Значимость использования научно-критических методов при изучении религиозных источников в библеистике

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
459-471
0
0
Поделиться
Егамберганов, Б., & Рахимов, Ё. (2024). Значимость использования научно-критических методов при изучении религиозных источников в библеистике. in Library, 1(1), 459–471. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/28974
Бобурбек Егамберганов, Международная исламская академия Узбекистана
Студент 4-курса направлении «Религиоведение»
Ёсинбек Рахимов, Международная исламская академия Узбекистана
Студент 4-курса направлении «Религиоведение»
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье рассматриваются теоретико методологические основы критики библейских текстов, которая является одним из направлений современной библеистики (или исагогики). В частности, упоминаются его текстологический, историко-литературный, источниковедческий, традиционный и редакционный подходы. Такой подход и теоретические основы помогают выявить времена создания и распространения религиозных источников. 

Похожие статьи


background image

Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 3 | SPECIAL ISSUE 4 | 2024

https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal February, 2024

459

BIBLEISTIKADA DINIY MANBALARNI O‘RGANISHDA ILMIY-

TANQIDIY METODLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Egamberganov Boburbek Atabek o‘g‘li

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

“Dinshunoslik” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi

Email:

boburbek.dinshunoslikfaoliyati@gmail.com

Rahimov Yosinbek O‘tkir o‘g‘li

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

“Dinshunoslik” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi

Annotatsiya:

Maqolada

zamonaviy

bibleistika

(yoki

isagogika)ning

yo‘nalishidan biri bo‘lgan – Bibliya matnlari tanqidining nazariy va metodologik
asoslari ko‘rib chiqilgan. Jumladan uning, tekstologik, tarixiy, adabiy, manbaviy,
an’anaviy va tahririy tanqid yondashuvlari keltirib o‘tilgan. Bunday yondashuv va
nazariy asoslar bilan diniy manbaning yaratilish va tarqalish vaqtlarini identifikatsiya
qilishga yordam beradi.

Kalit so‘zlar: Bibliyaning tanqidi, Bibliya, diniy manba, bibleistika,

tekstologiya, tahrir.

ЗНАЧИМОСТЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ НАУЧНО-КРИТИЧЕСКИХ

МЕТОДОВ ПРИ ИЗУЧЕНИИ РЕЛИГИОЗНЫХ ИСТОЧНИКОВ В

БИБЛЕИСТИКЕ

Эгамберганов Бобурбек Атабек угли

Студент 4-курса направлении «Религиоведение»

Международной исламской академии Узбекистана

Рахимов Ёсинбек Уткир угли

Студент 4-курса направлении «Религиоведение»

Международной исламской академии Узбекистана

Аннотация: В статье рассматриваются теоретико-методологические

основы критики библейских текстов, которая является одним из направлений
современной библеистики (или исагогики). В частности, упоминаются его


background image

Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 3 | SPECIAL ISSUE 4 | 2024

https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal February, 2024

460

текстологический,

историко-литературный,

источниковедческий,

традиционный и редакционный подходы. Такой подход и теоретические основы
помогают выявить времена создания и распространения религиозных
источников.

Ключевые слова: Критика Библии, Библия, религиозные источники,

библеистика, текстология, редактирование.

THE IMPORTANCE OF USING SCIENTIFIC-CRITICAL METHODS IN

THE STUDY OF RELIGIOUS SOURCES IN BIBLIOGRAPHY

Egamberganov Boburbek Atabek ugli

4th-level student of the International Islamic

Academy of Uzbekistan, majoring in "Religion".

Rahimov Yosinbek Otkir ugli

4th-level student of the International Islamic

Academy of Uzbekistan, majoring in "Religion".

Abstract: The article examines the theoretical and methodological foundations

of criticism of biblical texts, which is one of the directions of modern biblical studies
(or isagogy). In particular, his textological, historical, literary, source, traditional and
editorial criticism approaches are mentioned. With such an approach and theoretical
foundations, it helps to identify the times of creation and spread of religious sources.

Key words: Criticism of the Bible, Bible, religious source, biblical studies,

textology, editing.

Kirish.

Hozirgi kunda diniy manbalarni o‘rganish doirasida dinshunoslik yo‘nalishining

ichiga kiruvchi bir qancha ilmiy tarmoqlar mavjud bo‘lib, mavzuga kirishmasdan oldin
shular haqida to‘xtalib o‘tish o‘rinli bo‘ladi.

Bibleistika – xristianlikdagi muqaddas matnlar (xususan, Bibliya va uning

tarkibiga kiruvchi kitoblar)ni va ularning turli talqinlarini o‘rganuvchi fan tarmog‘i
hisoblanib, XVIII asrdagi ilk bibleist Iogan Bengel tomonidan (Yangi Ahd
tekstologiyasi tarmog‘i bilan birga) asos solingan. XIX asrda makzur soha Yevropa
mamlakatlarida keng tarqalib A.A.Olesnitskiy, G.P.Pavskiy, V.P.Ribinskiy,
I.G.Troitskiy, N.N.Glubokovskiy, M.S.Palmov, F.G.Eleonskiy, A.P.Lopuxin,
P.I.Kazanskiy kabi mashxur bibleist olimlar yetishib chiqqan [1].


background image

Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 3 | SPECIAL ISSUE 4 | 2024

https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal February, 2024

461

Isagogika

– XVI asrning yarmida yuzaga kelgan bibleistikaning ichida

rivojlangan ilmiy tarmoqlardan biri bo‘lib, Bibliya matnlarining tarixiy va xronologik
ildizlari, xususan, uning tarqalishi, rivojlanishi va nusxalari keng o‘rganiladi. Aynan
shu isagogika sohasining ichiga Bibliyaning tanqidi kabi alohida yo‘nalish ham kiradi
[2].

Bibliyaning tanqidi

– Bibliyaning yozilish vaqti va muallif (yoki muharrir)ini

aniqlash, uning asl matnlarini keyin qo‘shilganlaridan ajratib olish va falsifikatsiya
(ya’ni, tarkibi keyinchalik o‘zgartirilgan joylari)ni aniqlashga qaratilgan ratsional
metodlar yig‘indisidan iborat bo‘lgan fan tarmog‘i hisoblanadi [3][4]. Uning ichida
adabiy, tekstologik, tarixiy, teologik va manbaviy tanqid metodlari mavjud [5].

Bibleistik tekstologiya

– bu fan tarmog‘i asosan matnning ko‘rinishi, uning

talqinlari, turli xil yondashuvlari, unga berilgan izohlar va matnning asliy holatini
o‘rganish vazifalarini o‘z ichiga olgan bo‘ladi [6:3].

Muqaddas diniy manbalardan hisoblanadigan – Bibliyaning ichidagi

kitoblarning hozirgi kunimizgacha asl nusxasi yetib kelmagani barchaga ma’lum.
Ammo, shunday bo‘lsada cherkov vakillari va xristian olimlari tomonidan yuqoridagi
manbalarning ba’zi ko‘rinishlari (papirus yoki pergamentga yozilgan parchalari,
arxeologik qazishma ishlaridan topib olingan artefaktlardagi yozuvlari) saqlanib
qolgan, xolos. Xristianlik dinining rivojlanishi va cherkovlarning targ‘ibot ishlari
davomida dunyoda Bibliya matnlarining bir qancha tarjima va tahririy ko‘rinishlari
yoyilib borgan. Ulardan hozirgi kunimizgacha bemalol foydalaniladi. Xususan, g‘arb
mamlakatlari o‘zining maxsus tarjima ko‘rinishlaridan, sharq mamlakatlari ham o‘zi
tanlagan tarjima ko‘rinishidan foydalanadi. Ya’ni, bular faqat tarjima va tahrir ostidagi
ko‘rinishlar bo‘lib aslidan yiroqlashgan hisoblanadi. Chunki, bilamizki, manba
qachonki o‘zining tili va tekstologik holati buzilmagandagina aslligi tan olinadi.
Tarjima va tahrir esa, buning boshqacha ko‘rinishi bo‘lib, unda boshqa tilga o‘girilgan,
sharh yoki izohlar qo‘shilgan, ba’zi joylari lingvistik yoki diniy tahrirga uchragan
bo‘ladi.

XV-XVI asrdagi renessansda ilk bosma ishlari vujudga kelib, turli kitoblar va

manbalar bosmadan chiqarila boshlaydi. Shunda Bibliyaning bosma ishlarida unda
judayam ko‘plab falsifikatsiya, tekstologik tahrir va talqinlar uchragani uchun bir
qancha muammolarga duch kelinadi. Keyinchalik, xristian cherkovi vakili ierey

(xristianlik cherkovidagi katta rutbadagi)

A.Andreevning fikriga ko‘ra «ilmiy

bibleistikaning kuchli va manfaatli tarmoqlaridan bo‘lmish tekstologiya tarmog‘i
vujudga keladi» [1:75:212-223][7-34:36]. Albatta, bu ham o‘sha Bibliya matnlaridagi
so‘z va birikmalarni aniqlash, noaniq so‘z shakllariga esa munosib istilohlarni qo‘llash
(yoki yana qo‘shimchalar kiritish) uchun fanga kirib keladi.


background image

Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 3 | SPECIAL ISSUE 4 | 2024

https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal February, 2024

462

Adabiyotlar tahlili va metodologiya.

Ushbu fan tarmog‘i yuqorida keltirilganidek XV-XVII asrlar oralig‘ida vujudga

keladi. Reformatsiyalar davrida xristianlikning bir qancha oqimlari (sektalar) va
yo‘nalishlari ham rivojlanib boradi. Ayni damda xristianlik diniy manbalarini
o‘rganishda ham ob’ektivlikni saqlagan holda o‘rganish metodlari amaliyotga tatbiq
etila boshlaydi. Avvalda e’tiqod vakillari Bibliyani «ilohiy»lashtirib, unga teologik
nuqtai-nazardan qaragan bo‘lsalar, keyinchalik gumanitar fan olimlari va
faylasuflarning Bibliyaning yozilishiga oid olib chiqqan tanqidiy nazariyalaridan so‘ng
kishilarda manbaga nisbatan ob’ektiv qarash kuchayib ketadi. Albatta, undan oldin
ham Bibliyaga nisbatan tanqidiy nazariyalar mavjud bo‘lgan (xususan, XVI asrda
yashab o‘tgan nemis ilohiyotchisi A.Karlshtad, Eski Ahddagi Musoning besh kitobi
(Tavrot)ning Muso payg‘ambar tomonidan yozilmaganini ta’kidlagan). Ammo, oradan
vaqtlar o‘tib bu kabi tanqidiy ruhdagi yondashuvlar kuchayib boradi.

Bibliyani ob’ektiv yondashuv asosida o‘rgangan fan olimlari unda ko‘plab

tekstologik va tarixiy xatolar mavjudligini e’tirof etganlar. Ammo, bu doimo xristian
cherkovi ruhoniylari va ilohiyotchilari tomonidan rad etilib kelingan (buning sababi
ularning teologik nuqtai-nazardan yondashib, e’tiqodga ko‘proq yon bosganliklari
sababidan bo‘lishi ham mumkin).

Ilk bor Bibliyani ratsional va ob’ektiv yondashuv asosida o‘rganishni yoqlab

chiqqan XVII asrlik ingliz faylasufi

Tomas Gobbs

(1588-1679) bo‘lib, u 1951-yilda

«Leviafan» kitobini nashr ettiradi. Mazkur kitobda muallif, alohida bir bobni «Xristian
davlati haqida» mavzusiga ajratib, unda «Muqaddas kitoblar (xususan, Bibliya)ning
aniq kim tomonidan yozilgani noma’lum» ekanini keltirib o‘tganini ko‘rishimiz
mumkin.

Bundan tashqari olim T.Gobbs o‘zining kitoblarida, Eski Ahd tarkibidagi

Musoning besh kitobi sifatida keltiriladigan Tavrotning muallifligi qanchalik ko‘p
Muso payg‘ambarga nisbat berilmasin buning noto‘g‘ri ekanini ta’kidlaydi. Bunga
dalil sifatida u Tavrotning beshinchi kitobidagi quyidagi matnlarni keltiradi:

«Muso

vafot etganda 120 yoshda edi. Lekin ko‘zlarining nuri hali so‘nmagan edi, g‘ayrati
yo‘qolmagan edi. Isroil xalqi Mo‘ab tekisligida Muso uchun o‘ttiz kun aza tutdi. Muso
uchun aza kunlari tamom bo‘ldi»

(Qonunlar 34:7-8) [7:271]. Ya’ni, agar kitobni

Musoning o‘zi yozgan bo‘lganda, uni III shaxs nomi bilan yozmasdi, deb sharhlaydi.
Yuqoridagi matnda esa aynan voqeani chetdan kuzatib turgan yoki kimlardandir
eshitgan, bilgan III shaxs tomonidan yozilganini ko‘rishimiz mumkin. Shuning uchun
ham ko‘plab xristian ruhoniylari Tavrotning ushbu besh kitobi («Ibtido», «Chiqish»,
«Levilar», «Sahroda» va «Qonunlar»)ni Muso payg‘ambarga nisbat bersalarda,
T.Gobbs bu kitoblarni aslida u yozmaganini ta’kidlaydi.


background image

Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 3 | SPECIAL ISSUE 4 | 2024

https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal February, 2024

463

T.Gobbs nafaqat ushbu Musoning besh kitobi, balki undan tashqari Eski Ahd

tarkibiga kiruvchi «Yo‘shua», «Hakamlar», «Rut», to‘rtta «Shohlar» kitoblari, «Ezra»,
«Nahimiyo», «Ester», «Ayyub payg‘ambar», «Zabur», «Sulaymon payg‘ambarning
hikmatlari», «Voiz» va «Sulaymon payg‘ambarning go‘zal qo‘shig‘i» kabi
kitoblarning ham muallifi aslida noaniqligini keltiradi. Jumladan, «Shohlar» kitoblari
yahudiylar Bobil surgunidan qaytganlaridan so‘ng yozilib-jamlangan.

«Ayyub payg‘ambar»ning kitobiga keladigan bo‘lsak, aslida Ayyub – tarixiy

shaxs bo‘lib, kitobda esa uning tarixiyligi emas, balki shunchaki oddiy rivoyat tarzida
keltirilgan (ya’ni tarixiylikdan yiroq bo‘lgan nazariy va ilohiy ma’lumotlar bilan
cheklanilgan, xolos).

Umumiy olib qaraganda olim T.Gobbs Eski Ahd tarkibiga kiruvchi barcha

kitoblarning muallifi mavhum ekanligini ta’kidlab, ularni aniqlashning ilojisi
yo‘qligini aytadi. Xususan, hozirgi kunimizdagi Eski Ahd tarkibidagi kitoblarning
barchasi yahudiylar Bobil surgunidan qaytganlaridan so‘ng ruhoniy

Ezra

tomonidan

jamlangan. Shuning uchun ham, mazkur kitoblarni ilk bor kanonlashtirgan kishilar
ham cherkov sifatida ruhoniy

Ezra

va

Nahimiyo

bo‘lgan. Olim shuning uchun ham

bunga nisbatan

«Muqaddas kitoblarni ularning mualliflari emas, balki, cherkovning

o‘zi kanonlashtiradi»,

deb keltiradi [8:172-173].

Bibliya kitoblariga tanqidiy ruhda yondashgan yana bir materialist olim

gollandiyalik

Benedkit Spinoza

(1632-1677) bo‘lib, E.V.Misetskiyning so‘ziga ko‘ra

B.Spinozaning «Богословско-политический трактат» («Ilohiy-siyosiy risola»)si
hozirgi kundagi Bibliyaning tanqidi va germenevtikasi tarmoqlarining asosi bo‘lib
hizmat qilgan [9:63]. B.Spinoza manbalarni asosan tarixiy nuqtai-nazardan tanqid
qilgan bo‘lib, ushbu matnlarning qachon va qanday jamlangan, o‘sha davrdagi diniy
muhitning aslida qanday bo‘lganini bilish ishtiyoqi bilan qaragan. Shuningdek, olim
Bibliyaga ilohiylik sifatini bermay, balki, ilmiy metodologik tahlil usullari bilan
yondashish kerakligini yoqlagan. Shuning uchun bo‘lsa kerak, u Bibliyaga nisbatan,
«ilohiy» shaxslar tomonidan bitilgan kitob emas, balki oddiy tarixiy manba sifatida
qaragan. U o‘zining «Богословско-политический трактат» («Ilohiy-siyosiy
risola»)sini yahudiylar aslida o‘zlariga berilgan diniy manbalarni saqlab qola olmay,
o‘zlaridan keyingilarga yetkaza olmaganlarini tanqid ostiga olishdan boshlaydi.
Shuning uchun undagi tarixiy xronologik tartiblar ham buzilgan bo‘lib aksariyati
tushirib qoldirilgan yoki umuman yetib kelmagan, deb keltiriladi. Shu bilan birga olim
quyidagilarni ham ta’kidlaydi:

- Muqaddas kitobda hech qanday oliy g‘oya va ilohiylik yo‘q bo‘lib, unda

shunchaki yahudiylarning rivojlanish tarixi keltirilgan;

- Muso payg‘ambar – tarixiy shaxs, ammo, Tavrotning beshta kitobining muallifi

Muso payg‘ambar hisoblanmaydi;


background image

Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 3 | SPECIAL ISSUE 4 | 2024

https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal February, 2024

464

- Tavrotning beshta kitobining ham jamlovchisi aslida Ezra hisoblanadi;
- Muso payg‘ambar faqatgina Xudodan berilgan amr va ahdlarni yozgan bo‘lib,

u keyinchalik Eski Ahd kitoblari tarkibining turli joylariga yozilgan, ammo, aynan
qaysi birida uning muallifligi saqlanib qolingani noma’lum;

- «Yo‘shua» kitobining asl muallifi ham aslida Yo‘shua ben Nun emas, balki

Ezra hisoblanadi;

- Muqaddas kitobda ko‘plab noaniqliklar va bir masalaga turlicha yondashuvlar

keltirilgan

[10:22-30].

Bibliyaga tanqidiy ruhda yondashgan yana bir bibleist XVII asrdagi fransuz

ma’rifatparvari, yozuvchi va publitsist

Pyer Beyl

(1647-1709) bo‘lgan. Uning fikricha,

ilm va din hech qachon bir taraflama bo‘lolmaydi. Uning tanqidiy yondashuvlari
asosan skeptik ko‘rinishda bo‘lib, R.Dekart va M.Montenning falsafasiga qaratilgandi.
Shuning uchun bo‘lsa kerak, uning ilmiy merosi va asarlari orqali XVIII asrda Fransiya
yerlariga materializm va ateizm g‘oyalari kirib boradi.

Shu bilan birga XVIII asrda yashagan nemis protestant ilohiyotchisi va tarixchi

Iogan Solomon Zemler

(1725-1791) ham o‘zining Bibliya haqidagi tanqidiy ilmiy

izlanishlari bilan mazkur sohaning keng yoyilishiga olib kelgan. Olim Bibliyaning
germenevtik va tekstologik tahlil-metodlarini ishlab chiqadi va fanga kiritadi. U
o‘zining «Либеральная интерпретация Нового Завета» («Yangi Ahdning liberal
talqini») asarida, Bibliyadagi allegoriya (aforizmik ko‘rinishlar, masal, bo‘rttirish va
h.k.)larni qat’iy rad etgan va uni o‘rganishda tarixiy, topologik va anagogik
yondashuvlar kuchsiz ekanligini keltirib o‘tgan.

I.S.Zemler tomonidan yozilgan «Трактат о свободном исследовании канона»

(«Qonunlarni erkin tadqiq etish haqida risola»)sida Bibliya matnlarini
ilohiylashtirmay, uni faqatgina tarixiy yondashuv asosida o‘rganish g‘oyasini
yoqlaganini ham ko‘rishimiz mumkin [11].

I.S.Zemlerning qarashiga ko‘ra:

- Eski Ahd tarkibidagi ko‘plab kitoblar, xususan, «Sulaymon payg‘ambarning

go‘zal qo‘shig‘i», «Rut», «Ezra», «Nahimiyo», «Ester» kitoblari ilohiy emas;

- «Zabur» kitobida Iso Masihning dunyoga kelishiga doir bashorat

keltirilmagan (ba’zi xristian vakillari unda bashorat kelganini iddao qilishgan);

- Yangi Ahd tarkibidagi «Ibroniylarga maktub», «Butrusning birinchi maktubi»,

«Yuhannoga ayon qilingan vahiy» kitoblarning muallifi mutlaqo noma’lum ekanligini
keltirgan.


background image

Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 3 | SPECIAL ISSUE 4 | 2024

https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal February, 2024

465

1774-yilda olim G.E.Lessing

G.S.Reymarus

(1694-1768)ning «Volfenbyuttel

parchalari»ni bosma nashrlarda e’lon qiladi. Mazkur parchalarda G.S.Reymarusning
ilohiyot fanlari doirasidagi izlanishlari va falsafiy g‘oyalari, jumladan, xristianlik
ta’limotiga oid bir qancha tanqidiy yondashuvlari keltirilgandi. Masalan:

- Iso Masih ta’limotining asliy (avvalda kelgan holicha) ko‘rinishi yetib

kelmagan;

- Yangi Ahd tarkibidagi Injillarda ko‘plab ziddiyatlar mavjudligi va h.k.

Bibliyaning tanqidi tarmog‘i bo‘yicha XVIII-XIX asrda faoliyat olib borgan

olimlar qatorida

D.V.Vilgelm, F.K.Baur, D.F.Shtraus, V.P.Ribinskiy, Yu.Velgauzen,

K.Laxman, B.Jout, B.Uestkott, D.Laytfut

va

E.Xarte

kabi mashxur bibleistlarning ilmiy

merosi katta o‘rin tutadi.

Bibliyaning tekstologik tadqiqotlariga keladigan bo‘lsak, u milodiy II asrlarda

ilohiyotchi Iskandariyalik Origen (Ориген Александрийский) tomonidan ilk bor Eski
Ahdni sharxlash maqsadida yozilgan «Geksapl» yozmalari asosida vujudga kelgan.

Muhokama.

Bibliyaga ilmiy-tanqidiy yondashuvda

«Yuhanno qo‘shimchasi»

ham alohida

tilga olinuvchi mavzulardan biri hisoblanadi.

Yuhanno qo‘shimchasi (lotin tilida

«comma Johanneum»

) – diniy manbalarni

tadqiq etish, dinshunoslik, isagogika va bibleistika sohalarida doimiy ko‘tarilib
kelinadigan dolzarb masalalardan biri bo‘lib, Bibliya tarkibidagi Yangi Ahdning
«Yuhannoning birinchi maktubi» kitobi 5-bob 7-8 matnlarga qaratilgan. Unga ko‘ra,
keltirilgan

«Osmonda bunga uchta guvoh bor: Ota, Kalom va Muqaddas Ruh. Bu

uchovi bir. Yerda ham bunga uchta guvoh bor: Ruh, suv va qon»

(1 Yuhanno 5:7-8)

matni asl manbada uchramaydi va keyinchalik interpolatsiya

(“o‘zgartirish kiritish”)

sifatida qo‘shilgan deyiladi.

Matnning asl yunon tilidagisi quyidagicha keltirilgan:

«ἐν τῷ οὐρανῷ, ὁ Πατὴρ, ὁ Λόγος καὶ τὸ ἅγιον Πνεῦμα, καὶ οὗτοι οἱ τρεῖς ἕν εἰσιν.

καὶ τρεῖς εἰσιν οἱ μαρτυροῦντες ἕν τῇ γῇ, τὸ πνεῦμα καὶ τὸ ὕδωρ καὶ τὸ αἷμα καὶ οἱ τρεῖς
εἰς τὸ ἐν εἰσὶν»

Eng qiziq tarafi, aynan mazkur matn sababli xristianlik ta’limotida

«Muqaddas

uchlik»

yoki

«Troitsa»

(ota Xudo, o‘g‘il Xudo va Muqaddas Ruh)

e’tiqodi shakllangan.

Ammo, «Troitsa» haqida Yangi Ahdning boshqa hech bir joyida matn keltirilmagan.
Shuning uchun yuqorida keltirilgan jumla «Troitsa»ni asoslovchi yagona dalil bo‘lib,


background image

Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 3 | SPECIAL ISSUE 4 | 2024

https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal February, 2024

466

u ham aslida keyinchalik qo‘shilgani ya’ni o‘zgartirilgani aniqlangan. Shuning uchun
ushbu «qo‘shilgan» matnga nisbatan «Yuhanno qo‘shimchasi» atamasi qo‘llanadi (1-
rasmda IV asrga oid «Sinay kodeksi»ning (1 Yuhanno 5:7-8) matni bo‘lib, qizil
rangdagi o‘rinlarda «Yuhanno qo‘shimchasi» mavjud emasligini ko‘rsatmoqda).

Bibliyani tarjima qilish instituti

tomonidan 2016-2018 yillardagi yangi
tahrirlangan nusxasida endilikda mazkur
matn

quyidagicha

(«Yuhanno

qo‘shimchasi» olinib tashlangan holda
«Sinay kodeksi» muvofiq) keltirilmoqda:

«Shunday qilib, bunga uchta guvoh bor:
Ruh, suv va qon. Ular bir xil guvohlik
berishyapti».

Ya’ni, Troitsa haqida

keltirilgan soxta matn mazkur nusxada
olib tashlangan.

Bibliyaning shakllanishi va jamlanishi haqida O‘zbekistonlik olimlar ham bir

qancha ilmiy izlanishlar olib borishgan va o‘zlarining kitoblarida keltirib o‘tganlar.
Jumladan, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dinshunos olim O.Ernazarov esa bu
masalada o‘zining «Diniy manbalarni qiyosiy o‘rganish» qo‘llanmasida

«Bibliyaning

bugungi kungi holati shakllanishida ko‘plab mualliflar ishtirok etganlar, ya’ni yillar
davomida uning tarkibiga kitoblar qo‘shish, uning bo‘limlarini raqamlash, undagi
ba’zi oyatlarni she’riy qolipga solish bilan turli mualliflar shug‘ullanganlar»,

deya

keltirib o‘tgan. Shu bilan birga, Bibliyaning jamlanish tarixi bo‘yicha esa

«Yangi Ahdni

tashkil etgan barcha kitoblar Iso Masih vafotidan keyingi dastlabki yuzyillik ichida
yozilgan bo‘lib, ulardan qaysi biri Yangi Ahd tarkibiga kirishi yoki olib tashlanishi
to‘g‘risidagi yakuniy qarorga milodiy IV asrdagina kelingan»

ligini, hamda

«Iso

payg‘ambar haqidagi hikoyalarni o‘z ichiga olgan to‘rt Injil har doim xristian
matnlarining eng asosiysi hisoblangan. Xristianshunos mutaxassislar fikricha, Iso
payg‘ambar osmonga ko‘tarilgach bir necha o‘n yillar davomida uning bevosita
izdoshlarining xotiralari og‘zaki ravishda avloddan-avlodga yetkazilgan. Ilk yozma
rivoyatlar, katta ehtimol bilan milodiy 50-yillarda, hech qanday hikoyasiz faqat so‘zlar
ro‘yxatidan iborat shaklda yaratilgan. Bularning hech biri asl holda saqlanib
qolmagan»

deya keltiradi.

Bibliyaning aslidan tashqari tarjimalari ko‘p bo‘lgani uchun ham turli xil

nusxalari ko‘payib, tarjimada mualliflar tomonidan o‘zlari lozim tutgan so‘zlar va
iboralar bilan boyitilib borilgan. Masalan, Bibliyaning turli xil nusxalari qatorida

Targum nusxasi

(er. avv., 600-yillar),

Septuaginta

(er. avv., 250-yillar),

Peshitta

(200-


background image

Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 3 | SPECIAL ISSUE 4 | 2024

https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal February, 2024

467

yillar),

Sinay kodeksi

(350-yillar),

Vulgata Iyeronima

(405-yillar),

J.Viklif Bibliyasi

(1380-yil),

Gutenberg Bibliyasi

(1455-yil),

Valensiya Bibliyasi

(1478-yil),

Martin

Lyuter Bibliyasi

(1522-yil),

Jeneva Bibliyasi

(1560-yil), qirol

Iakov Bibliyasi

(1611-

yil),

Yelizaveta Bibliyasi

(1751-yil) va boshqa nusxalari shular jumlasidandir.

«Bibliya tarjimalaridagi farqlar quyidagi jihatlar bilan ajralib turadi:
1. Dinamik ekvivalentli tarjima;
2. Rasmiy tarjima (ya’ni so‘zma-so‘z tarjima);
3. Idioma yoki turli frazalar orqali tarjima.
Dinamik ekvivalent tarjimalarida oldingi qilingan tarjimalardan bevosita

foydalangan holda tarjima qilinadi. So‘zma-so‘z qilingan tarjimalarda esa tarjimon
asosan so‘zning mazmuniga urg‘u beradi. Frazalar orqali qilingan tarjima o‘z nomidan
ko‘rinib turganidek matnlarda kelgan tarjima qilish qiyin bo‘lgan iboralarni iste’molda
bo‘lgan parallel iboralarga almashtirish orqali amalga oshiriladi. Ibroniy va yunon
tillari Bibliyaning ilk tili bo‘lib, barcha tillarda bo‘lgani kabi, bir qancha idiomalar
hamda tarjima qilish oson bo‘lmagan so‘zlar, jumlalar mavjud. Bularni faqatgina
parallel ibora va so‘zlar orqali boshqa tillarga tarjima qilish mumkin. Misol uchun,
katolik cherkovining ingliz tili tarjimasi bo‘lmish Yangi amerikancha Bibliyada
Protestant tarjimalari kabi parallel idiomalari ishlatilgan. Zamonaviy Bibliya
tarjimalarida so‘zma-so‘z tarjimalar kuzatiladi. Ularga Yangi Amerika Standart
Bibliyasi, Yangi Xalqaro Bibliya hamda Darbiy Bibliyasi

(Darby Bible)

ni misol qilib

olishimiz mumkin.

Rasmiy ekvivalent va dinamik (yoki

“funksional”

) ekvivalentlik tarjima

uslublari o‘rtasidagi munozara barcha qoidalarni qamrab olgan ingliz tili versiyasining
foydalanishi bilan ko‘paydi. Turli atamalar bu rivojlanish uslubiga qarshi turdi ba’zan
uni himoya qildi. Ba’zi oldingi tarjimalarning yangi nashrlari bu o‘zgarishlarni qabul
qilish bilan yangilandi. Ularga Yangi

Quddus Bibliyasi

(1985-yil), Yangi tahrirdagi

Standart Versiya

(1989-yil), qayta ko‘rib chiqilgan Ingliz tilidagi Bibliya (1989-yil)

kiradi» [12:241-242].

Natijalar.

Bilamizki, paleografiya, tekstologiya va manbashunoslikda interpolatsiya va

ekstrapolatsiya terminlari keng qo‘llaniladi.

Interpolatsiya

deganda, manbaning asl nusxasida bo‘lmay keyinchalik unga

kiritilgan qo‘shimcha, o‘zgartirish yoki tekstologik buzilishga aytiladi. Ya’ni, asl
manbada bo‘lmay turib, uni «huddi shunday» deb keltirib o‘tiladi va manbaga turlicha
o‘zgartirishlar kiritiladi.

Interpolatsiya masalasini yanada chuqurroq anglash uchun misol keltiradigan

bo‘lsak, Yangi Ahdning Matto Injiliga qaraymiz, unda:

«Iso javob berib dedi: —

Yetarli imoningiz yoʻqligi uchun shunday boʻldi. Sizlarga chinini aytayin: agar


background image

Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 3 | SPECIAL ISSUE 4 | 2024

https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal February, 2024

468

zigʻirday imoningiz boʻlib, shu toqqa: “Bu yerdan u yerga koʻch”, — deb aytsangiz,
togʻ koʻchadi. Sizlar uchun imkonsiz narsa boʻlmaydi»

(Matto 17:20-21) deb

keltirilgan qismi, boshqa nusxalarda quyidagicha keltirilgan:

«Iso ularga: -

E’tiqodsizligingiz uchun! – dedi. – Chindan, sizlarga aytamanki: agar bir xantal
doniday ishonchingiz bo‘lsa-yu, bu toqqa: Bu yerdan u yerga ko‘ch, - deb aytsangizlar,
u ko‘chadi. Sizga hech bir narsa imkonsiz bo‘lmaydi. Biroq bu toifa jinlar ibodat va
ro‘zadan boshqa narsa bilan chiqmas».

Bibliya tarkibidagi kitoblarda ham juda ko‘plab interpolatsiya holatlari uchraydi.

Masalan, Matto Injili misolida ko‘radigan bo‘lsak quyidagilarni belgilasak to‘g‘ri
bo‘ladi:

- «Yo‘shiyo Yohayihinni va boshqa o‘g‘il farzandlarni ko‘rdi»

(Matto 1:11)

matni ba’zi yunon qo‘lyozmalarida quyidagicha keltirilgan:

«Yo‘shiyodan Yohayiqim

tug‘ildi. Isroil xalqi Bobilga surgun qilingan davrda Yohayiqim Yohayihinni va boshqa
o‘g‘il farzandlarni ko‘rdi».

Bibliyaning 1992-yildagi Stokgolm tarjimasida esa mazkur matn quydagicha

keltirilgan:

«Yo‘shiyodan Yo‘akim tug‘ildi. Yo‘akimdan Bobilga surgun bo‘lish

davrida Yakuniyo bilan aka-ukalari tug‘ildilar»

[13:1156,1757].

- «Ammo Maryam O‘g‘ilni tug‘maguncha Yusuf Maryamga yaqinlashmagan»

(Matto 1:25)dagi matnning boshqa yunon qo‘lyozmalarida

«to‘ng‘ich o‘g‘li»

so‘zlari

bilan keltirilgan [13:1157, 1758].

- «O‘z yaqinidan hatto g‘azablangan odam ham hukm qilinadi»

(Matto

5:22)ning ba’zi qo‘lyozmalarida

«hatto behuda g‘azablangan odam», «behuda

g‘azablansa»

so‘zlari ham qo‘shilgan. [13:1160, 1759].

- «Dushmanlaringizni yaxshi ko‘ringlar. Sizlarni quvg‘in qilganlar uchun ibodat

qilinglar»

(Matto 5:44) matnining boshqa qo‘lyozmalari quyidagicha tarzda

keltirilgan:

«Sizni la’natlaganlarni duo qilinglar. Sizdan nafratlanganlarga yaxshilik

qilinglar. Sizning nomingizga isnod keltirganlar uchun, sizlarni quvg‘in qilganlar
uchun ibodat qilinglar».

[13:1161, 1760].

- «Yashirincha qilgan bu ishimgizni ko‘rgan Otangiz sizni taqdirlaydi»

(Matto

6:4)ning boshqa qo‘lyozmalarida

«…sizni aniq taqdirlaydi»

deyiladi. [131162, 1760].

- «Bizni vasvasaga duchor qilmagin, Yovuz shaytondan xalos qilgin»

(Matto

6:13) matni boshqa manbalarda

«…Saltanat, kuch-qudrat va shon-shuhrat to abad

Senikidir. Omin!»

degan jumlalar ham qo‘shilgan.

- «Olomon bu voqeani ko‘rib, qo‘rqib ketdi»

(Matto 9:8) boshqa qo‘lyozmalarda

«…hayratga tushdi»

so‘zlari bilan keltirilgan. [13:1165, 1761].

- «…Donolik to‘g‘ri ekanligi o‘z natijasidan ayon»

(Matto 11:19) ba’zi yunon

qo‘lyozmalarida

«…Xudoning donoligini tan olganlar Uning donoligi to‘g‘ri

ekanligini ko‘rsatib turibdilar»

shaklida keladi.


background image

Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 3 | SPECIAL ISSUE 4 | 2024

https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal February, 2024

469

Bibliyaning 1992-yildagi Stokgolm tarjimasida mazkur joyi

«…Va lekin ilohiy

hikmat unga rioya qiluvchilar orqali tasdiqlanadi»

sifatida keltirilgan [13:1169, 1762].

- «Bu xalq Meni tilidagina izzat qiladi»

(Matto 15:8) boshqa yunon

qo‘lyozmalarida

«Bu xalq Menga yaqinlashar faqat og‘izda, Meni tilidagina izzat

qiladi»

shaklida keltiriladi. Yana boshqa tarjimalarda esa bu joyi

«Bu xalq Menga

yaqinlashar faqat og‘izda. Va Meni hurmatlar faqat tilida. Lekin dili esa Mendan
uzoqdur»

sifatida keltirilgan. [13:1175, 1763].

Xulosa.

Demak, yuqoridagi matnlardan, uning turli xil tekstologik va interpolativ

uchrash holatlarini ko‘rdik. Bu, aynan manbaning ko‘p joylari tekstologik va
lingvistlik turdagi o‘zgartirishlarga uchraganining yaqqol dalili bo‘ladi.

Misol tariqasida keltirgan yuqoridagi matnga qarasak, Matto Injilining aslidan

tashqari tarjima va ko‘plab nusxalarida turli talqinlar, tekstologik va terminologik
qo‘shimchalar kiritilgani aniqlashadi. O‘z o‘rnida savol tug‘iladi, demak, manba turli
o‘zgarishlarga uchragan bo‘lsa, manbaning ichidagi g‘oyalar, qarashlar va
tushunchalar ham o‘zgarganmi? Masalan, yuqorida ko‘rib chiqqan «Yuhanno
qo‘shimchasi»da keltirilgan «Troitsa» e’tiqodi haqida aniq dalil faqat shu joyida
uchraydi xolos. Boshqa Injillarda uchramaydi. Ya’ni, birgina matn va undagi g‘oya

«…uchta guvoh bor: Ruh, suv va qon»

ning

«uchta guvoh bor: Ota, Kalom va

Muqaddas Ruh»

ga o‘zgartirilishi bilan katta e’tiqodiy burilish yasagan. Agar unda

ushbu

«uchta guvoh bor: Ota, Kalom va Muqaddas Ruh»

qo‘shimchasi kiritilmaganda

xristianlik ta’limotida uchlik haqidagi (ota Xudo, o‘g‘il Xudo va Muqaddas Ruh)
e’tiqod shakllanmagan bo‘lardi.

Bibliyaning Yangi Ahd takibidagi kitoblarida Iso Masih va uning yerdagi hayoti

haqida bayon qilinadi. Xristianlik tarixida havoriy (apostol)larning Iso Masihga bergan
ta’riflari asosida keyinchalik uning ilohligi to‘g‘risidagi e’tiqodlar shakllanib, to
hozirgi kunimizgacha u

“o‘g‘il Xudo”

sifatida xristian e’tiqidchilarining sig‘inish

ob’ekti sanalib kelinadi.

Agar birgina «Yuhanno qo‘shimchasi» sababli katta e’tiqodiy ta’limot

shakllangan bo‘lsa, unda Iso Masihning osmonga ko‘tarilgandan so‘ng jamlangan
«Injil»larda kiritilgan qo‘shimchalar, unga berilgan ilohiylik vasflari asosida –
xristianlik kabi jahon dining yuzaga kelishi tabiiy hol bo‘lgan. Chunki, kishi vafot
etishi bilan unga qanday vasf va xarakter berilsa ham, aslida barcha u kishiga emas,
balki unga atalgan so‘zlar va xarakterlarga e’tibor beradilar.

Ilmiy nuqtai-nazardan olib qaraydigan bo‘lsak, «Injil»lar milodiy 50-150-

yillarda yozilib IV asrlarda tizimlashtirilganini inobatga olsak, yana bir savol tug‘iladi,
nega mazkur «Injil»lar Iso Masihning hayotlik davrida yozilmadi? Nega oradan 2-3 ta
avlod vakillaridan so‘ng yozildi? Bu 2-3 ta avlod vakillarining tilidan-tiliga o‘tgan Iso


background image

Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 3 | SPECIAL ISSUE 4 | 2024

https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal February, 2024

470

Masih haqidagi rivoyatlar so‘zma-so‘z bir xil bo‘lganmidi? Agar so‘zma-so‘z u
haqidagi rivoyatlar va ta’limotning asosi bir xil bo‘lsa, nega bitta emas balki «Matto
Injili», «Mark Injili», «Luqo Injili» va «Yuhanno Injil»lari sifatida birdaniga to‘rttasi
shakllandi?

Shuning uchun ham xristian olimlari, tadqiqotchilar, tarixchilar va

manbashunoslarning qo‘lida muayyan bir aniq «mana shu ilohiy kitob, u Iso Masihning
davrida yoki u tomonidan yozilgan» deb aytishga asosli dalil yo‘q.

Islom dinida, xususan, Qur’on va hadis kitoblarida Iso Masih (islom dinida – Iso

alayhissalom) to‘g‘risida nisbatan mantiqqa to‘g‘ri keladigan e’tiqodiy dalillar mavjud
bo‘lib, ularda xristianlikning aksi o‘laroq Iso Masih insoniy sifatlar bilan qamrab olinib
payg‘ambar (“nabiy”) bo‘lganligi keltirilgan. Shu bilan birgalikda, Iso alayhissalomga
Alloh taolo tomonidan Injil nozil qilingani ham ta’kidlanib (Oli Imron surasi 48-oyat,
Moida surasi 46-oyat), keyinchalik uning odamlar tomonidan o‘zgartirilgani aytiladi

(“tahrif”).

Shuning uchun ham Islom dinida Matto, Mark, Luqo va Yuhanno

tomonidan yozilgan «Injil»lar qat’iyan rad etiladi. Chunki, Islom nuqtai-nazariga ko‘ra
Alloh taolo tomonidan nozil qilingan Injilda hech bir kishining qo‘li bo‘lmagan va u
bevosita Iso alayhissalomga hayotlik davrida tushirilgan. Xristianlik ta’limotida esa,
havoriylar Iso Masihning osmonga ko‘tarilganidan so‘ng oradan vaqtlar o‘tib o‘zlari
«Injil»larni yozib kitob holiga keltirishgan.

Bibleistikaning tanqidiy yondashuvida u yoki bu dinga ko‘ra yon bosilmaydi,

balki, Bibliya haqidagi asosli dalillarga ko‘ra uning o‘zgartirilgan yoki olib tashlangan
joylari, tekstologik xususiyatlari o‘rganiladi. Bu orqali esa, mazkur kitoblarning
«ilohiy» yoki bo‘lmasa tarixiy hujjat ekanligi xulosa qilinadi.

Adabiyotlar/ Литература/References:

1.

А.Н.Херзогерский. Исагогика, или введение в книги Священного Писания
Нового Завета. СПб., 1860.

2.

Патзия Артур Г., Петротта Антони Дж. Изучение Библии: Карманный
словарь. — Александрия: Ездра, 2006. — ст. «Библейский критицизм».

3.

Стенли Дж. Гренц, Дэвид Гурецки, Черит Фи Нордлинг. Теологические
термины: Карманный словарь. — Александрия: Ездра, 2006. — ст.
«Библейская критика».

4.

Исагогика // Мень А.В. Библиологический словарь: в 3 т. — М.: Фонд
имени Александра Меня, 2002. — Т. 1: А—И.

5.

А.А.Вождаев. Состав и методология библейской критики. Труды
Нижнегородской духовной семинарии.


background image

Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 3 | SPECIAL ISSUE 4 | 2024

https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal February, 2024

471

6.

В.К.Спирин, Основые направления развития библейской критики в XVII-
XX вв. Труды Нижнегородской духовной семинарии.

7.

Бейль П.Ева // Исторический и критический словарь в двух томах. М.: Изд-
во Социально-экономической литературы мысль, 1968.

8.

Мисецкий

Е.В. Библейская критика // Проблемы библейской

историографии. М.: Изд-во «Белые пятна» российской и мировой истории,
2014.

9.

Гарнак А.Ф. Миссионерская проповедь и распространение христианства в
первые три века. М.: Изд-во Олега Абышко, 2007.

10.

Ворохобов А.В. Основы библейской науки в Православной церкви //
Дамаскин. Журнал Нижнегородской духовной семинарии. Нижний
Новгород, 2013.

11.

А.А.Вождаев. Основные направления развития библейской критики
в XVII–XX вв. Труды Нижнегородской духовной семинарии, 87-127б.

12.

Ernazarov O. «Diniy manbalarni qiyosiy o‘rganish». – Toshkent: O‘zbekiston
xalqaro islom akademiyasi, 2022.

13.

Muqaddas kitob. Muqaddas kitobni tarjima qilish instituti, Stokgolm, Shvetsiya
– 2016.



















Библиографические ссылки

А.Н.Херзогерский. Исагогика, или введение в книги Священного Писания Нового Завета. СПб., 1860.

Патзия Артур Г., Петротта Антони Дж. Изучение Библии: Карманный словарь. — Александрия: Ездра, 2006. — ст. «Библейский критицизм».

Стенли Дж. Гренц, Дэвид Гурецки, Черит Фи Нордлинг. Теологические термины: Карманный словарь. — Александрия: Ездра, 2006. — ст. «Библейская критика».

Исагогика // Мень А.В. Библиологический словарь: в 3 т. — М.: Фонд имени Александра Меня, 2002. — Т. 1: А—И.

А.А.Вождаев. Состав и методология библейской критики. Труды Нижнегородской духовной семинарии.

В.К.Спирин, Основые направления развития библейской критики в XVII-XX вв. Труды Нижнегородской духовной семинарии.

Бейль П.Ева // Исторический и критический словарь в двух томах. М.: Изд-во Социально-экономической литературы мысль, 1968.

Мисецкий Е.В. Библейская критика // Проблемы библейской историографии. М.: Изд-во «Белые пятна» российской и мировой истории, 2014.

Гарнак А.Ф. Миссионерская проповедь и распространение христианства в первые три века. М.: Изд-во Олега Абышко, 2007.

Ворохобов А.В. Основы библейской науки в Православной церкви // Дамаскин. Журнал Нижнегородской духовной семинарии. Нижний Новгород, 2013.

А.А.Вождаев. Основные направления развития библейской критики в XVII–XX вв. Труды Нижнегородской духовной семинарии, 87-127б.

Ernazarov O. «Diniy manbalarni qiyosiy o‘rganish». – Toshkent: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, 2022.

Muqaddas kitob. Muqaddas kitobni tarjima qilish instituti, Stokgolm, Shvetsiya – 2016.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов