Авторы

  • Sohiba Djurayeva
    Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti
  • Maxliyo Tursunova
    Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.73248

Ключевые слова:

zaif eshituvchi bola pedagog surdopedagog inklyuziv ta’lim jalb qilish bosqichlari.

Аннотация

Ushbu maqolada zaif eshituvchi bolalarni inklyuziv ta’limga jalb qilish bosqichlari, inklyuziv ta’limining samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi to’siqlar va ularni bartaraf etish bo’yicha pedagoglarga bir qancha ko’rsatmalar batafsil yoritilgan.


background image

110

ZAIF ESHITUVCHI BOLALARNI INKLYUZIV TA’LIMGA JALB ETISH

Djurayeva Sohiba Barat qizi

Tursunova Maxliyo Saydaxmat qizi

Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15055153

Annotatsiya:

Ushbu maqolada zaif eshituvchi bolalarni inklyuziv ta’limga jalb qilish

bosqichlari, inklyuziv ta’limining samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi to’siqlar va ularni
bartaraf etish bo’yicha pedagoglarga bir qancha ko’rsatmalar batafsil yoritilgan.

Kalit so’zlar:

zaif eshituvchi bola, pedagog, surdopedagog, inklyuziv ta’lim, jalb qilish

bosqichlari.

Zaif eshiguvchi bolalar nogironligi bo’lgan bolalar orasida inklyuziv ta’limga erta jalb

qilinishi mumkin bo’lganlar tartibida peshkadamlik qiluvchi bolalardir. Vazirlar Mahkamasini
638-sonli qarorida ham 60 dB gacha eshitishida nuqsoni bo’lgan va rivojlanishida qo’shimcha
nuqsoni bo’lmagan bolalar umumta’lim maktablarida tashkil qilingan inklyuziv ta’lim sinfiga
qabul qilinishi ko’rsatilgan.

Inklyuziv ta’limga jalb etishda quydagi bosqichlar amalga

oshirildi:

1) Izlab topish va jalb qilish bosqichi.

Nogiron odamlarning

hayoti asosan yakkalab

qo‘yishlar bilan bog‘liq. Ko‘plab davlatlarda

nogiron odamlarga past nazar bilan qaralib, ular

hamjamiyatdan

chetlashtirilmoqda. Buning oqibatida nogiron bolalarning ta’lim olish

imkoniyatlari yanada chegaralanib qolmoqda. Millatning etnopsixologik xususiyatlaridan biri
bo‘lmish nogiron farzandini boshqalardan bekitish hollari esa nogiron bolalar kelajak hayoti
uchun juda fojeali holatdir. Mana shunday salbiy oqibatlarni oldini olish maqsadida

aholi

o‘rtasida targ‘ibo-tashviqot ishlarini olib borish lozim. Oilaga,

ya’ni asosan ota-onalarga nogiron

bola ham maktab ta’lim-tarbiyasini

olishi shart ekanligini to‘g‘ri tushintirib bera olish kerak.

Shunday

usullar bilan ta’limdan chetda qolib ketgan nogiron bolalarni izlab

topish imkoni

yaratiladi. Ro‘yxatga olingan bolalar o‘z yaqin

arofidagi umumta’lim maktablariga jalb etiladi.

2) Maxsus ehtiyojli bolalar bilan shug‘illanish bosqichi.

Bu bosqichda umumta’lim

muassasalari tizimiga kiritilgan maxsus ehtiyojli bolalar bilan olib boriladigan o‘quv-tarbiyaviy,
korrektsion-rivojlantiruvchi vazifalar rejasi tuzib chiqiladi.

3) Reabilitatsiya bosqichi.

Bu bosqichda bolalarning nogironligi tufayli bajara lmaydigan

faoliyatlarini bajarish qobiliyatlari va ularning imkoniyatlari darajasini kengaytirish ishlari
amalga oshiriladi. Shu sababali bu bosqichda nogiron odamlar nafaqat ta’lim tarbiya, balki
ularning ishlab chiqarish faoliyatlarini oshiruvchi treninglar ham olib boriladi. Ular “ob’ekt”
mas, balki “sub’ekt” vazifasini o‘taydi. Natijada nogiron bolalarning nima qila olmasligi

emas,

balki ular nimalar qilisha qodir ekanligi diqqat markazda

turadi.

4) Intergatsiya bosqichi.

Bu bosqich inklyuziv tarzida o‘qitilgan, reabilitatsiya jarayoni

malga oshirilgan nogirn bolalarni ijtimoiy

jamiyatga to‘la kiritish bosqichidir. Integratsiya

bosqichida nogiron

bolalar to‘laligicha ijtimoiy jamiyatga kiritiladi. Ya’ni bu bosqichda

nogiron

bolalarning ham o‘zlarining teng imkoniyatlari va huquqlaridan foydalangan holda kasb va
ishlash joyini mustaqil tanlash

imkoniyati beriladi.

Zaif eshituvchi bolalarda inson uchun o’ta zarur bo’lgan analizator eshitish faoliyatining

to’liq emas, qisman buzilishi nutqning birmuncha

to’liq shakllanishiga imkon bermaydi. Lekin

bunday yo’l bilan nutqni egallashning

o’ta chegaralanishi tushuncha va tasavvurlar (nutqning

keyingi idroki va

tushunilishi)da o’zgachalikni yuzaga keltiradi. Zaif eshituvchi bolaning

nutqi


background image

111

rivojlanmasdangina qolmay, balki buzilganhamdir. Masalan, lug’at

zaxirasining kamligi bilan bir

qatorda so’zlarning boshqa ma’noda

qo’llanishi, grammatik tizimning rivojlana olmasligi bilan

bir katorda

ular ma’nolarining noto’g’ri tushunilishi kuzatiladi. Bularning barchasi

bilish faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi: idrok faoliyati, xotira va diqqati hamda tafakkur opiratsiyalari
taqqoslash, taxlil qilish,

umumlashtirish kabi psixik jarayonlar zaif eshituvchilarda o’ziga xos

tarzda

namoyon bo’ladi. Nutqiy muloqot bolaning shaxs sifatida rivojlanishida hal qiluvchi

o’rinni egallaydi. Zaif eshituvchi bola nutqining o’ziga xos rivojlanishi

oddiy sharoitlarda ilm

asoslarini egallashiga tusqinlik qilib, bolaning

umumta’lim maktabiga kelib, ta’lim olishida

muayyan qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda.

Kuzatish va o’rganishlar natijasida zaif eshituvchi bolalar inklyuziv ta’limining

samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi mavjud

to’siqlarni aniqlash imkonini beradi:

- umumta’lim maktabining standarti, ta’lim dasturlari, mazmuni zaif

eshituvchi

o’quvchilarning imkoniyatlari va extiyojlariga mos kelmaydi;

- pedagog kadrlarni tayyorlash tizimida inklyuziv ta’lim asoslarini o’rganishga oid o’quv

fani nazarda tutilmasligi bois, umumta’lim maktablari pedagogik jamoalari ta’lim jarayonida
bunday bolalarga

yondashish uslublaridan xabardor emaslar;

- yetarli psixologik va pedagogik yordam ko’rsatish uchun kasbiy bilim, ko’nikma va

malakalarga ega bo’lmagan o’quvchilar psixologik noqulaylik xolatiga tushib, integratsiya
jarayoniga tayyor emasliklarini qayd etganlar;

- umumta’lim maktablari o’qituvchilari bunday bolalar uchun ta’lim jarayonida moslashish

imkoniyatini ta’minlovchi ovoz kuchaytirib beruvchi

texnika va texnologiyalardan foydalanish

yo’llarini bilishmaydilar;

- maktablar pedagog jamoasi nogironligi bo’lgan bolalarni sinflarga qabul qilishda oddiy

o’quvchilar va ularning ota-onalari bilan psixologik

jixatdan ish olib bormaydilar;

- umumta’lim maktablarining xodimlar shtatlari jadvalida nogironligi bo’lgan o’quvchilar

bilan ishlovchi qo’shimcha maxsus pedagog va tibbiyot xodimlari birliklari mavjud emas;

- umumta’lim maktablarining moddiy-texnik negizi mazkur toifa bolalari extiyojlariga

javob bermaydi.

Inklyuziv sinfda ta’lim olayotgan eshitishida muammosi bo’lgan bolalarning ta’limi

samaradorligiga erishishdagi o’qituvchining dastlabki qadami ushbu toifadagi bolalarning
rivojlanish xususiyatlarini tushunishidan xamda ularning maxsus ta’lim extiyojlarini xisobga
olgan holda, quyidagi muhim qoidalarni bajarishga tayyor bo’lishidan iborat bo’lishi lozim:

1.

bolaning ota-onasi va surdopedagog bilan xamkorlikda ishlash;

2.

bolaning sinfdoshlari bilan do’stona munosabat, o’zaro xamkorligini rag’batlantirish hamda

uning bolalar jamoasida tez va to’liq moslashishga ko’maklashish;
3.

zarur metodik talablarga rioya qilish (o’quvchining labdan o’qishi, nutqni idrok etishi

uchun qulay partaga joylashishi;
4.

atrofdagilar nutqining

ravon, adabiy til me’yorlariga mos bulishi;

5.

darsning barcha bosqichlarida

tarqatma, didaktik vositalarning mavjudligi;

6.

bolaning topshiriqlar va

ko’rsatmalarni tushunishini nazorat qilish va eshitish apparatlari,

koxlear implantlarning xizmat ko’rsatish faoliyagini tekshirish, individual didaktik

qo’llanmalar

bilan tanishish;


background image

112

7.

dars jarayonida bir qator tuzatuv muammolarini xal qilish (eshitish va vizual e’tiborni

rag’batlantirish, bolaning nutq, vazifalar, matnlarni tushunish; nutq xatolarini tuzatish va
grammatik jixatdan tug’ri nutq ko’nikmalarini mustaxkamlash; so’zlashuvni kengaytirish;

Shu munosabat bilan davlat xokimiyati

organlari umumta’lim maktablarining pedagog

xodimlarini maxsus

tayyorlashga keng jalb qildi. Pedagogik xodimlar malakasi inklyuziv ta’lim

bo’yicha oshirildi, qayta tayyorlardi, oliy ta’limda pedagogika yo’nalishidagi barcha talabarga
inklyuziv ta’lim va gospital pedagogika fani o’qitib kelinmoqda.

Eshitish qobiliyagiga ega

bo’lmagan bolalarni o’rgatish uchun ularning

xususiyatlarini bilish kerak;

eshitish qobiliyati

bolaning nutq rivojlanishiga bevosita ta’sir

qiladi va xotira, fikrlash shakllanishiga bilvosita ta’sir

ko’rsatadi;

bolalar

nutq

materiallarini-so’zlar,

jumlalar

va

matnlarni

yodlash,

saqlash va ko’paytirishni qiyinlashtiradi;

eshitish qobiliyatiga ega bo’lgan bolalarning fikrlash

xususiyatlari

o’g’zaki nutqni sekin uzlashtirish bilan bog’lik bo’lib, bu og’zaki-mantiqiy

fikrlashning rivojlanishida eng aniq namoyon bo’ladi; eshitish qobiliyati barcha aqliy
operatsiyalarni shakllantirishga

ta’sir qiladi, amaliyotda nazariy bilimlardan foydalanishda

qiyinchiliklarga olib keladi;

eshitish kobiliyatiga ega bo’lgan bolada nutqning barcha asosiy

funksiyalari (kommunikativ, umumlashtiruvchi, sezgir, nazorat kilish,

tartibga solish) va tilning

tarkibiy qismlari (so’z boyligi, Grammatik

tizim, fonetik tarkib);

bola og’zaki nutqining buzilishi

asosida yozma nutq buzilishi mavjud

bolib, u turli disgrafiya va disleksiyalar shaklida namoyon

bo’ladi:

eshitish qobiliyati boshqalar bilan muloqot qilishda qiyinchiliklarga

olib keladi,

axborotni assimilyatsiya qilish jarayonini sekinlashtiradi,

bolalarning tajribasini pasaytiradi va

ularning shaxsiyatining

shakllanishiga ta’sir qila olmaydi.

Umumta’lim muassasasida o’qitish jarayonida eshitish qobiliyatiga ega

bo’lmagan bolalarni

psixologik va pedagogik qo’llab-quvvatlash muammosi

muhim ahamiyatga ega. Bunday qo’llab-

quvvatlash bir necha jihatlarga ega:

- umumiy o’rta ta’lim maktabida eshitish nogironligi bo’lgan bolalarni

psixologik-pedagogik

qo’llab-quvvatlash;

- bu bolalarning eshitish qobiliyatiga ega bo’lgan bolalar bilan o’zaro muloqot qilish

jarayonida oddiy eshitish qobiliyatiga ega bolalarni psixologik va pedagogik qo’llab-quvvatlash;

- maxsus va ommaviy maktab o’qituvchilarining psixologik-pedagogik qo’llab-qo’vvatlashi;

- umumiy o’rta ta’lim fanlari bo’yicha ommaviy maktabda eshitish qobiliyati buzilgan

bolalarni uqitish jarayonida qo’llab-quvvatlash;

- muayyan fanlar bo’yicha eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni qo’llab-quvvatlash (eshitish

qobiliyatini rivojlantirish, talaffuzni

shakllantirish);

- oilada qo’llab-quvvatlashni tashkil qilish.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Djurayeva, S., & Kubayeva, S. (2024). INKLYUZIV TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA

KADRLARGA QO’YILADIGAN TALABLAR MAZMUNI.

Modern Science and Research

,

3

(12), 108–

111. Retrieved from

https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/48935

2.

Djurayeva, S., Abdullayeva, Y. ., Abdigapporova, M. ., & Abdug’apporova, M. (2024). IMO-

ISHORA TILI TIZIMIDA YANGI IMO-ISHORALARNING ROLI.

Modern Science and Research

,

3

(12),

286–288. Retrieved from

https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/54215

3.

Djurayeva, S. ., & Xudoynazarova, S. . (2024). INKLYUZIV TA’LIMDA BOSHLANG’ICH SINF


background image

113

O’QUVCHILARIGA CHET TILINI O’QITISH.

Наука и инновации в системе образования

,

3

(13),

99–102. извлечено от

https://inlibrary.uz/index.php/sies/article/view/51165

4.

Djurayeva , S., & Mamirova , G. (2024). INKLYUZIV TA’LIMDA IJTIMOIY HIMOYAGA

MUHTOJ BOLALARNI O’QUV-TARBIYA JARAYONIGA MOSLASHTIRISH METODLARI.

Решение

социальных проблем в управлении и экономике

,

3

(11), 107–110. извлечено от

https://inlibrary.uz/index.php/sspme/article/view/53331

5.

Djurayeva , S. ., & Oltibekova , M. . (2024). INKLYUZIV TA’LIM JARAYONIDA IMKONIYATI

CHEKLANGAN BOLALARINING OTA-ONALARI BILAN ISHLASH.

Теоретические аспекты

становления

педагогических

наук

,

3

(21),

21–25.

извлечено

от

https://inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/51550

6.

Djurayeva, S., & Anvarjonova , M. . (2024). IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI

INKLYUZIV TA’LIMGA JALB QILISH.

Развитие и инновации в науке

,

3

(11), 52–54. извлечено от

https://inlibrary.uz/index.php/dis/article/view/53007

7.

Djurayeva

,

S.

.,

&

Mustaqova,

M.

(2024).

INKLYUZIV

TA’LIM

TAMOYILLARI.

Инновационные исследования в науке

,

3

(11), 27–30. извлечено от

https://inlibrary.uz/index.php/irs/article/view/52691

8.

Djurayeva, S., & Sherqo`ziyeva, R. (2024). INKLYUZIV TA’LIMGA BOLALARNI JALB ETISH:

MUAMMOLAR VA RIVOJLANISH YO’LLARI.

Международная конференция академических

наук

,

3

(11), 36–39. извлечено от

https://inlibrary.uz/index.php/icas/article/view/50929

Библиографические ссылки

Djurayeva, S., & Kubayeva, S. (2024). INKLYUZIV TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA KADRLARGA QO’YILADIGAN TALABLAR MAZMUNI. Modern Science and Research, 3(12), 108–111. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/48935

Djurayeva, S., Abdullayeva, Y. ., Abdigapporova, M. ., & Abdug’apporova, M. (2024). IMO-ISHORA TILI TIZIMIDA YANGI IMO-ISHORALARNING ROLI. Modern Science and Research, 3(12), 286–288. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/54215

Djurayeva, S. ., & Xudoynazarova, S. . (2024). INKLYUZIV TA’LIMDA BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA CHET TILINI O’QITISH. Наука и инновации в системе образования, 3(13), 99–102. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/sies/article/view/51165

Djurayeva , S., & Mamirova , G. (2024). INKLYUZIV TA’LIMDA IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ BOLALARNI O’QUV-TARBIYA JARAYONIGA MOSLASHTIRISH METODLARI. Решение социальных проблем в управлении и экономике, 3(11), 107–110. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/sspme/article/view/53331

Djurayeva , S. ., & Oltibekova , M. . (2024). INKLYUZIV TA’LIM JARAYONIDA IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARINING OTA-ONALARI BILAN ISHLASH. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 3(21), 21–25. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/51550

Djurayeva, S., & Anvarjonova , M. . (2024). IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI INKLYUZIV TA’LIMGA JALB QILISH. Развитие и инновации в науке, 3(11), 52–54. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dis/article/view/53007

Djurayeva , S. ., & Mustaqova, M. (2024). INKLYUZIV TA’LIM TAMOYILLARI. Инновационные исследования в науке, 3(11), 27–30. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/irs/article/view/52691

Djurayeva, S., & Sherqo`ziyeva, R. (2024). INKLYUZIV TA’LIMGA BOLALARNI JALB ETISH: MUAMMOLAR VA RIVOJLANISH YO’LLARI. Международная конференция академических наук, 3(11), 36–39. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/icas/article/view/50929