"ПЕРСПЕКТИВНЫЕ ЗАДАЧИ РАЗРАБОТКИ И ВНЕДРЕНИЯ ИННОВАЦИОННЫХ
ТЕХНОЛОГИЙ В ВЕТЕРИНАРИИ И ЖИВОТНОВОДСТВЕ"
международная научно-практическая конференция
14-15 октября
AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA
TIBBIYOTI ILMIY JURNALINING MAXSUS SONI
350
QORAMOLLAR BOVIKOLYOZI VA UNGA QARSHI KURASHISHDA DIAZINON
PREPARATINING SAMARADORLIGINI O‘RGANISH
O‘. I. Rasulov, F. S. Pulotov, E. Shoymardonov, R. Rasulov
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti,
Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti
Annotation:
This article presents materials on the effectiveness of the diasinone against
cow bovicoliose in laboratory conditions.
Kalit so‘zlar:
bovikola, bovikolyoz, diazinon, konsentratsiya, piretroid, junxo„r,
ektoparazit, emulsiya.
Kirish.
Oxirgi yillarda chorvachilikni dori-darmonlar, insektitsidlar va boshqa preparatlar bilan
taminlanishini qiyinlashuvi, hayvonlar migratsiyasini oshishi, chorvachilik binolaridagi
veterinariya-sanitariya holatining yomonlashuvi oqibatida qoramollar orasida ektoparazitarni
ayniqsa, junxo„rlarning keskin ko„payib borishi kuzatilmoqda. Bu chorva mollarining
mahsuldorligini oshirish hamda aholini sifatli va ekologik toza chorva mahsulotlariga bo„lgan
talabini qondirishdek dolzarb muammolarni amalga oshirishda jiddiy to„sqinlik qiladi.
Qoramollar bovikulozining qo„zg‟atuvchisi haqidagi dastlabki ma‟lumotlarni italiyalik biolog
olim F. Redi (1668, 1686) o„z ishlarida qayd etgan. Bunda u bovikuloz qo„zg‟atuvchisi -
Bovicola bovis
(junxo„rlar) - 1,5-2,5 mm uzunlikdagi qanotsiz, kichkina hasharot bo„lib, tanasi
uzunchoq shaklda, sarg‟ish tusda, Mallophagidae turkumiga, Trichodectidae oilasiga,
Bovicola
avlodigamansubligini aniqlagan. Bovikolalar qoramollarda yil mobaynida uchraydi,
lekin ularning zararlanish darajasi va zararlanish intensivligi mavsumga qarab o„zgarib
turadi.Mas: qish oylarida zararlanish darajasi - 82,4%, bahor oylarida– 99,1%, yoz oylari -
34,2%, kuz oylari esa - 63,2% ni tashkil etadi. Shunday qilib, bovikolalarning eng rivojlanish
cho„qqisi bahor oyiga to„g‟ri keladi.
Mavzuning
dolzarbligi.
Ayni
vaqtda
chorvachilik
xo„jaliklaridagi
qoramollarningektoparazitlariga qarshi kurashishda karatin, deltametrin, sumitsidin, ambush,
desis hamda mahalliy sipermetrin, sumi-alfa kabi piretroid preparatlar keng qo„llanilib
kelinmoqda. Biroq, ilmiy adabiyotlar tahliliga ko„ra, qoramollarni bovikolyoziga qarshi dazinon
preparatini davolash va insektitsidlik ta‟siri Respublikamiz miqyosida hali o„rganilmaganligi
aniqlandi. Shuning uchun ushbu preparat asosan o„simliklarning zararkunanda hasharotlari
uchun ishlab chiqarilgan bo„lsada, biz ularni qoramollarni bovikolyoziga qarshi davolash va
insektitsidlik ta‟sirini o„rganishni lozim deb topdik.
Tadqiqot maqsadi.
Qoramollar bovikolyozi to„g„risida ma‟lumotga ega bo„lish va Diazinon
(Diazinon) preparatining insektitsidlik xususiyatlarini laboratoriya sharoitida o„rganish.
Tadqiqot natijalari.
Diazinon (Diazinon) – faol ta‟sir etuvchi moddasi 60% diazinon (0,0-dietil-
0-(2-izopiril-6-metilpirimidin-4-il)-tiofosfat) va yordamchi komponentlar sifatida neonol, amil
efirli sirka kislotasi va kerosin KO dan iborat. Preparat yog„li suyuqlik bo„lib, somondan sariq
ranggacha to„q sariq ranggacha. Organik va noorganik erituvchilarda eritish oson. Neytral
tampon eritmalarida barqaror, yaxshi issiqlik barqarorligi va fotosurat barqarorligiga ega. Suv
bilan aralashganda, u sutli oq emulsiya hosil qiladi.
"ПЕРСПЕКТИВНЫЕ ЗАДАЧИ РАЗРАБОТКИ И ВНЕДРЕНИЯ ИННОВАЦИОННЫХ
ТЕХНОЛОГИЙ В ВЕТЕРИНАРИИ И ЖИВОТНОВОДСТВЕ"
международная научно-практическая конференция
14-15 октября
AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA
TIBBIYOTI ILMIY JURNALINING MAXSUS SONI
351
Toksikologik jihatdan yaxshi o„rganilgan diazinon preparatini qoramollarning bovikolyoz
qo„zg„atuvchisi
Bovicola bovis
ga nisbatan insektitsidlik xususiyatlarini o„rganish hamda
qoramollarni bovikolyozdan davolash va oldini olishda foydalanish maqsadida biz ularni
insektitsidlik xususiyatlarini laboratoriya sharoitida o„rgandik.
Birincha marotaba o„rganilayotgan piretroid preparatlarning har xil konsentratsiyalari, ya‟ni
0,007, 0,008, 0,009, 0,01, 0,02, 0,025, 0,03, 0,035, 0,04, 0,05, 0,06, 0,07, 0,08, 0,09, 0,1 foizli
suvli emulsiyasi tayyorlanib, laboratoriya sharoitida Petri idishchasiga joylashtirilgan filtr
qog„oziga tajribadagi preparatning suvli emulsiyasidan purkagich dozator yordamida sepildi va
ushbu dorilangan filtr qog„ozi yuzasiga yangi terib olingan bovikolalar 30 nusxadan qo„yib
yuborildi va o„tkazilgan sinov tajribalari natijasida ushbu preparatlarning eng minimal samarali
(100 %) konsentratsiyasi aniqlandi.
Preparatdan ishchi emulsiya tayyorlash uchun sarflanadigan preparat miqdori qo„yidagi formula
yordamida aniqlandi:
A x V
X = ----------
S
Bunda:
X - ishchi emulsiyani tayyorlash uchun lozim bo„lgan texnik preparat miqdori (kg,l);
A - tayyorlanishi lozim bo„lgan ishchi emulsiya (suvli emulsiya, s.e.) miqdori (t, l);
V - tayyorlanishi lozim bo„lgan ishchi emulsiya (s.e.) konsentratsiyasi (foiz);
S - konsentrat emulsiyaning FTM si (foiz).
Diazinon preparati bilan qoramollarni bovikolyoziga qarshi davolashdan oldin laboratoriya
sharoitida 100 foiz insektitsid samara beradigan konsentratsiyasini aniqlash maqsadida
qo„yidagicha sinov-tajriba ishlari o„tkazildi:
1-tajriba:
3 ta Petri idishchasi ichki yuzasiga filtr qog„ozi joylashtirilib har bir filtr qog„ozi
yuzasiga 3,8 ml dan Diazinon preparatining 0,01 foizli suvli emulsiyasi bilan dorilandi. Shu
dorilangan filtr qog„ozi yuzasiga yangi terib olingan 30 nusxadan bovikolalar qo„yib yuborildi va
10 daqiqadan so„ng bovikolalar toza Petri idishchalarga olinib, optimal sharoitga, ya‟ni +35
0
S
haroratdagi termostatga saqlab har 1, 3, 6, 24 soat davomida kuzatish ishlari olib borildi;
2-tajriba:
Xuddi yuqorida qayd qilinganidek tajriba ishlari olib borildi, faqat diazinon S
preparatining 0,015 foizli suvli emulsiyasi sinab ko„rildi;
3-tajriba:
Xuddi yuqorida qayd qilinganidek tajriba ishlari olib borildi, faqat diazinon S
preparatining 0,02 foizli suvli emulsiyasi sinab ko„rildi;
4-tajriba:
Yuqorida qayd qilinganidek tajriba ishlari olib borildi, faqat diazinon S preparatining
0,025 foizli suvli emulsiyasi sinab ko„rildi;
5-tajriba:
Yuqorida qayd qilinganidek tajriba ishlari olib borildi, faqat diazinon S preparatining
0,03 foizli suvli emulsiyasi sinab ko„rildi;
6-nazorat guruhi:
Xuddi yuqorida qayd qilinganidek tajriba ishlari olib borildi, faqat toza suv
bilan ishlov berildi. Tajriba natijalari 24 soatdan so„ng o„lgan va tirik qolgan bovikolalar soniga
qarab aniqlandi va samara ko„rsatkichi (foiz) hisoblandi.
Natijada, preparatni O„K
0
(
o‘ldirmaydigan konsentratsiya),
O„K
50
(
50foiz o‘ldiradigan
konsentratsiya
) va O„K
100
(
100 foiz o‘ldiradigankonsentratsiya
) ko„rsatkichlari aniqlandi.
"ПЕРСПЕКТИВНЫЕ ЗАДАЧИ РАЗРАБОТКИ И ВНЕДРЕНИЯ ИННОВАЦИОННЫХ
ТЕХНОЛОГИЙ В ВЕТЕРИНАРИИ И ЖИВОТНОВОДСТВЕ"
международная научно-практическая конференция
14-15 октября
AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA
TIBBIYOTI ILMIY JURNALINING MAXSUS SONI
352
Har bir konsentratsiya 3 martadan qayta o„rganildi. Bovikolalarning o„lish tezligiga va
miqdoriga qarab preparatning tasir kuchi ham belgilandi. Bunda:
1-tajriba
guruhidagi bovikolalarning
- 50 foizi o„lganligi;
2-tajriba
guruhidagi bovikolalarning
- 70 foizi o„lganligi;
3-tajriba
guruhidagi bovikolalarning
- 90 foizi o„lganligi;
4-tajriba
guruhidagi bovikolalarning
- 100 foizi o„lganligi;
5-tajriba
guruhidagi bovikolalarning
- 100 foizi o„lganligi;
6- nazorat
guruhidagi bovikolalarning
-100 foizi tirikligi aniqlandi (1-jadval).
1-jadval. Diazinon preparatini
B.bovis
ga nisbatan insektitsid ta’sirini o‘rganish natijasi
T.r.
Preparat
konsentratsiyasi
(s.e., foiz)
Dorilangan
B. bovis
lar soni
(nusxa)
24 soatdan so‘ng
o‘lgan
B. bovis
lar
soni (nusxa)
Samara
(foiz)
1
0,01
30
15
50
2
0,015
30
21
70
3
0,02
30
27
90
4
0,025
30
30
100
5
0,03
30
30
100
6
Nazorat (toza suv bilan)
30
-
-
Xulosa.
Shunday qilib, diazinon preparatining eng minimal va 100 foiz samara beradigan 0,025
foizli suvli emulsiyasi qoramollarning bovikolyoz qo„zg„atuvchisi (bovikolalar) ga laboratoriya
sharoitida 100 foiz insektitsid samara berishi aniqlandi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Akbaev R.M., Pugovkina N.V. “Bovikolyoz krupnogo rogatogo skota v jivotnovodcheskix
xozyaystvax Moskovskoy oblasti” // Jurnal “Veterinariya”, Izd. “Logos Press” (Moskva), -
2017.- № 1,- S. 10-13.
2.
Благовещенский Д.И. «Определител пухоедов (Маллопҳага) домашних животных».
Фауна СССР. М.,-Л.: изд. АНСССР, 1940.
3.
Ganiev I.M., Aliverdiev A.A. «Atlas iksodoidnыx kleщey», M. «Kolos», 1968, 110-111 str.
4.
Ro„zimurodov A. Evolyusiya qonuniyatlari va zoobioxilmaxillik. “Zarafshon” nashriyoti
DK, Samarqand, 2008.
5.
Ruzimuradov A. Parazitizm biologicheskiy. Optimizatsiya jivotnovodsta., “Zarafshon” DK
nashriyoti, Samarqand, 2011.
6.
Yatusevich A.I. i dr. Rukovodstvo po veterinarnoy parazitologii. Minsk IVS Minfina 2015 -
416 s.