Авторы

  • Israil Tojimamatov
    FarDU- Amaliy matematika va Informatika kafedrasi katta o‘qituvchisi
  • Xolmurod Fazliddinov
    FarDU Axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishi 2-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.84815

Ключевые слова:

DBA Ma’lumotlar bazasi Tizim administratori Xavfsizlik administratori Ma’lumotlar xavfsizligi Zaxira va avariya tiklash administratori Monitoring administratori SQL Tizimni boshqarish Zaxiralash Tiklash Kuzatish Optimallashtirish Xavfsizlik.

Аннотация

Ushbu maqolada Berilganlar bazasi administratori (DBA) ning tizimlar va ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashdagi roli tahlil qilinadi. DBAning asosiy vazifalari orasida tizimning uzluksiz ishlashini nazorat qilish, foydalanuvchi huquqlarini boshqarish, ma’lumotlarni zaxiralash va tiklash, hamda xavfsizlikni ta’minlash mavjud. Maqolada DBAning turli xil administratorlik turlari va ularning zamonaviy texnologiyalar bilan integratsiyasi ko‘rsatiladi, shuningdek, kelajakda bu sohaning rivojlanish istiqbollari yoritiladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

90

BERILGANLAR BAZASI ADMINISTRATORI VA UNING

XUSUSYATLAR

Tojimamatov Israil Nurmamatovich

FarDU- Amaliy matematika va Informatika kafedrasi katta o‘qituvchisi

israiltojimamatov@gmail.com

Fazliddinov Xolmurod Dilmurod o‘g‘li

FarDU Axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishi 2-kurs talabasi

xolmurodfazliddinov@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15339864

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Berilganlar bazasi administratori (DBA) ning

tizimlar va ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashdagi roli tahlil qilinadi. DBAning
asosiy vazifalari orasida tizimning uzluksiz ishlashini nazorat qilish, foydalanuvchi
huquqlarini boshqarish, ma’lumotlarni zaxiralash va tiklash, hamda xavfsizlikni
ta’minlash mavjud. Maqolada DBAning turli xil administratorlik turlari va ularning
zamonaviy texnologiyalar bilan integratsiyasi ko‘rsatiladi, shuningdek, kelajakda bu
sohaning rivojlanish istiqbollari yoritiladi.

Kalit so‘zi:

DBA, Ma’lumotlar bazasi, Tizim administratori, Xavfsizlik

administratori, Ma’lumotlar xavfsizligi, Zaxira va avariya tiklash administratori,
Monitoring administratori, SQL, Tizimni boshqarish, Zaxiralash, Tiklash, Kuzatish,
Optimallashtirish, Xavfsizlik.

Annotation:

This article analyzes the role of the Database Administrator (DBA) in

ensuring system and data security. The main responsibilities of a DBA include
monitoring system uptime, managing user permissions, backing up and restoring
data, and ensuring overall security. The article outlines various types of DBA roles
and their integration with modern technologies, as well as future prospects for the
development of this field.

Keywords:

DBA, Database, System Administrator, Security Administrator, Data

Security, Backup and Recovery Administrator, Monitoring Administrator, SQL,
System Management, Backup, Recovery, Monitoring, Optimization, Security.

Аннотация:

В данной статье анализируется роль администратора базы

данных (DBA) в обеспечении безопасности систем и данных. Основные
обязанности DBA включают контроль бесперебойной работы системы,
управление

правами

пользователей,

резервное

копирование

и

восстановление данных, а также обеспечение безопасности. В статье
рассматриваются различные типы администраторов БД и их интеграция с
современными технологиями, а также освещаются перспективы развития
данной сферы в будущем.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

91

Ключевые слова:

DBA, база данных, системный администратор,

администратор безопасности, безопасность данных, администратор
резервного копирования и восстановления, администратор мониторинга,
SQL, управление системой, резервное копирование, восстановление,
мониторинг, оптимизация, безопасность.

Kirish:

Zamonaviy axborot texnologiyalari davrida axborot resurslari

insoniyat taraqqiyotining muhim boyliklaridan biriga aylandi. Bugungi kunda
korxonalar, tashkilotlar, ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash tizimlari, moliya
bozorlaridan tortib har qanday soha vakillari o‘z faoliyatlarini muvaffaqiyatli tashkil
etish uchun ishonchli, aniq va tezkor ma’lumotlarga tayanadilar. Chunki axborot –
bu qaror qabul qilish, strategiya ishlab chiqish va natijalarni baholash uchun zaruriy
asosdir.

Axborotni samarali boshqarish, saqlash, yangilash, tahlil qilish va undan

oqilona foydalanish uchun esa zamonaviy texnologiyalarga asoslangan yechimlar
zarur bo‘ladi. Aynan shu ehtiyojlardan kelib chiqib, berilganlar bazasi
texnologiyalari ishlab chiqilgan va ular hozirgi kunda deyarli barcha sohalarda keng
tatbiq etilmoqda. Berilganlar bazasi – bu biror tizimdagi obyektlar va hodisalarga
oid ma’lumotlarni tartiblangan va strukturaviy ko‘rinishda saqlashga mo‘ljallangan
dasturiy yechim bo‘lib, bu orqali foydalanuvchi ma’lumotlar ustida kerakli amallarni
tezkor, xavfsiz va ishonchli bajarishi mumkin bo‘ladi.

Ammo har qanday axborot tizimining yuragi hisoblangan ma’lumotlar

bazasini o‘zi bilan ishlaydigan foydalanuvchilar soni, ularning huquqlari, xavfsizlik
darajasi va boshqa omillar murakkablikni yuzaga keltiradi. Shu sababli, bu tizimni
doimiy nazoratda ushlab turish, uni sozlash, texnik xizmat ko‘rsatish, xavfsizligini
ta’minlash, nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish, ma’lumotlarning yaxlitligini
saqlash kabi muhim va mas’uliyatli vazifalar berilganlar bazasi administratori
zimmasiga yuklanadi.

Asosiy qisim: Berilganlar bazasi

(BB) — bu biror tizimda yoki sohada

muhim bo‘lgan ma’lumotlarning to‘plami bo‘lib, ular kompyuter tizimida saqlanadi
va boshqariladi. Bunday bazalar yordamida foydalanuvchilar ma’lumotlarga tezkor
kirish, izlash, o‘zgartirish va tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ma’lumotlarni
boshqarish va ulardan maksimal darajada foyda olish uchun esa maxsus dasturiy
vosita — ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) zarur bo‘ladi.

Berilganlar bazasi administratori 5 turga bo‘linadi bular:

1.

Tizim administratori (System DBA)

2.

Rivojlantiruvchi administrator (Development DBA yoki Application
DBA)


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

92

3.

Ma’lumotlar xavfsizligi administratori (Security DBA)

4.

Zaxira va avariya tiklash administratori (Backup & Recovery DBA)

5.

Monitoring (Kuzatuv) administratori (Monitoring DBA)

Tizim administratori – bu DBMS (Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi)ning

o‘rnatilishi, konfiguratsiyasi va texnik ishlash holatini nazorat qiluvchi
mutaxassisdir. Ular asosan apparat va operatsion tizim darajasidagi masalalar bilan
shug‘ullanadi. System DBA ma’lumotlar bazasining doimiy ish faoliyatini ta’minlash,
serverlar yuklamasini boshqarish, xotira va resurslar taqsimotini optimallashtirish
vazifalarini bajaradi. Bu turdagi administrator odatda yirik tashkilotlarda tizim
muhandislari bilan bevosita ishlaydi.
Masalan:

CREATE USER ‘yangi_foydalanuvchi’@’localhost’ IDENTIFIED BY ‘kuchli_parol”;
GRANT CONNECT, SELECT ON *.* TO ‘yangi_foydalanuvchi’@’localhost’;

Development DBA dasturchilar jamoasi bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi.

Uning asosiy vazifasi — ma’lumotlar bazasi arxitekturasini loyihalash, SQL kodlarini
yozish va optimallashtirish, jadvallar, indekslar, view lar, stored procedure lar va
trigger larni yaratishdan iborat. Bu administrator turining vazifalari dasturiy
ta’minotning ma’lumotlar bazasiga to‘g‘ri va samarali ulanishini ta’minlashga
qaratilgan. Shuningdek, u ma’lumotlar modellashtirish jarayonida faol ishtirok etadi
(masalan, ER-diagrammalar yaratish).

CREATE TABLE Talabalar (
ID INT PRIMARY KEY,
Ism VARCHAR(50),
Familiya VARCHAR(50),
Yoshi INT
);
CREATE INDEX idx_ism ON Talabalar(Ism);
DELIMITER //
CREATE PROCEDURE Talabalarni_korsat()
BEGIN
SELECT * FROM Talabalar;
END //
DELIMITER ;

Security DBA – bu ma’lumotlar bazasi xavfsizligi uchun mas’ul bo‘lgan

mutaxassisdir. U foydalanuvchilarning kirish huquqlarini boshqaradi, rollar va
ruxsatlar beradi, parol siyosatini yuritadi hamda autentifikatsiya va avtorizatsiya
tizimlarini joriy qiladi. Bundan tashqari, u audit jarayonlarini amalga oshiradi, kirish


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

93

harakatlarini qayd etadi va xavfsizlikka tahdid soluvchi holatlarni aniqlaydi.
Ma’lumotlar maxfiyligi va yaxlitligini ta’minlash ushbu DBA turining asosiy
maqsadidir.

GRANT SELECT ON maorif_db.Talabalar TO ‘statistik’@’localhost’;
REVOKE INSERT, UPDATE ON maorif_db.Talabalar FROM ‘statistik’@’localhost’;

Backup & Recovery DBA – bu ma’lumotlar yo‘qolishining oldini olish va

favqulodda holatlarda ularni qayta tiklash uchun javobgar administrator turidir. U
doimiy ravishda ma’lumotlar bazasining zaxira nusxalarini yaratadi, ularni
arxivlaydi va sinov tarzida tiklash jarayonlarini amalga oshiradi. U zaxira siyosati va
favqulodda tiklash rejasini ishlab chiqadi. Bu DBA’ning ish faoliyati kutilmagan
nosozliklar, tizim ishdan chiqishi yoki kiberhujumlarga qarshi himoya choralari
sifatida muhim ahamiyatga ega.

mysqldump -u root -p maorif_db > maorif_db_backup.sql
mysql -u root -p maorif_db < maorif_db_backup.sql

Monitoring DBA berilganlar bazasi tizimining ishlashini doimiy kuzatib

boradi. U tizim samaradorligini o‘lchash, resurslar yuklanishini tahlil qilish va
ishlashdagi pasayishlarni oldindan aniqlash bilan shug‘ullanadi. U log fayllarni
tekshiradi, ish faoliyatidagi anomal holatlarni aniqlaydi va optimallashtirish
bo‘yicha tavsiyalar beradi. Shuningdek, bu administrator turli metrikalarga
asoslangan tahlil vositalaridan (masalan, performance monitorlar) foydalanadi va
tizimni doimiy nazorat ostida ushlab turadi.

SHOW FULL PROCESSLIST;
SELECT session_id, login_name, status, cpu_time, memory_usage
FROM sys.dm_exec_sessions;

MBBT — bu foydalanuvchiga ma’lumotlar bilan ishlashda qulay interfeys va

funksiyalar taqdim etuvchi dasturiy tizimdir. Eng mashhur MBBTlar qatoriga
MySQL, PostgreSQL, Oracle, MS SQL Server va MongoDB kiradi. Ularning har biri
o‘ziga xos imkoniyat va afzalliklarga ega bo‘lib, har xil miqyosdagi loyihalarda
qo‘llaniladi.

Berilganlar bazalari bir necha turga bo‘linadi. Iyerarxik BB daraxtsimon

tuzilishga ega bo‘lib, ma’lumotlar qat’iy ierarxiya bo‘yicha joylashtiriladi. Tarmoqli
BB esa murakkab va ko‘p bog‘lanishga ega bo‘lgan ma’lumotlar bilan ishlashda
qo‘llaniladi. Eng keng tarqalgan shakl — bu relyatsion BB bo‘lib, u jadval
ko‘rinishidagi tuzilishga asoslanadi va SQL (Structured Query Language) tilida
boshqariladi. Shuningdek, obyektga yo‘naltirilgan va NoSQL bazalari ham mavjud
bo‘lib, ular zamonaviy va murakkab axborot tizimlarida ishlatiladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

94

Bunday murakkab tizimlar samarali ishlashi uchun esa ularni nazorat

qiluvchi, sozlovchi va muammolarni bartaraf qiluvchi mutaxassis kerak bo‘ladi. Bu
— berilganlar bazasi administratori. DBAning asosiy vazifalari quyidagilardan
iborat: yangi BB yaratish, mavjudlarini konfiguratsiya qilish, ma’lumotlarni
zaxiralash, xavfsizlikni ta’minlash, foydalanuvchi huquqlarini boshqarish,
samaradorlikni oshirish va avariya holatlarida tiklash.

Shuningdek, administrator ma’lumotlar xavfsizligini ham ta’minlashi lozim.

Har bir tashkilot o‘zining maxfiy ma’lumotlarini himoya qilishga intiladi. Buning
uchun DBA foydalanuvchilarni autentifikatsiyadan o‘tkazadi, ularning huquqlarini
aniqlaydi, ma’lumotlarni shifrlaydi va muntazam zaxira nusxalarini yaratadi.
Zamonamizda kiberxavfsizlik xavf-xatarlarini hisobga olgan holda, bu vazifa yanada
dolzarb tus olmoqda.

Xulosa:

Berilganlar bazasi administratori (DBA) axborot tizimlarining

samarali ishlashini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. U nafaqat ma’lumotlar
bazasining xavfsizligini, yaxlitligini va mavjudligini ta’minlash, balki tizimning
uzluksiz ishlashini ham nazorat qiladi. DBA turli xil vazifalarni bajaradi, jumladan,
ma’lumotlar bazasini yaratish, optimallashtirish, zaxiralash va tiklash,
foydalanuvchilarni boshqarish, tizimning samaradorligini tahlil qilish va xavfsizlikni
ta’minlash. Har bir ma’lumotlar bazasining turli ehtiyojlari va xususiyatlariga qarab,
DBA o‘z vazifalarini turli yo‘nalishlarda amalga oshiradi, bu esa tizimni mustahkam
va ishonchli qiladi.

Hozirgi kunda axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan birga,

ma’lumotlar bazasini boshqarish va xavfsizligini ta’minlash masalalari yanada
dolzarb bo‘lib bormoqda. Kiberhujumlar, tizim nosozliklari va boshqa xavf-xatarlar
tufayli, DBA’ning rolini e’tiborga olish, tizimlar va ma’lumotlarni himoya qilishda
muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, samarali ishlash va tezkor ma’lumotlarga
kirish imkoniyatlarini ta’minlash uchun DBA’lar ilg‘or texnologiyalar va metodlarni
qo‘llashlari lozim.

Natijada, berilganlar bazasi administratori nafaqat texnik mutaxassis, balki

tashkilotning ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashda, tizimlarning uzluksiz ishlashini
nazorat qilishda va yangilanishlarga moslashishda muhim vazifalarni bajaruvchi
etakchi shaxsdir.

Foidanilgan adabyotlar:

1.

Tojmamatov I. Axborot xavfsizligi va ma’lumotlar bazalarini himoyalash

texnologiyalari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2021.
2.

Elmasri R., Navathe S. Fundamentals of Database Systems. – 7th Edition. –

Pearson, 2016.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

95

3.

Silberschatz A., Korth H.F., Sudarshan S. Database System Concepts. – 7th

Edition. – McGraw-Hill, 2020.
4.

Coronel C., Morris S. Database Systems: Design, Implementation, &

Management. – Cengage Learning, 2019.
5.

Jalilov A. Ma’lumotlar bazasi va ularni boshqarish tizimlari. – Toshkent:

TDYU nashriyoti, 2020.
6.

ISO/IEC 27001:2022 – Information technology — Security techniques —

Information security management systems — Requirements.
7.

Kroenke D., Auer D. Database Processing: Fundamentals, Design, and

Implementation. – Pearson, 2019.
8.

Date C.J. An Introduction to Database Systems. – 8th Edition. – Addison-

Wesley, 2004.
9.

O‘zbekiston

Respublikasi

Axborot

texnologiyalari

va

kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi. Axborot xavfsizligi bo‘yicha
normativ hujjatlar to‘plami. – Toshkent, 2023.
10.

Ramzanov M. Ma’lumotlar bazasini boshqarish va optimallashtirish. –

Samarqand: SamDTU nashriyoti, 2022.

Библиографические ссылки

Tojmamatov I. Axborot xavfsizligi va ma’lumotlar bazalarini himoyalash texnologiyalari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2021.

Elmasri R., Navathe S. Fundamentals of Database Systems. – 7th Edition. – Pearson, 2016.

Silberschatz A., Korth H.F., Sudarshan S. Database System Concepts. – 7th Edition. – McGraw-Hill, 2020.

Coronel C., Morris S. Database Systems: Design, Implementation, & Management. – Cengage Learning, 2019.

Jalilov A. Ma’lumotlar bazasi va ularni boshqarish tizimlari. – Toshkent: TDYU nashriyoti, 2020.

ISO/IEC 27001:2022 – Information technology — Security techniques — Information security management systems — Requirements.

Kroenke D., Auer D. Database Processing: Fundamentals, Design, and Implementation. – Pearson, 2019.

Date C.J. An Introduction to Database Systems. – 8th Edition. – Addison-Wesley, 2004.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi. Axborot xavfsizligi bo‘yicha normativ hujjatlar to‘plami. – Toshkent, 2023.

Ramzanov M. Ma’lumotlar bazasini boshqarish va optimallashtirish. – Samarqand: SamDTU nashriyoti, 2022.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Ilhomjon Aldashev, Xolmurod Fazliddinov , MICROSOFT XIZMATLARINING TA’LIMDAGI O‘RNI , Академические исследования в современной науке: Том 3 № 48 (2024): Академические исследования в современной науке

Israil Tojimamatov , O‘g‘iloy No‘monova , BERILGANLAR BAZASIDA AXBOROT ALMASHINISH SXEMASI HAMDA TURLARI , Академические исследования в современной науке: Том 4 № 21 (2025)

Ilhomjon Aldashev, Xolmurod Fazliddinov , MICROSOFT XIZMATLARINING TA’LIMDAGI O‘RNI , Академические исследования в современной науке: Том 3 № 48 (2024): Академические исследования в современной науке

Israil Tojimamatov , ADO-NET TEXNOLOGIYASI YORDAMIDA HISOBOTLAR VA FORMALARNI SHAKLLANTIRISH. , Академические исследования в современной науке: Том 4 № 25 (2025)

Israil Tojimamatov, Maxliyoxon Marifjonova , BERILGANLARNI MARKAZLASHGAN TARZDA BOSHQARISH PRINSIPLARI , Академические исследования в современной науке: Том 4 № 21 (2025)

Israil Tojimamatov, Charosxon Adxamova , AMALIY TIZIMLARDA BERILGANLAR BAZASINI BOSHQARISH TIZIMLARI O‘RNI. , Академические исследования в современной науке: Том 4 № 21 (2025)

Israil Tojimamatov , Shahnoza Ahmataliyeva , BERILGANLARNI MARKAZLASHGAN TARZDA BOSHQARISH TAMOYILLARI , Академические исследования в современной науке: Том 4 № 21 (2025)