Реформы по повышению правового статуса министерств как основного звена системы органов исполнительной власти

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
22-24
3
0
Поделиться
Турсынбаев, М. (2023). Реформы по повышению правового статуса министерств как основного звена системы органов исполнительной власти. in Library, 1(2), 22–24. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/24117
Мираддин Турсынбаев, Каракалпакский государственный университет имени Бердаха

Докторант Каракалпакского государственного университета имени Бердаха

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье в качестве основного звена системы органов исполнительной власти Республики Узбекистан и этой системы затронуты полномочия министерств в сфере государственного управления, а также осуществленные в последние годы реформы в этой сфере.

Похожие статьи


background image

SIYOSATSHUNOSLIK, HUQUQ VA XALQARO MUNOSABATLAR JURNALI

http://t.me/ScienceBox_official

22

JILD:02 NASHR:07 2023 yil


IJRO HOKIMIYATI ORGANLARI TIZIMINING ASOSIY BO‘G‘INI

SIFATIDA VAZIRLIKLARNING HUQUQIY MAQOMINI

OSHIRISH BO‘YICHA ISLOHATLAR

Miraddin Tursinbaev

Qoraqalpoq davlat universiteti doktoranti, motursinbaev@gmail.com


Annotatsiya:

Mazkur maqolada O„zbekiston Respublikasi ijro hokimiyati organlari tizimiga

hamda mana shu tizimning asosiy bo„g„ini sifatida vazirliklarning davlat boshqaruvi sohasidagi
vakolatlari, davlat boshqaruvi va mana shu sohadagi oxirgi yillarda amalga oshirilgan islohatlarga
to„xtalib o„tilgan.

Kalit so‘zlar:

davlat hokimiyati tizimi, davlat organlari, vazirlik, davlat boshqaruvi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo
etish, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan bozor iqtisodiyotini
rivojlantirish, xalqning tinch va farovon hayoti uchun shart-sharoitlar yaratish, O„zbekistonning
xalqaro maydonda munosib o„rin egallashiga yo„naltirilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi
[1].

O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va uning asosida qabul qilingan qonunlar jamiyat va davlat
faoliyatining barcha sohalarini isloh qilish uchun mustahkam huquqiy asos yaratdi. Yangi tahrirdagi
O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-modasiga ko„ra: “O„zbekiston Respublikasi davlat
hokimiyatining tizimi – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo„linishi
prinsipiga asoslanadi.” [2]. Mana shu hokimiyatlar ichida ijroi hokimiyati alohida o‟ringa ega.
Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq davlat boshqaruv institutlarini modernizatsiya qilishga
qaratilgan chora-tadbirlar kompleksida ijro etuvchi hokimiyat organlari asosiy muammolardan biri
hisoblanganligini ko„rishimiz mumkin. Ular faoliyatining tashkiliy darajasi va sifati samarali faoliyat
yuritayotgan davlatlarning boshqaruv tizimining qay darajada to„g„riligini ham belgilab bermoqda. Ijro
etuvchi hokimiyat organlari doimiy ravishda jamiyatning diqqat-e‟tiborida bo„lib, davlat boshqaruvini
isloh qilish bo„yicha eng muhim va eng murakkab vazifalarni amaliy amalga oshirishda asosiy yuk
aynan ularning zimmasiga yuklanadi. Ijro etuvchi hokimiyat organlari uchun hozirgi davrning o„ziga
xosligi shundaki, oldindan isloh qilishga harakat qilib kelingan hamda hozirgi vaqtda unga ehtiyoj
mavjud. O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganidan beri mamlakatda ma‟muriy
islohotlarni boshlash uchun ko„plab urinishlar bo„ldi [3, B. 51-54].

So„nggi yillarda Yangi O„zbekistonni barpo etishning muhim sharti hisoblangan samarali faoliyat
yurituvchi boshqaruv tizimini shakllantirish bo„yicha keng ko„lamli ma‟muriy islohotlar amalga
oshirildi.

Jumladan, davlat organlarining sohaga oid bo„lmagan vazifalarini qisqartirish va faoliyatiga raqamli
texnologiyalarni keng joriy etish orqali ularning tuzilmasi o„rtacha 15 foizga maqbullashtirildi,
shuningdek, 26 ta davlat organlari va tashkilotlarida 40 ta rahbar o„rinbosarlari lavozimlari
qisqartirildi.

Davlat organlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish hisobidan byurokratik
to„siqlarni qisqartirish va aholiga davlat xizmatlarini ko„rsatish tizimini yaxshilash maqsadida 30 ga


background image

SIYOSATSHUNOSLIK, HUQUQ VA XALQARO MUNOSABATLAR JURNALI

http://t.me/ScienceBox_official

23

yaqin turdagi litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi, 70 dan ziyod davlat xizmatlari soddalashtirildi,
davlat tashkilotlari tomonidan 60 dan ortiq hujjatlarni talab qilish bekor qilindi.

“Elektron hukumat” tizimining foydalanuvchilari soni 4 milliondan oshib, u orqali davlat idoralarining
130 dan ortiq axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlari yaratildi. Yagona interaktiv davlat
xizmatlari portalida qariyb 350 turdagi xizmatlar onlayn shaklda ko„rsatilishi yo„lga qo„yildi.
O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganidan beri mamlakatda ma‟muriy islohotlarni
boshlash uchun ko„plab urinishlar bo„ldi. Islohot davlat hokimiyatini amalga oshirishning butun
tizimiga, birinchi navbatda, ijro hokimiyati tizimiga qaratilgan bo„lishi kerak edi. Biroq, tan olish
kerakki, bu urinishlar, asosan, ba‟zilarini tugatish, ularning o„rnida boshqa ijro hokimiyat organlarini
shakllantirish, turli vazirlik va idoralarning iyeyarxik bo„ysunishini o„zgartirish bilan cheklandi.
Yangi O„zbekiston sharoitida zamonaviy talablarga javob beradigan ixcham davlat boshqaruvi tizimini
shakllantirish, qaror qabul qilish va masalani ko„rib chiqish jarayonlarini soddalashtirish orqali davlat
organlari rahbarlarining mas‟uliyatini oshirish hamda ular faoliyatini natijadorlikka yo„naltirish,
shuningdek, Yangi O„zbekiston ma‟muriy islohotlari dasturi ijrosini ta‟minlash maqsadida 2023-yil 1-
yanvardan boshlab O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (keyingi o„rinlarda – Vazirlar
Mahkamasi / Hukumat) a‟zosi bo„lgan ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining Vazirlar
Mahkamasining tarkibiy tuzilmalaridan mustaqil ravishda Bosh vazir bilan to„g„ridan to„g„ri ishlashi
tizimi joriy etildi [4]. Bu yilgi Murojaatnomada ham Prezidentimiz yil davomida amalga oshirilgan
ishlar sarhisobi bilan birgalikda, 2023-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan maqsad va
vazifalarga ham to„xtalib o„tdi. Aytib o„tilgan, maqsad va vazifalar hamda 2023-yilga “Insonga e‟tibor
va sifatli ta‟lim” yili deb nomlananishi, kelgusi yilda ham inson qadri ulug„ bo„lgan diyor – Yangi
O„zbekistonni barpo etish ustuvor maqsad bo„lib qolishini ko„rsatmoqda.
Xususan, Murojaatnomada aytib o„tilgan ma‟muriy islohotlarning izchil davom ettirilishi, vazirliklar
isloh qilinib, Hukumat ish uslubi ham tubdan o„zgartirilishiga alohida to„xtalib o„tmoqchiman. Bu
jarayonda, eng avvalo, vazirlik va idoralar soni hozirgi 61 tadan 28 taga kamaytirilishi ma‟lum qilindi.
Tan olib aytish kerak, haqiqatdan bugun ayrim yo„nalishlarda bir birining vazifa va funksiyalarini
takrorlovchi, ijobiy natijaga kelganda o„z ishi samarasi ekanligini aytib maqtansada, bevosita fuqarolar
hayotiga daxldor muammolarni hal etishda ushbu vazifalarni o„zidan soqid qiladigan idoralar ham
yo„q emas.

Bunday holat esa, boshqaruvning markazlashuvi natijasida, fuqarolarga o„z muammolarini hal etishda
sarsongarchilik tug„dirish bilan bir qatorda, davlat budjetidan ortiqcha mablag„larning sarf bo„lishiga,
tizim faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiladigan qonun va qarorlarning o„z vaqtida ijro
etilmasligiga olib kelmoqda.

Shu bois, Murojaatnomada davlatimiz rahbari endilikda har bir vazirlik tegishli sohada davlat
siyosatini amalga oshirishga mas‟ul bo„lib, tarmoq tarkibidagi qo„mita, agentlik va inspeksiyalarga
rahbarlik qilishini aytib o„tdi.

Shu bilan, birga amalda faoliyat ko„rsatib kelayotgan vazirlik rahbarlarining o„z lavozimiga loyiqlik
masalasi ham qayta ko„rib chiqiladi. Ko„p vazirlar o„zgaradi. Bunday o„zgarish bevosida biz parlament
a‟zolariga katta mas‟uliyat yuklaydi. Sababi, so„nggi yillarda amalga oshirilgan ma‟muriy islohotlar
sabab, har bir hukumat a‟zosini lavozimiga tayinlash va lavozimiga loyiq yoki loyiq emasligini ko„rib
chiqish vakolati Oliy Majlis Qonunchilik palatasi zimmasiga o„tkazib berilgan.
Shu bois, endi Hukumat a‟zolarini lavozimiga tayinlash masalasini ko„rib chiqishda nomzodning o„z
sohasining chuqur bilimdoni, fidoyi va faoliyati orqali xalqni rozi qila olish qobiliyatiga alohida e‟tibor
qaratishimiz zarur.

Yana bir ijobiy o„zgarish davlat xizmatchilari soni bosqichma-bosqich 30-35 foizga qisqartirilib,
iqtisod qilinadigan mablag„lar ijtimoiy masalalarga yo„naltirilishidir. Bu mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning yanada yuksalishiga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, har bir vazirning siyosiy maqomi, Prezident, parlament va jamoatchilik oldidagi
mas‟uliyati oshiriladi. Bunga mos ravishda javobgarligi ham kuchaytiriladi. Ularga aholi


background image

SIYOSATSHUNOSLIK, HUQUQ VA XALQARO MUNOSABATLAR JURNALI

http://t.me/ScienceBox_official

24

muammolarini hal qilish uchun yetarli vakolat va mablag„ ajratib beriladi. Yakunda esa, vazirliklar
faoliyatida ochiqlik, qonuniylik, natijadorlik va sifat asosiy mezon bo„ladi [5].

ADABIYOTLAR:

1.

O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.05.2018-yildagi “Inson huquqlari umumjahon
deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligiga bag„ishlangan tadbirlar dasturi to„g„risida” PF-5434-
son Farmoni // URL: https://lex.uz/ru/docs/-5400414

2.

O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: [Mazkur yangi tahrirdagi O„zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni o„tkazilgan O„zbekiston Respublikasi referendumida
umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan]. – Tekst: elektron // O„zbekiston Respublikasi
qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi. – URL: https://lex.uz/docs/6445145.

3.

Qudratillayev Jaxongir, & Zokirjon O„G„Li (2022). Mahalliy ijro hokimiyat organlari boshqaruv
tizimini isloh etish masalalari. Ta‟lim fidoyilari, 13-09-1 , 51-54.

4.

O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O„zbekiston ma‟muriy islohotlarini amalga
oshirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi Farmoni, 21.12.2022 // URL: https://lex.uz/uz/docs/-
6324756

5.

Вазирликлар фаолиятини баҳолашда очиқлик, қонунийлик, натижадорлик ва сифат асосий
мезон бўлади // www.parliament.gov.uz. URL: https://parliament.gov.uz/oz/articles/1340

Библиографические ссылки

O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.05.2018-yildagi “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligiga bag„ishlangan tadbirlar dasturi to„g„risida” PF-5434-son Farmoni // URL: https://lex.uz/ru/docs/-5400414

O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: [Mazkur yangi tahrirdagi O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni o„tkazilgan O„zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan]. – Tekst: elektron // O„zbekiston Respublikasi qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi. – URL: https://lex.uz/docs/6445145.

Qudratillayev Jaxongir, & Zokirjon O„G„Li (2022). Mahalliy ijro hokimiyat organlari boshqaruv tizimini isloh etish masalalari. Ta‟lim fidoyilari, 13-09-1 , 51-54.

O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O„zbekiston ma‟muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi Farmoni, 21.12.2022 // URL: https://lex.uz/uz/docs/-6324756

Вазирликлар фаолиятини баҳолашда очиқлик, қонунийлик, натижадорлик ва сифат асосий мезон бўлади // www.parliament.gov.uz. URL: https://parliament.gov.uz/oz/articles/1340

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов