Конституция является важной основой правового обеспечения молодёжи

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
3-5
0
0
Поделиться
Хужаев, М. (2024). Конституция является важной основой правового обеспечения молодёжи. Международный научный журнал «ALFRAGANUS», 1(5), 3–5. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/alfraganus/article/view/30028
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Масштабные реформы, проведенные в нашей стране за годы независимости, направлены на укрепление национальной государственности и суверенитета, обеспечение безопасности и правопорядка, нерушимости границ нашей страны, верховенства закона в обществе, прав и свобод человека, атмосферы межнационального согласия и религиозной толерантность, разработка Конституции независимого Узбекистана является важным фундаментом, гарантирующим будущее, является одной из главных задач.

Похожие статьи


background image

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

3

KONSTITUTSIYA YOSHLAR

HUQUQIY KAFOLATINING MUHIM ASOSI

Xo‘jayev Mo‘minjon Isoxonovich,

Alfraganus xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rahbari

КОНСТИТУЦИЯ ЯВЛЯЕТСЯ ВАЖНОЙ ОСНОВОЙ

ПРАВОВОГО ОБЕСПЕCHЕНИЯ МОЛОДЁЖИ

THE CONSTITUTION IS AN IMPORTANT BASIS OF YOUTH LEGAL ASSURANCE

Аннотация:

Масштабные реформы, прове

-

денные в нашей стране за годы независимости,

направлены на укрепление национальной госу

-

дарственности и суверенитета, обеспечение

безопасности и правопорядка, нерушимости

гранис нашей страны, верховенства закона в

обществе, прав и свобод человека, атмосфе

-

ры межнационалного согласия и религиозной

толерантность, разработка Конституции

независимого Узбекистана является важным

фундаментом, гарантирующим будущее, явля

-

ется одной из главных задач.

Ключевые слова:

Страна, независи

-

мость, реформы, суверенитет, общество,

закон, Конституция, гарантии.

Annotation:

The large-scale reforms carried out

in our country during the years of independence, to

strengthen national statehood and sovereignty, to

ensure security and law and order, the inviolability of

our country’s borders, the rule of law in society, human

rights and freedoms, an environment of inter-ethnic

harmony and religious tolerance, the development

of the Constitution of independent Uzbekistan is an

important foundation of the future guarantee is one

of the main tasks.

Key words:

Country, independence, reform,

sovereignty, society, law, Constitution, assurance.

Annotatsiya:

Mamlakatimizda mustaqillik

yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar

milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash,

xavfsizlik va huquq-tartibot, davlatimiz chegaralari

daxlsizligi, jamiyatda qonun ustuvorligi, inson

huquq va erkinliklari, millatlararo totuvlik va diniy

bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun mustaqil

O‘zbekistonning o‘z Konstitutsiyasini ishlab chiqish

kelajak poydevorining kafolati ekanligi bosh

vazifalardan biridir.

Kalit so‘zlar:

Mamlakat, mustaqillik, islohot,

suverenitet, jamiyat, qonun, Konstitutsiya, kafolat.


background image

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

4

KIRISH

O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasini

yaratish haqidagi ilk g‘oya 1990-yil mart oyida bo‘lib

o‘tgan 12-chaqiriq Respublikamiz Oliy Kengashining

1-sessiyasida aytilgan edi. O‘zbekiston Oliy

Kengashining 1990-yil 20-iyunda e’lon qilingan

«Mustaqillik deklaratsiyasi» yangi Konstitutsiyani ishlab

chiqishga asos bo‘ldi. Oliy Kengash O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti boshchiligida 64 kishidan

iborat yangi konstitutsiyaviy komissiya tuzdi.

Komissiya tarkibiga deputatlar, davlat hamda jamoat

tashkilotlari, korxona xo‘jaliklarining rahbarlari, taniqli

huquqshunoslar, olimlar va mutaxassislar jalb qilindi.

Konstitutsiya loyihasining dastlabki varianti

1991-yilning 3-choragida tayyorlab bo‘lindi. U

muqaddima, 6 bo‘lim, 158 moddadan iborat bo‘ldi.

TAHLIL

«Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunda

xalq hokimiyatchiligi, inson huquqlari muqaddasligi,

qonun ustuvorligi, hokimiyat bo‘linishi, mamlakatning

hududiy yaxlitligi kabi prinsiplar mustahkamlandi. Ushbu

demokratik prinsiplar Konstitutsiya mazmunidan joy oldi.

Shunga qaramasdan, dastlabki loyiha hali

mukammallik darajasidan ancha yiroq edi. 1992-yilning

bahorida Konstitutsiya loyihasining 149 moddadan iborat

ikkinchi varianti ham ishlab chiqildi.

Asosiy Qonunimiz yaratilishining murakkab va

muhim, ayni chog‘da sharafli solnomasiga nazar solar

ekanmiz, hech shubhasiz, O‘zbekiston Konstitutsiyasi

xalqimizning mustaqillik sari uzoq yo‘ldagi izlanishlari

natijasi ekaniga komil ishonch hosil qilamiz.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan

O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta

ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi

xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning

bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarishida

O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichi uchun

g‘oyaviy asos bo‘ladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Konstitutsiya har bir xalq o‘z tarixining burilish

nuqtalarida qabul qilinib, avvalo, mafkura masalasini,

uning o‘zagini tashkil etadigan, o‘ziga xos o‘q,

birlashtiruvchi yadro vazifasini o‘taydigan huquqiy,

ijtimoiy-siyosiy g‘oyani shakllantirish muammosini hal

qiladi. Konstitutsiya qabul qilinishining o‘tish davridagi

amaliy ahamiyati shundaki, u xalqimizni oliy maqsad

sari birlashtirib, aholining turli qatlamlari manfaatlarini

himoya qiluvchi kafolat vazifasini bajarishi shubhasizdir.

Davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki,

yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga

erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda

yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan

e’tibor darajasiga chambarchas bog‘liqdir. Shu ma’noda

O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng

ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat

Mirziyoyev raisligida 2018-yil 4-iyul kuni O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Qonunchilik

palatasi Spikeri, siyosiy partiyalar rahbarlari, Bosh

vazir va uning o‘rinbosarlari, Prezidentning Davlat

maslahatchilari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i

Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari,

vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etgan

videoselektor yig‘ilishi yoshlar bilan manzilli va tizimli

ishlash, ular uchun munosib sharoitlar yaratish, bandligini

ta’minlash masalalariga bag‘ishlandi. Yig‘ilishda har bir yosh

jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoit yaratish

keyingi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarning

ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi ta’kidlandi.

2018-yilning 6 oyi davrida sodir etilgan 17,5 ming

jinoyatning qariyb 31 foizi yoshlar hisobiga to‘g‘ri

kelishi, mamlakat bo‘yicha jinoyat sodir etgan 22 ming

shaxsning 11 ming nafarini yoshlar tashkil etganligi

sababli mutasaddi organ va rahbarlarga bir qator

vazifalar yuklatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat

Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining

72-sessiyasida so‘zlagan nutqida ta’kidlanganidek,

«Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz

qanday inson bo‘lib kamolga yеtishi bilan bog‘liq. Bizning

asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon

qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat».

Darhaqiqat, O‘zbekistonda yoshlarning huquq va

manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar

va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam

huquqiy baza yaratilgan. Davlatning Asosiy qonuni —

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida yoshlarga

oid bir qator huquqiy me’yorlar belgilab berilgan.

Konstitutsiyaning ikkinchi bo‘limida o‘z ifodasini topgan

shaxsiy huquq va erkinliklar, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy

huquqlar bobi, jamiyat va shaxs bo‘limidagi jamoat

birlashmalari, oila kabi boblar shular jumlasidandir.

Parlament tomonidan esa yoshlarga oid 40 dan ziyod

qonun hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, 30 dan ortiq xalqaro

huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilingan.

2016-yil 14-sentyabrda yoshlarga oid davlat siyosati

sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida

«Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonun qabul

qilindi. Ushbu qonunda yoshlarga oid davlat siyosatining

asosiy prinsiplari quyidagicha belgilandi:

— ochiqlik va shaffoflik;

— yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda

yoshlarning ishtirok etishi;

— yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va

rag‘batlantirish;

— ma’naviy, axloqiy va madaniy qadriyatlarning

ustuvorligi;


background image

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

5

— yoshlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmasligi.

Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlariga

esa quyidagilar kiritildi:

— yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy

manfaatlarini ta’minlash;

— yoshlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash;

— yoshlarning ma’naviy, intellektual, jismoniy va

axloqiy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashish;

— yoshlar uchun ochiq va sifatli ta’limni ta’minlash;

— yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi

uchun shart-sharoitlar yaratish;

— yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi,

bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy

qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga

qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va

qarashlarga ega qilib tarbiyalash;

— yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan

xatti-harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm,

separatizm, fundamentalizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlik

g‘oyalaridan himoya qilish;

— yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati

darajasini yuksaltirish;

— iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash

hamda rag‘batlantirish;

— yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-

sharoitlar yaratish;

— yoshlarda sog‘lom turmush tarziga intilishni

shakllantirish, shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini

mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy

rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

— yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan

qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va

ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish bo‘yicha kompleks

chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish;

— yoshlarning huquq va erkinliklarini ro‘yobga

chiqarish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro

tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.

XULOSA

Mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil

amalga oshirish, yosh avlodni har tomonlama yеtuk va

barkamol, intellektual salohiyatli, o‘z qat’iy pozitsiyasiga

ega, yurtda amalga oshirilayotgan islohotlarga befarq

bo‘lmagan, yurtning ertangi munosib kelajagi uchun

daxldorlikka tayyor, maqsadga intiluvchan, serg‘ayrat,

vatanparvar, sadoqatli, komil shaxslar sifatida tarbiyalash

O‘zbekistonni dunyoning eng rivojlangan davlatlari

safidan o‘rin olishining muhim omili ekanini mamlakat

rahbari va hukumat yaxshi anglaydi.

Ma’lumki, «2017–2021-yillarda O‘zbekiston

Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi

bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»da yoshlarning

huquqlarini himoya qilishga qaratilgan quyidagi ustuvor

vazifalar belgilandi:

birinchidan,

jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan

rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy

hayotiy nuqtayi nazarga ega yoshlarni tarbiyalash,

demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik

jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy

faolligini oshirish;

ikkinchidan,

o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim

muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda

xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish;

uchinchidan,

yosh avlodning ijodiy va intellektual

salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish, bolalar

va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish,

ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish.

O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati aniq

maqsadlarni ko‘zlagan holda, bosqichma bosqich,

kompleks chora-tadbirlarga asoslanib izchil davom

ettirilmoqda.

Bu borada Shavkat Mirziyoyev tomonidan ijtimoiy,

ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi sa’y-harakatlarni tizimli

asosda yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusning

ilgari surilishi O‘zbekiston tarixida yoshlar ta’lim-tarbiyasi

bo‘yicha yana bir yangi bosqichni boshlab berdi.

Birinchi tashabbus

– yoshlarning musiqa,

rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa

turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga

chiqarishga xizmat qiladi.

Ikkinchi tashabbus

– yoshlarni jismoniy chiniqtirish,

ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari

uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.

Uchinchi tashabbus

– aholi va yoshlar o‘rtasida

kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali

foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

To‘rtinchi tashabbus

– yoshlar ma’naviyatini

yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish

bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.

Beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan

ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.

Davlat rahbarining bu ezgu g‘oyasi O‘zbekiston

xalqi, ayniqsa, yoshlari tomonidan katta qiziqish bilan

qarshi olinib, qisqa vaqt ichida mamlakat bo‘ylab keng

quloch yozdi.

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Т.: «O‘zbekiston» NMIU, 2018.

2. «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining

Q

onuni. 2016-yil 14-sentyabr.

3. «2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar

strategiyasi» PF-4947-son, 2017-yil 7-fevral.

4. O‘zbekiston – yoshlar mamlakati. «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ma’lumoti. 2019-yil 24-iyul.

Adabiyotlar:

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Т.: «O‘zbekiston» NMIU, 2018.

«Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. 2016-yil 14-sentyabr.

«2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi» PF-4947-son, 2017-yil 7-fevral.

O‘zbekiston – yoshlar mamlakati. «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ma’lumoti. 2019-yil 24-iyul.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов