
51
Ma‘nosi,
kishining to‗plagan bilimi, ko‗nikma va fikrlash uslubi uning tezaurusini tashkil
qiladi.
Ilmiylik tamoyili.
Bu tamoyil asosida bir qator qonuniyatlar yotadi. Jumladan:
— dunyoni o‗rganib bo‗ladi va insoniyat aniqlagan va amaliyotda sinab ko‗rilgan
qonuniyatlarni o‗rgansa bo‗ladi;
— ta‘lim-tarbiya jarayoni — ilmiy faoliyat orqali to‗plangan, ob‘ektiv olam to‗g‗risidagi
ma‘lumot tizimini o‗sib kelayotgan avlodga bildiradi;
— ilmiylik — beriladigan bilimlar ma‘lum bir ketma-ketlikda berilishini taqozo etadi;
— ilmiylik yana berilayotgan bilimning hozirgi zamon ijtimoiy va ilmiy-taraqqiyot
darajasiga mosligi bilan hamda tuzilgan dastur va ishchi rejaga mos bo‗lishligi bilan ham
belgilanadi.
Nazariya va amaliyot birligi tamoyili.
Bu tamoyil falsafaning bilish nazariyasining
markaziy qoidasiga asoslanadi. Unda, bilishning birinchi va asosiy nuqtai nazari — bu hayotning
va amaliyotning nuqtai nazaridir, deyiladi. U quyidagi qonuniyatlardan kelib chiqadi:
— har qanday bilimning to‗g‗riligi amaliyotda sinalib, tasdiqlanadi;
— amaliyot — haqiqat mezoni, bilishning manbai va tadqiqot natijalarining qo‗llanish
ko‗lami;
— to‗g‗ri tashkil qilingan ta‘lim-tarbiya hayotdan kelib chiqadi;
—ta‘lim-tarbiyaning samaradorligi uning amaliyot bilan qanchalik bog‗liqligi bilan
belgilanadi;
— bilim berishning samaradorligi, uning politexnik ta‘lim bilan bog‗liqligi bilan
belgilanadi;
— berilayotgan bilim hayot bilan qanchalik bog‗lansa, talabalardagi bilim egallash
shunchalik ongli va oson kechadi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.
Q.X. Azizov ―Maxsus fanlarni o‗qitish metodikasi‖ fanidan o‗quv qo‗llanma.
Toshkent-2021, TDTU. -121 b.
INNOVATSIYA VA TA‘LIM TIZIMINING UZVIYLIGI
Abduraxmanov Ravshan Anarbaevich t.f.b.f.d. (PhD), dotsent
O‗zMU Jizzax filiali Jizzax shahri
Annotatsiya:
Ushbu maqolada jahonda va respublikamizda yuz berayotgan ta‘lim
tizimidagi o‗zgarishlar, ta‘lim tizimining innovatsiya bilan uzviy bog‗liqligi, rivojlanishi,
innovatsiya tushunchasining genezisi va uning hozirgi holati tahlili, innovatsiyani amalga joriy
etish jarayoni bosqichlarining ketma-ketligi va ijtimoiy mexanizmini tavsiflovchi tarkibiy
elementlar va ularning o‗zaro aloqaga kirishish usuli, innovatsiya rivojlanishning ijtimoiy
mexanizmi kabi jihatlari tahlil qilingan.
Kalit so‗zlar:
innovatsiya, ta‘lim tizimi, innovaisya genezisi, innovatsiya fenomeni,
rivojlanish omili, rivojlanish resursi.
So‗nggi yillarda jahonda yuz berayotgan voqealar jamiyatning ta‘lim tizimi
mamlakatning rivojlanish omili sifatidagi ahamiyatini yanada oshirish davr talabi bo‗lmoqda.
Milliy ta‘lim tizimi dunyoda yuz berayotgan o‗zgarishlar jarayonlarida, ayniqsa, ta‘sirchan
bo‗lgan qismi sanalgani bois juda muhim rol o‗ynaydi. Ta‘lim tizimini davr talablariga muvofiq
o‗zgartirish dolzarb muammoga aylanmoqda. Har qanday modernizatsiya yuksak
texnologiyalarni o‗zlashtirishni taqozo etadi, ularni esa faqat eng yangi ilmiy ma‘lumotlar
asosida ishlab chiqish mumkin.
Innovatsiyalar doim ta‘lim tizimi bilan uzviy bog‗liq bo‗lgan, shu bois u tinimsiz
rivojlanib bormoqda. Albatta, ta‘lim innovatsiyalar sonini bevosita belgilamaydi. Ammo ta‘lim

52
tizimi, jamiyatda ilmiy muammolarni qo‗yish va yechish, olingan natijalardan amalda
foydalanish imkonini beruvchi intellektual muhitni yaratadi. Ayni shu sababli, ta‘lim tizimiga
milliy daromadni iste‘mol qiluvchi tizim sifatidagina yondashish o‗rinli bo‗lmaydi, zero bu
sohada ilmiy-texnik va ijtimoiy taraqqiyotga zamin yaratiladi. Shu tufayli ham ta‘lim tizimini
barqarorlashtirish va uning samaradorligini oshirish uchun innovatsion dasturlarni ishlab chiqish
vazifasi yuzaga keladi.
Innovatsiya tushunchasining genezisi va uning hozirgi holati tahlili innovatsiyani amalga
joriy etish jarayoni bosqichlarining ketma-ketligi va ijtimoiy mexanizmini tavsiflovchi tarkibiy
elementlardagi va ularning o‗zaro aloqaga kirishish usulidagi o‗zgarishlarni ifodalash
imkoniyatini beradi. Bu esa, o‗z navbatida, innovatsiyani tizim sifatida tasavvur qilish uchun
imkoniyat yaratadi. Bularning barchasi, hech shubhasiz, innovatsiyaning mohiyatini
tushunishning zaruriy sharti hisoblanadi, lekin innovatsion mexanizmlarning amal qilish
doirasini, jamiyatning tarkibiy elementlari, uning ijtimoiy tizimlari bilan o‗zaro aloqalarda
innovatsiyaning ijtimoiy o‗rni va funksiyalarini belgilash uchun yuqorida zikr etilgan
omillarning o‗zi kifoya qilmaydi.
Innovatsiyaning rivojlanish omili sifatidagi mohiyati haqida gapirganda, uning turli
ijtimoiy tizimlar bilan o‗zaro aloqaga kirishish qonuniyatlarini ayni shu nuqtai nazardan har
tomonlama o‗rganish talab etiladi, chunki ―...tizimlarning barqarorligini quvvatlovchi
jarayonlarni tizimning yangicha holatiga, dastlabki tarkibiy tuzilishning o‗zgarishini qayd
etuvchi atamalarda tavsiflanishi lozim bo‗lgan holatga olib keladigan boshqa jarayonlardan
farqlash lozim. Garchi bu farq nisbiy bo‗lsa-da, ayni shu nisbiylik muhim va tartibga soluvchi
xususiyat kasb etadi‖[1].
O‗rganilayotgan munosabatlarning xususiyati shu bilan belgilanadiki, gap innovatsiya
bilan ijtimoiy institut va jarayon sifatidagi ta‘limning o‗zaro aloqasi haqida boradi. Bunda ta‘lim,
o‗z navbatida, rivojlanishning muhim resurslaridan biri sifatida qaraladi, zero ―...ta‘limsiz inson,
uning qobiliyatlari va ijodiy kuchlari o‗sishi mumkin emas, zero, ta‘lim ham (fan bilan bir
qatorda yoki u bilan birga) rivojlanishning muhim resursiga aylanadi‖ [2].
Ta‘lim jamiyatning rivojlanish resursi sifatida har bir inson jamiyat a‘zosi va individ
sifatida moddiy va intellektual rivojlanishi uchungina emas, balki ishlab chiqarish kuchlari va
ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi uchun ham shart-sharoitlar yaratishi, odamlar erkin
shaxslar sifatida amal qilishlarini ta‘minlashi lozim.
Innovatsiya fenomenining serqirraligi va murakkabligi, uning mazmuni talqinlarining
ziddiyatlarga to‗laligi turlarga ajratishning turli xil asoslari yuzaga kelishiga sabab bo‗lgan.
Innovatsiyalarni turlarga ajratishga nisbatan ayrim yondashuvlar algoritmlariga ko‗ra, farq
qiladigan ilmiy-texnikaviy, boshqaruvga oid va ijtimoiy innovatsiyalarning mavjudligi qayd
etiladi, ba‘zi yondashuvlarda esa innovatsiyalarning har xil turlarini ―metodologik omillar‖ga
ko‗ra ajratish taklif qilinadi [3]. Innovatsiyalarni tasniflashga nisbatan yondashuvlar tavsifini
davom ettirish mumkin, lekin bu muammoning mohiyatini o‗zgartirmaydi.
Muammoning mohiyati shu bilan belgilanadiki, taklif qilinayotgan yondashuvlarning har
birida tushuncha mazmunining amalga oshirilayotgan tadqiqotning tanlangan predmeti va
imkoniyatlariga ko‗proq darajada muvofiq keluvchi qismigina aks etadi. Innovatsiya
hodisasining yaxlitligini o‗zida mujassamlashtiruvchi nazariy-metodologik asoslar va mazkur
yaxlitlikni turli ijtimoiy sharoitlarda vazifa jihatidan ro‗yobga chiqarish imkoniyatlarining rang-
barangligi yo mavjud bo‗lmaydi, yo hodisa yaxlitligining bevosita tahlil qilinayotgan doirasi
yoki segmentiga nisbatan ikkilamchi deb qaraladi. Natijada o‗z mohiyatiga ko‗ra, politsentrik va
polifunksional
hodisaga
nisbatan
bunday
predmetli-markazlashtirilgan
yondashuv
fenomenologik mohiyatni buzib ko‗rsatadi, mohiyatlar sonining ko‗payishiga imkoniyat
yaratadi, bu yechimi yo‗q muammo, degan tasavvurni kuchaytiradi. Boshqa tomondan,
innovatsiya, inson hayot faoliyatining tur xillaridan biri sifatida, mazkur hayot faoliyatining
boshqa tur xillari bilan shu darajada uzviyki, uni ajratib olish va turlarga ajratish inson mohiyati
ko‗rinishlarini ajratishda tabiiy qiyinchiliklarga duch keladi. Bu yerda yana bir element –
―gumanitar-tizimli metodologiya‖ yetishmaydi. U, muallif fikriga ko‗ra, ―ta‘lim sohasidagi

53
jarayonlar va o‗zaro aloqalarni tushunish uchun imkoniyat yaratadi, ularni loyihalash va tashkil
etishning asosiy yo‗nalishlarini belgilaydi, realistik maqsadlarni qo‗yishga yordam beradi, yuz
berayotgan hodisalar va jarayonlarni tushunish, anglab yetish va tavsiflash imkoniyatini beruvchi
tushunchalar va tasavvurlar tizimini taklif qiladi‖.
Ko‗rib turganimizdek, dunyoqarashni tanlash va xulq-atvorning ijtimoiy mexanizmi
o‗rtasida yotuvchi nazariy-metodologik element ijodiy izlanish sharti sifatida yuksak darajada
nomuayyanlikni ta‘minlash zarur bo‗lgan holda asoslarning tartibliligini saqlash imkoniyatini
beradi. ta‘lim sohasidagi tizimlararo munosabatlarning mikrodarajasida
quyidagi mezonlarni
ajratish mumkin: integral xususiyatlarni innovatsiyaning amal qilish natijasi sifatida qayd
etuvchi terminal (mohiyatni aks ettiruvchi) mezonlar, shu jumladan, innovatsiyaning ijtimoiy-
ma‘rifiy qimmati; innovatsiyani yangilik darajasiga ko‗ra tavsiflovchi texnologik mezonlar.
Ammo tizim sifatidagi innovatsiyaning mezonlari haqidagi barcha fikr-mulohazalar, toki bu
mezonlar belgilovchi ijtimoiy o‗zaro aloqalarning asosi aniqlanmas ekan, ancha abstrakt
xususiyat kasb etadi. Innovatsiyaning mazmuni va predmetigina emas, balki unga muvofiq
keluvchi ijtimoiy-madaniy shakl ham ayni shu asosga bog‗liq bo‗ladi.
Innovatsiya rivojlanishning ijtimoiy mexanizmi sifatida amalga oshirilayotgan faoliyat
innovatsion ijtimoiy tizimni vujudga keltirishi mumkin bo‗lgan sub‘ekt va ob‘ektlar makonida
ijtimoiy voqelik mazmuniga aylanadi. Bunda ijtimoiy tizimning hayot faoliyati qonunlari
rivojlanishning ijtimoiy mexanizmi sifatidagi innovatsiya qonuniyatlari bilan o‗zaro ta‘sirga
kirishib, uning ijtimoiy-madaniy qiyofasining betakrorligini yaratadi. O‗zaro ta‘sir jarayonining
xususiyati innovatsion tizimning asosiy xususiyati – innovatsionlikni saqlash va rivojlantirishda
muhim rol o‗ynaydigan boshqaruv madaniyatining mazmuni va mexanizmlariga o‗z talablarini
qo‗yadi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.
Bozarov D. Sinergetik paradigma. –T.: Tafakkur, 2010. – 79-b.
2.
Muhamedova Z. Ta‘lim falsafasi.T.: ToshMI, 2004. – 14-15-b.
3.
Yangi pedagogik texnologiyalar. Mualliflar jamoasi / X.Karimov tahriri - T.: TDTI.
2.2002. –34-b.
ТАЪЛИМ ОЛУВЧИЛАРДА ТЕХНИК ИЖОДКОРЛИК ҚОБИЛИЯТЛАРИНИ
АНИҚЛАШ, РИВОЖЛАНТИРИШ ВА БОШҚАРИШ АСОСЛАРИ
Алимов Нормурод Носирович
Пед.фан.ном., доц. ЎзМУ Жиззах филиали
Аннотация:
Талаба ѐшларни ўз устида мунтазам ишлаш ва илмий-тадқиқот
фаолияти билан шуғулланишга ундаш, уларнинг истеъдодларини намоѐн этиш, иқтидорли
ѐшларни қандай меъзонлар асосида танлаб олиш ва уни қандай такомиллаштириб,
ривожлантириш кераклиги ҳақида сўз юритилади.
Таянч сўзлар:
Ижодкорлик, иқтидорлилик, коммуникатив хусусиятлар, ишчи
хусусиятлар.
―Республика олий таълим муассасаларида таҳсил олаѐтган, илмий-тадқиқот
фаолияти билан шуғулланаѐтган иқтидорли ѐшларни янада қўллаб-қувватлаш
тўғрисида‖ги Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 9 сентябрдаги ПФ-
6309-сон
эълон қилинди. Фармонга кўра талаба ѐшларни ўз устида мунтазам
ишлаш ва илмий-тадқиқот фаолияти билан шуғулланишга ундаш, уларнинг
истеъдодларини намоѐн этиш ва ижодий қобилиятларини ривожлантириш, билимли ва
иқтидорли ѐшларни янада қўллаб-қувватлаш масалаларига аълоҳида эътибор қаратилган.
Олий таълим муассасалари аввало иқтидорли ѐшларни қандай меъзонлар асосида
танлаб олиш ва уни қандай такомиллаштириб, ривожлантириш кераклигини илмий
асослашни тақозо этади. Шу маънода ушбу йўналиш бўйича тадқиқотлар олиб бориш
ҳозирги куннинг долзарб масалаларидан бири ҳисобланади. Хўш иқтидорли талабанинг