O‘ZBEKISTONDA MEHNAT MUHOFAZASI BO‘YICHA YETAKCHI XODIMLAR VA MUTAXASSISLARNING BILIMLARI SINOVINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI O‘TKAZISHNING HUQUQIY ASOSLARI

Аннотация

Maqolada bugungi kunda O‘zbekistonda ishlab chiqarish va
sonoatni raqamlashtirish, mehnatni muhofazasi sohasida rahbar hodimlar,
mutahasislarni o‘qistishning raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshirishning
huquqiy asoslari tahlil etilan. Raqamli iqtisodiyot va uning afzalliklari, mehnatni
muhofaza qilish sohasida raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zaruriyati va
ahamiyati hamda afzalliklari tahlil etilgan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
290-299
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Мурадов S. (2025). O‘ZBEKISTONDA MEHNAT MUHOFAZASI BO‘YICHA YETAKCHI XODIMLAR VA MUTAXASSISLARNING BILIMLARI SINOVINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI O‘TKAZISHNING HUQUQIY ASOSLARI. Цифровая экономика, 8(8), 290–299. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/digital-economy/article/view/111947
Сирожиддин Мурадов , Каршинского инженерно-экономического институт
Стажер-преподаватель
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada bugungi kunda O‘zbekistonda ishlab chiqarish va
sonoatni raqamlashtirish, mehnatni muhofazasi sohasida rahbar hodimlar,
mutahasislarni o‘qistishning raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshirishning
huquqiy asoslari tahlil etilan. Raqamli iqtisodiyot va uning afzalliklari, mehnatni
muhofaza qilish sohasida raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zaruriyati va
ahamiyati hamda afzalliklari tahlil etilgan.


background image

290

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

O‘ZBEKISTONDA MEHNAT MUHOFAZASI BO‘YICHA YETAKCHI

XODIMLAR VA MUTAXASSISLARNING BILIMLARI SINOVINI

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI O‘TKAZISHNING HUQUQIY

ASOSLARI

Muradov Sirojiddin Husan o‘g‘li

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti stajyor-o‘qituvchisi

sirojiddinmuradov0@gmail.com

Annotatsiya:

Maqolada bugungi kunda O‘zbekistonda ishlab chiqarish va

sonoatni raqamlashtirish, mehnatni muhofazasi sohasida rahbar hodimlar,
mutahasislarni o‘qistishning raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshirishning
huquqiy asoslari tahlil etilan. Raqamli iqtisodiyot va uning afzalliklari, mehnatni
muhofaza qilish sohasida raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zaruriyati va
ahamiyati hamda afzalliklari tahlil etilgan.

Kalit so‘zlar: raqamli iqtisodiyot, raqamlashtirish, mehnat muhofazasi,

xavfsizlik texnikasi, yo‘riqnoma, model, modul, raqamli platforma.

ПРАВОВЫЕ ОСНОВЫ ПРОВЕДЕНИЯ ОЦЕНКИ ЗНАНИЙ ВЕДУЩИХ

СОТРУДНИКОВ И СПЕЦИАЛИСТОВ ПО ОХРАНЕ ТРУДА В

УЗБЕКИСТАНЕ ЧЕРЕЗ ЦИФРОВЫЕ ТЕХНОЛОГИИ

Мурадов Сирожиддин Хусан угли

Стажер-преподаватель Каршинского инженерно-экономического института

sirojiddinmuradov0@gmail.com

Аннотация

:

В статье анализируются правовые основы цифровизации

производства и промышленности в Узбекистане сегодня, подготовка

руководителей и специалистов в области охраны труда с помощью цифровых

технологий. Анализируются цифровая экономика и ее преимущества,

необходимость и важность и преимущества применения цифровых технологий в

сфере охраны труда.

Ключевые

слова

:

цифровая экономика, цифровизация, охрана труда,

техника безопасности, методология, модель, модуль, цифровая платформа.


background image

291

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

THE LEGAL BASIS FOR ASSESSING THE KNOWLEDGE OF LEADING

EMPLOYEES AND SPECIALISTS IN LABOR PROTECTION IN

UZBEKISTAN THROUGH DIGITAL TECHNOLOGIES.

Muradov Sirojiddin

Intern-teacher of the Karshi Institute of Engineering and Economics

sirojiddinmuradov0@gmail.com


Abstract:

The article analyzes the legal basis of digitization of production and

industry in Uzbekistan today, training of managers and specialists in the field of labor
protection with the help of digital technologies. The digital economy and its
advantages, the necessity and importance and advantages of applying digital
technologies in the field of labor protection are analyzed.

Keywords: digital economy, digitization, labor protection, safety technique,

guideline, model, module, digital platform.

KIRISH

XXI asrning ikkinchi o‘n yilligida turli iqtisodiy adabiyotlarda

O‘zbekistonnning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga erishish hamda
makroiqtisodiy muvozanatini ta’minlashning muhim jihati raqamli iqtisodiyot tizimiga
o‘tish deb qayd etilmoqda [1]. O‘zbekiston yaqin kelajakda aholi turmush darajasini
tubdan yaxshilab, dunyoning rivojlangan 50 mamlakati qatoriga kirishni maqsad
qilgan. Bu boradagi islohotlar jahon hamjamiyati tomonidan ham ijobiy
baholanmoqda. Dunyodagi nufuzli nashrlardan biri - “Ekonomist” jurnali tomonidan
O‘zbekistonni 2019-yilda islohotlarni eng jadal amalga oshirgan davlat sifatida “Yil
mamlakati” deb e’tirof etildi. Mamlakatimiz “Xalqaro axborot kommunikatsiya
texnologiyalarini rivojlantirish indeksi” reytingida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilgan
bo‘lsada, umumiy reytingda hali ham juda ortda qolyapmiz [2].

Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunning 17-moddasida Mehnatni

muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish tartibi qo‘yidagicha ko‘rsatilgan:

“Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida mehnatni muhofaza

qilish bo‘yicha mutaxassislarning tayyorlanishi belgilangan tartibda ta’minlanadi.

Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari iqtisodiyotning turli

tarmoqlaridagi ishlab chiqarish hamda ijtimoiy soha xususiyatlari hisobga olingan
holda talabalar va o‘quvchilar tomonidan mehnatni muhofaza qilish kursi majburiy
o‘rganilishini tashkil etishi kerak.

Hozirda ishlab chiqarishda xodimlarga mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-

yo‘riqlar berish va ularni o‘qitish kurslari va yo‘riqnomlardan o‘tkazish tartibi oflayn,


background image

292

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

hechqanday innovotsiyon tizim yoki raqamli texnologiyalar orqali o‘tkazilmaydi. Bu
tizimni raqamlashtirish Respublika iqtisodiyotiga qanday ta’sir etishi, raqamlshtirish
uchun qanday huquqiy asoslar mavjudligini o‘rganish zarur.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Mamlakatimizda sanoat korxonalarida mehnat muhofazasini tashkil etish hamda

mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitish va xodimlar bilmini
sinovdan o‘tkazish masalalari Yuldoshev O‘.R., Yormatov G.Yo., Isamuxamedov
Yo.U., Zokirova N.Q., Abduraxmonov Q.X., Irmatova A.B. Yunusov B.X. kabi
olimlarning o‘quv va ilmiy adabiyotlarida o‘z aksini topgan [3].

MDH davlatlari korxonalarda mehnat muhofazasini raqamlashtirish masalalari

bo‘yicha Kovrigo O.V., Timofeev A.V., Ryabova V.Ye., Faynburg G.Z., Ivanov S.Yu.,
Kalagin I., Titov A., Shemelinin V., Porochkin D., Kuchumova G.V., Melyakova
O.A., Shabunin K. Sarev V., Vesnin Ye., Soloveva A., Venediktova A. ilmiy tadqiqot
ishlarini olib borishgan [4].

Raqamli iqtisodiyotning nazariy asoslari xorijlik olim va mutaxassislardan

M.A.Shneps-Shneppe, D.Ye. Namiot, P.Vinya, M.Keyn, N.Popper, Ye.Filippov, A.
Fork, L.V. Lapidus, D.Bell, M.Kastels, V.Desouza, D.Makkonaz, M.Linch, S.Dirikan,
S.Xalford, M.Savaj kabi xorijlik iqtisodchi olimlarning ilmiytadqiqotlarida atroflicha
yoritilgan. Jumladan, iqtisodchi olimlar M.A.Shneps-Shneppe va Namiot D.Ye.
o‘zining tadqiqotlarida qator Raqamli iqtisodiyot, telekommunikatsiya -
rivojlanishning asosiy bo‘g‘ini ekanligi va uning xususiyatlari to‘g‘risida
nazariyalarini tadqiq etib o‘tishgan. L.V. Lapidus o‘z tadqiqotlarida raqamli
texnologiyalar evolyusiyasi ta’siri ostida biznes modellarini o‘zgartirish nuqtai
nazaridan elektron biznes va elektron tijoratni boshqarish bo‘yicha nazariy qoidalar va
amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan [3].

O‘zbekistonlik olimlardan S.S.G‘ulomov, R.H.Ayupov, G.R.Boltaboeva,

T.Shodiev, T.Z. Teshabaev, Z.M. Otakuzieva, Sh.Mustafaqulov, R.S.Urunov,
M.Yu.Jumaniyozova, Z.M.Qurbonov, U.M.Asraevlar ishlarida raqamli
iqtisodiyotning nazariy asoslari bayon etilgan. Xususan, Sh.Mustafaqulov o‘zining
ilmiy izlanishlarida rivojlanishning yangi tendensiyalari va xususiyatlari atroflicha
yoritilgan [5].

METODOLOGIYA

Tadqiqot jarayonida qiyosiy tahlil, umumlashtirish, ekspert so‘rovi, raqamli

texnologiyalar modellari, platformalar va dasturiy vositalardan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, har bir yarim yilda informatsion

oqim ikki barobarga oshib bormoqda. Jadal sur’atlarda rivojlanish sharoitida


background image

293

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

raqamlashtirish zaruriyati yanada oshadi. Bu o‘z navbatida, juda ko‘p resurslarni talab
qiladi. Shu bois hozirdan raqamli iqtisodiyotga o‘tish muhim vazifaga aylandi.

Raqamli iqtisodiyotning o‘zi nima? Bu yangi texnologiyalar, platformalar va

biznes modellari yaratish va ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud
iqtisodiyotni yangicha tizimga ko‘chirishdir. Raqamli iqtisodiyot yordamida iqtisodiy,
ijtimoiy va madaniy aloqalarning raqamli texnologiyalarini qo‘llash asosida amalga
oshirish mumkin bo‘lgan tizimdir [2].

“Dastlab bu terminni amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte 1995-yilda

kiritgan bo‘lsa-da, u bugungi kunda barcha sohalarda keng qo‘llanilmoqda. Raqamli
iqtisodiyot insonlarsiz boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish orqali korrupsiyani
kamaytiradi, soliq tushumlarini “aqlli” shartnomalar tuzish orqali ko‘paytiradi, budjet
xarajatlarining “shaffof”ligini oshiradi, yagona elektron platforma orqali davlat
xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatini beradi” [3].

Raqamli iqtisodiyotning yangi konsepsiyasi inson faoliyati doirasidagi barcha

informatsiyalarni raqamlashtirish texnologiyalarini qo‘llab saqlash, ishlov berish va
uzatishning yagona tizimidir.

Iqtisodiyotni raqamlashtirish xalqaro mehnat taqsimotiga tobora qo‘shilib,

global iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omiliga aylanib bormoqda. Iqtisodiyotni
raqamlashtirish orqali ijodiy yondashib yangi iqtisodiyotni barpo etish imkoniyati
tug‘iladi. Iqtisodiyotni raqamlashtirish kelajakda real raqobatbardoshlikni uzoq
muddatga saqlab qolish imkoniyatidir.

“Iqtisodiyotni raqamlashtirish darajasi Informatsion-kommunikatsiya

texnologiyalarini rivojlanish indeksi, Iqtisodiyot va jamiyatni yevropacha
raqamlashtirish indeksi, Raqobatbardoshlikni xalqaro raqamlashtirish indeksi, Xalqaro
evolyutsiya indeksi, Iqtisodiyotn raqamlashtirish indeksi, Aloqa tayyorlik indeksi,
Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi, Elektron qatnashish indeksi, Global
qo‘shilish indeksi kabi bir nechta xalqaro indekslar yordamida aniqlanadi.
O‘zbekistonda Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika
kengashining tashkil etilishi ham bejiz emas. Bu reytinglar bir-biridan farqi
iqtisodiyotni raqamlashtirishda inobatga olinadigan mezonlardir. Qo‘yilgan maqsad va
vazifaga ko‘ra, korxona, tarmoq, hudud, milliy va global iqtisodiyot darajalari
tanlanadi” [4].

Reytingni aniqlash mezonlari bir-biridan tubdan farq qilmaydi. Indekslarni

hisoblash metodikasi esa deyarli bir xil. Shuning uchun bir mezonni “yaxshilash”,
masalan, aholini internet xizmati bilan qamrab olish darajasi barcha reyting
indekslarini hisoblashda bir xil ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Misol uchun, informatsion
kommunikatsiya texnologiyalari (IKT)ni rivojlantirish indeksini hisoblashda har 100
kishiga to‘g‘ri keladigan uy telefoni va uyali aloqa liniyalari, har bir internet
foydalanuvchisiga to‘g‘ri keladigan xalqaro kanallarga chiqish imkoniyati, xonadonlar


background image

294

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

kompyuter va internet bilan ta’minlanganlik, internetdan foydalanuvchilar va boshqa
jihatlar hisoblab chiqiladi. Bunday indeksni mamlakat miqyosida, hududlar darajasida
taqqoslash uchun ishlatish ham mumkin. Xulosa sifatida oladigan bo‘lsak, raqamli
iqtisodiyotni mamlakatimizning barcha sohalarida keng qo‘llash iqtisodiyotning jadal
sur’atlarda o‘sishini ta’minlab, pirovard natijada aholining turmush tarzini tubdan
yaxshilashga olib keladi.

1-jadval

Xodimning kasbiy faoliyaining turli bosqichlarida mehnatni muhofaza qilish

bo‘yicha o‘qitish va bilimlarni sinash uchun korporativ tizimning raqamli

modeli

1

6

Kasbiy faoliyat bosqichlari

Biznes jarayonlar

Doimiy

faoliyatdagi

komissiya qarori

Ishga qabul qilish jarayoni

Kirish yo‘riqnomasi

Ish joyidagi birlamchi
yo‘riqnoma

Mehnat muhofazasi va ishni
xavfsiz olib borish metodlari
hamda usullari bo‘yicha o‘qitish

Jarohatlanganda vrachgacha
birinchi yordam ko‘rsatish
metodlari bo‘yicha o‘qitish

Kasbiy

faoliyat

davridagi ish

jarayoni

Takrorlanuvchi

jarayonlar

Ish joyidagi qayta yo‘riqnoma
(reja bo‘yicha)

Bilimlarni davriy sinovdan
o‘tkazish

Rejadan tashqari yo‘riqnoma
(yangi texnologiya, yangi
texnikalar joriy etilganda, xodim
faoliyatida 60 kundan ortiq
uzilish bo‘lganda va baxtsiz
hodisalardan keyin)

Qo‘shimcha bir

martalik ishlar va

naryad

ruxsatnoma

bo‘yicha ishlar

Maqsadli yo‘riqnoma o‘tkazish

Ish joyidagi yo‘riqnoma

6

1

Dustkabilovich, Rakhimov Oktyabr. "Muradov Sirojiddin Husan ogli. Innovative Technologies in Teachingdirectors

and Specialists of Industrial Enterprises on."

Labor Protection"." European Journal of Life Safety and Stability

(2021):

80-85.


background image

295

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Boshqa ishga

o‘tkazish yoki
ushbu ish turi

bo‘yicha boshqa

bo‘limga

o‘tkazish

Mehnat muhofazasi va ishni
xavfsiz olib borish metodlari
hamda usullari bo‘yicha o‘qitish


Iqtisodiy taraqqiyotning bugungi bosqichida O‘zbekiston Respublikasida

raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, tizimga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab
chiqish, yangi texnologiyalarni joriy etish, kadrlarni tayyorlash va boshqa bir qancha
muhim yo‘nalishlarda keng qamrovli ishlarni bajarish, mamlakatimizda amalga
oshirilishi lozim bo‘lgan muhim ishlar doirasidagi birlamchi vazifalar qatoriga olib
chiqadi. Ta’kidlash joizki, keyingi yillarda O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirishga doir bir qancha me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilib, unda
mazkur tizimni taraqqiy ettirishga doir ko‘plab qilinishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab
berildi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi
O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish choratadbirlari
to‘g‘risidagi PQ-3832-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-
oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali
amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PK-6079-sonli qarorlariga binoan
respublikada raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, yaqin istiqbolda barcha tarmoq
va sohalarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish
bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilganligini ko‘rsatib
o‘tish mumkin [5].

Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunning 17-moddasida Mehnatni

muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish tartibi qo‘yidagicha ko‘rsatilgan:

“Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida mehnatni muhofaza

qilish bo‘yicha mutaxassislarning tayyorlanishi belgilangan tartibda ta’minlanadi.

Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari iqtisodiyotning turli

tarmoqlaridagi ishlab chiqarish hamda ijtimoiy soha xususiyatlari hisobga olingan
holda talabalar va o‘quvchilar tomonidan mehnatni muhofaza qilish kursi majburiy
o‘rganilishini tashkil etishi kerak.

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda ish beruvchilar mehnatni

muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislar qayta tayyorlanishini va ularning malakasi
oshirilishini ta’minlaydi.

Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning

malakasini oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi” [9].


background image

296

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Shuningdek ushbu qonunning 25-moddasida “Xodimlarga mehnatni muhofaza

qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berish va ularni o‘qitish” tartibi ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu
moddada ish beruvchi barcha yangi ishga kirayotgan, shuningdek boshqa ishga
o‘tkazilayotgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar
berishi, ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va usullarini hamda baxtsiz hodisalardan
jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishga o‘qitishni tashkil etishi shartligi ko‘rsatilib,
“Xavfliligi yuqori bo‘lgan ishlab chiqarishga ishga kirayotgan yoki kasbiy tanlov talab
etiladigan ishga kirayotgan xodimlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va
usullariga dastlabki tarzda tayyorlash, kasb bo‘yicha imtihonlar topshirgan holda bir
oy mobaynida stajirovka va so‘ngra mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha
davriy attestatsiya o‘tkaziladi” – deb ta’kidlangan [10].

Tashkilotlarning xodimlari, shu jumladan rahbarlari o‘z kasblari va ish turlari

uchun mehnatni muhofaza qilishning davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat
organlari tomonidan belgilangan tartibda hamda muddatlarda mehnatni muhofaza
qilish masalalari bo‘yicha o‘quvdan o‘tishi, yo‘l-yo‘riqlar olishi, bilimlari tekshirilishi
va attestatsiyadan o‘tishi kerak.

Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan tartibda o‘quvdan o‘tmagan,

yo‘l-yo‘riqlar olmagan va bilimlari tekshirilmagan shaxslarni ishga qo‘yish
taqiqlanadi.

Yuqoridagilardan xulosalash mumkinki, xodimlarni mehnat muhofazasi va

xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitish va ularning bilimini belgilangan tartibda
sinovdan o‘tkazish ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarni oldini olishga qaratilgan
tadbirlarning eng muhimi hisoblanadi, bu esa dissertatsiya mavzusining dolzarbligini
ifodalaydi.

Mehnat muhofazasini boshqarish, jumladan xodimlarni mehnat muhofazasi va

xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitish va bilimlarini sinovdan o‘tkazishni
raqamlashtirish O‘zbeksitonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy bitta
bo‘g‘ini hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish O‘zbekiston uchun, uning
dunyo miqyosidagi raqobatbardoshligini belgilab beradigan muhim, strategik
ahamiyatga ega vazifa bo‘lib, bu davlatimizga ushbu sohani rivojlantirish uchun zarur
bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratib berish, bu jarayonni rag‘batlantirish zarurligini
ko‘zda tutadi. O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun imkoniyatlar,
shart-sharoitlar yetarlicha, biroq rivojlanish bosqichi juda sekin bormoqda. Bunga
sabab bo‘layotgan bir qancha omillar mavjud bo‘lib, ularning eng asosiylari internet
tezligi va sifatining pastligi, ko‘plab sohalarda monopoliyalarning mavjudligi, axborot
texnologiyalari sohasidagi qonunchilikning zamondan ortda qolganligi, kompyuter
savodxonligi darajasining pastligi, axborot texnologiyalari mutaxassislarining
yetishmasligi, axborot texnologiyalari xavfsizligining yetarli darajada emasligidir [6].


background image

297

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

1-rasm. Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni

modellashtirish

2

7

Mehnatni muhofaza qilish zamonaviy ishlab chiqarish tarkibining bir uzluksiz

qismi bo‘lib, hozirgi Yangi O‘zbekiston sharoitida ishchi-xodimlarning sog‘ligini va
ish qobiliyatini muhofaza qilish eng ustuvor vazifalardan biri bo‘lib kelmoqda.
“O‘zbekiston Respublikasining Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni va
“O‘zbekiston Respublikasining mehnat kodeksi”ni yangi tahrirda qayta qabul
qilinganligi fikrimiz isbotidir. Shuningdek menejmentning integratsiyalashgan
tizimiga ham talablar o‘zgarmoqda, unga xalqaro standartlarni tabiq etgan holda
boshqaruvning zamonaviy metodlari, ya’ni boshqarishda raqamli texnologiyalardan
keng foydalanish talablarini qo‘ymoqda.

“Raqamli” davlatlar – ya’ni raqamli iqtisodiyot yuksak rivojlangan davlatlar

bugungi kunda Norvegiya, Shvetsiya va Shvetsariya hisoblanadi. AQSh, Buyuk
Britaniya, Daniya, Finlandiya, Singapur, Janubiy Koreya hamda Gongkong raqamli
iqtisodiyot rivojlangan davlatlar 10 taligiga kiradi. Ushbu davlatlar tajribasini o‘rganib
chiqish va bular asosida harakatlanish ko‘zlangan maqsadga tezroq erishishga yordam
beradi [7,8].

XULOSA

O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga doir bir qancha me’yoriy-

huquqiy hujjatlar ishlab chiqilib, unda mazkur tizimni taraqqiy ettirishga doir ko‘plab
qilinishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab berildi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi

2

7

Muallif tamonidan yaratilgan


background image

298

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risidagi PQ-3832-sonli, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini
tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PK-6079-
sonli qarorlariga binoan respublikada raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, yaqin
istiqbolda barcha tarmoq va sohalarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish
rejalashtirilganligini ko‘rsatib o‘tish mumkin.

Mehnat muhofazasini raqamlashtirish deganda xavflarni ish jarayonida sezish va

aniqlashda sun’iy intellektlardan foydalanish, mehnat muhofazasi va xavfsizlik
texnikasi bo‘yicha o‘qitishda VR –texnologiyalardan foydalanish tushuniladi. Lekin,
mehnat muhofazasini tashkil etish va boshqarish tizimidagi asosiy va yuqori mehnat
sarfiga ega jarayonlardan biri bu hujjat aylanish jarayoni hisoblanadi [11].

Shu sababli ushbu jarayonni elektron hujjat aylanish tizmiga o‘tkazish eng

zamon talabi darajasidagi masala hisoblanadi va bu mehnat xavfsizligi madaniyatini
oshiradi. Mehnat muhofazasida hujjatlar aylanishini raqamlashtirish qo‘yidagi ijobiy
natijalarga olib keladi [12]:

1.

Material xarajatlar kamayadi;

2.

Vaqt tejaladi;

3.

Ma’lumotlar elektron bazasini ishonchliligi;

4.

Korxona va kompaniya rahbarlari mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi

holatini doimiy nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi;

5.

Mehnat muhofazasiga oid, jumladan xodimlarni yo‘riqnomadan va

bilimlarni sinovdan o‘tkazish ishlarida soxta hujjatlashtirish, odingi sanalar bilan
rasmiylashtirish kabi qonunbuzarliklarga chek qo‘yiladi;

6.

Ishchi-xodimlarni huqulari to‘liq himoya etiladi;

7.

Korxonada mehnatni muhofaza qilishni tashkil etish bo‘yicha hisobotlarni

shaffofligi ta’minlanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Тимофеев С. С., Тимофеева С. С. Цифровое будущее охраны труда // XXI

век. Техносферная безопасность. 2022. Т. 7. № 1. С. 51

–62.

https://doi.org/10.21285/2500-1582-2022-1-51-62

.

2.

Цифровая

трансформация

охраны

труда

.

URL:

https://journal.эcostandard.ru/ot/tech/tsifrovaya

-transformatsiya-okhrany-truda/

3.

Цифровизация

важнейший тренд в сфере охраны труда

.

URL:https://www.trudcontrol.ru/press/publications/30216/cifrovizaciya-
vazhneyshiy-trend-v-sfere-ohrani-truda


background image

299

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 8-SON

WWW.INFOCOM.UZ

4. Rakhimov Oktyabr Dustkabilovich; Muradov Sirojiddin Husan o‘g‘li.

Innovative Technologies in Teachingdirectors and Specialists of Industrial Enterprises
on "Labor Protection"// European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630),
2021/12/29. 80-85.

5. O.D. Rakhimov, Muradov S.H. Digitalization of Instructions on Labor

Protection and Safety Techniques. // European journal of life safety and stability

(EJLSS). 2022. №24. Р.80

-86.

6.

Тимофеев С. С., Тимофеева С. С. Цифровое будущее охраны труда // XXI

век. Техносферная безопасность. 2022. Т. 7. № 1. С. 51

–62.

https://doi.org/10.21285/2500-1582-2022-1-51-62.

7. Muradov Sirojiddin Husan o‘g‘li, Xakimov Xurshid Hamidulla o‘g‘li, &

Siddiqova Madinabonu Asatilla qizi. (2021). NEW INNOVATIVE NGINEERING
SOLUTIONS TO THE PROBLEMS OF SIGNALIZATION AND SECURITY
SYSTEMS. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 2, 28-30.
Retrieved from http://www.ejlss.indexedresearch.org/index.php/ejlss/article/view/13

8. Rayimkulov A., Murodov S. Some Issues of Safety in the Use of Tower

Cranes Used in Construction Projects //JournalNX. –

С. 301

-308.

9.

СИРОЖИДДИН М. НЕКОТОРЫЕ АСПЕКТЫ БЕЗОПАСНОСТИ

ПРИМЕНЕНИЯ ГРУЗОПОДЪЕМНЫХ КРАНОВ В СТРОИТЕЛЬНО

-

МОНТАЖНЫХ РАБОТАХ //International journal of advanced research in education,

technology and management. – 2024. –

Т. 3.

№. 2.

С. 167

-177.

10.

Muradov S. CONSTRUCTION-INSTALLATION ISHLARIDA

KUTARAMA KRANLARDAN USE FUNDAMENTAL SECURITY OF SUPPLY
//Modern Science and Research. – 2024. –

Т. 3.

№. 2.

С. 786

-792.

11. Muradov, S. (2024). ASSESSMENT OF THE CHEMICAL SITUATION

IN AN ACCIDENT IN FACILITIES USING KTZM. MODERN SCIENCE AND
RESEARCH, 3(2), 1142–1152. https://doi.org/10.5281/zenodo.10701651

12. Muradov S., Usmonov H. MEHNATNI MUHOFAZA QILISHNING

RIVOJLANISH TARIXIY BOSQICHLARINI O ‘RGANISH //Interpretation and
researches. – 2024.

Библиографические ссылки

Тимофеев С. С., Тимофеева С. С. Цифровое будущее охраны труда // XXI

век. Техносферная безопасность. 2022. Т. 7. № 1. С. 51–62.

https://doi.org/10.21285/2500-1582-2022-1-51-62.

Цифровая трансформация охраны труда.

URL:https://journal.эcostandard.ru/ot/tech/tsifrovaya-transformatsiya-okhrany-truda/

Цифровизация — важнейший тренд в сфере охраны труда.

URL:https://www.trudcontrol.ru/press/publications/30216/cifrovizaciyavazhneyshiy-trend-v-sfere-ohrani-truda

Rakhimov Oktyabr Dustkabilovich; Muradov Sirojiddin Husan o‘g‘li.

Innovative Technologies in Teachingdirectors and Specialists of Industrial Enterprises

on "Labor Protection"// European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630),

/12/29. 80-85.

O.D. Rakhimov, Muradov S.H. Digitalization of Instructions on Labor

Protection and Safety Techniques. // European journal of life safety and stability

(EJLSS). 2022. №24. Р.80-86.

Тимофеев С. С., Тимофеева С. С. Цифровое будущее охраны труда // XXI

век. Техносферная безопасность. 2022. Т. 7. № 1. С. 51–62.

https://doi.org/10.21285/2500-1582-2022-1-51-62.

Muradov Sirojiddin Husan o‘g‘li, Xakimov Xurshid Hamidulla o‘g‘li, &

Siddiqova Madinabonu Asatilla qizi. (2021). NEW INNOVATIVE NGINEERING

SOLUTIONS TO THE PROBLEMS OF SIGNALIZATION AND SECURITY

SYSTEMS. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 2, 28-30.

Retrieved from http://www.ejlss.indexedresearch.org/index.php/ejlss/article/view/13

Rayimkulov A., Murodov S. Some Issues of Safety in the Use of Tower

Cranes Used in Construction Projects //JournalNX. – С. 301-308.

СИРОЖИДДИН М. НЕКОТОРЫЕ АСПЕКТЫ БЕЗОПАСНОСТИ

ПРИМЕНЕНИЯ ГРУЗОПОДЪЕМНЫХ КРАНОВ В СТРОИТЕЛЬНОМОНТАЖНЫХ РАБОТАХ //International journal of advanced research in education,

technology and management. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 167-177.

Muradov S. CONSTRUCTION-INSTALLATION ISHLARIDA

KUTARAMA KRANLARDAN USE FUNDAMENTAL SECURITY OF SUPPLY

//Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 786-792.

Muradov, S. (2024). ASSESSMENT OF THE CHEMICAL SITUATION

IN AN ACCIDENT IN FACILITIES USING KTZM. MODERN SCIENCE AND

RESEARCH, 3(2), 1142–1152. https://doi.org/10.5281/zenodo.10701651

Muradov S., Usmonov H. MEHNATNI MUHOFAZA QILISHNING

RIVOJLANISH TARIXIY BOSQICHLARINI O ‘RGANISH //Interpretation and

researches. – 2024.