Вопросы выращивания хлопка и его эффективности в косонсойском районе

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
236-240
27
7
Поделиться
Мамаджонов, Ш., & Мадияров, Г. (2021). Вопросы выращивания хлопка и его эффективности в косонсойском районе. Экономика И Образование, (4), 236–240. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/economy_education/article/view/7613
Шохрух Мамаджонов, Наманганский инженерно-технологический институт

магистрант кафедры маркетинга

Гафуржон Мадияров, Наманганский инженерно-технологический институт

к.э.н. Доцент кафедры маркетинга 

 

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье рассматривается выращивание хлопка в Косонсойском районе и его эффективность. Сегодня в Косонсойском районе планируется использовать имеющиеся земли и выращивать хлопок на единой плантации с целью увеличения объемов выращивания хлопка, переработки и экспорта продукции, а также выращивания хлопка на основе установленных норм

Похожие статьи


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил, 4-сон

236

- тўқимачилик корхонасида жараёнли ва

тизимли ёндашув асосида кенг миқёсда сифат

менежменти тизимини жорий этиш, ушбу жа-

раённи амал ошириш учун ходимлар ҳамда иш-

лаб чиқариш тайёргарлигини амалга ошириш

зарур;

- тўқимачилик корхоналарида стратегик

бошқаришни амалга оширишда замонавий бош-

қарув усул ва дастакларни танлашни амалга

ошириш;

- тўқимачилик корхоналарида сифат ме-

нежменти ва стратегик бошқаришнинг интег-

раллашган тизими асосида самарали ривожла-

ниш стратегияларини шакллантириш ҳамда уни

амалга ошириш самарадорлигини баҳолаш

услубиятини ишлаб чиқиш;

- бошқарувнинг таркибий тузилмасини

бозор ўзгаришларига мосланувчан тарзда шакл-

лантирилиши лозим.

Манба ва адабиётлар рўйхати:

1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сонли “2017-2021 йилларда

Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегияси

тўғрисида”ги фармони / www.lex.uz.

2. Экономика предприятия: учебник для вузов. – 2-е изд., перераб. и доп. / под ред. А.Е.Карлика, М.Л.Шухгальтер. –

СПб., 2009. – 464 с.

3. Райзберг Б.А. Современный экономический словарь / Б.А.Райзберг, Л.Ш.Лозовский, Е.Б.Стародубцева. – М.:

ИНФРА-М, 2005. – 479 с.

4.

Деревянко

О.В.

Организационно-экономический

механизм

планирования

бизнес-процессов

предпринимательских структур: дис. ... канд. экон. наук / О.В. Деревянко. – СПб., 2004. – 156 с.

5. Райзберг Б.А. Современный экономический словарь / Б.А. Райзберг, Л.Ш. Лозовский, Е.Б. Стародубцева. – М.:

ИНФРА-М, 2005. – 479 с.

6. Резниченко В.Ю. Риск-менеджмент: учеб. пособие / Московский государственный университет экономики,

статистики и информатики / В.Ю. Резниченко. – М., 2004. – С. 71.

7. Столяров В. Экономический механизм социального страхования [Электронный ресурс] / В.Столяров,

Л.Васечко. – Режим доступа: http://efaculty.kiev.ua/analytics/str/3/ (дата обращения: 21.02.21).

8. Андреева Т.А., Яшин Н.С. Методология «хосин канри» в стратегическом управлении нефтегазовой корпорации

// Вестник Саратовского государственного социально-экономического университета. – 2013. – № 5 (49). – С. 116–123;
Джексон, Т. Хосин канри: как заставить стратегию работать /Т. Джексон, пер. с англ. – М.: Институт комплексных
стратегических исследований, 2008. – С. 23.

KOSONSOY TUMANIDA PAXTA YETISHTIRISH VA UNING SAMARADORLIGI MASALALARI

Mamadjonov Shohruh Muhammadjon o’g’li -

Namangan muhandislik- texnologiya instituti

“Marketing” kafedrasi, Magistratura talabasi

Madiyarov G'afurjon Ahmedovich -

i.f.n., “Marketing” kafedrasi dotsenti

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Kosonsoy tumanida paxta yetishtirish va uning samaradorligi masalalari haqida so`z

yuritilgan. Bugungi kunda Kosonsoy tumanida mavjud yer maydonlaridan unumli foydalanish va paxta yetishtirish, qayta
ishlash va maxsulotlarni yeksport hajmini oshirish uchun ekinlarni yaxlit maydonlarga plantatsiya usulida joylashtirish hamda
belgilangan standartlar asosida paxtani yetishtirish belgilab olingan.

Kalit so’zlari:

Kosonsoy tumani, paxta yetishtirish, samaradorlik, qishloq xo’jaligi, bozor, mulk, iqtisodiyot, sanoat, hosil,

ishlab chiqarish, qayta ishlash.

ВОПРОСЫ ВЫРАЩИВАНИЯ ХЛОПКА И ЕГО ЭФФЕКТИВНОСТИ В КОСОНСОЙСКОМ РАЙОНЕ

Мамаджонов Шохрух Мухаммаджон ўғли-

Наманганский инженерно-технологический институт

магистрант кафедры маркетинга

Гафуржон Мадияров Ахмедович -

кандидат экономических наук

Доцент кафедры маркетинга

Аннотация.

В статье рассматривается выращивание хлопка в Косонсойском районе и его эффективность.

Сегодня в Косонсойском районе планируется использовать имеющиеся земли и выращивать хлопок на единой
плантации с целью увеличения объемов выращивания хлопка, переработки и

экспорта продукции, а также

выращивания хлопка на основе установленных норм.

Ключевые слова:

Косонсойский район, хлопководство, эффективность, сельское хозяйство, рынок,

собственность, экономика, промышленность, урожай, производство, переработка.

САНОАТ ИҚТИСОДИЁТИ


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил, 4-сон

237

ISSUES OF COTTON GROWING AND ITS EFFICIENCY IN KOSONSOY DISTRICT

Mamadjonov Shohruh Muhammadjon ogli -

Namangan Institute of Engineering and Technology

Marketing department Master's student

Gafurjon Madiyarov Ahmedovich -

candidate of economic sciences

docent of the department Marketing

Annotation.

This article deals with the cultivation of cotton in Kosonsoy district and its efficiency. Today, in order to use

the available land in Kosonsoy district and increase the volume of cotton cultivation, processing and export of products, it is
planned to plant crops on monolithic areas and grow cotton on the basis of established standards.

Key words:

Kosonsoy district, cotton growing, efficiency, agriculture, market, property, economy, industry, harvest,

production, processing.

Kirish.

Mamlakatimiz qishloq xo’jaligida bo-

zor islohotlarini amalga oshirish jarayonida paxta-

chilik tarmog’ida xususiy mulk faoliyati ta’min etildi

va bunda asosiy o’rinni fermer xo’jaliklari egalladi.

O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti

I.A.Karimov fermer xo’jaliklarini “Qishloqlarimiz-

ning tayanch ustunidir” deb bejizga ta’kidlamagan-

lar. Mulkni xususiylashtirish natijasida, mahsulot

yetishtiruvchilarda yerga, mulkka, o’z mehnatining

natijalariga egalik qilish, sarflanayotgan mehnat,

moddiy, tabiiy va ma’naviy resurslar hisobiga ko’p-

roq foyda olishga qaratilgan tadbirkorlik asosidagi

faoliyat yuritishi uchun tashkiliy, iqtisodiy va huqu-

qiy shart-sharoitlar yaratildi. Mustaqillik yillarida

qishloq xo’jaligi ekinlari tarkibini diversifikatsiya

qilish yo’nalishidagi tadbirlar natijasida paxta yak-

kahokimligi barham topdi va paxta ekin maydonlari

hajmi optimallashtirildi [6].

Dastlab tashkil topgan aksariyat fermer xo’ja-

liklarida yer maydonlari hajmining kichikligi mah-

sulot ishlab chiqarish rentabelligining o’sishiga va

barqaror foyda olishga to’sqinlik qildi. Shu va bir
qator boshqa omillarni inobatga olgan holda, huku-

matimiz tomonidan fermer xo’jaliklarining yer may-

donlarini to’liq inventarizatsiyadan o’tkazish va ular

faoliyatini tanqidiy baholash asosida fermerlarga

biriktirilgan yer maydonlarini maqbullashtirish

bo’yicha keng ko’lamli, shu bilan birga, puxta o’ylan-

gan ishlar amalga oshirildi[9].

Bugungi kunda Kosonsoy tumanida mavjud

yer maydonlaridan unumli foydalanish va paxta

yetishtirish, qayta ishlash va maxsulotlarni yeksport

hajmini oshirish uchun ekinlarni yaxlit maydonlar-

ga plantatsiya usulida joylashtirish hamda belgilan-

gan standartlar asosida paxtani yetishtirish belgilab

olindi. Tumanda qishloq ho’jaligining barcha soha-

larini jadal suratlar bilan rivojlantirish, qishloq

xo’jalik mahsulotlari va uni qayta ishlash natijasi-

da olingan mahsulotlarni jahon standarti talabla-

ri asosida yaratish, raqobatbardosh mahsulotlarni
dunyo bozoriga olib chiqish bugungi kunning

porloq istiqbolidan darak beradi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining

2019-yil 23-oktyabrdagi «O’zbekiston Respublikasi

qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yil-

larga mo’ljallangan strategiyasini tasdiqlash to’g’ri-

sida»gi PF-5853-son

Farmoni

ijrosini ta’minlash,

jumladan qishloq xo’jaligida erkin raqobatni ta’min-

laydigan bozor tamoyillarini joriy etish, paxta va

g’alla yetishtirishda davlat buyurtmasini bekor

qilish, ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini va

mahsulot ishlab chiqaruvchilar manfaatdorligini

oshirish, investitsiyalarni keng jalb qilish hisobiga

qo’shimcha ish o’rinlarini yaratish maqsadida:

O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sa-

noat vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq xo’jaligi

vazirligi, «O’zpaxtasanoat» AJ, O’zbekiston fermer,

dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari kenga-

shining 2020-yil hosilidan boshlab paxta xom

ashyosini yetishtirishda davlat buyurtmasini bekor

qilish to’g’risidagi taklifiga rozilik berildi [1].

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili

.

Paxtachi-

likda iqtisodiy samaradorlikni oshirish, samarador-

lik ko’rsatkichlarini aniqlash, ularga baho berish
asosida tegishli xulosalar ishlab chiqishda muhim

ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish iqtisodiy samara-

dorligini oshirish borasidagi tadqiqotlar umumiqti-

sodiy muammo sifatida mamlakatimizning qator

nazariyotchi va amaliyotchi olimlari tomonidan tad-

qiq etilgan. Jumladan, A.Abdug’aniev fikricha, «Iqti-

sod fanlarida "samaradorlik" va "iqtisodiy samara-

dorlik"' tushunchalari - mavjud. Ular mamlakat, tar-

moq, korxona, yo’nalishlar hamda ayrim mahsulot-

lar bo’yicha aniqlanishi mumkin[6].

Iqtisodiy samaradorlik tushunchasi samara-

dorlik tushunchasiga nisbatan kengroq mazmunga

ega. Iqtisodiy samaradorlik deganda bir yil davo-

mida (ma’lum davrda) amalga oshirilgan tadbirlar

bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar, ular natijasida olin-

gan sof foyda summasi bilan taqqoslanadi. Shunda

sarflangan xarajatlar evaziga olingan sof foyda sum-

masi qancha ko’p bo’lsa iqtisodiy samaradorlik
darajasi shuncha oshgan hisoblanadi va aksincha.

Samaradorlikni esa u yoki bu tadbirlarni, ishlarni,

САНОАТ ИҚТИСОДИЁТИ


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил, 4-сон

238

mahsulotlarni yetishtirish natijasida erishilgan

yutuqlar ifodalaydi».

Iqtisodchi olim I.Q.Rajabov fikricha, “Samara-

dorlik tushunchasi bu ishlab chiqarish jarayoni

pirovard natijalarini o’zida aks ettiruvchi iqtisodiy

ko’rsatkich sifatida tushunilishi lozim. Iqtisodiy sa-

maradorlik mohiyati nafaqat ishlab chiqarish natija-

lari va xarajatlar o’rtasidagi arifmetik raqamlar bi-

lan, balki foydali natijalarga erishish yo’lida xara-

jatlar miqdorini kamaytirish bilan bog’liq bo’lgan

ishlab chiqarish, taqsimot va ayirboshlash munosa-

batlari orqali ifodalanadi. Ishlab chiqarish samara-

dorligi xarajatlar va natijalar o’rtasidagi arifmetik

nisbatgina bo’lmasdan, balki ishlab chiqarish muno-

sabatlarini aks ettiruvchi iqtisodiy atama...” hisob-

lanadi[7].

R.Husanov, Y.Dadaboevlar esa “Samara –

qishloq xo’jaligida o’tkazilgan u yoki bu tadbirlar-

ning oqibati, natijasidir. Iqtisodiy samaradorlik- ish-

lab chiqarish vositalarining va jonli mehnatning

qo’llanilishidan olingan yakuniy foydali samarani,

jami sarmoyalardan erishilgan natijani ko’rsatadi”

deb ta’kidlashadi[8].

O.A.Shermatov samaradorlik va iqtisodiy

samaradorlik to’g’risida bildirgan mulohazasida,

“Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish resurslarni

takomillashtirish va ulardan oqilona foydalanish

tufayli erishilgan natijani shu maqsadlar uchun

sarflangan jonli va buyumlashgan mehnat miqdo-

riga nisbati ishlab chiqarishning iqtisodiy samara-

dorligini ifodalaydi [9]. Kishilik jamiyatida moddiy

noz-ne’matlar ishlab chiqarish hayotiy zarurat bo’-

lib, bu jarayonda moddiy noz-ne’matlar ishlab chi-

qarishni ko’paytirish bilan bir qatorda mahsulot

ishlab chiqarish uchun sarflanadigan jonli va bu-

yumlashgan mehnat sarfini kamaytirib borish iqti-

sodiy samaradorlikka erishishning asosiy omilidir.

«Samara» - bu qandaydir bir faoliyatni natijaviyli-

gini o’zida aks ettiruvchi ko’rsatkich bo’lib hisobla-

nadi. Samaraning natijasi samaradorlikda o’z aksini

topadi. Samaradorlik - bu sarflangan resurslar

evaziga qancha samara ko’rilganligini o’zida aks

ettiruvchi ko’rsatkichdir. Ishlab chiqarish iqtisodiy

samaradorligi samarani (natija) sarflangan resurs-

larga nisbati bilan aniqlanadi. SHu jihatdan, iqtiso-

diy samaradorlik sarflangan har bir so’mlik resurs

evaziga kancha samara olinganligini aks ettiradi”

degan talqinni ifoda etadi[9].

Yuqoridagi fikrlardan shunday xulosa qilish

mumkinki, qishloq xo’jaligida iqtisodiy samarador-

lik kam mehnat va moddiy resurslar sarflab, atrof

muhit va ekologik muvozanatga salbiy ta’sir ko’rsat-

magan holda resurs sarfi miqdori hisobiga olinadi-

gan yakuniy sof foyda miqdorida o’z aksini topadi.

Iqtisodiy samaradorlikni oshirish, xo’jaliklar

daromadining o’sishiga erishishda ekinlar hosildor-

ligi va mahsulot sifatini oshirish bilan bir qatorda

resurslarni tejovchi texnologiyalardan foydalanish,

qimmat va noyob resurslar iste’mol qiladigan ishlab

chiqarish jarayonlarini diversifikatsiya qilish masa-

lasi muhim ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatimizdagi quyidagi olimlar M.R.Bol-

taboev [2] N.G. Akbarov [3], A.R. Rashidov [4], K.D.

Begimova [5] va boshqa olimlarning tadqiqotlarida

paxtani yetishtirish va qayta ishlashda ilmiy tadqi-

qot ishlari olib borilgan.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqotni amal-

ga oshirish jarayonida iqtisodiy-statistik tahlil,

abstrakt fikrlash, monografik kuzatish usullaridan

keng foydalanilgan.

Tahlil va natijalar:

Bugungi kunda qishloq

xo’jaligida islohotlarni yanada chuqurlashtirish,

sohaning barcha tarmoqlarini modernizatsiya qi-

lish, yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, za-

monaviy resurs tejamkor agrotexnologiyalarni joriy

etish, iqtisodiy munosabatlarni yanada takomillash-

tirish orqali ishlab chiqarish samaradorligi va bar-

qarorligini ta’minlaydigan tashkiliy choratadbirlar

amalga oshirilishi natijasida 2021-yilda yalpi

qishloq xo’jaligi mahsuloti ishlab chiqarish hajmi

2020-yilga nisbatan qiyoslama baholarda 6,6 foiz

o’sishiga erishildi, paxta maydonlari 30,5 ming gek-

targa qisqartirilib, ushbu yerlarga ichki hamda tash-

qi bozorda talab yuqori bo’lgan meva-sabzavotlar,

chorva mollari uchun ozuqabop ekinlar ekildi [8].

Fermer xo’jaliklari yer maydonlarini maqbullashtirish natijalari

(2020 yil 1 dekabr holatiga)


Ko’rsatkichlar

Fermer xo’jaliklarining ixtisoslashuvi

Jami

Paxtachilik va

g’allachilikda

Sabzavotchilik

va polizchilikda

Bog’dorchilik va

uzumchilikda

Chorvachilikda

1

2

3

4

5

6

-maqbullashtirishdan oldin (01.10.2020)

83514

48264

2982

19575

6770

-maqbullashtirish natijasida(01.12.2020) 101070

60695

3655

24730

6572

Maqbullashtirishdan so’ng o’zgarish(+,-)

+17556

+12431

+672

+5155

-198

Maqbullashtirishdan so’ng jami fermer
xo’jaliklari soniga nisbatan, foizda

100

60,0

3,6

24,5

6,5

O’rtacha bir fermer xo’jaligiga to’g’ri keladigan yer maydoni, ga:

-maqbullashtirishdan oldin (01.10.2020)

43,9

65,1

12,5

9,5

34,6

-maqbullashtirish natijasida(01.12.2020)

36,1

52,7

8,1

6,8

31,2

Maqbullashtirishdan so’ng o’zgarish(+,-)

-7,8

-12,4

-4,4

-2,7

-3,4

САНОАТ ИҚТИСОДИЁТИ


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил, 4-сон

239

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama-

sining “Fermer xo’jaliklariga beriladigan yer uchast-

kalari maydonlarini maqbullashtirish chora-tadbir-

lari to’g’risida”gi qarori bilan fermer xo’jaliklarining

yer maydonlarini maqbullashtirish ishlari izchil

davom ettirildi. Natijada 2020-yil yakuniga kelib

respublikamizdagi bir fermer xo’jaligiga to’g’ri

keluvchi o’rtacha yer maydoni hajmini 43,9 gektar-

dan 36,1 gektarga, shu jumladan, paxtachilik va

g’allachilikda 65,1 dan 52,7 gektarga, sabzavotchilik

va polizchilikda 12,5 dan 8,1 gektarga, bog’dorchilik

va uzumchilikda 9,5 dan 6,8 gektarga va chorva-

chilikda 34,6 dan 31,2 gektarga kamaytirildi

(1-jadval).

Namangan viloyatida paxtachilikka ixtisos-

lashgan fermer xo’jaliklari faoliyati tahlil etilganda

2015-2020 yillar davomida viloyatda paxta may-

donlari qisqarganligini ko’rishimiz mumkin.

1-rasm. Namangan viloyati fermer xo’jaliklarida paxta yetishtirish ekin maydonlarining o’zgarishi

Manba:

Namangan viloyati Qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi ma’lumotlari asosida tayyorlangan.

Kosonsoy tumanda bugungi kunda barcha

yo’nalishlarda 464 ta fermer xo’jaliklari faoliyat

yuritmoqda. Mazkur fermer xo’jaliklari tomonidan

2020-yilda 3955 gektar maydonda paxta yetishti-

rildi. 2020-yil yakuni bo’yicha paxta 164 ta fermer

xo’jaliklari tomonidan 3955 gektar maydonda paxta

yetishtirilib, 9278 tonna paxta hosil yig’ib terib olin-

di. Har gektar maydondan olingan o’rtacha hosil-

dorlik 28,6 ts.ni tashkil etdi. Jami paxta sotishdan

olingan pul daromadi 47 mlrd. 187 so’mni tashkil

etib, 1 tn paxtaning o’rtacha sotish bahosi 4 mln.168

ming so’mga to’g’ri keldi. Paxta yetishtirish uchun

jami 43 mlrd.so’m harajat qilinib, 1 gektarning ha-

rajti 10 mln.872 ming so’mni, 1 tn paxta yetishtirish

tannarxi 3 mln. 798 ming so’mni tashkil etdi. Yil

yakuni bo’yicha 28 ts. va undan yuqori hosil olgan

fermer xo’jaliklari paxtachilikda foyda bilan chiqib,

jami sof foydasi 4,1 mlrd.so’mga to’g’ri keldi.

Paxta yetishtirish harajatlari uchun jamg’ar-

ma tomonidan klaster korxonasi orqali 25,6 mlrd.

so’m kredit mablag’lari ajratilib, bugungi kunda bel-

gilangan hosilni yetishtirmagan fermer xo’jaliklari

tomonidan 2 mlrd. 175 mln.so’mlik kreditlar qop-

lanmasdan qolmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 2020-yil

Kosonsoy tumanida davlat ro’yhatidan o’tib faoliyat

ko’rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 341,2

mlrd. so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan

bo’lib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat

ishlab chiqarish indeksi 102,6 %ni (2019 yilning

yanvar-dekabr oylarida 321,6 mlrd.so’mlik sanoat

mahsulotlari ishlab chiqarilgan, o’sish sur’ati

108,2 % ni) tashkil etdi.

1-jadval

Paxtani qayta ishlash bo’yicha

(tonna)

2020 yilda yetishtirilgan paxta

-

9278

2020 yilda qayta ishlangan paxta jami

-

9278

-

2019 yil hosilidan

-

9047

-

2020 yil hosilidan

-

9278

Ishlab chiqarilgan: - paxta tolasi

-

3190

- paxta chigiti

-

4831

- paxta momig’i

-

201

Paxtani qayta ishlash darajasi

(%)

-

50,2%

Manba:

Muallif ishlanmasi.

Xulosa va takliflar:

Yuqoridagi tahlil ma’lu-

motlari asosida quyidagi xulosalar ishlab chiqildi:

1. Kosonsoy tumanida paxta ishlab chiqarish

hajmining o’zgarib borishiga ham intensiv, ham

ekstensiv omillar ta’sir ko’rsatganligi bilan mamla-

САНОАТ ИҚТИСОДИЁТИ


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил, 4-сон

240

kat miqyosida amalga oshirilgan tadbirlar asosiy

omil hisoblangan: Jumladan:

- birinchidan, respublika aholisining oziq-

ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirish va

don mustaqilligini ta’minlash maqsadida g’alla ekin

maydonlarini kengaytirilishi;

- ikkinchidan, ekologik muvozanatni saqlash

va tuproq unumdorligini oshirish bo’yicha olib

borilayotgan chora-tadbirlar natijasida paxta yakka

hokimligiga barham berish yo’nalishida olib boril-

gan tadbirlar;

- uchinchidan, yerlarning ekologik jihatdan

buzilishi kimyoviy moddalar, mineral o’g’it va pes-

titsidlarni tinimsiz ishlatish oqibatida yanada

kuchaymoqda[7]. Paxta ekilayotgan maydonlarga

solinayotgan mineral o’g’itlarning ilmiy asoslangan

nisbati buzilishi va almashlab ekish tizimi izdan

chiqishi natijasida tuproq unumdorligini oshirish

imkoniyatlari cheklanib qolmoqda va natijada ekin

maydonlarining tuproq unumdorligi salohiyatidan

foydalanish imkoni pasaymoqda.

2. Kosonsoy tumanida paxtachilikni rivojlan-

tirish va tarmoq samaradorligini oshirishda quyida-

gilarga e’tibor berish lozim:

- ekin maydonlari tuproq unumdorligini oshi-

rishning muhim omili bo’lgan almashlab ekishni

ilmiy asosda joriy etish;

- almashlab ekish tizimi izdan chiqqan tu-

manlarda ekin maydonlariga mineral va mahalliy

o’g’itlarni solishda ilmiy asoslangan nisbatlarga

e’tibor qaratish va boshqalar.

3. Hozirda paxtachilikka ixtisoslashgan fer-

mer xo’jaliklarida paxta yetishtirishda ularning joy-

lashgan hududlari ham paxtachilik iqtisodiga turli

xil ta’sir ko’rsatmoqda. Lekin, fermer xo’jaliklarida

paxtachilik tarmog’i iqtisodiy samaradorligini oshi-

rishga va xo’jaliklarning moliyaviy barqarorligini

ta’minlashga qaratilgan tadbirlar qatorida ekin

maydonlarida faqat davlat buyurtmasiga paxta va

g’alla yetishtirish bilangina chegaralanmay xo’jalik-

lar moliyaviy holatini yaxshilash maqsadida ko’proq

foyda keltiruvchi ekinlarni joylashtirishga e’tibor

qaratish maqsadga muvofiq.

Manba va foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktyabrdagi «O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini

rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga mo’ljallangan strategiyasini tasdiqlash to’g’risida»gi PF-5853-son Farmoni. Manba:

https://lex.uz sayti.

2.

M.R. Boltaboev To’qimachilik sanoatida marketing strategiyasi. Monografiya. – Toshkent: FAN, 2004.

3.

N.G.Akbarov

.

Paxta tozalash korxonasi raqobatbardoshligini baholash orqali uni oshirish imkoniyatlari. “Iqtisodiyot

va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, aprel, 2013 yil.

4.

A.R. Rashidov. Paxtachilikda resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish samaradorligini oshirish yo’llari. “Iqtisodiyot

va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2020 yil.

5.

SH.R.Mardonov. Paxta tozalash korxonasi rivojlanish sitrategiyasi samaradorligini baholash usulini takomillashtirish

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 5, sentyabr-oktyabr, 2020 yil.

6.

Abdug’aniev A. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti. – T.: O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot Jamg’armasi. 2004, 26-

bet.

7.

Rajabov I. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida agroresurslar bozori muvozanati va ishlab chiqarishning

samaradorligi. Dis. iqtisod fanlari doktori. T. 2006y 11-bet.

8.

Xusanov R.A., Dadaboev T.Y., Dadaboev D.Y. Agrosanoat kompleksi iqtisodiyoti. - T.: O’zbekiston. 2003. bet 470.

9.

SHermatov O.A. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida paxtachilikni rivojlantirish va iqtisodiy samaradorligini

oshirish yo’llari. Dis. iqt. fan. nom. – T.: 2006. (10-11 b.)

YAPONIYANING ILG'OR TAJRIBALARIDAN FOYDALANGAN HOLDA O'ZBEKISTON

AVTOMOBILSOZLIK SANOATINING BARQAROR RIVOJLANISHINI QO'LLAB-QUVVATLASH UCHUN

BARQAROR TA'MINOT ZANJIRINI YARATISH

Xakimova Shahnoza Nuraliyevna -

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti doktorant,

Umarhodjayeva Muyassar Ganiyevna -

dotsent, i.f.n. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Annotatsiya.

Ta'minot zanjiri barqarorligi tobora ko'proq kompaniyalar barqarorligining asosiy tarkibiy qismi sifatida

tan olinmoqda. Ushbu tadqiqot kompaniyalarni barqaror ishlash ta'minoti zanjiri amaliyotini yaxshiroq rejalashtirishda
kompaniyaning faoliyatini yaxshilash uchun qo'llab-quvvatlashga qaratilgan. Izlanish natijalari shuni ko'rsatadiki, Toyota

ishlab chiqarish tizimining asosini Kaizen tashkil etadi: doimiy ravishda takomillashtirish jarayonida chiqindilarni yo'q qilish va
doimiy ravishda yuqori sifatga mutloq konsentratsiya. Topilmalar Toyota kompaniyasining ishlab chiqarish tizimidan butun
yetkazib berish zanjiri davomida raqobatbardosh ustunlik manbai sifatida qanday foydalanishi mumkinligini namoyish etadi.
Shunga ko'ra, "Kaizen" Yaponiyaning eng yaxshi amaliyoti sifatida O'zbekiston avtomobilsozligini barqaror ta'minot zanjirini

qo'llab-quvvatlashga undaydi.

Kalit so’zlar:

Barqaror ta'minot zanjiri, “Kayzen” yondashuvi, doimiy takomillashtirish, Yaponiya tajribasi,

avtomobilsozlik, barqaror rivojlanish.

САНОАТ ИҚТИСОДИЁТИ

Библиографические ссылки

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktyabrdagi «O'zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to’g'risida»gi PF-5853-son Farmoni. Manba: https^/teXAiZsayti.

M.R. Boltaboev To'qimachilik sanoatida marketing strategiyasi. Monografiya. - Tashkent: FAN, 2004.

N.G.Akbarov. Paxta tozalash korxonasi raqobatbardoshligini baholash orqali uni oshirish imkoniyatlari. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 6, aprel, 2013yil.

A.R. Rashidov. Paxtachilikda resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish samaradorligini oshirish yo’llari. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2020yil.

SH.R.Mardonov. Paxta tozalash korxonasi rivojlanish sitrategiyasi samaradorligini baholash usulini takomillashtirish "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 5, sentyabr-oktyabr, 2020yil.

Abdug’aniev A. Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti. - T.: O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi AdahiyotJamg'armasi. 2004, 26-bet.

Rajabov I. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida agroresurslar bozori muvozanati va ishlab chiqarishning samaradorligi. Dis. iqtisod fanlari doktori. T. 2006y 11-bet.

Xusanov R.A., Dadaboev T. Y., Dadaboev D. Y. Agrosanoat kompleksi iqtisodiyoti. - T.: O'zbekiston. 2003. bet 470.

SHermatov O.A. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida paxtachilikni rivojlantirish va iqtisodiy samaradorligini oshirish yo’llari. Dis. iqt. fan. пот. - T: 2006. (10-11 b.)

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов