“AGROSANOAT MAJMUINING DOLZARB MUAMMOLARINI HAL ETISHDA
VETERINARIYA FANI VA BIOTEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI”
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
59
UDK: 619:636.2/.3:579
PASTERELLYOZ QO‘ZG‘ATUVCHISINING ETIS-2 KOMPLEKS
PREPARATIGA NISBATAN SEZUVCHANLIGI VA CHIDAMLILIGI
Djurakulov O.K. tayanch doktorant, Navruzov N.I., v.f.f.d., kata ilmiy xodim,
Xamidov S.G. SamDVMCHBU talabasi, Mamadullayev G.H., v.f.d., ilmiy rahbar
Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, Samarqand. Toyloq
Annotatsiya:
Maqolada qishloq xo‘jalik hayvonlarida uchraydigan
Pasterelyoz qo‘zg‘atuvchilarida ETIS-2 kompleks preparati va boshqa bazi
antibiotiklarga sezuvchanligi bilan rezistenligini o‘rganish bo‘yicha disk diffuziyali
ko‘rsatgichini aniqlash bayon qilingan.
Аннотация:
В
статье
описана
идентификация
дискового
диффузионного
индикатора
для
изучения
резистентности
с
чувствительностью к комплексному препарату ЭТИС-2 и некоторым другим
антибиотикам
у
возбудителей
пастереллеза,
обнаруженных
у
сельскохозяйственных животных.
Summary:
The article describes the identification of a disk diffusion
indicator for the study of resistance with sensitivity to the complex drug ETIS-2
and some other antibiotics in pathogens of pasteurellosis found in farm animals.
Kalit so‘zlar: ETIS-2, bakteriostatik, pasterellyoz, probirka bakteritsid,
pasterella, Endo muhiti, Levina muhiti, Petri likopchasi, disk, epizootiya,
statsionar epizootik o‘choq.
Tadqiqotning dolzarbligi.
Pasterellyoz (lot., ingl. – Pasteurellosis; ruscha –
gemorragicheskaya septitsemiya) – sut emizuvchilar va parrandalarning kontagioz
infeksion kasalligi bo‘lib, o‘tkir kechganda gemorragik septitsemiya, krupozli
pnevmoniya, plevrit va gavdaning ko‘pgina joylarida suvli shish, yarim o‘tkir va
surunkali kechganda – o‘pkada yiringli nekrotik pnevmoniya, kerotokonyuktivit,
artritlar, mastit va gemorragik enterit bilan xarakterlanadi [1].
Pasterellyozdan keladigan iqtisodiy zarar juda katta. O‘lim 70-75% gacha
yetib, kasal hayvonlar ozib ketadi. Davolash va oldini olish uchun katta miqdorda
mablag‘ sarflash talab etiladi [1].
Pasterellyozga hamma tur uy va yovvoyi sut emizuvchi hayvonlar va
parrandalar moyil. Bu kasallik odamlarda ham uchraydi. Tovuqlar va quyonlar
o‘rtasida kasallik odatda epizootiya holida namoyon bo‘ladi. Boshqa tur
hayvonlarda kamroq epizootiya kuzatiladi. Ot va go‘shtxo‘r hayvonlar
pasterellyozga chidamliroq.
“AGROSANOAT MAJMUINING DOLZARB MUAMMOLARINI HAL ETISHDA
VETERINARIYA FANI VA BIOTEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI”
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
60
Kasallikning o‘ziga xos xususiyati –uni enzootikligi va statsionar epizootik
o‘choq paydo qilishi hisoblanadi. Kuz va bahorda kasallik 53% kuzatiladi [1].
O‘tgan asrning 50-yillari o‘rtalaridan boshlab veterinariya tibbiyotida
antibiotiklardan foydalanish ham hayvonlarning o‘sishini rag‘batlantirish va
qishloq xo‘jaligi mahsuldorligini oshirishga qaratilgan komplekslarning bir
qismiga aylandi. Antibiotikli moddalarni o‘z ichiga olgan yetarlicha kichik
dozalardan foydalanish nafaqat vazn ortishini oshirishga, balki yosh hayvonlar
orasida kasalliklar va o‘limni kamaytirishga, hayvonlarning immunitetini
mustahkamlashga va qishloq xo‘jaligi sanoatini tubdan yangi bosqichga olib
chiqishga imkon berdi [7].
Mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezgirligini baholashning asosiy
maqsadi ularning muayyan bemorlarda infeksiyalarni davolashda samaradorligini
taxmin qilishdir. Sezuvchanlikni aniqlash mikroorganizmlar orasida qarshilik
tarqalishini epidemiologik monitoring qilish va yangi dorilarni o‘rganish
jarayonida ham amalga oshiriladi [3].
Antibiotiklardan foydalanish klinik jihatdan ifodalangan infeksiya holatida,
patogen ajratilganda va uning dorilarga sezgirligi aniqlanganda tavsiya etiladi.
Agar
patogen
muvaffaqiyatli
sof
holda
ajratilgan
bo‘lsa
kasallik
qo‘zg‘atuvchisning preparatlarga nisbatan sezuvchanligi va chidamliligini aniqlash
oson kechadi. Infeksiya aralash holatida bo‘lsa, shtammning sezuvchanligi va
chidamliligini aniqlash faqat monokultura ajratilgandan keyin uning antibakterial
dorilarga sezgirligini aniqlash mumkin.
Ba’zan sifatsiz disklardan foydalanish (saqlash sharoitlari buzilgan bo‘lsa),
shuningdek disklarning nomutanosib tarkibi natijani buzadi. Disklardagi preparat -
bakterial kulturaning o‘sish kechikishi zonasini aniqlaydi [4].
Uy hayvonlarida yuqumli kasalliklarni davolashda asosiy muammolardan
biri bu antibakterial dorilarga chidamli mikroorganizmlar shtammlarining
tarqalishi. Antibiotik terapiyasini oqilona tashkil yetishga mas’uliyatli
munosabatda bo‘lish zarur. [3].
Antibiotiklarga
qarshilik
deganda
antibakterial
dorilar
ta’sirida
mikroorganizmlarning o‘sishi va bo‘linishi tushuniladi. Antibakterial vositalarga
sezgirlik darajasiga ko‘ra mikroorganizmlar guruhlarga bo‘linadi. Yuqori
sezuvchanlik bilan hayvon va inson tanasida patogenning o‘sishi, ko‘payishi yoki
o‘lishi preparatning terapevtik konsentratsiyasida to‘xtaydi. O‘rtacha sezuvchanlik
bilan bunday natijaga yerishish uchun antibiotikning maksimal dozalari kerak. Past
sezuvchanlik bilan ta’sirga faqat
in vitro
konsentratsiyalarda yerishish mumkin,
bemor
uchun
toksik.
Qarshilik
patogenning
preparatning
terapevtik
konsentratsiyasi mavjud bo‘lganda ko‘payish qobiliyatini anglatadi. Past
“AGROSANOAT MAJMUINING DOLZARB MUAMMOLARINI HAL ETISHDA
VETERINARIYA FANI VA BIOTEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI”
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
61
sezuvchanlik yoki qarshilik qayd yetilgan dorilarni qo‘llash orqali biz nafaqat
patogenni yo‘q qilmaymiz, balki jarayonni umumlashtirishga ham hissa
qo‘shishimiz mumkin: boshqa mikroorganizmlar, shu jumladan normal flora
vakillari antibiotikga sezgir bo‘lib qolishi va o‘lishi mumkin. Bu chidamli turlar va
shtammlarga, birinchi navbatda saprofitik patogen mikrofloraning vakillariga
tanadagi bo‘sh ekologik bo‘shliqlarni egallashga imkon beradi. Asosiy ta’sir
bo‘lmasa, barcha mumkin bo‘lgan yon ta’sirlar (allergenlik, immunosupressiv
ta’sir, gepatotoksiklik va boshqalar.) saqlanadi [3,5].
Uy hayvonlari bo‘yicha olib borgan tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatdiki,
mikrobial shtammlarning ularda ko‘p antibiotiklarga chidamliligini rivojlantirishga
jiddiy siljishi kuzatilgan. Nafaqat tajribada ishlatiladigan hayvonlarga, balki
umuman veterinariya tibbiyotida ham buyurilmagan so‘nggi avlodlarning ko‘plab
dori vositalari faol emas. Bu borada infeksiyalarni davolash muammoga aylanishi
mumkin [2,6].
Material va metodlar.
2022-2023-yillarda Veterinariya ilmiy-tadqiqot
instituti Hududiy diagnostik laboratoriyada saqlanadigan Mikroorganizmlar
kolleksiyasidan olingan
Pasteurella haemolytica
shtammi bilan Mikrobiologiya va
Tuberkulyoz laboratoriyalarida ilmiy-tadqiqotlar bajarildi. Pasterella shtammi
(
Pasteurella haemolytica)
liofilizatsiya qilingan va -80
o
С sovuq sharoitida
saqlangani bois, tajribalardan oldin
Endo
va
Levina
yarim suyuq agarlarida
differensiaatsiya qilindi.
VITI Mikrobiologiya laboratoriyasida olib borilgan tadqiqotlar davomida
tayyorlangan antibiotik disklari ishlatildi.
Pasteurella haemolytica
qo‘zg‘atuvchisi
4 xil turdagi antibiotiklarga nisbatan sezuvchanligi: Enroflan, Nitoks, Ditrim va
ETIS-2 kompleks preparatining suv va moyli emulsiyalarini
Endo
va
Levina
agarlarida disk diffuziya usuli bilan aniqlandi.
Natijalar va ularning tahlili.
Suyuq (go‘sht pepton bulon) va qattiq oziqa
muhitlarida (Endo, Levina) o‘stirilgan pasterellyoz qo‘zg‘atuvchilariga ETIS-2
kompleks preparatining bakteriostatik va bakteritsid ta’sirini o‘rganish uchun
kasallik qo‘zg‘atuvchilarining 1 kunlik kulturasi tayyorlandi. So‘ngra suyuq oziqa
muhitlarida 12 ta toza probirka olinib (3 takrorlikda), har biriga 4,5 ml dan go‘sht
pepton buloni quyildi. Birinchi probirkaga 4,5 ml ETIS-2 kompleks preparati 1:10
konsentratsiyada quyib aralashtirildi, qolgan probirkalarga ham tomizildi. Oxirgi
probirka nazorat sifatida qoldirildi. Ishlatilgan ETIS-2 kompleks preparatining
konsentratsiyasi turlicha bo‘lishi mikroblarning bakteritsidlik va bakteriostatik
ta’siriga qarab aniqlandi.
Preparatlarning bakteritsidlik ta’sirini o‘rganish uchun oxirgi nazoratdagi
probirkada o‘sgan qo‘zg‘atuvchilardan bulonli oziqa muhitlariga ko‘chirib ekib
“AGROSANOAT MAJMUINING DOLZARB MUAMMOLARINI HAL ETISHDA
VETERINARIYA FANI VA BIOTEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI”
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
62
o‘stirildi. Shu probirkalarga preparatlardan solinib, termostatga 24-72 soatga
inkubatsiyaga qo‘yildi. Shu singari, preparatlarning bakteriostatik ta’sirini
o‘rganish uchun oxirgi nazoratdagi probirkada o‘sgan qo‘zg‘atuvchilardan bulyonli
ozuqa muhitlariga ekib o‘stirildi. Probirkalarga preparat solinib, termostatga 24
soatga inkubatsiyaga qo‘yildi. Suyuq ozuqa muhitlarida eritma konsentratsiyasi
kasallik qo‘zg‘atuvchilarining o‘sishiga to‘sqinlik qilishi kuzatildi.
Qattiq oziqa muhitlarida mikroorganizmlarni o‘stirish uchun Endo va Levina
muhitlari ishlatildi. 18 ml hajmli probirkaga qattiq oziqa muhiti (MPA)
tayyorlandi. Tayyorlangan
Agar
suv hammomida +60°С haroratda 30 minut
saqlandi. So‘ngra har bir Petri likopchasiga bulon holidagi ozuqa muhiti quyildi va
1 soat xona haroratida saqlandi. Pasterellyoz qo‘zg‘atuvchilari
agar
muhitlariga
ekilgandan so‘ng, ETIS-2 kompleks preparati har bir Petri likopchasiga disk
holatida quyildi, nazoratdagi Petri likopchasiga quyilmadi. So‘ngra Petri
likopchalari termostatda +37°C haroratda 20-24 soat saqlandi. Natijada
agarli
ozuqa
muhitlarida
kasallik
qo‘zg‘atuvchilari
o‘rganilayotgan preparatga
sezuvchanligi
yuqori
bo‘ldi
va
pasterellyoz
qo‘zg‘atuvchisi
o‘smadi.
Koloniyalarning o‘sish holatiga qarab preparatga sezuvchanligi aniqlandi (1-rasm).
1)
1:10 нисбатдаги
ETIS-2
(suvli)
- sezuvchan.
1:10 nisbatdagi
ETIS-2
(moyli) -
sezuvchan.
2)
1:100 nisbatdagi
ETIS-2
(suvli) -
kam sezuvchan.
1:100 nisbatdagi
ETIS-2
(moyli) -
sezuvchan.
3)
1:50 nisbatdagi
ETIS-2
(suvli) -
kam sezuvchan.
1:50 nisbatdagi
ETIS-2
(moyli) -
sezuvchan.
4)
Nitoks
1:10 nisbatdagi eritmasi -
kam sezuvchan.
5)
Enroflan
1:10 nisbatdagi eritmasi -
kam
sezuvchan
6)
ETIS-2
o‘zi -
sezuvchan.
3- rasm: «Основа кровяной агар»ida tayyorlangan 1 kunlik Pasterella
(Pasteurella haemolytica) kulturasining ETIS-2 va antibiotiklarga
sezuvchanligi va chidamliligi.
3-rasmdan ko‘rinib turibdiki, 1:1 va 1:10 nisbatdagi ETIS-2 suvli va moyli
eritmalariga pasterella qo‘zg‘atuvchilari sezuvchan, 1:100 nisbatdagi preparat
“AGROSANOAT MAJMUINING DOLZARB MUAMMOLARINI HAL ETISHDA
VETERINARIYA FANI VA BIOTEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI”
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
63
konsentratsiyasiga nisbatan kam sezuvchanligi aniqlandi. 1:10 nisbatdagi Nitoks va
Enroflan preparatlariga pasterella qo‘zg‘atuvchisining kam sezuvchan va nisbatan
sezuvchanligi aniqlandi. ETIS-2 kompleks preparatining asosiy konsentratsiyasi
pasterella koloniyalariga samarali bakteritsid ta’sir ko‘rsatdi va kasallik
qo‘zg‘atuvchisining o‘sish zonasi 100% tormozlandi. 1:10 nisbatdagi eritmasi
Nitoks preparatiga nisbatan pasterellyoz qo‘zg‘atuvchining kam sezuvchanligi
aniqlandi. 1:10 nisbatdagi eritmasi Enroflan preparatiga nisbatan pasterellyoz
qo‘zg‘atuvchining kam sezuvchanligi aniqlandi.
Shunday qilib xulosa qilish mumkinki, ETIS-2 kompleks preparati Enroflan
va Nitoks preparatlariga nisbatan pasterellyoz qo‘zg‘atuvchilariga samarali
bakteritsid ta’sir qilishi aniqlandi. Kelajakda ETIS-2 kompleks preparati bilan
boshqa bakterial etiologiyali kasalliklarga qarshi kurashishda foydalanish mumkin.
Xulosalar.
1.
Samarali, juda faol preparatni qo‘llash va uni ishlatish bo‘yicha tavsiya
yetilgan ko‘rsatmalarga muvofiq yetarli dozalarda buyurish muhimdir.
2.
Patogenlarning dori-darmonlarga chidamliligini kuzatish samarali
davolashning eng muhim shartidir.
3.
ETIS-2 kompleks preparatining suv va moyli emulsiyalari
«Основа
кровяной агар»
larida disk diffuziya usulida 24 soat davomida bakteritsid va
bakteriostatik ta’sir etishi aniqlandi.
4.
Pasterella qo‘zg‘atuvchilari ETIS-2 kompleks preparatining 1:1 va 1:10
nisbatdagi moyli emulsiyasiga sezuvchan. ETIS-2 kompleks preparatining 1:50 va
1:100 nisbatdagi moyli emulsiyasi esa pasterella qo‘zg‘atuvchisiga kam sezuvchan.
5.
Nitoks preparatining 1:10 nisbatdagi moyli emulsiyasi pasterella
qo‘zg‘atuvchisiga kam sezuvchan.
6.
Enroflan preparatining 1:10 nisbatdagi moyli emulsiyasi pasterella
qo‘zg‘atuvchisiga kam sezuvchan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Salimov N.S., Qambarov A.A, I.X.Salimov “Epizootologiya va
infeksion kasalliklar” darslik Toskent-2021, 162-bet.
2.
Пименов Н. В. Антибиотикорезистентност салмонелл, выделенных
от домашних голубей/Пименов Н. В., Данилевская Н. В.//«Ветеринария».–
2006.– № 9. С. 20 – 24.
3.
Антибиотики в амбулаторной практике: некоторые проблемы
//Клиническая фармакология и терапия.– 2000.– т. 9, № 2.– стр. 3 – 6.
4.
Макавчик С.А. Колибактериоз птиц: особенности экспресс-
диагностики, профилактики и лечения тетраголда: дис. канд. вет. наук. -
“AGROSANOAT MAJMUINING DOLZARB MUAMMOLARINI HAL ETISHDA
VETERINARIYA FANI VA BIOTEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI”
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
64
СПб., 2008. – 189 с.
5.
Белоусов Ю. Б., Моисеев В. С., Лепахин В. К. Клиническая
фармакология и фармакотерапия.– М.: «Универсум».– 1993.
6.
Данилевская
Н.В.,
Пименов
Н.В.
Проблема
антибиотикорезистентности на примере лечения салмонеллеза у домашних
голубей//«Российский ветеринарный журнал».– 2005.– № 4. – С. 21 – 25.
https://m.33korovy.in.ua/articles/antibiotiki-v-veterinarii-istoriya-