Oʻzbekiston respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlarining rivojlanishi

CC BY f
581-584
261
44
Поделиться
Мухтаров, Б., & Муротжонова, М. (2022). Oʻzbekiston respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlarining rivojlanishi. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 581–584. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5340
Ботир Мухтаров, Ozbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

Iqtisod fanlari nomzodi, Iqtisodiyot kafedrasi mudiri

Мубина Муротжонова, Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

Iqtisodiyot yoʻnalishi talabasi

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu tezisda O'zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, uning jamiyat hayotidagi dolzarb masalalari, qonunchilikda kichik biznes va tadbirkorlikda soliq tizimi, mustaqillik yillaridan bugungi kunga qadar qabul qilingan qonunlar, qonun hujjatlarida tadbirkorlik sub'ektlari uchun yaratilgan imkoniyatlar va ajratilgan imtiyozlar, shuningdek ularning rivojlanish ko'rsatkichlari xususida so'z boradi.

Похожие статьи


background image

581

Buxoro (19,2 foiz), Farg‗ona (18,8 foiz) va Qashqadaryo (18,7 foiz) viloyatlarida ham yuqori
bo‗ldi. %) hududlar.

Shunday qilib, hududlarning jami daromadlari tarkibida u farqlanadi: eng yuqori ulush

Jizzax viloyatida qayd etilgan – 70,9 foiz. Kichik biznesdan olingan daromadlarning eng kam
ulushi Toshkent shahrida – 48,6 foiz, Qoraqalpog‗iston Respublikasida – 53,2 foiz, Navoiy
viloyatida – 56,5 foiz, shuningdek, Farg‗ona viloyatida – 58,4 foizga to‗g‗ri keldi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

МУХТАРОВ Б. А., ДЖАМАЛОВ У. И. ПРОГНОЗИРОВАНИЕ КОЛИЧЕСТВО

ШКОЛ НА 2022 ГОД ДЛЯ РОССИЙСКОЙ ФЕДЕРАЦИИ. УСТОЙЧИВОЕ РАЗВИТИЕ
НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ. №8(47), 2020 г..

2.

МУХТАРОВ

Б.

А.

ОПТИМАЛЬНОЕ

РАСПРЕДЕЛЕНИЕ

ОБЪЕМОВ

СТРОИТЕЛЬНО-МОНТАЖНЫХ РАБОТ. Молодой учѐный. № 22(208). 2018 г.,

3.

Гаврилец Ю.Н. Общественного благосостояния функция// экономико-

математический энциклопедический словарь. – М., 2003. – С. 350.

4.

O‗zbekiston Respublikasining 2021 yil uchun statistik yilnoma.



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK

SUB‘EKTLARINING RIVOJLANISHI

Muxtarov Botir Abdusattarovich

Iqtisod fanlari nomzodi

O‗zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

―Iqtisodiyot‖ kafedrasi mudiri

Murotjonova Mubina Dilshod qizi

Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

―Iqtisodiyot‖ yoʻnalishi talabasi

"Biz faqat faol tadbirkorlik, tinimsiz mehnat va intilish orqali taraqqiyotga, farovon

hayotga erisha olamiz".[2].

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev.

Annotatsiya:

Ushbu tezisda O'zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy

tadbirkorlik, uning jamiyat hayotidagi dolzarb masalalari, qonunchilikda kichik biznes va
tadbirkorlikda soliq tizimi, mustaqillik yillaridan bugungi kunga qadar qabul qilingan qonunlar,
qonun hujjatlarida tadbirkorlik sub'ektlari uchun yaratilgan imkoniyatlar va ajratilgan
imtiyozlar, shuningdek ularning rivojlanish ko'rsatkichlari xususida so'z boradi.

Kalit soʻzlar:

Yangi O'zbekiston iqtisodiyoti, kichik biznes, xususiylashtirish, davlat

imtiyozlari, xususiy mulkdorlar huquqlari, YaIM ko'rsatkichi, tadbirkorlik sub'ektlari,
tadbirkorlik sub'ektlari huquqlari.

Kichik biznes va tadbirkorlik iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi bandligini oshirish,

mulkdorlarning o'rta sinfini shakllantirish, ichki bozorni sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar
bilan to'ldirish, yangi ish o'rinlarini yaratish va shu bilan birgalikda aholi daromadlarini
oshirishning muhim omili va mamlakat taraqqiyoti yo'lidagi faol harakatlanuvchi kuch
hisoblanadi.

Mamlakatimiz hududida qulay tadbirkorlik muhitini yaratish, xususiy mulkchilikning

ustuvorligini mustahkamlashga yo'naltirilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish va bu borada


background image

582

ishonchli kafolatlarni ta'minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka ko'proq erkinlik berish,
davlatning boshqaruv funksiyalari va ruxsat beruvchi normalarini qisqartirish, byurokratik to'siq
va g'ovlarni olib tashlash, kichik biznes sub'ektlarining moliya-kredit va xom-ashyo
resurslaridan, ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarga davlat buyurtmalari berilishidan keng
foydalanishni ta'minlaydigan bozor vositalari va mexanizmlarini tadbiq etish kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikka keng yo'l ochish chora-tadbirlari sifatida amalga oshirib kelinmoqda.
Shuni ta'kidlash joizki, yo'lga qo'yilgan islohotlardan asosiy maqsad respublika aholisini
tadbirkorlik sohasiga keng ko'lamda jalb etishni ta'minlash, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish
sohasida xususiy biznesning rolini sifat jihatidan oshirishdir. Kichik biznes va tadbirkoprlikni
rivojlantirishning asosiy sabablaridan biri aholi sonini muttasil ravishda o‘sib borishidir. [5,6].

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidenti

Mirziyoyev

Shavkat

Miromonovich

ta‘kidlaganlaridek: ―Bizning bosh vazifamiz – tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish
uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratishni ta‘minlashdir. Biznes bilan shug‘ullanayotgan har
kishida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga astoydil ishonch bo‘lishi shart. Odamlar biznes
bilan shug‘ullanishdan manfaatdor bo‘lishi zarur. Tadbirkor va xalq boy bo‘lsa – mamlakat ham
boy bo‘ladi‖. [1].

Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har

tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir
qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi farmonni prezident Shavkat Mirziyoev imzoladi. Unga
ko'ra, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini ta'minlash, xususiy mulkni
himoya qilish va uning daxlsizligi kafolatlarini mustahkamlash, tadbirkorlikni rivojlantirishda
byurokratik to'siqlarni bartaraf etish, respublikada investitsiya va ishbilarmonlik muhitini
yaxshilash ko'zda tutilgan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, ularning
faoliyatiga davlat organlarining aralashuvini tubdan qisqartish, huquqbuzarliklarning oldini
olishni ta'minlash, huquqbuzarliklarga yo'l qo'yilmaslik tadbirkorlik faoliyatini yanada
rivojlantirish sohasida davlat siyosatining muhim ustuvor yo'nalishi va davlat organlarining
birinchi darajali vazifasi etib belgilansin, deyiladi hujjatda. Shuningdek, farmonda aytilishicha,
2017 yilning 1 yanvaridan boshlab, tadbirkorlik sub'ektlarini rejadan tashqari tekshirishlarning
barcha turlari bekor qilinadi. Nazorat qiluvchi organlar bundan keyin rejadan tashqari
tekshirishlar o'tkazishni tashkil qilish huquqiga ega emasligi qayd etilganligi respublika
hududida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari sonining keskin oshishiga turtki bo'ldi.

Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida yaratilayotgan keng

imkoniyatlar ushbu yo‗nalishda faoliyat yurituvchi subyektlar sonining keskin oshishiga sabab
bo‗lmoqda. Ma‘lumotlarga ko‗ra, 2016 yil davomida jami ro‗yxatga olingan kichik biznes
korxonalarining soni 16 ming 208 tani tashkil etgan bo'lib, bugungi kunda ro‗yxatga olingan
kichik biznes korxonalarining 91,3 foizi samarali faoliyat ko‗rsatib kelmoqda.[3]. Respublikamiz
hududida iqtisodiy tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan korxonalar soni, yaratilayotgan yangi ish
o'rinlari bilan bir qatorda ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hamda ularning
YaIM dagi o'rni tobora oshib bormoqda. Xususan, 2000 yilda yalpi ichki mahsulotning qariyib
31 foizi iqtisodiyotning faol rivojlanib borayotgan ushbu sektori ulushiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa,
2005 yilda bu ko‘rsatkich 38,2 foizni, 2010 yil 52,5 foizni, 2015 yil 56,5 foizni, 2016 yil 56,9
foizni tashkil etib, bu ijobiy tendensiya YaIM hajmining 2000 yilga nisbatan 25,9 birlikka
ortgani bilan ahamiyatlidir.


background image

583

1-diagramma. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YaIM dagi ulushi.

Bugungi kunda kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‗llab-quvvatlash

maqsadida jamg‗arma tomonidan kafillik va kompensatsiya shaklida moliyaviy yordamlar berib
kelinmoqda. Birgina o‗tgan yil davomida 20 258 ta kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining
tijorat banklaridan olingan 33,208 mlrd. so‗mlik kreditlari bo‗yicha jamg‗arma tomonidan 6,993
mlrd. so‗m miqdoridagi moliyaviy majburiyatlar olingan. O‗z navbatida, tahlillar natijasi shuni
ko‗rsatadiki, 2020-yilda:

-

tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo‗yicha 5356 ta kichik biznes va

tadbirkorlik subyektlariga jamg‗armaning 4,172 mlrd. so‗m miqdordagi kafillik majburiyatlari
olingan, natijada jamg‗armaning kafilligidan foydalanuvchi kichik biznes va tadbirkorlik
sub'ektlari soni 2019-yilga nisbatan 4,2 barobarga oshgan;

-

tijorat banklari kreditlari bo‗yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun jamg‗armaning

kompensatsiya berish shaklida moliyaviy yordamidan foydalangan kichik biznes va tadbirkorlik
sub'ektlari soni esa 14 902 ta yetgan va Jamg‗arma 2,821 mlrd. so‗m miqdorda foiz xarajatlari
qoplash yuzasidan majburiyatlar olgan, natijada 2019-yilga nisbatan kompensatsiya oluvchilar
soni 4,4 barobar hamda to‗lab beriladigan foiz xarajatlari miqdori 3,3 barobarga oshgan.[4].

Mamlakatimizda xususiy mulkdorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini,

tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga asossiz aralashuvlardan ishonchli huquqiy kafolatlarni
ta‘minlab beradigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi.

Mamlakatimizda 525 mingdan ortiq tadbirkorlik subyekti faoliyat ko‗rsatmoqda. Yalpi

ichki mahsulotning 56 foizdan ortig‗ini shakllantirayotgani, mehnatga layoqatli aholining 78
foizdan ziyodini ish bilan ta‘minlayotgani kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining
mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy taraqqiyotidagi o‗rni va roli tobora ortib
borayotganidan dalolat beradi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan
2017-2021-yillarda O‗zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha
Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni ijro etish, jumladan, biznes sohasi vakillari va
davlat organlari o‗rtasida samarali muloqot va foydali hamkorlik mexanizmlarini yo‗lga qo‗yish,
xususiy mulk va tadbirkorlikning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli muhofaza qilish
kafolatlarini kuchaytirish, viloyatlar va tumanlarda biznes-muhitni takomillashtirish masalalari
bo‗yicha, shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga, avvalo, viloyatlar, shahar va tumanlarda sifatli
davlat xizmatlari taqdim etilishini ta‘minlash davlat organlari va tadbirkorlik tuzilmalarining
o‗zaro hamkorligini, ayniqsa, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini endi boshlagan davrlarda ularni
qo‗llab-quvvatlashning yangi samarali tizimini yaratishni taqozo etadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi "Tadbirkorlik

faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va
ishbilarminlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi
farmoni 5-bandida soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni yig'ish xarajatlarini kamaytirish,
masofaviy nazoratni keng joriy etish va soliq to'lovchilarning huquqiy savodxonligini oshirishni


background image

584

ta'minlaydigan soliq ma'murchiligi sifati va samaradorligini yaxshilashga alohida e'tibor
qaratilgan.

O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo'mitasi ma'lumotnomasiga asoslangan

holda aytishimiz mumkinki, 2022- yil 1- fevral holatiga ko‗ra (fermer va dehqon xo‗jaliklarisiz)
faoliyat ko‗rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 467 096 tani tashkil etib, 2017-
yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 barobarga oshgan. Yillar kesimida yangi tashkil
etilgan korxonalar soni esa respublikamizda yanvar oyida (fermer va dehqon xo‗jaliklarisiz)
yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2017- yilning mos davri bilan solishtirilganda
1,7 barobarga oshgan. Respublikamizda tashkiliy-huquqiy shakli bo‗yicha faoliyat
ko‗rsatayotgan korxonalar soni bo‗yicha 3- o‗rinni oilaviy korxonalar egallagan bo‗lib, ular
2021-yil 1- avgust holatiga ko‗ra jami tadbirkorlik subyektlarining 10,9 foiz ulushini tashkil
etgan.

Xulosa o'rnida aytish joizki, kichik biznes va tadbirkorlik jamiyatda ijtimoiy va

iqtisodiy sohalardagi mavjud muammolarni hal qilishda va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotida katta rol o'ynaydi. U ishlab chiqarish, ish bajarish, xizmat ko'rsatish sohalarida
yangi ish o'rinlari yaratib, aholini ish bilan ta'minlash va ishsizlikni kamaytirishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama
qo‘llab-quvvatlab, ularning ichki va tashqi bozorda raqobatlasha oladigan, sifatli mahsulot ishlab
chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni izchil yo‘lga qo‘ya oladigan mustahkam iqitisodiy sohaga
aylanishini ta‘minlash lozim. Shunday ekan, mamlakat hayotidagi dolzarb va ustuvor vazifalarni
bajarayotgan soha sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish,
yaratilgan keng imkoniyatlardan atroflicha foydalana bilish, mamlakat taraqqiyotiga sezilarli
hissa qo'shish jamiyatda mavjud bo'lgan barcha iqtisodiy faol aholining, qolaversa
barchamizning oldimizda turgan asosiy vazifa bo'lib qolaveradi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlash

samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi qarori. Toshkent shahri. 2017 yil, 18
aprel.

2.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahri

saylovchilari vakillari bilan uchrashuvdagi nutqi. Toshkent shahri, 2016-yil 24-noyabr.

3.Usarova F.X., Xayitboyev Sh.X. ―Kim edigu kim bo‘ldik‖ O‘zbekiston Respublikasi

Birinchi Prezidenti asarlari asosida tayyorlangan o‘quv-uslubiy qo‘llanma. –T: Jahon iqtisodiyoti
va Diplomatiya Universiteti, 2016.

4.O‗zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining navbatdan tashqari qurultoyi. 2017-

yil 20-iyun.

5. МУХТАРОВ Б. А., ДЖАМАЛОВ У. И. ПРОГНОЗИРОВАНИЕ КОЛИЧЕСТВО

ШКОЛ НА 2022 ГОД ДЛЯ РОССИЙСКОЙ ФЕДЕРАЦИИ. УСТОЙЧИВОЕ РАЗВИТИЕ
НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ. №8(47), 2020 г..

6.

МУХТАРОВ

Б.

А.

ОПТИМАЛЬНОЕ

РАСПРЕДЕЛЕНИЕ

ОБЪЕМОВ

СТРОИТЕЛЬНО-МОНТАЖНЫХ РАБОТ. Молодой учѐный. № 22(208). 2018 г.

АНАЛИЗ ФУНКЦИОНАЛЬНОГО АСПЕКТА КИНЕСЕМ В ХУДОЖЕСТВЕННОМ

ДИСКУРСЕ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА

Нажимова Гуляим Батыржановна

Ассистент кафедры английского языкознания

Каракалпакского государственного университета

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori. Toshkent shahri. 2017 yil, 18 aprel.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahri saylovchilari vakillari bilan uchrashuvdagi nutqi. Toshkent shahri, 2016-yil 24-noyabr.

Usarova F.X., Xayitboyev Sh.X. “Kirn edigu kirn bo’ldik” O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti asarlari asosida tayyorlangan o’quv-uslubiy qo'llanma. -T: Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti, 2016.

O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining navbatdan tashqari qurultoyi. 2017-yil 20-iyun.

МУХТАРОВ Б. А., ДЖАМАЛОВ У. И. ПРОГНОЗИРОВАНИЕ КОЛИЧЕСТВО ШКОЛ НА 2022 ГОД ДЛЯ РОССИЙСКОЙ ФЕДЕРАЦИИ. УСТОЙЧИВОЕ РАЗВИТИЕ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ. №8(47), 2020 г..

МУХТАРОВ Б. А. ОПТИМАЛЬНОЕ РАСПРЕДЕЛЕНИЕ ОБЪЕМОВ СТРОИТЕЛЬНО-МОНТАЖНЫХ РАБОТ. Молодой учёный. № 22(208). 2018 г.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов