Alisher navoiy ijodini o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalarining o‘rni

49
39
Ulashish
Zamonova, F. . (2022). Alisher navoiy ijodini o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalarining o‘rni. Globallashuv Davrida Tilshunoslik Va Adabiyotshunoslik Taraqqiyoti Hamda ta’lim Texnologiyalari, 1(1), 345–347. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5631
Farida Zamonova, Nukus davlat pedagogika instituti

2-kurs magistranti 

0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada Alisher Navoiy g‘azallarini o‘rganishning ahamiyati, o‘quvchilar uchun ijobiy tomonlari haqida gap boradi. Navoiy g‘azallarini o‘rgatishda zamonaviy axborot texnologiyalarining o‘rni asoslab berilgan

Похожие статьи


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

345

ALISHER NAVOIY IJODINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY AXBOROT

TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI

Zamonova Farida O‘rol qizi

– Nukus davlat pedagogika instituti 2-kurs magistranti

Annostatsiya:

Ushbu maqolada Alisher Navoiy g‘azallarini o‘rganishning

ahamiyati, o‘quvchilar uchun ijobiy tomonlari haqida gap boradi. Navoiy g‘azallarini
o‘rgatishda zamonaviy axborot texnologiyalarining o‘rni asoslab berilgan.

Kalit so‘zlar:

Navoiy asarlari, zamonaviy axborot texnologiyalari, interfaol

metodlar, “karaoke” usuli, elektron lug‘at, multimedia, ovozli roliklar.

Аннотация:

В данной статье рассматривается важность изучения

стихов Алишера Навои, положительные стороны для школьников. Обоснована
роль современных информационных технологий в обучении навоийским газелям.

Ключевые слова:

творчество Навои, современные информационные

технологии, интерактивные методы, метод «караоке», электронный словарь,
мультимедиа, аудиоролики.

Annotation:

This article discusses the importance of studying the poems of

Alisher Navoi, the positive aspects for schoolchildren. The role of modern
information technologies in teaching Navoi gazelles is substantiated.

Key words:

Navoi’s creativity, modern information technologies, interactive

methods, "karaoke" method, electronic dictionary, multimedia, audio clips.


Mamlakatimiz ta’lim tizimida yuksak ma’naviyatli barka mol avlodni

tarbiyalash, o‘quvchilarning nutq va tafakkurini rivojlantirish, dunyoqarashlarini,
ilmiy qarashlarini rivojlantirishda Navoiy asarlari katta ahamiyatga ega. Zero
davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta’kidlab o‘tganidek, “Ta’lim
va tarbiya, ilm-fan sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at, sportni rivojlantirish
masalalari, yoshlarimizning chuqur bilimlarga ega bo‘lishi, chet tillarini va
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashini ta’minlash
doimiy ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi” [1]. Bundan ko‘rinib turibdiki, yosh avlod
tarbiyasida va ularni o‘qitish jarayonida axborot texnologiyalarining o‘rni katta.

Hozirda Navoiy asarlari umumta’lim maktablaridan boshlab to oliy ta’lim

muassasalariga qadar o‘qitib kelinadi. Bular oddiy ruboiydan boshlanib,
“Xamsa”ning eng yirik dostonlariga qadar bo‘lgan asarlarni o‘z ichiga oladi.
Adabiyot darslarida Navoiy ijodiyotining sinflar o‘sishiga qarab, darslar
murakkablasha boradi. O‘quvchilarga mavzular tushunarli bo‘lishini turli metodik
asoslarini ishlab chiqish talab etiladi.

Alisher Navoiy asarlarini o‘qitish jarayonida umuminsoniy g‘oyalar

mukammalroq ochilib boradi. Shoir ijodida asarlarning janr rang barangligi, nazariy
ma’lumotlarning ko‘pligi, o‘quvchilar ushbu ma’lumotlarni qay darajada
o‘zlashtirishlari o‘qituvchining mavzuga doir tanlay oladigan metod va uslublariga
bog‘liq bo`ladi. Darslikda berilgan har bir asarga bolalar ko‘zi bilan qarasak, tahlillar
jarayonida ham murakkablikdan qochib, o‘quvchilarda shoir ijodiga qiziqish
uyg‘otish, oddiy va o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lgan metodlarni ishlab chiqish
zarur. Bunday metodlar odatiy va takrorlash darslariga kiritilishi mumkin.


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

346

Birinchi o`rinda o‘quvchilarga Navoiy ijodiyotini o‘qitishda, ularda Navoiy

shaxsi haqida tushuncha hosil qilishimiz kerak.

Masalan: Navoiy qanday inson edi? Navoiyning xalq orasida mashhur bo‘lishiga

sabab nima edi? Navoiyning asarlari nega haligacha bunchalik mashhur? Shu kabi
savollarga o‘quvchilar e’tiborini tortish va mana shu savollarga mustaqil javob
topishiga imkon yaratish katta ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilar bu savollariga
javobni Navoiy haqidagi ta’riflarni va shoir g‘azallarini o`rganib javob topishlari
mumkin.

Navoiyning tashqi qiyofasini o‘sha davrda yashagan zamondosh musavvirlar

tomonidan chizib qoldirilgan. Mana shu rasmlar asosida o‘quvchilardan insho va
Navoiy shaxsiga ta’rif lar yozishni so‘rash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Adibning so‘z
vositasidagi portreti esa ko‘plab ijodkorlarda mavjud. Biz bu borada Oybekning
“Navoiy” romaniga ham murojaat qilishimiz mumkin.

Boburning “Boburnoma”sidagi ta’rif lardan ham foydalansak bo‘ladi:
“Alisherbek naziri yo‘q kishi erdi. To turkiy til bila she’r aytibturlar, hech kim

onchaliq ko‘p va xo‘p aytqon emas”.[2]

Navoiyning shaxsiy fazilatlari, alohida qobilyat va iqtidori ham maxsus to‘xtash

joiz. Ayniqsa uning zehni, xotirasi haqidagi tarixiy faktlar o‘quvchilarning qalbiga
kuchli ta’sir ko‘rsatadi va bu holat adib ijodiga bo‘lgan qiziqishlarini oshiruvchi omil
bo‘lib xizmat qiladi. Shunga ko‘ra adibning yod olgan asarlari, zamonaviy va o‘tgan
adiblardan yod olingan she’rlarning miqdori haqidagi mulohazalarni ularga yetkazish
o‘rinli bo`ladi

Alisher Navoiy yoshlik davri haqida shunday yozgan edi: “Yigitligim zamoni

va shabob ayyomi avonida ko‘prak... nazmda fusunpardoz shuaroning shirin ash’ori
va rangin ab’yotidin ellikmingdin ortiq yod tutubmen...” [3].

O‘quvchilar ongida shunday savol tug‘ilishi tabiiyki, Navoiy yoshlik davrida

ellik ming bayt yod olgan bo‘lsa, butun umri davomida qancha g‘azal yod oldi ekan.

Navoiy g‘azallarining tahlilida ham o‘qituvchi va o‘quvchilar e’tibor berishi

kerak bo‘lgan o‘rinlar ko‘p. Bu haqda atoqli olim, ustoz Boqijon To‘xliyev aytib
o‘tgan. “She’rni tahlil qilish jarayonida uning yuzaga kelishiga omil bo‘lgan hayotiy
voqealarning tilga olinishi ham she’r mohiyatini anglab yetishda asosiy omillardan
biri bo‘lishi mumkin” [4]. Bunga misol qilib Navoiyning “G‘urbatda g‘arib shodmon
bo‘lmas emish” ruboiysini misol qilib keltirishimiz mumkin.

Bugungi kunda shiddat bilan olg‘a intilayotgan zamonda bilimlarni o‘zlashtirish,

tegishli ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish eng dolzarb muammo bo‘lib turibdi.

Demak axborotlar va ma’lumotlar ko‘payayotgan bir zamonda ularni o‘z vaqtida

sarallash va o‘zlashtirishimiz va keraklilarini bilib olishimiz kerak. Bu ma’lumotlar
asosida ko‘nikmalarni hosil qilish, bu ko‘nikmalarni asosiy darajaga ko‘tarish katta
ahamiyatga ega. Ayniqsa, texnika va texnologiyalarning, kompyuterlashtirishning
shiddat bilan rivojlanib borayotgan asrda, bu ma’suliyat yanada ortib bormoqda.
Pedagogika sohasidagi dasturchilarga ham katta ehtiyoj sezilmoqda.

Yangi zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning afzallik tomonlari juda

ko‘p. Dars jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish anchagina samarali
bo‘lishi mumkin. Masalan:

1.

Vaqtdan unumli foydalanishning mavjudligi.


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

347

2.

Bir dars davomida shakli va mazmuniga rang-barang bo‘lgan materiallardan

kengroq foydalanish, o‘quvchilarning bilish darajasiga ijobiy ta’sir ko`rsatadi.

3.

O‘quvchilaning mustaqil fikrlash darajasining oshishiga olib keladi.

4.

Faqatgina an’anaviy darsliklardan foydalanibgina qolmasdan, turli slayd,

animatsiya, multimedia, ovozli roliklar, interfaol o‘yinlardan foydalanish jarayonida
o‘quvchilarning mavzu jarayoniga qiziqishi kuchayadi.

5.

O‘qituvchidan ijodkorlikva tashabbuskorlik qobilyati talab qilinadi.

O‘quvchilarda ham bu jarayon qiziqish uyg‘otadi.

6.

Har bir o‘quvchi bilan individual ishlashga sharoit yaratadi.

Navoiy g‘azallarini o‘rgatishni osonlashtirish maqsadida elektron lug‘atlardan

foydalanish yaxshi samara beradi. Chunki o‘quvchilar o‘ziga notanish bo‘lgan
so‘zlarni yod olishga qiynaladi. Ammo so‘zlarning ma’nosini “Navoiy asarlari
tilining izohli lug‘ati” kitobining elektron variantidan foydalanish yaxshin samara
beradi. Bundan tashqari g‘azallarni yod olishda “Karaoke” uslubidan ham
foydalanish yuqori samara beradi. Chunki sababi karaoke uslubida matn yod olish
osonlashadi. Navoiy g‘azallari asosida kuylangan qo‘shiqlar albatta o‘quvchilarni
befarq qoldirmaydi. Xalqimiz azal-azaldan kuy-qo‘shiqlar shaydosidir. Tavakkal
Qodirov, Ma’murjon Uzoqov va Munojot Yo‘lchieva kabi san’atkorlarimiz
repertuarlarini Navoiy g‘azallari boyitib turadi. Mana shu san’atkorlarimizning
qo‘shiqlari o‘quvchilarimizda qiziqish uyg‘otadi.

Texnologik imkimkoniyatlarning kengayishi tufayli adabiyot darslarida interfaol

texnologiyalardan foydalanish kengayib bormoqda. Prorektorlar, interfaol doskalar,
videokonferensial aloqa tizimlari, ovozlash tizimlari darsdagi muammolarni
yengillashtiradi va yangi ma’lumotlar olish hajmi oshadi. Muhimi, bularning barchasi
adabiyot darslarining hayot bilan yanada ko‘proq darajada yaqinlashishiga, adabiy
asarni tushunish va tushuntirish jarayonlarini qulaylashtirishda muhim ahamiyatga
ega.

Adabiyotlar

:

1. Mirziyoyev Sh. M. “Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib,

yangi bosqichga ko‘taramiz” – Toshkent. O‘zbekiston, 2017. 16-bet

2. Zahiriddin Muhammad Bobur. Bobirnoma. O‘zbekiston SSR Fanlar

akademiyasi nashriyoti. – Toshkent, -1960. 233-bet.

3. Alisher Navoiy. Tanlangan asarlar. III tom. – Toshkent, 1948.
4. Boqijon To‘xliyev. Adabiyot o‘qitish metodikasi. Toshkent: Yangi asr avlodi,

2006. 83-bet.

5. Kamalovich, A. H. (2020). Mythological basis of unusual images in turkish

peoples. Academicia: An international multidisciplinary research journal, 10(12),
678-682.

6. Norov, I. (2021). METHODS Of Teaching Phonetics In Other Language

Groups. Барқарорлик ва Етакчи Тадқиқотлар онлайн илмий журнали, 1(5), 306-
309.

Bibliografik manbalar

Mirziyoyev Sh. M. “Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz” – Toshkent. O‘zbekiston, 2017. 16-bet

Zahiriddin Muhammad Bobur. Bobirnoma. O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi nashriyoti. – Toshkent, -1960. 233-bet.

Alisher Navoiy. Tanlangan asarlar. III tom. – Toshkent, 1948.

Boqijon To‘xliyev. Adabiyot o‘qitish metodikasi. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2006. 83-bet.

Kamalovich, A. H. (2020). Mythological basis of unusual images in turkish peoples. Academicia: An international multidisciplinary research journal, 10(12), 678-682.

Norov, I. (2021). METHODS Of Teaching Phonetics In Other Language Groups. Барқарорлик ва Етакчи Тадқиқотлар онлайн илмий журнали, 1(5), 306- 309

Hepagreen - восстановление нормальной работы печени Androgard — препарат для настоящих мужчин Androgard — препарат для настоящих мужчин Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Maksimus - Натуральный продукт, для бодрости и энергии Lactovita - Номер один в естественном улучшении иммунитета Lactovita - Номер один в естественном улучшении иммунитета Avicenna’s Lab inLibrary — это научная электронная библиотека UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации Gulyamov - Гулямов Саид Саидахрарович MUVI24 - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Интернет-аптека >METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг All.Tube - Смотрите онлайн видео бесплатно в хорошем качестве Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды UMAR PROEKT - Комплексное проектирование UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана