Особенности антиагрегационной и противовоспалительной эффективности ацетилсалициловой кислоты у больных ишемической болезнью сердца

CC BY f
167-174
9
1
Поделиться
Ходжанова, Ш. (2023). Особенности антиагрегационной и противовоспалительной эффективности ацетилсалициловой кислоты у больных ишемической болезнью сердца. Журнал биомедицины и практики, 1(1), 167–174. https://doi.org/10.26739/2181-9300-2021-1-24
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Несмотря на достижения в области медицины и профилактики, сердечно-сосудистая патология остается ведущей причиной заболеваемости и смертности в экономически развитых странах. Ацетилсалициловая кислота (АСК) в настоящее время является наиболее широко назначаемым и наиболее испытанным основным лекарственным средством для пероральной антиагрегантной терапии сердечно-сосудистых заболеваний. Несмотря на широкоеиспользование ацетилсалициловой кислоты для предотвращения сердечно-сосудистых осложнений у больных с ишемической болезнью сердца (ИБС) ишемические события также возникают у определенной части пациентов, получающих стандартную антитромботическую терапию, что приводит к устойчивости к АСК, то есть рассматривается как проявление резистентности к препарату. Проблема устойчивости к антитромбоцитарным препаратам является фундаментальной по своей важности, поскольку закладывает основу для индивидуализации профилактической терапии и формирования более эффективных методов профилактики заболеваний. В данной статье рассматриваются проблемы, возникающие при антиагрегантном и противовоспалительном действии ацетилсалициловой кислоты при применении ишемической болезни сердца.

Похожие статьи


background image

БИОМЕДИЦИНА ВА АМАЛИЁТ ЖУРНАЛИ

|

ЖУРНАЛ БИОМЕДИЦИНЫ И ПРАКТИКИ

|

JOURNAL OF BIOMEDICINE AND PRACTICE

№1 | 2021

167

Shahnoza Iskandarovna Xodjanova

Toshkent tibbiyot akademiyasi, O'zbekiston

YURAK ISHEMIK KASALLIGI MAVJUD BEMORLARDA ATSETILSALITSIL

KISLOTANING ANTIAGREGANT VA YALLIG'LANISHGA QARSHI XUSUSIYATLARI

For citation:

Shakhnoza Iskandarovna KHODJANOVA FEATURES OF ANTIAGGREGATORY

AND ANTI-INFLAMMATIORY EFFICACY OF ACETYLSALICYLIC ACID IN PATIENTS
WITH CORONARY HEART DISEASE

.

Journal of Biomedicine and Practice. 2021, vol. 6, issue 1,

pp.167-174

http://dx.doi.org/10.26739/2181-9300-2021-1-24


ANNOTATSIYA

Tibbiyot fani va profilaktikasining yutuqlariga qaramasdan iqtisodiy rivojlangan davlatlarda

yurak-qon tomir kasalliklari aholining kasallanishi va o'limining asosiy sababi bo'lib kelmoqda.
Xozirgi vaqtda yurak-qon tomir kasalliklarida peroral antiagregant terapiya preparatlaridan eng ko'p
tayinlanadigan va eng katta isbotlangan bazaga ega preparat atsetilsalitsil kislota (ASK)
hisoblanadi.Yurak ishemik kasalligi (YUIK) mavjud bemorlarda yurak-qon tomir asoratlarini oldini
olish uchun atsetilsalitsil kislota preparatlarini keng qo'llanilishiga qaramasdan, muntazam tarzda
antitrombotik terapiyani olgan bemorlarning ma'lum bir qismida ham ishemik hodisalar yuzaga
keladi va bu ASKga nisbatan turg'unlik, ya'ni rezistentlik ko'rinishi sifatida qaraladi. Antiagregant
preparatlarga rezistentlik muammosi o'z ahamiyati bo'yicha fundamental hisoblanadi, sababi
preventiv terapiyani individuallashtirish va kasallikni oldini olishning ancha samarali usullarini
shakllantirish uchun zamin yaratadi. Ushbu maqolada atsetilsalitsil kislotaning yurak ishemik
kasalligida qo'llanilishida antiagregant va yallig'lanishga qarshi ta'sirida yuzaga keluvchi
muammolari muhokama qilinadi.

Kalit so'zlar:

yurak ishemik kasalligi, atsetilsalitsil kislota, trombositlar agregatsiyasi,

aspirinrezistentlik, sitokinlar

Шахноза Искандаровна Ходжанова

Ташкентская Медицинская Академия, Узбекистан

ОСОБЕННОСТИ АНТИАГРЕГАЦИОННОЙ И ПРОТИВОВОСПАЛИТЕЛЬНОЙ

ЭФФЕКТИВНОСТИ АЦЕТИЛСАЛИЦИЛОВОЙ КИСЛОТЫ У БОЛЬНЫХ

ИШЕМИЧЕСКОЙ БОЛЕЗНЬЮ СЕРДЦА

АННОТАЦИЯ

Несмотря на достижения в области медицины и профилактики, сердечно-сосудистая
патология остается ведущей причиной заболеваемости и смертности в экономически развитых
странах. Ацетилсалициловая кислота (АСК) в настоящее время является наиболее широко
назначаемым и наиболее испытанным основным лекарственным средством для пероральной
антиагрегантной терапии сердечно-сосудистых заболеваний. Несмотря на широкое


background image

БИОМЕДИЦИНА ВА АМАЛИЁТ ЖУРНАЛИ

|

ЖУРНАЛ БИОМЕДИЦИНЫ И ПРАКТИКИ

|

JOURNAL OF BIOMEDICINE AND PRACTICE

№1 | 2021

168

использование ацетилсалициловой кислоты для предотвращения сердечно-сосудистых
осложнений у больных с ишемической болезнью сердца (ИБС) ишемические события также
возникают у определенной части пациентов, получающих стандартную антитромботическую
терапию, что приводит к устойчивости к АСК, то есть рассматривается как проявление
резистентности к препарату. Проблема устойчивости к антитромбоцитарным препаратам
является фундаментальной по своей важности, поскольку закладывает основу для
индивидуализации профилактической терапии и формирования более эффективных методов
профилактики заболеваний. В данной статье рассматриваются проблемы, возникающие при
антиагрегантном и противовоспалительном действии ацетилсалициловой кислоты при
применении ишемической болезни сердца.

Ключевые слова:

ишемическая болезнь сердца, ацетилсалициловая кислота, агрегация

тромбоцитов, аспиринорезистентность, цитокины

Shakhnoza Iskandarovna Khodjanova

Tashkent Medikal Academy, Uzbekistan

FEATURES OF ANTIAGGREGATORY AND ANTI-INFLAMMATIORY EFFICACY OF

ACETYLSALICYLIC ACID IN PATIENTS WITH CORONARY HEART DISEASE

ANNOTATION

Despite advances in medical science and prevention, cardiovascular pathology remains the leading
cause of morbidity and mortality in economically developed countries. Acetylsalicylic acid (ASA) is
currently the most widely prescribed and most proven base drug for oral antiaggregant therapy in
cardiovascular disease. Despite the widespread use of acetylsalicylic acid to prevent cardiovascular
complications in patients with ischemic heart disease (IHD) ischemic events also occur in a certain
proportion of patients receiving regular antithrombotic therapy, which is associated with stagnation
of ASA, that is seen as a manifestation of resistance. The problem of resistance to antiplatelet drugs
is fundamental in its importance, as it lays the groundwork for the individualization of preventive
therapy and the formation of more effective methods of disease prevention. This article discusses the
problems that arise in the antiaggregant and anti-inflammatory effect of acetylsalicylic acid in the use
of ischemic heart disease.

Key words:

ischemic heart disease, acetylsalicylic acid, platelet aggregation, aspirin resistance,

cytokines


Kirish.

Yurak-qon tomir kasalliklarining (YUQK) oldini olish va yurak-qon tomir asoratlarini

rivojlanish xavfini kamaytirish zamonaviy tibbiyotning ustuvor yo'nalishi hisoblanadi. Buning sababi
shundaki, dunyodagi aksariyat mamlakatlarda umumiy o'lim ko'rsatkichlari tarkibida qon aylanish
tizimi kasalliklari ustun turadi.
Aterogenez va tromb hosil bo'lish jarayonlari o'rtasidagi yaqin munosabatlar yurak-qon tomir
asoratlarini (YUQA) ikkilamchi profilaktikasi maqsadida uzoq muddatli antitrombotik terapiyani olib
borishni patogenetik jihatdan asoslab beradi [29]. Shunday qilib, ateroskleroz asoratlarini oldini
olishda etakchi rol trombotsitlar agregatsiyasini ingibirlovchi dorilarga tegishlidir. Hozirgi vaqtda
qo'llanilayotgan bunday vositalarning aksariyati trombotsitlarni faollashtirishning hujayra ichidagi
bosqichlarida ta'sir qiladi (siklik nukleotidlar darajasini oshiradi, siklooksigenazani ingibirlaydi) va
shu bilan ularning antiagregantlik xususiyatlarini namoyish etadi.
Boshqa moddalar to'g'ridan-to'g'ri trombotsitlar yuzasida harakat qiladi va shu bilan faollashish
(masalan, ADP faollashishi) yoki agregatsiya (fibrinogen antagonistlari) yo'lidagi individual
bosqichlarni bloklab qo'yadi. Qarama-qarshi ko'rsatmalar bo'lmasa, antitrombotsit terapiyasi hozirgi
kunda aterotrombozning klinik ko'rinishlari bo'lgan bemorlar uchun, ayniqsa, yurak ishemik
kasalligida majburiydir [22,29].

Gemostaz tizimi va asosiy xavf omillari orasida o'zaro bog'liqlik mavjudligini, shuningdek

ateroskleroz va uning asoratlari rivojlanishi va kuchayib borishida gemostaz tizimining yetakchi


background image

БИОМЕДИЦИНА ВА АМАЛИЁТ ЖУРНАЛИ

|

ЖУРНАЛ БИОМЕДИЦИНЫ И ПРАКТИКИ

|

JOURNAL OF BIOMEDICINE AND PRACTICE

№1 | 2021

169

rolini hisobga olsak, yurak-qon tomir kasalliklarini nafaqat davolash, balki oldini olish maqsadida
antitrombotik preparatlarni tayinlash patogenetik asoslangan bo'ladi.

Hozirgi vaqtda yurak-qon tomir kasalliklarida peroral antiagregant terapiya preparatlaridan

eng ko'p tayinlanadigan, "oltin standart" sifatida tan olingan va barcha antiagregant preparatlar ichida
eng katta isbotlangan bazaga ega preparat atsetilsalitsil kislota (ASK) hisoblanadi [20,23,26]. Turli
tomir havzalari arteriyalari shikastlanishlarining fatal asoratlarini birlamchi va ikkilamchi oldini olish
uchun ASKni qo'llash samarasi ko'p sondagi nazorat qilinadigan klinik tadqiqotlarda tasdiqlangan
[8,22,32]. Olingan natijalar tahlili ko'rsatdiki, yurak-qon tomir kasalligining barqaror kechishiga ega
bemorlarda ASK tayinlanishi miokard infarktini (MI)ni 50% dan ko'proqqa pasaytiradi. 2002 yilda
bir nechta mamlakatlar olimlari nostabil stenokardiyali 200 mingdan ortiq bemorlarda antitrombotik
terapiyaning 287 tasodifiy nazorat ostida o'tkazilgan tekshiruvlarining eng katta meta-tahlilini
o'tkazdilar. Bunda yurak-qon tomir asoratlari xavfi yuqori bo'lgan bemorlar uchun davolanishning
mutlaq foydasi jiddiy gemorragik asoratlarning mutlaq xavfidan sezilarli darajada oshib ketadi, bu
esa antitrombotik preparatlarni qabul qilish fonida 1,13% va davolashsiz guruhda 0,71% ni tashkil
qiladi. Atsetilsalitsil kislotasini turli qon tomir xavzalarida arterial shikastlanishlarining o'limga olib
keladigan asoratlarini birlamchi va ikkilamchi oldini olish uchun qo'llash samaradorligi ko'plab
nazorat ostida o'tkazilgan klinik tadqiqotlar bilan tasdiqlangan [4].
Zamonaviy tibbiyotda asetilsalitsil kislotasini tayinlash yurak-qon tomir asoratlarining oldini olish
xavfi yuqori bo'lgan bemorlar guruhida ham majburiy deb belgilanmoqda. Ya'ni oyoq va qo'llarning
periferik arteriyalarining aterosklerotik shikastlanishlari, qandli diabet, arterial gipertenziya,
bo'lmachalar fibrilatsiyal mavjud bemorlar uchun qo'llaniladi [21, 26, 25, 28, 30].
Yurak-qon tomir kasalliklari xavfi yuqori bo'lgan bemorlarga ASKni buyurish endi shubhasiz va
odatiy holdir. Eng munozarali masala - bu yurak-qon tomir kasalliklarining birlamchi profilaktikasi
uchun aspirin buyurish [27,30,34]. ASK preparatini tayinlash, oshqozon-ichak traktidan 2 dan 4
gacha jiddiy qon ketish holatlariga va 5 yil davomida ASK olgan 1000 ta bemorga 2 ta gemorragik
insult rivojlanishiga to'g'ri keladi. Shuning uchun, agar yurak-qon tomir hodisalarining taxminiy xavfi
yiliga 3% dan oshsa va aspirin terapiyasi 4-12 koronar epizodning oldini oladigan bo'lsa, uzoq
muddatli birlamchi profilaktika uchun aspirin tavsiya etilishi mumkin. Birlamchi profilaktika uchun
nomzodlar - bu qandli diabet kasalligi, chekish, giperxolesterinemiya va arterial gipertenziya kabi
yurak tomirlari kasalligi mavjud va bir necha xavf omillariga ega bo'lgan 50 yoshdan oshgan bemorlar
[1,21,24].
Hozirgi davrda atsetilsalitsil kislotasi preparatlari turli xil savdo nomlari (Aspirin, Trombo ACC,
Trombopol, Kardiomagnil va boshqalar) ostida ishlab chiqarilmoqda va ular o'zaro atsetilsalitsil
kislotasining dozasi, dozalash shakli va qo'shimcha tarkibiy qismlarining mavjudligi bilan farq qiladi.
Preparatning shakllari va dozalarining xilma-xilligi zamonaviy klinik amaliyotning asoslaridan biri
bo'lgan uzoq muddatli terapiya xavfsizligi bilan bog'liq [2,3]. ASK ta'sir mexanizmi shundan iboratki,
u tanadagi prostaglandinlar biosintezini katalizlaydigan, hamma joyda mavjud bo'lgan ferment
siklooksigenazani tanlab va qaytarib bo'lmaydigan darajada ingibirlaydi. ASK trombotsitlar
siklooksigenazisini qaytarib bo'lmaydigan tarzda ingibirlagandan so'ng, keyinchalik araxidon
kislotasi prostaglandinlari- kuchli vazokonstriktor xususiyatiga ega bo'lgan G

2

, H

2

va tromboksan A

2

(TxA2) dan trombotsitlar agregatsiyasi induktorlari sintezini kamaytiradi. Shunday qilib,
trombotsitlar umrining oxirigacha tromboksan ishlab chiqara olmaydi - taxminan 7 kun.

YUIK mavjud bemorlarda yurak-qon tomir asoratlarini oldini olish uchun ASK preparatlarini

keng qo'llanilishiga qaramasdan, muntazam tarzda antitrombotik terapiyani olgan bemorlarning
ma'lum bir qismida ham ishemik hodisalar yuzaga keladi, bu ASKga nisbatan turg'unlik, ya'ni
rezistentlik ko'rinishi sifatida qaraladi. Oxirgi vaqtlarda odatiy antitrombotik moddalarga yomon
javob ko'rsatadigan shaxslarda aterotrombozning yuqori xavfi borligi to'g'risida dalillar ancha ko'p
paydo bo'lmoqda .

O'tkazilgan tadqiqotlarning

maqsadi

, asosan yurak ishemik kasalliklari mavjud bemorlarda

atsetilsalitsil kislotaning uzoq muddatli qo'llanilishida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan aspiringa
antiagregant turg'unlik va yallig'lanishga qarshi ta'siridagi muammolarni aniqlashga qaratilgandir.


background image

БИОМЕДИЦИНА ВА АМАЛИЁТ ЖУРНАЛИ

|

ЖУРНАЛ БИОМЕДИЦИНЫ И ПРАКТИКИ

|

JOURNAL OF BIOMEDICINE AND PRACTICE

№1 | 2021

170

Material va uslublar

. Yurak ishemik kasalligida atsetilsalitsil kislota qo'llanilishida paydo

bo'lishi mumkin bo'lgan muammolar va ularning sabablari o'rganildi. Ma'lumotlar Pubmed, e-libruary
sistemalarida va boshqa kalit so'zlar (yurak ishemik kasalligi, atsetilsalitsil kislota, trombositlar
agregatsiyasi, aspirinrezistentlik, sitokinlar) yordamida olindi. Tadqiqot mavzusi bo'yicha 2010
yildan 2020 yilgacha olib borilgan jami 112 ta mahalliy va xorijiy davlatlardagi ilmiy ishlar
(monografiya, avtoreferatlar, ilmiy maqolalar) ko'rib chiqilgan.

Natijalar va munozara.

Zamonaviy adabiyotlar tahlili yurak ishemik kasalligida atsetilsalitsil

kislota qo'llanilishida paydo bo'lishi mumkin bo'lgan muammolar va ularni keltirib chiqaruvchi
sabablarni ko'rsatib berdi.
R.G. Kiss, V.H. Chen, J.V. Eikelboom, P.A. Gum ma'lumotlariga ko'ra, odamlarning 35%i
aspirinning antiagregant ta'siri nisbatan past bo'lgan va 19 foizida esa aspirin trombositlar
agregatsiyasiga ta'sir ko'rsatmagan. Aspirinrezistentlik (AR) deb nomlangan ushbu hodisa yurak
ishemik kasalligini oldini olish va davolashda differensial yondashuv zarurligini belgilaydi.
Aspirinrezistenlik - bu ASK ning trombotik asoratlarni rivojlanishiga to'sqinlik qilish xususiyatining
yo'qolishi bo'lib, uning asosini aspirinning TxA2 sinteziga ta'sir etmasligi, shuningdek, ma'lum
laboratoriya tekshiruvlarida aniqlangan trombotsitlar agregatsiyasining yuqori darajada qolishidir
[16]. ASKni uzoq vaqt qabul qilgan bemorlarda qon tomirlari, miokard infarktlari va boshqa
trombotik asoratlarning rivojlanishi klinik aspirinrezistentlik deb ataladi. Shuningdek, laborator yoki
biokimyoviy aspirinrezistentlik ajratiladi - bu funktsional testlar natijasida aniqlangan tromboksan
ishlab chiqarishning etarli darajada ingibirlanmasligi tufayli ASK ning trombotsitlar agregatsiyasini
bostirishga qodir emasligidir [17].
Aspiringa rezistentlikning laborator belgilari va yurak ishemik kasalligining klinik kechishi o'rtasida
o'zaro bog'liqlik aniqlangan. Yurak ishemik kasalligining ikkilamchi profilaktikasi uchun
ishlatiladigan preparatlarni (statinlar, b-blokatorlar, AO'F ingibitorlari) va aspirinni qo'llanilishi
fonida ham taxminan 70-75% o'limga olib kelmaydigan va 80-85% o'limga olib keladigan yurak-qon
tomir hodisalarning yetarlicha oldi olinmaydi (Hennekens SN elal. 2004). Bunday bemorlarda
trombotsitlar faolligi davom etaverib antitrombotsit terapiyasiga qaramay, yurak-qon tomir
hodisalarining qaytalanishi xavfi yuqori bo'ladi (Matetzky S va boshq., 2004; Bonello L va boshq.,
Yuqori davolashda trombotsitlarning reaktivligi bo'yicha ishchi guruh, 2010). Ba'zi bemorlarda
aspirin samaradorligini pasayishini ko'rsatadigan dastlabki ma'lumotlar serebrovaskulyar
kasalliklarga chalingan bemorlar orasida aniqlangan: taxminan to'rtdan birida trombotsitlar
agregatsiyasini qisman bostirishga erishiladi, bemorlarning uchdan birida aspirin dozasi oshganiga
qaramay, uzoq vaqt davomida aspiringa turg'unlik kuchayib boradi (Patrono 2001). Shuning uchun
aspiringa chidamlilik kasallikning yomonroq prognozi bilan bog'liq deb ishoniladi. HOPE va
CHARISMA tadqiqotlariga ko'ra, siydikda yuqori darajadagi 11-degidro-tromboksan B2 darajalari
(TxA2 metaboliti va aspirin turg'unligining potentsial biomarkeri) yurak-qon tomir tizimidagi o'tkir
holatlar xavfi bilan bog'liq edi [16].
Usachev E.V. va boshq. ma'lumotlariga ko'ra, yurak ishemik kasalligi bo'lgan bemorlarning 58,4%
da antitrombotsitar terapiyasiga qaramay trombotsitlarning spontan agregatsiyasi ko'rsatkichlari
referent ko'rsatkichlardan yuqori bo'ldi. ASK qabul qilgan koronar aterosklerozli bemorlar orasida
76,2% bemorlarda spontan trombotsitlar agregatsiyasida giperagregatsiya belgilari kuzatildi. Bu esa
takroriy qon tomir hodisalarining rivojlanishiga asos bo'lishi mumkin va klinik natijalar hamda
trombotsitlar spontan va induksiyalangan agregatsiyasi ko'rsatkichlari bilan taqqoslash orqali ushbu
masalani yanada o'rganishni talab qiladi.
3059 nafar bemorni o'z ichiga olgan VerifyNow usulida olib borilgan 6 ta tadqiqot natijalarining
meta-tahlilida shu narsa aniqlandiki, qoldiq trombotsitlar agregatsiyasi faolligi kasallanish darajasi
yuqoriligi bilan bog'liq bo'ldi [xavf darajasi (XD) 2.10; 95% ishonch oralig'i (IO) 1.62-2.73; p
<0.0001), shu jumladan individual o'lim (XD 1.66; 95% IO 1.04-2.68; p = 0.04), miokard infarkti
(XD: 2.04; 95% IO 1,51-2.76; p <0.001) va stent trombozi (XD 3.11; 95% IO 1.50-6.46; p = 0.001).
Kombinatsiyalangan ROC (combinedreceiveroperatorcurve) tahlilidan foydalanib, ishemik
hodisalarning yuqori xavfi bilan bog'liq bo'lgan chegara nuqtalari (5 mkmol ADF uchun> 46% va 20
mkmol ADF uchun> 59%) aniqlandi (ADF dozaga qarab, mos ravishda 58% va 54%). Ko'p faktorli


background image

БИОМЕДИЦИНА ВА АМАЛИЁТ ЖУРНАЛИ

|

ЖУРНАЛ БИОМЕДИЦИНЫ И ПРАКТИКИ

|

JOURNAL OF BIOMEDICINE AND PRACTICE

№1 | 2021

171

Cox-regressiyali tahlili [18] ishemik hodisalar va trombotsitlar agregatsiyasining ko'rsatilgan
ko'rsatkichlari o'rtasida sezilarli bog'liqlik mavjudligini tasdiqladi (p <0.001).
Shu bilan birga, ayrim tadqiqotlar natijalarida ko'rsatilgandek, davolashda qoldiq agregatsion
reaktivlik darajasining bevosita va uzoq muddatli prognozga ta'siri bir xil emas. Xususan, D. Sibbling
va boshq. [17] va T. Geyzlers va boshq. [8] tomonidan o'tkazilgan tadqiqotda trombotsitlar
agregatsiyasi turli usullar yordamida baholandi (klopidogrelning faol metabolitlarini baholash yoki
trombotsitlar faolligini yorug'lik agregometriya yordamida aniqlash), trombotsitlarning yuqori
reaktivligi va stent trombozining rivojlanishi o'rtasida 30 kun ichida va uzoqroq vaqt ichida bog'liqlik
borligi ko'rsatildi. Ammo assotsiatsiya juda zaif yoki deyarli yo'q edi. Biroq, Breet N.J. va
boshqalarning tadqiqotida [5] olingan ma'lumotlar (stent implantatsiyasidan keyingi vaqtdan qat'i
nazar) trombotsitlar qoldiq reaktivligining keyinchalik koronar qon aylanishi buzilishining paydo
bo'lish xavfiga sezilarli ta'siri mavjudligini ko'rsatdi.
Cox D. va boshqalarning fikriga ko'ra har xil turdagi ASK ta'sirini taqqoslagan (3 ta dori ichakda
eruvchan qobiqqa ega va bittasi eruvchan aspirinning dipiridamol bilan birikmasidan iborat) sog'lom
ko'ngillilarda TxB2 ingibirlanishining eng yuqori darajasi eruvchan aspirinning 75 mg dozada
kuzatildi. Qolgan o'rganilgan ASK preparatlari samaradorligi jihatidan eruvchan aspirindan past
bo'lgan (p <0.001). Ba'zi mualliflarda aspirin yoki klopidogrel bilan davolashda xuddi shu bemorlarda
trombotsitlar agregatsiyasini baholashda trombotsitlarning qoldiq reaktivligi mos ravishda 31,5% dan
83,3% gacha va 10,8% dan 82,3% gacha bo'lgan [2]. Ammo, tavsiyalardan [15] ko'ra, terapiya paytida
trombotsitlarni agregatsion qobiliyati ASKni qabul qilishda 46% dan oshadi.
ASKga nisbatan rezistentlikning taxminan 30%i genetik omillar bilan bog'liq. Aspirinrezistenlik
fenomenini shakllantirishda genetik polimorfizm ko'proq rol o'ynaydi. 842 mutant alleli, 842G
genetik varianti, SOG-2 promotor mintaqasida joylashgan G765C polimorfizmi va trombotsitlarning
aspiringa bo'lgan munosabati o'rtasidagi aloqaning mavjudligini topgan kichik tadqiqotlar mavjud
[10,14,19].
Bemor tomonidan antitrombotsit terapiyasiga rioya qilmaslik aspiringa turg'unlik rivojlanishida
muhim va ba'zan kam baholanadigan omil hisoblanadi. Bemorlarning ko'p qismida ASK ning uzoq
muddatli profilaktik iste'moliga (44-71%) etarlicha yuqori darajada rioya etilmaydi. Bu esa
preparatning antitrombosit ta'sirining pasayishi va asoratlar (shu jumladan miokard infarkti, ishemik
insult va boshqalar) xavfining 2-3 barobar ko'payishiga olib keladi.
Hozirgi vaqtda aspirinrezistentlikning eng katta sabablari quyidagilardir:
- lipid oksigenaza yo'li orqali araxidon kislotasi metabolitlari hosil bo'lishining ko'payishi;
- bemorlarning aspirin bilan davolashga kam rioya etilishi (bemorlarning 2 foizida) yoki dozasi etarli
emasligi;
- fermentning aspiringa sezgir yoki aspiringa rezistent izoformalarini sintez qilishga olib keladigan
siklooksigenaza genining polimorfizmi;
- GP IIb / IIIa glikoprotein genining polimorfizmi, bu fibrinogenga o'xshash glikoproteinlar sintezini
keltirib chiqaradi [17];
- Villebrand omil faolligining oshishi va prostatsiklin darajasining pasayishi bilan kechadigan
endotelial disfunktsiya ;
- trombotsitlar membranalarining qattiqligini oshiradigan va glikoprotein retseptorlari sezgirligini
pasaytiruvchi giperxolesterinemiya [15];
- nosteroid yallig'lanishga qarshi dorilarni (NYAQV) va aspirinni (SOK-1 faol markazining fazoviy
konfiguratsiyasi o'zgarishi sababli) birgalikda qo'llash;
- metabolik sindrom, bunday bemorlarning 30% gacha aspiringa rezistentlik kuzatiladi [14,20];
- surunkali giperglikemiya - bu trombotsitlar oqsillari va koagulyatsion omillarning kuchayishi, bu
agregatsiya jarayonlariga xalaqit berishi va shu bilan aspirinning antiagregant ta'sirining etarli
darajada bo'lmasligiga olib kelishi mumkin [5].
- klinik xususiyatlari: ayol jinsi, qarilik, aterosklerozning tarqalish darajasi, arterial gipertenziya,
qandli diabet, semirish, yuqumli kasalliklar / yurak etishmovchiligi, chekish, o'pkaning obstruktiv
kasalligi, giperurikemiya, og'ir jismoniy faollik va stress [4,10,12,14,19,33].


background image

БИОМЕДИЦИНА ВА АМАЛИЁТ ЖУРНАЛИ

|

ЖУРНАЛ БИОМЕДИЦИНЫ И ПРАКТИКИ

|

JOURNAL OF BIOMEDICINE AND PRACTICE

№1 | 2021

172

Hozirgi vaqtda ASKning "pleotrop ta'sir" deb ataladigan antiagregant ta'siriga bog'liq bo'lmagan
boshqa ta'sir mexanizmlari faol muhokama qilinmoqda. Ular orasida quyidagilar eng muhim
hisoblanadi: ateromatoz pilakchaning o'sishini sekinlashtirish, qon tomir silliq mushak hujayralari
ko'payishini to'xtatish, fibrinolizning ko'payishi, yallig'lanish oldi sitokinlarning faolligini bostirish
(o'sma nekrozi-a omili va interlökin-1β), C-reaktiv oqsil darajasining normallashishi, antioksidant
ta'sir, endotelial hujayralardagi azot oksidi (NO) sintazining faolligining oshishi [1, 18,34].
Ma'lumki, trombotsitlar ateroskleroz rivojlanishining boshlang'ich agentlari qatoriga kiradi, ular
endoteliy va qonning hujayra elementlari bilan bevosita aloqada bo'lib, yallig'lanish va aterogenez
o'rtasidagi bog'liqlikni hosil qiladi. Protrombotik reaktsiyalarni rivojlanishining barcha bosqichlarida
IL 6 ning ishtirok etishi aniqlandi: gepatotsitlar tomonidan fibrinogen sekretsiyasining kuchayishi,
VIII omil genining transkripsiyasi, sirt to'qimalari omilining monotsitlar bilan ekspresiyasining
kuchayishi, aylanma fon Villebrand omilining ko'payishi, S oqsil va antitrombin sintezining
pasayishi, trombotsitlarning ishlab chiqarilishi va to'planishining kuchayishi [8,9].
Eksperimental tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, adenozin difosfat va epinefrin ishtirokida IL 6
trombotsitlar agregatsiyasiga ta'sir qiladi va araxidon kislotasining metabolizmi buzilishlar bilan
bog'liq bo'ladi [6]. Ushbu ta'sirlar siklooksigenaza, fosfolipaza A2 ingibitorlari va tromboksan sintezi
antagonistlari tomonidan bloklanadi. P.M. Ridker va boshq. IL 6 darajasi baland bo'lgan bemorlarda
yurak-qon tomir asoratlari rivojlanish xavfi yuqori ekanligini ko'rsatdi [16] va asetilsalitsil
kislotasidan foydalanish IL 6 kontsentratsiyasini kamaytirishga, agregatsiya ta'sirini kamaytirishga
yordam beradi.
Sitokinlarning trombogenez jarayonlaridagi o'rni haqida gapirganda shuni ta'kidlash kerakki, bugungi
kunda bu masala bo'yicha umumiy aniq fikr mavjud emas [11]. Semizlikda sitokinlar sekretsiyasining
ko'payishi yallig'lanish jarayonining tarqalishi va saqlanishiga yordam beradi deb hisoblanadi
[13,31]. Trombotsitlarning agregatsiya qobiliyati interleykin 6 ning plazmadagi konsentratsiyasi
bilan o'zaro bog'liqligi aniqlangan. Ammo yurak ishemik kasalligi bo'lgan bemorlarda IL-1β
indeksining o'sishining yo'qligi bilvosita sitokin yallig'lanishining past faolligini ko'rsatishi mumkin.

Xulosa.

Ateroskleroz jarayonlarining boshlanishi va rivojlanishining murakkab mexanizmi bilan

bog'liq holda, qon hujayralarining bir-biri bilan va tomirlar devori bilan o'zaro yaqin aloqasi,
shuningdek, qon plazmasining tarkibiy qismlari tufayli yurak-qon tomir kasalliklari bilan og'rigan
bemorlarda gemostazning aloqasini yanada o'rganish dolzarb masala bo'lib qolmoqda.
Aspirinrezistentlik muammosi haqida fikr yuritganda biz hozir ko'proq yechimini topmagan
savollarga duch keldik. Ushbu savollarga javob topish uchun ASK ga rezistentlikni tashxislash
usullari va ularni standartlashtirish bo'yicha ko'plab markaziy ilmiy tadqiqotlar o'tkazish kerarligi
xulosa qilinadi.


Adabiyotlar ro'yxati

1.

Androulakis, E. (2016) The impact of antiplatelet treatment on endothelial function / E.
Androulakis, K Norrington, C Bakogiannis // Curr Pharm Des– 22(29) – Р. 4512-18.

2.

Antithrombotic therapy in the elderly: expert position paper of the European Society of
Cardiology Working Group on Thrombosis (2015) ESC Thrombosis Working Group. // Eur
Heart J. – 7;36 (46). – Р. 3238-49.

3.

Aspirin use in patients with atherosclerotic cardiovascular disease: the 2016 Chinese expert
consensus statement (2017)// Chinese Journal of Internal Medicine. –1;56(1). – Р. 68-80.

4.

Azmin, S. (2013) Biochemical aspirin resistance in stroke patients - a cross-sectional single
centre study / S. Azmin, R. Sahathevan, R. Rabani et. al. // EXCLI J. –– 12. – Р. 907-915.

5.

Breet N.J., van Werkum J.W., Bouman II.J. et al. (2010) Comparison of platelet function tests
in predicting clinical outcome in patients undergoing coronary stent implantation. J Am Med
Assoc; 303: 754–62.

6.

Brown G.T., McIntyre T.M. (2011) Lipopolysaccharide signaling without a nucleus: kinase
cascades stimulate platelet shedding of proinflammatory IL-1β-rich microparticles. J.
Immunol., Vol. 186, pp. 5489-5496.


background image

БИОМЕДИЦИНА ВА АМАЛИЁТ ЖУРНАЛИ

|

ЖУРНАЛ БИОМЕДИЦИНЫ И ПРАКТИКИ

|

JOURNAL OF BIOMEDICINE AND PRACTICE

№1 | 2021

173

7.

ESC Guidelines for the diagnosis and treatment of acute and chronic heart failure, (2016) //
http://www.escardio.org/guidelines.

8.

Geisler T., Zurn Ch., Simonenko R. et al. (2010) Early but not late stent thrombosis is influensed
by residual platelet aggregation in patients undergoing coronary interventions. Eur Heart J; 31:
59–66.

9.

Grove, E.L. (2017) Proton Pump Inhibitors in Cardiovascular Disease: Drug Interactions with
Antiplatelet Drugs / E.L. Grove, M. Würtz //Adv Exp Med Biol.. – 906. – Р. 325-50.

10.

Gurney, D. (2016) Platelet function testing: from routine to specialist testing / D. Gurney // Br
J Biomed Sci.– 73(1). – Р. 10-20.

11.

Hechler B., Gachet C. (2015) Purinergic receptors in thrombosis and inflammation. arterioscler.
Thromb. Vasc. Biol., Vol. 35, no. 11, pp. 2307-2315.

12.

Kaplon-Cieslicka, A. (2014) Younger age, higher div mass index and lower adiponectin
concentration predict higher serum thromboxane B2 level in aspirin-treated patients with type
2 diabetes: an observational study / A. Kaplon-Cieslicka, M. Postula, M. Rosiak // Cardiovasc
Diabetol.. – 13. – Р. 112.

13.

Lam F.W., Vijayan K.V., Rumbaut R.E. (2015) Platelets and their interactions with other
immune cells. Compr. Physiol., Vol. 15, no. 3, pp. 1265-1280.

14.

Larsen, S.B. (2015) Determinants of reduced antiplatelet effect of aspirin in patients with stable
coronary artery disease / S.B. Larsen, E.L. Grove, S.D. Kristensen et al. // PLoS One.– Vol. 10,
№ 5. – e0126767

15.

Oh, M.S. (2016) Aspirin resistance is associated with increased stroke severity and infarct
volume / M.S. Oh, K.H. Yu, J.H. Lee et. al. // Neurology.. – 86 (19). – Р. 1808-17.

16.

Panoulas V.F., Stavropoulos-Kalinoglou A., Metsios G.S. et al. (2009) Association of
interleukin-6 (IL-6)-174G/C gene polymorphism with cardiovascular disease in patients with
rheumatoid arthritis: the role of obesity and smoking. Atherosclerosis; 204(1):178–83.

17.

Sibbing D., Morath T., Braun S. et al. (2010) Clopidogrel response status assessed with
Multiplate point-of care analysis and the incidence and timing of stent thrombosis over six
months following coronary stenting. Thromb Haemost; 103: 151–59.

18.

Tsau, S. (2015) Aspirin and multiple sclerosis / S. Tsau, M.R. Emerson, S.G. Lynch et al. //
BMC Med.– 13. – Р. 153.

19.

Yildiz B.S. (2016) Does high serum uric acid level cause aspirin resistance? / B.S. Yildiz, E
Ozkan, F. Esin // Blood Coagul Fibrinolysis.– 27(4). – Р. 412-18.

20.

Borovkov N.N. (2014) Atsetilsalitsilovaya kislota ostayetsya «zolotym standartom
antiagregantnoy terapii stabil'noy stenokardii / Borovkov N.N., BorovkovaN.YU. //
Spravochnik poliklinicheskogo vracha. -№ 2. -S. 26-28.

21.

Vorob'yova N.M. (2014) Nekotoriye aspekti primeneniya atsetilsalitsilovoy kisloty i
klopidogrela u kardiologicheskix bol'nix / Vorob'yova N.M. //Lechashiy vrach. - № 7.- S. 20.

22.

Dobrovol'skiy, A. B. (2015) Laboratornaya diagnostika narusheniy sistemi gemostaza -
skriningoviye testi / A. B. Dobrovol'skiy // Rossiyskiy kardiologicheskiy jurnal.– № 3 (119). –
S. 52-57.

23.

Domashenko M.A. (2014) Algoritm antitromboticheskoy terapii u patsiyentov s ishemicheskim
insul'tom posle sistemnogo trombolizisa / Domashenko M.A., Maksimova M.YU., Tanashyan
M.M. // Meditsinskiy sovet. № 7. S. 39-42.

24.

Komarov, A.L. (2015) Testirovaniye funktsii trombotsitov dlya otsenki riska trombozov i
krovotecheniy u bol'nix IBS, poluchayushix antiagreganti / A.L. Komarov, Ye.P. Panchenko //
Rossiyskiy kardiologicheskiy zhurnal.– 3 (119). – S. 25-34.

25.

Laguta P.S. (2014) Primeneniye atsetilsalitsilovoy kisloty u kardiologicheskix bol'nix:
sushestvuyushiye problemi i noviye pokazaniya / P.S. Laguta// Aterotromboz. № 1. S. 5-21.

26.

Mazur, N.A. (2016) Dezagregantnaya terapiya u bol'nix ishemicheskoy bolezn'yu serdtsa:
nereshenniye problemi / N.A. Mazur // Kardiologiya. – T. 56, № 1. – S. 66-70.


background image

БИОМЕДИЦИНА ВА АМАЛИЁТ ЖУРНАЛИ

|

ЖУРНАЛ БИОМЕДИЦИНЫ И ПРАКТИКИ

|

JOURNAL OF BIOMEDICINE AND PRACTICE

№1 | 2021

174

27.

Minushkina L.O. (2014) Problemy bezopasnosti pri ispol'zovanii preparatov atsetilsalitsilovoy
kisloty dlya profilaktiki serdechno-sosudistix oslojneniy / Minushkina L.O. // Lechashiy vrach.
№ 4. S. 80.

28.

Nikolenko, L.A. (2015) Agregatsionnaya aktivnost' trombotsitov i effektivnost'
antitromboticheskoy terapii u lits s IBS i SD tipa 2 v zavisimosti ot pola / L.A. Nikolenko //
Vrach.–12. – S. 54-56.

29.

Rekomendatsii po lecheniyu stabil'noy ishemicheskoy bolezni serdtsa. ESC 2013. (2014) //
Rossiyskiy kardiologicheskiy jurnal.– 7 (111). – S. 7-79.

30.

Ryazantseva Ye.Ye. (2014) Yest' li mesto atsetilsalitsilovoy kislote v pervichnoy profilaktike
serdechno-sosudistix zabolevaniy: mneniya razdelilis' / Ryazantseva Ye.Ye., Gendlin G.Ye.,
Melekhov A.V. // Serdtse: jurnal dlya praktikuyushix vrachey. T. 13. № 4 (78). S. 246-255.

31.

Tarasov, A. A. (2010) Medikamentoznaya profilaktika ishemicheskoy bolezni serdtsa [Tekst] :
fokus na vospaleniye i endotelial'nuyu disfunktsiyu / A. A. Tarasov, A. R. Babayeva //
Lekarstvenniy vestnik.— T. 5, № 7(39). - S. 18-24.-ISSN 2070-1586.

32.

Tanashyan, M.M. (2016) Aspirinorezistentnost': klinicheskiye i molekulyarno-geneticheskiye
metodiki otsenki. / M.M. Tanashyan, M.A. Domashenko, A.A. Raskurazhev // Annaly
klinicheskoy i eksperimental'noy nevrologii.– Tom 10, № 1. – S. 41-46.

33.

Chubirko, I.Ye. Rezistentnost' trombotsitov k antiagregantam pri lechenii fibrillyatsii
predserdiy u bol'nykh ishemicheskoy bolezn'yu serdtsa i khronicheskoy obstruktivnoy
bolezn'yu legkix : avtoref. dis. ... kand. med. nauk / I.Ye Chubirko.- 2015– Voronezh, – 23 s.

34.

Shipanova, Ye.V. Agregatsiya trombotsitov i antiagregantniy effekt atsetilsalitsilovoy kisloti u
patsiyentov s metabolicheskim sindromom : avtoref. dis. ... kand. med. nauk / Ye.V.
Shchipanova.-2015 – Ul'yanovsk, – 24 s.




Библиографические ссылки

Androulakis, E. (2016) The impact of antiplatelet treatment on endothelial function / E. Androulakis, K Norrington, C Bakogiannis // Curr Pharm Des– 22(29) – Р. 4512-18.

Antithrombotic therapy in the elderly: expert position paper of the European Society of Cardiology Working Group on Thrombosis (2015) ESC Thrombosis Working Group. // Eur Heart J. – 7;36 (46). – Р. 3238-49.

Aspirin use in patients with atherosclerotic cardiovascular disease: the 2016 Chinese expert consensus statement (2017)// Chinese Journal of Internal Medicine. –1;56(1). – Р. 68-80.

Azmin, S. (2013) Biochemical aspirin resistance in stroke patients - a cross-sectional single centre study / S. Azmin, R. Sahathevan, R. Rabani et. al. // EXCLI J. –– 12. – Р. 907-915.

Breet N.J., van Werkum J.W., Bouman II.J. et al. (2010) Comparison of platelet function tests in predicting clinical outcome in patients undergoing coronary stent implantation. J Am Med Assoc; 303: 754–62.

Brown G.T., McIntyre T.M. (2011) Lipopolysaccharide signaling without a nucleus: kinase cascades stimulate platelet shedding of proinflammatory IL-1β-rich microparticles. J. Immunol., Vol. 186, pp. 5489-5496.

ESC Guidelines for the diagnosis and treatment of acute and chronic heart failure, (2016) // http://www.escardio.org/guidelines.

Geisler T., Zurn Ch., Simonenko R. et al. (2010) Early but not late stent thrombosis is influensed by residual platelet aggregation in patients undergoing coronary interventions. Eur Heart J; 31: 59–66.

Grove, E.L. (2017) Proton Pump Inhibitors in Cardiovascular Disease: Drug Interactions with Antiplatelet Drugs / E.L. Grove, M. Würtz //Adv Exp Med Biol.. – 906. – Р. 325-50.

Gurney, D. (2016) Platelet function testing: from routine to specialist testing / D. Gurney // Br J Biomed Sci.– 73(1). – Р. 10-20.

Hechler B., Gachet C. (2015) Purinergic receptors in thrombosis and inflammation. arterioscler. Thromb. Vasc. Biol., Vol. 35, no. 11, pp. 2307-2315.

Kaplon-Cieslicka, A. (2014) Younger age, higher body mass index and lower adiponectin concentration predict higher serum thromboxane B2 level in aspirin-treated patients with type 2 diabetes: an observational study / A. Kaplon-Cieslicka, M. Postula, M. Rosiak // Cardiovasc Diabetol.. – 13. – Р. 112.

Lam F.W., Vijayan K.V., Rumbaut R.E. (2015) Platelets and their interactions with other immune cells. Compr. Physiol., Vol. 15, no. 3, pp. 1265-1280.

Larsen, S.B. (2015) Determinants of reduced antiplatelet effect of aspirin in patients with stable coronary artery disease / S.B. Larsen, E.L. Grove, S.D. Kristensen et al. // PLoS One.– Vol. 10, № 5. – e0126767

Oh, M.S. (2016) Aspirin resistance is associated with increased stroke severity and infarct volume / M.S. Oh, K.H. Yu, J.H. Lee et. al. // Neurology.. – 86 (19). – Р. 1808-17.

Panoulas V.F., Stavropoulos-Kalinoglou A., Metsios G.S. et al. (2009) Association of interleukin-6 (IL-6)-174G/C gene polymorphism with cardiovascular disease in patients with rheumatoid arthritis: the role of obesity and smoking. Atherosclerosis; 204(1):178–83.

Sibbing D., Morath T., Braun S. et al. (2010) Clopidogrel response status assessed with Multiplate point-of care analysis and the incidence and timing of stent thrombosis over six months following coronary stenting. Thromb Haemost; 103: 151–59.

Tsau, S. (2015) Aspirin and multiple sclerosis / S. Tsau, M.R. Emerson, S.G. Lynch et al. // BMC Med.– 13. – Р. 153.

Yildiz B.S. (2016) Does high serum uric acid level cause aspirin resistance? / B.S. Yildiz, E Ozkan, F. Esin // Blood Coagul Fibrinolysis.– 27(4). – Р. 412-18.

Borovkov N.N. (2014) Atsetilsalitsilovaya kislota ostayetsya «zolotym standartom antiagregantnoy terapii stabil'noy stenokardii / Borovkov N.N., BorovkovaN.YU. // Spravochnik poliklinicheskogo vracha. -№ 2. -S. 26-28.

Vorob'yova N.M. (2014) Nekotoriye aspekti primeneniya atsetilsalitsilovoy kisloty i klopidogrela u kardiologicheskix bol'nix / Vorob'yova N.M. //Lechashiy vrach. - № 7.- S. 20.

Dobrovol'skiy, A. B. (2015) Laboratornaya diagnostika narusheniy sistemi gemostaza - skriningoviye testi / A. B. Dobrovol'skiy // Rossiyskiy kardiologicheskiy jurnal.– № 3 (119). – S. 52-57.

Domashenko M.A. (2014) Algoritm antitromboticheskoy terapii u patsiyentov s ishemicheskim insul'tom posle sistemnogo trombolizisa / Domashenko M.A., Maksimova M.YU., Tanashyan M.M. // Meditsinskiy sovet. № 7. S. 39-42.

Komarov, A.L. (2015) Testirovaniye funktsii trombotsitov dlya otsenki riska trombozov i krovotecheniy u bol'nix IBS, poluchayushix antiagreganti / A.L. Komarov, Ye.P. Panchenko // Rossiyskiy kardiologicheskiy zhurnal.– 3 (119). – S. 25-34.

Laguta P.S. (2014) Primeneniye atsetilsalitsilovoy kisloty u kardiologicheskix bol'nix: sushestvuyushiye problemi i noviye pokazaniya / P.S. Laguta// Aterotromboz. № 1. S. 5-21.

Mazur, N.A. (2016) Dezagregantnaya terapiya u bol'nix ishemicheskoy bolezn'yu serdtsa: nereshenniye problemi / N.A. Mazur // Kardiologiya. – T. 56, № 1. – S. 66-70.

Minushkina L.O. (2014) Problemy bezopasnosti pri ispol'zovanii preparatov atsetilsalitsilovoy kisloty dlya profilaktiki serdechno sosudistix oslojneniy / Minushkina L.O. // Lechashiy vrach. № 4. S. 80.

Nikolenko, L.A. (2015) Agregatsionnaya aktivnost' trombotsitov i effektivnost' antitromboticheskoy terapii u lits s IBS i SD tipa 2 v zavisimosti ot pola / L.A. Nikolenko //Vrach.–12. – S. 54-56.

Rekomendatsii po lecheniyu stabil'noy ishemicheskoy bolezni serdtsa. ESC 2013. (2014) // Rossiyskiy kardiologicheskiy jurnal.– 7 (111). – S. 7-79.

Ryazantseva Ye.Ye. (2014) Yest' li mesto atsetilsalitsilovoy kislote v pervichnoy profilaktike serdechno-sosudistix zabolevaniy: mneniya razdelilis' / Ryazantseva Ye.Ye., Gendlin G.Ye., Melekhov A.V. // Serdtse: jurnal dlya praktikuyushix vrachey. T. 13. № 4 (78). S. 246-255.

Tarasov, A. A. (2010) Medikamentoznaya profilaktika ishemicheskoy bolezni serdtsa [Tekst] : fokus na vospaleniye i endotelial'nuyu disfunktsiyu / A. A. Tarasov, A. R. Babayeva // Lekarstvenniy vestnik.— T. 5, № 7(39). - S. 18-24.-ISSN 2070-1586.

Tanashyan, M.M. (2016) Aspirinorezistentnost': klinicheskiye i molekulyarno-geneticheskiye metodiki otsenki. / M.M. Tanashyan, M.A. Domashenko, A.A. Raskurazhev // Annaly klinicheskoy i eksperimental'noy nevrologii.– Tom 10, № 1. – S. 41-46.

Chubirko, I.Ye. Rezistentnost' trombotsitov k antiagregantam pri lechenii fibrillyatsii predserdiy u bol'nykh ishemicheskoy bolezn'yu serdtsa i khronicheskoy obstruktivnoy bolezn'yu legkix : avtoref. dis. ... kand. med. nauk / I.Ye Chubirko.- 2015– Voronezh, – 23 s.

Shipanova, Ye.V. Agregatsiya trombotsitov i antiagregantniy effekt atsetilsalitsilovoy kisloti u patsiyentov s metabolicheskim sindromom : avtoref. dis. ... kand. med. nauk / Ye.V. Shchipanova.-2015 – Ul'yanovsk, – 24 s.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов