Yoshlar tarbiyasida milliy-ma’naviy qadriyatlarimizni tahlili va uni takomillashtirish yo‘llari

CC BY f
541-543
0
0
Поделиться
Джанизаков, И. (2023). Yoshlar tarbiyasida milliy-ma’naviy qadriyatlarimizni tahlili va uni takomillashtirish yo‘llari . Информатика и инженерные технологии, 1(2), 541–543. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25643
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Hozirgi davrda milliy qadriyatlarimizni tiklash borasida yilda emas, balki har bir hafta va oyda ko‘plab yangiliklar, o‘zgarishlar bo‘lib turibdi. Ushbu maqolada milliy qadriyat, milliy urf-odatlarning yoshlar tarbiyasiga ta`siri yoritib berilgan.

Похожие статьи


background image

541

YOSHLAR TARBIYASIDA MILLIY-MA’NAVIY QADRIYATLARIMIZNI

TAHLILI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI

Janizoqov Ilyos

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

ijanizakov@inbox.ru

Annotatsiya:

Hozirgi davrda milliy qadriyatlarimizni tiklash borasida

yilda emas, balki har bir hafta va oyda ko‘plab yangiliklar, o‘zgarishlar bo‘lib turibdi.
Ushbu maqolada milliy qadriyat, milliy urf-odatlarning yoshlar tarbiyasiga ta`siri
yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar:

Qadriyat, milliy urf-odat, milliy madaniyat, ma`naviy

dunyoqarash, ong va psixika, ijtimoiy ong, dunyoqarash, millat va elat.

Kirish.

Hozirgi davrda milliy qadriyatlarimizni tiklash borasida yilda emas, balki

har bir hafta va oyda ko‘plab yangiliklar, o‘zgarishlar bo‘lib turibdi.

Mustaqillik

sharoitida

milliy

madaniyatimizni

rivojlantirish,

milliy

qadriyatlarimizni tiklash va yuksaltirish sohasida erishgan ulkan yutuqlarimizdan yana
biri - o‘zbek tiliga davlat maqomi berilganligidir. Bu voqea hayotimizda, ongimizda
katta burilish yasadi.

Milliy ong - ijtimoiy ongning tarkibiy qismi bo‘lgan etnik ongining asosiy

shaklidir.Ma’lumki, ijtimoiy ong jamiyatning, ishlab chiqarish munosabatlarning
o‘zida aks ettiruvchi, uning ma’naviy hayot darajasini ifodalovchi xis-tuyg‘u, g‘oya va
qarashlarning majmuidir. U jamiyatdagi, siyosiy, huquqiy, ahloqiy, faoliyat, diniy,
etnik qarashlar, kechinmalar shaklida namoyon bo‘ladi.

Etnik ongning dastlabki shakli bo‘lmish urug‘ va qabilalar ongining xususiyatlari

shundan iboratki, unda ibtidoiy jamiyatning ijtimoiy borlig‘i, uning madaniyati, urf-
odat va an’analari, psixologiyasi va dunyoqarashi o‘z aksini topgan.

Tadqiqot metodologiyasi.

Har-xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzimda har xil ong va

tafakkur uslubi mos keladi. Ijtimoiy jamoadagi urug‘ va qabilalar tafakkuri mutlaqo
boshqacha xususiyatlariga ega bo‘lib, bizning tafakkurimizdan keskin farqlanadi.
Sinfiy tabaqalanish davri boshlanishi bilan aniq ko‘zga tashlangan xususiy
mulkchilikka asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarning vujudga kelishi etnik
ongning yangi shakllari bo‘lmish elat va milliy onglari vujudga keltiradi.

Etnik ongning shakllanishi va rivojlanishiga etnoslarning asrlar mobaynida

ijtimoiy hayot faoliyati davomida vujudga kelgan psixik xususiyatlari, milliy urf-odat
va an’analar, turmush-tarzi ham katta ta’sir ko‘rsatadi.

Etnik ong ijtimoiy ongga nisbatan konkret tushuncha bo‘lib, unda urug‘, qabila,

elat millatning ijtimoiy hayoti va madaniyati, urf-odat va an’analari, tarixi, ijtimoiy
psixologiyasi, dunyoqarashi aks etadi.

Ijtimoiy ong tarkibida etnik ong bilan bir qatorda ijtimoiy ruhiyat va ijtimoiy

mafkura katta o‘rin tutadi.

Shakllangan milliy psixologiyaning tarkibiy qismini milliy harakter tashkil qiladi.

O‘zbek milliy harakter xususiyatlariga mehnatsevarlik, dovyuraklik, vatanparvarlik,


background image

542

insonparvarlik, erksevarlik, sabr-toqat va boshqa xalqlarga va shu millat vakillariga
nisbatan munosabatlar kabilar kiradi. Har bir tarixiy davr, shu davrdagi ijtimoiy
munosabatlar yig‘indisi milliy manfaatlariga mos keladigan o‘z milliy harakter idealini
yaratadi.

Milliy harakter o‘zgarmas, turg‘un narsa emas, u tarix maxsuli. SHunday ekan,

milliy harakterni vujudga keltirgan ijtimoiy tuzumning o‘zgarishi bilan u ham ma’lum
darajada o‘zgaradi, xatto bir madaniy sivilizatsiya jarayonida uning ham ayrim
hislatlari o‘zgarib yangi umumbashariy hislatlar vujudga keltirishi mumkin.

Milliy ong, milliy g‘ururimiz kundan-kunga o‘sib, yuksalishi mazkur sohada hech

qanday muammo yo‘q deganini bildirmaydi, albatta. Xalqimiz milliy ongini yanada
rivojlantirib, xozirgi kun talabiga javob beradigan holatga keltirish uchun hali ko‘p
ishlarni amalga oshirishimiz zarur. SHularni ichida katta e’tiborni talab etadigan
muammo - xalqimiz huquqiy ongini yanada o‘stirishdir.

Yoshlarimizning qiyofasi, dunyoqarashi, madaniyati, insoniy fazilati, qobiliyati

nimalardan iborat bo‘lishini yaxshi faxmlab, ana shu fazilatlarni shakllantirish ustida
tinmay amaliy ish olib borish jamiyatimizning, birinchi navbatda tarbiyachilar,
muallimlar professor-o‘qituvchilar, olimlarimiz, barcha ziyoliylar va jamoatchilikning
oldida turgan dolzarb masaladir.

SHarq falsafasi va Islom ta’limotida insonning ta’lim- tarbiyasi, odob-ahloqi

haqida juda ko‘p qimmatli maslaxatlar fikr-muloxazalar mavjud. Muqaddas Qur’oni
Karim va Xadisi SHarif insonning ma’naviy kamolati uchun beqiyos manba ekanligi
xalqimizga ma’lum. Xalq mutaffakirlari, olimu ulamolari tomonidan asrlar davomida
obod-ahloqqa oid minglab kitoblar, xikmatlar yaratilgan. Afsuski totalitar tuzum
tomonidan olib borilgan siyosat tufayli ulardan xalqimiz maxrum qilib qo‘yilgan edi.
Endilikda, istiqlol tufayli bu sohada xam jiddiy o‘zgarishlar yuzaga kelmokda. Ayni
vaqtda xalqimizning milliy qadriyatlarimizga qiziqishi taboro oshib bormoqda. SHuni
xisobga olgan holda jumxuriyatimizda keyingi yillarda mazkur masala bo‘yicha
o‘tmishda arab, fors va boshqa tillarda yozilgan adabiyotlar o‘zbek tiliga tarjima
qilinib, kitobxonlarimizga xavola etilmokda. O‘zbek olimlari, shoirlari tomonidan
xam odob-ahloq masalalariga bag‘ishlangan ko‘pgina

asarlar nashr qilinayapti.

Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng yoshlar tarbiyasining mazmuni va moxiyatida,
usul va shakllarida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bera boshladi. Maktablarni milliylashtirish
boshlandi. Ta’lim-tarbiyada milliy qadriyatlarni joriy etish asosiy o‘rin tutadigan
bo‘ldi. YOshlarda milliy g‘ururni shakllashtirish va mustaxkamlashga alohida
ahamiyat beriladigan bo‘ldi.

Xulosa.

Bunga erishish uchun xar bir kishida biz yuksak madaniyat va ma’naviyat

vorislari ekanligimiz haqida va bu bilan qanchalik fahrlansak arzirlik ekanligimiz
haqida fikr, xis-tuyg‘ularni xosil qilishimiz darkor. O‘zini yuksak madaniyatli millatga
mansub ekanligini ongli ravishda xis qiluvchi va bu bilan qonuniy ravishda
faxrlanuvchi insonni xech qachon ahloqiy va g‘oyaviy jihatdan past madaniyatga (u
qanday shaklda namoyon bo‘lmasin) qaram qilib qo‘yish mumkin emas!

Shunday ekan, bugungi kunda yoshlarimizning g‘oyaviy-madaniy ahvolini

yanada oshirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi.
Bunga erishish uchun yoshlarga milliy qadriyatlarimiz, madaniyatimiz va
ma’naviyatimizni yanada chuqurroq va to‘laqonli o‘zlashtirib olishga xar tomonlama


background image

543

ko‘maklashish bilan bir qatorda oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida, maktablarda,
mehnat jamoalarida turli tadbirlarni utkazish zarurdir.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

A.Turg‘unov. Kasb-hunarga yo‘naltirish. O‘quv qo‘llanma, T., 2019

2.

D.Dauletnazarova. Pedagogika fanini rivojlantirishda zamovaviy pedagogik

texnologiyalarning o‘rni. Academic Research in Educational Scienses. Nukus, 2021

3.

Sh.Saidqulov.Uzluksiz pedagogic ta`lim va malaka oshirish muammolari.

SamDU,1996

4.

J.Usarov,

S.Haydarova.

Fanni kompetensiyaviy

yondashuv

asosida

o‘qitishning o‘quvchi yosh psixologik xususiyatlariga bog‘liq jihatlari. Science and
education scientific journal. ISSN 2181-0842, Volume 2, Special Issue 1 May, 2021

5.

Yusupov E. Inson Kamolotining ma’naviy asoslari. T., “Universitet”, 1998.

6.

Abdutolib P., Margʻuba L. AMALIY MATEMATIKA TALABALARINI

ISHLAB CHIQARISH KASBIY FAOLIYAT SOHASIGA QIZIQTIRISHDA
AXBOROT-TEXNIK KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING RO ‘LI
//International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research. – 2023. –
С. 510-513.

7.

Abdutolib

P.

TALABALARDA

AXBOROT-TEXNIK

KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA OLIY TA’LIM TIZIMIDAGAI
PEDAGOGIK SHART-SHAROITLAR //International Journal of Contemporary
Scientific and Technical Research. – 2023. – С. 53-56.

8.

Абдутолиб.. ОРГАНИЗАЦИОННО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ УСЛОВИЯ

ФОРМИРОВАНИЯ

ИНФОРМАЦИОННО-ТЕХНИЧЕСКОЙ

КОМПЕТЕНТНОСТИ СТУДЕНТОВ НА ПРИМЕРЕ ТЕОРЕТИЧЕСКОЙ
МЕХАНИКИ // CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS. – 2023. –
Т. 4. – No 05. – С. 28-32.

9.

Абдутолиб.

ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ

СУЩНОСТЬ

И

МОДЕЛЬ

ФОРМИРОВАНИЯ

ИНФОРМАЦИОННО-ТЕХНИЧЕСКОЙ

КОМПЕТЕНТНОСТИ У СТУДЕНТОВ ПРИКЛАДНОЙ МАТЕМАТИКИ В
БАКАЛАВРИАТЕ // Frontline Social Sciences and History Journal. – 2023. – Т. 3. –
No 05. – С. 26-34.

MAKTAB MATEMATIKA KURSIDA GRAFLARDAN FOYDALANIB

MANTIQIY MASALALARNI YECHISH

Dushabayeva Diana Baxtiyarovna

Jizzax davlat pedagogika universiteti magistranti

Annotatsiya

: Ushbu maqolada maktab matematika kurslarida mantiqiy

masalalarni yechishda graflardan foydalanib masalalarni yechish keltirib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar

: graf, grafik usuli, sxemalar, jadval matematika, metod.

Библиографические ссылки

A.Turg‘unov. Kasb-hunarga yo‘naltirish. O‘quv qo‘llanma, T., 2019

D.Dauletnazarova. Pedagogika fanini rivojlantirishda zamovaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni. Academic Research in Educational Scienses. Nukus, 2021

Sh.Saidqulov.Uzluksiz pedagogic ta`lim va malaka oshirish muammolari. SamDU,1996

J.Usarov, S.Haydarova. Fanni kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘qitishning o‘quvchi yosh psixologik xususiyatlariga bog‘liq jihatlari. Science and education scientific journal. ISSN 2181-0842, Volume 2, Special Issue 1 May, 2021

Yusupov E. Inson Kamolotining ma’naviy asoslari. T., “Universitet”, 1998.

Abdutolib P., Margʻuba L. AMALIY MATEMATIKA TALABALARINI ISHLAB CHIQARISH KASBIY FAOLIYAT SOHASIGA QIZIQTIRISHDA AXBOROT-TEXNIK KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING RO‘LI //International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research. – 2023. – С. 510-513.

Abdutolib P. TALABALARDA AXBOROT-TEXNIK KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA OLIY TA’LIM TIZIMIDAGAI PEDAGOGIK SHART-SHAROITLAR //International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research. – 2023. – С. 53-56.

Абдутолиб.. ОРГАНИЗАЦИОННО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ УСЛОВИЯ ФОРМИРОВАНИЯ ИНФОРМАЦИОННО-ТЕХНИЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ СТУДЕНТОВ НА ПРИМЕРЕ ТЕОРЕТИЧЕСКОЙ МЕХАНИКИ // CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS. 2023. – Т. 4. – No 05. – С. 28-32.

Абдутолиб. ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ СУЩНОСТЬ И МОДЕЛЬ ФОРМИРОВАНИЯ ИНФОРМАЦИОННО-ТЕХНИЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ У СТУДЕНТОВ ПРИКЛАДНОЙ МАТЕМАТИКИ В БАКАЛАВРИАТЕ // Frontline Social Sciences and History Journal. 2023. – Т. 3. – No 05. – С. 26-34.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов