“AGROSANOAT MAJMUINING DOLZARB MUAMMOLARINI HAL ETISHDA
VETERINARIYA FANI VA BIOTEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI”
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
47
UDK: 619:615:636.2/.3:579
KOLIBAKTERIOZ QO‘ZG‘ATUVCHISINING ETIS-2 KOMPLEKS
PREPARATIGA NISBATAN SEZUVCHANLIGI VA CHIDAMLILIGI
Mamadullayev G.H., v.f.d., ilmiy rahbar, Navruzov N.I., v.f.f.d., kata ilmiy xodim,
Djurakulov O.K. tayanch doktorant, Xamidov S.G. SamDVMChBU talabasi
Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, Samarqand. Toyloq
Annotatsiya:
Maqolada qishloq xo‘jalik hayvonlarida uchraydigan
kolibakterioz qo‘zg‘atuvchilarida ETIS-2 kompleks preparati va boshqa bazi
antibiotiklarga sezuvchanligi bilan rezistenligini o‘rganish bo‘yicha disk diffuziyali
ko‘rsatgichini aniqlash bayon qilingan.
Аннотация:
В статье описана идентификация диффузионного
индикатора disc для изучения устойчивости к комплексному препарату
ЭТИС-2 и чувствительности к некоторым другим антибиотикам при
возбудителях колибактериоза, обнаруженных у сельскохозяйственных
животных.
Summary:
The article describes the identification of the diffusion indicator
disc for the study of resistance to the complex drug ETIS-2 and sensitivity to some
other antibiotics in colibacteriosis pathogens found in farm animals.
Kalit so‘zlar: Mikroorganizm, shtammlar kolleksiyasi, E.coli, kolibakterioz,
antibiotik, probirka, Enroflan, Nitoks, Ditrim, ETIS-2, Endo agar oziqa muhiti,
disk.
Tadqiqotning dolzarbligi.
Kolibakteriozga, shuningdek boshqa yuqumli
kasalliklarga qarshi muvaffaqiyatli kurashda hal qiluvchi omillardan biri bu to‘g‘ri
davolash rejimidir. Mikroorganizmlarning antibiotiklarga chidamli shtammlarining
keng tarqalishi tufayli, ayniqsa enterobakteriyalar oilasida, ko‘plab antibakterial
dorilar va antibiotiklarning samaradorligi keskin kamayadi [1].
Patogen enterobakteriyalar keltirib chiqaradigan o‘tkir ichak infeksiyalari
bilan bog‘liq muammo hozirgi vaqtda dolzarb bo‘lib qolmoqda [2]. Kolibakterioz
qo‘zg‘atuvchisi hayvonlarning yuqumli patologiyasida yetakchi o‘rinlardan birini
egallaydi, masalan bu qo‘zg‘atuvchi parrandalar o‘limining taxminan 50-60 foizini
tashkil qiladi [3].
Material va metodlar.
2022-2023-yillar davomida Veterinariya ilmiy-
tadqiqot instituti Hududiy diagnostik laboratoriyasidagi mikroorganizmlar
shtammlar kolleksiyasidan olingan
E.Coli
shtammi bilan Mikrobiologiya va
Tuberkulyoz laboratoriyalarida ilmiy-tadqiqotlar bajarildi. Kolibakterioz shtammi
“AGROSANOAT MAJMUINING DOLZARB MUAMMOLARINI HAL ETISHDA
VETERINARIYA FANI VA BIOTEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI”
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
48
E.coli
liofilizatsiya qilingan va -80
o
C sovuq sharoitida saqlangani bois,
tajribalardan oldin
Endo
yarim suyuq agarlarida jonlantirib olindi.
Tadqiqotlarda VITI Mikrobiologiya laboratoriyasida tayyorlangan antibiotik
disklari ishlatildi.
E.coli
qo‘zg‘atuvchisi 4 xil turdagi - Enroflan, Nitoks, Ditrim
antibiotiklariga va ETIS-2 kompleks preparatining suv va moyli emulsiyalariga
nisbatan sezuvchanligi
Endo
agarlarida disk diffuziya usuli bilan aniqlandi.
Antibakterial preparat disklari bo‘lgan kulturalar+37°C haroratda 24 soat
davomida inkubatsiyada saqlandi. Antibiotiklarga sezuvchanlik toifalariga ko‘ra
(disk o‘rnatilgan bakteriyaning o‘sgan hududi 1,5-2,5 sm gacha bo‘lsa sezuvchan,
1,5 sm gacha kam sezuvchan va bakteriyaning o‘smagan hududi bo‘lmasa
sezuvchan emas) har bir koloniyalar uchun o‘sish zonasini taqqoslash orqali
aniqlandi [4].
ETIS-2 kompleks preparatini 10 kunlik yoshdan boshlab fiziologik holatidan
qat’iy nazar, barcha turdagi hayvonlarga qo‘llash mumkin [5].
Natijalar va ularning tahlili.
Kolibakteriozga shuningdek, boshqa yuqumli
kasalliklarga qarshi muvaffaqiyatli kurashda hal qiluvchi xususiyatlardan biri bu
to‘g‘ri davolash rejimidir. Mikroorganizmlarning antibiotiklarga chidamli
shtammlarining paydo bo‘lib borishi tufayli, ayniqsa enterobakteriyalar oilasida
ko‘plab antibakterial dorilar va antibiotiklarga chidamli shtammlar vujudga kelishi
natijasida kasalliklarni davolash samaradorligi keskin kamayadi [6]. Bu borada
VITI Hududiy diagnostik laboratoriyasidagi mikroorganizmlar shtammlar
kolleksiyasidan olingan
E.Coli
shtammi bilan Mikrobiologiya va Tuberkulyoz
laboratoriyalarida ilmiy-tadqiqotlar bajarildi. Kolibakterioz shtammi (
E.coli)
liofilizatsiya qilingan va -80
o
C haroratda sovutgichda saqlangani bois, tajribalardan
oldin
Endo yarim suyuq agarida
jonlantirib olindi.
Tadqiqotlarda VITI Mikrobiologiya laboratoriyasida tayyorlangan antibiotik
disklari ishlatildi. ETIS-2 kompleks preparatining kolibakterioz qo‘zg‘atuvchisiga
qarshi antibakterial faolligi boshqa tur antibiotiklar bilan solishtirma ravishda
qiyosiy tadqiq qilindi.
E.coli
qo‘zg‘atuvchisi 3 xil turdagi - Enroflan, Nitoks,
Ditrim antibiotiklariga va ETIS-2 kompleks preparatining suv va moyli
emulsiyalariga nisbatan sezuvchanligi
Endo agarida
disk diffuziya usuli bilan
aniqlandi.
Antibakterial preparat disklari bo‘lgan kulturalar+37°C haroratda 24 soat
davomida inkubatsiyada saqlandi. Antibiotiklarga sezuvchanlik toifalariga ko‘ra
(disk o‘rnatilgan bakteriyaning o‘sgan hududi 1,5-2,5 sm.gacha bo‘lsa sezuvchan,
1,5 sm.gacha kam sezuvchan va bakteriyaning o‘smagan hududi bo‘lmasa
sezuvchan emas), har bir koloniyalar uchun o‘sish zonasini taqqoslash orqali
aniqlandi [7].
“AGROSANOAT MAJMUINING DOLZARB MUAMMOLARINI HAL ETISHDA
VETERINARIYA FANI VA BIOTEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI”
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
49
Antibakterial preparatlar disklari va ETIS-2 kompleks preparatini o‘zida
saqlagan
oziqa
muhitlarida
kolibakterioz
qo‘zg‘atuvchisi
koloniyalariga
inkubatsiya davridan keyin preparatlar quyidagicha ta’sir (ta’sir etish zonasi)
ko‘rsatdi (1-rasm).
1-rasm natijalaridan ko‘rinib turibdiki, kolibakterioz qo‘zg‘atuvchisi 3 xil
antibiotikka nisbatan ETIS-2 preparatining qariyib barcha konsentratsiyalariga
sezuvchan ekanligi aniqlandi.
Xulosa qilish mumkinki, ETIS-2 kompleks preparatining 1:10 va 1:50
konsentratsiyasiga kolibakterioz kasallik qo‘zg‘atuvchisi sezuvchan ekanligi,
preparatning asosiy konsentratsiyasi esa kuchli bakteritsid ta’sir ko‘rsatganligi
ma’lum bo‘ldi. ETIS-2 preparatining bakteritsidligi Enroflan, Nitoks va Ditrim
antibiotiklariga nisbatan faolroq ekanligi aniqlandi.
1)
(№1 suv) ETIS-2 preparatining 1:10 nisbatdagi suvli eritmasiga -
sezuvchan.
(№2) ETIS-2 preparatining 1:10 nisbatdagi moyli emulsiyasiga -
sezuvchan.
2)
(№1) ETIS-2 preparatining 1:100 nisbatdagi suvli eritmasiga -
kam sezuvchan.
(№2) ETIS-2 preparatining 1:100 nisbatdagi moyli emulsiyasiga –
sezuvchan.
3)
(№1) ETIS-2 preparatining 1:50 nisbatda (suvli) -
kam sezuvchan.
(№2) ETIS-2 preparatining 1:50 nisbatda (moyli) –
sezuvchan.
4)
(№1) Nitoks 1:10 nisbatdagi eritmasi
- sezuvchan emas.
5)
(№2) Enroflan 1:10 nisbatdagi eritmasi
- kam sezuvchan.
6)
(3) Ditrim 1:10 nisbatdagi eritmasi
- sezuvchan emas.
7)
ETIS-2 preparatining asosiy konsentratsiyasi -
o‘ta sezuvchan
.
1 – rasm: Endo agar oziqa muhitida o‘sgan kolibakterioz
qo‘zg‘atuvchisining antibakterial preparatlarga sezuvchanligi.
Xulosalar:
1. ETIS-2 kompleks preparatining suv va moyli emulsiyalari
Endo
agarida
disk diffuziya usulida kolibakterioz qo‘zg‘atuvchisiga 24 soat davomida
bakteritsid va bakteriostatik ta’sir etishi aniqlandi.
“AGROSANOAT MAJMUINING DOLZARB MUAMMOLARINI HAL ETISHDA
VETERINARIYA FANI VA BIOTEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI”
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
50
2. ETIS-2 kompleks preparatining 1:1 va 1:10; 1:50 va 1:100 nisbatdagi
moyli emulsiyasiga kolibakterioz qo‘zg‘atuvchisi sezuvchanligi aniqlandi.
3.
Bakterial infeksiyalarni, shu jumladan kolibakteriozni samarali nazorat
qilish ushbu muammoni hal qilishda kompleks yondashuvni talab qiladi.
Izolyatsiya qilingan mikroorganizmning antibakterial dorilarga sezgirligini o‘z
vaqtida aniqlash davolash samaradorligini oshiradi va ko‘p chidamli shtammlar
ehtimolini kamaytiradi.
4. Ditrim preparatining 1:10 nisbatdagi moyli emulsiyasi salmonella
qo‘zg‘atuvchisiga sezuvchan emas.
5. Nitoks preparatining 1:10 nisbatdagi moyli emulsiyasi salmonella
qo‘zg‘atuvchisiga sezuvchan emas.
6. Enroflan preparatining 1:10 nisbatdagi moyli emulsiyasi salmonella
qo‘zg‘atuvchisiga kam sezuvchan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Макавчик С.A. Колибактериоз птиц: особенности экспресс-
диагностики, профилактики и лечения тетраголда: дис. канд. вет. наук. -
СПб., 2008. – 189 с.
2.
Antibiotiklarni tavsiya qilish uchun qanday ko‘rsatmalar bo‘lishi kerak?
Ushbu savolga Shtab a’zosi Barno Abdusamatova javob berdi. Xalq so‘zi 19
oktabr 2020.
3.
Борисенкова
А.Н.,
Рождественская
Т.Н.,
Новикова
О.Б.
Бактериалные
болезни
птиц,
вызываемые
зоопатогенными
и
эпидемиологически
опасными
микроорганизмами
//
Материалы
Всероссийского ветеринарного конгрессса. - М., 2004. - С. 34-37.
4.
Loshchinin, M.N, and Sokolova, N.A. (2015). Antimicrobial sensitivity
of Salmonella strains. Trudy VIEV [ARIEV Proceedings], 78, 250-256.
5.
Mamadullayev G.X., Fayziyev U.M., Allazov A.S., Eshquvvatov R.
ETIS-2 kompleks preparatining davolash va profilaktik samaradorligi. Veterinariya
meditsinasi jurnali, Toshkent 2021 yil, № 2 son, 30-33-betlar.
6.
Salimov Н.S, Qambarov A.A, I.X.Salimov “Epizootologiya va infeksion
kasalliklar” darslik Toskent-2021, 441-447.
7.
Veber-Dabrowska V., Zimecki M., Kruzel M.,et al. (2006). Alternative
therapies in antibiotic-resistant infection. Adv. Med. Sci. Vol. 51: 242-244.