RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
18-aprel 2023-yil.
38
UDK:616-093:636.92
SAMARQAND VILOYATINING AYRIM TUMANLARIDA QUYON
EYMERIOZINING DIAGNOSTIKASI VA EPIZOOTIK HOLATI
Xushnazarov A.X
., tayanch doktorant,
Davlatov R.B.,
professor
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar
universiteti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Samarqand viloyatining Bulung‘ur va Jomboy
tumanlaridagi zamonaviy quyonchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklarda quyon eymerozi
uchun tekshirish ishlari amalga oshirilgan bo‘lib invaziyaning ekstensivlik va
intensivlik holati bayon qilingan.
Kalit so‘zlar.
Quyon,
eymerioz, eymeriya, protozoa, apicomplexa, sporozoa,
coccidiida, ootsista, invaziya, Darling usuli, ekstensivlik, intensivlik.
Mavzuning dolzarbligi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-
fevraldagi PQ-120-son qarorida O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va
uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022 - 2026-yillarga mo‘ljallangan dasturi
tasdiqlangan bo‘lib, mamlakatda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni
ko‘paytirish hisobiga oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarishning
zamonaviy usullarini keng joriy etish, bu orqali qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish,
kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish, chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mazkur sohada zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari
va
ilm-fan
yutuqlaridan
samarali
foydalanishni tashkil etish maqsadida: chorvachilik sohasi va uni tarmoqlarining joriy
holati tahlil qilinganda bugungi kunda respublikamizda 254 ta quyonchilik xo‘jaligi
faoliyat yuritayotganligi ilg‘or xorijiy tajriba asosida chorvachilik sohasining
quyonchilik tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar salmog‘ini oshirish;
quyon go‘shti mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini
oshirish hamda mahalliy mahsulotlarni xalqaro sifat talablariga moslashtirish; quyon
go‘shtining tavsiya etilgan minimal iste’mol normalarini qayta ko‘rib chiqish,
shuningdek, aholining sog‘lom ovqatlanish madaniyatini oshirish; quyonchilik
tarmog‘ini yanada rivojlantirish hamda kooperatsiya tizimi asosida mahsulot ishlab
chiqarish hajmini ko‘paytirish.
Ushbu ustuvor yo‘nalishlar doirasida respublikamizda sifatli quyon go‘shtini
iste’mol qilish darajasini ko‘tarish hamda umumiy go‘sht mahsulotlari hajmida uning
ulushini oshirish nazarda tutilgan va ijrosi bo‘yicha barcha mas’ul tashkilot va
korxonalarning faoliyatini jadallashtirish talab etilgan.
Dasturni amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar quyonchilik tarmog‘ini
rivojlantirish yo‘nalishida: quyon go‘shtini yetishtirish hajmi 100 tonnadan 23 ming
tonnaga yetkazish aholi jon boshiga quyon go‘shtini iste’mol qilish hajmini 3
kilogrammdan oshirishga imkoniyat yaratadi; quyon boqishni ilmiy asosda yo‘lga
18-aprel 2023-yil.
VETERINARIYA SANITARIYA EKSPERTIZASI KAFEDRASI
39
qo‘yish maqsadida respublika hududlarida quyonchilik naslchilik xo‘jaliklarini
tashkil etish va naslli quyonlar bosh sonini ko‘paytirish choralarini ko‘rish; go‘sht
yo‘nalishidagi quyon zotlarini mahalliy sharoitga moslashtirish va ixtisoslashgan
quyonchilik bo‘rdoqichilik xo‘jaliklarini tashkil etish hisobiga kooperatsiya tizimini
joriy etish va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish choralarini ko‘rish; ilm-fan va
ishlab chiqarishni tizimli asosda uzviy integratsiyalashtirish, innovatsion
texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish, quyonchilik tarmog‘ida yuqori malakali
mutaxassislarga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojni hisobga olgan holda kadrlar
tayyorlash, ularning malakasini oshirish maqsadida o‘quv-uslubiy qo‘llanma va
amaliy tavsiyalar tayyorlash, chop etish zaruriyati mavjud.
Ayni paytda quyonlarning kasallanishida parazitar kasalliklarning salmog‘i
ham sezilarli darajada oshmoqda, bunga asosiy sabab quyonchilik bilan
shug‘ullanuvchilarning malakasini yetishmasligi, veterinariya mutaxassislarining jalb
etilmaganligi, zoogigyena va sanitariya qoidalariga rioya etmaslik, parazitar
kasalliklarga qarshi rejali profilaktika choralari ko‘rilmasligidir.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash dolzarb vazifa hisoblangan hozirgi davrda
quyonchilik tarmog‘ini ham samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu
dolzarb vazifani bajarishda quyonlarda uchraydigan kasalliklarni oldini olish va
samarali davolash usullarini joriy etish ushbu tarmoq uchun ishlab chiqarishdagi
zarurat hisoblanadi. Chunki so‘nggi yillarda Respublikamizda quyonlarning parazitar
va boshqa kasalliklari ilmiy izlanuvchilar tomonidan deyarli o‘rganilmagan.
Tadqiqotning maqsadi
. Samarqand viloyatining Bulung‘ur va Jomboy
tumanlarida ko‘paytirilayotgan naslli (Hycole zotli) quyonlar orasida eymeriozni
diagnostikasi hamda epizootologik holatini o‘rganishdan iborat.
Tadqiqot ob’ekti va uslublari.
Tadqiqotlar Samarqand viloyatining Bulung‘ur
hamda Jomboy tumanlaridagi shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklari,
“Bo‘riboy Mustaev zamin nur” F/X hamda “Jomboy ko‘chatchilik tomorqa xizmati”
MCHJ larida ko‘paytirilayotgan turli yoshdagi spontan (tabiiy) zararlangan
quyonlarda olib borildi. Tadqiqotlarda quyonlardan olingan tezak namunalarini
tekshirishda Darling usulidan foydalanildi.
Muammoning urganilganlik darajasi.
Quyon eymeriozining qo‘zg‘atuvchisi
sistematika bo‘yicha
Protozoa
hayvonot olamiga,
Apicomplexa
tipiga,
Sporozoa
sinfiga,
Coccidiida
turkumiga,
Eimeriidae
oilasiga,
Eimerinae
kichik oilasiga va
Eimeria
avlodiga mansub. Ushbu koksidiyalar turlaridan biri
Eimeria stiedae
quyon
jigarida parazitlik qiladi va eymeriozni keltirib chiqaradi, boshqa turlari
E.perforans,
E.media, E. magna, E.irresidua
lar esa ichakda parazitlik qilib, patologik jarayon
uzoq vaqt davom etadi (30-50 kun).
Barcha sporalilar kabi quyon eymeriozi ham uchta taraqqiyot davrini boshdan
kechiradi: 1 davr – shizogoniya yoki jinssiz ko‘p marta bo‘linish yo‘li bilan
ko‘payish; 2 davr – gametogoniya yoki jinsiy ko‘payish; 3 davr – sporogoniya yoki
jinssiz ko‘payish yo‘li bilan sporozoitlar hosil qilish va ularni bir xo‘jayin ishtirokida
rivojlanuvchilarida tashqi muhit taassurotidan himoya qiluvchi spora hosil qilish
davrlari bilan ko‘payadi.
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
18-aprel 2023-yil.
40
Eymeriyalarni hayvon ozganizmida joylashuviga bog‘liq ravishda quyon
eymerozining uch shakli farqlanadi: 1. Ichak, 2. Jigar, 3. Aralash shakllari.
Amaliyotda invaziyaning aralash shakli muhim o‘rin tutadi. Kasallikning
boshlanishida quyonning ichaklari zararlanib, keyinchalik jigari invaziyalanadi va
natijada aralash shakl boshlanadi. Invaziyaning yashirin davridan keyin quyonchalar
loxaslanadi, odatdagidek harakatchanligi yo‘qolib, qornini yerga berib yotadi.
Ishtahasi pasayib, ozuqa yemay qo‘yadi. Qorin bo‘shlig‘i shishadi va og‘riq beradi,
axlati suyuqlashib, bazan shilliq va qon aralash bo‘ladi. Kasal quyonlar o‘sishdan
qoladi, oriqlaydi, jun qoplami hurpayib turadi. Siydik ajralishi tezlashadi. Ba’zan
so‘lak ajralish kuchayib, burun shilliq pardasi kataral yallig‘lanadi va kon’yuktivit
rivojlanadi. Jigarda yallig‘lanish jarayonlarini boshlanishi bilan organizm
nimjonlashib, quyon tashqi muhitga e’tiborsiz bo‘lib qoladi va uzoq yotadi. Ishtahasi
yo‘qoladi, qorni shishgan bo‘lib, o‘ng tomonini bosib ko‘rganda og‘riq sezadi.
Ko‘rinarli shilliq pardalari sarg‘ayadi, oyoqlari va bo‘yin mushaklari shol bo‘lib,
qaltiray boshlaydi, so‘ngra esa 7-10 kunda nobud bo‘ladi.
Tadqiqot usullari va natijalari.
Tadqiqotlarimiz Samarqand viloyatining
Bulung‘ur va Jomboy tumanlarida o‘tkazildi. Ilmiy tadqiqot davomida eksperimental,
mikroskopik va statistik usullardan foydalanildi. Kasallikka gumon qilingan va
kasallangan quyonlarning 3-5 gr tezak namunasi suv bilan zichlik darajasi yarim
suyuq holatga kelguncha aralashtirildi, sentrifuga probirkalariga suzildi va 1-2 daqiqa
davomida sentrifuganing 1000-1500 tezlik/min davomida sentrafuga qilindi.
Suyuqlik qismi to‘kib tashlandi, cho‘kmaga glitserin va osh tuzining to‘yingan
eritmasidan teng miqdorda tayyorlangan aralashmadan qo‘shildi, sentrifuga
probirkasi yaxshilab chayqatilib, qaytadan 2 daqiqa davomida 1000-1500
tezlik/minutda sentrafuga qilindi. Suyuqlik yuzasiga qalqib chiqqan eymeriya
ootsistalari simli ilmoq bilan olinib, buyum oynasiga qo‘yilib, mikroskopda
tekshirildi. Tekshirilgan quyonlarning tezak namunasida eymeriya ootsistalari
mavjudligi aniqlandi.
1-jadval.
Quyon eymeriozini koprologik tekshirish natijalari
Xo‘jalik nomi
Quyonlar
bosh soni
Tekshirish
usuli
Invaziyaning
ekstensivligi
soni
foyizi
“Bo‘riboy Mustaev
zamin nur” F/X
355
koprologik
24
6,2
“Jomboy ko‘chatchilik
tomorqa xizmati” MCHJ
125
koprologik
36
28,8
Ushbu jadval ma’lumoti bo‘yicha “Bo‘riboy Mustaev zamin nur” F/X da
parvarishlanayotgan 355 bosh quyonlarning 24 boshida eymeriyalar bilan
zararlanganligi tekshiruv natijasida aniqlanib, invaziyaning ekstensivligi 6,2 % ni
tashkil qildi.
Jomboy tumanidagi “Jomboy ko‘chatchilik tomorqa xizmati” MCHJ da
ko‘paytirilayotgan 125 bosh quyonlarning 36 boshi eymerioz bilan kasallanganligi
18-aprel 2023-yil.
VETERINARIYA SANITARIYA EKSPERTIZASI KAFEDRASI
41
koprologik usul yordamida aniqlanib invaziyaning ekstinsivligi 28,8 ni tashkil etdi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra kasallikni ikki tumandagi tarqalish holati, saqlash
sharoiti, oziqlantirish va profilaktika tadbirlarini rejali amalga oshirish
ko‘rsatkichlariga bog‘liq bo‘lib, “Bo‘riboy Mustaev zamin nur” F/X da oxirgi
zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanganlik va oziqlantirish uchun
boyitilgan qo‘shimchalari mavjud oziqa berilganligi, profilaktika maqsadida
eymerostatik vositalardan foydalanilganligi natijasida kasallik ko‘rsatgichi nisbatan
past ko‘rsatkichda bo‘lsa, “Jomboy ko‘chatchilik tomorqa xizmati” MCHJ esa
invaziya ekstensivligi yuqori ko‘rsatkichda qayd etildi, chunki ushbu MCHJ
quyonxonasida asrash uchun yetarli gigiyenik qulayliklar yaratilmaganligi,
profilaktika maqsadida eymerostatiklarni qo‘llamaslik va oziqlantirish uchun sifatli
omuxta yemdan foydalanilmaganligi asosiy sabab hisoblanadi.
Xulosa.
Ushbu tadqiqot bo‘yicha olingan ma’lumotlarga ko‘ra “Bo‘riboy
Mustaev zamin nur” F/X da parvarishlanayotgan 355 bosh quyonlarning 24 boshida
eymeriyalar bilan zararlanganligi tekshiruv natijasida aniqlanib, invaziyaning
ekstensivligi 6,2 % ni Jomboy tumanidagi “Jomboy ko‘chatchilik tomorqa xizmati”
MCHJ da ko‘paytirilayotgan 125 bosh quyonlarning 36 boshi eymerioz bilan
kasallanganligi koprologik usul yordamida aniqlanib invaziyaning ekstinsivligi 28,8
ni tashkil etdi.
Foydalanilagan adabiyotlar
1. Ахмадалиев, Н. Т., Хушназаров, А. Х., & Давлатов, Р. Б. (2023). ҚУЁН
ЭЙМЕРОЗИНИНГ ЭПИЗООТОЛОГИЯСИ.
2. Berdiyevich, D. R., Khudoiyberdi o‘g‘li, K. A., & Ilhomovna, K. M. (2022).
EPIZOOTOLOGY
OF
EIMERIOSIS
(COCCIDIOSIS)
OF
RABBITS,
TREATMENT AND PREVENTIVE MEASURES.
Ann. For. Res
,
65
(1), 602-607.
3. Davlatov, R. (2023). ҚУЁНЛАРНИ АСРАШ, ОЗИҚЛАНТИРИШ,
КАСАЛЛИКЛАРИНИ ДАВОЛАШ ВА ОЛДИНИ ОЛИШ.
inlibrary. uz
.
4. Давлатов, Р. Б., & Хушназаров, А. Х. (2022). ҚУЁН ЭЙМЕРИОЗИ
ЭПИЗООТОЛОГИЯСИ
ДАВОЛАШ
ВА
ПРОФИЛАКТИКА
ЧОРА-
ТАДБИРЛАРИ.
AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY
JURNALI
, 181-184.
5. Ergashov, S. I., Xushnazarov, A. X., & Davlatov, R. B. (2023).
QUYONLAR EYMERIOZNI DAVOLASHDA KENG QO ‘LLANILADIGAN
PREPARATLAR.
Journal of new century innovations
,
22
(3), 58-64.
6. Khushnazarov, A. K., & Davlatov, R. B. (2023). DIAGNOSTICS OF
RABBIT EMERIOSIS.
Journal of new century innovations
,
22
(3), 72-77.
7. O‘G‘LI, X. A. X. (2021). ҚУЁНЧИЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ДАВР
ТАЛАБИ.
Veterinariya meditsinasi
.
8. Хушназаров, А. Х., Райимкулов, И. Х., Эшқораев, А. М., & Давлатов, Р.
Б.
(2023).
ҚУЁН
ЭЙМЕРИОЗИНИНГ
КИМЁПРОФИЛАКТИКАСИ.
SCHOLAR
,
1
(2), 56-62.
9. Хушназаров, А., & Давлатов, Р. (2023). Қуён эймериозининг тарқалиши
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
18-aprel 2023-yil.
42
ва патологоанатомик ташҳиси.
in Library
,
1
(1), 15-17.
10. Хушназаров, А., & Давлатов, Р. (2022). Қуён эймериозини даволашда
янги эймериостатикнинг самарадорлиги.
in Library
,
22
(1), 28-29.
11. Хушназаров, А., & Давлатов, Р. (2022). Пастдарғом ва ургут
туманларида қуён эймериозининг эпизоотик ҳолати.
in Library
,
22
(1), 31-32.
12. Хушназаров, А., & Давлатов, Р. Б. (2022). Quyon eymeriozini
davolashda vazuril preparatining samaradorligi.
in Library
,
22
(2), 173-174.
13. Хушназаров, А. Х., Эшқораев, А. М., Ахмадалиев, Н. Т., & Давлатов,
Р.
Б.
(2023).
ЭПИЗООТОЛОГИЧЕСКИЕ
ДИАГНОСТИЧЕСКИЕ
И
ПРОФЕЛАКТИЧЕСКИЕ ДАННЫЕ ЭЙМЕРИОЗ КРОЛИКОВ.
Innovations in
Technology and Science Education
,
2
(7), 1068-1080.
УДК: 619:616.9- :638.15
ҚУЁН ГЎШТИНИНГ ЯРОҚЛИЛИГИНИ ВЕТЕРИНАРИЯ САНИТАРИЯ
ЖИҲАТДАН БАҲОЛАШ
Хушназарова М.И. -
3 босқич талаба,
Расулов Ў.И. –
илмий раҳбар, в.ф.д.,
доцент в.б.
Самарқанд давлат ветеринария медицинаси, чорвачилик ва биотехнологиялар
университети
Аннотация.
В данной статье приведены методы ветеринарно-
санитарной экспертизы мяса кроликов по органолептических и лабораторных
исследований.
Калит сўзлар:
қуён, чорвачилик, тармоқ, ранги, парҳез, Ph, реакция.
Кириш.
Қуёнчилик чорвачиликнинг соҳасининг, қолаверса қишлоқ
аҳолиси учун озиқ-овқат ва даромад олишнинг муҳим манбаи ҳисобланади.
Озиқ-овқатга талаб ортиб бораётган ушбу кунларда мазкур соҳа
самарадорлигини ва рақобатдошлигини янада ошириш вазифаси муҳим
аҳамият касб этади. Қуён гўшти таркибидаги ёғ биофаол модда жароҳатларни
даволайди, юмшатувчи, қичима ва аллергияга қарши восита сифатида
қўлланилади. Гўшт йўналишидаги қуён болалари 60-70 кунлигида, гўшт- мўйна
йўналишида эса 3-5 ойлигида сўйилади. Ҳар бир она қуёндан бир йил давомида
5-6 марта бола олиш мумкин. Бу эса 70-80 кг гўшт ва 25-30 дона сифатли мўйна
демакдир [1].
Мавзунинг долзарблиги.
Қуён гўштининг биологик қиймати,
юмшоқлиги ҳамда ёғ ва холестерин моддасининг камлигини ҳисобига аллергия,
гипертония, ошқозон-ичак, меъда, ўт пуфак, жигар хасталигига чалинган
беморларга истеъмол қилиш тавсия этилади. Қуён гўшти жуда мулойим,
хуштаам ҳисобланиб, парранда гўштига нисбатан тўлиқ қийматли оқсилларга