024).
18.

Kodirov, Akbar, Gulzor Qamariddinova, and Shahnoza Eshmurodova. "O ‘ZBEKISTONDA

MILLIY TURIZM RIVOJLANISHINI SHAKLLANTIRUVCHI IQTISODIY VA MOLIYAVIY
OMILLARINI O ‘RGANISH." YANGI O ‘ZBEKISTONDA MILLIY TURIZM ISTIQBOLLARI 1.01
(2024).
19.

Sh, Kodirov A. "THE ROLE OF THE" ONE MILLION UZBEK PROGRAMMERS" PROJECT IN

INTRODUCING THE YOUTH OF OUR COUNTRY TO THE IT ENVIRONMENT ACCORDING TO
THE" DIGITAL UZBEKISTAN 2030" STRATEGY." Экономика и социум 10 (125) (2024): 205-
211.

Библиографические ссылки

Dewey, John. Democracy and Education. Macmillan, 1916.

Sukhomlinskiy, V. A. Sergeli yurak. Pedagogika nashriyoti, 1974.

G‘ofurov, R. Ta‘lim jarayonida innovatsion metodlardan foydalanish. Toshkent: O‘qituvchi, 2015.

Qo‘chqorov, A. Zamonaviy ta‘lim texnologiyalari. Toshkent: Fan, 2018.

Jurayeva, Zuxra, Malika Nurullayeva, and Muhiba Yaxiyaxonova. "INFORMATIKANING NAZARIY ASOSLARIDA MANTIQ ALGEBRASINING AKSIOMALARI VA TUSHUNCHALARI." Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования 4.1 (2025): 21-24.

Roʻziqulova, Goʻzal, Malika Nurullayeva, and Muxiba Yaxiyaxonova. "CANVINDA INFOGRAFIKANI YARATISH TEXNOLOGIYALARI." Наука и технология в современном мире 4.1 (2025): 66-71.

Sadriddinova, Sabrina, Malika Nurullayeva, and Muxiba Yaxiyaxonova. "SSM PLATFORMALAR BILAN TANISHISH. FACEBOOK TARMOGʻI." Наука и технология в современном мире 4.1 (2025): 78-83.

Xushvaqtov, Diyorbek, Malika Nurullayeva, and Muhiba Yaxiyoxonova. "SIMLI VA SIMSIZ ALOQA VOSITASI." Наука и инновация 3.1 (2025): 69-74.

Murodullayeva, Sevinch, Malika Nurullayeva, and Muxiba Yaxiyaxonova. "TAQDIMOT DASTURLARI (POWERPOINT, PREZI, FOSUSKY VA BOSHQA DASTURLAR) DA TAQDIMOT TAYYORLASH." Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения 4.1 (2025): 19-22.

Jumayeva, Durdona, Malika Nurullayeva, and Muxiba Yaxiyaxonova. "BUL FUNKSIYALARI. ULARNING BERILISH USULLARI. BUL FUNKSIYALARI SONI. BUL ALGEBRASI QONUNLARI." Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования 4.1 (2025): 15-18.

Shavkatova, Sevinch, Malika Nurullayeva, va Muhiba Yaxiyoxonova. "SSM PLATFORMALARI BILAN TANISHISH. INSTAGRAM TARMOGʻI." Molodye uchenye 3.2 (2025): 18-21.

Shahriyorova, Gulnoza, Malika Nurullayeva, and Muhiba Yaxiyaxonova. "SMM PLATFORMASI BILAN TANISHISH. TELEGRAM TARMOGʻI." Молодые ученые 3.2 (2025): 22-26.

Ahmadova, Madina, Malika Nurullayeva, and Muhiba Yaxiyaxonova. "BILIMLARNI TASVIRLASH USULLARI. MANTIQIY MODELLAR, TARMOQLI SEMANTIK MODELLAR, FREYNALI MODELLAR VA MAHSULOTLI MODELLAR." Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования 4.1 (2025): 62-68.

Abdimajidova, Laylo, Malika Nurullayeva, and Muxiba Yaxiyaxonova. "AXBOROTNI KODLASH USULLARI." Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования 4.1 (2025): 75-80.

Yakhiyakhonova, Mukhiba. "The urgency of improving the methods of developing the skills of independent learning of future teachers." (2021).

Kodirov, Akbar Shuxratovich, and Muborak To‘Lqin Qizi Nomozova. "MASOFAVIY TALIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARINING ISTIQBOLLI ASOSLARI." Academic research in educational sciences 4.CSPU Conference 1 (2023): 753-756.

Kodirov, Akbar, Shaxribonu Qo‘ziyeva, and Mashkura Sa’dullayeva. "O ‘ZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH UCHUN “EASY RENT” LOYIHASINING ISTIQBOLLARI." YANGI O ‘ZBEKISTONDA MILLIY TURIZM ISTIQBOLLARI 1.01 (2024).

Kodirov, Akbar, Gulzor Qamariddinova, and Shahnoza Eshmurodova. "O ‘ZBEKISTONDA MILLIY TURIZM RIVOJLANISHINI SHAKLLANTIRUVCHI IQTISODIY VA MOLIYAVIY OMILLARINI O ‘RGANISH." YANGI O ‘ZBEKISTONDA MILLIY TURIZM ISTIQBOLLARI 1.01 (2024).

Sh, Kodirov A. "THE ROLE OF THE" ONE MILLION UZBEK PROGRAMMERS" PROJECT IN INTRODUCING THE YOUTH OF OUR COUNTRY TO THE IT ENVIRONMENT ACCORDING TO THE" DIGITAL UZBEKISTAN 2030" STRATEGY." Экономика и социум 10 (125) (2024): 205-211.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Mehrinso G‘uzorova, Muxiba Yaxiyaxonova , NAZORAT QILISH VA BAHOLASHNING ZAMONAVIY USULLARI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 10 (2025)

Eʻzoza Qarshiyeva , Malika Nurullayeva , Muxiba Yaxiyaxonova , LMS (LEARNING MANAGAMENT SYSTEM)-TAʻLIMNI BOSHQARUV TIZIMLARI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 1 (2025)

Maftuna Boymirzayeva, Muxiba Yaxiyaxonova, O‘QITISHNING DIDAKTIK TAMOYILLARINI YARATISH G‘OYALARI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 11 (2025)

Aziza Normatova , Muxiba Yaxiyaxonova , INFORMATIKA OʻQITISH METODIKASI FAN SIFATIDA TARIXI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 10 (2025)

Goʻzal Roʻziqulova , Malika Nurullayeva, Muxiba Yaxiyaxonova , CANVINDA INFOGRAFIKANI YARATISH TEXNOLOGIYALARI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 1 (2025)

Shahzoda Roʻzimurodova, Malika Nurullayeva , Muxiba Yaxiyaxonova , OMMAVIY ONLAYN OCHIQ KURSLARI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 1 (2025)

Nilufar Tojiyeva, Muxiba Yaxiyaxonova , AXBOROT BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 11 (2025)

Muxiba Yaxiyaxonova, Asadbek Murodov , O‘QITISHNING MEYORIY HUJJATLARI BILAN TANISHISH , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 11 (2025)

Shoira Uzoqova , Muxiba Yaxiyaxonova, TAQDIMOT SLAYDLARINI YARATISH BOʻLIMINI OʻQITISH METODIKASI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 11 (2025)

Yogdor Sattorov, Muxiba Yaxiyaxonova, INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI BO’LIMINI O’QITISH METODIKASI , Наука и технология в современном мире: Том 4 № 11 (2025)

1 2 3 4 > >>