Milliy-ma’naviy qadriyatlarimizdan yoshlar tarbiyasida foydalanishning tahlili va uni takomillashtirish yo‘llari

CC BY f
536-540
0
0
Поделиться
Джанизаков, И. (2023). Milliy-ma’naviy qadriyatlarimizdan yoshlar tarbiyasida foydalanishning tahlili va uni takomillashtirish yo‘llari . Информатика и инженерные технологии, 1(2), 536–540. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25642
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Hozirgi davrda milliy qadriyatlarimizni tiklash borasida yilda emas, balki har bir hafta va oyda ko‘plab yangiliklar, o‘zgarishlar bo‘lib turibdi. Ushbu maqolada milliy qadriyat, milliy urf-odatlarning yoshlar tarbiyasiga ta`siri yoritib berilgan.


background image

536

2.

Abdutolib

P.

TALABALARDA

AXBOROT-TEXNIK

KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA OLIY TA’LIM TIZIMIDAGAI
PEDAGOGIK SHART-SHAROITLAR //International Journal of Contemporary
Scientific and Technical Research. – 2023. – С. 53-56.

3. Абдутолиб.. ОРГАНИЗАЦИОННО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ УСЛОВИЯ

ФОРМИРОВАНИЯ

ИНФОРМАЦИОННО-ТЕХНИЧЕСКОЙ

КОМПЕТЕНТНОСТИ СТУДЕНТОВ НА ПРИМЕРЕ ТЕОРЕТИЧЕСКОЙ
МЕХАНИКИ // CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS. – 2023. –
Т. 4. – No 05. – С. 28-32.

4. Абдутолиб. ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ СУЩНОСТЬ И МОДЕЛЬ

ФОРМИРОВАНИЯ

ИНФОРМАЦИОННО-ТЕХНИЧЕСКОЙ

КОМПЕТЕНТНОСТИ У СТУДЕНТОВ ПРИКЛАДНОЙ МАТЕМАТИКИ В
БАКАЛАВРИАТЕ // Frontline Social Sciences and History Journal. – 2023. – Т. 3. –
No 05. – С. 26-34.


MILLIY-MA’NAVIY QADRIYATLARIMIZDAN YOSHLAR TARBIYASIDA

FOYDALANISHNING TAHLILI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH

YO‘LLARI

Janizoqov Ilyos

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

ijanizakov@inbox.ru

Annotatsiya:

Hozirgi davrda milliy qadriyatlarimizni tiklash borasida yilda

emas, balki har bir hafta va oyda ko‘plab yangiliklar, o‘zgarishlar bo‘lib turibdi. Ushbu
maqolada milliy qadriyat, milliy urf-odatlarning yoshlar tarbiyasiga ta`siri yoritib
berilgan.

Kalit so‘zlar:

Qadriyat, milliy urf-odat, milliy madaniyat, ma`naviy

dunyoqarash, ong va psixika, ijtimoiy ong, dunyoqarash, millat va elat.


Kirish.

Hozirgi davrda milliy qadriyatlarimizni tiklash borasida yilda emas, balki

har bir hafta va oyda ko‘plab yangiliklar, o‘zgarishlar bo‘lib turibdi.

Mustaqillik

sharoitida

milliy

madaniyatimizni

rivojlantirish,

milliy

qadriyatlarimizni tiklash va yuksaltirish sohasida erishgan ulkan yutuqlarimizdan yana
biri - o‘zbek tiliga davlat maqomi berilganligidir. Bu voqea hayotimizda, ongimizda
katta burilish yasadi.

Istiqlol tufayli ma’naviy hayotimizda tub o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda.

Xalqimizning milliy ongi, milliy g‘ururi o‘sib, ma’naviy dunyosi kundan-kunga boyib
bormoqda. Bu esa mustaqil davlatimizning ma’naviy asosini yanada mustahkamlashga
poydevor yaratmoqda. Har bir millatning qiyofasi, uning katta va kichikligidan qatiy
nazar, eng avvalo o‘zining milliy ongi va psixologiyasida namoyon bo‘ladi.

Milliy ong - ijtimoiy ongning tarkibiy qismi bo‘lgan etnik ongining asosiy

shaklidir.Ma’lumki, ijtimoiy ong jamiyatning, ishlab chiqarish munosabatlarning
o‘zida aks ettiruvchi, uning ma’naviy hayot darajasini ifodalovchi xis-tuyg‘u, g‘oya va


background image

537

qarashlarning majmuidir. U jamiyatdagi, siyosiy, huquqiy, ahloqiy, faoliyat, diniy,
etnik qarashlar, kechinmalar shaklida namoyon bo‘ladi.

Ijtimoiy ong ijtimoiy borliqning intihosidir. Boshqacha aytganda ijtimoiy ong -

ob’ektiv olam va ijtimoiy borlikning kishilar ongida aks etishidir. Shunday ekan, har
bir xalq, elat va millat o‘zining ijtimoiy hayotini aks ettiradigan etnik ongga egadir.
Mazkur etnik ongning tarkibiy qismini urug‘, qabila, elat va millatning ongi tashkil
etadi.

Etnik ongning dastlabki shakli bo‘lmish urug‘ va qabilalar ongining xususiyatlari

shundan iboratki, unda ibtidoiy jamiyatning ijtimoiy borlig‘i, uning madaniyati, urf-
odat va an’analari, psixologiyasi va dunyoqarashi o‘z aksini topgan.

Tadqiqot metodologiyasi.

Har-xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzimda har xil ong va

tafakkur uslubi mos keladi. Ijtimoiy jamoadagi urug‘ va qabilalar tafakkuri mutlaqo
boshqacha xususiyatlariga ega bo‘lib, bizning tafakkurimizdan keskin farqlanadi.
Sinfiy tabaqalanish davri boshlanishi bilan aniq ko‘zga tashlangan xususiy
mulkchilikka asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarning vujudga kelishi etnik
ongning yangi shakllari bo‘lmish elat va milliy onglari vujudga keltiradi.

Etnik ongning shakllanishi va rivojlanishiga etnoslarning asrlar mobaynida

ijtimoiy hayot faoliyati davomida vujudga kelgan psixik xususiyatlari, milliy urf-odat
va an’analar, turmush-tarzi ham katta ta’sir ko‘rsatadi.

Etnik ong ijtimoiy ongga nisbatan konkret tushuncha bo‘lib, unda urug‘, qabila,

elat millatning ijtimoiy hayoti va madaniyati, urf-odat va an’analari, tarixi, ijtimoiy
psixologiyasi, dunyoqarashi aks etadi.

Ijtimoiy ong tarkibida etnik ong bilan bir qatorda ijtimoiy ruhiyat va ijtimoiy

mafkura katta o‘rin tutadi.

Ijtimoiy ruhiyat-psixologiya-kishilar, ayrim ijtimoiy guruhlar va sinflar

hayotining bevosita mehnat, mavjud ishlab chiqarish vosita va qurollari, turmush tarzi
ta’sirida vujudga kelgan ma’naviy qiyofali, kechinmalar, odatlar, urf-odat, an’analari,
hissiyotlar kabilarning tarkibiga tushmagan nazariy jihatdan asoslanmagan,
sistemalashmagan tarzdagi yig‘indisidir.

Unda kishilarning maqsadlari, manfaatlari va muammolari aks etadi. Ijtimoiy

psixologiya kundalik turmush tarzi ta’siri ostida vujudga keladi va shakllanadi, u
hissiyot, kayfiyat, kechinmalar, qiziqishlarda namoyon bo‘ladi. Milliy psixologiya esa
- har bir millat vakilining milliy his-tuyg‘ulari, hatti-harakatlari, ruhiy kechinmalari,
psixik temperamenti, fe’l-atvori kabi munosabatlarni ifodalaydi.

Shakllangan milliy psixologiyaning tarkibiy qismini milliy harakter tashkil qiladi.

O‘zbek milliy harakter xususiyatlariga mehnatsevarlik, dovyuraklik, vatanparvarlik,
insonparvarlik, erksevarlik, sabr-toqat va boshqa xalqlarga va shu millat vakillariga
nisbatan munosabatlar kabilar kiradi. Har bir tarixiy davr, shu davrdagi ijtimoiy
munosabatlar yig‘indisi milliy manfaatlariga mos keladigan o‘z milliy harakter idealini
yaratadi.

Milliy harakter o‘zgarmas, turg‘un narsa emas, u tarix maxsuli. SHunday ekan,

milliy harakterni vujudga keltirgan ijtimoiy tuzumning o‘zgarishi bilan u ham ma’lum
darajada o‘zgaradi, xatto bir madaniy sivilizatsiya jarayonida uning ham ayrim
hislatlari o‘zgarib yangi umumbashariy hislatlar vujudga keltirishi mumkin.


background image

538

Milliy tuyg‘u kishilarning voqeylikdagi barcha narsa va hodisalarga, milliy

jarayonlarga, shuningdek millatning qadimiy tarixi va madaniy merosiga bo‘lgan
munosabati shaklida namoyon bo‘lib, millat ma’naviy qiyofasida katta ahamiyatga
egadir.

Ayniqsa milliy tuyg‘uning ta’sirchanligi ona tilimizga bo‘lgan munosabatda

yorqin namoyon bo‘ladi. Zero, har bir xalqning milliy xususiyatlari til orqali namoyon
bo‘ladi. Ona tili xar bir xalqning butun tarixi mobaynida to‘plangan ma’naviy
boyliklarini o‘zida jamlab, kelgusi avlodlarga yetkazib beruvchi vositadir.

Milliy tuyg‘u ham tug‘ma unsur emas. U tarixiy tushuncha bo‘lib, shu xalq va

millat vakillariga ishchi va tashki ob’ektiv omillarning doimiy ta’sir etib turishi
natijasida vujudga keladi. Milliy tuyg‘umizda milliy manfaat va ehtiyojlar, ayniqsa
uning ijobiylik va salbiylik ijtimoiy voqeylikning qanchalik millat vakiliga qoniqarli
yoki qoniqarsizlik xislatlari yotadi.

Ijtimoiy mafkura muayyan el-elat, xalq, millat va sotsial guruhlarning, sinflarning

ahloqiy, diniy, siyosiy, huquqiy, estetik qarashlari yig‘indisidir. Mafkura ustkurmaning
bir qismi bo‘lib, jamiyat moddiy hayot sharoitlarida vujudga keladi va ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlarni aks ettiradi. U ijtimoiy ruhiyatdan ma’lum darajada farq
qiladi. Bu farq shundan iboratki, mafkura ijtimoiy ruhiyat singari stixiyali ravishda
yuzaga kelmaydi, balki inson ongli faoliyatining mahsuli sifatida tarixiy amaliyot
jarayonida vujudga keladi. Mafkura voqeylikni ijtimoiy ruhiyatga nisbatan ancha keng
va chuqur aks ettiradi va uni jamiyatning eng yetuk ziyoliylari, olimlari,
siyosatshunoslari ishlab chiqadi.

Milliy ong, milliy g‘ururimiz kundan-kunga o‘sib, yuksalishi mazkur sohada hech

qanday muammo yo‘q deganini bildirmaydi, albatta. Xalqimiz milliy ongini yanada
rivojlantirib, xozirgi kun talabiga javob beradigan holatga keltirish uchun hali ko‘p
ishlarni amalga oshirishimiz zarur. SHularni ichida katta e’tiborni talab etadigan
muammo - xalqimiz huquqiy ongini yanada o‘stirishdir.

Qonunga hurmat bilan qarash, unga og‘ishmay rioya qilish barchamizning

burchimizdir. Lekin bunga erishish uchun ta’lim tarbiya masalalari, oliy va o‘rta
maxsus o‘quv yurtlari, mehnat jamoalarida fuqarolarning, ayniqsa yosh avlodning
huquqiy ongini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar muntazam dastur asosida
o‘tkazilib turishi kerak. Mazkur ishlarni yo‘lga qo‘yishda axborot vositalari, radio,
televideniening o‘rni katta, ulardan yanada unumliroq foydalanish yo‘llari belgilab
olinsa aholining huquqiy ongi, uning saviyasi yanada yuksaladi, o‘z navbatida mustaqil
davlatimiz huquqiy poydevorini yanada mustahkamlashga zamin yaratadi.

Milliy ongni yuksaltirishda fuqarolar bozor iqtisodiyoti talablariga javob

beradigan yangicha fikrlash madaniyatini rivojlantirish katta ahamiyatga ega.

Xozirgi kunda yangicha tafakkurlash, ijtimoiy fikrlash yuksak madaniyatli

kishilarni tayyorlash jamiyatimizni oldida turgan eng dolzarb muammolar turkumiga
kiradi.

Xalqimiz o‘zligini anglashda milliy - badiiy estetik ongni rivojlantirish katta rol

o‘ynaydi. Markaziy Osiyo xalqlari bu borada katta an’analarga, tajribalarga ega. Ko‘p
asrlar mobaynida rivojlanib kelayotgan badiiy asarlar, laparlar, qo‘shiqlar, maqomlar,
jozibali raqs va musiqa xalqimiz ma’naviy hayotining tarkibiy qismini xosil qilib,
ezgulik, go‘zallikka shaydolik, insonparvarlik, vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlarni


background image

539

shakllantirishga xizmat qiladi. Xozirgi vaqtda ana shu an’analarni taraqqiy ettirib
xalqimiz badiiy - estetik ongini yuksaltirish mustaqil davlatimiz madaniyatini yuksak
darajaga, ulardan jahon xalqlarini baxramand etishda, tug‘ilgan zaminga, mustaqil
davlatimizga sadoqatli qilib, fidoiy xizmat qilishda katta ahamiyat kasb etadi.

Milliy madaniyat va ma’naviyatimizni targ‘ib etishda, ularni tiklab yanada ravnaq

toptirishda xavaskorlik badiiy faoliyatini avj oldirish, xilma-xil tanlovlar, madaniyat
kunlari kabilarni muntazam ravishda o‘tkazib turish maqsadga muvofiqdir.

Yoshlarimizning qiyofasi, dunyoqarashi, madaniyati, insoniy fazilati, qobiliyati

nimalardan iborat bo‘lishini yaxshi faxmlab, ana shu fazilatlarni shakllantirish ustida
tinmay amaliy ish olib borish jamiyatimizning, birinchi navbatda tarbiyachilar,
muallimlar professor-o‘qituvchilar, olimlarimiz, barcha ziyoliylar va jamoatchilikning
oldida turgan dolzarb masaladir.

Sharq falsafasi va Islom ta’limotida insonning ta’lim- tarbiyasi, odob-ahloqi

haqida juda ko‘p qimmatli maslaxatlar fikr-muloxazalar mavjud. Muqaddas Qur’oni
Karim va Hadisi Sharif insonning ma’naviy kamolati uchun beqiyos manba ekanligi
xalqimizga ma’lum. Xalq mutaffakirlari, olimu ulamolari tomonidan asrlar davomida
obod-ahloqqa oid minglab kitoblar, xikmatlar yaratilgan. Afsuski totalitar tuzum
tomonidan olib borilgan siyosat tufayli ulardan xalqimiz maxrum qilib qo‘yilgan edi.
Endilikda, istiqlol tufayli bu sohada xam jiddiy o‘zgarishlar yuzaga kelmokda. Ayni
vaqtda xalqimizning milliy qadriyatlarimizga qiziqishi taboro oshib bormoqda. SHuni
xisobga olgan holda jumxuriyatimizda keyingi yillarda mazkur masala bo‘yicha
o‘tmishda arab, fors va boshqa tillarda yozilgan adabiyotlar o‘zbek tiliga tarjima
qilinib, kitobxonlarimizga xavola etilmokda. O‘zbek olimlari, shoirlari tomonidan
xam odob-ahloq masalalariga bag‘ishlangan ko‘pgina

asarlar nashr qilinayapti.

Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng yoshlar tarbiyasining mazmuni va moxiyatida,
usul va shakllarida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bera boshladi. Maktablarni milliylashtirish
boshlandi. Ta’lim-tarbiyada milliy qadriyatlarni joriy etish asosiy o‘rin tutadigan
bo‘ldi. Yoshlarda milliy g‘ururni shakllashtirish va mustaxkamlashga alohida ahamiyat
beriladigan bo‘ldi.

Davlatimiz madaniy-ma’naviy mustaqilligini ta’minlashda yoshlarni sharqona

odob-ahloq milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analarimiz asosida tarbiyalash nixoyatda
katta ahamiyat kasb etadi. Bozor iqtisodiyoti mamlakatimizga xorijiy mamlakatlar
sarmoyasi, yangi texnologiyasi, zamonaviy boshqaruv usullari bilan bir qatorda
ularning madaniyati, turmush tarzi, dunyoqarashi kabilarni xam olib kelmokda.
SHuning uchun biz yoshlarimizni millatimizning izzat-nafsi, g‘ururiga tegadigan
ayrim noma’qul xollardan asrashimiz kerak. Afsuski, san’atda oshkoralikni pesh qilib
televizor, kino ekranlarida, matbuot vositalarida bo‘lmag‘ur lavxalarni aks ettirish,
be’manilik va xayosizlik ba’zan esa xatto ahloqiy buzuqlikka targ‘ib qilishlar ko‘rinib
qoldi".

Xulosa.

Bunday xollarni bartaraf qilish uchun, chet ellardan kirib kelayotgan

milliy urf-odat, an’analar va ma’naviyatimizga tamomila zid bo‘lgan ahloqiy buzuqlik,
xayosizlik, be’manilikni yoqlovchi asarlarga qarshi o‘zimizning ko‘p asrlik tarixga
ega, jahon xalqlari tomonidan e’tirof etilgan sharqona yuksak madaniyatimiz va
ma’naviyatimizni qalqon etib qo‘yishimiz kerak.


background image

540

Bunga erishish uchun xar bir kishida biz yuksak madaniyat va ma’naviyat

vorislari ekanligimiz haqida va bu bilan qanchalik fahrlansak arzirlik ekanligimiz
haqida fikr, xis-tuyg‘ularni xosil qilishimiz darkor. O‘zini yuksak madaniyatli millatga
mansub ekanligini ongli ravishda xis qiluvchi va bu bilan qonuniy ravishda
faxrlanuvchi insonni xech qachon ahloqiy va g‘oyaviy jihatdan past madaniyatga (u
qanday shaklda namoyon bo‘lmasin) qaram qilib qo‘yish mumkin emas!

Shunday ekan, bugungi kunda yoshlarimizning g‘oyaviy-madaniy ahvolini

yanada oshirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi.
Bunga erishish uchun yoshlarga milliy qadriyatlarimiz, madaniyatimiz va
ma’naviyatimizni yanada chuqurroq va to‘laqonli o‘zlashtirib olishga xar tomonlama
ko‘maklashish bilan bir qatorda oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida, maktablarda,
mehnat jamoalarida turli tadbirlarni utkazish zarurdir.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

A.Turg‘unov. Kasb-hunarga yo‘naltirish. O‘quv qo‘llanma, T., 2019

2.

D.Dauletnazarova. Pedagogika fanini rivojlantirishda zamovaviy pedagogik

texnologiyalarning o‘rni. Academic Research in Educational Scienses. Nukus, 2021

3.

Sh.Saidqulov.Uzluksiz pedagogic ta`lim va malaka oshirish muammolari.

SamDU,1996

4.

J.Usarov, S.Haydarova. Fanni kompetensiyaviy yondashuv asosida

o‘qitishning o‘quvchi yosh psixologik xususiyatlariga bog‘liq jihatlari. Science and
education scientific journal. ISSN 2181-0842, Volume 2, Special Issue 1 May, 2021

5.

Yusupov E. Inson Kamolotining ma’naviy asoslari. T., “Universitet”, 1998.

6.

Abdutolib P., Margʻuba L. AMALIY MATEMATIKA TALABALARINI

ISHLAB CHIQARISH KASBIY FAOLIYAT SOHASIGA QIZIQTIRISHDA
AXBOROT-TEXNIK KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING RO ‘LI
//International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research. – 2023. –
С. 510-513.

7.

Abdutolib

P.

TALABALARDA

AXBOROT-TEXNIK

KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA OLIY TA’LIM TIZIMIDAGAI
PEDAGOGIK SHART-SHAROITLAR //International Journal of Contemporary
Scientific and Technical Research. – 2023. – С. 53-56.

8.

Абдутолиб.. ОРГАНИЗАЦИОННО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ УСЛОВИЯ

ФОРМИРОВАНИЯ

ИНФОРМАЦИОННО-ТЕХНИЧЕСКОЙ

КОМПЕТЕНТНОСТИ СТУДЕНТОВ НА ПРИМЕРЕ ТЕОРЕТИЧЕСКОЙ
МЕХАНИКИ // CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS. – 2023. –
Т. 4. – No 05. – С. 28-32.

9.

Абдутолиб.

ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ

СУЩНОСТЬ

И

МОДЕЛЬ

ФОРМИРОВАНИЯ

ИНФОРМАЦИОННО-ТЕХНИЧЕСКОЙ

КОМПЕТЕНТНОСТИ У СТУДЕНТОВ ПРИКЛАДНОЙ МАТЕМАТИКИ В
БАКАЛАВРИАТЕ // Frontline Social Sciences and History Journal. – 2023. – Т. 3. –
No 05. – С. 26-34.


Библиографические ссылки

A.Turg'unov. Kasb-hunarga yo‘naltirish. O‘quv qo’llanma, T., 2019

D.Daulctnazarova. Pcdagogika fanini rivojlantirishda zamovaviy pcdagogik texnologiyalaming o‘rni. Academic Research in Educational Scienses. Nukus, 2021

Sh.Saidqulov.Uzluksiz pedagogic ta'lim va malaka oshirish muammolari. SamDU,1996

J.Usarov, S.Haydarova. Fanni kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘qitishning o‘quvchi yosh psixologik xususiyatlariga bog‘liq jihatlari. Science and education scientific journal. ISSN 2181-0842, Volume 2, Special Issue 1 May, 2021

Yusupov E. Inson Kamolotining ma’naviy asoslari. T., “Universitet”, 1998.

Abdutolib P., Marg‘uba L. AMALIY MATEMATIKA TALABALARINI ISHLAB CHIQARISH KASBIY FAOLIYAT SOHASIGA Q1Z1QTIRISHDA AXBOROT-TEXNIK KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING RO ‘LI //International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research. - 2023. -C. 510-513.

Abdutolib P. TALABALARDA AXBOROT-TEXNIK KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA OLIY TA’LIM TIZIMIDAGAI PEDAGOGIK SHART-SHAROITLAR //International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research. - 2023. - C. 53-56.

Абдутолиб.. ОРГАНИЗАЦИОННО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ УСЛОВИЯ ФОРМИРОВАНИЯ ИНФОРМАЦИОННО-ТЕХНИЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ СТУДЕНТОВ НА ПРИМЕРЕ ТЕОРЕТИЧЕСКОЙ МЕХАНИКИ // CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS. -2023. -T. 4.-No 05.-C. 28-32.

Абдутолиб. ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ СУЩНОСТЬ И МОДЕЛЬ ФОРМИРОВАНИЯ ИНФОРМАЦИОННО-ТЕХНИЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ У СТУДЕНТОВ ПРИКЛАДНОЙ МАТЕМАТИКИ В БАКАЛАВРИАТЕ // Frontline Social Sciences and History Journal. 2023. -T.3.-No 05.-C. 26-34.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов