Значение инновационных технологий в тазовом предлежании плода

CC BY f
68-71
10
1
Поделиться
Умаров, З., Каттаходжаева, М., & Сулейманова, Н. (2022). Значение инновационных технологий в тазовом предлежании плода. in Library, 22(1), 68–71. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/14773
Зафар Умаров, Ташкентский государственный стоматологический институт

Свободный соискатель

Махмуда Каттаходжаева, Ташкентский государственный стоматологический институт

Доктор медицинских наук, профессор

Нодира Сулейманова, Ташкентский государственный стоматологический институт

Кандидат медицинских наук, доцент

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Роды при ягодичном предлежании остаются актуальной проблемой во время родов и встречаются с частотой 3 - 5 % от всех родов. На сегодняшний день по статистике частота кесарева сечения при ВР составляет 40 - 82 %, что привело к увеличению числа женщин, имевших  ранее  кесарево  сечение  с  соответствующими  осложнениями.  В  литературе  последних  лет  появились  сообщения  об альтернативных  методах родоразрешения  при ягодичном  предлежании.  В  данной  статье  рассматриваются результаты  сравнительной оценки различных методов родоразрешения при ягодичном предлежании.

Похожие статьи


background image

№2 | 2022

68

УДК 618.2 (07)

Umarov Zafar Mardanovich

Mustaqil izlanuvchi

Toshkent davlat stomatologiya instituti

Toshkent, Oʼzbekiston

Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna

Tibbiyot fanlari doktori, professor

Toshkent davlat stomatologiya instituti

Toshkent, Oʼzbekiston

Suleymanova Nodira Jumaevna

Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent

Toshkent davlat stomatologiya instituti

Toshkent, Oʼzbekiston

HOMILA CHANOGʼI BILAN OLDINDA KELISHIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR AXAMIYATI


For citation:

Umarov Zafar Mardanovich, Kattoxodjaeva Mahmuda Xamdamovna, Suleymanova Nodira Jumaevna, The importance of

innovative technologies in breech presentation of the fetus, journal of reproductive health and uro-nephrology research. 2021, vol. 3, issue 2.
pp.

http://dx.doi.org/10.5281/zenodo.6683630


ANNOTATSIYA

Tug'ruq paytida homila chanoği bilan oldinda joylashishida tug’ruqni olib borish dolzarb muammo bo'lib qolmoqda va barcha tug'ilishlarning

3-5% chastotasida sodir bo'ladi. Bugungi kunga kelib, statistik ma'lumotlarga ko'ra, homila chanoği bilan oldinda joylashishida kesar kesishning
chastotasi 40 - 82%ni tashkil qiladi, bu esa homila chanoği bilan oldinda joylashishida kesar kesish o'tkazgan ayollar sonining ko'payishiga olib
keldi. So'nggi yillar adabiyotida homila chanoği bilan oldinda joylashishida tug’ruqni olib borishning muqobil usullari haqida ma’lumotlar paydo
bo'ldi. Ushbu maqolada homila chanoği bilan oldinda joylashishida tug’ruqni olib borishning turli usullarini taqqoslashda qiyosiy baholash
natijalari muhokama qilingan.

Kalit suzlar:

tabiiy yo’llar orqali tug’ruq, homila chanog’i bilan kelishi, infeksiya, psixonevrologik asoratlar

Умаров Зафар Марданович

Свободный соискатель

Ташкентский государственный стоматологический институт.

Ташкент, Узбекистан.

Каттаходжаева Махмуда Хамдамовна

Доктор медицинских наук, профессор

Ташкентский государственный стоматологический институт.

Ташкент, Узбекистан.

Сулейманова Нодира Жумаевна

Кандидат медицинских наук, доцент

Ташкентский государственный стоматологический институт.

Ташкент, Узбекистан.

ЗНАЧЕНИЕ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ТАЗОВОМ ПРЕДЛЕЖАНИИ ПЛОДА

АННОТАЦИЯ

Роды при ягодичном предлежании остаются актуальной проблемой во время родов и встречаются с частотой 3 - 5 % от всех родов.

На сегодняшний день по статистике частота кесарева сечения при ВР составляет 40 - 82 %, что привело к увеличению числа женщин,
имевших ранее кесарево сечение с соответствующими осложнениями. В литературе последних лет появились сообщения об
альтернативных методах родоразрешения при ягодичном предлежании. В данной статье рассматриваются результаты сравнительной
оценки различных методов родоразрешения при ягодичном предлежании.

Ключевые слова:

роды через естественные родовые пути, тазовое предлежание, инфекции, психоневрологическая патология




background image

№2 | 2022

69

Umarov Zafar Mardanovich

Free Applicant

Tashkent State Dental Institute

Tashkent, Uzbekistan

Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna

Doctor of Medical Sciences, Professor

Tashkent State Dental Institute

Tashkent, Uzbekistan

Suleymanova Nodira Jumaevna

Candidate of Medical Sciences, Associate Professor

Tashkent State Dental Institute

Tashkent, Uzbekistan

THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN BREECH PRESENTATION OF THE FETUS

ABSTRACT

Breech presentations remain as an urgent problem during delivery and occur with a frequency of 3 – 5 % of all births. Up today according to

statistics the rate of caesarean delivery in BP accounts for 40 - 82 % and this has led to an increase in the number of women with prior cesarean
delivery with corresponding complications. In recent literature there are reports about alternative methods of delivery in breech presentations. This
article deals with the results of comparative evaluation of different methods of delivery in breech presentations.

Key words

: natural childbirth, breech presentation, infections, neuropsychiatric pathology.

Muammoning dolzarbligi.

Bugungi kunda qator olimlarning

ta’kidlashi bo‘yicha 5 % gacha homiladorlarda homila chanogi bilan
oldinda joylashadi (HCHOK) va ularning fikricha bunday
homiladorlik patologik xisoblanadi. Bunday fikirlarning sababi : ona
va bola tarafidan homiladorlik davrida , ayniqsa tug‘ruq jarayonida
qator asoratlar namoyon bo‘lishi dir. Homila chanog‘i oldinda kelganda
tug‘iladigan bolalarda perinatal o‘lim va tug‘ruq shikastlanishlari
homila boshi bilan oldinda kelishiga nisbatan 3-5 barobar ko‘p
uchraydi. Kelgusida bu bolalarda ko‘p xollarda qator psixo-nevrologik
kasalliklar rivojlanadi – markaziy parezlar, epilepsiya, aqliy
rivojlanishda orqada qolish va boshkalar (2, 4, 1,7).

Xozirgi vaqtda homila chanog‘i oldinda kelganida uning uchun

rejalashtirilgan tabiiy tugruq yullari orqali olib boriladigan tugruqga
nisbatan rejali kesar kesish amaliyoti optimal usul degan fikr mavjud.

Buning ustiga ko‘pgina mualliflar homila chanog‘i oldinda

yotganida tugruqni tabiiy tug‘ruq yo‘llari orqali olib borishni umuman
tavsiya etishmaydi (Collaris R.J., 2014y). SHuning uchun xam homila
chanog‘i oldinda yotganida tug‘ruqni abdominal yul bilan yakunlash
60-70 % - ni tashkil etmoqda va 100 % -ga yakinlashmoqda. Ammo
bunday yakunlar ayollarning bachadon chandiq kasalligi va shu bilan
bog‘liq reproduktiv asoratlarning rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda. SHu
vaqtgacha bajarilgan ilmiy izlanishlar HCHOKning asosan tug‘ruq
jarayonidagi bolaga ko‘rsatadigan salbiy ta’siriga ko‘proq urg‘u
berilgan (3,8). Ko‘p olimlar homilaning noto‘g‘ri joylashishini
korreksiya qilish usullarini taklif etishgan. Oxirgi o‘n yilliklarda
ma’lum bo‘lgan usullar quyidagicha. Tashqi akusherlik burish
muolajasi tushunchasi homiladorlik davrida homila ona chanog‘ining
kirish kesimiga nisbatan boshi emas, boshqa qisimlari bilan
joylashganida, qorin devori orqali maxsus muolaja yordamida uning
boshiga burish ko‘zda tutiladi. B.A. Arxangelskiy tomonidan 1974
yilda tadbiq etilgan tashqi burish muolajasi homiladorlikning 34-36
xaftalarida bajarilar edi. Ammo bu usulning qator kamchiliklari
mavjud. Asosiysi- etilmagan muddatda rotatsiyaning bajarilishi
muolajadan so‘ng spontan tug‘ruq boshlanishi, yoki asoratlar
rivojlanganda etilmagan chaqaloqning tug‘ilishiga va uning tirik qolish
imkoniyatlarining pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Tadqiqot maqsadi.

Homila chanog‘i bilan oldinda kelgan

homiladorlikda (HCHOK) akusherlik tashqi burish muolajasini 38-39
haftalik muddatda qo‘llash va tabiiy tug‘ruqlar sonining oshirish
orqali perinatal natijalarini yaxshilash.

Material va usullar.

Prospektiv izlanishlarga 134 nafar homilasi chanog‘i bilan oldinda

joylashgan ayollar jalb qilindi. Bu homiladorlar Samarqand shaxri 1 va
2 sonli oilaviy poliklinikalarida va Payariq tumani QVP sida dispanser
nazoratida bo‘lib, 2 sonli Samarqand shaxar akusherlik kompleksida
tug‘rug‘i sodir bo‘lgan. Barchasi homiladorlikning 1 trimmestrida
nazoratga olingan, to‘liq klinik-laborator tekshiruvlaridan o‘tkazilgan.
74 nafar ayolga (55,2 %) 38-39 xaftalik muddatida homilaning

akusherlik boshiga tashqi burish muolajasi qo‘llandi ( asosiy gurux). 60
nafariga qarshi ko‘rsatmalari bo‘lgani uchun akusherlik amaliyoti
qo‘llanmadi (taqqoslash guruxi). Nazorat guruxi sifatida yoshi va
pariteti mos keladigan homilasi boshi bilan oldinda joylashgan 30 nafar
sog‘lom xomilador olindi. Tadqiqotga kiritilmaganlar: HCHKda
homilasida antenatal o‘lim, rivojlanishida nuqsonlar, egiz homilaliklar,
homiladorligi asorat bilan kechganlar, og‘ir ekstragenital kasalliklari
borlar xamda homila oldi suvi barvaqt ketgan homiladorlar. Izlanishda
mamlakatimizda qabul qilingan standartlar bo‘yicha tekshiruvlar
qo‘llandi:

umumiy

qon

tahlili,

biokimyoviy

tekshiruvlar

,

koagulogramma va umumiy siydik tahlili an’anaviy usullar yordamida
o‘tkazildi. Qonning guruxi va rezus-omili xam barchada aniqlandi.
Ultratovush tekshiruvi (UTT) yordamida jigar, buyrak, bachadonni va
homilaning axvoli tashxislandi.

Izlanish natijalari.

Barcha prospektiv nazoratda bo‘lgan homiladorlar yashash joyiga

mansub homiladorlik bo‘yicha dispanser nazoratiga birinchi
trimmestrda olingan. Ularga qabul qilingan standartlar ga binoan klinik-
laborator tekshiruvlari amalga oshirilgan: bachadon, xomila, ichki
a’zolar UT tekshiruvlari, qon va peshob taxlillari, ko‘rsatma bo‘yicha -
qin ajralmasining taxlili, 18-22 xaftalarida ona va bola skriningi viloyat
skrining markazida amalga oshirildi. YUqorida ta’kidlaganimizdek
homiladorlarning shi 18 dan 36gacha bo‘lgan. 56% birinchi
tug‘uvchilar bo‘lsa, 44% -qayta tug‘uvchilar tashkil qildi.

Tekshirilgan guruxlarni solishtirma taxlili shuni ko‘rsatadiki:

barcha uch guruxdagi homiladorlarda turli xil ekstragenital kasalliklari
surunkali xolatda mavjud (1 jadval). Ammo lekin, nazorat guruxiga
nisbatan, asosiy va solishtirma guruxdagi homiladorlarda ichki a’zolar
kasalliklari 4-5 va undan yuqori barobar ko‘proqdir. Eng keng tarqalgan
kasalliklardan- anemiya, peshob yo‘llari va endokrin kasalliklari
ekanligi ko‘rinib turibti. Ammo shuni ta’kidlash lozimki, bu kasalliklar
homiladorlik davrida davolangan va kompensatsiya fazasida bo‘lgan.
Infeksion kasalliklardan asosan ORVI va surunkali adneksit xolatlari
tekshirilganlarning anamnezida ko‘proq uchragan. Asosiy (tashqi
burish muolajasi o‘tkazilgan) gurux patsientkalarida sorlishtirma
guruxiga nisbatan asoratsiz kechgan xomiladorliklarni soni 25% ga
ko‘proq bo‘lib, amaliyotni bajarishga imkoniyatlari oshgan. Misol
uchun, bu guruxda ko‘psuvlik yoki kamsuvlik holatlari mutlaqo
kuzatilmagan. Homila tushishi va barvaqt tug‘ruq xavfi, ikkinchi
guruxda sezilarli darajada ko‘p uchragan. Homiladorlik darvrida
preeklampsiya, kamqonlik, URVI kabi xolatlar ikkala tekshirilgan
guruxlarda deyarli farqlanmagan. Barcha homiladorlar nazorat davrida
antianemik profilaktkasini olib, polivitamin-mineral komplekslarini
muntazam ravishda qabul qilganlar xamda homilani tashqi burish
muolajasiga tayyorlanib borganlar ( klinik, UTT, laborator
tekshiruvlari). Ammo 38-39 xaftalik muddatda yuqorida qayd etilgan
60 nafar homiladorda akusherlik tashqi burish muolajasiga qarshi
ko‘rsatmalar borligi aniqlangan.


background image

№2 | 2022

70

Jadval 1.Prospektiv nazoratidagi homiladorlarning somatik anamnezi

Homiladorlar n=164
4 ( 12 %)

Somatik patologiyalar

1 gurux ( n=74)

2 gurux ( n=60)

Nazorat ( 30)

Surunkali temir tanqisligi

kamqonligi

36 (48 %)**

31 (51 %)**

Surunkali oshqozon-ichak

kasalliklari( gastrit, kolit,
duodenit )


13 ( 18 %)**

14 ( 23%)**

2 (4,5 %)

Surunkali peshob yo‘llari

kasalliklari( sistit, pielonefrit,
tosh kasalligi)

17 (22,5 %)**

15 ( 25 %)**

3 (3 %)

Endokrin kasalliklari va

semizlik

8 ( 11 %)**

9 ( 14,6%)**

1 (1 %)

Turli xil infeksion

kasalliklar ( ORVI, bronxit,
pnevmoniyalar)

16 ( 22%)**

19 (31 %)**

4 (12 %)

Surunkali adneksit,

endometrit

14 (19 %)**

13 ( 21,7 %)**

2 (7 %)

Izox: *r<0,05, ** r<0,001 - nazorat guruxiga nisbatan farq.

Tashqi burish amaliyotini bajarishga bo‘lgan qarshi ko‘rsatmalar

orasida eng ko‘p uchraganlari: homilani o‘z o‘qiga o‘ralib qolishi
(30%), vaznining kattaligi (32%), avvalgi tug‘ruqlardan qolgan
bachadon chandiqlari (26%), homila oldi suvlarining normaga nisbatan
ko‘p yoki kamligi xamda 25% xolatlarda barvaqt ketishi bo‘ldi. Bu
guruxdagi 42% (25 nafar ) homiladorlarning tug‘rug‘i tabiiy tug‘ruq
yo‘llari orqali sodir bo‘ldi. 58% (35 nafar) da esa tug‘ruq Kesarcha
kesish amaliyoti bilan tugallandi.

Asosiy guruxga kiritilgan 74 nafar homiladorlarning to‘liq

tekshiruvi amalga oshirilgandan so‘ng homilani akusherlik tashqi burish
amaliyotiga qarshi ko‘rsatmalar yo‘qligini va muolajani bajarishga
klinik sharoitlar borligini xisobga olgan xolda 38-39 xaftalik
muddatlarida amalga oshirildi. Bulardan 31 nafari (41,9%) birinchi
tug‘uvchilar bo‘lib, 43 nafari (59,1%) qayta tug‘uvchilar edi. Qayta
tug‘uvchilarning aksariyati 2-3 tug‘uvchilar bo‘ldi. Guruxdagilarning
o‘rtacha yoshi 26, 3±1,4 tashkil qildi. Homiladorlar tug‘ruq kompleksi
homiladorlar patologiyasi bo‘limiga gospitalizatsiya qilinganidan
so‘ng, to‘liq klinik-laborator tekshiruvlaridan o‘tkazilib, tashqi
akusherlik burishga qarshi ko‘rsatma yo‘qligi va amaliyotni bajarishga

shart sharoitlar mavjudligi aniqlangandan so‘ng homilador va oila
a’zolariga muolaja xaqida to‘liq informatsiya berilib ( maqsad va
texnikasi, bosqichlari va rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlari),
habardor qilingan roziligi olindi. Takshqi burish muolajasi qabul
qilingan halqaro standartlar bo‘yicha tug‘ruq bo‘limida olib borildi,
operatsiya xonaning tayyor xolatida, UTT nazorati ostida. Vena orqali
tokolitik modda – betta adrenomimetik Ginepral 10 mkg (1 ampula
200,0 ml fiziologik eritmaga) 0,3 mkg/min tezligida yuborilib, tashqi
burish amalga oshirildi. 74 nafar ayoldan 6 nafarida (8%) homila qayta
chanog‘iga aylanib olishi sababli 30 minut tanaffusdan so‘ng tashqi
burish qaytarildi va samarali bo‘ldi. Tashqi burish muolajasidan so‘ng
xar 3-4 kunda tug‘ruq boshlanguncha ambulator nazorat olib borildi.
Akusherlik tashqi burish natijalari 2 jadvalda aksini topgan. SHuni
ta’kidlash lozimki, muolaja vaqtida yoki undan so‘ng yo‘ldoshni
barvaqt ko‘chishi yoki homila oldi suvlarining barvaqt ketib qolishi
xech kimda sodir bo‘lmadi. SHunday qilib, 74 nafar homiladorlarning
homilasining akusherlik tashqi burish muolajasi 60 nafari ( 80,9%) da
samaradorli bo‘lib, ularning tug‘rug‘i tabiiy yo‘llar orqali homilani
boshi bilan asoratsiz tug‘ilishi bilan yakunlandi.

Jadval 2 Homilaning akusherlik tashqi burish muolajasi natijalari

Akusherlik natijalari

natijalar

Absolyut raqamlar

% xisobida

Ijobiy natija, boshi bilan tug‘ruq

60

80,9

Manfiy natija, chanog‘i bilan tug‘ruq

14

19,17

Kesarcha kesish

4

5,4

Sovyanov usulini qo‘llash

10

7,4

Umumiy soni

74

100%


background image

№2 | 2022

71

Bulardan 12 nafari (16%) muolajadan so‘ng 3 kun ichida tug‘gan.

Qolganlarida esa 39-40 xaftalik muddatda homilani boshi bilan oldinda
kelishida tabiiy tug‘ruq sodir bo‘lgan. 14 nafar homiladorlarda
muolajadan so‘ng qayta chanog‘iga burilib qolishi sodir bo‘lgan va bu
ayollar homilaning chanog‘i bilan oldinda kelish holatida tug‘ganlar.
SHulardan 4 nafariga tug‘ruq kuchlari sustligi va homilada gipoksiya
xolati kuzatilganligi tufayli kesarcha kesish bilan tugallandi. Qolganlari
esa tabiiy tug‘ruq yo‘llari orqali Sovyanov usulini qo‘llagan xolda
homilani chanog‘i bilan tug‘dilar. Boshi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarning
vazni 3250,0 ±230,0 g. tashkil etdi va ularning axvoli Apgar shkalasi
bo‘yicha 8-9 ballga baxolandi. Tug‘ruq vaqtida va erta chilla davrida
onalar tomonidan asoratlar qayd etilmadi. Barcha bu guruxdagi ayollar
tug‘ruqdan 4-5 kundan so‘ng sog‘lom chaqaloqlar bilan uyga
chiqarildi. Asosiy guruxning 14 nafar homiladorida homilaning tashqi
burish muolajasi manfiy natija berdi. Bularda muolajadan 4-7 kun so‘ng
homila qayta chanog‘iga burilishi sodir bo‘lib, tug‘ruq boshlandi.
SHulardan 4 nafarida ko‘rsatma bo‘yicha kesarcha kesish amaliyoti
bajarildi, 10 nafari esa tabiiy tug‘ruq yo‘llari orqali tug‘dilar. Bunda
chaqaloqlar o‘rtacha vazni 3158,0 ±225,0 g. tashkil etdi. Apgar shkalasi
bo‘yicha 7 nafar chanog‘i bilan tug‘ilgan chaqaloqni axvoli 7-8 ball
bilan baxolandi va qoniqarli deb topildi, qolganlari esa engil va o‘rtacha
darajali asfiksiya xolatda tug‘ildi. Homilaning o‘lik tug‘ilish xolatlari

qayd etilmadi. Faqatgina 58% chanog‘i bilan tug‘ilgan
chaqaloqlarning axvolini qoniqarli deb baxolangan (Apgar shkalasi
bo‘yicha 6-8 ball). Birontasi xam 9-10 ballga baxolanmagan. 6% o‘lik
tug‘ilish sodir bo‘lgan, bunda asosan chaqaloqlar tug‘ruq jarayonida
asfiksiya xolatiga uchragan. 36% chaqaloqlar og‘ir va o‘ta og‘ir xolatda
tug‘ilib, reanimatsion chora tadbirlarga muxtoj bo‘lganlar.

Xulosalar.

1.

Homilaning chanog‘i bilan oldinda kelishi dolzarb akusherlik

muammosi bo‘lib, yarmidan ko‘p xolatlarda homilaning tashqi
akusherlik burish muolajasining bajarishga shart-sharoitlar mavjud.

2.

Ushbu amaliyotni 38-39 xaftalik muddatda bajarish mumkin.

80% xolatlarda bu muolaja samarali bo‘lib, homilani boshi bilan
tug‘ilishiga yordam beradi.

3.

Homilaning boshiga tashqi rotatsiyasi tug‘ruq asoratlarini

oldini olish, chaqaloqlarning qoniqarli axvolda tug‘ilishiga va onada
tug‘ruq asoratlarining keskin kamayishiga zamin yaratadi.

4.

Etilgan muddatida kerakli shart-sharoitlarga bo‘ysungan

xolatda akusherlik tashqi burishni qo‘llash alternativ usul bo‘lib,
zamonaviy amaliyotda qo‘llanishi jarroxlik tug‘ruqlar, perinatal
kasalliklar va chaqaloqlar o‘limi xamda onada tug‘ruq asoratlarining
sezilarli

darajada

kamayishiga

va

reproduktiv

salomatlikni

mustaxkamlashga yordam beradi


Аdabiyotlar:

1.

Abdullaeva M.E Intaranatalnaya kardiotokografiya v otsenke sostoyaniya ploda pri golovnom i tazovom predlejanii. /Byul-leten
Federalnogo Sentra serdsa, krovi i endokrinologii. - 2010. - № 6. - S. 1.

2.

Guщin I.V., Mayboroda O.V. Dorodovaya korreksiya tazovogo predlejaniya ploda putem narujnogo povorota na golovku //Mater. 3-go
Ros. foruma «Mat i ditya». – M., 2011. - S. 46 – 47.

3.

CHernuxa E.A., Puchko T.K. Vsex li jenщin s tazovыm predlejaniem ploda pri donoshennoy beremennosti sleduet rodorazreshat putem
kesareva secheniya? //Akusherstvo i ginekologiya. – 2017. - № 2. – S. 8 — 14.

4.

Broche D.E. et al. [Term-breech presentation: predictive factors of cesarean section for vaginal-birth failure] /D.E. Broche, R. Ramanah,
A. Collin et al. //J. Gynecol. Obstet. Biol. Reprod. (Paris). – 2018. – Vol. 37, N 5. – P. 483 - 492.

5.

Collaris R.J., Oei S.G. External cephalic version: a save procedure? A systematic review of version – related risk //Acta Obstet. Gynecol.
Scand. – 2014. – Vol. 83. – P. 511 – 518.

6.

Hartnack Tharin J.E., Rasmussen S., Krebs L. Consequences of the Term Breech Trial in Denmark //Acta Obstet. Gynecol. Scand. – 2011.
– Vol. 90, N 7. – P. 767 - 771.

7.

Hutton E.K. et al. The Early External Cephalic Version (ECV) 2 Trial: an international multicentre randomised controlled trial of timing of
ECV for breech pregnancies /E.K. Hutton, M.E. Hannah, S.J. Ross et al. //BJOG. – 2011. - Vol. 118, N 5. - P. 564 - 577.

8.

Lawson G.W. Report of a breech cesarean section maternal death //Birth. – 2011. - Vol. 38, N 2. – P. 159 - 61.














Библиографические ссылки

Abdullaeva M.E Intaranatalnaya kardiotokografiya v otsenke sostoyaniya ploda pri golovnom i tazovom predlejanii. /Byul-leten Federalnogo Sentra serdsa, krovi i endokrinologii. - 2010. - № 6. - S. I.

Gumin I.V., Mayboroda O.V. Dorodovaya korreksiya tazovogo predlejaniya ploda putem narujnogo povorota na golovku //Mater. 3-go Ros. foruma «Mat i ditya». - M., 2011. - S. 46-47.

CHcrnuxa E.A., Puchko T.K. Vsex li jenutin s tazovwm prcdlejaniem ploda pri donoshennoy bcrcmennosti sleduet rodorazreshat putem kcsarcva scchcniya? //Akushcrstvo i ginckologiya. - 2017. - № 2. - S. 8 — 14.

Broche D.E. et al. [Term-breech presentation: predictive factors of cesarean section for vaginal-birth failure] /D.E. Broche, R. Ramanah, A. Collin et al. //J. Gynecol. Obstet. Biol. Reprod. (Paris). - 2018. - Vol. 37, N 5. - P. 483 - 492.

Collaris R.J., Oci S.G. External cephalic version: a save procedure? A systematic review of version - related risk //Acta Obstet. Gynecol. Scand. - 2014. - Vol. 83. - P. 511 - 518.

Hartnack Tharin J.E., Rasmussen S., Krebs L. Consequences of the Term Breech Trial in Denmark //Acta Obstet. Gynecol. Scand. -2011. -Vol. 90, N7,-P. 767-771.

Hutton E.K. et al. The Early External Cephalic Version (ECV) 2 Trial: an international multicentre randomised controlled trial of timing of ECV for breech pregnancies /Е.К. Hutton, M.E. Hannah, S.J. Ross et al. //BJOG. - 2011. - Vol. 118, N 5. - P. 564 - 577.

Lawson G.W. Report of a breech cesarean section maternal death//Birth. - 2011. - Vol. 38, N 2. - P. 159-61.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов