Патоморфология, профилактика и меры лечения колибактериоза и сальмонеллеза у ягненков

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
5-9
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Наврузов, Н., & Елмуродов, Б. (2024). Патоморфология, профилактика и меры лечения колибактериоза и сальмонеллеза у ягненков. in Library, 1(2), 5–9. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/31270
Нурали Наврузов, Ветеринарный научно-исследовательский институт
Ветеринарный научно-исследовательский институт Зав. лаборатории Микробиологии
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье в результате вакцинации ягнят при колибактериозе и сальмонеллезе «Формалиновой вакциной ГОА против колибактериоза и сальмонеллеза телят, ягнят и поросят», определена продолжительность иммунитета 9-12 мес. в экспериментах. При лечении колибактериоза и сальмонеллеза ягнят за счет стабилизации иммунной системы за счет гамма-глобулинов в гипериммунной сыворотке крови эффективность выше 90 процентов. Патоморфологических изменений в тела при смешанной форме этих заболеваний информация предоставлена.


background image

VETERINARIYA

MEDITSINASI

ЮҚУМЛИ КАСАЛЛИКЛАР

#06 (187) 2023

5

UDK: 619.616.98:363.2-071.

B.A.Elmurodov,

v.f.d. professor.,

N.I.Navruzov,

v.f.fd., kichik ilmiy xodim,

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti

QO‘ZILARDA KOLIBAKTERIOZ VA SALMONELLYOZ

KASALLIKLARINING PATOMORFOLOGIYASI, OLDINI OLISH VA

DAVOLASH CHORA-TADBIRLARI

Аннотация

В статье освещены результаты вакцинации ягнят “ГОА

формалиновой вакциной протия колибактериоза и сальмонеллёза
телят, ягнят и поросят” и экспериментальные данные по
продолжительности иммунитета в 9-12 мес. При лечении
колибактериоза и сальмонеллёза ягнят установлена эффек-
тивность выше 90% путем стабилизациии иммунной системы
жывотных за счёт гамма-глобулинов, содержаныя в гиперим-
муннй сыворотке крове.

Summary

The article highlights the results of vaccination of lambs with the

“GOA formalin vaccine against colibacillosis and salmonellosis in
calves, lambs and piglets” and experimental data on the duration of
immunity at 9-12 months. In the treatment of colibacillosis and
salmonellosis in lambs, an efficiency of over 90%> has been established
by stabilizing the immune system of animals due to gamma globulins
contained in hyperimmune blood serum.

Kalit so ‘zlar:

antitelo, titr, agglyutinatsiya, davolash, oldini olish, giperimmun qon zardobi, mikrobiologiya, antibiotik, vaksina, gastrit,

splenit, atrofiya, distrofiya, tromboz.

Mavzuning dolzarbligi.

Hozirgi kunda chorvachilik

sohasiga yetarli darajada ziyon yetkazayotgan yosh hayvon- lar,
ayniqsa qo‘zilaming kolibakterioz va salmonellyoz ka- salliklari
ko‘p uchrashi, ba’zan bu infeksiyalaming aralash shaklda
kechishi, fermer, shirkat xo‘jaliklari va aholiga te- gishli shaxsiy
hayvonlar orasida talofatni ko‘paytirishi hech kimga sir emas.

Kolibakterioz va salmonellyozning oldini olishda mahal- liy

shtammlar asosida tayyorlangan “Buzoq, qo‘zi va cho‘ch- qa
bolalarining kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklariga qarshi
assotsiatsiyalangan GOA formol vaksina”ni boshqa tur
vaksinalarga taqqoslash, ulaming hayvon organizmi im- mun
tizimiga samaradorligini o‘rganish dolzarb muammolar- dan biri
hisoblanadi.

Bakterial kasalliklami davolashda ishlatiladigan antibiotik

vositalaming hayvon organizmida kumulyativ holati, uning
keyingi o‘zgargan biokimyoviy strukturasi hisobidan jigar, taloq,
markaziy nerv sistemasi va boshqa organlardagi turli patologik
holatlami chaqirishi muammoli jarayondir.

Yosh hayvonlar orasida sodir bo‘ladigan kolibakterioz va

salmonellyoz kabi kasalliklami davolashda mahalliy shtammlar
vositasida tayyorlangan giperimmun qon zar- dobining
samaradorligini aniqlash tadqiqotlarimizning bosh vazifalaridan
hisoblanadi. Mazkur antigenlardan organizmda hosil bo‘ladigan
murakkab oqsil tabiatli faol organik modda- lar (gamma-globulin
va boshq.) hisobidan immun tizimining barqaror bo'lishini
tajribalar asosida aniqlash muhimdir.

Tadqiqotning maqsadi.

“Buzoq, qo‘zi va cho‘chqa bo-

lalarining kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklariga qarshi
assotsiatsiyalangan GOA formol vaksina”ni emlashdan so‘ng
organizmdagi immunitet davomiyligi, mazkur kasalliklami
davolashda giperimmun qon zardobining antibiotik vositala-
ridan afzalligi va patomorfologik o‘zgarishlar orqali dastlab- ki
tashxislashdir.

Ichakdagi gaz pufakchalari yoqimsiz hidli bo‘lib, ba’zan

tarkibida qon izlari kuzatiladi. Shilliq qavat shishgan, shi- limshiq
bilan qoplangan, dog‘li va nuqtali qon quyilishlar mavjud.
Ichaklaming tutqich limfa tugunlari kattalashgan. Patologik
o‘zgarishlami tavsiflashda qon ketishi yuqum- li jarayonning
septikotoksik xususiyatini ko‘rsatadi[4]. Shubhasiz, patologik
diagnostika paytida ushbu organlardagi o'zgarishlar e’tiborga
loyiqdir. Ayniqsa, organlardagi o‘zgarishlar ekssudativ

xarakterga ega [3]. Bunday holda taloq kattalashadi, ba’zan o‘z
me’yorida qoladi. Organning chekkasida o‘sish bo‘lsa, ular biroz
yumaloq bo‘lib, konsis- tensiyasi yelimsimon bo‘ladi. Kapsulasi
silliq, uning ostida qon ketish kuzatiladi. Kesma yuzasi quruq,
qizil-jigarrang, oq chiziqlar bilan qoplangan. Gistologik tekshimv
paytida limfoid va retikulyar to‘qima elementlarining ko’payishi
kuzatilmaydi. Ushbu a’zolardagi patologik o‘zgarishlaming
farqlari differensial ahamiyatga ega bo‘lib, qo‘zilar kolibakterioz
va

salmonellyoz

kasalliklarining

birgalikda

kechishini

tashxislashda e’tiborga olinishi lozim [5]. Ovqat hazm qilish
jarayonining buzilishi va disbiozning rivojlanishi natijasida hosil
bo'lgan zaharli moddalar qon oqimiga tushib, tananing umumiy
intoksikatsiyasiga, tizimlar va organlar, xususan, jigar va
buyraklar funksiyasining buzilishiga olib keladi[6],

Tadqiqotlar obyekti va uslubiyatlar.

Qo‘zilaming ko-

libakterioz va salmonellyoz kasaliklarini oldini olish, davolash va
patomorfologik

o‘zgarishlami

aniqlash

maqsadida

tadqiqotlarimiz Veterinariya ITIda (mikrobiologiya, pato-
morfologiya va yosh mollar kasalliklarini o‘rganish labora-
toriyalarida) hamda ishlab chiqarish sharoitida Qashqadaryo
viloyati Dehqonobod tumani “M.Ibragimov” nomli qora-
ko‘lchilik MCHJda bajarildi.

Xo‘jalikda kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklaridan

tabiiy zararlangan 28 bosh qo‘zilarda tadqiqotlaming giperimmun
qon zardobi bilan davolash samaradorligi va patomorfologik
o'zgarishlari o’rganildi. Tajribalar olib borilgan hay- vonlarda
gematologik,

serologik

(agglyutinatsiya

reaksiyasi),

biokimyoviy, patomorfologik va mikrobiologik uslublarda
tekshirishlar bajarildi. Serologik (agglyutinatsiya reaksiyasi)
tekshirishda VITI mikrobiologiya laboratoriyasida mahalliy
shtammlar asosida tayyorlangan E.coli va salmonellalar- ning
antigenlaridan foydalanildi. Tabiiy sharoitda E.coli va
salmonellalar bilan zararlangan qo‘zilardagi patomorfologik
o‘zgarishlar

VITIning

patomorfologiya

laboratoriyasida,

gematologik tekshirishlar esa yosh mollar kasalliklarini o‘rganish
laboratoriyasida bajarildi. Qondagi biokimyoviy ko‘rsatkichlar
Samarqand shahar 1-Respublika ilmiy-amaliy shifoxonasining
bioximiya laboratoriyasida aniqlandi.

Natijalar va ularning tahlili.

Dehqonobod tumani

“M.Ibragimov” nomli qorakoTchilikka ixtisoslashgan MCHJ
xo‘jaligida “Buzoq, qo‘zi va cho'chqa bolalarining kolibakte-


background image

VETERINARIYA

MEDITSINASI

ЮҚУМЛИ КАСАЛЛИКЛАР

6

#06 (187) 2023

1-jadval.

Emlangan qo‘zilar qon zardobida E.coliga qarshi antitelolar titri dinamikasi (AR 1:25)

Guruhlar

Bosh soni

Tajribagacha

Kunlar (vaksinasiyadan keyin)

30 kun

60 kun

90 kun

180 kun

270 kun

I tajriba (2 marta

emlangan)

n=10

1:40

1:1240

1:1200

1:972

1:800

1:400

II tajriba (bir marta

emlangan)

n=10

1:60

1:600

1:720

1:800

1:600

1:270

rioz va salmonellyoz kasalliklariga qarshi assotsiatsiyalangan
GOA formol vaksina” bilan emlangan mavjud hayvonlarda
gematologik tahlillar qondagi eritrotsitlar va leykotsitlar soni
(Goryayev sanoq to‘ri), gemoglobin miqdor ko‘rsatkichi Sali
gemometri yordamida, qon zardobidagi umumiy oqsillaming
biokimyoviy ko‘rsatkichlari refraktometrik usulida, qondagi
glyukozaning miqdori ortotoluidin bilan rangli reaksiyada va
patomorfologik tekshirishda (Carl Zeiss mikroskopining 10x0,25
o‘lchamli obyektida) umumqabul qilingan usullar- dan
foydalanildi [8].

Tajriba uchun xo'jalikdagi qo‘zilar 2 guruhga ajratildi. I

tajriba guruhidagi 10 bosh qo‘zi “Buzoq, qo‘zi va cho‘chqa
bolalarining kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklariga qarshi
assotsiatsiyalangan GOA formol vaksina” bilan birinchi marta 1
ml, 14 kundan so‘ng (revaksinasiya) 2 ml teri ostiga aseptika va
antiseptika qoidalariga asosan emlandi. II tajriba guruhidagi 10
bosh qo‘zi faqat bir marta 2 ml miqdorida teri ostiga mazkur
vaksina bilan emlandi.

Epizootik tadbirlar tajribalar olib borilgan hayvonlarda 9 oy

davomida nazoratli kuzatuvda bo‘Idi. Tajribaga rejasiga ko‘ra,
emlangan qo'zilaming qon zardobida E.coli va salmo- nellalarga
antitelolar titri agglyutinasiya reaksiyasi asosida 30, 60, 90, 180
va 270 kungacha aniqlab borildi (1-2 jadval- lar).

Agglyutinatsiya reaksiyasi natijasiga ko‘ra, I tajriba gu-

ruhidagi 10 bosh qo‘zida 2 marta emlangach, E.colining an-
titelolar titri dinamikasi tajribaning boshidan 9 oylikga qadar
3,l±0,2 martaga kamayganligi, II tajriba guruhidagi qo‘zilar bir
marta emlanganligi sababli tadqiqotlarda bir va to‘qqiz oy- lik
natijasi 2,22±0,18 martaga kamaygani statistik aniqlandi.

Agglyutinatsiya reaksiyasi natijasiga ko‘ra I tajriba gu-

ruhidagi 10 bosh qo‘zida 2 marta emlangach, salmonellaning
antitelolar titri dinamikasi tajribaning boshidan 9 oylikka qadar
l,703±0,09 martaga kamayganligi, II tajriba guruhidagi qo'zilar
bir marta emlanganligi sababli tadqiqotlarda bir va to‘qqiz oylik
natijasi l,411±0,l martaga kamaygani statistik aniqlandi.

“Buzoq, qo‘zi va cho‘chqa bolalarining kolibakterioz va

salmonellyoz kasalliklariga qarshi assotsiatsiyalangan GOA
formol vaksina” bilan emlangan qo‘zilar qonida gematologik
tahlillami 9 oylik natijasini aniqlash uchun qon namunalari- ning
gematologik ko'rsatkichlari ham tekshirib borildi. Bunda
emlangan qo‘zilar qonida leykotsitlar va eritrotsitlar sonining

ko‘payib borishi, leykoformulaning nisbatan o‘zga- rishi qayd
etildi (3-jadval).

Tajribadagi har bir gematologik o‘zgarishlar me’yorga

nisbatan taqqoslab borildi. Vaksina bilan 2 marta emlangan I
tajriba guruhi hayvonlarida leykoformulaning o‘zgarishi
me’yoriga nisbatan 30 kunligida e’zinofillar l,157±0,04 martaga
ortgan bo‘Isa, limfosit, bazofil, mielotsit,

tayoq-

cha va bo‘g‘im

yadroli neytrofillaming qisman kamayishi aniqlandi. Eritrositlar
deyarli

o‘zgarishsiz

qolgan

boTsada.

leykositlardame’yorganisbatan

l,363±0,06

martagaoshgani

aniqlandi. Bu esa organizmga yagni turdagi antitelolar

kirib

kelgani va immun tizimning gumanitar javob reaksiyasidan
dalolat beradi.

Vaksina bir marta emlangan II tajriba guruhi

hayvonla-

rining leykoformulasida esa miyelositlar va bo‘g‘im yadro'.:
limfositlarda o‘zgarishlar borligi aniqlandi.

“M.Ibragimov” nomli qorako‘lchilik MCHJ xo‘jaligida

kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklari bilan tabiiy sharoit- da
zararlangan qo‘zilar organlaridagi patomorfologik

o‘zga-

rishlar

VITIning patomorfologiya laboratoriyasida patologo- anatomik
va gistologik uslublarda tekshirildi. Qo‘zilaming ichki a’zolari
patogistologik tekshirilganda, asosiy

o‘zga-

rishlaming ko‘pincha

parenximatoz a’zolarda kechishi

va

ularda gemodinamik hamda

distrofik jarayonlaming

kuchlt

rivojlanishi bilan ta’riflanadi.

Yurak-qon tomirlari kengaygan, tomir devor hujayralan

bo‘kkan, endoteliy ko‘chgan, ayrim tomirlar atrofida

gistio-

sit,

limfoid va leykositlardan iborat hujayra to‘plamlari

birin

chi

guruhga nisbatan ancha ko‘p. Mushaklar tolalarga

ajral-

gan,

ayrim tolalar donali distrofiyaga uchraganligi aniqlandi.

O‘pkada ham gemorragik kuchli nekrozlanuvchi pnev-

moniya rivojlangan. Ko‘pchilik alveolalar bo‘shliqlari

erit

rositlar

bilan to‘lgan. Alveolalararo kapillyar to‘rlari kengaygan va qonga
to‘lgan, natijada to‘siqlar ham qalinlashgan. biriktiruvchi to‘qima
tolalari bo‘kkan. Bu o‘zgarishlar

oqi-

batida o‘pka

parenximasining 1/8 qismi atelektazga

uchra-

gan. Intersitsial

to‘qima o‘pkaning hamma bo‘limlarida

ham

shishganligi

mikroskop ostida yaqqol kuzatildi.

Jigarda hosil bo‘lgan nekrotik o‘choqlar

ko‘pincha

markaziy

venalar yaqinida joylashgan bo‘lib, markaziy

qis

mi hujayra

detriti, xromatin donachalaridan iborat.

Nekrotik

2-

jadvaL

Emlangan qo‘zilar qon zardobida salmonellaga qarshi antitelolar titri dinamikasi (AR 1:25)

Guruhlar

Bosh soni

Tajribagacha

Kunlar (vaksinasiyadan keyin)

30 kun

60 kun

90 kun

180 kun

270 kun

I tajriba (2 marta

emlangan)

n=10

1:35

1:920

1:840

1:880

1:680

1:540

II tajriba (bir marta

emlangan)

n=10

1:50

1:470

1:620

1:667

1:533

1:333


background image

VETERINARIYA

MEDITSINASI

ЮҚУМЛИ КАСАЛЛИКЛАР

#06 (187) 2023

7

3-

jadval.

Kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklariga qarshi vaksina bilan emlangan qo‘zilar qonining gematologik ko‘rsatkichlari

Tekshirish vaqti

Eritrosit, mln/mkl Leykosit, ming/mkl

Leykoformula

E

В

M

L

Neytrofillar

tayoqcha yadroli

bo‘g‘im yadroli

Me’yor

9,16±0,88

8,74±0,74

7,0

0,6

3,4

44,8

4,8±0,41

41,6±4,12

I tajriba guruhi (2 marta emlangan)

30 kun

9,21±0,77 .

ll,91±0,72

8,1

0,4

3,1

44,0

4,9±0,28

36,4±2,14

60 kun

8,85±0,54

10,82±0,71

6,9

0,3

3,0

47,0

4,7±0,39

33,2±3,16

90 kun

9,24±0,84

9,20±l,05

6,7

0,5

3,7

44,4

4,3±0,18

41,4±2,24

180 kun

9,21±0,78

8,28±l,04

6,2

0,5

3,4

46,2

4,7±0,44

42,0±2,41

270 kun

9,55±0,45

8,71±0,41

7,4

0,7

3,2

41,4

4,l±0,27

44,2± 1,81

II tajriba guruhi (1 marta emlangan)

30 kun

9,18±0,28

ll,62±0,41

7,4

0,4

2,2

44,2

4,8±0,31

35,4±1,87

60 kun

9,21±0,84

10,64±0,81

8,2

0,5

3,0

48,4

4,2±0,21

37,5±2,21

90 kun

9,20±0,85

8,74±0,89

8,0

0,4

3,2

41,1

4,6±0,38

36,4±3,21

180 kun

9,18±0,45

8,45±0,78

7,8

0,4

2,5

41,2

4,8±0,22

36,9±2,22

270 kun

9,24±0,85

8,41±0,56

7,9

0,5

3,2

40,9

3,8±0,18

38,5±2,52

o‘choqlaming atrofi limfoid, gistiosit va neytrofil leykositlar bilan
chegaralangan. Shu bilan bir qatorda, gemodinamik va distrofik
o‘zgarishlar ham kuzatildi.

Taloqdagi

patogistologik

o'zgarishlar

tomirlaming

to‘laqonligi, trabekulalaming ozroq bo‘kishi, tolalar ko‘ri-
nishining noaniqligi bilan ifodalandi. Oq va qizil pulpa orasi- dagi
chegara kengaygan. Ayrim joylarida mayda qon quyilishlar va
limfoid to‘plamlar ko'rindi. Bu o‘zgarishlar or- ganizmda
kechayotgan umumiy patogistologik jarayonning ta’siridir.

Limfa

tugunlaridagi

gistologik

o'zgarishlar

hamma

tugunlarda ham bir xil emas. Sezilarli o'zgarishlar portal,
ichaklaming tutqich va o‘pka devor oralig‘idagi tugunlarda
bo‘lib, ularda seroz shish, seroz-gemorragik limfodenit va turli
o‘lchamdagi ekstrovazitlar rivojlangani tajribalar- da o‘rganildi.
O‘pkaning og‘ir patologik jarayonlar sodir bo'lgan qismlariga
yaqin joylashgan limfa tugunlarida qon quyilishlar bilan bir
qatorda sinuslar limfosit va leykositlar to‘plamlari bilan to‘lgan,
follikulalaming hajmi kengaygan, limfositlar miqdori ko‘paygani
aniqlandi.

Buyraklarda sodir bo'lgan patogistologik o'zgarish- lar

asosan umumiy patologik jarayonlardir. Bu jarayonlar ko‘pincha
gemodinamik va buyrak naychalari epiteliysi- ning donali, ayrim
joylarda

esa

yog‘li

distorfiyasidan

iborat.

Buyrak

koptokchalarining kapillyar to'rlari kengayishi nati- jasida
mikroskopda

faqat

eritrotsitlar

to‘plamlari

ko‘rinadi.

Koptokchalar atrofidagi kapsulalaming hajmi kengaygan, fibrinli
ekssudat bilan to‘lgan. Epiteliy yadrolari reksis ham- da lizisga
uchragan.

Oshqozon oldi bo‘limlarining kutikula qatlamlari yirik

deskvamativ bo‘laklar ko‘rinishida ko‘chgan. Epiteliy hu-
jayralarining sitoplazmalari yaxshi bo‘yalmagan, yadrolar
piknoz, lizis va reksis holatida. Bu o‘zgarishlar umumiy
nekrobiotik jarayonlaming rivojlanishidan darak beradi. Shirdon
shilliq pardasi deskvamasiyaga uchragan, turli xil qon quyilishlar
mavjud, shilliq modda ko‘p ajralgan, hazm qiluvchi bezlar
distrofik holatda ekanligi qayd etildi.

Ichaklardagi patogistologik o'zgarishlar asosan tutqich limfa

tugunlaridagi solitarfollikulalar va Peer to‘qimalarining
chuqurroq o‘zgarganligi bilan ifodalanadi. Tugunlar shish- gan,
ayrimlarining markaziy qismlari nekrobiotik hamda nekrotik
holatda, ko‘p sonli nuqtali qon quyilishlar o'choq- lari mavjud.

Kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklarining aralash

shaklda kechishi mayda shoxli hayvonlar organizmda o‘zi- ga xos
o‘zgarishlami chaqiradi. Jumladan 3 kunlikdan 120 kunlikgacha
bo'lgan qo'zilaming turli a’zolarida gemodinamik, distrofik
jarayonlar kuchli rivojlangan bo'lib, bu o‘zga- rishlar juda o'tkir
va murakkab kechishi tajribalar davomida o'rganildi.

Xo'jalikda kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklari- dan

tabiiy zararlangan 28 bosh qo‘zi alohida ajratilib, “Yosh
hayvonlaming kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklariga qarshi
giperimmun qon zardobi”ning davolash samaradorligi bir necha
turdagi antibiotik dori vositalariga taqqoslab, ilmiy- amaliy
tadqiqotlar bajarildi.

Tajribada kasallangan qo'zilar 14 boshdan ikki guruhga

ajratildi, I guruh VITI mikrobiologiya laboratoriyasida ma- halliy
shtammlar asosida tayyorlangan “Yosh hayvonlaming
kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklariga qarshi giperimmun
qon zardobi” bilan davolandi. II tajriba guruhidagi 14 bosh qo‘zi
amoksitsillin, penstrip-400, farmostar, doksiloks, nitoks,
enrofloks va gentamisin sulfat antibiotik vositalari bilan
davolandi (4-jadval).

Antibiotik vositalarining har bir turi, kolibakterioz va

salmonellyoz bilan tabiiy kasallangan 2 boshdan qo'ziga taq-
simlangan holatda davolash tadbirlari olib borildi.

4-

jadval ma’lumotlariga ko‘ra, I tajriba guruh hayvon- lari

“Yosh hayvonlaming kolibakterioz va salmonellyoz ka-
salliklariga qarshi giperimmun qon zardobi” bilan davolash
jarayonida yo'riqnomaga asosan ularga kun davomida ikki marta
teri ostiga 1 ml qon zardobi 3-5 kg tirik vazniga nis- batan
yuborildi. Giperimmun qon zardobi bilan davolash natijasida
kolibakterioz va salmonellyozlar bilan aralash hoi-


background image

VETERINARIYA

MEDITSINASI

ЮҚУМЛИ КАСАЛЛИКЛАР

8

#06 (187) 2023

4-jadval.

Kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklari bilan tabiiy kasallangan qo‘zilarni giperimmun qon zardobi va antibiotiklar

bilan davolash samaradorligi

guruh- lar

davolovchi vosita

kuzatuv kunlari

yuborish

usuli

natija

samara-

dorlik

0

1

1

2

3

4

5

6

7

8 9

10

I tajriba
14 bosh

Kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklariga

qarshi giperimmun qon zardobi

К К

т т

т

т

т

т

т

т

teri ostiga

1 boshi

tuzalmadi

92

II tajriba

14 bosh

amoksitsillin

К к

т т

т

т

т

т

т

к

mushak

orasiga

3 boshi

tuzalmadi

78

penstrip-400

К к

к к

т

т

т

т

к

к

farmostar

к

к

т т

т

т

т

т

к

к

doksiloks

к

к

т т

т

т

т

т

т

к

nitoks

к

к

к к

к

к

к

к

к

к

enrofloks

к

к

т т

т

т

т

т

к

к

gentamitsin

к

к

к к

к

к

к

к к

к

Izoh: K-kasal, T-tuzaldi

da kasallangan qo‘zilaming 92 foizi tuzalgani aniqlandi. Ka-
salliklardan tuzalgan qo‘zilaming qon zardoblarida AR titri
n=14(o‘rtacha) 1:564 bo‘lishi o‘rganildi. Bu esa organizmda
birlamchi (klostridial) immunitet shakllanganidan dalolat be-
radi. II tajriba guruhi hayvonlarini 7 turdagi antibiotik vosita- lari
bilan maxsus yo‘riqnomaga asosan davolashning dastlab- ki
kunlarida kasal bo‘lsada, amoksitsillin, farmostar, doksi- loks, va
enroflokslarda davolandi. Lekin kuzatuv davrining 9-10-
kunlarida qo‘zilarda kolibakterioz va salmonellyozga xos klinik
belgilar paydo bo‘ldi. Boshqa tur antibiotiklar pen- strip-400,
nitoks va gentamitsin sulfatlar bilan davolanganlari tuzalmadi va
ulaming tuzalishi kuzatuv kunlarida kechikkani aniqlanildi (3-8-
10 kunlari). Zararlangan qo‘zilarda kuza- tuvning 3-4-kunlari
diareya,

darmonsizlanish,

tana

harorati

(+40,5-+41°C)

ko‘tarilishi, yurak urishi, nafas olishi tezlash- di. Kasai qo‘zilar
holsizlanib, faqat yotdi, tumshuqlari quruq bo‘lib, ko‘z shilliq
pardalarida qon quyilishlar kuzatildi.

Xulosalar:

1.

“Buzoq, qo‘zi va cho‘chqa bolalarining kolibakterioz va

salmonellyoz kasalliklariga qarshi assotsiatsiyalangan GOA
formol vaksina” emlangan qo‘zilar organizmida sal- monellaga
antitelolar titri 9 oylikda 1:540; kolibakteriozda 1:400; mazkur
vaksina bilan faqat bir marta emlangan qo‘zi- larda salmonellalar
uchun antitelolar titri 1:333; kolibakteriozda esa 1:270 gacha
bo‘lishi aniqlandi.

2.

Kolibakterioz 5-30 kunlik qo'zilarda o‘tkir shaklda ke-

chib, o‘pkada shish, qon tomirlarida turg‘unlik, buyrak kap-
sulasi ostida va taloqda nuqtali qon quyilishi, jigaming kat-
talashishi va chetlarida nekrotik o'choqlar kuzatilishi, taloq
pulpasidan ko‘p miqdorda qirindi to‘planishi va giperemiya bilan
tavsiflanishi aniqlandi.

3.

Tabiiy sharoitda qo'zilaming kolibakterioz va sal-

monellyoz

bilan

aralash

infeksiya

holida

zararlanishi

y=65,5±0,42% va o‘lim darajasi y=46,18±0,56% ni tashkil etishi
aniqlandi.

4.

Kolibakterioz va salmonellyoz bilan aralash infeksiya

holida zararlangan qo‘zilami giperimmun qon zardobi bilan
davolash samaradorligi 92 foizni tashkil etdi, kasalliklardan
tuzalgan qo‘zilaming qon zardoblarida AR titri n=14 (o‘rta- cha)

1:564 bo‘lishi aniqlandi.

5.

E.coli va Salmonellalaming antibiotiklarga sezuv-

chanligiga ko‘ra amoksitsillin, farmostar, doksiloks va

en-

roflokslarga sezuvchan, ampisillin va oksatsilinlarga nisbatan
sezuvchan emas va penstrip-400, nitoks, va gentamitsin

sul-

fatlarga kamsezuvchan ekanligi aniqlandi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Бессарабов Б.Ф., Воронин E.C. и др. Инфекционные

болезни животных // Под ред. А. А.Сидорчука. - М.

:Колос.

2007.-С. 671-674.

2.

Ермолова Т.Г. Энергетический обмен у

крупного

рогатого скота при применении биологически

активных

веществ: Автореф.дисс. на соис. уч. степ. канд.

биол

наук. -

Воронеж, 2007. -23 с.

3.

Қамбаров А.А., Алиев Д.Д. Қоракўл қўйларидз

колибактериозга вакцинациядан кейин буйрак

усти

бези

глюкокортикоидал фаоллиги

И

“Чорвачилик ҳамда

ветеринария фани ютуқлари ва истиқболлари” Республика
илмий-амалий конференцияси материалларг тўплами. -
Самарканд, 2010. -Б. 42-44.

4.

Васильева В.А., Мусаткина Т.Б.

Патоморфология

органов телят и поросят, вызванная эшерихиями //

Труды

КубГАУ. - Краснодар, 2009. -№1. -С.17-18.

5.

Элмуродов Б.А. Қўзиларда пастереллёз ва

коли-

бактериоз аралаш холда учраганда кузатиладиган

клиник-

анатомик белгилари

//

Проблемы изыскания синтеза

и

производства препаратов для ветеринарии: Республика
илмий-амалий конференциялари маърузалари тўплами. -
Самарканд: ВИТИ, 1999. -Б.219-221.

6.

Элмуродов Б.А. Бузоқ ва қўзиларнинг

аралаш

бактериал касалликлари патоморфологик диагностикам ва
уларга қарши кураш чораларини ишлаб

чикиш

Докторлик

диссертацияси автореферата. - Самарканд. 2016. -29 б.

7.

Наврузов Н.И. ва бошқалар Scopus: “The

impor

tance

of chitosan suctinat in lamb colibacteriosis”

Jundisha-

pur Journal

of Microbiology. ISSN 2008-3645 E-ISSN

200S-

4161; India.

(2022). IF: 1.233.


background image

VETERINARIYA

MEDITSINASI

ЮҚУМЛИ КАСАЛЛИКЛАР

9

#06 (187) 2023

8.

Зайчик А.Ш., Чурилов А.П. Основы общей

пато-

логии. 4.2. Основы патохимии. - СПб.: ЭЛБИ, 2000.

-688 с

Библиографические ссылки

Бессарабов Б.Ф., Воронин E.C. и др. Инфекционные болезни животных // Под ред. А. А.Сидорчука. - М. :Колос. 2007.-С. 671-674.

Ермолова Т.Г. Энергетический обмен у крупного рогатого скота при применении биологически активных веществ: Автореф.дисс. на соис. уч. степ. канд. биол наук. - Воронеж, 2007. -23 с.

Қамбаров А.А., Алиев Д.Д. Қоракўл қўйларидз колибактериозга вакцинациядан кейин буйрак усти бези глюкокортикоидал фаоллиги И “Чорвачилик ҳамда ветеринария фани ютуқлари ва истиқболлари” Республика илмий-амалий конференцияси материалларг тўплами. - Самарканд, 2010. -Б. 42-44.

Васильева В.А., Мусаткина Т.Б. Патоморфология органов телят и поросят, вызванная эшерихиями // Труды КубГАУ. - Краснодар, 2009. -№1. -С.17-18.

Элмуродов Б.А. Қўзиларда пастереллёз ва коли-бактериоз аралаш холда учраганда кузатиладиган клиник- анатомик белгилари // Проблемы изыскания синтеза и производства препаратов для ветеринарии: Республика илмий-амалий конференциялари маърузалари тўплами. - Самарканд: ВИТИ, 1999. -Б.219-221.

Элмуродов Б.А. Бузоқ ва қўзиларнинг аралаш бактериал касалликлари патоморфологик диагностикам ва уларга қарши кураш чораларини ишлаб чикиш Докторлик диссертацияси автореферата. - Самарканд. 2016. -29 б.

Наврузов Н.И. ва бошқалар Scopus: “The importance of chitosan suctinat in lamb colibacteriosis” Jundisha- pur Journal of Microbiology. ISSN 2008-3645 E-ISSN 200S- 4161; India. (2022). IF: 1.233.

Зайчик А.Ш., Чурилов А.П. Основы общей патологии. 4.2. Основы патохимии. - СПб.: ЭЛБИ, 2000. -688 с

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов