Maktab darslaridagi o‘tkir hoshimov asarlarini interfaol metodlar yordamida o‘qitish

CC BY f
336-340
312
134
Поделиться
Норбеков, Г. (2022). Maktab darslaridagi o‘tkir hoshimov asarlarini interfaol metodlar yordamida o‘qitish. Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации, 1(1), 336–340. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5629
Голиб Норбеков, Nukus davlat pedagogika instituti

O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2- kurs magistranti

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ta’lim jarayonida ijodkor hayoti va ijodini o‘qitishda adabiyjarayonlarni badiiy asarda aks etgan konsepsiyasini his qilish. O‘.Hoshimov ijodidagi umuminsoniy tuyg‘ularni bugungi zamonaviy yondashuvlar va ta’lim metodlari orqali “milliy dastur”da ko‘zda tutilgan talablar orqali o‘quvchilarda yetkazish.

Похожие статьи


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

336

MAKTAB DARSLARIDAGI O‘TKIR HOSHIMOV ASARLARINI

INTERFAOL METODLAR YORDAMIDA O‘QITISH

Norbekov G‘olib Mashrab o‘g‘li –

Nukus DPI O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-

kurs magistranti

E-mail: golibnorbekov4@gmail.com

Annotatsiya:

Ta’lim jarayonida ijodkor hayoti va ijodini o‘qitishda adabiy-

jarayonlarni badiiy asarda aks etgan konsepsiyasini his qilish. O‘.Hoshimov
ijodidagi umuminsoniy tuyg‘ularni bugungi zamonaviy yondashuvlar va ta’lim
metodlari orqali “milliy dastur”da ko‘zda tutilgan talablar orqali o‘quvchilarda
yetkazish.

Kalit so‘zlar:

Adabiyotning nazariy asoslari,umuminsoniy konsepsiya, interfaol

yondashuvlar, usul va uslub, badiiy detal, yozuvchi dunyoqarashi, “Klaster”, “Qora
quti ” usuli, “4x8x4x8” usuli, “Meni hajonga soldi” usuli, “Qanday” organizatori
va boshqalar.


O‘zbek adabiyotini darslarida o‘quvchining kitobxonlik darajasi, o‘qilgan asarni

tushunishning chuqurligi aniqlanadi. O‘zbekcha nutqning rivojlanish darajasi
belgilanadi. O‘zbek adabiyoti darslarida adabiy asarlarni o‘rganishdan maqsad
o‘zbekning ruhiyatini anglatish orqali o‘quvchining ma’naviy dunyosini boyitishdan
iboratdir. Buning uchun o‘quvchi o‘zga adabiyotning nazariy asoslari bilan ma’lum
darajada tanish bo‘lishi talab etiladi. Qolaversa, nazariy tushunchalarni bilgan
o‘quvchi badiiy hodisani tahlil qilganda, asar haqida gapirganda fikrini asosli
ifodalay oladi. Zero, “Uzluksiz adabiy ta’lim konsepsiyasida quyidagicha
ta’kidlanadi: “Ayni vaqtda o‘smirga ezgu ma’naviyat fazilatlari, go‘zal insoniy
amallar bevosita ko‘rsatlilsa va tarbiyalanuvchiga majburan tiqishtirilmay, ruhiyatiga
tabiiy ravishda, zo‘rliksiz singdirilsa, bola ma’naviyatining ajralmas sifatiga aylanadi.
O‘zaro muomala, munosabat deb atalmish qiyin bir mexanizmning amalga oshirilishi
o‘sha munosabatlarning ijobiy yoki salbiyligiga bog‘liq” [1.10-b]. Ayni vaqtda badiiy
asar o‘rganish adabiy-nazariy tushunchalarni o‘zlashtirish uchun emas, balki adabiy-
nazariy tushunchalarni o‘rganish badiiy asarlarni to‘laroq anglash uchun kerakligi
hamisha diqqat markazida bo‘lishi lozim. Shu o‘rinda fikrimizni dalillash uchun
maqolamiz mavzusini “Maktab darslaridagi O‘tkir Hoshimov asarlarini interfaol
metodlar yordamida o‘qitish” deb belgiladik va bugungi ta’lim tizmidagi erishilgan
yutuqlardan kelib chiqqan holda “milliy dastur” talablarini hisobga olib o‘qitishning
zamonaviy usullari bo‘yicha yondashdik.

Ta’lim jarayonida O‘tkir Hoshimov hayoti va ijodini o‘rgatib, o‘sib kelayotgan

yosh avlodni tarbiyalashda adib asarlaridan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Bu
asarlarni o‘qigan o‘quvchida tabiiy ravishda onaga, vatanga, yor-u do‘stga nisbatan
chiksiz mehr-muhabbat, urush, jaholat kabi salbiy illatlarga nisbatan nafrat tuyg‘usi
shakillanadi. Demak, bemalol aytish joizki, ta’lim jarayonida O‘tkir Hoshimov
ijodini o‘rgatish, komil inson tarbiyasida tayanch nuqta vazifasini bajara oladi.
Bunday asarlarni topish, ularni maktab, akademik litsey o‘quv dasturiga kiritish har
jihatdan foydalidir. Shu o‘rinda bir savol tug‘ilishi mumkin. Xo‘sh, ularni o‘quvchiga
yetkazish, asarning mazmun-mohiyatiga ularni oshno qilish uchun nima qilish kerak?


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

337

Umumta’lim maktablarining beshinchi sinflari uchun mo‘ljallangan dastur va

darsligida O‘tkir Hoshimov hayoti va ijodini o‘rganish quyidagicha ifoda etilgan: 1)
O‘.Hoshimovning hayoti va ijodi. “Dunyoning ishlari” qissasi. “Alla”, “Gilam
paypoq”, hikoyalari (1 soat); 2) “Iltijo”, “Qarz” hikoyalarini o‘qish, tahlil qilish
(1soat) 3) “Oq marmar, qora marmar” hikoyasi. Hikoyalar tahlili (1 soat) 4) Nazorat
ishi. Tassurot yozish: “Ona-buyuk inson”, “Mening onam hammadan yaxshi”. Jami 4
soat ajratilgan [3. 3-b].

Har qanday asarni o‘qitishda uni yaratgan ijodkor hayoti va ijodiga albatta

to‘xtalib o‘tish kerak, chunki bu orqali ijodkor bilan o‘quvchini tanishtirish bilan
birga yozuvchi mudaosi maqsadlari va orzu-armonlari to‘g‘risida ham ma’lumotga
ega bo‘lib boradi. Bunda o‘quvchilarga adibning hayot yo‘li, yozgan asarlari hamda
yozuvchi hayoti va ijodini muhim jihatlarini yoritishda adibga zamondosh bo‘lgan
munaqiblarning adib haqida aytgan fikrlarini keltirish mumkin. Bunda “Klaster”
usuldan foydalanish maqul.

O‘tkir Hoshimovning yaratgan asarlari

Romanlar

Qissalari

Hikoyalari

Drammalari

?

?

?

?

?

?

?

?

?

?

?

?


Toshiriqlarni berishda o‘quvchilarni yoshi va o‘quvchilarning bilim darajasini

ham hisobga olish zarur. Aks holda darsda kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi. Quyi
sinflarda, masalan, beshinchi va oltinchi sinflarda quydagi usullarni tavsiya etgan
bo‘lardik:

“Qora quti” usuli.

Ushbu usul yordamida quyidagi harakatlar tashkil etiladi:

O‘quvchilar juftlikka birikadilar va ularga adib O‘tkir Hoshimov hayoti haqida

ma’lumot bеruvchi tushunchalarni kartochkalarga qayd etish vazifasi yuklanadi.
O‘qituvchi topshiriqni tеkshiradi, uni to‘g‘ri bajargan juftlikning bir a’zosi o‘qituvchi
vazifasini bajaradi. Navbatdagi bosqichda o‘quvchilardan adib tamonidan yaratilgan
oltita asarning nomini kartochkalarga yozish so‘raladi. Topshiriqni o‘qituvchi qilib
bеlgilangan “o‘quvchi” ustozi yordamida tеkshiradi va yozuv taxtasiga quyidagi
atamalarni yozadi: “Bahor qaytmaydi”, “Ikki eshik orasi”, “Nur borki soya bor”,
“Tushda kеchgan umrlar”, “Dunyoning ishlari”, “Urushning so‘ngi qurboni”.
O‘qituvchi rolini bajarayotgan o‘quvchi tеngdoshlaridan ushbu so‘zlar nimalarni
anglatishini so‘raydi.

“4x8x4x8” usuli.

Sinf oquvchilari 4 nafardan bo‘lib 8 ta guruhga bo‘linadilar.

Mavzuning umumiy matni 8 qismga bo‘linib, har bir qism har bir guruhga bеriladi va
guruhlarga matnni o‘rganib chiqish vazifasi topshiriladi.

Guruhlarga quyidagi dars matnining quyidagi qismlari tavsiya etiladi.
1-guruhga O‘.Hoshimovning hayoti va faoliyatiga oid qismi.
2-guruhga Asarning “Oq, oydin kеchalar” nomli bandi.
3-guruhga Asarning “ Tush” nomli bandi.
4-guruhga Asarning “Gilam paypoq” nomli bandining 1-yarmi.
5-guruhga Asarning “Gilam paypoq” nomli bandining 2-yarmi.


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

338

6-guruhga Asarning “Alla” nomli bandining 1-yarmi.
7-guruh Asarning “Alla nomli bandini 2-yarmini.
8-guruh Asarning “Iltijo” nomli bandini
Matn guruhlar nomidan o‘rganilgandan so‘ng, guruhlar qayta tashkil etiladi.

So‘ng har bir o‘quvchi o‘zi o‘zlashtirgan malumotlarni qolgan o‘quvchilarga hikoya
qilib bеradi. Shu tarzda mavzu matn o‘quvchilar tamonidan o‘zlashtiriladi.

Savol-javoblar asosida suhbat tashkil etish. O‘quvchilarga quyidagi savollar

bеriladi.

1. O‘tkir Hoshimov hayoti haqida nimalarni bilasiz?
2. Adib tamonidan qanday asarlar yaratilgan?
3. “ Dunyoning ishlari” qanday janrda yozilgan asar sanaladi?
4. Ushbu asarning asosiy qahramonlari kimlar?
5. Asarda onalarga hos bo‘lgan qanday fazilatlar ifoda etiladi?
6. Asar bilan tanishish natijasida qanday taassurotlarga ega bo‘ldingiz?
Bu usullar o‘quvchilarni berilgan mavzuni yaxshi o‘zlashtirish bilan birga ularda

matnlarni mantiqiy o‘z o‘rniga joylashtirishni ham o‘rganadilar.

Matn guruhlar nomidan o‘rganilgandan so‘ng, guruhlar qayta tashkil etiladi.

So‘ng har bir o‘quvchi o‘zi o‘zlashtirgan malumotlarni qolgan o‘quvchilarga hikoya
qilib bеradi. Shu tarzda mavzu matn o‘quvchilar tamonidan o‘zlashtiriladi.

Savol-javoblar asosida suhbat tashkil etish. O‘quvchilarga quyidagi savollar

bеriladi.

1. O‘tkir Hoshimov hayoti haqida nimalarni bilasiz?
2. Adib tamonidan qanday asarlar yaratilgan?
3. “ Dunyoning ishlari” qanday janrda yozilgan asar sanaladi?
4. Ushbu asarning asosiy qahramonlari kimlar?
5. Asarda onalarga xos bo‘lgan qanday fazilatlar ifoda etiladi?
6. Asar bilan tanishish natijasida qanday taassurotlarga ega bo‘ldingiz?
O‘quvchilarda yuksak insoniy tuyg‘ularni shakllantirishda badiiy asarlar tahlili

va talqinidan foydalanish, o‘quvchilar faolligini ta’minlashga, o‘quvchi shaxsini,
unga xos ma’naviy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi ilg‘or metod va
usullarni qo‘llash ham yuqori samara beradi.

Yuqori sinflar uchun ko‘proq mantiqqa asoslangan va hayotga bog‘lanadigan

usul va metodlarni qo‘llagan maqul. Biz bu borada quydagi usullarni tavsiya qilamiz.

“Qanday» organayzerini to‘ldiring”







“Daftar hoshiyasidagi bitiklar”da yozuvchining hayotiy falsafiy qarashlarining

ifodalanishi

Qanday?

Qanday?

Qanday?

Qanday?

Qanday?


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

339

O‘quvchilarni faollashtirish uchun va darsda o‘quvchilar diqqatini qaratish

uchun quydagi savollardan foydalanish mumkin:

1. Hayot haqiqatini badiiy haqiqatga aylantirishda yozuvchining mahorati

nimalarda ko‘rinadi?

2. Yozuvchi g‘oyasini ochishda badiiy detalning o‘rni qanday?
3. Yozuvchi Ona siymosini qaysi asarlarida aks ettirgan?
4. “Dunyoning ishlari” qissasining yozuvchi ijodiy faoliyatini o‘rganishdagi

ahamiyati nimada?

5. Yozuvchi dramalarining ijtimoiy ahamiyati nimalar bilan belgilanadi?
6.“Quyosh tarozisi” hikoyasining badiiy-estetik ta’siri nimalar bilan o‘lchanadi?
“Meni hajayonga soldi....”

usuli orqali romanda o‘quvchilarni ha jayonga solgan

jihatlar haqida suhbat qurish mumkin. Bu usul orqali o‘quvchilarning roman bilan
tanishish jarayonida ularni hayajonga solgan o‘rinlar, asar qahramonlarining xatti-
harakatlari, jumlalar haqida bahs yuritiladi. Har bir o‘quvchining shaxsiy xulosasi
sinf taxtasiga yozib boriladi. Masalan, birinchi o‘qituvchining o‘zi uni hayajonga
solingan o‘rinni aytib berishi va misol tariqasida o‘quvchilarga ko‘rsatishi mumkin.
O‘qituvchi: “Meni hayajonga soldi”.

Oqsoqol Robiyaning juda och ekanligini bilib

qoladi va o‘zining eng qadrli narsasini sotib bo‘lsa-da, uning qornini to‘ydirish uchun
non olib kelganligi meni hayajonga soldi. Sodda dehqon oqsoqolning ushbu xatti-
harakati uning naqadar mehribon, jonkuyar oliyjanob inson ekanligidan darak beradi.
Shuningdek, urush davrining eng qiyin davrlarida ham o‘zbek xalqining
insonparvarlik, odamiylik kabi fazilatlarni yo‘qotib qo‘ymaganligi meni hayajonga
soldi.

O‘quvchi: Meni Husan Duma va Qora ammaning bag‘rikengligi hayajonga

soldi. Qishloqlariga kelgan ustoz va uning qizini ochiq yuz bilan kutib olganligi,
uyining to‘ridan joy berganligi ularning naqadar mehribonligi, bag‘rikeng va
jonkuyar inson ekanligidan darak beradi.

O‘quvchi: Meni Robiyaning juda mehnatkashligi va vafodorligi

hayajonga soldi.

Uning butun kun davomida traktor haydashi, og‘ir mehnat qila turib ham uyga kelib
yana kir yuvishi, o‘ziga qarashga vaqt topishi, shuncha mehnat qilishiga qaramasdan,
jondan ortiq insoni uchun kashta tikishga ham vaqt ajratganligi meni hayajonga soldi.
Xuddi shunday o‘quvchilarning har biri asarni mutolaa qilish orqali o‘zlarini
hayajonga solgan o‘rinlar, qahramonlarning hech kimnikiga o‘xshamaydigan
fazilatlari haqida fikr bildirib, o‘z xulosalarini aytib o‘tadilar. Har bir xulosa sinf
taxtasiga yozib boriladiva shu tarzda davom ettiriladi...

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bugungi badiiy adabiyot namunalarini shunchaki

o‘quvchini tanishtirish emas, balki undagi umuminsoniy g‘oyalarni zamonaviy
yondashuvlar asosida o‘qitish bugungi pedagoglar oldidagi dolzarb masalalardan
biridir.

Adabiyotlar:

1. Uzluksiz adabiy ta’lim konsepsiyasi. –T.: O‘zbekiston PFITI, 2017-yil. 10-b
2. Boqijon To‘qliyev Adabiyot o‘qitish metodikasi – T.: Alisher Navoiy

nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010.

3. Ahmedov S. va boshqalar. Adabiyot (5-sinf uchun darslik). – T.: Sharq, 2020.


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

340

4. Ahmedov va b. Adabiyot (6-sinf uchun darslik). – T.: Sharq, 2017.
5. Adabiyot. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinflar uchun darslik. –T.,

2017.

6. Yusupova, G. A., Khudayorova, M. T., Buranova, S. M., Atiyazov, S. J., &

Allanazarova, A. (2021). Formation of linguistic competencies in the uzbek language
in future teachers. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research
Journal, 11(5), 335-341.

7. Samad o’g’li, R. S., & Kamoliddin o’g’li, I. N. (2021, October). Reforms in

Education. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 138-140).

8. www.ziyouz.com
9. www. literature.uz
10. www.lex.uz

Библиографические ссылки

Uzluksiz adabiy ta’lim konsepsiyasi. –T.: O‘zbekiston PFITI, 2017-yil. 10-b

Boqijon To‘qliyev Adabiyot o‘qitish metodikasi – T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010.

Ahmedov S. va boshqalar. Adabiyot (5-sinf uchun darslik). – T.: Sharq, 2020.

Ahmedov va b. Adabiyot (6-sinf uchun darslik). – T.: Sharq, 2017.

Adabiyot. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinflar uchun darslik. –T., 2017.

Yusupova, G. A., Khudayorova, M. T., Buranova, S. M., Atiyazov, S. J., & Allanazarova, A. (2021). Formation of linguistic competencies in the uzbek language in future teachers. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 335-341.

Samad o’g’li, R. S., & Kamoliddin o’g’li, I. N. (2021, October). Reforms in Education. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 138 140).

www.ziyouz.com

www. literature.uz

www.lex.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов