ФОРМИРОВАНИЯ НАУЧНОГО МЫШЛЕНИЯ МОЛОДЕЖИ НОВОГО УЗБЕКИСТАНА

CC BY f
25-33
2
0
Поделиться
Махмитова, Д. . (2023). ФОРМИРОВАНИЯ НАУЧНОГО МЫШЛЕНИЯ МОЛОДЕЖИ НОВОГО УЗБЕКИСТАНА. Предпринимательства и педагогика, 5(1), 25–33. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/22063
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Научные знания и понятия имеют большое значение как критерии формирования научного мышления молодежи Новейшего Узбекистана. Понятия являются одной из форм отражения в процессе восприятия существующего мира. В ходе развития любой науки понятия сливаются, расширяются и переформулируют критерии науки. Критерии относятся к более общим, фундаментальным, так называемым «основным» понятиям. Остальные понятия, используемые в этой науке, образуются из этих понятий. Появилось много новых научных направлений. Одной из важных задач, стоящих перед каждой страной, является разработка национальной модели молодежной политики. Известно, что молодежь является наиболее активной прослойкой общества, она является главным фактором и потенциальной силой, вызывающей изменения в общественной жизни и реализующей творческие идеи. В статье научно проанализировано, что, поддерживая молодежь социально, морально и материально, создавая благоприятные условия для полной реализации ею своих прав и занятия своего места в обществе, можно превратить ее в великую силу, решающую судьбу Родины.

Похожие статьи


background image

25

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

IJTIMOIY FANLAR

Maxmitova Dilfuza

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

UDK 130.3:37.035-053.81

YANGILINAYOTGAN O‘ZBEKISTON YOSHLARINING ILMIY

TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISH MEZONLARI

Kalit so‘zlar:

bilim, ko`nikma,
malaka,
tushuncha,
ijtimoiy
hayotdagi
o‘zgarishlar,
yoshlar ijtimoiy,
ma’naviy va
moddiy olam,
ilmiy tafakkurini
shakllantiris.

Annotatsiya.

Yangilinayotgan O‘zbekiston yoshlarining ilmiy tafakkurini

shakllantirish mezonlari sifatida ilmiy bilimlar, tushunchalar muhim ahamiyat
kasb etadi. Tushunchalar – mavjud dunyoni idrok etish jarayonidagi aks etishi
shakllaridan biri. Har qanday fan rivojlanishi jarayonida tushunchalar fan
mezoniga birlashadi, kengayadi va qayta hosil qilinadi. Bu tushunchalardan
mazkur fanda ishlatiladigan qolgan tushunchalar hosil bo‘ladi. Ko‘pgina yangi
ilmiy sohalar yuzaga keldi. Har bir mamlakat oldida turgan muhim
vazifalardan biri yoshlarga oid siyosatning milliy modelini ishlab chiqishdir.
Ma’lumki, yoshlar jamiyatning eng faol qatlami hisoblanib, ular ijtimoiy
hayotdagi o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan, bunyodkorlik g‘oyalarini hayotga
tatbiq etuvchi asosiy omil va salohiyatli kuch hisoblanadi. Yoshlarni ijtimoiy,
ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, huquqlarini to‘laqonli
ro‘yobga chiqarish, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashlari uchun qulay sharoitlar
yaratish orqali ularni vatan taqdirini hal etuvchi katta kuchga aylantirish
mumkinligi maqolada ilmiy jihatdan tahlil qilindi.

ФОРМИРОВАНИЯ НАУЧНОГО МЫШЛЕНИЯ МОЛОДЕЖИ

НОВОГО УЗБЕКИСТАНА

Махмитова Дилфуза

Ташкентский институт текстильной и лёгкой промышленности

Ключевые
слова:

знания,

умения,
компетентность,
понимание,
изменения в
общественной
жизни,
социальный,
духовный и
материальный
мир молодежи,
формирование
научного
мышления.

Аннотация.

Научные знания и понятия имеют большое значение как

критерии формирования научного мышления молодежи Новейшего
Узбекистана. Понятия являются одной из форм отражения в процессе
восприятия существующего мира. В ходе развития любой науки
понятия сливаются, расширяются и переформулируют критерии науки.
Критерии относятся к более общим, фундаментальным, так
называемым «основным» понятиям. Остальные понятия, используемые
в этой науке, образуются из этих понятий. Появилось много новых
научных направлений. Одной из важных задач, стоящих перед каждой
страной, является разработка национальной модели молодежной
политики. Известно, что молодежь является наиболее активной
прослойкой общества, она является главным фактором и
потенциальной силой, вызывающей изменения в общественной жизни
и реализующей творческие идеи. В статье научно проанализировано,
что, поддерживая молодежь социально, морально и материально,
создавая благоприятные условия для полной реализации ею своих прав
и занятия своего места в обществе, можно превратить ее в великую
силу, решающую судьбу Родины.


background image

26

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

FORMATION OF SCIENTIFIC THINKING OF THE YOUTH OF NEW

UZBEKISTAN

Makhmitova Dilfuza

Tashkent Institute of Textile and Light Industry

Keywords:

knowledge, skills,
competence,
understanding,
changes in public life,
social, spiritual and
material world of
youth, formation of
scientific thinking.

Annotation.

Scientific knowledge and concepts are of great importance

as criteria for the formation of scientific thinking among the youth of
modern Uzbekistan. Concepts are one of the forms of reflection in the
process of perception of the existing world. In the course of the
development of any science, concepts merge, expand and reformulate the
criteria of science. Criteria refer to more general, fundamental, so-called
"basic" concepts. The remaining concepts used in this science are formed
from these concepts. Many new scientific directions have appeared. One
of the important tasks facing each country is the development of a national
model of youth policy. It is known that young people are the most active
stratum of society, they are the main factor and potential force that causes
changes in public life and implements creative ideas. The article
scientifically analyzes that by supporting young people socially, morally
and financially, creating favorable conditions for the full realization of
their rights and taking their place in society, it is possible to turn them into
a great force that decides the fate of the Motherland.

Kirish

Insoniyat taraqqiyotiga o‘zining salmoqli xissasini qo‘shgan bugungi kun

yangiliklaru ta’limotlarga qaramasdan, ilm-fan, madaniyat rivojlangan uchunchi ming
yillikning boshida ham urushlardan jabr ko‘rayotgan, qiyinchiliklarga duchor
bo‘layotgan baxtsiz insonlar xali ham bor. Boz ustiga bunday illatlar yangi shakl va
mazmunda yana paydo bo‘lishi davom etmoqda. Aslida, “jamiyat ehtiyojlariga ko‘ra
axloqiy jihatdan saqlanib borsa, u ijtimoiylashadi” [10, 229-b.]. Aholisi
ijtimoiylashgan jamiyat kuchli jamiyatdir. Zero, kuchli jamiyat – bu inson huquqlari
va erkinliklarini, demokartik qadriyatlarni ustuvor biluvchi va inson omilini ro‘yobga
chiqaruvchi jamiyatdir [7, 19-b.].

Mamlakatimizda yoshlarning tafakkuri va aqliy salohiyatini ro`yobga chiqarish

uchun zarur imkoniyatlarni yaratish masalasiga alohida e’tibor berib kelinmoqda.
Innovatsiya - bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan
boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida
boshlashimiz kerak” [2, 19-20-b.]. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohatlar
tarkibida, jumladan, yoshlarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirish, ta’lim
jarayonidagi faolligini yuksaltirish, kasbiy faoliyat uchun zarur bilim, ko‘nima
malakalar egallashini, muammolar ustida ishlashda mustaqil va ijodiy yondashuvini
ta’minlovchi

innovatsion

tafakkurni

rivojlantirishning

mexanizmlarini

takomillashtirish borasida ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish muhim masalalar
hisoblanadi.

Mamlakatimiz yoshlariga chinakam suyanch bo‘la oladigan mutlaqo yangi

tashkilot – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilishi yuragida o‘ti bor, orzu-niyatli
yigit-qizlar uchun haqiqiy bayram bo‘ldi. Ayniqsa asosiy ko‘tarilgan vazifalardan biri


background image

27

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

uyushmagan yoshlar va ularni ish bilan ta’minlash masalalaridan dolzarb bazifalardan
biri hisoblanadi.

Yoshlar muammolarini hal etish nafaqat mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlanishi, balki butun mamlakat xavfsizligining kafolati ham hisoblanadi. Har
qanday davlatning yoshlar borasidagi siyosati o‘sha xalqning o‘ziga xosligi,
qadriyatlari, urf-odatlariga bevosita bog‘liq bo‘lib, er yuzining turli mamlakatlarida bu
sohadagi siyosat o‘zgacha shakl, mazmun va uslubda yo‘lga qo‘yilgan. Eng achinarlisi
shundaki, ilm-fan, madaniy rivojlanish taraqqiyoti kuchaygan sari insonni tarbiyalash,
uning qalbini davolash zaruriyati shunchalar dolzarb bo‘lib bormoqda. Voqealar
ummonida o‘zini “yo‘qotib qo‘ymaslik” zarurati tobora kuchliroq sezilmoqda. Ana
shunday sharoitda faqatgina o‘z fikri, tafakkuri, ularni milliy va umuminsoniy
qadriyatlar uyg‘unligi asosida rivojlantirishga harakat qilgan inson, xalqgina o‘zini
asrab qolishi mumkin. Aslida sog‘lom ma’naviy ehtiyoj inson qalbini nurga, yaxshilik,
ezgulikka to‘ldiruvchi, uning yomon illatlardan ximoya qiluvchi vosita hisoblanadi.

Tadqiqot jarayonida xolislik, tizimli yondashuv, tarixiylik va mantiqiylik,

gnosеologik va aksiologik tahlil kabi tamoyillarga tayanildi.

Asosiy qism

Yoshlar, guruh sifatida safarbar bo‘luvchi, yangiliklarga moyil va demak,

tadbirkorlarga xos asosiy ta’riflarga ega bo‘ladilar va davlat, buni tushungan holda, o‘z
fuqarolarining tadbirkorlik salohiyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan bir qator
tadbirlarni o‘tkazadi. Yoshlar tadbirkorligini rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish
bo‘yicha Evroittifoq mamlakatlari va AQSH tajribasi tadqiqot uchun qiziqish
uyg‘otadi, chunki bu mamlakatlarda kichik va o‘rta biznesning ulushi 95-99 % ni
tashkil qiladi.

Buyuk Britaniyada yoshlarda tadbirkorlik salohiyatini shakllantirish jarayoni

maktabdan boshlanadi. 2013 yilning iyunidan boshlab mamlakatda maktab
o‘quvchilariga biznes-bilim berish amalga oshirila boshlangan. Ushbu yo‘nalish
doirasida «Founders-School» dasturi ishlab chiqilgan. Biznes va innovatsiyalar
departamenti etakchi ijtimoiy tarmoqlar Linkedln, Facebook bilan birgalikda 11
yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni jalb qilmoqdalar. Ekspertlarning baholariga
ko‘ra, ko‘rsatib o‘tilgan yoshlar guruhlari ishtirokchilarining soni 500000 kishini
tashkil qiladi [12]. Ushbu yo‘nalish doirasida muvaffaqiyatli britaniyalik tadbirkorlar
kuniga bir soat yoshlar bilan qanday omillar ularni tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanishni tanlashlariga ta’sir qilganligi, ushbu kasbda muvaffaqiyatli bo‘lish
uchun qanday qadamlar qo‘yish kerakligi haqida suhbatlashadilar. O‘qish loyihasida
ishtirok etgan 2500 maktab o‘quvchilaridan 90% ko‘prog‘i tadbirkorlik faoliyatidan
ruhlanish oldilar. Umuman, keyingi vaqtlarda Buyuk Britaniyada biznes bilan
shug‘ullanishni istovchi yoshlar soni o‘sib bormoqda. Masalan, Princes Trust Markazi
tadqiqotlariga ko‘ra, ishsiz britaniyaliklarning to‘rtdan biri davlat sektorida ish
qidirishdan ko‘ra, shaxsiy biznesni tashkil qilishni afzal ko‘radi [12, 67-b.].

Shu vaqtning o‘zida yosh salohiyatli tadbirkorlar va o‘z ishini ochishga tayyor

ishbilarmonlar o‘rtasida ziddiyat kuzatilmoqda. “Times” jurnali tomonidan o‘tkazilgan
so‘rov natijalariga ko‘ra, 6 ta yosh britaniyaliklardan faqat bittasi kollejni bitirgandan


background image

28

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

keyin shaxsiy biznesni ochishga tayyor. Bu shuning bilan izohlanadiki, yosh
britaniyaliklarning katta qismi tadbirkorlik bo‘yicha kasbiy ta’lim dasturlari haqida
tasavvurga ega emas.

Ushbu maqsadda ko‘pgina yirik korxonalar (BP, Freshfields, Goldman)

maktablar bilan belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha strategik uzoq muddatli aloqalarni
shakllantirish bilan, yoshlarni ularning intilishlarida qo‘llab- quvvatlamoqdalar, misol
uchun, Business in the Community’s Business Class. Maktablarda sinflarda rolli
tadbirkorlik modellarini yaratish, ishbilarmonlik o‘yinlarini o‘tkazish, ishga
joylashishning asoslarini o‘qitish bo‘yicha uchish dasturlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, Fransiyada yoshlar siyosati Yoshlar, sport va ijtimoiy tashkilotlar bilan
ishlash vazirligi tomonidan amalga oshirilib, unga ta’lim, madaniyat va
kommunikatsiya hamda bandlik bo‘yicha tegishli vazirliklar ko‘maklashadi.
Fransiyada ishsiz aholining ko‘pchiligini yoshlar tashkil etganligi bois, ushbu
muammolarni hal etish maqsadida “Yangi xizmatlar, yangi ish o‘rinlari” davlat dasturi
joriy qilingan. Shuningdek, yoshlarning huquqlarini himoya qilish uchun
“Imkoniyatlar tengligi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan bo‘lib, ushbu qonun
mamlakatdagi xususiy korxona va tashkilotlarga yoshlarni ishga qabul qilish bo‘yicha
qo‘shimcha vazifalar yuklaydi. Bundan tashqari, Fransiyada madaniyat sohasidagi
davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish borasida ham ko‘pgina ishlar
qilinmoqda. Xususan, yoshlar kinematografiyasini qo‘llab-quvvatlash, bu borada
joylarda turli festivallar o‘tkazish, yoshlarni kitob mutolaasi bilan bandligini
ta’minlash bo‘yicha yoshlar dasturi ishlab chiqilib, bu dastur yoshlarni to‘laqonli
barkamol shaxs bo‘lib ulg‘ayishiga zamin yaratadi.

Tafakkur hodisalari hamma vaqt bilishning hukm, tushuncha yoki xulosa

chiqarish kabi natijalari bilan yakun topadi. Qoidaga ko‘ra, aqliy faoliyatning bu
natijalari til orqali qayd qilinadi, shuning uchun bu faoliyat kechish jarayonida uni
boshqarish istisno qilinadi. Sodda qilib aytganda, inson o‘ylagani haqida fikr
bildirmaydigan bo‘lsa, faoliyatga undash maqsadida unga ta’sir etish mumkin emas [3,
87-b.].

Bugungi kunda ba’zi olimlarning jilovsiz tafakkuri insoniyat boshiga yana qanday

savdolar solishi hali noma’lum bo‘lgan yangi ixtiro va texnologiyalarni yaratish
ishtiyoqi bilan yonishda davom etmoqda. Ular, endilikda ko‘pchilik fan arboblarini
ham jiddiy havotirga solayotgan, fan va texnikaning nanotaxnologiyalar, mashina
ziyoliliki, genetik meditsina kabi sohalarida izlanishlar olib bormoqdalar va sezilarli
natijalarga erishmoqdalar. Oksford universiteti direktori, professor Nik Bostrom bu
ishlarning salbiy oqibatlari haqida o‘ylab ko‘rilmayotgani haqida shunday deydi:
“Texnologik progressning tezlashuvi tufayli insoniyat hozir o‘z taraqqiyotining keskin
burilish nuqtasga katta tezlik bilan yaqinlashib kelayotgan bo‘lishining ehtimoli katta.
Insoniyatga yaxshi tanish bo‘lib qolgan yadroviy xavfu xatar yoniga endilikda
nanotizimlar va mashina ziyoliligi kabi sohalarning jadal rivojlana boshlagan
texnologiyalari misli ko‘rilmagan o‘z imkoniyatlari va xatarlari bilan qo‘shilmoqda.
Bizning kelajagimiz, agar u bor bo‘lsa, bizning ana shu jarayonlarga munosabatimizga
bog‘liq. Hamon biz jadal rivojlanayotgan texnologiyalarga bog‘liq ekanmiz, insoniyat


background image

29

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

jamiyatidan “post-insoniyat” jamiyatiga o‘tish dinamikasini yaxshi anglab etishimiz
kerak. Ayniqsa, tuzoq qaerda joylashganini, muqarrar o‘limga olib borishi mumkin
bo‘lgan yo‘llarni payqay bilishimiz zarur”.

Тaniqli adib M.Shoxanov ta’kidlaganidek, de Sad asarlarida tasvirlangan

ma’naviy qashshoqlik, ashaddiy shavqatsizlik manzaralari faqat la’natlashga loyiq.
O‘z onasini zo‘rlagan murtad, qizini o‘ziga o‘ynash tutib, so‘ng uni murdasini ovloq
joyga eltib tashlaguncha yalab-yulqab borgan vosvos ota xaqidagi parchalarni o‘qishni
o‘zi ham azob. Shunday bulsa-da, de Sad kitoblarini o‘qishga mushtoq bo‘lgan
kitobxonlar juda ko‘p [4, 128-b.].

Ammo, o‘zbek xalqi o‘z milliy-madaniy taraqqiyoti bilan jahonda alohida xurmat

va e’zozga ega bo‘lgan xalq hisoblanadi. Bu - e’tirof etilgan aksioma. Ana shu milliy-
madaniy boyliklarni xalqimiz ongi shuhratiga singdirish, ularning qalbiga jo etish
asosida millat madaniy-ma’naviy qiyofasini shakllantirish mumkin. Biz ko‘pincha
sog‘lom ma’naviy ehtiyojni shakllantirish to‘g‘risida gapiramiz, uning zarurligi
xususida o‘z muloxazalarimizni beramiz – bu to‘g‘ri. Ammo, yana shu ham ma’lumki,
jahon amaliyotida sog‘lom ma’naviy ehtiyojni shakllantirishning umume’tirof etilgan
yagona yo‘li yo‘q. Bunday ehtiyoj, bir tomondan millatning milliy-madaniy tarixiy
merosi, jamiyat fuqarolarining mazkur merosga bo‘lgan munosabati natijasida
shakllansa, boshqa tomondan, davlatning milliy-madaniy merosga, uni fuqarolar
tomonidan o‘zlashtirishga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq.

Demak, eng avvalo, kattalarda shaxsiy namuna bo‘lishi lozim. Ijobiy shaxsiy

namuna - o‘quvchilar shaxsini shakllantirishda alohida o‘rin egallashi mumkin bo‘lgan
metod bo‘lib, shaxsga shaxs orqali ta’sir etishning eng ob’ektiv yo‘li hisoblanadi.
Yoshlar balog‘at yoshiga etib, mustaqil hayotni boshlagunlariga qadar bilish, o‘rganish
jarayonida o‘qituvchi-tarbiyachiga, ota-onaga, qo‘ni-qo‘shniga, doston, drama yoki
adabiy asarlar qahramonlariga taqlid qilishadi. O‘quvchilar o‘zlari yoqtiradigan
odamga taqlid qilish natijasida o‘zlarini mag‘rur tutadilar, xatti-harakatlari xuddi
kattalarnikidek tuyuladi. Ya.N.Komenskiyning fikricha, «Bola o‘qishni o‘rganishdan
oldin taqlid qilishni o‘rganadi» [5, 78-b.]. Taqlid qilish orqali yoshlarning o‘z tajribasi
qo‘shilib ketib, ularda yangi shaxsiy xislatlar paydo bo‘la boshlaydi.

Yoshlar qalbi shakllanayotgan qalb hisoblanadi. Bu qalb ma’naviy ideallarni

ustun ko‘radi. Shu ma’noda “ma’naviy ideal -Insonning etuklik mezonidir” [8, 204-
b.]. Olimlarning fikricha, ma’naviy ideal, oxir oqibatda shaxsda fuqarolik hissining
umumdavlat darajasida shakllanishiga olib keladi [9, 272-b.].

Yoshlarning shakllanish jarayoni to‘g‘ri belgilanmas ekan, bunday vaziyatda

insonning vertual dunyoga kirib qolish ehtimoli ko‘p bo‘ladi. Vertual dunyoda inson
qalbida xali to‘la anglab etilmagan qandaydir g‘ayriodatiy o‘zgarishlar ro‘y beradi,
undaylarda turli tubanliklarga tushish erkinlik sifatida tahlil etiladi. Yana shu narsa
ma’lumki, vertual dunyoda inson ma’naviy javobgarlikni xis etmaydi. Xattoki,
mutaxassislarning ta’kidlashicha, virtual dunyo, uning zamonaviy axborot
texnologiyalari bag‘rida yaratilishi atom bombasining kashf eshilishidan ham xavfli.
Hozirgi sharoitda ayrim yoshlarimizning virtual dunyoga tushib qolishi, ularning real
dunyodan ajralib qolayotganliklarining ikki sababi bor, deb o‘ylaymiz: birinchidan,


background image

30

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

undaylar o‘zining mustaqil ma’naviy qiyofasiga ega emas. Natijada “chetda”gi
narsalar uni o‘ziga tortadi, asta-sekin real dunyodan oyog‘i uzilganini sezmay qoladi.
Ikkinchidan, bunday toifadagi yoshlarda o‘zini-o‘zi rivojlantirishga ehtiyoj yo‘q.
Shuningdek, bu narsa ularni moslashuvchanlik, ergashuvchanlik kayfiyatiga tushirib
qo‘yadi.

Davlat innovatsion siyosati mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish,

barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, aholining turmush sifati va darajasini oshirish,
texnologik va ekologik xavfsizligini ta’minlash uchun innovatsion faoliyat
ustuvorliklarini tan olishdan kelib chiqib shakllantiriladi va amalga oshiriladi. Davlat
innovatsion siyosatining asosiy maqsadi innovatsion faoliyat uchun mahalliy
mahsulotlar raqobatbardoshligining o‘sishi, fan-texnika yutuqlaridan samarali
foydalanish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalarini hal etishni ta’minlaydigan
iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy sharoitlar yaratish hamda mamlakatning mudofaa
qobiliyatini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini mustahkamlashdan iborat. Ilmiy
faoliyat davlat siyosatining eng faol sohasi bo‘lib kelgan va bundan keyin ham shunday
bo‘lib qoladi. Aytish joizki, ilmiy g‘oya bevosita xo‘jalik faoliyatida qo‘llanilishi
mumkin emas. Shuning uchun tashkilotlar tadqiqotlarni moliyalashtirishga sekinlik
bilan yondashadi, garchi unga katta ehtiyoj sezsa ham. Hozirgi sharoitda davlat
biznesning ta’minlash funksiyasini, aniqrog‘i, ilmiy bilimlar va g‘oyalar bilan
ta’minlashni o‘z zimmasiga olmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mustaqil xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlar va tadbirkorlarning tinmay izlanishi, ishlab chiqarishga oid
yangiliklardan samarali foydalanishga intilishi ham shundandir. Bozor iqtisodiyotining
immanent xususiyatlarini tadqiq etgan va tadbirkorlik faoliyatining innovatsiya bilan
bog‘liqligini ochib bergan J.Shumpeter fikriga ko‘ra, iqtisodiy izlanishlar – o‘ziga xos
tafakkur tarzi, yangiliklarga o‘chlikni, innovatsiyani taqozo etadi [11, 180-182-bb.].

Innovatsiya – foydalanish uchun kiritilgan yangi yoki sezilarli darajada

yaxshilangan mahsulot (tovar, xizmat) yoki jarayon, sotuvlarning yangicha uslubi yoki
ish amaliyotidagi, ish o‘rinlarini tashkil etishdagi va tashqi aloqalarni o‘rnatishdagi
yangi tashkiliy uslub hisoblanadi. “Bugungi kunda dunyoda innovatsion g‘oyasiz, ilm-
fan yutuqlarisiz bironta sohaning rivojlanishi mumkin emas” [1, 85-b.].

Milliy innovatsiya tizimi ilm-fan, sanoat va jamiyat o‘rtasida iqtisodiyotni

rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, innovatsion taraqqiyot ehtiyojlari esa
ilmiy faoliyat ravnaqini belgilab beradi va rag‘batlantiradi.

Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, AQSH, Fransiya va Germaniyadagi ilmiy

markazlar va institutlar bilan hamkorlik samarali rivojlanmoqda. Hozirgi kunda
davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilinayotgan ko‘plab me’yoriy-huquqiy
hujjatlarning qabul qilinishi tufayli ilm-fan va innovatsiya faoliyati sohasidagi asosiy
yo‘nalishlar rivojlanish yo‘liga tushib oldi. Ilmiy-texnik salohiyat mustahkamlangani,
ilmiy tadqiqotlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning yirik muammolarini hal etishga
yo‘naltirilgani, mamlakatimizda innovatsiya faoliyatini faollashtirish, belgilangan
vazifalarni hal etish uchun katta miqdorda valyuta mablag‘lari ajratilayotgani shular
jumlasidandir. O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2016 yil 30 dekabr kuni
mamlakatning etakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashuvda hukumat a’zolari,


background image

31

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari, tijorat banklari rahbarlari, Fanlar
akademiyasi a’zolari, etakchi oliy o‘quv yurtlari rektorlari ishtirok etdi. Uchrashuvda
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Mamlakatimizda yuqori salohiyatga ega,
jahon miqyosida e’tirof etilgan olimlar ko‘p. Ular o‘z maktablarini yaratishi, shogirdlar
tarbiyalashi lozim. Yosh avlodni salohiyatli kadrlar etib tarbiyalashdagi birinchi
bosqich – maktab ta’limini tubdan takomillashtirish, ilmiy kadrlar va yuksak malakali
mutaxassislar tayyorlash jarayonining uzluksizligini ta’minlash zarur. Bu yo‘lda hech
narsani ayamaymiz”, deb ta’kidladi. “Jahonning etakchi institutlari, universitetlari,
ilmiy markazlari va Fanlar akademiyalari bilan ilmiy hamkorlikni yanada
rivojlantirishni zamonning o‘zi talab qilmoqda”, – dedi Prezidentimiz [2]. Xorijning
etakchi o‘quv va ilmiy muassasalarida ta’lim va ilmiy daraja olgan yurtdoshlarimiz
uchun mamlakatimizda qulay shart-sharoitlar yaratib berish, ularni rag‘batlantirish
choralarini ko‘rish kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 sentyabrdagi PF-5185-son

«O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida»gi farmonlari mamlakatimizda intellektual va texnologik salohiyatni
oshirishning uzoq muddatli ssenariylarida asosiy yo‘nalish – innovatsiyalarni
rivojlantirish, korxonalarda innovatsion faoliyat bilan faol shug‘ullanishni
rag‘batlantirish ko‘rsatib o‘tilgan. Bu iqtisodiyotning ustuvor soha va tarmoqlarini
innovatsion rivojlantirishning yangi modellarini shakllantirish imkonini beradigan
strategik milliy innovatsiya tizimini yaratish bilan bog‘liq.

Avvalo ta`kidlash lozimki, ilmiy dunyoqarash turli kishilarda, kasb egalarida

turlicha-to`larok, mukammolroq, chuqurroq yoki yuzakiroq, chalaroq, sayoz va
xomroq bo`lishi mumkin. Bunda kishilar tomonidan oldingi ajdodlardan meros bo`lgan
ma`naviy boyliklarni, bilimlarni va hozirgi mavjud bilimlarni o`zlashtirish darajalari
muhim ahamiyatga egadir.

Oddiy kuzatish uy hayvonlariga, hatto vahshiy hayvonlarga ham xos bo`lib, ular

ham ovqat topib yeyishni, o`yini, egasini tanishni, xavf-xatardan qo`rqishni biladilar.
Bu hol shartli reflekslar yoki birinchi signal tizimlari deyilib, bunday holat jonli
kuzatish bo`lib, odamlarga hayvonlarga ham bir xil ta`sir qiladi. Tafakkur, fikrlash esa
insonga xos bo`lib-bu ikkinchi signal tizimidir.

Aql har bir insonga xos tug’ma hususiyat bo`lib, miya sog’ bo`lsa, aql ham yaxshi

ishlaydi, aksincha miya kasallangan bo`lsa, aql past, zaif bo`lib, aqli rivojlanmagan
odamning yoshi katta bo`lsa ham aqli yoshidan orqada qolib ketishi, tevarak-atrofni,
dunyoni bilish, oldingi avlodlar tomonidan yaratilgan ilmlarni va mavjud bilimlarni
o`zinikiga aylantirib o`zlashtira olishga qiynaladi. Chunki ilm va bilim bir xil narsa
emas. Ilm mavjud bor, yaratilgan narsa, bilim esa kishi tomonidan bilib olinadigan,
o`ziniki qilib olinadigan narsadir. Aql, did va ilm nazariyaga; farosat, tamiz, bilim
amaliyotga, tajribaga talluqlidir.

Shuni anglamoq zarurki tafakkur va til haqidagi muammo bilish bilan

chambarchas bog’liq bo`lib tasavvur, tushuncha, aql, idrok,tafakkur jami bir bo`lib,
ong degan pedagogik tushunchani beradi.


background image

32

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

Dunyoni bilishda ijtimoiy-tarixiy amaliyot, tafakkur va u bilan bog’liq bo`lgan til

materialistik dialektikaning bilish nazariyasi uchun asosdir. Dunyoni bilish, idrok
qilish tashqi dunyoni inson sezgilari orqali aks ettirishdan boshlanadi. Sezgi kishini
o`rab olgan moddiy dunyo predmet va hodisalarining ongimizda aks etishidir. Hissiy
bilish sezgidan tashqari, hissiy qabul qilish va tasavvur kabi shakllarga ega bo`lib, ular
ham voqea - hodisalarni chuqurroq bilishga xizmat qiladi. Shunday qilib, bilish, ilmiy
dunyoqarash jonli kuzatishdan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga o’tish orqali
amalga oshadi.

Ilmiy dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy hodisa sifatida doim vorislik asosida

rivojlanadi. O`tmish dunyoqarashlari yangi davr dunyoqarashining ildizini tashkil etib,
uni kerakli hayotbaxsh ozuqa bilan ta`minlab turadi.

Har bir tarixiy davrning dunyoqarashi o`ziga xos bo`lib, mavjud tarixiy davrda u

yoki bu ta`limotni nima uchun hukmron bo`lganligini bilish uchun oldingi davr
dunyoqarashini, tarixini, rivojlanishini va uning o`sha ta`limot qanday qilib shu holatga
kelib qolganligini o`rganmoq zarur. Demak, jamiyatda yangicha tafakkur yuritmoq
yangicha dunyoqarash, fikrlash uchun albatta o`tmishni bilish zarur, chunki yangicha
tafakkur osmondan emas, balki ajdodlardan meros qolgan vorislik asosida vujudga
keladi.

Yoshlarni tarbiyalashda, ularni axloq-odobli, tartib-intizomli qilishga, ota-onaga

mehribon bo`lishlarida, matonatli, chidamli, mehnatsevar,vatanparvar, insonparvar
bo’lib shakllanishida mas’uldir. Dunyoqarashning shakllanishida har bir ota-ona ularni
yoshlik chog’idan sabr-toqatli, bardoshli,quntli, qanoatli bo`lishga o`rgatmoqlari
shartdir.

Xulosalar

Xulosa qilib aytganda, bugun yurtimizda yoshlarni kamolotga eltuvchi

qadriyatlarning qaror topishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Istiqlol davrida
mulkchilikning turli shakllari rivoj topib tadbirkor, ishbilarmon va fermerlarga keng
yo‘l ochildi, fuqarolarda kasb-korga muhabbat va mulkka egalik tuyg‘usi
uyg‘onmoqda, bozor munosabatlariga mos faoliyat turlari rivojlanib, respublikamiz
taraqqiyotiga xizmat qilmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagicha xulosa
qilish mumkin:

1.

Bugungi kunda yoshlarni falsafiy tafakkur bilan qurollantirish - davr talabi

hisoblanadi. Sababi, o‘z dunyoqarashiga va sog‘lom fikrga ega bo‘lgan, bilimiga
tayangan, hayotiy qarashlariga suyangan komil insonni hech bir yot g‘oyalar o‘z domiga
torta olmaydi. Qaerda yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bo‘lsa, o‘sha erda
ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi.

2.

Dunyodagi barcha mamlakatlarda ta’lim-tarbiya tizimi eng asosiy yo‘nalish

hisoblanadi. Bu tizim O‘zbekiston Respublikasida birinchi darajadagi sohadir.
Dunyoda qancha inson bo‘lsa, xuddi shunga teng tafakkur uslubi mavjud. CHunki,
insonlarning barmoq izlari biri-ikkinchisinikiga o‘xshamaganidek, aynan bir xil
fikrlaydigan insonlar ham bo‘lishi juda qiyin. SHunday ekan, tafakkur uslubi bu
insonlarning fikrlash jarayonidagi o‘ziga xos yo‘nalishidir. YA’ni insonlar muayyan
muammoni hal qilish uchun fikr yuritadi, oldingi xulosalar bilan qiyoslaydi va yangi


background image

33

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

bir fikrga ega bo‘ladi. Tafakkur uslubi o‘z navbatida insonning faoliyatida namoyon
bo‘ladi va faoliyatini boshqaradi.

3.

Mediakommunikatsiyalarning yoshlar tafakkur uslubiga ta’siri ham aynan

bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan axborot asrida tobora kuchayib boradi. Qanday
axborot va yangilikni tanlab foydalanish esa iste’molchining o‘z shaxsiy tanloviga,
dunyoqarashiga bog‘liq.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib,

yangi bosqichga ko‘taramiz. 1 tom. - Toshkent: O‘zbekiston NMIU, 2017.

2.

Mirziyoyev Sh.M. 2016 yil 30 dekabr kuni mamlakatning etakchi ilm-fan

namoyandalari bilan uchrashuvdagi nutqi.

3.

Mirziyoyev

Sh.M

.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat

Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU,
2018.– B.19-20.

4.

Xonazarov Q. Globallashuv va til falsafasi. - Toshkent: Falsafa va huquq

instituti nashriyoti, 2009.-87b.

5.

Aytmatov Ch., Choxanov M, Choʻqqida qolgan ovchining oxu zori. –

Toshkent: Sharq, 1998.

6.

Azizxodjayeva N.N. Oʻqituvchi mutaxassisligiga tayyorlash texnologiyasi. –

Toshkent, 2000.

7.

Афанасъев В.Т. Системность и общество. – Москва: Ленанд, 2018.

8.

Государства и право. – Ж. 2002 г., №1 стр. 12.

9.

Ильенков Э.В. Философии и культура. – Москва: Политиздат, 1991.

10.

Ионин Л.Г. Социология культуры. - 4-е изд., перераб. и доп. — Москва:

Изд. дом ГУ, 2004.

11.

Клакхон. Зеркало для человека. Введение в антропологии. - Санкт

Петербург, «Евроазия», 1998.

12.

Шумпетер Ж. Теория экономического развития. – Москва: Экономика,

1982.

13.

Griffiths, S. Charity aims to bring entrepreneurial spirit to schools // The

Sunday Times. - 2013, June 23.

14.

Jumaniyazova, D. (2023). Spiritualistic Approaches in Eastern Philosophy

and Their Religious-Philosophical Essence.

Central Asian Journal of Literature,

Philosophy and Culture

,

4

(1), 114-117. https://doi.org/10.17605/OSF.IO/JVSQ4

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. 1 tom. - Toshkent: O‘zbekiston NMIU, 2017.

Mirziyoyev Sh.M. 2016 yil 30 dekabr kuni mamlakatning etakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashuvdagi nutqi.

Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2018.– B.19-20.

Xonazarov Q. Globallashuv va til falsafasi. - Toshkent: Falsafa va huquq instituti nashriyoti, 2009.-87b.

Aytmatov Ch., Choxanov M, Choʻqqida qolgan ovchining oxu zori. – Toshkent: Sharq, 1998.

Azizxodjayeva N.N. Oʻqituvchi mutaxassisligiga tayyorlash texnologiyasi. – Toshkent, 2000.

Афанасъев В.Т. Системность и общество. – Москва: Ленанд, 2018.

Государства и право. – Ж. 2002 г., №1 стр. 12.

Ильенков Э.В. Философии и культура. – Москва: Политиздат, 1991.

Ионин Л.Г. Социология культуры. - 4-е изд., перераб. и доп. — Москва: Изд. дом ГУ, 2004.

Клакхон. Зеркало для человека. Введение в антропологии. - Санкт Петербург, «Евроазия», 1998.

Шумпетер Ж. Теория экономического развития. – Москва: Экономика, 1982.

Griffiths, S. Charity aims to bring entrepreneurial spirit to schools // The Sunday Times. - 2013, June 23.

Jumaniyazova, D. (2023). Spiritualistic Approaches in Eastern Philosophy and Their Religious-Philosophical Essence. Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture, 4(1), 114-117. https://doi.org/10.17605/OSF.IO/JVSQ4

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов