Опыт зарубежных стран развития рынка образовательных услуг и возможности их использования

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
46-47
0
0
Поделиться
Усманова, Р. (2024). Опыт зарубежных стран развития рынка образовательных услуг и возможности их использования. Международный научный журнал «ALFRAGANUS», 1(6), 46–47. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/alfraganus/article/view/30297
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В мире сфера образования стала, во-первых, ведущим фактором, обеспечивающим социально-экономическое развитие стран, во-вторых, уровень знаний населения, развитие образовательной и научной инфраструктуры, новых знаний, инновационной деятельности, новые технологии в производстве являются необходимым условием стабильного и эффективного развития экономики.

Похожие статьи


background image

45

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnali

1 (6) 2024

Usmanova Rano Mirjalilovna

TA'LIM XIZMATLARI BOZORINI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY MAMLAKATLARNING

TAJRIBASI VA ULARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI

Annotatsiya:

Dunyoda ta'lim sohasi, birinchidan, mamlakatlarning ij moiy-iq sodiy taraqqiyo ni

ta'minlovchi yetakchi omilga aylandi, ikkinchidan esa, aholining bilim darajasi, ta'lim va fan infratuzilmasining

rivojlanganligi, yangi bilimlar, innovatsiya faoliya , ishlab chiqarishdagi yangi texnologiyalar iq sodiyotni barqaror

va samarali rivojlan rishning zaruriy shar dir.

Аннотация:

В мире сфера образования стала, во-первых, ведущим фактором, обеспечивающим

социально-экономическое развитие стран, во-вторых, уровень знаний населения, развитие

образовательной и научной инфраструктуры, новых знаний, инновационной деятельности, новые

технологии в производстве являются необходимым условием стабильного и эффективного развития

экономики.

Annota on

:

In the world, the educa on sector has become, firstly, the leading factor ensuring the socio-

economic development of countries; secondly, the level of knowledge of the popula on, the development of

educa onal and scien fic infrastructure, new knowledge, innova on, new technologies in produc on are a

necessary condi on for stable and effec ve economic development.

Kalit so'zlar:

inson resurslari, ta'lim xizmatlari bozori, ij moiy-iq sodiy rivojlanish, ta'lim sohasi, ta'lim, yukori

malakali ishchi kuchi, malaka oshirish, mexnat bozori, bilim, malakaviy tayergarlik.


background image

46

1 (6) 2024

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnali

KIRISH

Dunyoda ro‘y berayotgan jahon

moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, birinchidan,

ta’lim tizimining rivojlanishiga ma’lum

darajada ta’sir etmasdan qolmaydi,

ikkinchidan esa, inqirozdan keyingi

rivojlanishda ta’lim tizimi tayyorlayotgan

kadrlarning sifati, salohiyati hal qiluvchi

ahamiyat kasb etadi.

Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi-

ning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri

hamda uning oqibatlarini yumshatishga

ma’lum darajada yangi sharoitlarga

moslashtirilgan kadrlar tayyorlash milliy

modelining ishlab chiqilishi va hayotga

tatbiq etilishi ijobiy ta’sir etdi. Ushbu model

shaxsni har taraflama shakllantirish,

unga munosib hayot kechirishi uchun

sharoit yaratish, shuning barobarida

mamlakatning rivojlanishi va iqtisodiy

o‘sishni ta’minlashda kishilarning faol

ishtirok etishlarini talab qiladi.

ADABIYOTLAR SHARHI

Tahlillar

shuni

ko‘rsatadiki,

mamlakatimizda

ta’lim

sohasining

iqtisodiy jihatlarini tadqiq qilish XX

asrning 90- yillari o‘rtalaridan boshlangan.

Ungacha bo‘lgan davrda E.G‘.Nabiev

xizmat ko‘rsatish sohasining takror

ishlab chiqarish jarayonidagi o‘rni bilan

bog‘liq muammolarni tahlil etishda inson

kapitali va uning jamg‘arilishi bilan bog‘liq

jihatlarni tadqiq etgan .

S.S.G‘ulomov o‘z kitobida mustaqillik

yillarida ta’lim xizmatlari bozorining

asosiy sub’ekti bo‘lgan oliy ta’lim tizimi

rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini

yoritib

bergan.

Uning

fikricha,

«Ta’lim shunchaki jamiyat hayotining

tomonlaridan birigina emas, balki umuman

jamiyatni rivojlanishning yetakchi tizimini

hosil qiluvchi omil bo‘lmoqda» .

M.X.Saidov

esa

oliy

ta’limni

investitsiyalash, boshqarish va uning

marketingi bo‘yicha tadqiqotlar olib

borgan.

METODOLOGIYA

Tadqiqot

ishida

kuzatish,

umumlashtirish, omilli va dinamik

taqqoslash, mantikiy tahlil usullaridan

foydalanilgan.

O‘zbekiston

bugun

xalqaro

hamjamiyatning va global moliyaviy-

iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy

qismi hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash

joizki, bank tizimini qo‘llab-quvvatlash,

ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish,

texnik yangilash va diversifikatsiya qilish,

innovatsion texnologiyalarni keng joriy

etish - O‘zbekiston uchun inqirozni bartaraf

etish va jahon bozorida yangi marralarga

chiqishning ishonchli yo‘lidir.

O‘z navbatida ta’lim tizimi fan

sohasi bilan hamkorlikda bilim berish,

ilg‘or fan-texnika va texnologiyalardan

keng foydalanish, milliy iqtisodiyotimizni

ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlantirishning

turli

yo‘nalishlarida

innovatsiyalarni

yaratadi, natijada milliy iqtisodiyot

raqobatbardoshligini

ta’minlaydi.

Bu

holatni esa ta’lim xizmatlari bozoridagi

ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni takomil-

lashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini

belgilashda va ilmiy-amaliy takliflarni

ishlab chiqishda e’tiborga olish zarur.

Aytib o‘tish lozimki, O‘zbekistonda

aholining bilim darajasi uning jahon

iqtisodiyotidagi

raqobatbardoshligini

ta’minlovchi omillardan biridir. Chunki,

ta’lim tizimini barqaror rivojlantirish

iqtisodiy

o‘sishning

xomashyoga

asoslangan modelidan yangi tejamkor

texnologiyalariga asoslangan modeliga

o‘tishga imkon yaratadi. Shu nuqtai

nazardan ta’lim bozorining asosiy

sub’ekti bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarini

rivojlantirishning xorij tajribasini o‘rganish

va uni mamlakatimizga joriy etish

imkoniyatlarini aniqlash muhimdir.

Germaniya oliy ta’lim asosini davlatga

qarashli bo‘lgan oliy o‘quv yurtlari tashkil

etadi. Xususiy oliy o‘quv yurtlarining oxirgi

yillarda jadal rivojlanishiga qaramasdan

ularning ta’lim tizimidagi ulushi kam. Ular,

birinchidan, mehnat bozoridagi talabni

qondirishga yo‘naltirilgan katta bo‘lmagan

oliy o‘quv yurtlaridir, ikkinchidan, xususiy

kompaniyalarning moliyaviy ko‘magi

yordamida tashkil etilgan yoki korporativ

ta’lim muassasalaridir.

Germaniyada oliy ta’lim muassasa-

larining ikki turi mavjud – universitetlar

va oliy kasbiy o‘quv yurtlari. Oliy kasbiy

o‘quv

yurtlarining

universitetlardan

farqi, ularning ixtisoslashgan o‘quv

muassasalari

ekanligi

va

ko‘lami

bo‘yicha

universitetlarga

nisbatan

kichik bo‘lganliklari hamda o‘qishning

o‘rtacha davomiyligi besh yil ekanligidir

(universitetlarda 7 yil).

Germaniyada ta’lim tizimi mahalliy

hukumatlar tomonidan boshqariladi. Ular,

birinchidan, ta’lim tizimini rivojlantirish,

va ular shu jumladan oliy o‘quv yurtlarini

boshqarish bo‘yicha to‘liq avtonomiyaga

egadirlar. Ikkinchidan, oliy ta’lim

muassasalariga kirish talablari, o‘quv

rejalari doirasi, sinov tizimi, professor-

o‘qituvchilarning shtat jadvali va ish haqini

to‘lash tizimini nazorat qiladilar.

Mahalliy organlarning oliy ta’lim

tizimini boshqarish bo‘yicha faoliyatini

hududiy ta’lim va madaniyat vazirliklari

konferensiyasi

muvofiqlashtiradi.

Uning tarkibida oliy ta’lim sohasidagi

siyosat va boshqaruv qo‘mitasi faoliyat

yuritadi. Hukumat bilan aloqalarda oliy

ta’lim muassasalarining manfaatlarini

oliy maktab rektorlari va prezidentlari

konferensiyasi himoya qiladi. Ushbu organ

turli federal va yerlar mahalliy vazirliklari

va ta’lim tizimi o‘rtasida vositachi

bo‘lib hisoblanadi. “Ta’lim tizimini va

tadqiqot ishlarini rivojlantirish” federal

hududiy komissiyasi hukumat darajasida

harakat qiluvchi qo‘shma organdir. U

mamlakat miqyosida ta’lim tizimini

rivojlantirishning umumiy masalalari va

ilmiy-tadqiqot faoliyatini moliyalashtirish

bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish bilan

shug‘ullanadi.

Undan

tashqari

oliy

ta’lim

muassasalarining boshqaruv tuzilmasi

va usullarini takomillashtirish bilan

“Oliy maktabning axborot tizimi” deb

nomlangan, mahalliy va federal hukumatlar

tomonidan moliyalashtiriladigan maxsus

organ shug‘ullanadi. Germaniyada 1978

yilda Oliy ta’lim to‘g‘risida qonun qabul

qilingan. Demak Germaniyada oliy

ta’limni boshqarish davlat miqyosida

nomarkazlashtirilgan xususiyatga ega,

biroq mahalliy (yerlar) miqyosda o‘ta

markazlashtirilgandir.

Umuman olganda oliy ta’limni

moliyalashtirishda hukumatning ulushi 8

foizni, hududiy hukumatlarning ulushi 90

foizni, alohida shaxslar va tashkilotlarning

ulushi 2 foizni tashkil etadi . Germaniyada

ta’limga yo‘naltirilgan xarajatlar yalpi

ichki mahsulotning 45 foiziga tengdir.

Oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirish

jarayoni ko‘p bosqichli, murakkab jarayon

hisoblanadi. Bunda har xil darajadagi

hukumat organlarining nazorati kuchlidir.

Globallashuv jarayoni Yevropa Itti-

foqida oliy ta’lim tizimini unifikatsiyalash,

Germaniyada esa oliy ta’lim tizimini

isloh etish zaruriyatini keltirib chiqardi.

Uning maqsadi oliy ta’lim tizimida

raqobat muhitini shakllantirish va ta’lim

olish sifatini oshirishni rag‘batlantirish

mexanizmlarini tatbiq etishdan iborat.

Yaponiyada oliy ta’lim tizimi tari-

xiy jihatdan nemis modeli ta’sirida

shakllangan. Tashkiliy jihatdan ta’lim

vazirligi tomonidan markazlashtirilgan

boshqaruv universitetlarning avtonom

faoliyat yuritishi bilan uyg‘unlashtirilgan.

Universitet fakultetlari, aspirantura-

lari, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari

universitet rahbarlaridan holidir. Ular

ta’lim vazirligi tomonidan bevosita

boshqariladi. Universitet rektorlari o‘ziga

xos konfederativ birlashmalarning faxriy

rahbarlari bo‘lib hisoblanadi. Shu bilan

birga kvaziavtonom tizim ta’lim vazirligi

tomonidan ishlab chiqilgan qoidalar

asosida faoliyat yuritadi. Akademik

bo‘limlar boshliqlari ta’lim vazirligining

siyosatini hayotga tatbiq etuvchilar bo‘lib

hisoblanadilar.

Yaponiyada 783 universitetlar faoliyat

yuritadi. Bular 86 milliy, 92 munitsipal va

605 xususiy universitetlardir.

Yaponiyada amalga oshirilayotgan

oliy ta’lim tizimini isloh etish tadbirlari

universitetlarning

avtonom

tarzda

faoliyat yuritishini kuchaytirish, ularning

rahbarlariga budjetni shakllantirish va

kadrlarga haq to‘lash, o‘quv dasturlarini

ishlab chiqish va yangi kurslarni ochish

masalalarida qarorlar qabul qilish bo‘yicha

mustaqillik berishni nazarda tutadi.

Bu borada quyidagi tadbirlarni amalga

oshirish mo‘ljallangan:

- universitetlarga davlat muassasasi

maqomini ochiq hissadorlik jamiyati

maqomiga o‘zgartirishga ruxsat berilishi

orqali

ularning

boshqarish

tizimi

samaradorligini oshirishni ta’minlash;

- professor-o‘qituvchilarni bir umrga

yollash tizimidan shartnoma tizimiga

o‘tkazish. Bu tadbir universitetlarga

yoshlarning ishga kelishini rag‘batlantiradi;

- universitetlarning kadrlar tayyorlash

dasturlarini samaradorligini oshirish,

shu bilan birga ilmiy-tadqiqot sohasida

ularning xususiy korporatsiyalar bilan

hamkorligini kuchaytirish maqsadida

bu universitetlardan majburiy olti yillik

rivojlanish rejalarini ishlab chiqishni

talab etish, moliyalashtirishni esa ushbu


background image

47

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnali

1 (6) 2024

rejalarning bajarilishiga qarab amalga

oshirish;

- mutaxassislarni tayyorlash, yangi

dasturlarni amaliyot talablariga mos

ravishda o‘zgartirish;

- islohotlarni amalga oshirish

milliy

universitetlarni

boshqarishni

takomillashtirishni nazarda tutadi. Har

bir milliy universitet ikkita maslahat

kengashiga ega bo‘lishi belgilangan.

Birinchi kengash o‘qituvchilar jamoasi

vakillaridan iborat bo‘lib, u o‘qitish

dasturlari va ilmiy faoliyat masalalari

bilan shug‘ullanadi. Boshqaruv va

moliyalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan

masalalar

bilan

ikkinchi

kengash

shug‘ullanadi. Uning tarkibi hukumat,

sanoat, ta’lim vazirliklari vakillari va

ta’lim sohasi bo‘yicha mutaxassislardan

iborat. Kengashlar universitet rektoriga

o‘z takliflarini taqdim etadilar. Universitet

rektorlari ularni qo‘shma yig‘ilishda

muhokama qiladilar.

AQSh oliy ta’lim tizimining o‘ziga xos

xususiyatlari. AQShda ta’lim tizimining

asosiy, o‘ziga xos xususiyatlaridan biri

uning

nomarkazlashtirilganligidir.

Mamlakat konstitutsiyasiga binoan ta’lim

tizimi shtatlar tomonidan boshqariladi va

moliyalashtiriladi.

AQShning

oliy

ta’lim

tizimi

quyidagilar bilan tavsiflanadi:

- oliy o‘quv yurtlarining keng

avtonomiyasi va ular faoliyati ustidan qattiq

markazlashtirilgan davlat nazoratining

yo‘qligi; davlat va xususiy sektorlarning

mavjudligi; moliyalashtirishning ko‘p

manbaligi;

- oliy ta’lim tizimida raqobat

muhitining shakllanganligi sababli uning

yuqori samaradorlikka ega ekanligi.

AQShda oliy ta’limga har doim

iqtisodiyotning

raqobatbardoshligini

ta’minlovchi omil sifatida qarab kelingan.

Hozirgi sharoitda oliy ta’lim sohasida

vujudga kelgan muammolarni hal etish

uchun bu tizimni qo‘llab-quvvatlash

bo‘yicha yangi strategik yondashuvlar

ishlab chiqish dolzarb hisoblanadi.

Oliy ta’limdagi asosiy muammo

oliy ta’lim muassasalarining yetarli

darajada moliyalashtirilmasligidir. Shtatlar

hukumatlari oliy ta’lim muassasalaridan

bir tarafdan ko‘proq mutaxassislarni

tayyorlashni talab etadilar, ikkinchi

tarafdan esa ajratilayotgan moliyaviy

resurslarni

qisqartirishga

harakat

qiladilar. Oliy ta’lim muassasalari vujudga

kelayotgan muammolarning sababini oliy

ta’limga ajratilayotgan mablag‘larning

yetishmasligida

ko‘radilar.

Ushbu

holatning mavjudligi o‘quv muassasalari

faoliyatini amalga oshirishni, ularning

rivojlanishini

rejalashtirish,

shtatlar

hukumatlari

tomonidan

ularning

oldilariga qo‘yilgan ustuvor vazifalarning

bajarilishini

qiynlashtiradi.

Bunday

sharoitda

oliy

ta’lim

muassasalari

budjetdan

moliyalashtirish

bo‘yicha

o‘z talablarini asoslash uchun maslahat

beruvchi

kompaniyalar

yordamida

turli tadqiqotlarni o‘tkazishga harakat

qilmoqdalar.

XX asrning 90-yillari boshida

mutaxassislar tomonidan Fransiya oliy

ta’lim tizimini isloh etish va milliy ta’lim

konsepsiyasini qayta ko‘rib chiqib ushbu

yo‘nalishda yangi siyosatni ishlab chiqish

g‘oyasi ilgari surildi. Bu yo‘nalishda

quyidagilar taklif etilgan:

- oliy o‘quv yurtlarini boshqarishni

nomarkazlashtirish,

ta’lim

vazirligi

esa asosan ta’lim xizmatlari sohasi

rivojlanishini strategik rejalashtirish, ta’lim

sifatini tahlil etish, muvofiqlashtirish,

baholash va nazorat qilish vazifalarini

bajarishi, qolgan vazifalar esa mahalliy

boshqaruv organlari ixtiyoriga berilishi;

- ta’lim xizmatlari bozorida oliy

ta’lim muassasalari o‘rtasida raqobatni

kuchaytirish. Bunga erishish uchun

davlatga qarashli bo‘lgan va xususiy oliy

o‘quv yurtlar o‘rtasidagi tengsizlikni

bartaraf etish, mahalliy hukumat organlari,

tadbirkorlik uyushmalari yoki tadbirkorlar

birlashmalari tomonidan oliy o‘quv

yurtlarini barpo etishni rag‘batlantirish.

Rossiya ta’lim sohasida davlat

siyosatining ustuvor yo‘nalishlari qilib

quyidagilar belgilangan:

- zamonaviy uzluksiz ta’lim tizimini

rivojlantirish;

- kasbiy ta’limning sifatini oshirish;

- ta’lim tizimining investitsion

jozibadorligini oshirish;

- ta’lim tizimida samarali iqtisodiy

munosabatlarni rivojlantirish.

Rossiya oliy ta’lim tizimida mavjud

bo‘lgan

muammolar

quyidagilardan

iborat: ta’limning mazmuni va

texnologiyalarining

hozirgi

zamon

talablariga javob bermasligi yoki mos

emasligi; ta’lim tizimining mehnat bozori

talablariga moslasha ololmayotganligi;

yuqori

malakali

o‘qituvchilar

va

xodimlarning yetishmasligi.

Germaniya,

Yaponiya,

AQSh,

Fransiya va Rossiya oliy ta’lim tizimlarining

tuzilishi, boshqaruvi va moliyalashtirish

tizimlarida ma’lum darajadagi farqlar

mavjud. Biroq shunga qaramasdan

ularning asosiy belgilari bir- biriga mos

keladi. Ular quyidagilardan iborat:

-globallashuv

jarayoni

ta’sirida

mamlakatlarning

jahon

bozoridagi

raqobatbardoshligini ta’minlash oliy ta’lim

tizimini isloh etish va doimiy ravishda ro‘y

berayotgan o‘zgarishlarga moslashtirib

borish zarurligining tan olinishi;

- oliy ta’lim tizimini boshqarishni

nomarkazlashtirishning zarurligi, davlat

organlarini

tomonidan

boshqarishni

to‘g‘ri usullardan bilvosita, ya’ni iqtisodiy

usullarga o‘tkazishning zarurligi;

- ta’lim xizmatlari bozorida oliy ta’lim

muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat

muhitini shakllantirish, oliy o‘quv yurtlar

faoliyatini strategik menejment asosida

olib borishning zarurligi;

-mamlakatlar aholisining barcha

qatlamlariga oliy ta’lim olishga teng

imkoniyatlarni yaratish asosida oliy

ta’limni ommaviylashtirish, oliy ta’limni

moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini

joriy etishga harakat qilish va uning

samaradorligini oshirish, tahlil etilgan

mamlakatlarda oliy ta’limni rivojlantirish,

uni

tashqi

muhitga

moslashtirish,

samaradorligini

oshirish

borasidagi

mavjud muammolar u yoki bu darajada

bizning mamlakatimiz ta’lim tizimiga ham

xosligi;

- xorijiy mamlakatlarda oliy ta’lim

tizimini

takomillashtirish

borasidagi

quyidagi tajriba bizning mamlakatimiz

uchun ahamiyatlidir:

-oliy ta’lim tizimini boshqarishni

markazlashtirish va nomarkazlashtirish

o‘rtasida oqilona nisbatni topish va

boshqaruvda iqtisodiy usullarga o‘tish;

-ta’lim

xizmatlari

bozorida

sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish

mexanizmini takomillashtirish;

-oliy ta’lim sifatini oshirish;

- oliy ta’limni moliyalashtirishning

yangi mexanizmlarini joriy etish.

Tahlil etilgan mamlakatlarda oliy

ta’limni rivojlantirish, uni tashqi muhitga

moslashtirish, samaradorligini oshirish

borasidagi mavjud muammolar u yoki

bu darajada bizning mamlakatimiz ta’lim

tizimiga ham xosdir. Shu bois bu borada

ularning tajribasi O‘zbekiston Respublikasi

uchun ham ahamiyatlidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1. Monografiya. Ta’lim xizmatlari bozorida iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish. R.M.Usmanova, A.Qodirov, A.M.Tursunov,

2015.

2. Abulqosimov X.P. Shakllanayotgan bozor iqtisodiyotida inson omili va uni faollashtirish - T., TMI, 2006, 187 - B.

3. Бабаян С.А., Зуев В.М. Кадры в условиях рынка - М.: Экономика, 1992, -160 B.

4. Becker G. Human Capital. N.Y.: 1964, - 43 P.

5. Бартенев С. Экономические теории и школы–М.: Бек,1999, - 352 C.

6. Теория и практика интегративных исследований в гуманитаристике / [Р. М. Ковалева и др. ; редкол.: Р. М. Ковалева (гл.

ред.) и др.] ; БГУ. Минск : БГУ, 2021, - 295 C.

7. Макарова М. В. Управленческий консалтинг в сфере образования : учеб. пособие для учреждений высшего образования /

М. В. Макарова. М. : Юрайт, 2021, 79 C. : ил.

8. Сорокин П. А. Человек, цивилизация, общество / П. А. Сорокин. – М: Издательство политической литературы, 1992, –393 C.

9. - Касьяненко, Т. Г. Анализ и оценка рисков в бизнесе: учебник и практикум для вузов / Т. Г. Касьяненко, Г. А. Маховикова.

— 2-е изд., перераб. и доп. — Москва: Издательство Юрайт, 2023, — 381 C. — (Высшее образование). — ISBN 978-5-534-00375-8. —

Текст: электронный // Образовательная платформа Юрайт [сайт]. — URL: https://urait.ru/bcode/510969

Библиографические ссылки

Monografiya. Ta’lim xizmatlari bozorida iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish. R.M.Usmanova, A.Qodirov, A.M.Tursunov, 2015.

Abulqosimov X.P. Shakllanayotgan bozor iqtisodiyotida inson omili va uni faollashtirish - T., TMI, 2006, 187 - B.

Бабаян С.А., Зуев В.М. Кадры в условиях рынка - М.: Экономика, 1992, -160 B.

Becker G. Human Capital. N.Y.: 1964, - 43 P.

Бартенев С. Экономические теории и школы–М.: Бек,1999, - 352 C.

Теория и практика интегративных исследований в гуманитаристике / [Р. М. Ковалева и др. ; редкол.: Р. М. Ковалева (гл. ред.) и др.] ; БГУ. Минск : БГУ, 2021, - 295 C.

Макарова М. В. Управленческий консалтинг в сфере образования : учеб. пособие для учреждений высшего образования / М. В. Макарова. М. : Юрайт, 2021, 79 C. : ил.

Сорокин П. А. Человек, цивилизация, общество / П. А. Сорокин. – М: Издательство политической литературы, 1992, –393 C.

- Касьяненко, Т. Г. Анализ и оценка рисков в бизнесе: учебник и практикум для вузов / Т. Г. Касьяненко, Г. А. Маховикова. — 2-е изд., перераб. и доп. — Москва: Издательство Юрайт, 2023, — 381 C. — (Высшее образование). — ISBN 978-5-534-00375-8. — Текст: электронный // Образовательная платформа Юрайт [сайт]. — URL: https://urait.ru/bcode/51096

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов