Mobil oʻqitish texnologiyalari yordamida soʻrovlar tizimini va test sinovlarini tashkil etish

CC BY f
333-335
0
1
Поделиться
Саттаров, А. (2023). Mobil oʻqitish texnologiyalari yordamida soʻrovlar tizimini va test sinovlarini tashkil etish . Информатика и инженерные технологии, 1(2), 333–335. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25293
Азамат Саттаров, Джизакский филиал Национального университета Узбекистана имени Мирзо Улугбека

к.т.н., доц. и т. д.

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu ishda oliy ta'lim muassasalarida mobil o'qitish texnologiyalari yordamida so’rovlar tizimi va test sinovlarini tashkil etish imkoniyatlari, afzalliklari va qulayliklari haqida fikr yuritilgan.

Похожие статьи


background image

333

Таким образом, разработанные методы преобразования ТФ для управления

СС, позволяют анализировать и описать процессов решения задач при
построении алгоритма управления сложных систем.

Литературы:

1.

Kabulov A V, Normatov I H and Karimov A Algorithmization control of

complex systems based on functioning tables// – Journal of Physics Conference Series
1441:012141·January 2020 DOI: 10.1088/1742–6596/1441/1/012141 (Scopus, IF =
0.7), pp. 1–9.

2.

Kabulov A.V., Normatov I.H. and Ashurov A.O. Computational methods of

minimization of multiple functions// – Journal of Physics Conference Series
1260(10):102007 August 2019 DOI: 10.1088/1742–6596/1260/10/102007 (Scopus, IF
= 0.7), pp. – 1–10.

3.

Питерсон Дж. Теория сетей Петри и моделирование систем// – М.: Мир,

1984. – 264 с.

MOBIL OʻQITISH TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA SOʻROVLAR

TIZIMINI VA TEST SINOVLARINI TASHKIL ETISH

PhD, dots. v.b. Sattarov Azamat Rayelovich

Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali, O‘zbekiston

sattarov79@gmail.com

Annotatsiya:

ushbu ishda oliy ta'lim muassasalarida mobil o'qitish

texnologiyalari yordamida so’rovlar tizimi va test sinovlarini tashkil etish
imkoniyatlari, afzalliklari va qulayliklari haqida fikr yuritilgan.

Kalit soʻzlar:

mobil o'qitish texnologiyasi, so’rovlar tizimi, o'quv jarayoni,

mobil qurilmalar, ta'lim texnologiyalari.


Dinamik rivojlanayotgan bugungi kundagi axborot maydonida faoliyat

yuritadigan zamonaviy mutaxassis kommunikasiya va kompyuter texnologiyalari
yordamida axborotni to'plash, saqlash, qayta ishlash, tahlil qilish va undan foydalanish
bilan bog'liq ko'nikmalarga ega bo'lishi kerak.

Bir tomondan, katta miqdordagi axborotlarga tezkor kirish imkonini beruvchi

global tarmoqning doimiy rivojlanishi atrof olam haqida kerakli ma'lumotlar olishni
osonlashtiradi. Ammo, boshqa tomondan, axborotni ya'ni, muhim, ishonchli, dolzarb
va zaruriy ma'lumotlarni topish yanada murakkablashib borayotganligini ham e'tiborga
olish zarur [1]. Axborot oqimida erkin harakatlana olish uchun inson yoshlik davridan
boshlab shakllanish lozim bo'lgan axborot madaniyatiga ega bo'lishi kerak.

O'qitishda mobil ta'lim texnologiyalardan foydalanishning yana bir usuli – bu

ulardan ta'lim oluvchilar bilan o'tkaziladigan so'rovlarni tashkil etish vositasi sifatida
foydalanishdir. Ta'lim oluvchilar o'rtasida o'quv jarayoni sifatini yaxshilash maqsadida
tashkil etilgan so'rovnomaga bunday yondashuv ta'lim oluvchilardan ulardagi


background image

334

savollarga javob berishi uchun alohida pultlardan foydalanishni hohlamaydiganlarga
tashkiliy nuqtai nazardan qulayroq va samaraliroq bo'lib hisoblanadi. Bunday
yondoshuvda ta'lim oluvchilar mobil qurilmalar orqali savollarni masofadan turib
oladi, ularga o'z javoblarini esa yozma xabar ko'rinishda yoki ovoz berish orqali
ta'minlaydi. S.V.Titova va T.Talmo mobil qurilmalar orqali tashkil etiladigan so'rov
tizimlarining texnik xususiyatlariga asoslangan quyidagi didaktik funktsiyalarini
ajratib ko'rsatadilar [2]: o'quv jarayonini tashkil etish va o'tkazish jarayonida
muammolar yuzaga kelganda tezkor lahzali qaytar aloqani ta'minlash; ta'lim
oluvchilarning bilimlarni o'zlashtirish dinamikasini kuzatish va baholash; talabaning
mashg'ulot jarayonidagi faoliyatini kuzatib borish; talabalarning o'quv jarayonidagi
ishtiroki, qamrov darajasi va o'rganilayotgan fanga nisbatan ta'xlim oluvchilarda
motivasiyasini oshirish; guruhli bahslarni tashkil etish; tortinchoq va o'z fikrini oshkor
bayon etishdan qo'rqadigan talabalar uchun qulay psixologik muhit yaratish; berilgan
topshiriqni bajarish natijasi bo'lgan javoblarni talabalarning bir biridan ko'chirish
xavfini kamaytirish (taymerni qo'llash natijasida); ta'limda axborot-kommunikasiya
texnologiyalari vositalarining texnik nuqtai nazardan imkoniyatlari cheklangan holatda
qo'llanilishi; behuda hatti-harakatlarsiz talabalarni dars jarayonida tezkor holda
faollashtirish mumkinligi.

Oliy ta'lim muassasasi auditoriyasi, shuningdek maktab sinf xonalarida ta'lim

oluvchilar bilan o'quv jarayoni sifatini yaxshilash maqsadida o'tkazilgan so'rovlarda
mobil so'rov tizimlaridan foydalanish tajribasini o'rgangan bir qator xorijiy
tadqiqotlarda esa mobil qurilmalarni cheklash qo'llash o'rniga talabalar va
o'quvchilarning smartfonlari imkoniyatlaridan foydalanishlari foydaliroq ekanligiga
e'tibor qaratilgan.

Mobil so'rov tizimlaridan mashg'ulot jarayonida foydalanishdagi quyidagi

afzalliklarini sanab o’tish mumkin:

• auditoriyada Interaktivlikning ortadi, bunda talabalarning o'quv jarayoniga

e'tiborlari hamda ishtiroklari ortadi, o'zaro hamkorlik qilinadi va fikr-mulohazalar
almashiladi;

• tizimdan auditoriyada foydalanish jarayonida talabalar uchun kreativ qiziqarli

muhit yaratiladi;

• ishtirokchilarga anonim ovoz berish imkoniyati paydo bo'ladi;
• mobil so'rov tizimidan foydalanish o'quv jarayoniga zamonaviy texnik

komponentni joriy etadi;

• o'qituvchi talabalarning o'quv materialini qanchalik tushunganligini tezkor

bilib olish imkoniyatini qo'lga kiritadi, natijada darsning borishini to'liq nazoratda
bo'ladi.

Auditoriya yoki sinfdagi dars jarayonida mobil so'rovnoma tashkil qilishning

yana bir usuli sifatida o'qituvchi smartfonidan talabalar shaxsiy kodlarini o'qish
imkoniyatidan foydalanishni ko'rsatish mumkin. Plickers resursi ushbu tizimlarnng bir
ko'rinishi bo'lib hisoblanadi [3]. Plickers dan foydalanish uchun esa talabalardan mobil
qurilmalar va Internetga ulanish talab etilmaydi. O'qituvchi tomonidan kartochkalarni
yaratiladi va ularni auditoriyadagi talabalarga tarqatiladi. Bunday so'rov tizimidan
amaliy foydalanish tajribasidan shuni xulosa qilish mumkinki, bu usul auditoriyaning


background image

335

texnik jihatdan jihozlanishi etarli bo'lmagan sharoitda ham muvafaqqiyatli qo'llanilishi
mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Sattarov A.R. Mobil texnologiyalarni oliy ta'lim muassasalari o'quv

jarayonida qo'llash. // O'zMU xabarlari ilmiy jurnali, Toshkent 2019, ½. 143-148
betlar.

2. Titova S. V., Talmo T. Model interaktivnoy lektsii na baze mobilnix

texnologiy // Visshee obrazovanie v Rossii. – 2015. – №2. – S.126-135.

3. Plickers URL: https://www.plickers.com.


TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISHDAGI

ZAMONAVIY YONDOSHUVLAR

Toshpoʻlatov Hamdam Bekmuhammadovich

Jizzax Davlat pedagogika universiteti

hamdamtb@gmail.com


Annotatsiya:

Bu ilmiy nashrda talabalarning mustaqil ta’lim soatlarini

zamonaviy yondoshuvlar asosida, xususan elektron axborot ta’lim muhitida tashkil
etishning metodlari ustida fikr yuritiladi.

Kalit soʻzlar:

Mustaqil ta’lim, elektron axborot-ta’lim muhiti, axborot-

kommunikatsiya texnologiyalari.


Respublikamiz Oliy ta'lim tizimida modul-kredit tizimining tadbiq qilinishi

o'quv jarayonini tashkil etishda bir qator o'zgarishlarni talab qiladi. Bulardan biri ta'lim
jarayonida auditoriya soatlarining qisqarishi va mustaqil ta'lim soatlarining oshib
borishidir. Mustaqil ta'lim soatlarining oshirib borilishi talabalarning nafaqat iodiy
fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun, balki ularning o'z-o'zini o'qish-o'rganishga
va kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga ragbatlantirish kompetensiyasini
rivojlantirishni ham nazarda tutadi. O'qituvchining vazifasi axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining (AKT) global tarqalishi sharoitida talabalarni kasbiy faoliyatga
tayyorlashdir. Ta'lim muassasalarida AKT resurslari bilan o'zaro munosabatlar
ko'nikmalari va kompetentsiyaga asoslangan yondashuv doirasida shakllantiriladi, bu
bitiruvchining shaxs va professional sifatida o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishga hissa
qo'shadigan ma'lum bir kasbiy, ijtimoiy, shaxsiy kompetentsiyalarga ega bo'lishini
nazarda tutadi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun o'qituvchilar o'qitishning turli
shakllari va usullarini joriy etadilar va talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishning
yangi va samarali shakllarini izlaydilar.

Psixologik va pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish "mustaqil ish" tushunchasini

aniqlashtirishga imkon beradi, biz uni o'qituvchi tomonidan tashkil etilgan o'quv va
ijodiy faoliyat deb bilamiz, uning davomida talabalar o'z-o'zini shakllantirish, o'z-o'zini
tarbiyalash va o'zini o'zi boshqarish ko'nikmalarini shakllantiradilar. Mustaqil ish

Библиографические ссылки

Sattarov A.R. Mobil texnologiyalarni oliy ta'lim muassasalari o'quv jarayonida qo'llash. // O'zMU xabarlari ilmiy jurnali, Toshkent 2019, ½. 143-148 betlar.

Titova S. V., Talmo T. Model interaktivnoy lektsii na baze mobilnix texnologiy // Visshee obrazovanie v Rossii. – 2015. – №2. – S.126 135.

Plickers URL: https://www.plickers.com.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов