
58
OLIY
TA’LIM VA ILMIY-TADQIQOT MUASSASALARNING INTELLEKTUAL
MULK HAMDA INNOVATSIYALARNI YARATISHGA DOIR FAOLIYATINI
TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Abdumumin Yuldashov
Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti, yu.f.f.d. (PhD)
ORCID: 0000-0002-2940-8718
Taʼlim muassaslari va ilmiy-tadqiqot markazlari oldiga qo„yilayotgan bugungi
kundagi eng muhim talab bu o„zini-o„zi moliyalashtirish hisoblanadi. Savol tug„ilishi
tabiiy, yaʼni akademik muassasalar qanday yo„llar bilan mustaqil moliyalashtirishni
amalga oshirishi mumkin. So„zsiz buni ular tomonidan yaratilinadigan va amaliyotga
joriy etiladigan mahsulotlar va xizmatlar tashkil etadi. Uning negizi sifatida inson
kapitali va intellektual mulkni keltirish mumkin. Lekin qayd etish lozimki, bugungi
kuchli raqobat muhitida, ayniqsa iqtisodiyoti o„tish davridagi mamlakatlar taʼlim va
ilmiy muassasalari uchun bu jarayon yanada murakkab hisoblanadi. Zero, dunyoga
mashhur bo„lgan Stenford, Kolumbiya, Garvard, Kembridj kabi universitetlarning
eng muhim yutuqlari va mashhurlik darajasi ham aynan ushbu muassasa olimlari
hamda tadqiqotchilari tomonidan yaratilib, tijoratlashtirishga joriy etilgan intellektual
mulk obʼektlari samaradorligi bilan xarakterlanadi.
“Bugungi kunda amaliyot va nazariya o‟rtasidagi chegaralar texnologiyalarning
rivojlanishi natijasida yanada yaqinlashib (qorishib) bormoqda hamda fan-texnika
doimiy rivojlanishdadir”
11
.
Ayni ushbu jihat ushbu mamlakatlarning bugunga kelib jahonda sanoati
taraqqiy etganlar ekanligidan hamda dunyo bozoriga asosiy intellektual mulk
natijalarini yetkazib berishidan darak beradi. “Shu bilan birga, intelektual mulk
sohasidagi dunyoning yetakchi davlatlari taraqqiyotida ushbu yo‟nalishdagi milliy
strategiyalarning ishlab chiqilganligi va amaliyotga tatbiq etilganligi muhim
ahamiyatga ega”
12
.
Shu o„rinda taʼkidlash lozimki, O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-
moddasidan “Intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinadi” mazmunidagi band
o„rin olishi ham ushbu yo„nalish bilan bog„liq islohotlar hamda jarayonlarni keng
11
Хужаев Ш. Тенденции цифровой трансформации юридического образования и науки //Современные
тенденции развития цифровизации в сфере юстиции. – 2022. – Т. 1. – №. 1. – С. 56-60.
12
Юлдашов А. Интеллектуал мулк бўйича миллий стратегияларнинг аҳамияти ва бутунжаҳон интеллектуал
мулк ташкилотининг бу борада тутган ўрни //Юрист ахборотномаси. – 2020. – Т. 1. – №. 2. – С. 53-59.

59
tarzda amalga oshirilishida muhim o„rin tutadi. Fikrimizcha, ayni ushbu norma
O„zbekistonda intellektual mulk siyosatini yanada rivojlantirishda hamda ixtirochilar
uchun qo„shimcha “motivatsiya”ni o„tashda muhim o„rin tutadi. Iqtisodiy qudratli
mamlakatlar konstitutsiyalarida intellektual mulk siyosati, xususan uning davlat
muhofazasiga olinganligi hamda mualliflar huquqlari himoyada ekanligiga doir
normalar mavjud.
Shuningdek, mamlakat innovatsion darajasining yuqori ekanligi ham o‟z
navbatida xalqaro reyting va ko‟rsatkichlarga ijobiy ta‟si qilib, uning investitsion
jozibadorligini oshiradi
13
.
Davlatning asosiy vazifasi universitet yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi xodimi
tomonidan yaratilgan ijodiy tafakkur mulkini birinchi navbatda huquqiy muhofazasini
taʼminlash ekanligiga doir uning bilimlarini oshirishdan iborat deb o„ylayman.
Maʼlumki, patent bilan muhofazaga olingan ixtiro yoki ishlanmalar uning muallifiga
mutlaq huquqlarni berib, keyinchalik undan daromad olish imkoniyatini taqdim etadi.
Mamlakatimiz oldida turgan asosiy vazifa aynan yaratilinayotgan loyiha va
g„oyalarni nomoddiy obʼekt sifatida tijoratlashtirishga ko„maklashishdan iborat. Ayni
ushbu jihatdan kelib chiqib, rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyot va innovatsion
faoliyat bilan bog„liq vazirlik hamda idoralarining asosiy vazifalari qatoridan
intellektual mulkni
yaratish va uni tijoratlashtirish alohida o„rin olgan. Jahon
amaliyotida universitetlar va ilmiy-
tadqiqot muassasalarining bu yo„nalishdagi
faoliyatiga alohida eʼtibor qaratiladi. Odatda bu yo„nalish universitetlar yaratgan
intellektual mulkni litsenziyalash (1) hamda universitet uchun intellektual mulkni
yaratish va uni tijoratlashtirish maqsadida alohida tuzilma tashkil etish (2) orqali
amalga oshiriladi. Fikrimcha, bu yo„nalishda taʼlim va ilmiy muassasalar bilan
xususiy sektor o„rtasidagi munosabatlarni kengaytirish lozim. Bu ham o„z-o„zidan
bozor iqtisodiyotining eng muhim qoidasi hisoblanadi. Afsuski, mamlakatimizda
ham intellektual mulkni tijoratlashtirishning past ko„rsatkichi akademik muassasalar
va ishlab chiqaruvchilar o„rtasidagi munosabatlarni yo„lga qo„yilmaganligi bilan
xarakterlanadi. Bu kabi holatlardan chiqishning yagona yo„li tashabbusni akademik
muassasalar o„z qo„liga olgan holda yaratilgan intellektual mulkni bozorga mustaqil
olib chiqishda deb o„ylayman. Ko„plab mamlakatlar, xususan Janubiy-Sharqiy Osiyo
mamlakatlari universitetlari ushbu muammoni hal qilish maqsadida o„zlarining
mustaqil akademik startaplarini shakllantirib, past darajadagi tijoratlashtirish
ko„rsatkichlarini yuksaltirishga erishishgan.
13
Юлдашов, А. А. Необходимость участия Республики Узбекистан в международных рейтингах и индексах в
области интеллектуальной собственности / А. А. Юлдашов // Электронный инновационный вестник. – 2021. –
№ 1(18). – С. 18-20. – EDN SZNQKC.

60
Yuqoridagi muammoning yechimiga doir masala O„zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PF
–165-son Farmoni bilan tasdiqlangan
“2022 – 2026 yillarda O„zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish
strategiyasi”dan ham o„rin olgan. Xususan, ushbu strategiyadan ilmiy-tadqiqot
institutlari, universitetlar va ishlab chiqarish o„rtasida yaqin hamkorlikni o„rnatish,
intellektual mulkni sotish uchun litsenziya shartnomalarini tayyorlashda maslahat
yordami berish, texnologiyaning isteʼmolchilari bozorini qidirish uchun
Texnologiyalarni litsenziyalash markazlarini tashkil etish bilan bog„liq muhim masala
o„rin olgan.
Shuni unutmaslik kerakki, intellektual mulkning huquqiy muhofazasining
ta‟minlanishi o‟z-o‟zidan tadbirkorlik faoliyatining ham rivojiga katta poydevor
qo‟yadi
14
.
Intellektual mulkni tijoratlashtirish jarayonida universitetlar hamda ilmiy-
tadqiqot markazlari eʼtibor qaratishlari lozim bo„lgan jihatlar juda ko„p. Xususan,
boshqaruv, tizimli va barqaror munosabatlar, moliyaviy ekotizimning mavjudligi,
inson kapitalini rag„batlantirish va ularga “investitsiya kiritish”, zarur axborotdan
foydalanish imkoniyati kabilarni bunga misol keltirish mumkin. Shuningdek, o„z
ishlanmalarini bozorga kiritish orqali daromad olishni ko„zlagan universitet yoki
tadqiqot markazlari oldida intellektual mulkni yaratish, uni huquqiy muhofaza qilish
va uni tijoratlashtirishga olib chiqqunga qadar quyidagi masalalarni ham hal etish
lozim sanaladi. Xususan, intellektual mulkka egalik (huquq egasi, muallif), huquqiy
muhofazaga olish jarayoni (mustaqil tarzda yoki texnologiyalar transferi ofisi yohud
patent vakillari yordamida)ni amalga oshirish, g„oyani moliyalashtirish, strategiyani
ishlab chiqish (litsenziya asosida yoki huquqlarni o„tkazish usuli yordamida
foydal
anish masalalari)ni shular qatoriga kiritsak bo„ladi. Ayniqsa, raqamli muhitning
keng rivojlanishi mualliflik huquqi bilan bog‟liq munosabatlarni yanada kengroq
tarzda muhofazasini ta‟minlash vazifasini ilgari surmoqda
15
.
Amaliyotda akademik muassasalar tadqiqotchilarining asosiy muammolaridan
yana biri, bu ular yaratgan intellektual mulk obʼektlarini xorijda patentlash jarayoni
va u bilan bog„liq qiyinchiliklar haqida bo„ladi. Ko„pincha, bu turdagi masala uning
moddiy taʼminoti bilan bog„liq sanaladi. Taʼkidlash kerakki, O„zbekiston Respublikasi
innovatsion rivojlanish vazirining tegishli buyrug„i bilan Davlat ilmiy dasturlari
doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro„yxatdan
14
Бобур М. Правовая охрана объекто в интеллектуальной собственности–залог развития предпринимательской
деятельности //Review of law sciences. – 2020. – Т. 2. – №. Спецвыпуск. – С. 90-96.
15
Yuldashov A. Sreenivasulu N Shanmuka Raqamli muhitda mualliflik huquqi muhofazasi //Central Asian Academic
Journal of Scientific Research. – 2022. – Т. 6.

61
o„tkazish va qo„llab-quvvatlash xarajatlarini to„lash tartibi to„g„risidagi Nizom
tasdiqlangan. Ushbu Nizom davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual
mulklarni xorijda ro„yxatdan o„tkazish va qo„llab-quvvatlash xarajatlarini to„lash
tartibini belgilaydi. Bu jarayonda davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan
intellektual mulk huquqlarini xorijda ro„yxatdan o„tkazishdan va qo„llab-
quvvatlashdan kutilayotgan quyidagi natijalarga amal qilgan holda amalga
oshiriladi:
- ilmiy yoki iqtisodiy samaradorlik;
- ishlab chiqarishda foydalanishdagi samaradorlik;
- yuqori texnik natija;
- tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilish qobiliyati;
-
ijtimoiy muammolar yechimini taʼminlashi va boshqalar.
Oxirgi yillarda O‟zbekistonda intellektual mulk huquqini buzganlik uchun
javobgar
lik bilan bog‟liq ko‟plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Lekin shu bilan
birga, aynan intellektual mulkni tijoratlashtirish masalalari undan-da ustuvor
ahamiyat kasb etishi kerak deb o‟ylayman
16
.
Aslida bir tomondan amaliyot jarayoni bilan qonunchilik norm
alarining o„zaro
hamohanglikda emasligi hamda qonunchilikda belgilangan imtiyoz va kafolatlardan
tegishli shaxslarning xabardor emasligi ham ko„pincha samarasiz yoki yaxshi
faoliyat yuritmayotgandek tuyulayotgan yo„nalishlarga sabab bo„ladi. Masalan,
yuqor
idagi norma kabi O„zbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va
sanoat namunalari to„g„risida”gi Qonunida mualliflarga va sanoat mulki obʼektlaridan
foydalanuvchi xo„jalik yurituvchi subʼektlarga soliq solish va kredit berishda imtiyozli
shartlar belgilanadi, shuningdek qonunchilikka muvofiq imtiyozlar berilishi qayd
etilgan. Yaʼni, mamlakatimiz qonunchiligida intellektual mulkni tijoratlashtirishni
rag„batlantirishga doir ko„plab normalar belgilangan. Akademik muassasalar
rahbariyati va mutasaddi vakillar ayni ushbu jihatlarni keng tadqiqotchilar doirasiga
yetkazishi maqsadga muvofiq sanaladi. Zero, O„zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2021-yil 27-
avgustdagi “Ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish
tizimini tashkil etish chora-ta
dbirlari to„g„risida”gi 545-son qarorida davlat
boshqaruvi organlari va xo„jalik birlashmalari rahbar o„rinbosarlarining biriga
innovatsiyalarni joriy etish, ilmiy-tadqiqotlar, ishlanmalar va intellektual faoliyat
natijalari tijoratlashtirilishini moliyala
shtirishda ko„maklashish bo„yicha qo„shimcha
vazifalar yuklatilgan.
16
Юлдашов А., Чориев М. Договорно-правовые отношения в области авторского права и ответственности за
нарушение авторского права: национальный и зарубежный опыт //Общество и инновации. – 2020. – Т. 1. – №.
1/S. – С. 511-522.

62
Shu bilan birga, ilm-
fan va sanoat ishlab chiqarishi bilan bog„liq bo„lgan o„zida
yo„l xaritalari yoki konsepsiyalarni ifodalagan har qanday normativ-huquqiy hujjatda
turli loyiha va g„oyalarni intellektual mulkka aylantirish hamda uni huquqiy muhofaza
qilish bilan bog„liq normalar bo„lishi kerak. Masalan, O„zbekiston Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
2023-yil
2-fevraldagi
“2023 – 2026 yillarda O„zbekiston Respublikasida urug„chilik va ko„chat
yetishtirishni rivojlantirish milliy dasturini tasdiqlash to„g„risida”gi 51-son qarori bilan
tasdiqlangan “Milliy dastur”da “eksportbop meva va uzum navlarini xorijdan
introduksiya qilish va yangi navlar yaratish”ga doir qismda yaratilgan yangi navlarni
huquqiy muhofaza qilish uchun patent olishga doir norma mavjud. Bu kabi
masalalar har bir ushbu tusdagi hujjatdan o„rin olish bilan birga, uning ijrosi
nazoratini ham doimiy kuzatib borish lozim.
Ayni ushbu yo„nalishda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti tomonidan ham
bir qator loyihalar yo„lga qo„yilgan. Bular ichida Texnologiyalar va innovatsiyalarni
qo„llab-quvvatlash markazlari alohida o„rin tutadi. Ushbu markazlar faoliyati ham
bevosita
taʼlim
muassasalari
va
ilmiy-tadqiqot
markazlari
tomonidan
yaratilinayotgan turli ishlanmalarni huquqiy muhofazaga olinishi hamda ularni
tijoratlashtirish va intellektual mulkka doir marketing texnologiyalarini amalga
oshirishda qo„llab-quvvatlashdan iborat. Ushbu loyiha asosida 2018-yildan boshlab
O„zbekistonda ham yetakchi universitetlar va ilmiy-tadqiqot muassasalari tizimida
Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo„llab-quvvatlash markazlari faoliyati yo„lga
qo„yilib kelinmoqda. Bugungi kunga kelib, bu kabi markazlar soni mamlakatimizda
20 dan ortiq hisoblanadi.
BIMTning turli loyiha va dasturlari O‟zbekiston tomonidan amalga
oshirilayotgan intellektual mulk va innovatsiyalarga doir siyosatadan doimiy o‟rin
olishi lozim
17
.
Bundan tashqari, jahon amaliyotida universitetlar tarkibida intellektual mulk
markazlari faoliyati ham mavjud. Ularning vazifasi nafaqat o„qitish bilan bog„liq,
balki ushbu muassasaning intellektual mulk bo„yicha strategiyalarini ishlab chiqish
hamda amaliyotga joriy etishdan iborat. Bular sirasiga London Qirolicha Mariya
universitetining Tijorat huquqi fanlari markazi huzuridagi Qirolicha Mariya
intellektual mulk tadqiqot instituti, Strastburg universiteti xalqaro intellektual mulk
o‟qitish markazi (CEIPI), Hindiston universitetining milliy huquq maktabi Intellektual
mulk tadqiqoti va advokatlik markazi (CIPRA), Melburn Huquq maktabining
Avstraliya intellektual mulk ilmiy-tadqiqot instituti (IPRIA), Kembridj universiteti,
17
YULDASHOV A. Intellectual property law policy in Uzbekistan //Global Scientific Review. – 2023. – Т. 12. – С.
80-85.

63
Intellektual mulk va axborot huquqi markazi (CIPIL), Sirakuza Universiteti Huquq
maktabi Intellektual mulk huquqi instituti (SIPLI), Oksford Universiteti Huquq
fakulteti, Oxford Intellektual mulk tadqiqot markazi (OIPRC) kabilarni misol keltirish
mumkin. Ularning asosiy vazifalari qatoriga, magistrlik va doktorlik talabalari uchun
intellektual mulk huquqi bo‟yicha innovatsion o‟quv dasturlarini ishlab chiqish,
intellektual mulk natijalarini tijoratlashtirish bilan bog‟liq bo‟lgan muammolarga jiddiy
e‟tibor qaratib, ushbu yo‟nalishda tadqiqot ishlarini olib borish, manfaatdor shaxslar
(xususan, tadqiqot institutlari, xususiy sektor vakillari) uchun intellektual mulk
huquqidan foydalanish (transfer texnologiyasi) uchun ma‟lumotlar bazasini
shakllantirish va uni himoya qilish hamda boshqarish bi
lan bog‟liq masalalarda
yordam berish, sohaga doir qonunchilikni nozik jihatlari bo‟yicha tadqiqot ishlarida
ishtirok etishlar kiradi. O‟zbekiston OTMlari ham yuqoridagi kabu ilmiy markazlar
faoliyatini yo‟lga qo‟yish va ular bilan hamkorlik masalalarini o‟rganishi maqsadga
muvofiq.
Shu bilan birga, mintaqaviy va xalqaro darajadagi savdo-iqtisodiy, fan-texnika
va madaniy yo„nalishdagi hamkorlik yo„nalishlaridan kelib chiqqan holda tegishli
davlatlar bilan intellektualmulk egalarining manfaatlarini ikki tomonlama himoya
qilishga doir bitimlar tuzilishi ham maqsadga muvofiq
18
.
Yuqoridagilarga muvofiq aytish lozimki, bugungi kunda universitetlarda
intellektual mulkni o„qitishga mo„ljallangan kafedra va markazlar faoliyati faqatgina
o„quv jarayoni bilan cheklanib qolmasligi lozim. Shuningdek, “intellektual mulk
sohasidagi qonun hujjatlarini ham ayna tijoratlashtirish nuqtai nazaridan
takomillashtirib borish davr zaruriyati hisoblanadi”
1920
. Zero, ular faoliyatida
intellektual mulkni tijoratlashtirish istiqbollarini
o„rganish, intellektual mulk bilan
bog„liq shartnomaviy munosabatlarda qatnashish, tijorat siridan foydalanishda
huquqiy yordam ko‟rsatish, intellektual mulkni amaliyotda qo„llashga doir
imtiyozlardan xabardor bo‟lishlik hamda ulardan foydalanish, intellektual mulk
huquqi bilan bog‟liq nizoli jarayonlarni hal etishga doir tavsiyalar kabi masalalar
ham ular faoliyatining asosini tashkil etishi lozim.
18
ТЎРАКУЛОВА Н., Юлдашов А. Интеллектуал мулк ҳуқуқи ҳимоя қилиш механизмини такомиллаштиришда
халқаро шартномаларнинг ўрни ва аҳамияти //Conferencea. – 2022. – С. 467-471.
19
ЮЛДАШОВ А. Ўзбекистон Республикасининг интеллектуал мулк, алоқа ва ахборот соҳасидаги норматив-
ҳуқуқий ҳужжатларда муаллифлик ҳуқуқини муҳофаза қилишга доир нормаларни такомиллаштириш
масалалари //Юрист ахборотномаси. – 2022. – Т. 2. – №. 5. – С. 58-64.
20
Yuldashov A., Usmonov V. Copyright protection in telecommunications networks: the example of blockchain
technology //European Journal of Interdisciplinary Research and Development. – 2022. – Т. 4. – С. 22-29.

64
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO
’YXATI:
1.
Хужаев Ш. Тенденции цифровой трансформации юридического
образования и науки //Современные тенденции развития цифровизации в
сфере юстиции. – 2022. – Т. 1. – №. 1. – С. 56-60.
2.
Юлдашов А. Интеллектуал мулк бўйича миллий стратегияларнинг
аҳамияти ва бутунжаҳон интеллектуал мулк ташкилотининг бу борада тутган
ўрни //Юрист ахборотномаси. – 2020. – Т. 1. – №. 2. – С. 53-59.
3.
Юлдашов, А. А. Необходимость участия Республики Узбекистан в
международных рейтингах и индексах в области интеллектуальной
собственности / А. А. Юлдашов // Электронный инновационный вестник. –
2021.
– № 1(18). – С. 18-20.
4. Бобур М. Правовая охрана объекто в интеллектуальной
собственности–залог развития предпринимательской деятельности //Review of
law sciences.
– 2020. – Т. 2. – №. Спецвыпуск. – С. 90-96.
5. Yuldashov A. Sreenivasulu N Shanmuka Raqamli muhitda mualliflik huquqi
muhofazasi //Central Asian Academic Journal of Scientific Research.
– 2022. – Т.
6.
6. Юлдашов А., Чориев М. Договорно-правовые отношения в области
авторского права и ответственности за нарушение авторского права:
национальный и зарубежный опыт //Общество и инновации. – 2020. – Т. 1. –
№. 1/S. – С. 511-522.
7. YULDASHOV A. Intellectual property law policy in Uzbekistan //Global
Scientific Review.
– 2023. – Т. 12. – С. 80-85.
8. ТЎРАКУЛОВА Н., Юлдашов А. Интеллектуал мулк ҳуқуқи ҳимоя қилиш
механизмини такомиллаштиришда халқаро шартномаларнинг ўрни ва
аҳамияти //Conferencea. – 2022. – С. 467-471.
9. ЮЛДАШОВ А. Ўзбекистон Республикасининг интеллектуал мулк, алоқа
ва ахборот соҳасидаги норматив-ҳуқуқий ҳужжатларда муаллифлик ҳуқуқини
муҳофаза қилишга доир нормаларни такомиллаштириш масалалари //Юрист
ахборотномаси. – 2022. – Т. 2. – №. 5. – С. 58-64.
10. Yuldashov A., Usmonov V. Copyright protection in telecommunications
networks: the example of blockchain technology //European Journal of
Interdisciplinary Research and Development.
– 2022. – Т. 4. – С. 22-29.
11. Юлдашов, А. А. Роль организаций, управляющих имущественными
правами на коллективной основе, в обеспечении защиты авторских прав: опыт
Узбекистана и мира / А. А. Юлдашов // Цифровая среда и политика

65
университетов в сфере интеллектуальной собственности : Сборник статей
Международной научно-практической конференции, Москва, 09 июня 2021
года / Образовательное частное учреждение высшего образования «Институт
международного права и экономики имени А.С. Грибоедова» (ИМПЭ им. А.С.
Грибоедова); Кафедра интеллектуальной собственности и гражданско-
правовых дисциплин. – Москва: Издательская группа "Юрист", 2021. – С. 198-
205.
– EDN VFPFTV.