Антибактериальное действие в отношении возбудителя сальмонеллеза действие наркотиков

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
65-69
1
0
Поделиться
Наврузов, Н., Джуракулов, О., Хамидов, С., & Мамадуллаев, Г. (2023). Антибактериальное действие в отношении возбудителя сальмонеллеза действие наркотиков. in Library, 3(3), 65–69. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/31275
Нурали Наврузов, Ветеринарный научно-исследовательский институт
Ветеринарный научно-исследовательский институт Зав. лаборатории Микробиологии
О Джуракулов, Ветеринарный научно-исследовательский институт
tayanch doktorant
С Хамидов, Ветеринарный научно-исследовательский институт
SamVMCH va BU talabasi
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье описывается определение показателя дисковой диффузии при исследовании резистентности к комплексному препарату ЭТИС-2 и некоторым другим антибиотикам возбудителей самонеллеза, распространенных среди сельскохозяйственных животных.


background image

“AGROSANOAT MAJMUINING DOLZARB MUAMMOLARINI HAL ETISHDA

VETERINARIYA FANI VA BIOTEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI”

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

65

UDK: 619:615:636.2/.3:579

SALMONELLYOZ QO‘ZG‘ATUVCHISIGA ANTIBAKTERIAL

PREPARATLARNING TA’SIRI

Djurakulov O.K. tayanch doktorant, Navruzov N.I., v.f.f.d., kata ilmiy xodim,

Xamidov S.G. SamVMCH va BU talabasi, Mamadullayev G.H., v.f.d., ilmiy rahbar

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, Samarqand. Toyloq

oybekdjurakulov435@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada qishloq xo‘jalik hayvonlari orasida keng

tarqalgan samonellyoz qo‘zg‘atuvchilarida ETIS-2 kompleks preparati va boshqa
ba’zi antibiotiklarga sezuvchanligi bilan rezistenligini o‘rganish bo‘yicha disk
diffuziyali ko‘rsatgichini aniqlash bayon qilingan.

Аннотация:

В данной статье описывается определение показателя

дисковой диффузии при исследовании резистентности к комплексному
препарату ЭТИС-2 и некоторым другим антибиотикам возбудителей
самонеллеза, распространенных среди сельскохозяйственных животных.

Summary:

This article describes the determination of the index of disk

diffusion in the study of resistance to the complex drug ETIS-2 and some other
antibiotics of pathogens of self-infection common among farm animals.

Kalit so‘zlar: Salmonellyoz, antibiotik, probirka, S.enteritidis, Salmonella

Shigella yarim suyuq agar, Bismuth Sulphite yarim suyuq agar, Blood agar base
(Infusion agar base) yarim suyuq agar, sezuvchanligi, disk.

Mavzuning

dolzarbligi.

Hozirgi

kunda

salmonellyoz

nafaqat

respublikamizda balki butun dunyo miqyosida veterinariya va tibbiyot sohalarida
muhim muammo bo‘lib kelmoqda. Ko‘pincha,

Salmonella Enteritidis, Salmonella

Typhimurium va Salmonella Dublin

qo‘zg‘atuvchilari qishloq xo‘jaligi hayvonlari

orasida uchrab, chorvachilikka ziyon keltirib turadi. Aynan shu salmonella
serovarlari hayvonlar va odamlarda oziq-ovqat orqali yuqadigan epidemiyalarni
keltirib chiqarishi hammaga ma’lum [1].

ETIS-2 preparatiga turli xil antibiotiklarni

Salmonella

qo‘zg‘atuvchilariga

ta’sir darajalarini o‘rganish va bir necha turdagi bakterial kasallik salmonellyoz
davolashda uning samaradorligini aniqlash.

Salmonellyozni oldini olish va davolash uchun turli guruhdagi sul’fanilamid

antibiotiklari qo‘llaniladi. Xilma-xil turli antibiotiklar va ETIS-2 preparatining
suvli va moyli konsentratsiyali har xil eritmalari nafaqat salmonella turlariga balki
boshqa tur bakteriyalariga ham sezuvchanligini aniqlash tadqiqotlarini o‘rganish


background image

“AGROSANOAT MAJMUINING DOLZARB MUAMMOLARINI HAL ETISHDA

VETERINARIYA FANI VA BIOTEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI”

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

66

dolzarbdir.

Yurtimizda mavjud chorvachilik xo‘jaliklarida qoramollar orasida ba’zi

yuqumli kasallik tez-tez qayd etilmoqda. Shunday kasalliklardan biri yangi
tug‘ilgan hayvonlarning salmonellyoz kasalligi bo‘lib, ushbu kasallik buzoqlar
orasida salmoqli o‘rinni egallaydi [4].

Preparatga shakl beruvchi element va adyuvant sifatida vitaminli o‘simlik

moyi (trivit yoki tetravit) qo‘llanilgan. Kompleks preparat tarkibiga kiruvchi
dorivorlarning turli mikroorganizmlarga ta’sirini inobatga olib, preparatni har xil
turdagi yuqumli va yuqumsiz kasalliklarni davolash samaradorligi laboratoriya va
ishlab chiqarish sharoitida tadqiq qilingan va ushbu preparat yordamida qishloq
xo‘jaliklar hayvonlarining bakterial etiologiyali kasalliklarni davolash uslubi
respublika chorvachilik xo‘jaliklariga tatbiq etilmoqda [2].

“ETIS-2” kompleks preparat tarkibiga kiruvchi komponentlarning o‘zaro

kombinatsiyasi – uning boshqa bakteriostatiklarga nisbatan afzalligini hosil qiladi.
Bunday kombinatsiya – sinergetik (bir dori ta’sirini ikkinchisi kuchaytirishi) va
prolongatsiya (dorining ta’sir muddatini uzaytirishi) samarasini beradi. Preparatni
10 kunlik yoshdan boshlab fiziologik holatidan qat’iy nazar, barcha turdagi
hayvonlarga qo‘llash mumkin [2].

Material va metodlar.

2022-2023-yillarda Veterinariya ilmiy-tadqiqot

instituti Hududiy diagnostik laboratoriyada saqlanadigan Mikroorganizmlar
kolleksiyasidan olingan

S.enteritidis

shtammi bilan Mikrobiologiya va

Tuberkulyoz laboratoriyalarida ilmiy-tadqiqotlar bajarildi. Salmonella shtammi
(

S.enteritidis)

liofilizatsiya qilingan va-80

o

S sovuq sharoitida saqlangani bois,

tajribalardan oldin

Salmonella Shigella, Bismuth Sulphite

va

Blood agar base

(Infusion agar base)

yarim suyuq agarlarida differensiaatsiya qilindi.

VITI Mikrobiologiya laboratoriyasida olib borilgan tadqiqotlar davomida

tayyorlangan antibiotik disklari ishlatildi.

S.enteritidis

qo‘zg‘atuvchisi 4 xil turdagi

antibiotiklarga nisbatan sezuvchanligi: Enroflan, Nitoks, Ditrim va ETIS-2
kompleks preparatining suv va moyli emulsiyalarini

Salmonella Shigella, Bismuth

Sulphite

va

Blood agar base (Infusion agar base)

agarlarida disk diffuziya usuli

bilan aniqlandi.

Natijalar va ularning tahlili.

Salmonellyozni oldini olish va davolash

uchun turli guruhdagi sulfanilamid, nitrofuran preparatlari va antibiotiklar
qo‘llaniladi. Shu yo‘nalishda salmonellyoz qo‘zg‘atuvchilariga ETIS-2 kompleks
preparatining antibakterial ta’siri sinovdan o‘tkazildi.

VITI Hududiy diagnostika laboratoriyasida saqlanadigan Mikroorganizmlar

kolleksiyasidan olingan

S. enteritidis

shtammi bilan Mikrobiologiya va

Tuberkulyoz laboratoriyalarida ilmiy-tadqiqotlar bajarildi. Salmonella shtammi


background image

“AGROSANOAT MAJMUINING DOLZARB MUAMMOLARINI HAL ETISHDA

VETERINARIYA FANI VA BIOTEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI”

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

67

(

S.enteritidis)

liofilizatsiya qilingan va -80

o

C haroratda sovutgichda saqlanganligi

sababli, tajribalardan oldin

Salmonella Shigella, Bismuth Sulphite

va

Blood agar

base (Infusion agar base)

yarim suyuq agarlarida differensiatsiya qilindi.

Tadqiqotlarda VITI Mikrobiologiya laboratoriyasida tayyorlangan antibiotik

disklaridan foydalanildi.

S.enteritidis

qo‘zg‘atuvchisining 3 xil turdagi

antibiotiklarga nisbatan sezuvchanligi va chidamliligi - Enroflan, Nitoks, Ditrim va
ETIS-2 kompleks preparatining suv va moyli emulsiyalarini

Salmonella Shigella,

Bismuth Sulphite

va

Blood agar base (Infusion agar base)

agarlarida disk diffuziya

usuli bilan aniqlandi (1 rasm).

1) (№1) ETIS-2 preparatining 1:10 nisbatdagi moyli emulsiyasi -

sezuvchan.

2) (№2) ETIS-2 preparatining 1:100 nisbatdagi suvli eritmasi -

kam sezuvchan.

3) (№2) ETIS-2 preparatining 1:100 nisbatdagi moyli emulsiyasi –

sezuvchan.

4) (№3) ETIS-2 preparatining 1:50 nisbatdagi (suvli) -

kam sezuvchan.

5) (№3) ETIS-2 preparatining 1:50 nisbatdagi (moyli) –

kam sezuvchan.

6) ETIS-2 preparatining asosiy konsentratsiyasi -

o‘ta sezuvchan

.

7) (№1 suv) ETIS-2 preparatining 1:10 nisbatdagi suvli eritmasi -

sezuvchan emas.

8) (№2 yog‘) Ot Ditrim 1:10 nisbatdagi moyli eritmasi -

sezuvchan emas.

9) (№4 suv) Nitoks 1:10 nisbatdagi eritmasi -

sezuvchan emas.

10) (№5 suv) Enroflan 1:10 nisbatdagi eritmasi -

sezuvchan.

1 – rasm: S.enteritidis shtammidan tayyorlangan 1 kunlik kasallik

qo‘zg‘atuvchilarining antibiotiklarga sezuvchanligi.

Antibakterial preparat disklari bo‘lgan kulturalar +37°C haroratda 24 soat

davomida termostatda inkubatsiya qilindi. Antibiotiklarga sezuvchanlik toifalariga
ko‘ra (disk o‘rnatilgan bakteriyaning o‘sgan hududi 1,5-2,5 sm.gacha bo‘lsa
sezuvchan, 1,5 sm.gacha kam sezuvchan va bakteriyaning o‘smagan hududi
bo‘lmasa sezuvchan emas) har bir koloniyalar uchun o‘sish zonasini taqqoslash
orqali aniqlandi (2 rasm) [3].

2-rasm natijalaridan ko‘rinib turibdiki, salmonellyoz qo‘zg‘atuvchisi ETIS-2

preparatining 1:10 suvli va moyli konsentratsiyalariga sezuvchan ekanligi
aniqlandi.


background image

“AGROSANOAT MAJMUINING DOLZARB MUAMMOLARINI HAL ETISHDA

VETERINARIYA FANI VA BIOTEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI”

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

68

1) ETIS-2 preparatining 1:10 nisbatdagi moyli emulsiyasiga –

sezuvchan,

2) ETIS-2 preparatining 1:100 nisbatdagi suvli eritmasiga –

sezuvchan emas,

3) ETIS-2 preparatining 1:100 nisbatdagi moyli emulsiyasiga -

kam sezuvchan,

4) ETIS-2 preparatining 1:50 nisbatdagi (suvli) -

sezuvchan emas,

5) ETIS-2 preparatining 1:50 nisbatdagi (moyli) -

kam sezuvchan.

6) ETIS-2 preparatining asosiy konsentratsiyasi

– o‘ta

sezuvchan.

7) (№1) ETIS-2 preparatining 1:10 nisbatdagi suvli eritmasi -

sezuvchan.

8) (№2 yog‘) Ot Ditrim 1:10 nisbatdagi moyli eritmasi

- kam sezuvchan.

9) (№4 suv) Nitoks 1:10 nisbatdagi eritmasi -

kam sezuvchan.

10) (№5 suv) Enroflan 1:10 nisbatdagi eritmasi -

kam

sezuvchan.

2-Rasm: Bismuth Sulphite Agar oziqa muhitida o‘sgan Salmonella

qo‘zg‘atuvchilarining antibiotiklarga sezuvchanligi.

Xulosa qilish mumkinki, ETIS-2 kompleks preparatining 1:10 yog‘li

eritmadagi konsentratsiyasiga salmonellyoz kasallik qo‘zg‘atuvchisi sezuvchan
ekanligi, preparatning asosiy konsentratsiyasi esa kasallik qo‘zg‘atuvchisiga kuchli
bakteritsid ta’sir qilganligi ma’lum bo‘ldi.

Xulosalar.

1.

ETIS-2 kompleks preparatining suv va moyli emulsiyalari

Salmonella

Shigella, Bismuth Sulphite

ва

Blood agar base (Infusion agar base)

agarlarida disk

diffuziya usulida 24 soat davomida bakteritsid va bakteriostatik ta’sir etishi
aniqlandi.

2.

Salmonella qo‘zg‘atuvchisi ETIS-2 kompleks preparatining 1:1 va 1:10

nisbatdagi moyli emulsiyasiga sezuvchan. ETIS-2 kompleks preparatining 1:50 va
1:100 nisbatdagi moyli emulsiyasi esa salmonella qo‘zg‘atuvchisiga kam
sezuvchan.

3.

Ot Ditrim preparatining 1:10 nisbatdagi moyli emulsiyasi salmonella

qo‘zg‘atuvchisiga kam sezuvchan.

4.

Nitoks preparatining 1:10 nisbatdagi moyli emulsiyasi salmonella

qo‘zg‘atuvchisiga kam sezuvchan.

5.

Enroflan preparatining 1:10 nisbatdagi moyli emulsiyasi salmonella


background image

“AGROSANOAT MAJMUINING DOLZARB MUAMMOLARINI HAL ETISHDA

VETERINARIYA FANI VA BIOTEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI”

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

69

qo‘zg‘atuvchisiga kam sezuvchan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Абдуллаева, А. М., Блинкова, Л. П., & Першина, Т. А. (2019).

Испытание бактериофагов как безопасных средств защиты от контаминации
микроорганизмами куриного фарша.

Проблемы ветеринарной санитарии,

гигиены и экологии,

3(31), 11-15.

2.

Мамадуллаев Г.Х., Файзиев У.М., Аллазов А.С., Эшқувватов Р.

“ЭТИС-2 комплекс препаратининг даволаш ва профилактик самарадорлиги”.
“Veterinariya meditsinasi” журнали, Тошкент 2021 йил, № 2 сон, 30-33-бетлар.

3.

Loshchinin, M.N, and Sokolova, N.A. (2015). Antimicrobial sensitivity

of Salmonella strains.

Trudy VIEV

[ARIEV Proceedings],

78,

250-256.

4.

Amirov A.I., Maxsudov U.T. «Yangi tug‘ilgan buzoqlarda salmonellyoz

kasalligi etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, davolash va oldini olish usullari»
Science and innovation international scientific journal volume I SSUE 8UIF-
2022:8.2 / ISSN: 2181-3337 S.807-813

Библиографические ссылки

Абдуллаева, А. М., Блинкова, Л. П., & Першина, Т. А. (2019). Испытание бактериофагов как безопасных средств защиты от контаминации микроорганизмами куриного фарша. Проблемы ветеринарной санитарии, гигиены и экологии, 3(31), 11-15.

Мамадуллаев Г.Х., Файзиев У.М., Аллазов А.С., Эшқувватов Р. “ЭТИС-2 комплекс препаратининг даволаш ва профилактик самарадорлиги”. “Veterinariya meditsinasi” журнали, Тошкент 2021 йил, № 2 сон, 30-33-бетлар.

Loshchinin, M.N, and Sokolova, N.A. (2015). Antimicrobial sensitivity of Salmonella strains. Trudy VIEV [ARIEV Proceedings], 78, 250-256.

Amirov A.I., Maxsudov U.T. «Yangi tug‘ilgan buzoqlarda salmonellyoz kasalligi etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, davolash va oldini olish usullari» Science and innovation international scientific journal volume I SSUE 8UIF-2022:8.2 / ISSN: 2181-3337 S.807-813

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов