80
ZAMONAVIY DARS VA DARS TAHLILINI OʻTKAZISHGA NISBATAN
YONDASHUVLAR
Norboyev Foziljon Fayzulla o‘g‘li
SHDPI MI 4-kurs talabasi
Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna
SHDPI katta o‘qituvchisi
Negmatova Sevinch Ergash qizi
Qarshi davlat texnika universiteti 3-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16570857
Annotatsiya
. Maqolada zamonaviy dars va uning tahliliga nisbatan innovatsion
yondashuvlar tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish uchun interfaol
metodlar, raqamli texnologiyalar va o‘quvchi markazli yondashuvlarning ahamiyati yoritiladi.
Dars tahlili nafaqat o‘qituvchining faoliyatini baholash, balki ta’lim sifatini oshirish vositasi
sifatida ko‘rib chiqiladi. Refleksiv va diagnostik tahlil usullarining o‘rni, shuningdek, zamonaviy
ta’lim standartlariga muvofiq dars jarayonini takomillashtirish imkoniyatlari muhokama
etiladi. Maqola zamonaviy ta’lim tizimida samarali dars tashkil etish va uni tahlil qilishga oid
amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Kalit so‘zlar:
Zamonaviy dars, dars tahlili, interfaol metodlar, innovatsion yondashuvlar,
pedagogik texnologiyalar, refleksiv tahlil, diagnostik tahlil, ta’lim sifati, o‘quvchi markazli ta’lim,
raqamli texnologiyalar.
Annotation.
This article analyzes innovative approaches to modern lessons and their
evaluation. The importance of interactive methods, digital technologies, and student-centered
approaches in enhancing the effectiveness of the educational process is highlighted. Lesson
evaluation is considered not only as an assessment of the teacher's performance but also as a
tool for improving education quality. The role of reflective and diagnostic evaluation methods,
as well as opportunities to improve the lesson process in accordance with modern educational
standards, is discussed. The article provides practical recommendations for organizing
effective lessons and their evaluation in the contemporary education system.
Keywords:
Modern lesson, lesson evaluation, interactive methods, innovative
approaches, pedagogical technologies, reflective evaluation, diagnostic evaluation, education
quality, student-centered learning, digital technologies.
Kirish.
Zamonaviy ta’lim tizimi o‘zgarishlar va yangilanishlar jarayonida bo‘lib, uning asosiy
maqsadi talabalarni jahon bo‘ylab bo‘ladigan raqobatbardosh va innovatsion muhitga
tayyorlashdir. Ta’lim jarayonining samaradorligi bevosita dars o‘tishning sifatiga bog‘liq bo‘lib,
bu esa o‘qituvchining pedagogik mahoratiga, metodologik yondashuvlariga va o‘quvchilarning
faol ishtirokiga bog‘liq. Shuningdek, ta’limning samaradorligini oshirishda dars tahlilining o‘rni
katta. Dars tahlilining o‘ziga xos yondashuvlari va usullari mavjud bo‘lib, ular ta’lim
jarayonining turli jihatlarini o‘rganishga imkon beradi. Bular o‘quvchilarning kognitiv,
emotsional va ijtimoiy rivojlanishini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Dars tahlili o‘qituvchiga
o‘z faoliyatini yaxshilashda yordam beradi, shuningdek, ta’lim jarayonining samaradorligini
oshirishga xizmat qiladi.
Zamonaviy dars tahlilining yondashuvlari va usullari bugungi kunda faqatgina dars
davomida qo‘llaniladigan metodlar bilan cheklanmaydi. Ular, shuningdek, o‘qituvchining o‘z
maqsadlariga erishish uchun turli pedagogik texnologiyalarni, innovatsion yondashuvlarni va
81
o‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llashini ham o‘z ichiga oladi. Zamonaviy
yondashuvlarning asosiy maqsadi o‘qituvchining didaktik jarayonni samarali tashkil etishi,
o‘quvchilarning ta’limda faol ishtirokini ta’minlash va ularning o‘z-o‘zini rivojlantirishini
rag‘batlantirishdir.
Zamonaviy ta’limda dars tahlili va tahlilning turli yondashuvlari o‘qituvchining pedagogik
faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirib borish va o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini
yuqori darajaga olib chiqish uchun zarur vositalardan biridir. Ta’limda bu yondashuvlarni
muvaffaqiyatli qo‘llash o‘qituvchining professionalligi va pedagogik mahoratini oshirishda
muhim omil hisoblanadi. Dars tahlili va zamonaviy pedagogik yondashuvlar, shuningdek, ta’lim
tizimini yaxshilash, o‘quvchilarning samarali o‘qishini ta’minlash va o‘qitish jarayonining
umumiy sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Adabiyotlar tahlili
. Zamonaviy ta’lim tizimi doirasida dars va dars tahlilini o‘tkazishga
nisbatan turli yondashuvlar mavjud. Ushbu yondashuvlar nafaqat o‘qituvchining pedagogik
faoliyatini yaxshilash, balki o‘quvchilarning ta’lim jarayonida faol ishtirokini ta’minlash,
shuningdek, ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan. Dars tahlilini o‘tkazishga nisbatan
yondashuvlar bo‘yicha ko‘plab xorijiy va respublika olimlarining ilmiy ishlanmalari mavjud.
Quyida bir necha olimlarning zamoaviy dars va dars tahliliga bergan tahlillarini ko‘rib chiqamiz.
Xorijiy olimlardan biri, ingliz olimi Jon Dewey bo‘lib, uning pedagogik ta’limiga qarshi
ko‘plab fikrlar mavjud. Deweyning ta’limga oid qarashlari, ayniqsa, “tajriba va faoliyat” asosida
pedagogika tamoyillariga asoslangan boʻlib, dars jarayonini o‘quvchilarning faol ishtirokiga
asoslashni va o‘quvchilarni muammolarni yechish jarayoniga jalb qilishni tavsiya etgan. Dewey
o‘zining “Demokratiya va ta’lim” asarida, ta’limning jamiyatdagi o‘rni va uning ahamiyatini
o‘rgangan, shuningdek, dars tahlilining o‘quvchi markazli yondashuvlar asosida olib borilishini
taklif etgan. [1]
Bundan tashqari, ingliz pedagogi Richard Smith o‘zining “Zamonaviy ta’lim va dars tahlili”
asarida ta’lim metodlarini yangi zamon talablari asosida yangilashni muhim deb hisoblaydi.
Smithning fikriga ko‘ra, dars tahlili nafaqat dars jarayonining samaradorligini oshirishga
qaratilgan, balki o‘qituvchining o‘z pedagogik faoliyatini baholash va tahlil qilish imkonini
berib, dars tahlilining yangi metodlarini o‘rganish va qo‘llash, o‘qituvchining o‘z maqsadlariga
erishish uchun zarur vosita ekanligini ta’kidlaydi. [2]
O‘zbekiston olimlari orasida, pedagogika sohasidagi ilmiy izlanishlarni olib borayotgan
olimlardan biri, professor Omonov Iskandarbek, zamonaviy ta’lim jarayonida o‘qituvchining
dars tahlilini o‘tkazishning ahamiyatini ta’kidlaydi. Uning fikriga ko‘ra, dars tahlili
o‘qituvchining darsni tahlil qilish jarayonida pedagogik mahoratini shakllantiradi va
o‘quvchilarning ta’limdagi muvaffaqiyatini oshiradi. Omonov, dars tahlilining amaliy
yondashuvlar asosida o‘qituvchining metodik faoliyatini takomillashtirishga, o‘quvchilar bilan
samarali muloqot o‘rnatishga yordam berishini aytadi. Dars tahlili orqali o‘qituvchi o‘z
faoliyatini baholab, uni yanada mukammallashtirishi mumkin, bu esa o‘quvchilarning
muvaffaqiyatlarini oshirishga olib keladi. [3]
Shuningdek, O‘zbekistondagi mashhur pedagog olimlardan biri, professor Tursunov
Ilhom zamonaviy pedagogik metodlarni o‘qituvchining faoliyatini tahlil qilishga qaratilgan
yondashuvlarga asoslaydi. Tursunov, ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishda dars
tahlilining ahamiyatiga e’tibor qaratadi. U dars tahlilini pedagogik faoliyatni baholashning bir
82
vositasi sifatida tavsiflaydi va uning o‘quvchilarni o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirishga
yordam berishini ta’kidlaydi. [4]
Metod.
Informatika darslarini tashkil etishda o‘quvchilarga zamonaviy texnologiyalarni
o‘rgatish va ularni real hayotdagi vazifalarni yechishda qo‘llashni rivojlantirish muhimdir.
Zamonaviy dars tahlilini o‘tkazishning bir nechta samarali usullari mavjud. Quyida eng
ommabop va samarali metodlarni keltirib o‘taman:
SWOT tahlili.
Bu usul yordamida darsning kuchli va zaif tomonlari, imkoniyatlari hamda
tahdidlarini baholash mumkin.
S (Strengths)
– Darsning kuchli tomonlari: o‘quvchilarning faolligi, interfaol metodlar,
texnologiyalarni qo‘llash.
W (Weaknesses)
– Darsning zaif tomonlari: vaqt yetishmovchiligi, o‘quvchilar faolligining
pastligi.
O (Opportunities)
– Imkoniyatlar: yangi texnologiyalar, interfaol vositalarni joriy qilish.
T (Threats)
– Tahdidlar: texnik muammolar, vaqt cheklovi, o‘quvchilarning motivatsiyasi
pasayishi.
Blox tahlili.
Bu usul bo‘yicha dars quyidagi 4 jihatdan tahlil qilinadi:
Reja:
Dars qanday rejalashtirilgan?
Jarayon:
Dars qanday o‘tdi, qanday usullar ishlatildi?
Natija:
Dars yakuni qanday bo‘ldi, maqsadlarga erishildimi?
Tavsiya:
Keyingi darslar uchun qanday taklif va tavsiyalar beriladi?
Refleksiv tahlil.
Bu metod darsdan keyin o‘qituvchi va o‘quvchilar fikrlarini jamlashga
qaratilgan. O‘qituvchi o‘z darsini quyidagi savollar asosida baholaydi:
Darsda qanday yutuqlarga erishildi?
Qanday qiyinchiliklar yuzaga keldi?
Kelgusi darslar uchun qanday xulosalar chiqarish mumkin?
Lesson Study.
Bu metod bo‘yicha o‘qituvchilar jamoaviy ravishda darsni rejalashtiradi,
kuzatadi va tahlil qiladi. Ushbu jarayon uch bosqichdan iborat:
Darsni rejalashtirish
Kuzatish
Tahlil va xulosa chiqarish.
Video tahlil.
O‘qituvchi dars jarayonini videoga yozib olib, keyinchalik o‘z faoliyatini tahlil
qiladi. Bu usul darsning qaysi joylarida yaxshilanish kerakligini aniqlashga yordam beradi.
360 darajali tahlil.
Bu usul bo‘yicha darsni o‘qituvchi, o‘quvchilar, hamkasblar va
nazoratchilar baholaydi. Shu orqali obyektiv xulosa chiqarish mumkin.
So‘rovnoma asosidagi tahlil
. So‘rovnoma yordamida o‘quvchilar va boshqa pedagogik
xodimlarning darsdagi tajribasini baholash mumkin.
Natija.
Zamonaviy informatika darslarini boshqa pedagogik xodimlar (o‘qituvchilar,
metodistlar yoki tahlilchilar) tomonidan tahlil qilish uchun so‘rovnoma usulini qo‘llash juda
samarali bo‘ladi. So‘rovnoma yordamida dars jarayonini tahlil qilish o‘quvchilarning,
o‘qituvchining va darsni tashkil etgan shaxsning turli nuqtai nazarlarini o‘rganishga yordam
beradi. Bu metod, darsning sifatini yaxshilash va pedagogik yondashuvni takomillashtirishga
xizmat qiladi.
83
Dars tahliling so‘rovnoma yordamida o‘quvchilar va boshqa pedagogik xodimlarning
darsdagi tajribasini baholash mumkin. So‘rovnomada quyidagi asosiy yo‘nalishlar va savollarni
kiritish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
1.
Darsning
umumiy tahlili
_________________________________________________
(Darsda foydalanilgan metodlar o‘quvchilarning qiziqishini
oshirdimi?)
__________________________________________________________
(Darsda foydalanilgan metodlar o‘quvchilarning qiziqishini
oshirdimi?)
__________________________________________________________
(Darsda foydalanilgan metodlar o‘quvchilarning qiziqishini
oshirdimi?)
__________________________________________________________
(Darsning umumiy tuzilishi va tartibi to‘g‘ri tashkil etilganmi?)
2.
O‘quvchilarni
ng ishtiroki va
faolligi
_________________________________________________
(Darsda o‘quvchilarning faol ishtiroki ta’minlanganmi?)
__________________________________________________________
(O‘quvchilar dars davomida o‘z bilimlarini amalda qo‘llash
imkoniyatiga ega bo‘ldilar?)
__________________________________________________________
(Guruhlarda ishlash va o‘zaro fikr almashish faoliyatini qanday
baholaysiz?)
__________________________________________________________
(O‘quvchilar o‘zlarini darsda qanday his qilishdi (qiziqarli,
charchagan, motivatsiya topgan)?)
3.
Metod
va
vositalarning
samaradorligi
_________________________________________________
(Interfaol metodlardan foydalanish darsda samarali bo‘ldimi?)
__________________________________________________________
(Interaktiv elementlar darsga qanday ta’sir ko‘rsatdi?)
__________________________________________________________
(Interfaol metodlardan foydalanish o‘quvchilarning o‘zlashtirishini
yengillashtirdimi?)
__________________________________________________________
(Darsda ishlatilgan texnologiyalar va vositalar samarali bo‘ldimi?)
4.
O‘quvchilarnin
g bilimi va
ko‘nikmalarini
baholash
_________________________________________________
(O‘quvchilar darsdan qanday bilimlarni oldilar?)
__________________________________________________________
(O‘quvchilar o‘z bilimlarini amalda qanday qo‘lladilar?)
__________________________________________________________
(Darsda qaysi mavzular eng yaxshi o‘rganildi?)
__________________________________________________________
(Qaysilarida qiyinchiliklar mavjud edi?)
84
__________________________________________________________
(O‘quvchilarga qaysi materiallar yoki vositalar eng ko‘proq yordam
berdi?)
5.
O‘qituvchinin
g
roli
va
darsdagi
boshqaruv
_________________________________________________
(O‘qituvchi dars davomida qanday metodlarni qo‘lladi va ular
samarali bo‘ldimi?)
__________________________________________________________
(O‘qituvchi o‘quvchilarga qanday yordam ko‘rsatdi?)
__________________________________________________________
(O‘qituvchi darsni qanday boshqardi, qanday tashkilotchi sifatida
ko‘rsatilgan?)
__________________________________________________________
(Darsda o‘qituvchining o‘quvchilarga individual yondashuvi qanday
bo‘ldi?)
6.
Darsning
o‘quvchilarga
ta’siri
va
natijalari
_________________________________________________
(Darsning o‘quvchilarga qanday ta’siri bor edi?)
__________________________________________________________
(Darsni tugatgandan so‘ng, o‘quvchilar qanday his-tuyg‘ularni
bildirganlar?)
__________________________________________________________
(Darsda o‘quvchilar tomonidan ishlangan ishlar (masalan,
taqdimotlar, hisobotlar, guruh ishlar) qanchalik yuqori sifatda edi?)
Muhokama.
So‘rovnoma o‘quvchilar va pedagogik xodimlardan olingan javoblar asosida
quyidagi tahlilni amalga oshirish mumkin:
Statistik tahlil.
So‘rovnomadagi javoblarni statistik tarzda tahlil qilish mumkin. Bunda
grafiklar, diagrammalar yordamida o‘quvchilarning va o‘qituvchilarning javoblarini vizual
tarzda ko‘rsatish, umumiy tendensiyalarni aniqlash va qaysi sohalarda takomillashtirish
kerakligini belgilash mumkin.
Kvalitativ tahlil (Tushuncha tahlili).
Savollarga berilgan ochiq javoblar asosida o‘quvchilar
va pedagogik xodimlarning fikrlarini chuqurroq tahlil qilish mumkin. Bunda o‘quvchilarning
darsga qanday qarashlarini, metodlarning samaradorligini qanday baholashayotganini va
ularning o‘quv jarayonidagi hissiyotlarini o‘rganish mumkin.
Qiyosiy tahlil.
Darsni o‘tkazgan pedagogik xodim boshqa o‘qituvchilar bilan yoki oldingi
darslar bilan taqqoslash orqali tahlil qilish mumkin. Bunday yondashuv, o‘quvchilarning
avvalgi bilim darajasi, darsning samaradorligi va metodlarning ta’sirini yaxshiroq tushunishga
yordam beradi.
So‘rovnoma natijalari asosida tahlil qilishning natijalari:
So‘rovnoma asosida to‘plangan natijalar orqali o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlari va
ko‘nikmalarining qanchalik samarali bo‘lganligini aniqlash mumkin.
Dars metodlarini va pedagogik yondashuvlarni takomillashtirish uchun zarur o‘zgarishlar
kiritiladi.
O‘quvchilarga ko‘proq yordam berish kerak bo‘lgan joylar aniqlanadi va yangi metodlarni
joriy etishda ularning ehtiyojlariga asoslangan yondashuvlar ishlab chiqiladi.
85
Bu usul orqali o‘quvchilarning darsdagi tajribasini chuqur tahlil qilish, metodlarni va
materiallarni optimallashtirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Xulosa.
Xulosa qilib shuni ta’kidlashimiz mumkinki, zamonaviy dars va uning tahliliga
nisbatan yondashuvlar ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Hozirgi
kunda an’anaviy yondashuvlar o‘rniga interfaol, innovatsion va o‘quvchi markazli metodlarga
e’tibor qaratilmoqda. Bunda pedagogik texnologiyalar, raqamli ta’lim vositalari va tanqidiy
fikrlashga asoslangan strategiyalar muhim o‘rin tutadi. Dars tahlili esa nafaqat o‘qituvchining
faoliyatini baholash, balki ta’lim jarayonining sifatini oshirishga yo‘naltirilgan konstruktiv tahlil
usullaridan iborat bo‘lishi kerak. Shu bois refleksiv, diagnostik va monitoring yondashuvlar
keng qo‘llanilmoqda. O‘qituvchi o‘z darsini doimiy tahlil qilish orqali samaradorlikni oshirish,
o‘quvchilarning ehtiyojlarini inobatga olish va dars jarayonini takomillashtirish imkoniyatiga
ega bo‘ladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Jo’rayeva, Feruza, and Aziza Normataova. "KATTA MA’LUMOTLAR (BIG DATA) UCHUN
DBMS TIZIMLARI."
Инновационные исследования в современном мире: теория и
практика
3.14 (2024): 31-35.
2.
Berdiyeva, Gulnoza. "O’ZBEKISTON ELEKTRON SAVDO TIZIMIDA MUAMMOLAR VA
TAKLIFLAR."
Science and innovation in the education system
3 (2024): 16-22.
3.
Berdiyeva, Gulnoza. "RAQAMLI IQTISODIYOTNING MAQSAD VA VAZIFALARI VA UNING
O'ZBEKISTONDA RIVOJLANISHI."
Педагогика и психология в современном мире:
теоретические и практические исследования
3 (2024): 11-14.
4.
ShukurulloFayzullo o‘g‘li, A. (2024). TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI
QO‘LLASH.
PEDAGOGS
,
50
(2), 51-55.
5.
Aliqulov, Shukurullo, Ziyavutdin Turayev, and Javlon Nishonov. "BOSHLANG ‘ICH SINF
O‘QUVCHILARINING MATEMATIK SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA TIMSS XALQARO
BAHOLASH DASTURINING ROLI VA AHAMIYATI."
Молодые ученые
2.10 (2024): 85-90.
6.
Fayzullo o‘g‘li, Shukurullo. "Aliqulov."."
TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI
QO ‘LLASH." PEDAGOGS
50 (2024): 51-55.
7.
Qodirov, Farrux, Muxlisa Mavlonova, and Sevinch Negmatova. "YASHIL IQTISODIYOT
SHAROITIDA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISHNING
AFZALLIKLARI."
Общественные науки в современном мире: теоретические и
практические исследования
3 (2024): 13-15.
8.
Otabekov, Akbar, and Sevinch Negmatova. "EFFECTIVENESS OF ARTIFICIAL
INTELLIGENCE ALGORITHMS IN CYBERSECURITY."
Инновационные исследования в
науке
4.5 (2025): 50-52.
9.
Qodirov, Farrux, Baxtiniso Boqiyeva, and Sevinch Negmatova. "TCP/IP PROTOKOLLAR
STEKI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA."
Молодые ученые
3.7 (2025): 128-132.
10.
Qodirov, Farrux, Yulduz Ahmedova, and Sevinch Negmatova. "KOMPYUTER
TARMOQLARINING ASOSIY ELEMENTLARI."
Молодые ученые
3.7 (2025): 133-137.
11.
Qodirov, Farrux, Dilmurod Abdullayev, and Sevinch Negmatova. "KOMPYUTER
TARMOQLARINING STANDART TEXNOLOGIYALARI."
Молодые ученые
3.7 (2025): 146-151.
86
12.
Qodirov, Farrux, Dilmurod Abdullayev, and Sevinch Negmatova. "ELEKTRON TIJORAT (E-
COMMERCE)."
Наука и технология в современном мире
4.5 (2025): 66-70.
13.
Qodirov, Farrux, Iqbol Abdimurodova, and Sevinch Negmatova. "ELЕKTRОN HUJJАT
АLMАSHISH TIZIMLАRI."
Наука и технология в современном мире
4.5 (2025): 71-74.
14.
Qodirov, Farrux, Gulsevar Keldiyorova, and Sevinch Negmatova. "BULUTLI
TEXNOLOGIYALARNING
XUSUSIYATLARI,
AFZALLIKLARI
VA
KAMCHILIKLARI."
Естественные науки в современном мире: теоретические и практические
исследования
4.3 (2025): 58-62.
15.
Hayitmurodov, Ilhom, and Sevinch Negmatova. "BULUTLI HISOBLASHLAR VA ULARNING
ASOSIY TUSHUNCHALARI. BULUTLI SAQLASH MODELLARI."
Естественные науки в
современном мире: теоретические и практические исследования
4.3 (2025): 68-73.
16.
Qodirov, Farrux, Jasmina Murodulloyeva, and Sevinch Negmatova. "SMART
TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASH VOSITALARI."
Естественные науки в современном мире:
теоретические и практические исследования
4.3 (2025): 63-67.
17.
Qodirov, Farrux, and Asila Xolmurodova. "SMART TEXNALOGIYALAR VA AQLLI
QURILMALAR."
Наука и инновация
3.7 (2025): 138-144.
18.
Nurmaxmatova, Umida, and Sevinch Negmatova. "BLOKCHAYEN TEXNOLOGIYASINING
ISHLASH PRINSIPLARI."
Молодые ученые
3.7 (2025): 60-63.