Современное образование в развитии человеческого капитала: как диалектика социального сотрудничества, взаимосвязи

CC BY f
171-175
4
0
Поделиться
Содиржонов, М. (2023). Современное образование в развитии человеческого капитала: как диалектика социального сотрудничества, взаимосвязи. in Library, 1(2), 171–175. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/22281
Мухриддин Содиржонов, Наманганский государственный университет

Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, sotsiologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori(PhD)

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной диссертации социологически проанализирована роль образования, особенно высшего, в развитии человеческого капитала. Хотя тема требует большого объема научно-теоретической проработки, она изучалась как диалектика современных образовательных тенденций, социального сотрудничества и взаимосвязи. Сделаны выводы о повышении социальной и экономической дееспособности посредством  образования, активизации социальных норм и социальной мобильности у молодежи, формировании навыков и привычек, обеспечении роста и стабильности доходов.

Похожие статьи


background image

171

Все характеристики такой модели образования имеют этическую и

гуманистическую направленность. Ее ориентиром становится гармонизация
индивидуально-личностного и социального в профессиональной карьере человека.
Исходной целью гуманизации образования является формирование гуманистического
мировоззрения молодежи, соответствующих знаний и навыков. Она служит
предпосылкой реализации будущими гражданами, идей и ценностей гуманизма в
различных сферах человеческой активности.

Характерной особенностью возрастания духовного потенциала молодѐжи

Узбекистана является еѐ высокий образовательный уровень. В республике полностью
решена проблема всеобщей грамотности населения, законодательно закреплено
обязательное общее среднее образование, получить которое можно через широкую сеть
общеобразовательных школ, лицеев, средних профессиональных учебных заведений.

Процессы модернизации системы образования Узбекистана, подготовки

высококвалифицированных кадров предполагают также разработку и внедрение
эффективных организационных, педагогических форм и средств духовно-
нравственного воспитания порастающего поколения, основанного на богатых
национальных

культурно-исторических

традициях,

обычаях

народа

и

общечеловеческих ценностях.

Потому как задачей образования является - формирование личности человека,

способного

к

сопереживанию;

готового

к

свободному

гуманистически

ориентированному

выбору,

индивидуальному

интеллектуальному

усилию,

самостоятельному, компетентному, ответственному действию в политической,
экономической, профессиональной и культурной жизни, уважающему себя в других,
терпимому к представителям других культур и национальностей, независимому в
суждениях, открытому для иного мнения и неожиданной мысли.


INSON KAPITALI RIVOJLANISHIDA ZAMONAVIY TAʼLIM: IJTIMOIY

HAMKORLIK, OʻZARO ALOQADORLIK DIALEKTIKASI SIFATIDA

Muxriddin Maxammadaminovich Sodirjonov

– sotsiologiya fanlari boʻyicha

falsafa doktori (PhD), O„zbekiston

Annotatsiya

Ushbu tezisda inson kapitali rivojlanishida ta‘lim hususan oliy ta‘limning tutgan o‘rni

sotsiologik tahlil etildi. Mavzu katta hajmdagi ilmiy nazariy o‘rganishni talab qilsada –
zamonaviy taʼlim tendensiyalari, ijtimoiy hamkorlik, oʻzaro aloqadorlik dialektikasi sifatida
tadqiq etildi. Ta‘lim orqali ijtimoiy-iqtisodiy faravonlikni oshirish, yoshlarda ijtimoiy
me‘yorlar, sotsial mobillikni faollashtirish, ko‘nikma va odatlarni shaklantirishda hamda
daromadlar o‘sib barqarorligini ta‘minlashdagi xulosalar berilgan.

Kalit so„zlar:

inson, qobiliyat, ta‘lim, kompetentsiya, iqtisodiyot, salomatlik,

ijtimoiylashuv, jamiyat, investitsiya, sotsial mobillik, oliy ta‘lim, bandlik.


background image

172

СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ В РАЗВИТИИ ЧЕЛОВЕЧЕСКОГО

КАПИТАЛА: КАК ДИАЛЕКТИКА СОЦИАЛЬНОГО СОТРУДНИЧЕСТВА,

ВЗАИМОСВЯЗИ

Аннотация

В данной диссертации социологически проанализирована роль образования,

особенно высшего, в развитии человеческого капитала. Хотя тема требует большого
объема научно-теоретической проработки, она изучалась как диалектика современных
образовательных тенденций, социального сотрудничества и взаимосвязи. Сделаны
выводы о повышении социальной и экономической дееспособности посредством
образования, активизации социальных норм и социальной мобильности у молодежи,
формировании навыков и привычек, обеспечении роста и стабильности доходов.

Ключевые слова:

человек, способности, образование, компетентность,

экономика, здоровье, социализация, общество, инвестиции, социальная мобильность,
высшее образование, занятость.

MODERN EDUCATION IN HUMAN CAPITAL DEVELOPMENT: AS A

DIALECTIC OF SOCIAL COOPERATION, INTERRELATION

Annotation

In this thesis, the role of education, especially higher education, in the development of

human capital was sociologically analyzed. although the topic requires a large amount of
scientific theoretical study, it was studied as a dialectic of modern educational trends, social
cooperation, and interrelationship. Conclusions on increasing social and economic
empowerment through education, activating social norms and social mobility in young
people, forming skills and habits, and ensuring the growth and stability of incomes are given.

Keywords:

human, ability, education, competence, economy, health, socialization,

society, investment, social mobility, higher education, employment.

Inson kapitali oʻz tarkibida bir qator ijtimoiy-biologik yaxlitlik komponentlarini

qamrab oladi va uni sotsiumga yoʻnaltirib boradi. Bular demografik, sogʻliqni saqlash, taʼlim,
mehnat, madaniy, fuqarolik, maʼnaviy-axloqiy, axborotlarga egalik komponenti va shu
kabilardan iborat. Belgilangan tarkibiy qismlarning har biri kapital sifatida ijtimoiy zarur
faoliyat turlari va funksional imperativlarga mos keladi. Shu bilan birga, inson kapitaliga
xizmat qiluvchi uch xil salohiyat turini ajratib koʻrsatish mumkin[9]. Bular: a) shaxs va
jamoaning ehtiyoj, qobiliyat va ijtimoiy hayotni qoʻllab-quvvatlashga oid komplekslar tizimi;
b) ehtiyoj, qobiliyat va malakaga oid tizimlar majmuasi; v) odatiy hayot faoliyatidir.

Inson kapitalining rivoji ham shaxsning ongi, odob-axloqi, maʼnaviyati, dunyoqarashi,

talab-ehtiyojlarining qondirilishi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy munosabatlarga, ijtimoiy tuzum
mohiyati va tabiatiga bevosita bogʻliqdir. Jamiyat qanday boʻlsa, ijtimoiy munosabatlar
majmui boʻlgan inson kapitali ham unga mos boʻladi. Inson aql-idpok sohibi boʻlganligi
uchun real dunyodagi voqealarni biladi, ilmu tafakkuri, mehnati, salohiyati bilan dunyoni
boshqaradi. Inson kapitalining yuksalishiga uni oʻrab turgan barcha ijtimoiy muhitda roʻy
berayotgan voqealar taʼsiri kuchli boʻladi[9].

XX asrning 60-yillaridan keyin inson kapitalining deyarli barcha taʼriflarida keng

qamrovli talqin prinsipi kuzatildi:


background image

173

– inson kapitali nafaqat bilmlar yigʻindisi balki, insondagi koʻnikma, malaka va

qobiliyatlardir;

– insondagi imkoniyat va salohiyatlarni bosqichma-bosqich kapitalga aylantirish;
– salomatlik, taʼlim darajasini ragʻbatlantirish, motivatsiya hamda invistitsiya kiritib

borish mohiyatan inson kapitalining ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini oʻzgartirmaydi.

Inson kapitali rivojida taʼlim masalalari muhim oʻrin tutishini ilgari surgan ingliz olimi

P. Uolshning fikriga koʻra: ―XIX asrdan boshlab, koʻplab iqtisodchilar insonni jamiyat
rivojining asosiy kapitali toifasiga kiritadilar. Chunki, inson kapitali bu – xarajatlarni foyda
bilan qaytarish uchun sarflangan harajatlarni talab etadi va qoʻshimcha tarzda unga xizmat
qiladi. Biroq, bunday xulosaga kelish umumiy maʼnoda eʼtirof qilingan va oʻzaro
munosabatlarga kirishishda barcha odamlar uchun asosiy kapital hisoblangan taʼlim va tarbiya
harajatlarining barcha turlari iqtisodiy qiymat sifatida belgilanadi‖[4].

Iqtisodiy oʻsish omillari tizimida 1960 yilda iqtisodchilar T. Shuls va G. Bekker

tadqiqotlarida ―Inson kapitali‖ kategoriyasi jiddiy oʻrganilgan[5]. ―Inson kapitali‖ omili faqat
inson (taʼlim va kasbiy mahoratlar boʻyicha)ga sarflangan investitsiyalar majmui sifatida
tushunilib, uning natijasida sotsiumning ishlash qobiliyati oshdi. Yillar oʻtib, Ushbu
tushunchaga oid kategoriyalar shaxs va umuman jamiyatning xilma-xil ehtiyojlarini qondirish
uchun foydalaniladigan bilim, koʻnikma hamda malakalar majmui sifatida koʻrib chiqish
imkonini berdi‖[6. – C. 102–110.]. XXI asrga kelib, ―Inson kapital‖ining oʻrniga ―bilimlar
iqtisodiyoti asri‖ degan atama ahamiyat kasb eta boshladi. Mazkur iborani birinchi boʻlib
nemis olimi F. Mechlar 1962-yilda ―Bilimlar iqtisodiyoti‖ degan asarida qoʻllagan edi.
Bugungi kunga kelib, XXI asr iqtisodiyotini tavsiflashda Ushbu atamaga tez-tez murojaat
qilinib, yangi texnologiyalar asrida yangi bilimlarni shakllantirish, taqdim etish, foydalanish
(isteʼmol qilish) va takomillashtirishda alohida oʻrin tuta boshladi[7. – C.62–72.]. Inson
kapitali ishlab chiqarish poydevorining hal qiluvchi elementidir; ta'lim iqtisodiyot va jamiyat
uchun inson kapitalini rivojlantirish uchun mas'uldir. Ta'lim inson kompetentsiyalari, ijtimoiy
me'yorlar, odatlar va ishlab chiqarishni yaxshilash orqali jamiyatning hayot sifatini oshiradi.
Bu iqtisodiy-ijtimoiy farovonlikni oshirish uchun mamlakatning ta'limga sarmoyasidir.

Yangi ming yillikda bilimlar zamonaviy muhim jarayonlarni aks ettiruvchi atamalar

―globallashuv‖, ―axborotlashuv‖, ―tarmoqlar‖ va ―ekomuhitni yaxshilash va saqlab qolish‖da
namoyon boʻladi. Maʼlumki, XX asrning asosiy yutugʻi jismoniy mehnat ishtirokchilari
(konveyerlar, sanoatni avtomatlashtirish va b.) samaradorligini oshishi bilan ahamiyat kasb
etgan. Sotsiolog P.Drukkerning taʼkidlashicha, XXI asrning dominant egalari albatta,
―bilimli‖ va ―ilmli‖ kishilardir. Ularni mutaxassis sifatida yaxshiroq tayyorlash, har qanday
mamlakatning intellektual yutugʻi hisoblanadi. Bilimli mutaxassis boʻlish har qanday ishda
intellektual mehnatning yuqori unumdorligini taʼminlaydi. Mamlakatdagi intellektual
salohiyat davlatga investitsiyalar jalb etish imkoniyatini oshiradi va inson kapitalining
barqaror, uzoq muddatli oʻsishi uchun muhim omil sifatida xizmat qiladi [3. – C.268.].

Rivojlangan mamlakatlarda taʼlimning toʻlik sikliga investitsiya kiritishga, yaʼni, bola

3 yoshdan 22 yoshgacha boʻlgan davrda uning tarbiyasiga sarmoya sarflashga katta eʼtibor
beriladi. Chunki ana shu sarmoya jamiyatga 15-17 barobar miqdorda foyda keltiradi. Bizda
esa bu koʻrsatkich atigi 4 barobarni tashkil etadi [1. – B.224.]. Shu nuqtai nazardan taʼlimga
yoʻnaltirilgan investitsiyalar nafaqat mamlakatni rivojlantirishning muhim usuli, inson
kapitali va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy
siyosatdir. Buning natijasida inson kapitalini takomillashtirib moddiy fapovonlik va sogʻlom


background image

174

turmush tarziga erishiladi. Shuni taʼkidlash kepakki, inson kapitali har bir insonning
individual kapital shaklidir. Inson qobiliyatlari, bilimlari, koʻnikmalari va tajribasi har bir
yosh fuqaroning shaxsiy mulki hisoblanadi.

Toʻgʻri, taʼlim kerak, ammo u tanqidiy fikrlashni shakllantiradigan va inson kapitalini

rivjlantirishga qaratilgan boʻlishi shart. Oʻtgan davr mobaynida taʼlimda turli salbiy
streotiplar shakllanishi kuzatildi. Jamiyatda ijtimoiy mavqeni oshirish uchungina oliy
maʼlumotli boʻlish, qaysi soha boʻlishidan qatʼi nazar, oliy taʼlimni tanlash yoki yoshlarda
maktab taʼlimidan soʻng hayotiy pozitsiyalarini talaba boʻlish yoki talabalikka qarab
belgilashi kuzatildi. Taʼlim jarayonlarida esa ularga ushbu mahoratlar mexanik tarzda
oʻrgatildi. Masalan, siz shunchaki maʼruzalarni tinglaysiz, maʼlum bir detallarni yodlaysiz,
formulalarni qoʻllaysiz va taʼlim asosan, shundan iborat boʻlgan. Taqdim etilgan fikrni
shubha ostiga olish, ochiq bayon etish va asosiysi, mustaqil fikrlashga juda kam holatlarda
eʼtibor qapatildi.

Bugungi davr talabi va xorij tajribasida koʻrish mumkinki, intellektual madaniyatni

rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shaxs sifatida oʻz fikriga ega boʻlish va oʻz fikri
bilan boʻlisha olishgina zamonaviy ilm-fan hamda kasblarga egalik qilish mumkin. Koʻpgina
rivojlangan davlatlar, xususan, Yaponiya, Malayziya, Singapur va Janubiy Koreya kabi
mamlakatlarning rivojlanish japayonida taʼlim tizimi hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan.
Bugungi kundagi rivojlanish japayonlari bizning ham oldimizga ushbu davlatlar singapi
mehnat bozorida talab katta boʻlgan sohalar boʻyicha kadrlar tayyorlash masalasini
koʻndalang qoʻymoqda. Hozirgi davrda jahon bozorida shunday kasb va hunarlar vujudga
kelganki, ularning aksariyati universitet va kollejlarda emas, balki oddiy oʻquv markazlarida
uch yoki bir yilda emas, juda qisqa vaqt ichida tayyorlanmoqda. Bunga koʻplab misollar
keltirish mumkin[8. – B. 57.].

Inson kapitali nafaqat xalqaro darajada, balki mahalliy sharoit, shu jumladan, hududiy

xususiyatlarga koʻra ham taʼlim va amaliy faoliyat jarayonida inson tomonidan qoʻlga
kiritilgan bilim, koʻnikma hamda qobiliyatdir. U birinchi navbatda, kasbiy faoliyatni
muvaffaqiyatli bajarish va amalga oshirishga imkon beradi. Kapital taʼlim japayoni va ijodiy
faoliyatda shakllanadi hamda ijtimoiy ishlab chiqarishning maʼlum bir sohasida qoʻllaniladi.
Biz oliy taʼlim tizimini yangi sifat bosqichiga koʻtarish, oliy oʻquv yurtlari tizimini yanada
rivojlantipish, sohadagi mavjud muammolarni baptaraf etish, pirovardida ilm-fanning yirik
oʻchoqlariga aylantirishga alohida eʼtibor qaratamiz. Aholining oliy taʼlim bilan qampab
olinganlik darajasi muttasil oshirib boriladi[1. – B.230.]

Har qanday inson kapitalining sifat darajasi mamlakat miqyosida hududlarning

ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga bevosita taʼsir koʻpsatadi. Bunda biz (ekspertlar fikri ham) doimiy
taʼkidlab keladigan ―taʼlim faqatgina shaxsning kelajakdagi muvaffaqiyati emas, balki jamiyat
va qolavepsa millatning jamoaviylikga yoʻnaltirilgan kelajagiga sapmoya sifatida taʼsir
koʻrsatishini taʼkidlashimiz yangicha yondashuv boʻladi. Inson kapitali maʼlum bir chegara
qiymatidan oshib ketganda, jamoaviylikka innovatsion taʼsir ortadi. Oliy maʼlumotli
odamlarning yuqori foizga erishishi, bizning nazarimizda ―qadriyat va udumlarrga asoslangan
jamoaviylik‖ni ―innovatsion jamoaviylik‖ka yoki yaratuvchi xalq (millat)ga aylantirish
kafolatini beradi.

Yuqorida taʼkidlanganidek, har qanday inson kapitalining rivojlanganlik va

mukammalligi asosiy kopponent hissoblanadigan taʼlim sifatiga va davomiyligiga bevosita
bogʻliq. Zamonaviy oliy taʼlimga alohida urgʻu berilar ekan, endi diplomli mutaxassis emas,


background image

175

balki raqobatbardosh, malakali va irodasi mustahkam, yangicha davr ruhiga mos fazilatlar
(bosiqlik, vazminlik, diplomatiya, muloqot madaniyati, ijobiy xarakter va shu kabilar)ga ega
kadrlarga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Rivojlangan davlatlar va korporatsiyalarning qiyosiy
tahlili shuni koʻrsatadiki, universitetda olingan taʼlim pragmatik belgilarni ifodalovchi
darajaga qarab joylarda bandlik darajasining nafaqat miqdori, shu bilan birga sifatini ham
oshiradi.

Yangi Oʻzbekiston ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda barqarorlashib bormoqda, xomashyo

tovarlari bilan emas, balki jamiyatning uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy oʻsib borishi aholi
―inson kapitali‖ning rivojlanishiga bogʻliq. Axborotlashgan jamiyatda asosiy mehnat
predmeti axborot va bilimga muntazam investitsiyalar kiritib, ―Yangi Oʻzbekiston‖da inson
kapitalidan samarali foydalanish bilan dunyoning yetakchi davlatlari qatoridan munosib oʻrin
egallash, ―Aqllar koʻchishi‖ tahdidining oldini olish, faol fuqarolik pozitsiyasini moddiy-
maʼnaviy ragʻbatlantirish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadga muvofiq.

Foydalanilga adabiyotlar roʻyxati:

1.

Миpзиѐeв Ш.М. Янги Ўзбeкиcтон cтpaтeгияcи. -Тошкeнт: О‘zbekistоn, – 2021. –

Б.230.

2.

Ўзбeкиcтон Pecпубликacи Пpeзидeнти Шaвкaт Миpзиѐeвнинг Олий Мaжлиcгa

муpожaaтномacи // Хaлқ cўзи. 2020 йил 25 янвapь.

3.

Питep Ф. Дpукep. Эффeктивный упpaвляющий. – М.: BCI, 1994. – C. 268.

4.

Коpицкий A. В. Ввeдeниe в тeоpию чeловeчecкого кaпитaлa //

http://sibupk.nsk.su/New /04/ chairs / c_ ectheоry/ kapital/bооk1.htm

5.

Becker G. S. Human capital: A theoretical and empirical analysis, with special

reference to education. – University of Chicago press, 2009.// Becker G.S.Human capital and
the economy //Proceedings of the American philosophical society. – 1992. – Т. 136. – №. 1. –
С. 85-92.// Becker G. S. Nobel lecture: The economic way of looking at behavior //Journal of
political economy. – 1993. – Т. 101. – №. 3. – С. 385-409.// Schultz T. W. Capital formation
by education //Journal of political economy. – 1960. – Т. 68. – №. 6. – С. 571-583.// Schultz
T. W. Reflections on investment in man //Journal of political economy. – 1962. – Т. 70. – №.
5, Part 2. – С. 1-8. // Schultz T. W. Investment in poor people. – US Department of Labor,
Manpower Administration, 1967.

6.

Кaмeнcких E. A. Концeптуaлизaция фоpмиpовaния чeловeчecкого кaпитaлa в

cоциоэкономичecкой cиcтeмe peгионa // Нaучныe cообщeния. Экономикa и упpaвлeниe.
– 2010. – №5. – C. 102–110.

7.

Хaджaловa Х. М. Чeловeчecкий кaпитaл cовpeмeнной ceмьи // Кpeaтивнaя

экономикa. – 2014. – №11 (95). – C. 62–72.

8.

Cодиpжонов М. М. Инновaцион тapaққиѐт йўлидa инcон кaпитaлини

pивожлaниш жapaѐнлapини оптимaллaштиpиш имкониятлapи // Жaмият вa бошқapув. –
Тошкeнт, 2020. – №2 (88). – Б. 57.

9.

Содиржонов М. "Инсон капитали ривожи шахснинг онги, билими, ахлок-одоби,

дунѐкарашига боглик."."Янги Ўзбекистон‖ газетаси 10 (2022).




Библиографические ссылки

Миpзиѐeв Ш.М. Янги Ўзбeкиcтон cтpaтeгияcи. -Тошкeнт: О‘zbekistоn, – 2021. – Б.230.

Ўзбeкиcтон Pecпубликacи Пpeзидeнти Шaвкaт Миpзиѐeвнинг Олий Мaжлиcгa муpожaaтномacи // Хaлқ cўзи. 2020 йил 25 янвapь.

Питep Ф. Дpукep. Эффeктивный упpaвляющий. – М.: BCI, 1994. – C. 268.

Коpицкий A. В. Ввeдeниe в тeоpию чeловeчecкого кaпитaлa // http://sibupk.nsk.su/New /04/ chairs / c_ ectheоry/ kapital/bооk1.htm

Becker G. S. Human capital: A theoretical and empirical analysis, with special reference to education. – University of Chicago press, 2009.// Becker G.S.Human capital and the economy //Proceedings of the American philosophical society. – 1992. – Т. 136. – №. 1. – С. 85-92.// Becker G. S. Nobel lecture: The economic way of looking at behavior //Journal of political economy. – 1993. – Т. 101. – №. 3. – С. 385-409.// Schultz T. W. Capital formation by education //Journal of political economy. – 1960. – Т. 68. – №. 6. – С. 571-583.// Schultz T. W. Reflections on investment in man //Journal of political economy. – 1962. – Т. 70. – №. 5, Part 2. – С. 1-8. // Schultz T. W. Investment in poor people. – US Department of Labor, Manpower Administration, 1967.

Кaмeнcких E. A. Концeптуaлизaция фоpмиpовaния чeловeчecкого кaпитaлa в cоциоэкономичecкой cиcтeмe peгионa // Нaучныe cообщeния. Экономикa и упpaвлeниe. – 2010. – №5. – C. 102–110.

Хaджaловa Х. М. Чeловeчecкий кaпитaл cовpeмeнной ceмьи // Кpeaтивнaя экономикa. – 2014. – №11 (95). – C. 62–72.

Cодиpжонов М. М. Инновaцион тapaққиѐт йўлидa инcон кaпитaлини pивожлaниш жapaѐнлapини оптимaллaштиpиш имкониятлapи // Жaмият вa бошқapув. – Тошкeнт, 2020. – №2 (88). – Б. 57.

Содиржонов М. "Инсон капитали ривожи шахснинг онги, билими, ахлок-одоби, дунѐкарашига боглик."."Янги Ўзбекистон‖ газетаси 10 (2022).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов