Barcha maqolalar - Ijtimoiy masalalar

Maqolalar soni: 162
  • Ushbu maqola bolalarning ko'p tarmoqli reabilitatsiya markazlarida landshaft terapiyasini tashkil etishning dolzarbligini ochib beradi. Landshaft terapiyasining o'zaro bog'liqligi va uning bolaning psixo-emotsional va fiziologik salomatligiga ta'siri ko'rib chiqiladi. Bolalar reabilitatsiya muhitida landshaft terapiyasining turli usullari taqdim etiladi.

    D Kamalova, M Yuldasheva, Sabrina Agamyan
    126-129
    57   18
  • Ushbu maqolada mualliflar tomonidan boshlang’ich ta’limda kreativ qobiliyatni shakllantirishning mavjud holati, nazariy asoslari va unung mazmuni yoritib berilgan. Shuningdek, bu maqolada bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarida kreativlik salohiyatini rivojlantirishning ahamiyati metodlari va jarayon bilan bog’liq kasbiy hamda pedagogik xususiyatlar haqida fikrlar ilgari surilgan.
    Akmal Taniberdiyev , Sohiba Maxsudova
    466-472
    55   33
  • Steam texnologiyasi, maktabgacha ta’lim muassasalariga interaktivlik va o‘quv jarayonini yanada qulaylashtirish uchun qo‘llanilishi mumkin. Quyidagi yo‘llar orqali Steam texnologiyasi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga foydali bo‘lishi mumkin: Faollashtiruvchi o‘yinlar va ta’lim o‘yinlar orqali: Steam, tarbiyalanuvchilarning o‘zlashtirilgan o‘yinlar orqali o‘rganishini ta’minlaydi. Tarbiyalanuvchilar o‘zlashtirilgan o‘yinlar orqali ilmiy va amaliy bilimlarni oshirishadi. Bu o‘yinlar orqali bolalar motivatsiyalangan bo‘lib, o‘rganish jarayonini qiziqarli va interaktiv qilishadi.
    Malohat To‘raqulova
    473-479
    32   99
  • Ушбу мақолада кўп қаватли турар-жой биноларини жорий таъмирлашда энергия самарадорлигини оширишнинг иқтисодий афзалликлари кўрсатиб берилган.

    М Зохидов, Ш Тошева
    297-301
    39   7
  • Maqolada serebral falaj kassaligiga chalingan 2-7 yoshli (dipligiya) nozologiyasiga хos bolalar orasidan umuman yurolmaydigan va biroz yuroladigan bolalarning maxsus trenjajyor yordamida yurish ko’nikmalarini shakllantirish bo’yicha pedagogik tajriba davomida qayd etilgan natijalar, ushbu natijalarning statistik xarakteristikalari hamda mazkur xarakteristikalarning tajriba davomida absoluyt va nisbiy o’zgarishlari va shu o’zgarishlarning statistik ishonchliligi bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan.
    Iroda Inagamova
    51   9
  • Ушбу мақолада Англияда миграция ҳуқуқи пайдо бўлишининг ўзига хос хусусиятлари кўриб чиқилган. Жумладан, Англия тамаддунида миграция ҳуқуқининг дастлаб ҳуқуқий одат сифатида шаклланганлиги тарихий ёзма манбалар таҳлили асосида ўрганилган.
    Lukhmonjon Isokov
    31-35
    79   10
  • Ушбу мақолада касбидан бахт топган инсон Самадов Ғаффоржон Жабборовичнинг касбий ва оилавий фаолияти қисман ёритилган
    Alisher Xushnazarov
    13
    154   13
  • Тадқиқот объекта: “Узбекистан почтаси” О АЖ ва унинг таркибидаги филиаллар фаолияти танланган.
    Ишнинг максади: Миллий иқтисодиётни модернизация этиш шароитида почта алоқаси хизматлари самарадорлигини ошириш буйича илмий асосланган амалий тавсиялар ишлаб чиқишдан иборат.
    Тадқиқот методлари: иқтисодий-статистик, статистик гурухдаш ва киссин тахлил, абстрскт-мантиқий фикрлаш, иқтисодий-математик ва тизимли тахлил усуллари.
    Олинган натижалар ва уларнинг янгилиги: республикамизда илк бор почта хизматлари самарадорлигини ошириш омиллари комплекс тахлил этилиб, почта хизматлари самарадорлигини оширишнинг устувор йўналишлари очиб берилган; Почта хизматлари самарадорлигини баҳолаш хамда оширишга асос бўладиган услубият ишлаб чикилган; Таклиф этилаётган почта хизматлари самарадорлигини бахолаш услубиятидан кслиб чиққан холда почта хизматлари самарадорлик курсаткичларини бахолаш тизими ишлаб чикилган ва улар асосида тахлиллар амалга оширилган; Почта алокаси хизматлари самарадорлик кўринишлари илмий асосланган холда туркумланган; Узбскистонда почта хизматлари самарадорлигини ошириш тахлили маркетинг ва инновацион фаолият, соҳага янги ахборот тсхнологияларни жалб этиш оркали янги хизматлари жорий этиш хамда ходимларни малакавий савияси тахлили асосида амалга оширилган; Почта хизматларини дивсрсификациялаш хамда соха менежментини такомиллаштириш ва ракобат муҳитини шакллантиришга оид тахлилни ишлар амалга оширилган ва уларни модерн изациялаштириш хамда ривожлантиришга оид амалий маслахатлар ишлаб чикилган;
    Амалий ахамияти: асосий натижа ва хулосалар “Узбекистан почтаси” ОАЖ ва унинг филиалларда хизматларни самарадорлик даражасини илмий асосда оширишга хизмат қилади. Шунингдек, айрим илмий гоя ва тавсиялардан Тошкснт ахборот тсхнологиялари унивсрситстида "Почта хизматининг назарий асослари", "Корхона иктисодисти (Почта хизматида)", "Почта хизмати корхоналарида ташкил этиш ва рсжалаштириш", “Алоқа ва ахборотлаштириш иктисодисти” каби махсус фанларини ўкитишда қўлланилади.
    Татбик этиш даражаси ва иктисодий самарадорлиги: асосий натижалари, хулоса ва таклифлар “Узбекистан почтаси” ОАЖ хамда Фан техника ва маркетинг тадкикотлари марказининг амалий фаолиятига тадбик этилган. Шунингдек, тадқиқотнинг айрим натижалари Тошкснт ахборот тсхнологиялари унивсрситстининг ўқув жараснида куллаш учун кабул килинган.
    Қўлланиш сохаси: тадқиқот натижалари почта алокаси хизматларини курсатиш жараснида, шунингдек, олий таълим муассасалари ўкув жараенларида кулланилади.

    Хуршид Бобомуродов
    1-20
    41   15
  • Maqolada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini muntazam yo‘lga qo‘yilishi natijasida mintaqa davlatlarining iqtisodiy taraqqiyoti, madaniy hamkorligi hamda mintaqaviy integratsiyani mustahkamlashning yangi bosqichga ko‘tarilganligi ko‘rsatib berilgan.

    Oʻral Normurotov, Dilmurod Ishankulov
    41-49
    39   16
  • Xizmat ko’rsatish sohasi - mijozlaming ehtiyojlari, istaklari yoki intilishlarini qondiradigan xizmatlami taqdim etish uchun mo‘ljallangan texnologiya va tashkiliy tannoqlar konfiguratsiyasi haqida ma’lumotlar berilgan.
    Hilola Abdullayeva, Manuchehr Ravshanov
    122-126
    279   38
  • Maqolada muallif tomonidan O‘zbekistonda sovet hukumati davrida ijtimoiy-maishiy infrastruktura muassasalarining shakllanishi va faoliyatida mavjud bo‘lgan bir qator muammolarning aholi kundalik hayotida aks etgani yoritilgan.
    Xususan, sovet davrida aholining kundalik hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan maishiy va umumiy ovqatlanish tizimi faoliyatida bir qator o‘zgarishlar yuz berdi. Tarkibida yangi yo‘nalishlari vujudga keldi. Qishloq turar joylarida ijtimoiy-maishiy infrastrukturalarni rivojlantirish rejalashtirildi. Biroq, XX asrning 70-80 yillarida respublikadagi qator xo‘jaliklar, tashkilotlar hamda o‘quv muassasalarida maishiy va umumiy ovqatlanish muassasalariga aholining ehtiyoji katta bo‘ldi.

    Bunyod Nasirov
    419-422
    28   6
  • Tadqiqotda transmilliy korporatsiyalarning inson huquqlarini buzganlik uchun ularning ijtimoiy javobgarligi konsepsiyasi jahon, Qozogʻiston va Oʻzbekiston miqyosida tahlil qilindi. Tahlillar Oʻzbekistonda bu javobgarlik turi xayriya va ehson sifatida tushunilishi aniqlandi. Shuning uchun, bu javobgarlikni milliy xususiyatlardan kelib chiqib, takomillashtirish masalasi oʻrganib chiqildi va yangi gipoteza ilgari surildi. Tadiqot davomida sotsiologik soʻrov va boshqa ilmiy uslublardan foydalanilgan. Mamlakatda inson huquqlarini transmilliy korporatsiyalardan (TMK) himoya qilishda xalqaro huquqni rivojlantirish ehtiyoji asoslantirilgan.

    Komron Nigmatov
    423-426
    56   13 13
  • Maqolada jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash sharoitida yoshlarning jamiyatning turli sohalarida faolligi va ijtimoiylashuv xususiyatlarini shakllanishi tadqiq qilingan, uni yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiya va tavsiflar berilgan.

    Orif Shukurov
    428-430
    59   13
  • Zamonaviy shaxs, etuk barkamol shaxsni tarbiyalashning muhim vositalaridan ta‟lim –tarbiya, tarbiya mohiyati, fuqarolikpozitsiyasi, vatanparvarlik tuygʼularini, ularda mafkuraviy maʼnaviy immunitetni shakllantirishning dolzarbligi ifodalangan.

    O Ortiqov, N Alimov , Z Mamatqulov
    430-432
    21   8
  • Bu maqola aniq fanlar, tabiiy muhit, hayvonlar va o‘simliklar olamiga oid ilmiy tadqiqotlar, ekologik jarayonlar, ekosistemalar kabilarni o‘z ichiga olgan.

    Madadjon O‘ktamov, Jasmina Toshpo‘lotova, Yayra Musurmanova
    432-434
    118   28
  • Ushbu maqolada 0‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish uchun qilinayotgan say harakatlar, ishlab chiqilayotgan yangi qaror va qonun loyihalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirishda ichki turistlarga berilayotgan imkoniyatlar va eng ko’p mahalliy aholi tashrif buyuradingan 0‘zbekistonning turistik maskanlari yoritib berilgan.
    Dostonbek Komilov
    166-169
    75   19
  • Ushbu maqolada Sh.Rashidov asarlaridan talaba yoshlarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashda foydalanish ilmiy pedogogik muammo sifatida tadqiq etilgan. Shuningdek maqolada oliy ta’lim tizimida talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda Sharof Rashidov asarlaridan foydalanishning ilmiy-metodik asoslarini amaliyotda qo‘llash natijalari tahlil qilingan.

    Marhabo Qilichova
    438-440
    42   15
  • Maqola ichki ishlar organlari xodimlarida korruptsiyaga qarshi fikrlashni rivojlantirishda ijtimoiy-falsafiy tushunchalarning rolini o'rganadi. Muallif korruptsiya va uning sabablarini tushunishda falsafiy va sotsiologik yondashuvlarning ahamiyatiga e'tibor qaratadi.

    Zuxriddin Xojaev
    532-535
    34   11
  • Ushbu maqolada o‘zbek etnomadaniyatida etnogumanizmning ahamiyati, voqe bo‘lishi, xalqchilligi va ijtimoiy-ma’naviy roli ochib berilgan bo‘lib, bunda etnomadaniy jarayonlar uyg‘unlashuvi orqali, etnogumanizmning sinkretik tarzda namoyon bo‘lishi asoslab berilgan.

    Izzat Yuldashev
    541-544
    51   21
  • Ushbu maqolada 0‘zbekiston yoshlari faoliyatida diniy va dunyoviy madaniyat uyg'unligini ta’minlashning ijtimoiy ahamiyati va falsafiy xususiyatlari to‘g‘risida so‘z yuritilgan.
    Azimjon Abdullayev
    284-287
    174   18
  • Maqolada hayotning diniy va dunyoviy sohalari o'rtasidagi uyg'unlikka ta'sir qiluvchi omillami aniqlash bilan bog'liq masalalar ko'rib chiqiladi. Mualliflar zamonaviy jamiyatda din va dunyoviylikning o'zaro ta'sirining turli jihatlarini tahlil qilib, ular o'rtasidagi uyg'unlikka erishishga yordam beradigan yoki to'sqinlik qiladigan asosiy omillami aniqlaydilar.
    Azimjon Abdullaev
    287-289
    48   10
  • Ushbu maqolada bugungi kunda dolzarb bo‘lgan o‘smir yoshidagi bolalar harakter hususiyatlarining muhim tomonlari, o‘smir yoshidagi bolalarda liderlikni shakillantirish, bolalarda liderlik hususiyatlarining shakillanishida oilaning o‘rni, ota-ona tarbiya usullarining, bolalar bilan bo‘ladigan muloqotning bolalar kelajagiga tasiri hamda, bolalarda liderlik xususiyatlarini shakillanishidagi ahamiyati yoritib berilgan.

    Mohinur Boyqulova, Nigina Abdullayeva, Shahriniso Choriyorova
    579-581
    51   13
  • Мaqolada bolaning ijtimoiy rivojlanishi, ma’naviy tarbiyasi, shuningdek, tarbiya jarayonida ota onalarning о‘z farzandlariga nisbatan qо‘llayotgan tarbiya usullari, bolalar axloqini shakllantirishdagi ular bilan aloqalarning xususiyatlariga tо‘xtalgan

    Sardor Qarshiboyev, Sevara Xolmatova
    654-657
    55   11
  • Buxoro “Qo‘shbegi” arxivi materiallari va mahalliy muarrixlar asarlari asosida Surxon vohasida hunarmandchilik va mahalliy ustaxonalarning iqtisodiyotdagi o‘rni (savdo aloqalari) masalasi yaxlit, atroflicha hamda manbaviy tahlil bilan bog‘liqlikda o‘rganilmagan. XVIII asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi Surxon vohasining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy tarixi va hunarmandchilik sohasi hamda ichki, tashqi savdo yo‘llarini bog‘lovchi quruqlik hamda suv yo‘li, shuningdek, daryo bo‘yidagi yodgorliklar, aholi manzillarini aks ettiruvchi mukammal tarixiy-geografik xaritalarni yaratish hamda ularni o‘quv adabiyotlariga tegishli davr yoki mavzulari mazmunini yorituvchi material sifatida kiritish taklifi keltirilgan.

    Ahmad Qarshiyev, Abdimo‘min Jumayev
    65-71
    26   20
  • Ushbu maqolada ta`lim-tarbiya sifatini oshirish jarayonida pedagogik va psixologik moslashuvchanligi haqida so`z boradi. Pedagogika fani falsafa, sotsiologiya, psixologiya, fiziologiya, meditsina, axborot texnologiyalari va boshqa insonshunoslik fanlari bilan aloqador, pedagogika fanlar tizimi, sifatiga kiritsak yanglishmagan bo‘lamiz.

    Sardor Qarshiboyev, Abdumo’min Muhammadiyev
    663-666
    118   13