Международная практика разработки и реализации депозитной политики в коммерческих банках

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
50-56
54
78
Поделиться
Шермухамедов, Б. (2021). Международная практика разработки и реализации депозитной политики в коммерческих банках. Экономика И Образование, (2), 50–56. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/economy_education/article/view/7162
Бехзоджон Шермухамедов, Ташкентский финансовый институт

кафедра экономики, к.э.н, доцент и т.д.

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье проведён анализ текущего состояния проводимой коммерческими банками нашей страны депозитной политики. В ходе анализа исследованы особенности системного развития факторов, влияющих на процесс реализации депозитной политики. А также оценены условия и возможности, связанные с использованием информационных систем и других направлений передовой международной практики по совершенствованию депозитной политики коммерческих банков. На основе обобщённых выводов по организации системы целевого использования инструментов развития депозитной политики коммерческих банков сформулированы научные предложения и практические рекомендации по повышению уровня капитализации и депозитной базы коммерческих банков, по направлению стратегии и тактики осуществления депозитной деятельности коммерческих банков на укрепление их финансовой устойчивости и надёжности

Похожие статьи


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил 2-сон

50

Источник и список литературы

1.

Сох D. Success in elements of banking. - London: John Murray, 1979. - 271 p.;

2.

Modigliani F., Fabozzi F.J., Ferri M.G. Foundations of financial markets and institutions. - New Jersey 61, 1997. - 497 p.;

3.

Palfreman D. Elements of banking. Philip Ford. - 2nd ed. - London: Pitman, 1988. - 660 p.;

4.

Роуз П.С. анковский менеджмент. Пер. с англ. –Москва: Дело, 1997. - 743 с;

5.

Синки Дж. Финансовый менеджмент в коммерческом банке и в индустрии финансовых услуг. Пер. с англ. -

Москва: Альпина изнес укс, 2007. - 1018 с.

6.

алабанов И.Т. анки и банковское дело / Под ред. И.Т. алабанова. - Санкт-Петербург: Питер, 2002. – 304 с;

7.

Жарковская Е.П. анковское дело. - Москва: Омега-Л, 2004. - 440 с;

8.

Лаврушин О.И. анковское дело: учебник. / Под ред. О.И. Лаврушина. - 3-е изд. - Москва: Кнорус, 2005. - 766 с;

9.

Усоскин В.М. Современный коммерческий банк: управление и операции. - Москва: МКЦ ДИС, 1997. - 464 с;

10.

Мустафаев З. . анк маркетинги – молия бозори шаклланиши асоси: и.ф.н. ... диссертацияси. – Т.: ТДИУ,

1998. – 142 б.

11.

Мирзамайдинов . К. анк хизматида маркетинг самарадорлиги: (Ўзбекистон ташқи иқтисодий фаолият

миллий банки мисолида) и.ф.н. ... диссертацияси. –Т.: ТДИУ, 2008. – 152 б.

12.

Аллаёрова Д.Н. Эффективность маркетинга банков Республики Узбекистан. дис. ... канд. экон. наук. –Т., 2009.

– 166 с.

13.

Статистические данные Центрального банка Республики Узбекистан. Квартальные отчеты за 2019-2020

годы.

https://cbu.uz/oz/statistics/buleten/134396/

TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDA DEPOZIT SIYOSATINI ISHLAB

CHIQISH VA JORIY ETISHNING XALQARO AMALIYOTI

Shermuxamedov Bexzodjon Usmonovich -

Toshkent moliya institute “Iqtisodiyot” kafedrasi PhD, dotsent v.b

Annotatsiya:

Maqolada mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan olib borilayotgan depozit siyosatini amaldagi holati

tahlil qilingan. Tahlil jarayonida depozit siyosatini amalga oshirish jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning tizimli rivojlanish
xususiyatlari tadqiq etilgan. Shuningdek, tijorat banklarining depozit siyosatini takomillashtirishda ilg‘or xalqaro tajribada
qo‘llaniladigan IT tizimi va boshqa yo‘nalishlar bilan bog’liq shart-sharoitlar va imkoniyatlar baholangan. Tijorat banklarining
depozit siyosatini rivojlantirish instrumentlardan maqsadli foydalanish tizimini tashkil etishga doir umumiy xulosalar asosida
tijorat banklarining kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, tijorat banklarining depozit faoliyatini amalga oshirish

strategiyasi va taktikasini ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlashga yo‘naltirish bilan bog’liq ilmiy
taklif va amaliy tavsiyalar shakllantirilgan.

Tayanch so‘zlar:

depozit, depozit siyosati, depozit portfeli, depozit operatsiyalari, kreditorlik qarzlari, kapitallashuv

darajasi, depozit bazasi, davlat aktivlari, investitsion resurs, qayta moliyalashtirish stavkasi


Аннотация:

В данной статье проведён анализ текущего состояния проводимой коммерческими банками

нашей страны депозитной политики. В ходе анализа исследованы особенности системного развития факторов,
влияющих на процесс реализации депозитной политики. А также оценены условия и возможности, связанные с
использованием информационных систем и других направлений передовой международной практики по
совершенствованию депозитной политики коммерческих банков. На основе обобщённых выводов по организации
системы целевого использования инструментов развития депозитной политики коммерческих банков
сформулированы научные предложения и практические рекомендации по повышению уровня капитализации и
депозитной базы коммерческих банков, по направлению стратегии и тактики осуществления депозитной
деятельности коммерческих банков на укрепление их финансовой устойчивости и надёжности.

Ключевые слова:

депозит, депозитная политика, депозитный портфель, депозитные операции,

кредиторская задолженность, уровень капитализации, депозитная база, государственные активы, инвестиционные
ресурсы, ставка рефинансирования.

Annotation:

The current state of the depozit policy of commercial banks of our country was analyzed in this article.

During the analysis the peculiarities of systemic development of factors influencing on the process of depozit policy
implementation were investigated. Also the conditions and opportunities of using of information systems and other directions of
international best practice for improving the depozit policy of commercial banks were assessed. Based on the total conclusions
on the organization of the system of targeted using of instruments for the development of depozit policy of commercial banks,
scientific proposals and practical recommendations were developed to increase the level of capitalization and depozit base of
commercial banks, to direct the strategy and tactics of depozit activity of commercial banks to strengthen their financial stability
and reliability.

Key words:

depozit, depozit policy, depozit portfolio, depozit transactions, accounts payable, capitalization level, depozit

base, state assets, investment resources, refinancing rate.


Kirish.

Jahon amaliyotida bank depozit

siyosatini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘plab ilmiy
tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Xususan, Smart-

banking tizimida faoliyat yurituvchi bank bo‘lim-

lari orqali innovatsion depozit xizmatlarini ko‘r-
satish, bank tizimini rivojlantirish borasidagi

БАНК ИШИ


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил 2-сон

51

strategik dasturlar bilan depozit siyosatining

o‘zaro muvofiqligi va uzviyligini ta’minlash, depo-
zit siyosatini ishlab chiqish uslubiyati va uni

amalga oshirish instrumentlarini takomillashti-

rish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar chuqur tad-
qiq etilgan. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan

tadqiqotlarda depozit siyosatini shakllantirish
bo‘yicha bank faoliyatini rivojlantirish strategiya-

sining tarkibiy qismi sifatida, shuningdek, depozit
siyosatining yakuniy, oraliq va operatsion maq-

sadlarini belgilashda istiqbolga yo‘naltirilish
(forward looking approach) masalalari e’tibordan

chetda qolayotganligi bu borada tadqiqotlarni
faollashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Mazkur maqolada depozit siyosatini ishlab

chiqish bo‘yicha xorij tajribasini AQSh tijorat

banklari misolida ko’rib chiqamiz.

AQShda investitsiya qilinadigan yoki jam-

g’ariladigan pullarning umumiy miqdori ma’lum

bir tuman yoki mintaqa uchun cheklangan, shu-
ning uchun tijorat banklari majburiyatlarni bosh-

qarish deb nomlangan boshqaruv strategiyasiga
murojaat qilishadi. Keng ma’noda ushbu strate-

giya mijozlarning yuqori sifatli kreditlarga bo’l-
gan talablarini qondirish va banklar tomonidan

zaxira talablarini bajarish uchun boshqa moliya
institutlardan pul mablag’larini olish nazarda

tutiladi. Tor ma’noda javobgarlikni boshqarish
bankning likvidligini boshqarish usullaridan biri

hisoblanadi.

AQSh baknlari ushbu maqsadlarni amalga

oshirish uchun zarur mablag’larni quyidagi yo’l-
lar orqali jalb etishadi:

- federal fondlarning mahalliy bozoridan va

Evro valyutalar bozoridan qarz olish;

- mijozlarga qisqa muddatli kapital bozori

depozit sertifikatlarini sotish;

- mintaqaviy Federal zaxira bankidan olin-

gan kreditlar;

- jismoniy va yuridik shaxslar bilan ma’lum

vaqtga ortiqcha pul mablag’larini qaytarib sotib
olish to’g’risida shartnoma tuzish;

- xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi

filial orqali veksellarni chiqarish.

AQSh banklari uchun mahalliy kredit man-

bai sifatida federal fondlar bozori hisoblanadi.

Ushbu mablag’lar federal zaxira banklarida saq-
lanadigan omonatlardir. Tijorat banklari kutilma-

gan depozit oqimlari yoki kreditlar hajmining

kamayishi natijasida daromad keltirmaydigan
ortiqcha zaxiralarni shakllantirishlari mumkin.

Shuning uchun, ularga ega bo’lgan ba’zi banklar
kerakli miqdordagi zaxiralarni tiklash yoki ularni

aktivlarga investitsiya qilish uchun mablag’ga
muhtoj bo’lgan boshqa banklarga qisqa vaqt ichi-

da berishadi.

Bizga ma’lumki, 1991-yilda AQShda “Fede-

ral Depozitlarni sug’urtalash korporatsiyasi fao-

liyatini takomillashtirish to’g’risida”gi qabul qilin-

di. Bu qonun bilan Federal Depozitlarni sug’urta-
lash korporatsiyasiga Moliya vazirligidan 15 yil

muddatga 30 mlrd. dollar miqdorida kredit olish-
ga ruxsat berildi. Shuningdek, Federal Depozit-

larni sug’urtalash korporatsiyasi Moliya vazirligi-
dan bankrot banklarning aktivlarini sotishdan

tushgan mablag’lar evaziga aylanma mablag’larni
to’ldirish uchun 45 mlrd. dollargacha bo’lgan

miqdorda kredit olish huquqiga ega bo’ldi.

Omonatlarni sug’urtalash tizimining paydo

bo’lishi kichik sarmoyadorlarning omonatlari va
tranzaktsion hisobvaraqlarini himoya qilish, shu-

ningdek, bank tizimini barqarorlashtirishga yor-
dam berdi. Kichik sarmoyadorlar (jismoniy va

yuridik shaxslar)ga omonatlarning qaytarilishi

bo’yicha kafolatlarni taqdim etilishi adolatlidir.
Chunki kichik sarmoyadorlar uchun kredit tash-

kilotlarining to’lov qobilligi to’g’risidagi ma’lu-
motlarnning narxi, yiriklarga qaraganda ancha

yuqori hisoblanadi. Kichik sarmoyadorlarning
ma’lumotlari yetarli emasligi sababli, ba’zida

ularning moliyaviy ahvolidan qatiy nazar, o’zlari-
ning omonatlarini tezda qaytarishga moyildirlar.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.

Yuqorida

keltirilgan mulohazalar, shuningdek, tizimli tad-

qiqotlar sohasining mashhur vakillari bo’lgan
L.fon Bertalanfi, S.Bir, J.van Gig, R.Akoff, S.Optner

va boshqa olimlar[2] tomonidan ishlab chiqilgan
metodologiyaga tayangan holda tijorat banklari

depozit siyosatining tarkibiy elementlarini aniq-

lashga harakat qilamiz. Fikrimizcha ushbu tarki-
biy elementlar quyidagilardan iborat:

1. Maqsadni aniqlash. Birinchi navbatda

bank faoliyatini rivojlantirish strategiyasi doirasi-

da depozit siyosatini ishlab chiqish va amalga
oshirish nima uchun zarurligini aniqlash talab eti-

ladi. Bunda bosh e’tibor depozit siyosatini tako-
millashtirish yoki optimallashtirishdan ko’zlan-

gan maqsadni belgilab olishga qaratilishi lozim.

2. Maqsadga erishishga to’sqinlik qiluvchi

muammolar va ularni yuzaga keltirgan omillarni
aniqlash. Istalgan muammoni shakllantiruvchi

omillarning aksariyat qismi bank faoliyati tashqi
muhitida yuzaga keladi. Tashqi muhit omillari ta’-

siri doirasida muammolarning bir qismi bankning

ichki muhitida u yoki bu ko’rinishda o’z aksini
topadi. Bundan kelib chiqqan holda muammoni

yuzaga keltiruvchi omillarni aniqlash va baho-
lashda faqat “sabab-oqibat” tamoyili bilan chek-

lanmasdan, taniqli amerikalik olim E.A.Singer to-
monidan taklif etilgan “ishlab chiqaruvchi–mah-

БАНК ИШИ


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил 2-сон

52

sulot” tamoyili qo’llanilishi maqsadga muvofiq

hisoblanadi.

3. Maqsadga erishishni ta’minlovchi vosita-

lar va mexanizmlarni aniqlash. Depozit siyosatini

ishlab chiqish, amalga oshirish va takomillashti-
rish jarayonida yuzaga keladigan deyarli barcha

muammolar fundamental, ya’ni nazariy va uslu-
biy xususiyatga ega. Depozit siyosatining nazariy

va uslubiy asoslarini chuqur o’rganish tegishli
vositalar va mexanizmlar tanlovini amalga oshi-

rishda ustuvor ahamiyat kasb etadi.

4. Maqsadga erishish dasturini ishlab chi-

qish. Ushbu dastur mohiyatan depozit siyosatini
amalga oshirish bo’yicha tadbirlar majmuasi

hamda ularni amalga oshirish bo’yicha “yo’l xari-
tasi”dan iborat.

5. Depozit siyosatini amalga oshirish das-

turi doirasida amalga oshiriladigan operatsiyalar-

ning turlari va protseduralarini ishlab chiqish.

Bunda asosiy e’tibor qonunchilik normalari,
me’yoriy–huquqiy hujjatlarga rioya qilinishi, shu-

ningdek, sifat menejmenti ISO 9000:2015 talab-
lariga mos kelishiga qaratilishi lozim.

6. Operatsiyalar va protseduralarni amalga

oshirishda monitoring va nazorat tizimini ishlab

chiqish. Monitoring va nazorat funktsiyalari
bankning alohida olingan organlari ixtiyorida

jamlangan bo’lsa, mazkur funktsiyalarni amalga
oshirish bo’yicha maxsus ichki bank hujjati ishlab

chiqilishi shart emas.

7. Bank faoliyatini rivojlantirish strategiya-

sida depozit siyosatiga nisbatan qo’yilgan talab-
larning bajarilishi darajasi va samaradorligini

baholash hamda mazkur yo’nalishga bevosita va

bilvosita aloqador xodimlar faoliyatini rag’batlan-
tirish (yoki jazolash) tizimini ishlab chiqish.

Maqolamizda mamlakatimizning strategik

hamkorlaridan biri hisoblanuvchi Qozog’iston
Respublikasi bank tizimida jismoniy va yuridik

shaxslarning depozitlari faoliyati, shuningdek,
mamlakatning eng yirik banki hisoblanuvchi Xalq

banki tomonidan depozit siyosatini amalga oshi-
rishning joriy holatini tahlil etish orqali undagi

asosiy tendentsiyalarni aniqlashga harakat qila-
miz.

Tadqiqot metodologiyasi.

Mazkur maqo-

lada tijorat banklari tomonidan depozit siyosati-

ning amalga oshirishning joriy holati tahlil qilinib,
bank resurs bazasining barqarorligiga ta’sir etuv-

chi omillar aniqlangan. Tahlil jarayonida ilmiy
abstraktsiyalash, ekspert baholash, induktsiya va

deduktsiya, taqqoslash, tizimli tahlil usullaridan

foydalanilgan.

Tahlil va natijalar.

Qozog’iston Respubli-

kasi Milliy banki ma’lumotlariga ko’ra, 2018-yil
yakuniga kelib, Respublikada 28 tijorat banki va

bank operatsiyalarining alohida turlari bilan
shug’ullanuvchi 7 tashkilot faoliyat yuritgan.

2017-yil davomida 5 tijorat banki o’z faoliyatini
tugatgan. Ulardan. Bu davirda «Kazinvestbank»,

«Delta Bank» va «Qazaq Banki» tegishli sudlar
qarori asosida faoliyatini to’xtatgan bo’lsa, «Bank

Astana» va «Eksimbank Kazaxstan» AJlarning fao-
liyatini olib borish bo’yicha litsenziyalari Milliy

bank tomonidan qaytarib olingan [3].

1-jadval

Qozog’iston Respublikasi tijorat banklari jamlanma balansi dinamikasi [4], (mln.tenge)

Jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, 2018-

yil yakuniga kelib, Qozog’iston Respublikasi bank
sektorida jamlanma balansi 25 240 959 mln.ten-

geni yoki yil yakunidagi tengening AQSh dollariga

nisbatan shakllangan kursi bo’yicha 65 697 mln.

AQSh dollarini tashkil etgan. Banklarning jamlan-

ma balansi 2014-yildagiga nisbatan 7 001 704
mln.tengega yoki 138,4 foizga ko’paygan. Ammo

AQSh dollarida ifodalangan balans hajmi 2014-

yildagiga nisbatan 34 326 mln.AQSh dollariga

Ko’rsatkichlar

01.01.

2015 yil

01.01.

2016 yil

01.01.

2017 yil

01.01.

2018 yil

01.01.

2019 yil

Jamlanma balans

18 239 255 23 784 427 25 561 157 24 220 516 25 240 959

Yil yakunida AQSh dollari / tenge kursi

182,35

339,47

333,29

332,33

384,20

AQSh dollarida ifodalangan jamlanma balans

100 023

70 063

76 693

72 881

65 697

Mijozlarga ajratilgan kredit va lizing

10 360 923 13 764 673 13 662 143 11 034 734

11 632 369

Kredit operatsiyalarining salmog’i, %

56,8

57,9

53,4

45,5

46,1

Mijozlar oldidagi majburiyatlar

11 430 551 15 829 587 17 471 404 16 779 346

17 164 724

Muddatli jamg’armalar

272 278

432 201

261 517

145 665

140 654

Jami depozitlar

11 702 829 16 261 788 17 732 921 16 925 011 17 305 378

Depozitlarsalmog’i, %

64,2

68,4

69,4

69,9

68,6

Depozitlar va kreditlar o’rtasidagi nisbat, %

112,9

118,1

129,8

153,4

148,8

Bank kapitali jami

2 359 682

2 494 486

2 844 859

3 091 036

3 017 554

Bank kapitalining balansdagi salmog’i, %

12,9

10,8

11,2

12,7

11,9

Muomalaga chiqarilgan qimmatli qog’ozlar

1 215 103

2 100 933

1 778 127

1 321 077

1 665 143

БАНК ИШИ


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил 2-сон

53

kamaygan.

Tahlil davrida jismoniy va yuridik shaxslar-

ning milliy va xorijiy valyutada jalb etilgan depo-

zitlari hajmi kupayish tendentsiyasini namoyon

etgan. Jumladan, bank sektoriga jalb etilgan depo-
zitlar hajmi 2014-yilda 11 702 829 mln.tenge

bo’lgan bo’lsa, 2018-yil yakunida depozit hisob-
varaqlari qoldig’i 17 305 378 mln.tengeni tashkil

etgan. Bunga mos ravishda jamlanma balansdagi
depozitlar salmog’i 2014-yildagi 64,2 foizdan

2018 yilga kelib, 68,6 foizgacha oshgan. Tijorat
banklarining depozit portfelida xorijiy valyuta-

dagi omonatlar hajmi ko’payish tendentsiyasiga
ega bo’lgan. Xususan, 2018-yil yakuniga kelib,

yuridik shaxslarning AQSh dollarida ochilgan
depozitlari salmog’i 49,3 foizni tashkil etib, 2017-

yildagiga nisbatan 5,5 foiz punktga ko’paygan.
Jasmoniy shaxslarning depozitlari bo’yicha aksin-

cha holat kuzatilgan: 2017-yilda AQSh dollarida

ochilgan depozitlarning jami depozilardagi sal-
mog’i 52,2 foizga teng bo’lgan bo’lsa, 2018 yil

yakunlariga ko’ra 47,4 foizga tashkil etgan yoki
4,8 foiz punktga kamaygan. 2018-yilda yuridik

shaxslarning milliy valyutadagi muddatli depozit-
lari bo’yicha o’rtacha tortilgan foiz stavkalari 7,1

foizni (2017 yilda 8,0 foiz) jismoniy shaxslarning
muddatli depozitlari bo’yicha 10,4 foizni (2017

yilda 11,7 foiz) tashkil etgan.

Bank tizimiga jalb etilgan depozitlar hajmi-

ning oshib borishi tijorat banklarining resurs
bazasini nisbatan arzon va uzoq muddatli moliya-

viy mablag’lar bilan mustahkamlash imkoniyatini
bergan. 2018 yil yakunida yuridik shaxslarga

taqdim etilgan kreditlar bo’yicha foiz stavkalari

11,7 foizni (2018 yilda o’rtacha tortilgan foiz
stavkasi 12,4 foizni tashkil etib, 2017 yila nisba-

tan 1,2 foiz punktga pasaygan), jismoniy shaxslar
ajratilgan kreditlar bo’yicha foiz stavkasi 17,2

foizni (2018 yilda o’rtacha tortilgan foiz stavkasi
18,5 foiz, 2017 yilda 18,8 foiz, kamayish 0,3 foiz

punkti) tashkil etgan. Shu bilan bir qator banklar-
ning moliyaviy barqarorligini ifodalovchi ko’rsat-

kichlardan biri hisoblanuvchi depozitlar va kre-
ditlar o’rtasidagi nisbat talab darajasida bo’lgan.

Xususan, mazkur ko’rsatkich 2014 yilda 112,9
foizga bo’lgan bo’lsa, 2017 yilda 153,4 foizni,

2018 yilda 148,8 foizni tashkil etgan.

Tijorat banklarining jamlanma balansidagi

xususiy kapitalning salmog’i bank nazorati bo’yi-

cha xalqaro Bazel qo’mitasi tomonidan o’rnatil-
gan me’yorlarga mos darajada bo’lgan

;

2018 yil

yakunida 11,9 foizni tashkil etgan.

Shuni e’tiborga olish zarurki, fikrimizcha

Qozog’iston Respublikasi Milliy banki aholining
vaqtinchalik bo’sh mablag’larini tijorat banklari

va boshqa tashkilotlar orqali jalb etish bo’yicha

kutilmagan qarorlarni qabul qilib bormoqda.
Xususan, 2017 yilning may oyida aholiga oltin

quymalarini sotish yo’lga qo’yilgan. 2018 yilning

noyabr oyidan nafaqat tijorat banklari, shuning-
dek, naqd xorijiy valyuta bilan ishlash vakolatiga

ega bo’lgan tashkilotlar ham oltin savdosi bilan
shug’ullana boshlashgan. 2018 yil yakuniga kelib,

sotuvga chiqarilgan oltin quymalari 5 turda
bo’lgan: 5,10,20,50 va 100 gramm. Milliy bank

ma’lumotlariga ko’ra, 2018 yilda aholiga 151 kilo-
gramm vazndagi 3 962 oltin quyma 3 mlrd.

tengega sotilgan.

Tahlil natijalariga ko’ra, Qozog’iston Res-

publikasi bank sektorida depozit operatsiyalarini
amalga oshirish yo’nalishida mavjud bo’lgan qu-

yidagi asosiy tendentsiyalarni qayd etish mum-
kin:

birinchidan, jalb etilgan depozitlarning

diyarli yarmi AQSh dollarida ekanligi bank sek-
tori depozit portfelida dollarlashuv darajasi oshib

borishiga olib kelgan. Bu asosan makroiqtisodiy
omillar (milliy valyuta kursining pasayishi, aholi

va biznes sub’ektlarining inflyatsion kutilmalari,
ma’lum jihatdan Berliner samarasining (amerika-

lik olim Djozef Sh. Berliner tomonidan qayd
etilgan) ta’siri va boshqalar) ta’siri doirasida yuz

berayotgan bo’lsada, bank tizimi faoliyatida jiddiy
risklarni keltirib chiqarishi mumkin. Bundan

tashqari depozitlarning dollarlashuv darjasining
oshib borishi milliy valyutada ifodalangan pul

massasa miqdorini kamaytirgan holda markaziy
banklar tomonidan amalga oshirilayotgan pul–

kredit siyosati transmission mexanizmi foiz ka-

nali faoliyati samaradorligini pasaytirib yuboradi.
Bu depozitlarning dollashuv darajasining oshib

borishi markaziy bankning qayta moliyalashtirish
stavkasi (hisob stavkasi)ning depozitlar va kre-

ditlar bo’yicha o’rnatilayotgan foiz stavkalariga
ta’siri kuchsizlanishida o’z aksini topadi

;

ikkinchidan, Qozog’istonda inflyatsiya da-

rajasining 2017 yildan boshlab pasayib borishi

(2014 yilda 4,59 foiz, 2015 yilda 7,54 foiz, 2016
yilda 14,32 foiz, 2017 yilda 7,76 foiz va 2018

yilda 7,01 foiz), shuningdek, 2015 yildan joriy
etilgan Milliy bank bazaviy stavkasining pasayti-

rilishi (2014 yil yakunida qayta moliyalashtirish
stavkasi 12 foiz, 2015 yil yakunida bazaviy stavka

16 foiz, 2016 yilda 12 foiz, 2017 yilda 10,25 foiz,

2018 yilda 9,25 foiz) milliy valyutadagi omonat-
larning jozibardorligi darajasi oshirilishiga olib

kelmadi. Milliy valyuta kursidagi barqarorlik
mavjud emasligi, shuningdek, global iqtisodiyot-

dagi tebranishlar darajasi kattali (xususan, FZT
tomonidan 2018 yilda bazaviy stavkaning ko’tari-

БАНК ИШИ


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил 2-сон

54

lishi hisobiga Milliy bank strategik portfelining

daromadlilik darajasi -0,37 foizni tashkil etgan)
aholi va biznes sub’ektlari uchun xorijiy valyu-

taga bo’lgan e’tiborni oshiruvchi omil bo’lib qol-

moqda. Bunday holatda markaziy banklarga bo’l-
gan ishonchni mustahkamlash, pul-kredit siyosati

transmission mexanizmining foiz kanali samara-
dorligini oshirish, milliy valyuta kursi barqaror-

ligani ta’minlash, moliya bozorini rivojlantirish
borasida ta’sirchan tizimli tadbirlarni amalga

oshirish maqsadga muvofiq

;

Qozog’iston bank sektoridagi vaziyatni

baholash bo’yicha tahlil, fikrimizcha, alohida tijo-

rat bankida depozit siyosati olib borilishi bo’yicha
yuzaga kelgan vaziyatni dinamik tahlil bilan

davom ettirilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Tahlil ob’ekti sifatida 647 ta xizmat ko’rsatish
markazlari, depozitlar bozorida 37,8 foiz, jumla-

dan muddatli depozitlar bo’yicha 42,2 foizni,
talab qilgunga qadar saqlanadigan depozitlar

bo’yicha 42,2 foizlik salmoqqa ega bo’lgan AJ
«Qozog’iston xalq banki» (keyingi o’rinlarda AJ

«Xalq banki») olindi.

2-jadval

«Qozog’iston Xalq banki» AJning 2015-2019 yillardagi balans ko’rsatkichlari dinamikasi

(1 yanvar’ holatiga) [5], (mln.tenge)

Ko’rsatkichlar

01.01.2015 yil 01.01.2016 yil 01.01.2017 yil 01.01.2018 yil

01.01.2019 yil

Jami aktivlar

2 506 414

(16 269 $)

2 809 782

(15 406 $)

4 454 938

(13 123 $)

8 857 781

(26 654 $)

8 959 024

(23 319 $)

Ajratilgan kreditlar

1 482 245

(9 621 $)

1 648 013

(9 038 $)

2 176 069

(6 410 $)

3 251 102

(9 783 $)

3 481 048

(9 061 $)

Jami depozitlar

1 766 648

(11 4 67 $)

1 848 213

(10 136 $)

3 043 371

(8 966 $)

6 131 750

(18 451 $)

6 526 930

(16 988 $)

Chiqarilgan qarz qimmatli

qog’ozlari

189 515

(1 230 $)

311 009

(1 706 $)

597 525

(1 760 $)

962 396

(2 896 $)

900 791

(2 345 $)

Xususiy kapital

392 179

(2 546 $)

475 221

(2 606 $)

529 928

(1 561 $)

934 457

(2 812 $)

1 065 646

(2 774 $)

Kredit tashkilotlarining

mablag’lari*

107 395

(697 $)

107 192

(588 $)

168 258

(496 $)

255 151

(768 $)

168 379

(438 $)

Izoh;

*Kredit tashkilotlarining mablag’lari ko’rsatkichi tarkibiga ichki va tashqi manbalardan jalb etilgan qarzlar

kiritiladi.

2-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, AJ

«Qozog’iston xalq banki» balansi 2019-yilning

1-yanvardagi holatiga 8 959 024 mln.tenge yoki
23 319 mln.AQSh dollarini tashkil etgan va 2016-

yilning 1-yanvariga (2 809 782 mln. tenge yoki
15 406 mln. AQSh dollari) nisbatan milliy valyu-

tadagi hisobda 3,2 barobarga, AQSh dollari
ekvivalentida 51,4 foizga ko’paygan. Mazkur

davrda jismoniy va yuridik shaxslar depozitlari-
ning milliy valyuta hisobidagi hajmi 2015-yildagi

[6] 1 648 013 mln.tengedan 2018-yil yakuniga
kelib, 6 526 930 mln.tengegacha, AQSh dollari

ekvivalentida 10 136 mln. AQSh dollaridan

16 988 mln. AQSh dollarigacha oshgan.

Depozitlarning bank balansidagi salmog’i

2018 yil yakunida 78,2 foiz bo’lib, bu 2015-
yildagi nisbatan (65,7 foiz) 12,5 foiz punktga

ko’p, demakdir. Jalb etilgan depozitlar hajmi o’sib
borishi bilan bir qatorda bankning xususiy

kapitali miqdori o’sish tendentsiyasini namoyon
etgan. Xususan, 2015-yil yakunida xususiy kapital

hajmi milliy valyuta hisobida 475 221 mln.
tengeni tashkil etgan bo’lsa, 2018-yil oxiriga

kelib, 1 065 646 mln.tengegacha oshgan. Ammo

xususiy kapitalning AQSh dollari ekvivalentidagi
summasi 2 606 mln. AQSh dollaridan 2 774

mln.AQSh dollarigacha kamaygan.

Bankning resurs bazasida depozitlar bilan

bir qatorda muomalaga chiqarilgan qarz qimmatli
qog’ozlari uchinchi o’rinni egallagan holda 2019-

yil 1-yanvar holatiga 900 791 mln.tengeni tashkil
etgan. Mazkur ko’rsatkich 2015-yilda 311 009

mln. tengega teng bo’lgan. Ichki va tashqi manba-
lardan jalb etilgan qarz mablag’lari (hamkor

banklarning vakillik hisobvaraqlaridagi mablag’-
lari qoldig’ini hisobga olgan holda) 2015-yildagi

107 192 mln.tengedan 2018-yilda 168 379 mln.

tengecha ko’paygan. Ammo ularning bank balan-
sidagi salmog’i (2018-yilda 1,9 foiz) ahamiyatli

darajada katta emas. Shunga qaramasdan ular-
ning foiz stavkalari ancha jozibali ko’rinadi. 2018-

yil davomida jalb etilgan qarz mablag’lari
bo’yicha foiz stavkalari yillik 2-7 foiz diapazonida

bo’lgan.

Fikrimizcha, AJ Xalq bankida depozit siyo-

satining joriy holati yuzasidan ma’lum xulosalarni
qayd etishdan oldin bank depozit portfeli tarkibiy

tuzilmasini tahlil etish maqsadga muvofiq.

БАНК ИШИ


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил 2-сон

55

3-jadval

«Xalq banki» AJ depozitlari 2015-2018 yillardagi tarkibiy tuzilmasi

dinamikasi [7], (mln. tenge)

3-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, AJ

«Xalq banki» depozit portfelida yuridik va jismo-

niy shaxslarning muddatli omonatlari asosiy
o’rinni egallab, doimiy o’sish tendentsiyasiga ega.

Xususan, 2014-yil yakunida muddatli depozitlar-
ning umumiy hajmi 1 145 475 mln.tengeni, shun-

dan jismoniy shaxslarning depozitlari 764 935
mln.tengeni (66,7 foiz) tashkil etgan bo’lsa, 2019

yilga kelib, ushbu turdagi depozitlar hajmi
4 292 662 mln.tengeni, shundan jismoniy shaxs-

larning muddatli depozitlari 2 918 070 mln.ten-
geni (67,9 foiz) tashkil etgan. Jami depozitlar tar-

kibida muddatli depozitlar salmog’i 2018-yil

yakunida 65,8 foizga teng bo’lgan va 2014-yilda-
giga nisbatan 3,9 foiz punktga ko’paygan.

Yuqorida amalga oshirilgan tahlil natijalari-

ga asoslanga holda Qozoiston bank tizimi va alo-

hida olingan banklar uchun xususiyatli bo’lgan
quyidagi omillarni qayd etish mumkin:

- bank sektorida jamlangan depozitlarning

«dollarlashuv» darajasining oshib borishi, marka-

ziy bank pul kredit siyosatining samaradorligini
pasaytiruvchi omillardan biri bo’lishi bilan bir

qatorda tijorat banklari tomonidan nazorat ostiga
olinmaydigan global va valyutaviy risklar daraja-

sini oshirib yubormoqda. Ayni paytda milliy
valyutaning asosiy xorijiy valyutalar kursida

ma’lum barqarorlikning mavjud emasligi, aholi va

biznes sub’ektlari tomonidan omonat valyutasini
tanlashda xorijiy valyutalarga ustuvorlik berili-

shiga olib kelmoqda;

- depozitlar tarkibida muddatli depozitlar

salmog’ining oshib borishi aholi va biznes
sub’ektlarining bank tizimiga bo’lgan ishonchi

darajasini bildiradi. Tijorat banklarida ochilgan
muddatli depozitlar hajmining ko’payishi bank-

larning kreditlash imkoniyatlarini kengaytirgan
holda moliyaviy barqarorlik holatiga ijobiy ta’sir

o’tkazadi. Shu bilan bir qatorda depozitlar va kre-
ditlar o’rtasidagi nisbatning oshib borishi tashqi

ta’sir omillarini engillashtiradi. Bu esa, o’z navba-
tida milliy iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amal-

ga oshirishda ijobiy ahamiyat kasb etadi.

Xulosa va takliflar.

Tijorat banklari depo-

zit strategiyasini ishlab chiqish va uni amaliyotga
qo`llashda tijorat banklari depozit bazasining

barqarorligini tavsiflovchi ko`rsatkichlarga rioya
qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari

tomonidan bo’sh turgan pul mablag’larini depozit

operatsiyalariga jalb qilish va banklarning resurs
bazasini yanada mustahkamlash maqsadida quyi-

dagi tadbirlarni amalga oshirilishi maqsadga mu-
vofiqdir:

- Muddatli depozitlarga ustuvorlik berilishi

hisobiga bankning depozit siyosatida yuzaga kel-
gan disproportsiyalarni bartaraf etish, shuning-

dek, mijozlarni bo’sh pul mablag’larini bank
plastik kartochkalariga jalb etish orqali ularning

resurs bazasidagi salmog’ini oshirish maqsadida
depozit siyosatida alohida olingan depozitlarga

ustuvorlik berish amaliyotidan voz kechish lozim,
shuningdek, ular o’rtasidagi muvozanatni saqlash

mexanizmini joriy etish hamda plastik kartochka-
lar orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishda

“ichki moliyaviy aylanmalar”tizimini yaratish
maqsadga muvofiq.

– yuridik va jismoniy shaxslardan jalb qilin-

gan depozitlar miqdorini sezilarli darajada oshi-

rib borish;

– aktsiyadorlik jamiyatlari shaklida tashkil

etilgan barcha tijorat banklarining ustav kapita-

lida xorijiy investorlar ishtirokini bosqichma-
bosqich ta’minlash choralarini ko’rish;

– aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning

bo’sh pul mablag’larini uzoq muddatli depozitlar-

ga jalb qilish hamda innovatsion depozit dastur-
larini ishlab chiqish;

MDX mamlakatlari tijorat banklari depozit

porfelining tahlili depozitlarning “dollarlashuv”

darajasining oshib borishi tendentsiyasi kuzatila-
yotganligi hamda milliy valyutaning asosiy xorijiy

valyutalarga nisbatan kursida ma’lum barqaror-
likning mavjud emasligi, shuningdek, aholi va biz-

Ko’rsatkichlar

01.01.2015 yil 01.01.2016 yil 01.01.2017 yil 01.01.2018 yil 01.01.2019 yil

Muddatli depozitlar jami

1 145 475

2 145 442

2 738 125

4 397 857

4 292 662

jumladan

- jismoniy shaxslar

764 935

1 276 609

1 470 536

2 691 886

2 918 070

- yuridik shaxslar

380 810

868 833

1 267 589

1 705 971

1 374 592

Joriy depozitlar jami

702 468

898 289

1 062 537

1 733 893

2 234 268

jumladan

- jismoniy shaxslar

173 264

196 821

244 912

413 363

477 520

- yuridik shaxslar

529 204

701 468

837 625

1 321 530

1 756 748

Jami depozitlar

1 848 213

3 043 731

3 820 662

6 131 750

6 526 930

БАНК ИШИ


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил 2-сон

56

nes sub’ektlari tomonidan omonat valyutasini

tanlashda xorijiy valyutalarga ustuvorlik beril-
moqda;

depozitlarning dollarlashuv darjasining

oshib borishi milliy valyutada ifodalangan pul
massasa miqdorini kamaytirgan holda Markaziy

bank tomonidan amalga oshirilayotgan pul-kredit
siyosati transmission mexanizmining foiz kanali

faoliyati samaradorligini pasaytirib yubormoqda.
Ushbu salbiy holat Markaziy bankning qayta

moliyalashtirish stavkasining depozit va kreditlar
bo’yicha o’rnatilayotgan foiz stavkalariga ta’sirini

kuchsizlanishida o’z aksini topmoqda;

tijorat banklari depozit siyosatini takomil-

lashtirish yo’nalishida olib borilgan tadqiqotlar
natijasida sohada mavjud bo’lgan bir qator

muammolar aniqlandi va ularni bartaraf etish
bo’yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar majmu-

asi ishlab chiqildi. Xususan, depozit siyosati va

bank faoliyatini rivojlantirish strategiyasida bel-
gilangan vazifalar o’rtasidagi uzviy aloqadorlik-

ning mavjud emasligi, depozit siyosatini amalga

oshirish bo’yicha ichki bank me’yoriy hujjatlarida
kombinatsiyalangan xizmatlarning kiritilmagan-

ligi, bank faoliyatiga koronavirus pandemiyasida

davrida dolzarb hisoblanuvchi innovatsion depo-
zit turlarining joriy etilishidagi kamchiliklar,

banklarning depozit bazasini mustahkamlashda
qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqarish imko-

niyatlaridan to’laqonli foydalanilmaganligi kabi
muammolar banklar tomonidan olib borilayotgan

depozit siyosatining samaradorligiga salbiy ta’sir
o’tkazib kelmoqda.

Qayd etilgan muammolarni bartaraf etish

bo’yicha takliflar bilan bir qatorda, depozit siyo-

satining yangi tarkibiy tuzilmasi va uni amaliy
faoliyatga joriy etish mexanizmi ishlab chiqilgan.

Shu bilan bir qatorda, depozit siyosatining sama-
radorligini baholash maqsadida depozit hisob-

raqamlarida saqlanayotgan mablag’larning bar-

qarorligini ta’minlashga qaratilgan indikatorlar
tizimi taklif etilgan.

Manba va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. Bank sohasida strategiya ijrosi va transformatsiya jarayoni muhokama qilindi 2020 yil 6 iyul Uza.Uz
2. Akoff R. Planirovanie budushchego korporatsii. M., Progress, 1985; Bertalanfi L. fon. Razlichnie podxodi k obshchey

teorii sistem. Sistemnie issledovaniya, ejegodnik. M.: Nauka, 1969; S. Bir. Mozg firmi: Per. s angl. - M.: Radio i svyaz, 1993; J.van
Gig. Prikladnaya obshchaya teoriya sistem. per s ang. M: Mir.1981; Optner S. Sistemniy analiz dlya resheniya delovix i

promishlennix problem: per s ang. -M: Sovetskoe radio.1972

3. https://nationalbank.kz/ ma’lumotlari asosida tayyorlandi
4. https://nationalbank.kz/ ma
’lumotlari asosida tayyorlandi.
5. https://halykbank.kz/about-bank/investoram ma
’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
6. 2015 yilda Qozog’iston Milliy banki pul–kredit siyosatiga kiritilgan o’zgartirishlar bank faoliyati natijalarni baholash

tiziminin o’zgarishiga olib kelgan. Buni e’tiborga olgan holda tahlil 2015 yil yakunlari bilan taqqoslash asosida amalga oshirildi.

7. Qozog’iston AJ «xalq banki» ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.

РАҚАМЛИ ИҚТИСОДИЁТНИНГ РИВОЖЛАНИШИНИ БАНК МОЛИЯВИЙ

ХИЗМАТЛАРИДАГИ АҲАМИЯТИ

и.ф.н., доц. Азларова Азиза Ахроровна -

“Банк иши ва инвестициялар” кафедраси доценти

Аннотация.

Мақолада рақамли иқтисодиётнинг ривожланишини молиявий хизматлардаги аҳамияти

назарий жихатдан тахлил қилинган. Хусусан, Ўзбекистонда банкларнинг трансформация жараёнларини
жадаллаштиришнинг хуқуқий асосларини ва амалий жараёнлари ўрганилган.

Калит сўзлар:

банк, рақамли иқтисодиёт, трансформация, банк хизматлари, инновация, масофавий банк

хизматлари.

Аннотация.

В статье анализируется теоретические аспекты важности развития цифровой экономики в

сфере финансовых услуг. В частности, были изучены правовые основы и практические процессы для ускорения
трансформации банков в Узбекистане.

Ключевые слова:

банковское дело, цифровая экономика, трансформация, банковские услуги, инновации,

дистанционное банковское обслуживание.

Annotation.

The article analyzes the theoretical aspects of the importance of the development of the digital economy in

the field of financial services. In particular, the legal framework and practical processes were studied to accelerate the
transformation of banks in Uzbekistan.

Key words:

banking, digital economy, transformation, banking services, innovation, remote banking.

Кириш.

Бугунги кунда республикамиз-

да рақамли иқтисодиётнинг ривожланиши

натижасида, тижорат банкларининг янги ин-

новацион электрон хизматларига талаби яна-

БАНК ИШИ

Библиографические ссылки

Banksohasida strategiya ijrosi va transfbrmatsiya jarayoni muhokama qilindi 2020yil 6 iyul Uza.Uz

Akoff R. Planirovanie budushchego korporatsii. M., Progress, 1985; Bertalanfi L fan. Razlichnie podxodi к obshchey teorii sistem. Sistemnie issledovaniya, ejegodnik. M.: Nauka, 1969; S. Bir. Mozg firmi: Per. s angl. - M.: Radio i svyaz, 1993; J.van Gig. Prikiadnaya obshchaya teoriya sistem. per s ang. M: Mir. 1981; Optner S. Sistemniy analiz dlya resheniya delovix i promishlennix problem: per sang. -M: Sovetskoe radio.l 972

https://nationalhank.kz/ ma’lumotlari asosida tayyorlandi

https://nationalbank.kz/ ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

https://halykbank.kz/about-bank/investoram ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.

2015yilda Qozog’iston Milliy banki pul-kredit siyosatiga kiritilgan o'zgartirishlar bank faoliyati natijalarni baholash tiziminin o’zgarishiga olib kelgan. Buni e’tiborga olgan holda tahlil 2015yilyakunlari bilan taqqoslash asosida amalga oshirildi.

Qozog’iston AJ «xalq banki» ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов