Iqtisodiy kompetentlikni shakllantirish zamonaviy mutaxassis tayyorlashning muhim omili sifatida

CC BY f
574-577
2
0
Поделиться
Салимов, Э. (2023). Iqtisodiy kompetentlikni shakllantirish zamonaviy mutaxassis tayyorlashning muhim omili sifatida . Информатика и инженерные технологии, 1(2), 574–577. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25670
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu ishda texnika oliy ta’lim muassasalarida taxsil olayotgan bo‘lajak iqtisodchilarning iqtisodiy kompetentligini shakllantirishning muhim omillari haqida fikr yuritilgan.

Похожие статьи


background image

574

3.

Dori, Y. J., & Belcher, J. (2005). How does technology-enabled active

learning affect undergraduate students' understanding of electromagnetism concepts?
The Journal of the Learning Sciences, 14(2), 243-279.

4.

Hodges, C., Moore, S., Lockee, B., Trust, T., & Bond, A. (2020). The

Difference Between Emergency Remote Teaching and Online Learning. EDUCAUSE
Review, 27.

5.

Linn, M. C., Clark, D., & Slotta, J. D. (2003). WISE design for knowledge

integration. Science Education, 87(4), 517-538.


IQTISODIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH ZAMONAVIY

MUTAXASSIS TAYYORLASHNING MUHIM OMILI SIFATIDA

Salimov Esanjon Xusen o‘g‘li

Jizzax politexnika instituti

Annotatsiya:

Ushbu ishda texnika oliy ta’lim muassasalarida taxsil olayotgan

bo‘lajak iqtisodchilarning iqtisodiy kompetentligini shakllantirishning muhim omillari
haqida fikr yuritilgan.

Kalit so‘zlar

: Iqtisodiyot, iqtisodiy kompetentlik, ta’lim tizimi, bo‘lajak

mutaxassis, iqtisodiy ta’lim tizimi.


Mamlakatimizda yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda bo‘lajak

mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashni jamiyatda, iqtisodiyotda, ilm-modul va
ta’lim mazmunidagi o‘zgarishlarni anglashni hisobga olgan holda amalga oshirish
zarur. Shu munosabat bilan iqtisodiy kompetentlikni shakllantirish zamonaviy
mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda muhim hisoblanadi. Mamlakat
iqtisodiyotini innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tkazish, ishlab chiqarishni
modernizatsiyalash va tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda oliy ta’lim tizimida
mutaxassislar tayyorlash sifati muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Iqtisodiyotni
modernizatsiyalash jarayonlarini kengayishi raqobatbardosh kadrlarga bo‘lgan talabni
keckin o‘sishiga olib keldi. Iste’molchi ta’lim xizmatlari mazmuni vasifatini tanlar
ekan, egallagan ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi mehnat bozorida va mehnat faoliyati
jarayonida qanchalik kerakliligiga hamda muhimligiga e’tibor qaratadi. Iqtisodiyotni
innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tkazish ta’lim tizimida mavjud gorizontal va vertikal
munosabatlarni tubdan o‘zgarishiga olib keldi.

O‘zbekiston Recpublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvop

yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga
ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan
yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim
texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini
rivojlantirish borasida ulkan ishlar olib borilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston
Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasining “Oliy
ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari” deb
nomlangan 3-bobi “Oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli


background image

575

mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish” deb nomlangan bo‘lib, bunda, talabalarda
mustaqil ta’lim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik
ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘quv jarayoniga kompetensiyalarni kuchaytirishga
qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, o‘quv jarayonini amaliy
ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirish, bu borada o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim
standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv
uslubiy materiallarni keng joriy etish” [1] bo‘lajak mutaxassislarning zaruriy
kompetensiyalarini, ijodiy yaratuvchanlik, tadqiqotchilik, mantiqiy tafakkurini,
tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Bugungi
kundagi ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar talabalarni iqtisodiy
savodxonligini rivojlantirish, individual ta’lim traektoriyalariga asoslangan,
talabalarda kreativ fikrlash, amaliy ko‘nikmalar, iqtisodiyotning innovatsion
rivojlanishi muhim resurslari hisoblangan axborotlar va bilimlarni shakllantirishga oid
muammolarni bartaraf etishga qaratilgandir. Oliy ta’lim muassasalarida bu vazifalarni
amalga oshirishga bosqichma-bosqich o‘tish rejalashtirilgan.

Bu esa oliy ta’lim muassasalari pedagoglar oldiga bo‘lajak mutaxassislarni

maqsadli ravishda nafaqat mehnat qilish va bilim olishga, balki bozor iqtisodiyoti
sharoitidagi qarama-qarshi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga tayyorlikka o‘rgatish
vazifasini qo‘yadi. Bu kabi raqobatbardosh bitiruvchilarni faqat ta’lim sohasiga keng
ravishda iqtirodiy yo‘nalishni kiritish sharoitida amalga oshirsa bo‘ladi. Yuzaga kelgan
sharoit bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashni takomillashtirishni
talab qiladi: ularning kasbiy malakasi o‘zgaruvchan sharoitga tez moslashish
qobiliyati, iqtisodiy kompetentlik, o‘zining iqtisodiy bilimlarini doimiy ravishda
mustaqil to‘ldirib borish va ulardan ijodiy foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishda
o‘z aksini topadi. Oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari keng doiradagi iqtisodiy
masalalarni tahlil qilishni bilishi, jamiyat rivojlanishining konservativ va pozitiv
tamoyillariga baho berishi, ushbu tub o‘zgarishlarda o‘z nuqtai nazarini bildirishi,
amaliy kasbiy faoliyat yuritishga tayyor bo‘lishi va muayyan dunyoni anglash
ko‘nikmalariga ega bo‘lishlapi zarur.

O‘zbekiston Recpublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2020 yil 8

yanvar kuni Davlat budjeti parametrlarini ijro etish va hududlarda tadbirkorlikni
rivojlantirish bo‘yicha joriy yilgi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektorda
Prezidentimiz quyidagi jumlalarni keltirdilar: Yagona yo‘limiz – tadbirkorlar sonini
ko‘paytirish, odamlarni ishbilarmon qilish!

Hozirda Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab quvvatlash,

tadbirkorlar uchun imtiyozlarni yaratish bo‘yicha, tadbirkorlik faoliyatini yanada
takomillashtirish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Bu, esa o‘z navbatida
oliy ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan mutaxassislarda ham iqtisodiy bilimlarni
takomillashtirish, tadbirkorlik

ko‘nikmalarini

rivojlantirishning zamonaviy

metodlarini qo‘llashni talab etadi. Iqtisodiyotni rivojlantiruvchi kuch inson omili ekan,
insonning iqtisodiy bilimlarni egallashi va iqtisodiy kompetensiyaga ega bo‘lishi,
iqtisodiy madaniyatliligini ta’minlaydi. O‘zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni qaror
topishida aholida bozor munosabatlariga xos fikrlash tarzi shakllanishini talab qiladi.
Bu iqtisodiy tafakkurning asosi bo‘lgan iqtisodiy ta’limni muvofiq ravishda isloh
qilishni talab qiladi, negaki barcha demokratik bozor islohotlarini amalga oshirish o‘z-


background image

576

o‘zidan harakatga kelayotgan jarayon emas, balki ularni rivojlantirish ko‘pgina
hollarda yoshlarimizning iqtisodiy bilim saviyasining yuksalish darajasiga ham
bog‘liqdir.

Oliy ta’lim muassasalaida iqtisodiy ta’limga ilgarilari yetarlicha e’tibor berilmas

edi. Faqatgina iqtisodiyot sohasida ish olib boruvchi kadrlargina iqtisodiy bilim
egallash imkoniyatiga ega bo‘lgan. Iqtisodiyotda jadal rivojlanish emas, balki
ekstensiv rivojlanish sari yo‘l tutilgan, sifat o‘zgarishlarga emas, miqdor o‘zgarishlarga
ko‘proq e’tibop qaratilgan. Ish haqi qa’tiy belgilangan smeta asosida amalga oshirilib,
boqimandalik kayfiyatini keltirib chiqargan edi. Bu esa tadbirkorlik qobiliyatining
bo‘g‘ib qo‘yilishi va rag‘batlantirilmasligi iqtisodiy tafakkurning susayishiga imkon
yaratdi.

Shu sababli ham, avvalambor, iqtisodiy ta’lim mazmuni va uning tarkibini

kengaytirish va chuqurlashtirish, xususan, bu mazmunga nafaqat bilim, ko‘nikma va
malaka, balki iqtisodiy kompetentlikni rivojlantirish masalasi ham ko‘ndalang qilib
qo‘yiladi.

B.I.Ilxomov[2],

A.P.Belyaeva[3],

V.I.Vidyarin[4],

Y.A.Jilkina[5],

V.N.Xudyakov[6] va boshqa olimlar mutaxassislarda iqtisodiy kompetentlikni
shakllantirish va rivojlantirish zaurligi to‘g‘risida fikr bildirganlar.

Bo‘lajak

mutaxassislarni

kasbiy

faoliyatga

tayyorlashda

iqtisodiy

kompetentlikka ega bo‘lishi zarurligi to‘g‘risida gapirar ekanmiz, biz avvalo iqtisodiy
kompetentlik mazmunini yoritib berishimiz kerak. Bunda, “iqtirodiy bilimdonlik”,
“iqtirodiy tafakkur”, “iqtisodiy ta’lim”, “iqtisodiy kompetentlik”, “iqtisodiy
madaniyat” tushunchalarini mazmuni o‘rganish zaruriyati tug‘iladi.

“Iqtisodiy pedagogika”sohasi olimlarining fikricha iqtisodiy bilimdonlik,

mushohadalilik va onglilik shaxsning kasbi va mutaxassisligidan qa’tiy nazar,
jamiyatning faol a’zosi sifatida bilishi lozim bo‘lgan, mantiqan yaxlit dunyoqarashga
ega bo‘lishi uchun idrok eta olishi shart bo‘lgan, tabiat va jamiyatning iqtisodiy
qiyofasi va uning dinamikasini ko‘ra olishi, tushuna olishi va baholay olish
qobiliyatidir[7].

Xususan, iqtisodiy tafakkur – insonning iqtisodiy jihatdan voqea-hodisalarni

tahlil qilishi, unga baho berish va qaror qabul qilish; kishidagi iqtisodiy ong, iqtisodiy
qarashlar, iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy bilim va tushunchalar, iqtisodiy xatti-harakat
majmuidan iborat bo‘lib, uning asosida iqtisodiy madaniyat paydo bo‘ladi.

N.I.Xasanxonova iqtisodiy tafakkur tarkibida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tadi:

iqtisodiy odam; iqtisodiy ong va xulq-atvor; iqtisodiy faoliyat; iqtisodiy ta’lim-tarbiya;
iqtisodiy madaniyat. Mazkur iqtisodiy tafakkur qismlarining uyg‘unligi jamiyatning
nafaqat iqtisodiy ahvoliga, balki ijtimoiy tuzilishiga ham bog‘liq [8].

Iqtisodiy madaniyat-jamiyat a’zolarining iqtisodiy hayotidagi ommaviy ijodiy

ishtiroklari va o‘zaro munosabatlari, ularning iqtisodiy bilimlari, xo‘jalik yuritishdagi
mahorati va malakasi, iqtisodiy fikrlashi va tafakkuri rivojlanganligini sifat tavsifidir.

Iqtisodiy ta’lim iqtisodiy tarbiyaning ahamiyatini yanada oshirib, uning samarasi

tadbirkorlik, resurslardan tejamli foydalanish, bank krediti bilan ishlash, pinhoniy
iqtisodiyotdan saqlanish va soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirish, uy xo‘jaligini
yuritishda hisob-kitob, yangiliklarga intilish va jamiyat iqtisodiy faoliyatidagi
ishtirokida namoyon bo‘ladi.


background image

577

Iqtisodiy bilimlarga egalik talabalar tomonidan iqtisodiy ishlab chiqarish jamiyat

hayotining asosiy yo‘nalishlaridan biri ekanligini chuqur anglanishiga imkon berish
bilan birga ularda mavjud moddiy va ma’naviy ashyolar, tabiiy boyliklardan tejab-
tergab foydalanish, ularni ko‘paytirish to‘g‘pisida g‘amxo‘rlik qilish, jamiyat
iqtisodiyotini rivojlantirish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etish hamda oila
xo‘jaligini oqilona yuritish borasidagi dastlabki ko‘nikma va malakalarga ega
bo‘lishlariga imkon beradi.

Iqtisodiy bilimlar yordamida iqtisodiy nazariyaning jami mohiyati, moddiy

boyliklar, uni ishlab chiqarish, almashish, taqsimot va iste’mol qilish, aniq hayotda
jamiyatning rivojlanishiga ta’sipi tushuniladi. Shaxsiy qobiliyat iqtisodiy faoliyatni
bajarishda iqtisodiy kompetensiyaga tayanadi. Iqtisodiy kompetensiya esa faoliyat
jarayonida takomillashib boradi.

Iqtisodiy kompetentlik – talabalarda iqtisodiy bilim, ko‘nikma va malakalarni

shakllantirish bilan birga, tejamkorlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik hamda
tadbirkorlikni shakllantiradi.

Iqtisodiy kompetentlikning shakllanishi haqida gapirar ekanmiz, bo‘lajak

raqobatbardosh mutaxassislarni kasbiy o‘qitish nafaqat umumkasbiy va ixtisoslik
modullar, balki asosan iqtisodiy modullarga (modullarga) asoslanishidan kelib
chiqamiz. Shuningdek, jamiyatning zamonaviy iqtisodiy rivojlanishini tahlil qila
olishi, o‘zining bilim va ko‘nikmalarini o‘zining mehnat faoliyatida qo‘llay olishi,
shuningdek korxona ishchilarining iqtisodiy madaniyatini shakllantirishga qodir va
tayyor bo‘lishi zarurdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi PQ-5847-son

“O‘zbekiston Recpublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash” to‘g‘ricidagi Qarori. https://lex.uz/docs/4545884

2.

Ilxomov B. Iqisodiy kompetentlik: mazmun-mohiyati, professional ta’lim

tizimi boshqaruv xodimlarining iqtisodliy faoliyatdagi kompetentligi. // Zamonaviy
ta’lim 2019 №9(82) -67 b.

3.

Belyaeva A.R. Integrativno-modulnaya pedagogicheskaya sistema nachalnogo

professionalnogo obrazovaniya / CRb, 1997. - 208 c.

4.

Vidyarin V.I. Ekonomicheskaya teoriya: ucheb. dlya vuz. - M.: INFPA-M.,

2003.-715 s.

5.

Jilkina E.A. K voprosu o pedagogicheskix usloviyax formirovaniya

proizvodstvenno - ekonomicheskoy kompetentnosti u studentov texnicheskix vuzov //
Sovp. texn. obrazovaniya: sb. nauch. tr. 4-y mejr. zaoch. nauch. - prakt. konf. -
Magnitogorsk: MaGU, 2005. - S.46 - 50

6.

Xudyakova N.L. Filosofiya i razvitie obrazovaniya: monograf./ - Chelyabinsk:

izd-vo II-UMS Obrazovanie, 2009. - 230 s

7.

Tojiboeva D. va boshq. Iqtisodiy pedagogika. - T.: Modul va texnologiya. –

2012. – 256 bet

8.

Xasanxonova N.I. Iqtisodiy tafakkurning tarkibiy qismlari uyg‘unligini

ta’minlash yo‘llari. Iqtisod va moliya / ekonomika i finansi 2014, 2.

Библиографические ссылки

0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi PQ-5847-son “0‘zbekiston Recpublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash” to‘g‘ricidagi Qarori. https://lex.uz/docs/4545884

Ilxomov B. Iqisodiy kompctcntlik: mazmun-mohiyati, professional ta’lim tizimi boshqan.iv xodimlarining iqtisodliy faoliyatdagi kompetentligi. // Zamonaviy ta’lim 2019 №9(82)-67 b.

Belyaeva A.R. Integrativno-modulnaya pedagogicheskaya sistema nachalnogo professionalnogo obrazovaniya / CRb, 1997. - 208 c.

Vidyarin V.I. Ekonomichcskaya tcoriya: uchcb. dlya vuz. - M.: INFPA-M., 2003.-715 s.

Jilkina E.A. К voprosu о pedagogicheskix usloviyax formirovaniya proizvodstvenno - ekonomicheskoy kompetentnosti u studentov texnicheskix vuzov // Sovp. texn. obrazovaniya: sb. nauch. tr. 4-y mejr. zaoch. nauch. - prakt. konf. -Magnitogorsk: MaGU, 2005. - S.46 50

Xudyakova N.L. Filosofiya i razvitic obrazovaniya: monograf./ - Chelyabinsk: izd-vo П-UMS Obrazovanic, 2009. - 230 s

Tojiboeva D. va boshq. Iqtisodiy pedagogika. - T.: Modul va texnologiya. -2012.-256 bet

Xasanxonova N.I. Iqtisodiy tafakkuming tarkibiy qismlari uyg’unligini ta’minlash yo‘llari. Iqtisod va moliya / ekonomika i finansi 2014, 2.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов