Videokuzatuv vositalari axborotlariga raqamli ishlov berish dasturiy vositalarining yaratilish bosqichlari

inLibrary
Google Scholar
doi
 
Выпуск:
CC BY f
143-147
16
0
Поделиться
Умаров, Х., & Рахимов, Н. (2023). Videokuzatuv vositalari axborotlariga raqamli ishlov berish dasturiy vositalarining yaratilish bosqichlari. Информатика и инженерные технологии, 1(2), 143–147. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25013
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Annotatsiya: Xavfsizlikni ta’minlash bugungi Running eng dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Shuning uchun vidcokuzatuv vositalari orqali olingan tasvirlarga raqamli ishlov beruvchi dasturiy vositalaming o‘mi beqiyosdir. Jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida videokuzatuv vositalari axborotlariga raqamli ishlov berish dasturiy vositalarining yaratish jarayoni bosqichlari va dasturiy vosita intcrfcysining umumiy tuzilishi hamda vidcokuzatuv vositalari axborotlariga raqamli ishlov berishning algoritmlarini yaratish bosqichlarini yangicha usullarda tadbiq etishni taqozo etmoqda.

Похожие статьи


background image

143

Looking at the evolution of technology, moving from paper to electronics and

online medical databases to the banking and financial industry as well as social media.
Big and personal data must be adequately protected against hacking. However, a voice-
based recognition system is considered the perfect biometric for this task, given its
speed, efficiency and customer relations.

References:

1.

P. Korshunov and S. Marcel, “Joint operation of voice biometrics and

presentation attack detection,” 8th Int. Conf. Biometrics Theory, Appl. Syst. (BTAS),
ieeexplore.ieee.org, 2016.

2.

Raximov, N., Quvondikov, J., Dusanov, X., Daminova, B. As a mechanism

that achieves the goal of decision management. International Conference on
Information Science and Communications Technologies: Applications, Trends and
Opportunities, ICISCT 2021, 2021.

3.

N. Mamatov, X. Dusanov, G’. Pulatov Shaxsni ovozi asosida tanib olish

usullari. Raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt ilmiy jurnali 2023/2. 90-95.

4.

R. B. Jadhao and A. Bakshi, “An Overview of Biometric System,” Int. J. Sci.

Res. Educ., vol. 3, no. 7, 2015.

5.

B. P. Salil and W. L. Damon, “Biometric authentication and identification

using keystroke dynamics: A survey,” J. Pattern Recognit. Res., vol. 7, no. 1, pp. 116–
139, 2012.

6.

J. Kaur and S. Kaur, “A Brief Review: Voice Biometric For Speaker

Verification in Attendance Systems,” Imp. J. Interdiscip. Res., vol. 2, no. 10, 2016.

7.

Maxamadaliyevich S. B. YER TUZISH LOYIHALARIDA GEOAXBOROT

TEXNOLOGIYALARINING AGROLANDSHAFT ASOSLARI //International
Journal of Contemporary Scientific and Technical Research. – 2022. – С. 197-200.

8.

Akhatov A., Saidaliyev B., Quvondikov J. Simulation modeling for

optimizing the crops structure in the conditions of the Jizzakh region //2021
International Conference on Information Science and Communications Technologies
(ICISCT). – IEEE, 2021. – С. 1-4.

9.

Ахатов А., Сайдалиев Б. Qishloq xoʻjalik ekinlarining avtomatlashgan

tasnifini yaratishda yuqori aniqlikdagi kosmik tasvir materiallarini qo'llanish tajribasi
//Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие
тенденции: решения и перспективы. – 2022. – Т. 1. – №. 1. – С. 144-146.

VIDEOKUZATUV VOSITALARI AXBOROTLARIGA RAQAMLI ISHLOV

BERISH DASTURIY VOSITALARINING YARATILISH BOSQICHLARI

(PhD), Umarov Xasan Abdullayevich

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

Rahimov Nodirbek Orziqul o‘g‘li

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali magistranti

Annotatsiya

: Xavfsizlikni ta’minlash bugungi kunning eng dolzarb

masalalaridan hisoblanadi. Shuning uchun videokuzatuv vositalari orqali olingan


background image

144

tasvirlarga raqamli ishlov beruvchi dasturiy vositalarning o‘rni beqiyosdir. Jamoat
xavfsizligini ta’minlash maqsadida videokuzatuv vositalari axborotlariga raqamli
ishlov berish dasturiy vositalarining yaratish jarayoni bosqichlari va dasturiy vosita
interfeysining umumiy tuzilishi hamda videokuzatuv vositalari axborotlariga raqamli
ishlov berishning algoritmlarini yaratish bosqichlarini yangicha usullarda tadbiq
etishni taqozo etmoqda.

Kalit so‘zlar

: Videokuzatuv vositalari, interfeys, algoritm, test qilish, shifrlash,

xavfsizlikni ta’minlash, resruslar, video ma’lumotlar, raqamli ishlov berish.

Videokuzatuv vositalari axborotlariga raqamli ishlov berish dasturiy

vositalarining yaratilish bosqichlari quyidagilardan iborat bo‘lib, ushbu dasturlarni
tuzish uchun quyidagi bir qancha asosiy bosqichlar talab etiladi. Muhim funksiyalarni
aniqlash: videokuzatuv vositalari axborotlariga raqamli ishlov berish dasturining
muhim funksiyalari aniqlanishi kerak. Bu funksiyalar o‘z ichiga tizimni ishlatish,
ko‘rish va kuzatish, ma’lumotlarni saqlash, ma’lumotlar bazasini yaratish va muhim
tahlil jarayonlarini o‘tkazish kabi vazifalarni o‘z ichiga oladi; Interfeysni tuzish:
videokuzatuv vositalari axborotlariga raqamli ishlov berish dasturi interfeysini tuzish.
Interfeys, tizimni foydalanuvchilar uchun mukammal ko‘rinishda ko‘rsatadi va tizimni
boshqarish uchun qulay imkoniyatlar yaratadi; Algoritmlarni yaratish: videokuzatuv
vositalari axborotlariga raqamli ishlov berish dasturiy vositasida qo‘llaniladigan
algoritmlar yaratilishi. Algoritmlar, tizimning ishlashida muhim ahamiyatga ega
bo‘lgan barcha amallarni bajarish uchun ishlatiladi; Tizimning ishga tushirilishi:
tizimni ishga tushirish bosqichida, tizimni muvaffaqiyatli ishlatish uchun kerakli
barcha vositalar o‘rnatiladi va tizimning to‘g‘ri ishlashini ta’minlaydi; Monitoring va
takomillashtirish tizimlari: videokuzatuv vositalari axborotlariga raqamli ishlov berish
dasturiy vositasining ishlashida yuzaga keladigan xatoliklarni aniqlash, yechim topish
va tizimni takomillashtirish uchun monitoring va takomillashtirish tizimlarini yaratish;
Xavfsizlikni ta’minlash: videokuzatuv vositalari axborotlariga raqamli ishlov berish
dasturiy vositasi orqali xavfsizligini ta’minlash bosqichi juda muhim hisoblanib,
tizimning to‘g‘ri ishlashi va ma’lumotlarni himoyalash uchun qulay xavfsizlik
vositalari va protokollarini qo‘llanilash; Test qilish va yaxshilash: videokuzatuv
vositalari axborotlariga raqamli ishlov berish dasturiy vositasini yaratishda test
jarayonlarini talab qiladi. Test natijalari esa tizimning yaxshilanish jarayoni amalga
oshiriladi; Kuzatuv vositalari axborotlariga raqamli ishlov berish dasturiy vositasining
to‘g‘ri ishlashi uchun to‘g‘ri va sifatli saqlashni ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lishi
kerak; Tizimni taqdim etish: videokuzatuv vositalari axborotlariga raqamli ishlov
berish dasturiy vositasining ishga tushirilishidan keyin, tizimni foydalanuvchilarga
taqdim etish kerak. Bu taqdimot, tizimni ishlatishga qanday qulayliklar yaratishi,
foydalanuvchilarning savollariga javob berishi va tizimni yaxshi ishlashini ta’minlash
uchun xavfsizlik sohalari, tizimning ishlash prinsiplari va boshqa muhim ma’lumotlar
haqida to‘g‘ri ta’limotlarni o‘tkazishni o‘z ichiga oladi.

Videokuzatuv vositalari axborotlariga raqamli ishlov berish dasturiy vositalari

yaratish jarayonida yuqorida keltirilgan bosqichlarni amalga oshirish tizimning
muvaffaqiyatli ishlashi va foydalanuvchilar tomonidan qulaylik bilan ishlatilishi uchun
eng muhimdir. Barcha bu bosqichlar dasturiy vositalarni yaratish jarayonida muhim


background image

145

ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu bosqichlarni muvaffaqiyatli o‘tkazish yordamida
videokuzatuv vositalari axborotlariga raqamli ishlov berish dasturiy vositasini
yaratilishining eng muhim bosqichi hisoblanadi.

Dasturiy vosita interfeysining tuzish:

Videokuzatuv vositalari axborotlariga

raqamli ishlov berish dasturiy vositasini yaratishda interfeysi, foydalanuvchilarga
dasturning qanday ishlashini aniqlash, dasturda qanday amallar bajarishni o‘rganish va
ularga mos keladigan ishlar bajarish uchun kerakli moslashtirishlar va imkoniyatlar
beradi. Interfeysni tuzish jaraqyonida quyidagilar bajarilishini talab etadi: Interfeys
prototiplarini yaratish - bu yerda dasturda qanday amallar bajarilishi, interfeysdagi
xususiyatlar va qulayliklar tuziladi; Dizayn yaratish - bu yerda interfeysni tasvirlash,
shu jumladan tizim komponentalarining tuzilishi, ranglari, shakllari va boshqa
xususiyatlari tushuniladi; Interaktiv elementlarni tuzish - bu yerda foydalanuvchilar
uchun mos keladigan tugmalar, menu va boshqa elementlar tuzish; Test qilish - bu
yerda interfeysni foydalanuvchilar bilan test qilish, ularga fikr berish va interfeysni
yaxshilash uchun kerakli o‘zgartirishlarni aniqlashtirish; Aniqlovchi va ishonchli
interfeys tuzish - bu yerda interfeysning foydalanuvchilarga qulay va mos keladigan
shakllarni ko‘rsatish.

Ushbu qadamlar mukammal darsjada bajarilganda dasturiy vosita interfeysi,

foydalanuvchilar uchun qulay va ishonchli bo‘ladi. Shu bilan birgalikda ularga mos
holda xizmat qilish uchun tayyor bo‘ladi.

Videokuzatuv vositalari axborotlariga raqamli ishlov berish dasturiy

vositalarining algoritmlarini yaratish bosqichlari:

Videokuzatuv vositalari

axborotlariga raqamli ishlov berish dasturiy vositalarining yaratilish jarayonida
quyidagi algoritmlarni yaratish kerak: Videokuzatuvning nima uchun foydalanishi
aniqlanishi: Videokuzatuvning nima uchun foydalanilishi kerakligi, tizimni yaratish
jarayonida birinchi bosqichdir. Bu bosqichda foydalanuvchilarning o‘zining
maqsadlari, operatsion tizim va tizim modullari, tizimning imkoniyatlarini o‘rganish,
va qadamlar to‘plamini belgilash kerak; Axborotlarni qabul qilish va tizimga yuklash:
Tizim foydalanuvchidan axborotlarni qabul qiladi va tizimga yuklaydi. Bu bosqichda
axborotlarni qabul qilish va tizimga yuklash jarayoni algoritmida belgilanadi;
Axborotlarni qayta ishlash: Axborotlarni qabul qilishdan keyin tizim ma’lumotlarni
ishlab chiqarishi kerak. Bu bosqichda ma’lumotlarni ishlab chiqish jarayoni
algoritmida belgilanadi; Ma’lumotlarni o‘zgartirish va tahrirlash: Tizim
ma’lumotlarini o‘zgartirish va tahrirlash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Bu
bosqichda ma’lumotlarni o‘zgartirish va tahrirlash jarayoni algoritmida belgilanadi;
Tizimning natijalari: Tizim natijalari foydalanuvchilarga ko‘rsatilishi kerak. Bu
bosqichda natijalarni ko‘rsatish jarayoni algoritmida belgilanadi.

Algoritmlarni yaratish tizimning ishlayotgan jarayonidagi qadamlar tizimini

aniqlashga yordam beradi va tizimning ishlayotgan barcha bosqichlarini to‘liqroq
tushunishga yordam beradi.

Xavfsizlikni ta’minlash:

Videokuzatuv vositalari axborotlariga raqamli ishlov

berish dasturiy vositasini yaratishda xavfsizlikni ta’minlashning ahamiyati juda
yuqorida. Bunday vositalar shaxsiy ma’lumotlarni, harakatlarini va axborotlarini
saqlashadi, shuning uchun xavfsizlik zaruriyati yuqori darajada bo‘ladi.


background image

146

Xavfsizlikni ta’minlash uchun quyidagi qadamlar bajarilishi kerak: Axborotlarni

shifrlash - bu yerda har bir axborot keng tarqalgan xavfsizlik protokollari yordamida
shifrlanadi; Dastur ichida kirishni cheklash tizimlari yaratish - bu yerda kirish uchun
foydalanuvchini autentifikatsiya qilinishi kerak; Sozlashlarni cheklash - bu yerda
sozlashlarni o‘zgartirish va yozish huquqini yopish va xavfsizlik qoidalarini aniqlash
shart; Xavfsizlikni nazorat qilish - bu yerda dasturni ishga tushirishdan oldin, dastur
kodlarini tekshirish va xavfsizlik muammo va birikmalarini aniqlash shart.

Dasturiy vositani test qilish davomida quyidagi bosqichlarni amalga oshirish

tavsiya etiladi: Dasturning xatolarini aniqlash uchun test - bu dasturning kutilmagan
xatolarini aniqlash uchun keng qamrovli testni o‘z ichiga oladi; Performans testi: dastur
tomonidan ishlatilayotgan resurslarni, optimallashtirish uchun tekshirish. Bu dastur
tomonidan odatda yuklab olinadigan datalar sonini va katta hajmdagi fayllarni sinash
uchun mo‘ljallangan; Qayta ishga tushirish testi: dasturda o‘zgartirishlar kiritilgandan
keyin dasturining barcha qismlarini va funksiyalarini tekshirish; Qo‘shimcha testi:
qo‘shimcha funktsiyalar va qo‘shimcha interfeys elementlarini tekshirish uchun test.

Test qilish jarayonida topilgan xatolarga e’tibor berish va ularni tuzatishga

harakat qilish juda muhimdir. Shu bilan birga, test jarayonida topilgan xatolar
to‘g‘rilanishi va yechilishi kerak.

Xulosa qilib aytganda, videokuzatuv vositalari orqali olingan tasvirlarga raqamli

ishlov beruvchi dasturiy vositalarning o‘rni beqiyosdir. Jamoat xavfsizligini ta’minlash
maqsadida videokuzatuv vositalari axborotlariga raqamli ishlov berish dasturiy
vositalarining yaratish jarayoni bosqichlari va dasturiy vosita interfeysining umumiy
tuzilishi hamda videokuzatuv vositalari axborotlariga raqamli ishlov berishning
algoritmlarini yaratish bosqichlarini yangicha usullarda tadbiq etish orqali jamoat
xavfsizligini ta’minlash bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. Video Surveillance Techniques and Technologies. Olivier R. J. P. Haas, and

David M. Monaghan. – 2013

2.

Umarov X. INTEGRATION OF STUDYING THE DISCIPLINES OF

DISCRETE MATHEMATICS AND COMPUTER SCIENCE IN THE SYSTEM OF
TRAINING IT SPECIALISTS //Журнал иностранных языков и лингвистики. –
2022. – Т. 6. – №. 6. – С. 13-27.

3. Umarov X. PEDAGOGICAL CONDITIONS OF DEVELOPMENT OF

PROGRAMMING COMPETENCE IN FUTURE ENGINEER PROGRAMMERS
//International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research. – 2023. –
№. Special Issue. – С. 155-161.

4. Mixliyevich Y. R., Abdullaevich U. X., Ibroxim o'g'li N. A.

TALABALARDA ALGORITMIK KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHDA
UMUMKASBIY

FANLARNING

IMKONIYATLARIDAN

FOYDALANISH

HAQIDA //International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research.
– 2022. – С. 715-717.

5. Ramazon, Mixliyev, and Babayarov Abdusattor. "MIKROSKOP

YORDAMIDA HUJAYRALARDAGI QON VA OQ QON HUJAYRALARI SONI


background image

147

BOʻYICHA BEMORLARNING SOGʻLIGʻINI ANIQLASH." International Journal
of Contemporary Scientific and Technical Research (2023): 133-137.

6. Javlon, Kholmatov, and Mustafoyev Erali. "STRUCTURE AND PRINCIPLE

OF OPERATION OF FULLY CONNECTED NEURAL NETWORKS." International
Journal of Contemporary Scientific and Technical Research (2023): 136-141.

7. Obid o’g, Assistent Salimov Jamshid, Assistent Abror Mamaraimov

Kamalidin o'g, and Assistent Normatov Nizomiddin Kamoliddin o‘g. "Numpy Library
Capabilities. Vectorized Calculation In Numpy Va Type Of Information." Eurasian
Research Bulletin 15 (2022): 132-137.

8. Ziyoda, Maydonova, and Normatov Nizommiddin. "RAQAMLI

IQTISODIYOTDA SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINI TURLI
SOHALARDA AVTOMATLASHTIRISH VOSITALARI." International Journal of
Contemporary Scientific and Technical Research (2023): 246-250.

9. Nizomiddin, Normatov. "TA’LIMDA DASTURLASH JARAYONINI

BAHOLASHGA ASOSLANGAN AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMNI TADBIQ
ETISH." International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research
(2023): 24-28.

10. Kamoliddin o‘g’li, Normatov Nizomiddin, and Ergashev Sirojiddin Baxtiyor

o‘g‘li. "ERWIN DASTURI YORDAMIDA IDEF0, IDEF3 VA DFD STANDAT
DIAGARAMMALARIDAN FOYDALANIB TIZIM SIFATIDA YARATILGAN
UNIVERSITETNING MONITORING BO ‘LIMI LOYIHASI." Новости
образования: исследование в XXI веке 1.6 (2023): 378-386.

11. Javlon X. et al. Классификатор движения рук с использованием

биомиметического распознавания образов с помощью сверточных нейронных
сетей с методом динамического порога для извлечения движения с
использованием датчиков EF //Journal of new century innovations. – 2022. – Т. 19.
– №. 6. – С. 352-357.

12. Қаршиев А. МАКТАБ ЮҚОРИ СИНФ ЎҚУВЧИСИНИГ АХБОРОТ

КОМПЕТЕНТЛИГИ ТУЗИЛМАСИ //Журнал математики и информатики. –
2020. – Т. 1. – №. 1.

13. Қаршиев АА П. Ш. М. Глобаллашув жараёнида таълим сифатини

таъминлаш ва унинг ўзига хос хусусиятлари //Интернаука»: научный журнал. –
№. 44. – С. 126.

14. Анарова, Шахзода, and Достон Мухторов. "ТИББИЙ ТУЗИЛИШЛИ

МУРАККАБ ОБЪЕКТЛАРНИНГ ФРАКТАЛ ЎЛЧОВЛАРНИ АНИҚЛАШ."
International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research (2023): 196-
200.

GENERAL CONCEPTS OF CRYPTANALYSIS METHODS

Qozoqova Toʻxtajon Qaxramon qizi

Tashkent University of Information Technologies

qozoqovat1516@gmail.com

Abstract.

A thesis about cryptanalysis methods could explore any of these types

of attacks in detail, compare their advantages and disadvantages, analyze their

Библиографические ссылки

Video Surveillance Techniques and Technologies. Olivier R. J. P. Haas, and David M. Monaghan. - 2013

Umarov X. INTEGRATION OF STUDYING THE DISCIPLINES OF DISCRETE MATHEMATICS AND COMPUTER SCIENCE IN THE SYSTEM OF TRAINING IT SPECIALISTS //Журнал иностранных языков и лингвистики. -2022.-Т. 6.-№. 6.-С. 13-27.

Umarov X. PEDAGOGICAL CONDITIONS OF DEVELOPMENT OF PROGRAMMING COMPETENCE IN FUTURE ENGINEER PROGRAMMERS //International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research. - 2023. -№. Special Issue. - C. 155-161.

Mixliyevich Y. R., Abdullaevich U. X., Ibroxim o'g'li N. A. TALABALARDA ALGORITMIK KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHDA UMUMKASBIY FANLARNING IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH HAQIDA //International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research. -2022.-C. 715-717.

Ramazon, Mixliyev, and Babayarov Abdusattor. "MIK.ROSK.OP YORDAMIDA HUJAYRALARDAGI QON VA OQ QON HUJAYRALARI SONI BO‘YICHA BEMORLARNING SOG‘LIG‘INI ANIQLASH." International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research (2023): 133-137.

Javlon, Kholmatov, and Mustafoyev Erali. "STRUCTURE AND PRINCIPLE OF OPERATION OF FULLY CONNECTED NEURAL NETWORKS." International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research (2023): 136-141.

Obid o’g, Assistent Salimov Jamshid, Assistent Abror Mamaraimov Kamalidin o'g, and Assistent Normatov Nizomiddin Kamoliddin o‘g. "Numpy Library Capabilities. Vectorized Calculation In Numpy Va Type Of Information." Eurasian Research Bulletin 15 (2022): 132-137.

Ziyoda, Maydonova, and Normatov Nizommiddin. "RAQAMLI IQTISODIYOTDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINI TURLI SOHALARDA AVTOMATLASHTIRISH VOSITALARI." International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research (2023): 246-250.

Nizomiddin, Normatov. "TA’LIMDA DASTURLASH JARAYONINI BAHOLASHGA ASOSLANGAN AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMNI TADBIQ ETISH." International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research (2023): 24-28.

Kamoliddin o‘g’li, Normatov Nizomiddin, and Ergashev Sirojiddin Baxtiyor o‘g‘li. "ERWIN DASTURI YORDAMIDA IDEF0, 1DEF3 VA DFD STANDAT DIAGARAMMALARIDAN FOYDALANIB TIZIM SIFATIDA YARATILGAN UNIVERSITETNING MONITORING BO ‘LIMI LOYIHASI." Новости образования: исследование в XXI веке 1.6 (2023): 378-386.

Javlon X. et al. Классификатор движения рук с использованием биомиметического распознавания образов с помощью сверточных нейронных сетей с методом динамического порога для извлечения движения с использованием датчиков EF //Journal of new century innovations. - 2022. - T. 19. -№. 6,- C. 352-357.

Қаршисв А. МАКТАБ ЮҚОРИ СИНФ ЎҚУВЧИСИНИГ АХБОРОТ КОМПЕТЕНТЛИГИ ТУЗИЛМАСИ //Журнал математики и информатики. -2020. - Т. 1. - №. 1.

Қаршиев АА П. Ш. М. Глобаллашув жараёнида таълим сифатини таъминлаш ва унинг ўзига хос хусусиятлари //Интернаука»: научный журнал. -№.44.-С. 126.

Анарова, Шахзода, and Достон Мухторов. "ТИББИЙ ТУЗИЛИШЛИ МУРАККАБ ОБЪЕКТЛАРНИНГ ФРАКТАЛ ЎЛЧОВЛАРНИ АНИҚЛАШ." International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research (2023): 196-200.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов