Организация занятий физической культурой с детьми дошкольного возраста

CC BY f
1024-1029
13

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Нуриддинова, М. (2022). Организация занятий физической культурой с детьми дошкольного возраста. in Library, 22(1), 1024–1029. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/14030
Муяссар Нуриддинова, Узбекский государственный университет физического воспитания и спорта

Преподаватель кафедры «Физическая культура, теория и методика спорта», кандидат технических наук. (Кандидат наук)

0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье представлена информация по организации занятий физической культурой с дошкольниками.


background image

1024

Мушаклар релаксацияси (яъни мушакларни бўшаштириш) даврида ўзини ишонтириш ва

ахборотга таъсирчанлик юқори бўлади. Мушаклар релаксациясининг самарали кечиши учун
мураббий спортчи мушакларини бўшаштиришга ёрдам берадиган усул ва воситаларини спортчига
назарий ва амалий фаолиятларида фойдаланишни ўргатишлари зарур.

Мураббийнинг касбий, услубий фаолияти ва уни такомиллаштиришда интенсив ёндошув –

унинг

педагогик, услубий маҳоратлари ва техникасини ҳамда касбий фаолиятни мотивациялар ҳисобига
жадал суратларда амалга оширилишидир.

(Мотив – инсонни ўқишга ёки муайян ижобий

ҳаракатларини бажаришга ундовчи сабаблар йиғиндиси.

Спортчининг маълум эҳтиёжларини

қондириш билан боғлиқ фаолиятга мойиллиги).

Мотивацион кўникма - шахс манфаатларининг йиғиндиси ва шахснинг ижодий, илмий меҳнатга

компетентлигидир.

Спортчиларни педагогик, психологик, услубий ва технологик фаолиятини такомиллаштиришда

янги модернизация қилинган воситалар, спорт жиҳозлари, технологиялардан ўқув - машғулот ва
мусобақалар жараёнига инновацион ёндошув самарадорликни кафолатлайди.

Мураббийнинг касбий, услубий фаолиятининг компонентлари, вазифалари, далиллар билан

қонуниятлар, яққоллик билан мавҳумлик, билимлар билан ҳақиқатни, мустақил билиш усулларини
ўрганиш ва профессионал тренингларнинг илғор технологиялари, шунингдек мураккаб, фан
ютуқлари ни талаб қилувчи технология жараёнлари имитаторларни танлаш ва қўллаш мақсадга
мувофиқдир. (

Имитация – лотинча имитатио - тақлид, ўхшаш. имитатор – бирор нарсага

ўхшатма

).

Спортчини ишончига кириш, ишонтира олиш, мустақил фикр юритиш кўникмасини ҳосил

қилиш, нутқи, қалбга йўл топа олиши, мулоқотга киришишида коммуникативлик мураббийнинг
технологик маҳоратидир.

Спортчиларини мусобақаларга тайёрлаш жараёнига мураббийнинг инновацион ёндошуви,

спортчилар фаолиятининг

д

пироворд натижасини башорат қила олиши, унинг стратегияси,

тактикаси, технологиясини аввалдан режалаштириши ва ҳал этишини кафолатлашида, спортчининг
интелектуал, жисмоний тайёргарликка ўз хоҳиши билан шуғулланиши натижасида
мувафаққиятларга эришганлик даражаларини ўз ичига оладиган жараёндир.

Спорт соҳасидаги инновацион жараёнлар, замонавий талабларини мураббий ижодий

ўзлаштириб, спортчиларни мусобақаларга тайёрлашга янгича ёндошуви, ўқув машғулотларини
сифат ва самарадорлиги бўйича жаҳон стандартлари даражасида ташкил эта олиши,
спортчиларнинг машғулот ва мусобақа жараёнида фаол иштирокчи, мустақил фикрловчи бўлиши,
юқори натижаларга эришиш кафолатланади.

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN JISMONIY

TARBIYA TADBIRLARINI TASHKIL ETISH

Nuriddinova Muyassar Muhiddinovna,

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti,

“Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi, p.f.b.f.d. (PhD).

Toshkent, Oʻzbekiston

e-mail:

nuriddinova.muyassar83@mail.ru

.

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar bilan jismoniy tarbiya tadbirlarni tashkil

qilish bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.

Аннотация. В данной статье представлена информация по организации занятий физической

культурой с дошкольниками.

Annotation. This article provides information on organizing physical education activities with

preschoolers.


background image

1025

Kalit so‘zlar: jismoniy faoliyat, ertalabki badantarbiya, o‘yin, mashg‘ulot, chiniqtirish, saflanish,

gimnastika.

Ключевые слова: двигательная активность, утренняя зарядка, игры, тренировка, зарядка,

очищение, гимнастика.

Keywords: physical activity, morning exercise, games, training, exercise, purification, gymnastics.

Mavzuning dolzarbligi.

Kichkintoylarni ilk yoshdan boshlab jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan

qiziqishlarini oshirish, sportga muhabbat uyg‘otish, ularning jismoniy kamolotini ta’minlash - baxtli
kelajakning kafolatidir. Ma’lumki, kichik yoshdagi bolalar atrofdagi barcha jarayonlarni kuzatib taqlid
qiladilar, bolalar uchun murakkab bo‘lmagan harakatlarni ular o‘z hoxishlari bilan bajaradilar va tez
o‘rganadilar. O‘yin mazmunidagi mashg‘ulotlar va qiziqarli jismoniy tadbirlar orqali sekin asta jismoniy
ko‘nikma va malakalari shakllanib boradi.

Tadqiqotning maqsadi

maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlantirishda jismoniy tadbirlari

(asosiy harakat turlari, gimnastika, mashg‘ulot)ni tahlil qilishdan iborat.

Tadqiqotning vazifasi

maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlantirishda qo’yiladigan davlat

talablari va metodologik asosining tahlilidan iborat.

Tadqiqotning uslublari:

ilmiy, huquqiy va metodik manbalarni o‘rganish va tahlil qilish, kuzatuv,

analiz va sintez.

Tadqiqotning

muhokamasi.

Davlat talablari

(Standart)

ning

“Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush

tarzining sjhakllanishi”

bo‘limining birinchi yo‘nalishida bolaning jismoniy faolligini oshirish, yirik

motorika, mayda motorika, sensomotorikani rivojlantirib, madaniy-gigienik ko‘nikmalarni shakllantirib
borish nazarda tutiladi.

Belgilangan kun tartibiga rioya etgan holda harakatli o‘yinlar, kam harakatli o‘yin, yirik va mayda

o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar, stol usti o‘yinlari (mozaika, loto, domino), voqeaband o‘yinlar,
suv va qum o‘yinlari, ertalabki badantarbiya, sport bayramlari, ko‘ngil ochar daqiqalar, sog‘lomlashtirish
tadbirlari, sport musobaqalari rivojlantiriladi. Mashg‘ulot davomida bajariladigan dastlabki holatlar,
umumrivojlantiruvchi mashqlar majmui, asosiy harakatlar va unga muvofiq tarzda berilgan namunaviy
harakatli o‘yinlarni amalga oshirilishi bolaning jismoniy rivojlanishining uzviyligini ta’minlaydi. Pedagog
jismoniy tarbiya tadbirlarini olib borish chog‘ida ko‘rgazmali vositalardan keng foydalanishi, noan’anaviy
usullarni qo‘llashi, mashg‘ulotga ijodiy yondashishi, shuningdek, mashug‘ulotlarni reja asosida bosqichma
– bosqich amalga oshirishi ta’lim–tarbiya jarayoni samaradorligini yanada oshiradi.

Maktabgacha yoshgacha bolaning jismoniy o‘sishi jadallashib, yilma yiliga bo‘y va vazni muntazam

rivojlanib boradi. Boladagi asosiy harakatlarning rivojlanishida jiddiy sifat o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, nutqi
ravonlashadi, xotirasi ancha teran bo‘lib, mustaqil fikrlash darajasi bir qadar rivojlangan bo‘ladi. Barcha
harakat va faoliyatlarni mustaqil bajarishga intiladi, qiziquvchanligi oshadi.

Bu vaqtda kun tartibiga rioya qilish, bolani to‘g‘ri ovqatlantirish, o‘z vaqtida uxlatish, salomatligini

muhofaza qilish, ruhiy holatini nazorat qilib borish, quvnoq kayfiyatda bo‘lishini ta’minlash muhim
ahamiyatga ega. Bola bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarning mazmunini kengaytirib borish maqsadga
muvofiq.

Bolani jismoniy tarbiya va sportga qiziqishini oshirishda jismonan chiniqtirishda quyidagilarga

e’tiborli bo‘lish talab etiladi: yurishdan yugurishga, muvozanat saqlashga, ikki oyoqlab balandga
sakrashga, to‘siqlardan oshib o‘tishga undash va bajargan holatda rag‘batlantirish, kichkintoylarning
yoshiga mos sport musobaqalarni tashkillashtirish, jismoniy faollikni talab etadigan ijodiy o‘yinlarni
o‘ynatish, turli harakatli quvnoq xalq o‘yinlarini o‘ynatish, chiniqtirish muolajalarini muntazam o‘tkazib
turish, erkin harakat qilish malakalari shakllanishi uchun sharoit yaratish, jismoniy mashqlarni mustaqil
bajartirish, yopiq va ochiq maydonlarda o‘tkaziladigan turli sport o‘yinlariga jalb etish, jismoniy tadbirlarni
o‘z vaqtida o‘tkazish uchun doimo qulay sharoit yaratish ularni jismoniy barkamol bo‘lib voyaga
yetishlarini ta’minlaydi.


background image

1026

Saflanish mashqlari

- saflanishlar (davra, kolonna, sherenga va hokazo), qayta saflanishlar (bittadan

kolonna bo‘lib saflanishdan ikkita, uchta, to‘rttadan, sherenga bo‘lib saflanish va hokazo), turli tomonlarga
burilishlar (o‘ngga, chapga, orqaga), tarqalish va yig‘ilish, fazodagi barcha harakatlardan (turli saflanishlar
va tarqalishlar) turli jismoniy mashqlarni bajarishda foydalaniladi (mashg‘ulotlarda, ertalabki
gimnastikada, harakatli o‘yinlarda, bayram tantanalarida, sayrlarda, ekskursiyalarda).

Bolalarda bu mashqlarni bajarish jarayonida fazoda mo‘ljal olishda harakatning muvofiqligi (turli

mashqlarni hamma uchun umumiy suratda va o‘zaro aloqada bajarish) tarbiyalanadi. Saflanish mashqlari
bolalarda to‘g‘ri qad-qomatning shakllanishiga xizmat qiladi. Ular turli buyumlar bilan, qo‘shiq, musiqa
yoki zarbli asboblar (doira, nog‘ora) jo‘rligida bajarilishi mumkin.

Bolalarni ikkinchi kichik guruhdan boshlab tarbiyachi yordamida mashg‘ulotlarda davra bo‘lib turishga,

ketma-ket o‘z oldidagi bolani eslab qolgan holda kolonna bo‘lib saflanishga o‘rgatiladi. Davra bo‘lib
saflanishga o‘rgatishga zal o‘rtasida doira shaklida uzun arqondan foydalaniladi. Bittadan kolonna bo‘lib
saflanishdan ikkitadan kolonna bo‘lib saflanish oldinda turgan bolaning ikkinchisi orqasida turgan bola
tomon burilishi bilan amalga oshiriladi. Boshlovchi bola doimo almashinib turadi va shunday qilib har bir
kishi kolonnani boshqarishni o‘rganadi (ko‘z mo‘ljallar: bayroqcha, o‘yinchoq, stul va hokazolarga
tayangan holda), fazo va unda kuch yetgancha mo‘ljal olish idrokini egallaydilar.

Ertalabki gimnastikani

tashkil etish bola sog‘lig‘ini mustahkamlashning zaruriy sharti bo‘lib,

bolalarda diqqatni, maqsadga intiluvchanlikni tarbiyalaydi, aqliy faoliyatning oshishiga yordam beradi,
ijobiy emotsiya va tetiklikni uyg‘otadi. Jismoniy mashqlarni ochiq havoda yoki darcha, derazalari ochiq
xonada suv muolajalari (artinish, suv quyish, dush) bilan o‘tkazishni ta’minlash sog‘lomlashtiruvchi
samarani beradi.

Umumrivojlantiruvchi mashqlarda qo‘l, oyoq va gavda uchun mashqlarni aniq va izchillik bilan

bajarish, qomatni to‘g‘ri tutishga ahamiyat berish lozim. Ertalabki badantarbiya 10-15 daqiqagacha olib
borish mumkin. Ertalabki badantarbiyani muntazam bajarish bola sog‘lig‘ini mustahkamlab,
mushaklarni bir tizimda rivojlantiradi. Bolalar yoshiga qarab URM (umumrivojlantiruvchi mashqlar)
soni tanlanadi, masalan kichik guruhda 3-4 ta, tayyorlov guruhi bolalariga uchun 6-8tagacha yana
bolalarning jismoniy yuklamasini, muntazam, izchil shug‘ullanganligini hisobga olish maqsadga muvofiq.

Muayyan izchillikda beriladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar butun organizmni asta-sekin faoliyat

holatiga jalb etishga, uning umumiy hayotiy faoliyatiga yordam beradigan funksional jarayonlarni
kuchaytirishga qaratilgandir.

Mashqlarning birinchi guruhi yelka kamari va qo‘l muskullarini rivojlantirish va mustahkamlashga

qaratilgandir. Ular ko‘krak qafasining nafas olish ko‘lamini kengaytirish va oshirishga yordam beradi,
butun nafas olish muskulaturasini mustahkamlaydi, chuqur nafas olishga imkon beradi, orqa va yurak
muskulini mustahkamlashga yordam beradi.

Mashqlarning ikkinchi guruhi gavda, orqa muskullarini rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgandir.

Bu mashqlar to‘g‘ri qad qomatning shakllanishiga ta’sir qiladi va gavdani oldinga va yon tomonlarga
engashtirishda, o‘ngga, chapga burilishda, shuningdek, aylanishda umurtqaning egiluvchanligini
rivojlantirishga yordam beradi.

Mashqlarning uchinchi guruhi oyoq va qorin muskullarini

rivojlantirish va mustahkamlashga mo‘ljallangandir. Ular ichki organlarni intensiv harakatlar (sakrashlar,
sakrab tushishlar va hokazo) paytida chayqalishdan saqlaydigan qorin muskullarini mustahkamlashga
yordam beradi, shuningdek, vena qon tomirlarida qon yurishmay qolishining oldini oladi (tizzaga
shapatilash, yarim cho‘qqayish, cho‘qqayish va hokazo).

Shunday qilib, biz ko‘rib o‘tgan, bir vaqtda foydalaniladigan mashqlar majmui bola organizmiga har

tomonlama mustahkamlovchi ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga aniqlik, zukkolik, muayyan alohidalik va
ayni paytda, yaxlitlik talab qiluvchi umumrivojlantiruvchi mashqlar diqqat, iroda, maqsadga yo‘nalganlikni
tarbiyalaydi.

Ertalabki gimnastikani tashkillashtirish:

bolalar doira bo‘lib qatorga turib oladilar va sekin yurishdan

boshlanadi, avval to‘g‘ri yurish, keyin qadamlarni kattaroq ochib yurish, yarim o‘tirgan holatda yurish.


background image

1027

1.D.H.: gavda tik tutilgan, oyoqlar yelka kengligida ochilgan, bosh to‘g‘riga yo‘naltirilgan, qo‘llar yon

tomonga tushirilgan: 1-2 sanoqda boshni tepaga qaratish va yana pastga qarash, 3-4 sanoqda esa o‘ng va
chap yon tomonlarga qarash (2marta)

2.D.H.: gavda tik tutilgan, oyoqlar yelka kengligida ochilgan, bosh to‘g‘riga yo‘naltirilgan, qo‘llar yon

tomonga tushirilgan: yelkalarni navbat bilan ko‘tarib tushirish (3-4marta)

3.D.H.: gavda tik tutilgan, oyoqlar yelka kengligida ochilgan, bosh to‘g‘riga yo‘naltirilgan, qo‘llar yon

tomonga tushirilgan: “qaychi” mashqi qo‘llarni tepaga va pastga tushirgan holatda bajartirish (3-4marta)

4.D.H.: gavda tik tutilgan, oyoqlar yelka kengligida ochilgan, bosh to‘g‘riga yo‘naltirilgan, qo‘llar yon

tomonga tushirilgan: “qayiqchalar” mashqi: qo‘llarni tirsakdan bukilgan holatda yozish (panjalarni musht
qilib). Tirsaklarni bukilgan holatda yon tomonga 3-4 marta siltab qo‘llarni yana to‘g‘rilab olish.

5.D.H.: gavda tik tutilgan, oyoqlar yelka kengligida ochilgan, bosh to‘g‘riga yo‘naltirilgan, qo‘llar yon

tomonga tushirilgan: qo‘llarni belga qo‘yamiz va ikki yon tomonga engashish (3-4 marta).

6.D.H.: gavda tik tutilgan, oyoqlar juftlashtirilgan, qo‘llar belda: o‘tirib turish (2-3 marta)
7.D.H.: gavda tik tutilgan, oyoqlar juftlashtirilgan, qo‘llar belda: turgan holatda ikki oyoqlab sakrash

(3-4 marta)

8.D.H.: gavda tik tutilgan, oyoqlar juftlashtirilgan, qo‘llar belda: o‘tirib turish: nafas olish mashqlarini

bajartirish

Maktabgacha ta’lim tashlilotlarida bolalarni chiniqtirish

maqsadida havo vannalari, suv muolajalari

(artinish, suv quyish, dush, cho‘milish) va quyosh vannalaridan fondalaniladi. U yoki bu muolajaning har
biri alohida holda bola organizmining yetarlicha chiniqishini ta’minlay olmaydi (masalan bolalarning har
kungi artinishlari va ayni paytda ularning ochiq havoda ko‘p bo‘lmasliklari).

Tabiiy omillardan kompleks foydalanish bolalarda tashqi muhitning turli noxush ta’siriga (nam havo,

yomg‘ir, shamol, qizish) nisbatan chidamlilik hosil qiladi. Chiniqtirish tadbirlari jismoniy mashqlar bilan
birgalikda olib borilganda juda samarali bo‘ladi. Bola uchun qiziqarli jismoniy mashqlar va o‘yinlar bilan
birgalikda amalga oshiriladigan chiniqtirish tadbirlari emotsional ko‘tarinkilik uyg‘otadi, oliy nerv
markazlari funksiyasini oshiradi, ichki organlar ishini va modda almashishini boshqaruvchi vegetativ nerv
tizimga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.

Kichkintoylarni chiniqish jarayon sifatida muntazamlilikni talab qiladi. Boshqaruvning yo‘qligi,

rejimning buzilishi natijasida muvaqqat bog‘lanishlar so‘nadi va bola organizmi tashqi muhitga
chidamliligini va turli noxush ta’sirlarga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini yo‘qotadi. Chiniqish jarayoni
xilma-xil: u bir tomondan mutaxassis tavsiyasiga ko‘ra maxsus tadbirlar (havo, suv, quyosh vannalari) ni
o‘z ichiga oladi; ikkinchi tomondan kun rejimida belgilangan sharoitning (xonani muntazam shamollatib
turish, darchalarning ochiq turishi, bolalar yengil kiyimbosh va poyabzali, sayrning belgilangan muddatiga
va kun tartibiga rioya qilish, derazalari ochiq xonada uxlash) mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Bularning
hammasi organizmning to‘laqonli chiniqishini ta’minlaydi, unda yoqimli o‘zgarishlar paydo qiladi (nerv
tizimning holati va funksiyasini, modda almashinishi jarayonini, qon tarkibini yaxshilaydi, nafas olishni
chuqurlashtiradi va bola ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Turli faoliyatlar vaqtida qabul qilinadigan havo
vannalari bolalar harakat faoliyati vaqtida havoning terining ochiq qismiga bevosita ta’sir etishini
ta’minlaydi. Bunday havo vannasining eng maqsadga muvofiq va tabiiy ko‘rinishi ochiq havoda hamda
deraza, darchalari ochiq xonalarda o‘tkaziladigan mashqlardir.

Cho‘milish har kungi doimiy muolaja sifatida bola organizmini sog‘lomlashtirish va chiniqtirishning

ajoyib vositasidir. Sovuq suv, ultrabinafsha nur omixtaligidagi toza havo, bolalar harakati - bu vositalar
butun bir kompleksi bola organizmiga, uning nerv tizim, emotsional-ijobiy holatiga favqulodda yaxshi
ta’sir etadi. Biroq, bu muolajaning samaradorligiga qaramay undan juda ehtiyotkorlik bilan foydalanish,
bolalarni unga asta-sekin o‘rgatish-dushdan oldin artinish va suvning haroratini asta-sekin pasaytirib borish
lozim.

Tarbiyachining suvda kichik guruhchalar (6-8 kishi) bilan uyushtiradigan oddiy quvnoq o‘yinlar

bolalarda ijodiy emotsiya uyg‘otadi, buning natijasida bola o‘zini yaxshi sezadi, sovuq qotmaydi va suvdan


background image

1028

cho‘chimaydi. Chiniqtirish maqsadidagi cho‘milish dasturda o‘rta, katta va tayyorlov guruhlari uchun
tavsiya etiladi. Suvga o‘rgatishni tajriba ko‘rsatganidek, 1,5-2 yoshdan boshlash maqsadga muvofiqdir.
Suvi sayoz joyda yurish, tosh terish, shishirilgan o‘yinchoqlar bilan o‘ynash, suv sachratish kichkintoylarga
o‘zlari uchun yangi bo‘lgan suv muhitini o‘zlashtirishda yordam beradi, ijobiy emotsiya uyg‘otadi,
jasurlikni tarbiyalaydi.

Quyosh vannalari.

Quyosh bola organizmiga yaxshi ta’sir ko‘rsatib, uning umumiy holatini

mustahkamlaydi, almashinish jarayonlarini yaxshilaydi. Ayniqsa bakteritsid (bakteriyalarning
rivojlanishini to‘xtatadigan), antiraxit (nerv tizimning faoliyatini yaxshilaydigan, modda almashinish
jarayonini kuchaytiradigan, suyak muskul tizimni mustahkamlaydigan), eritem (qon oqimini
kuchaytiradigan va terini qizartirib, badanning qorayishiga olib keladigan) ta’sirga ega bo‘lgan
ultrabinafsha nurlari juda foydalidir. Quyoshning organizmga bunday rang-barang ta’siri juda
ehtiyotkorlikni talab qiladi. Quyosh vannasidan me’yorida foydalanmaslik tufayli bolalarda salbiy holatlar
(qo‘zg‘alish va uyquning buzilishi, tomirlarning keskin kengayishi, qon tarkibining yomonlashuvi va
boshqalar) yuz berishi mumkin. Shuning uchun bolalar muassasalarida quyosh vannalari faqat vrach
tavsiyasiga ko‘ra, bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘tkazilishi zarur.

Maktabgacha yoshdagi bolalar

o‘yinlarga ko‘proq qiziqish bildiradilar, chunki bolalar mustaqil

o‘ynash, ixtiyoriy mashqlarni bajarishni yaxshi ko‘radilar. Kichik yoshdagi bolalarning harakatlari
sustroq, diqqati tez ko‘chuvchi va tarqoq bo‘ladi, shuningdek bu yoshdagi bolalarda taqlidchanlik
hususiyati yuqori sanaladi. Shunga ko‘ra, ular bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar o‘yin mashqlari tarzida
tanlanadi. Jismoniy tarbiya mashg‘uloti o‘tkazishda quyidagilarga amal qilish kerak:

1

.

Mashg‘ulot mazmunining reja va dastur talablariga va bolalar yoshiga mosligi;

2.Mashg‘ulotga tayyorgarlikni yuqori saviyada va sifatli qilib (gigienik sharoitlar, jihozlar, bolalar

havfsizligi ta’minlanganligi, ularning umumiy holati va bosh.) tashkillashtirilgan bo‘lishi;

3.

Mashg‘ulot qismlarini to‘g‘ri taqsimlash:

Kirish qismi: organizmni mashqlarga tayyorlash, mashqlarning yo‘nalishiga ko‘ra turliligi,

asosiy

qismi: umumrivojlantiruvchi mashqlarning to‘g‘ri taqsimlanishi, yelka va qo‘l mushaklar uchun, gavda,
orqa, bel, umurtqa uchun, oyoq mushaklari, qorin, tovonlar uchun, jismoniy yuklamani nazorat qila olishi,
bolalarning gavdalarini to‘g‘ri tutishlarini va to‘g‘ri nafas olishlarini nazorat qilish, harakatli o‘yinni
o‘ynatish, (o‘yin shartlarini tushuntirish, uning asosiy harakatlarga mos kelishi, o‘yin qoidalariga rioya
etish); yakuniy qism: tinch o‘yinlar, nafas rostlash mashqlarini bajartirish; mashg‘ulotni yakunlashda
bolalarni rag‘batlantirish, mashg‘ulot yakuniga ko‘ra kelgusi mashg‘ulotga vazifalarni belgilab olish va
alohida shug‘ullanishni talab etadigan bolalalar bilan yakka tartibda ish olib borish.

Quyida kichik yoshdagi

bolalar bilan o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya mashg‘ulotidan namuna beriladi:

Jismoniy tarbiya mashg‘uloti

“Dakang xo‘roz”

Mashg‘ulotning maqsadi:

bolalarga bir-birlarini ketidan yurish va muvozanat ushlab bir oyoqlab

turishga o‘rgatish.

Mashg‘ulotning vazifalari:

Muvozanat ushlab turish.

Bir oyoqlab sakrash.

Bolalarni uyushtirish.

Kerakli jihozlar:

yig‘ma yo‘lka, xo‘roz va qushchalar niqoblari

Tashkiliy qism.

Tarbiyachi: bolajonlar erta tongdan bizni qu-qulab uyg‘otadigan xo‘rozlarni

ko‘rganmisiz? (Bolalar javoblari)

Qu-qu-qu-qu, xo‘rozim,

Bobotarog‘ xo‘rozim.
Erta tongdan uyg‘otib
Qu-qu, degan xo‘rozim.


background image

1029

Asosiy qism. Umumrivojlantiruvchi mashqlar:

1.“Xo‘rozcha qanot qoqmoqda” mashqi, dastlabki holat: gavda biroz oldinga qaratilgan, yelkalar

pastroq, bosh egilgan holda qo‘llar esa orqada, qo‘llarni silkitish. (4marta)

2. “Xo‘rozcha don cho‘qimoqda” mashqi, dastlabki holat: tiz cho‘kib o‘tirgan holda, boshni yerga

qaratib, barmoqlarni musht qilib yerga urish, tuk-tuk-tuk (2marta)

3. “Xo‘rozcha suv ichmoqda” mashqi, dastlabki holat: tiz cho‘kib o‘tirgan holda, boshni yerga qaratib,

ko‘rsatkich barmoqlarni yerga tekkizish, tuk-tuk-tuk (2marta)

4. “Xo‘rozcha sakramoqda” mashqi, dastlabki holat: gavda tik tutilgan, qo‘llar erkin holda, oyoqlar

juftlashtirilgan, ikki oyoqlab sakrash. (2marta)

Asosiy harakat turlari:

1.Ketma-ket, bir-birlarini ketidan yurish
2. Bir oyoqlab turishga harakat qilish

Harakatli o‘yin:

Qushlar uchmoqda”

O‘yin maqsadi: bolalarni diqqat bilan eshitishga va tez-tez harakat qilishga o‘rgatish.

O‘yinning borishi: bolalar kichik doiralarga bo‘linib turib oladilar, tarbiyachining “qani uchamiz”

ishorasidan so‘ng, qushlar qanotlarini qoqib (qo‘llarni silkitgan holda) har tomonga uchadilar, “shamol”,

“yomg‘ir”, “bo‘ron” ishoralari berilsa bolalar panaga borib turadilar va shu tariqa o‘yin davom ettiriladi.

Mashg‘ulotni yakunlash:

nafas mashqlari va dastlabki holatga qaytish.

Xulosa.

Bolalarning kundalik hayotdagi harakat faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish bolaning sog‘lom

jismoniy holati va kun davomidagi psixikasi uchun zarur harakat rejimini bajarilishini ta’minlaydi. Bir

tomondan muayyan aqliy kuchni va ikkinchi tomondan aktiv dam olishni talab qiluvchi turli xarakterdagi

bolalar faoliyatini maqsadga muvofiq almashtirib turish nerv tizimi charchashining oldini olishni, bolada

xushchaqchaq kayfiyat va organizmning optimal ish qobiliyatini saqlab turishni ko‘zda tutadi.

Yozda, bolalar hayoti asosan ochiq havoda kechadigan paytlarda kiyim boshlar ham yengillashtiriladi

(bosh kiyim, oyoq kiyim va bosh), xilma-xil harakatlar bolalar sog‘lig‘ini yaxshilaydi, ularda hayotiy zavq

uyg‘otadi. Toza, sof havoda va quyoshdagi harakatlar bola organizmini mustahkamlaydi, funksional

jarayonlar dinamikasini kuchaytiradi. yilning bu faslida ham xilma-xil harakatli o‘yinlardan foydalaniladi,

biroq tarbiyachi bolalarni issiqdan qizib ketmasliklarini diqqat bilan kuzatib borishi va ichimlik suvini

iste’molini nazoratga olishi maqsadga muvofiq.

Adabiyotlar roʻyxati

1.

Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari. T.: 2018 yil.

2.

T.S.Usmonxo‘jayev, S.T.Islomova. “Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya”. T., Ilm

ziyo-2006.

3.

T.S.Usmonxo‘jayev “Sog‘lom bola-el boyligi”. Yangi asr avlodi-2004.

4.

M.M.Nuriddinova va bosh. “Yozgi sog‘lomlashtirish mavsumini tashkil etish uchun metodik

tavsiya” T.: 2016

5.

M.M.Nuriddinova. “Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya yo‘riqchilari uchun

me’yoriy hujjatlar majmuasi”. Muharrir -2013.

6.

M.M.Nuriddinova, Ya.Abdullayev. “Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya metodikasi fanini

o‘rganish moduli bo‘yicha o‘quv uslubiy majmua”.T.: 2016.

7.

P.A.Usmonov, T.S.Usmonxo‘jayev, E.I.Boyto‘rayev.”Assalom tong” T.: 2017

Библиографические ссылки

Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari. T.: 2018 yil.

T.S.Usmonxo‘jayev, S.T.Islomova. “Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya”. T., Ilm ziyo-2006.

T.S.Usmonxo’jayev “Sog‘lom bola-el boyligi”. Yangi asr avlodi-2004.

M.M.Nuriddinova va bosh. “Yozgi sog‘lomlashtirish mavsumini tashkil etish uchun metodik tavsiya” T.: 2016

M.M.Nuriddinova. “Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya yo’riqchilari uchun me’yoriy hujjatlar majmuasi”. Muharrir -2013.

M.M.Nuriddinova, Ya.Abdullayev. “Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya metodikasi fanini o’rganish moduli bo‘yicha o‘quv uslubiy majmua”.T.: 2016.

P.A.Usmonov, T.S.Usmonxo’jayev, E.I.Boyto‘rayev.”Assalom tong” T.: 2017

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов