Химический состав растения Андиз и в медицине приложение

CC BY f
248-252
2
1
Поделиться
Ахмедова, С. (2023). Химический состав растения Андиз и в медицине приложение. Информатика и инженерные технологии, 1(1), 248–252. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25683
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Andiz (Inula) – qoqidoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘tlar turkumi haqida keltirilgan. O’zbekistonda va dunyoda dorivor o’simliklarni biologik faol moddalar tarkibini o’rganishga ham katta e’tibor berilmoqda, chunki inson tanasidagi gormonlar, vitaminlar, aminokislotalar, fermentlar bilan bog’liq bo’lgan optimal miqdori va nisbati fiziologik jarayonlarning normal o’tishini ta’minlaydi va ularning yetishmasligi inson tanasida turli xil patologik jarayonlarning rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin

Похожие статьи


background image

248

ushlovchi apparat gidravlik qarshilikni tajribaviy aniqlash. Scientific progress, 3(6),
94-101.

3. Axmadjonovich, E. N., Obidjon o‘g‘li, X. A., & Abduqayum o'g'li, A. M.

(2022). Industrial application of dust equipment in the industrial wet method with
contact elements and experimental determination of its efficiency. American Journal
of Applied Science and Technology, 2(06), 47-54.

4. Алиматов, Б. А., Садуллаев, Х. М., & Хошимов, А. О. У. (2021).

Сравнение затрат энергии при пневматическом и механическом перемешивании
несмешивающихся жидкостей. Universum: технические науки, (5-5 (86)), 53-56.

5. Xoshimov, A. O., & Isomidinov, A. S. (2020). Study of hydraulic resistance

and cleaning efficiency of dust gas scrubber. In International online scientific-practical
conference on" Innovative ideas, developments in practice: problems and solutions":
Andijan.-2020.-51 p.

6. Алиматов, Б. А., Садуллаев, Х. М., & Хошимов, А. О. У. (2021). Кўп

поғонали

барботаж

экстракторида

капролактамни

икки

босқичда

экстракциялаш. Фарғона политехника институти илмий–техника журнали.(6),
40-44.

7. Obidjon o‘g‘li, Xoshimov Avazbek. "Factors affecting the working process of

industrial dust gases cleaning APPARATUS." Yosh Tadqiqotchi Jurnali 1.6 (2022): 7-
13.

8. Ergashev, N. A. (2022, November). Experimental study of processing

processes in current generating apparatus with contact element. In International
conference dedicated to the role and importance of innovative education in the 21st
century (Vol. 1, No. 7, pp. 107-114).


ANDIZ OʻSIMLIGINING KIMYOVIY TARKIBI VA TIBBIYOTDA

QOʻLLANILISHI

Axmedova Sobira Boyqul qizi

Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

ahmedovasobira5@gmail.com

Annotatsiya:

Andiz (Inula) – qoqidoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘tlar

turkumi haqida keltirilgan. O’zbekistonda va dunyoda dorivor o’simliklarni biologik
faol moddalar tarkibini o’rganishga ham katta e’tibor berilmoqda, chunki inson
tanasidagi gormonlar, vitaminlar, aminokislotalar, fermentlar bilan bog’liq bo’lgan
optimal miqdori va nisbati fiziologik jarayonlarning normal o’tishini ta’minlaydi va
ularning yetishmasligi inson tanasida turli xil patologik jarayonlarning rivojlanishiga
sabab bo’lishi mumkin

Kalit soʻzlar:

Inula helenium L., Inula grandis, inulin, saponinlar, alkaloidlar,

smola, digidroadantolakton, fridelin, fitomelan, polienlar, stigiasterin, psevdoinulin.


Hozirgi kunda juda ko’p miqdordagi yuqori samarali sintetik dorilar

mavjudligiga qaramay, dorivor mahsulotlarning arsenalida dorivor o’simliklarning


background image

249

o’rni va ahamiyati doimiy ravishda oshib bormoqda. Buning sababi shundaki, sintetik
yaratilgan ko’plab dorilar organizmga nojo’ya ta’sir qiladi, bu nafaqat chastotada balki
idiosinkrazik allergik reaksiyalari og’ir ko’rinishda ham o’tadi [1]. Shuning uchun
fitopreparatlari arsenalining ko’payishi alohida ahamiyatga ega, tibbiyotda allaqachon
ishlatilgan o’simlik dorivor preparatlari ta’sir doirasini kengaytirish bilan bir qatorda,
kam o’rganilgan o’simliklarning biologik faol birikmalarining farmakologik faolligini
izlash va o’rganish muhim [2]. Keyingi o’n yilliklarda, O’zbekistonda va dunyoda
dorivor o’simliklarni biologik faol moddalar tarkibini o’rganishga ham katta e’tibor
berilmoqda, chunki inson tanasidagi gormonlar, vitaminlar, aminokislotalar,
fermentlar bilan bog’liq bo’lgan optimal miqdori va nisbati fiziologik jarayonlarning
normal o’tishini ta’minlaydi va ularning yetishmasligi inson tanasida turli xil patologik
jarayonlarning rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin [3].

Qora andizning yer ustki qismi tarkibida 1-3% efir moyi, 44% gacha inulin va

boshqa uglevodlar, saponinlar, 0,16% alkaloidlar, smola, bo’yoq va boshqa biologik
faol moddalar bor. Andizning ildizpoyalarida va ildizlarida efir moyi (1-3%),
saponinlar, smola, shilimshiq va achchiq moddalar (oxirgisi barglarda ham uchraydi)
mavjud. Efir moyining asosiy komponenti izoalantolakton aralashmasi bo’lgan
alantolaktondir. Ularning aralashmasi ilgari gelenin deb nomlangan. Bundan tashqari,
o’simlik

ildizlaridan

digidroadantolakton,

fridelin,

dammaradienilatsetat,

dammaradienol, fitomelan, tez tarqaladigan polienlar va boshqa atsetilen birikmalar,
shuningdek, stigiasterin, ko’p miqdorda inulin va psevdoinulin ajratilgan.

Qora andiz preparatlari va efir moyi yallig’lanishga qarshi, antiseptik va gijja

xaydovchi (ayniqsa efir moyi tarkibidagi allontolakton va izoallontolakton birikmalari)
ta’sirga ega.

Tabobatda andizning boshqa turlari ham qo’llaniladi. Sariq andiz deb

nomlanuvchi turi diyorimizda keng tarqargan.

Sariq andiz (Девясил крупный) – Inula grandis Schrenk va Britaniya andizi

(Девясил британскый) – Inula Britannica L. turlari yuqorida ko’rsatilgan kasalliklarni
davolashda qora andiz bilan bir qatorda ishlatiladi.

Sariq andizning tashqi ko’rinishi: turli shakldagi uzun, yo’g’on ildiz va qisqa,

yo’g’on hamda kuya boshli ildizpoyalardan iborat. Ildiz va ildizpoyasi 2— 20sm
uzunlikda, 1-3 sm yo’g’onlikda bo’lib, usti burishgan, kulrang-ko’ng’ir tusli po’stloq
bilan qoplangan. O’simlikning ichi sarg’ishroq efir moyi turadigan yaltiroq qo’ng’ir
rangli joylari bor. O’simlik mo’rt, ko’ndalangiga tekis sinmaydi. Ildiz va ildizpoya
o’ziga xos xushbuy, kuchli xid hamda achchiqroq va o’tkir mazaga zga. Sariq
andizning yer ostki organlari tarkibida 2,20-3,17% efir moyi (asosiy qismi
allantolaktonlar), 2-20% qandlar, 12-32% inulin, 5,68-13,71% smolalar, 20,4-30,1%
efir moyi mavjud.


background image

250

Bargida yana flavonoidlar, xromonlar, saponinlar, alkaloidlar, sirka va benzoat

kislotalar uchraydi. Sariq andizning hamma organlaridan grandilin, ivalin, grandin,
igalin va boshqa seskviterpen laktonlar ajratib olingan. Efir moyi tez ko’tuvchi kristall
massa bo’lib, o’ziga xos xid va mazaga ega. Efir moyiniig kristall qismi — gelenin
uchta selinan tipidagi seskviterpen laktonlarning (alantolakton, izoalantolakton va


background image

251

digidroalantolakton) aralashmasidan iborat. Efir moyi tarkibida gelenindan tashqari, oz
miqdorda alantol va proazulen ham bor.

Qo’llanilishi: Qora andiz preparati balg’am ko’chiruvchi dori sifatida hamda

me’da va ichak kasalliklarida ishlatiladi. Efir moyi antiseptik, gijja xaydash
xususiyatiga va yallig’lanishga qarshi ta’sirga ega. Uning gijja xaydash xususiyati
tarkibida santoninga o’xshash ta’sir etuvchi moddalar — alantolaktonlar borligiga
bog’liq. Qora andiz ildizpoya va ildizidan allanton dorivor preparati olingan. Allanton
mahsulotning seskviterpenlarining yig’indisi bo’lib, yallig’lanishga qarshi, qon
tomirlarini mustaxkamlovchi va antiseptik ta’sirga ega hamda me’da yara kasalligida
yaraning bitishini tezlatadi. Bu preparat kuniga 3—4 marta bitta tabletkadan me’da va
un ikki barmoq, ichak yara kasalligini davolash uchun iste’mol qilinadi. Dorivor
preparati. damlama, allanton (tabletka xolida).

1-jadval

Oʻsimlik qismlaridagi makro va mikroelementlar (%) da


Bundan tashqari gul g‘unchasi va uning preparatlari dumaloq gijjalar (ayniqsa,

askaridalar) ni haydash uchun ishlatiladi. Mahsulotdan olingan efir moyi – darminol
bakteritsid ta’sirga ega, u antiseptik dori sifatida hamda bod, nevralgiya va boshqa
kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi. Efir moyidan olingan gvayazulen yallig‘lanishga
qarshi kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun bronxial astma, bod, ekzema va boshqa
kasalliklarni hamda rentgen nuri ta’sirida kuygan joylarni davolashda ishlatiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

Ishankhodjaev T. et al. Study on Effects of Liposomal Quercetin on

Biochemical Parameters of the Nigrostriatal System of Rats with Experimentally
Induced Neurodegenerative Disease //Annals of the Romanian Society for Cell
Biology. – 2021. – С. 6128-6143.

2.

Mukhammadjon M. et al. The effect of ngf on indicators of the antioxidant

system in rat brain tissue //Universum: химия и биология. – 2021. – №. 9 (87). – С.
82-86.

3.

Saatov T. et al. Antioxidant and hypoglycemic effects of gossitan

//Endocrine Abstracts. – Bioscientifica, 2019. – Т. 63.

4.

Saatov T. et al. Study on hypoglycemic effect of polyphenolic compounds

isolated from the Euphorbia L. plants growing in uzbekistan //Endocrine Abstracts. –
Bioscientifica, 2020. – Т. 70.

5.

Saatov T. et al. Correction of oxidative stress in experimental diabetes

mellitus by means of natural antioxidants //Endocrine Abstracts. – Bioscientifica, 2021.
– Т. 73.

O’simlik hom ashyosi

makro va mikroelementlar (%) da

Ca

K

Na Fe

Cu Zn

Mn

Cr

10

-1

10

-1

10

-2

10

-2

10

-3

10

-3

10

-3

10

-4

Qora andiz ildizlari

23,2 8,1 2,2 9,0 1,1 4,2

2,8

9,4

Sariq andiz ildizlari

25,3 8,7 3,1 8,0 0,6 3,3

2,1

4,2


background image

252

6.

Irgasheva S. et al. Study on compositions of lipids in tissues of rats with

alimentary obesity //Endocrine Abstracts. – Bioscientifica, 2019. – Т. 63.

7.

Mamadalieva N. I., Mustafakulov M. A., Saatov T. S. The effect of nerve

growth factor on indicators of the antioxidant system in rat brain tissue //eurasian union
of scientists. series: medical, biological and chemical sciences Учредители: ООО"
Логика+". – 2021. – №. 11. – С. 36-40.

8.

Saatov T. et al. Study on antioxidant and hypoglycemic effects of natural

polyphenols in the experimental diabetes model //Endocrine Abstracts. –
Bioscientifica, 2018. – Т. 56.

9.

Mustafakulov M. et al. Determination of antioxidant properties of l-cysteine

in the liver of alloxan diabetes model rats //International Journal of Contemporary
Scientific and Technical Research. – 2023. – №. Special Issue. – С. 47-54.

10.

Мамадалиева Н. И., Мустафакулов М. А., Саатов Т. С. Влияние

фактора нервного роста на показатели антиоксидантной системы в тканях мозга
крысы //Environmental Science. – 2021. – Т. 723. – С. 022021.

ANDIZ (INULA L)

VA UNI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI

Axmedova Sobira Boyqul

qizi,

Mustafakulov Muhammadjon Abduvaliyevich

O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

mmustafakulov@bk.ru


Annotatsiya:

Andiz (Inula) – qoqidoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘tlar

turkumi haqida keltirilgan. O’zbekistonda va dunyoda dorivor o’simliklarni biologik
faol moddalar tarkibini o’rganishga ham katta e’tibor berilmoqda, chunki inson
tanasidagi gormonlar, vitaminlar, aminokislotalar, fermentlar bilan bog’liq bo’lgan
optimal miqdori va nisbati fiziologik jarayonlarning normal o’tishini ta’minlaydi va
ularning yetishmasligi inson tanasida turli xil patologik jarayonlarning rivojlanishiga
sabab bo’lishi mumkin

Kalit so‘zlar:

Qora andiz, ellipsimon yoki cho’ziq tuxumsimon, allontolakton

va izoallaktolakton, efir moyi.


Qora andiz - Inula helenuim L. – Asteraceae oilasiga mansub, ko’p yillik boyi

100-150sm ga yetadigan o‘t o’simlik. Poyasi bitta yoki bir nechta, tik o’suvchi, sertuk,
yuqori qismi shoxlangan. Ildiz oldi bargi uzun bandli, yirik ellipsimon yoki cho’ziq
tuxumsimon, barg plastinkasi tishsimon qirrali bo’lib, yuqori tomoni siyrak va qattiq
tukli, pastki tomoni esa yumshoq, sertuk . Poyaning yuqori qismidagi barglari bandsiz
pastdagilari esa qisqa bandi bilan poyada ketma-ket o‘rnashgan. [1] Gullari tilla rangda
bo‘lib, savatchaga to‘plangan. Savatchalar poya va shoxlarning yuqori qismida
qalqonsimon yoki shingilsimon gul to’plamini tashkil etadi. Savatchaning chetidagi
gullari sariq tishsimon, o’rtadagilari ham sariq, tukli naychasimon. Gullarning kosacha
bargi tukka aylanib ketgan, mevasi cho’ziq to’rt qirrali, jigarrang yoki qo’ng’ir pista.

Библиографические ссылки

Ishankhodjaev T. et al. Study on Effects of Liposomal Quercetin on Biochemical Parameters of the Nigrostriatal System of Rats with Experimentally Induced Neurodegenerative Disease //Annals of the Romanian Society for Cell Biology. – 2021. – С. 6128-6143.

Mukhammadjon M. et al. The effect of ngf on indicators of the antioxidant system in rat brain tissue //Universum: химия и биология. – 2021. – №. 9 (87). – С. 82-86.

Saatov T. et al. Antioxidant and hypoglycemic effects of gossitan //Endocrine Abstracts. – Bioscientifica, 2019. – Т. 63.

Saatov T. et al. Study on hypoglycemic effect of polyphenolic compounds isolated from the Euphorbia L. plants growing in uzbekistan //Endocrine Abstracts. – Bioscientifica, 2020. – Т. 70.

Saatov T. et al. Correction of oxidative stress in experimental diabetes mellitus by means of natural antioxidants //Endocrine Abstracts. – Bioscientifica, 2021. – Т. 73.

Irgasheva S. et al. Study on compositions of lipids in tissues of rats with alimentary obesity //Endocrine Abstracts. – Bioscientifica, 2019. – Т. 63.

Mamadalieva N. I., Mustafakulov M. A., Saatov T. S. The effect of nerve growth factor on indicators of the antioxidant system in rat brain tissue //eurasian union of scientists. series: medical, biological and chemical sciences Учредители: ООО" Логика+". – 2021. – №. 11. – С. 36-40.

Saatov T. et al. Study on antioxidant and hypoglycemic effects of natural polyphenols in the experimental diabetes model //Endocrine Abstracts. – Bioscientifica, 2018. – Т. 56.

Mustafakulov M. et al. Determination of antioxidant properties of l-cysteine in the liver of alloxan diabetes model rats //International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research. – 2023. – №. Special Issue. – С. 47-54.

Мамадалиева Н. И., Мустафакулов М. А., Саатов Т. С. Влияние фактора нервного роста на показатели антиоксидантной системы в тканях мозга крысы //Environmental Science. – 2021. – Т. 723. – С. 022021.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов