МЕТОДИКА ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ НА УРОКАХ ТЕХНОЛОГИИ В НАЧАЛЬНОМ КЛАССЕ

CC BY f
156-161
32
1
Поделиться
Умбарова, Н. (2023). МЕТОДИКА ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ НА УРОКАХ ТЕХНОЛОГИИ В НАЧАЛЬНОМ КЛАССЕ. Предпринимательства и педагогика, 1(2), 156–161. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/27335
Насиба Умбарова, Денауский институт предпринимательства и педагогики
Преподаватель Денауского института предпринимательства педагогики
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Статья направлена на эффективную организацию уроков технологии в начальных классах на основе интерактивных методов. В частности, на основе теоретических и практических данных доказано, что за счет использования интерактивных методов в образовательном процессе можно добиться гарантированных результатов. В статье автор акцентировал внимание на углубленном преподавании знаний о содержании, характеристиках, объектах - технических и технологических процессах, которые должны быть усвоены обучающимися на занятиях по технологии, с использованием интерактивных методов.

Похожие статьи


background image

156

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

PEDAGOGIKA FANLARI

Umbarova Nasiba Xolboy qizi

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘qituvchisi

UO‘K: 37.428

BOSHLANGʻICH SINF TEXNOLOGIYA DARSLARIDA INTERFAOL

METODLARDAN FOYDALANISHNING METODIK XUSUSIYATLARI

Kalit so‘zlar:

samaradorlik,
kafolatlangan
natija, bilim va
ko‘nikma, amaliy
va nazariy bilim.

Annotatsiya:

Maqola boshlangʻich sinf texnologiya

darslarini interfaol metodlar asosida samarali tashkil etishga
qaratilgan. Xususan, ta’lim jarayonida interfaol metodlardan
foydalanish orqali kafolatlangan natijalarga erishish
mumkin ekanligi nazariy va amaliy dalillar asosida
isbotlangan. Maqolada muallif texnologiya darslari orqali
o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan ma’lumotlarning
mazmun–mohiyati, xususiyatlari, ob’ektlar - texnik va
texnologik jarayonlar haqidagi bilimlarni interfaol metodlar
yordamida chuqur o‘rgatishga asosiy e’tiborini qaratgan.

METHODOLOGY OF USING INTERACTIVE METHODS IN PRIMARY

CLASS TECHNOLOGY LESSONS CHARACTERISTICS

Nasiba Umbarova

Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy

Keywords:

effectiveness of
education,
knowledge and
skills, theoretical
and practical
knowledge.

Annotation.

The article deals with effective organization of

classroom technology lessons based on interface methods.
proved by the theoretical and practical method, which can be
guaranteed to be verified by viewing the interactions in the
educational process. The article focuses on the content-
essence of information, objects - technical and technological
processes, which should be acquired by students through
production technology classes, based on in-depth teaching
using interactive methods.

МЕТОДИКА ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ НА

УРОКАХ ТЕХНОЛОГИИ В НАЧАЛЬНОМ КЛАССЕ

Насиба Умбарова

Преподаватель Денауского института

предпринимательства педагогики

Ключевые слова: Аннотация.

Статья направлена на эффективную

организацию уроков технологии в начальных классах на


background image

157

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

эффективность
образования,
знания и навыки,
теоретичекое и
практическое
знание.

основе интерактивных методов. В частности, на основе
теоретических и практических данных доказано, что за
счет

использования

интерактивных

методов

в

образовательном

процессе

можно

добиться

гарантированных

результатов.

В

статье

автор

акцентировал внимание на углубленном преподавании
знаний о содержании, характеристиках, объектах -
технических и технологических процессах, которые
должны быть усвоены обучающимися на занятиях по
технологии, с использованием интерактивных методов.

KIRISH

Kelajak davomchilari bo‘lmish yosh avlodni ma’nan va jismonan tarbiyalash,

ularga zaruruy bilimlar berish, ko‘nikmalar hosil qildirish o‘qituvchilardan
jonkuyarlik, kuchli iroda va ta’lim jarayoniga yangicha yondashish talab etiladi. Ta’lim
jarayoninig muvaffaqiyatli kechishi uning shakllanganligiga qarab emas balki ta’lim
tizimidagi materiallarning mazmundorligi, ichonchliligi va izchilligiga bogʻliqdir.
Ta’limdagi barcha sohalarga o‘quvchilarning ko‘rsatayotgan natijalariga qarab baho
berilar ekan, o‘quvchilarga bilim berishda turli xildagi samarali va qiziqarli
metodlardan, didaktik o‘yinlardan va noan’anaviy dars turlaridan foydalanish
maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki texnologiya darslariga o‘quvchilarga amaliy va
nazariy bilimlar birgalikda berib boriladi. Ushbu nazariy qismda interfaol metodlardan
foydalanib darslar tashkillashtirilsa o‘quvchilarda fanga qiziqish va o‘zlashtirishga
bo‘lgan ishtiyoq kuchayadi.

ASOSIY QISM

Zamonaviy o‘qituvchiga qo‘yilayotgan talablardan biri jahon tajribasidan ta’lim

sohasiga oid qimmatli ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil qilish asosida ta’lim
jarayoniga yangicha usul va uslublarni tadbiq etishdir. Buning uchun o‘qituvchi doimiy
ravishta izlanishi, o‘rgangan yangi ma’lumotlarini tajribada sinab ko‘rishi, o‘rgangan
tushunchalariga kreativ yondashgan holda yangi metodlarni ishlab chiqishi zarur.

Ta’lim berishda ta’lim metodlari ya’ni o‘qitish metodlari asosiy o‘rinni

egallaydi.”Metod yunoncha so‘z bo‘lib “yo‘l”,“usul” degan ma’noni bildiradi. Ta’lim
metodlari dars davomida o‘qituvchi va o‘quvchilarning aniq bir maqsadga erishishga
qaratilgan birgalikdagi faoliyatidir. “Interfaol” tushunchasi ingliz tilida “interact” (rus
tilida “interaktiv”) tarzida ifodalanib, lug`aviy nuqtai nazardan “inter” – o`zaro, “act”
– harakat qilmoq kabi ma`nolarni anglatadi. Interfaol metodlarga “aqliy hujum”, “Venn
diagrammasi”, “Klaster”, “Zinama –zina”, “Pinbord”, “Tarjimon”, “Axborotlar bilan
ishlash”, “Muzyorar”, “Sinkveyn” va boshqa ko‘plab samarali metodlarni kiritishimiz
mumkin. Interfaol metodlar yordamida berilayotgan material o‘quvchilar ongida oson


background image

158

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

saqlanib qolishi va qiziqarli tashkillashtirilishi bilan ajralib turadi. Interfaol metodlar
orqali o‘quvchilarda dars davomida qulay muhit yaratiladi, natijada ular o‘zlarini erkin
va ko‘tarinki kayfiyatini saqlab qolgan holda o‘qituvchi bilan birgalikda faoliyat
yuritadi.

Interfaol metodlarni o‘qitishning mohiyati quyidagicha:

-

o‘rgatuvchi ham o‘rganuvchi ham ma’lumotlar bilan faol ishlashi

-

o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undashi va o‘rgatishi

-

o‘qituvchiga

o‘quvchilarni

fikrlashga

o‘rgatishga

xizmat

qilsa,o‘quvchilarga esa fikrlashgao‘rganish uchun xizmat qiladi.

Interfaol usullardan foydalanish shakllari:

-

individual ishlash

-

kichik guruhlarga ajratish

-

tabaqalashtirish

-

o‘rgatish va o‘rganish jarayonida demokratik o‘zaro do‘stona muhitni
yaratish

-

o‘zaro muloqot, hamkorlikni tashkil etish.

Interfaol metodlarni o‘quvchilar faolligini oshiruvchi asosiy vosita deb bilar

ekanmiz qaysi metodlar qachon samarali va tezkor natija berishini ham aniqlab
olmogʻimiz zarur. Tanlagan metodlarimiz yuqori ko‘rsatkich ko‘rsatishi uchun bir
nechta bosqichlarda tahlil qilinishi kerak. Bular quyidagilardir:

-dars va mavzuning maqsadlari to‘g‘ri aniq tanlanganda;
-mavzuga mos metodlarni tanlay olinsa;
-bir metod butun dars davomini qamrab olmasdan, balki kichik daqiqalarni

qamrab olsa;

-tanlangan metod o‘quvchilarga yangi bir axborotlarni yetkazib bersa;
O‘qituvchi metodlarni yuqoridagi talablar asosida qo‘llay olsa, o‘quvchilarning

dars materiallarini o‘zlashtirish darjasi ancha yuqori bo‘ladi. Darslarni tashkil etishda
ko‘plab ta’limiy metodlardan foydalanib kelinmoqda, ular orasida interfaol ta’lim
metodlari samarali hisoblanadi. Quyida texnologiya fanini o‘qitishda qo‘llaniladigan
interfaol metodlarning ba’zilarini ko‘rib chiqamiz.(Keltirilgan metodlar boshlangʻich
4-sinf texnologiya darsligidagi mavzular asosida o‘rganib chiqilgan).

“Pinbord” usuli

“Pinbord” usulida o‘qituvchi butun sinf o‘quvchilarini to‘liq nazorat qiladi va

ularning diqqatini bir joyga jamlaydi. Ushbu usul “Aqliy hujum” metodining yozma
shakli bo‘lib,fikrlar doskada ma’lum ketma-ketlikda ham bo‘lib bajariladi.Mavzuga
tegishli matn tarqatma materiallar orqali yoki elektron vositalar yordamida
o‘quvchilarga taqdim etiladi.Buning uchun sinf ikki guruhga bo‘linadi va birinchi
guruh ishtirokchilari fikrning boshini ikkinchi guruh ishtirokchilari esa tugallangan


background image

159

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

fikrni o‘qiydi.Pinbord usuli ba’zan munozara ko‘rinishida bo‘lib o‘quvchilar
o‘zlarining gʻoyalarini umumlashtiradi.

“Pinbord” usulidagi savollar topshirigʻi

Fikrning boshi

Fikrning oxiri

Interyer dizayner — bu mutlaqo

o‘simliklar, gullardan foydalanib

kompozitsiyalar yaratish bilan

shug‘ullanadi.

Robototexnika avtomatlashtirilgan

bu yuqori texnik ma’lumotga ega,

muhandislik sohasida ham, dasturlash

sohasida ham yetarli ma’lumotga ega

bo‘lgan shaxs.

Fitodizayner

texnik tizimlarni ishlab chiqish bilan shu

g‘ullanadigan amaliy fan.

Muhandis-dasturchi

oddiy ko‘rinadigan narsalar haqida

g‘ayrioddiy tasavvurlarga ega bo‘lgan

professional mutaxassis.

“Tarjimon usuli”

O‘qituvchi o‘quvchilarga mavzuga mos atamalarni ingliz va rus tillarida yozish

topshirigʻini beradi. Berilgan grafada so‘zlarning faqat o‘zbek tilidagi variant yozilgan
bo‘ladi.O‘quvchilarning har biri navbat bilan vazifani bajaradilar.

O‘zbek tilida

Ingliz tilida

Rus tilida

Qaychi

scissors, shears

Ножницы

Bolgʻa

Hammer

Молоток

Qogʻoz

Paper

Бумага

Yelim

Glue

Клей

Tarjimon usulida o‘quvchilar ma’lum bir nasaning nomini boshqa tillarda

yozadi.Bu usul orqali o‘quvchilarning chet tillarini qanchalik o‘zlashtirganliklarini
ham bilib olish mumkin. Bunda o‘qituvchi ikki fanni o‘zaro bogʻlab ma’lum turdagi
bilimlarni o‘quvchilarga yetkazadi

“Klaster” metodi

Klaster metodi (gʻuncha,bogʻlam) pedagogik strategiyaning muayyan shakli

bo‘lib, u o‘quvchilarga ixtiyoriy muammo zamirida erkin, ochiq o‘ylash, shaxsiy
fikrlarni bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi.


background image

160

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

Klaster metodiga ajratishda ma’lum bir qonun va qoidalarga rioya qilish

zarur:

1. Hayoliga kelgan birinchi narsani mazminiga e’tibor bermasdan yozib boorish.
2. Orfografik qoidalarga amal qilmaslik
3. Vaqt tugaguncha to‘xtamasdan ma’lumotlar yozish
4. Ko‘proq ma’lumot topishga harakat qilish
5. Gʻoyalar sonini cheklab qo‘ymaslik

“Axborotlar bilan ishlash”metodi

Ushbu metodda o‘quvchilarga turli sohalarga doir rasmlar beriladi (4-sinf

o‘quvchilari uchun). O‘quvchilar rasm asosida ma’lumot izlash, tahlil qilish,
ma’lumotdan foydalanish va reklama qilish bosqichlarini birin-ketin bajaradilar.
Metod o‘quvchilarning bogʻlanishli nutqini o‘stirishga yordam beradi.

XULOSA

Umumta’lim muasasalarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib

o‘qitishda xalqaro standartlarni qo‘llash, o‘qitish mazmunini modernizatsiya qilish
orqali jahon hamjamiyati bilan raqobatlashadigan yetuk kadrlarni tayyorlashimiz
mumkin. Chet el tajribasini ta’lim jarayonida qo‘llash va samarali narijalarga
erishishimiz uchun hammamiz birdek harakat qilishimiz kerak. Ayniqsa boshlangʻich
ta’lim kelajakka poydvor ekanligini unutmagan holda ularning ongida boshlangʻich ilk
tushunchalarni turli xildagi darslar, qiziqarli metodlar va didaktik o‘yinlar orqali
yetkazib

berishimiz

kerak.

Texnologiya

darslarida

interfaol

metodlardan

foydalanganda o‘quvchilar axborotlarni tizimli va izchil o‘rganish ularni tahlil qilish,
sintezlash, muhim tushunchalarni o‘zlashtirish obekt, faoliyat jarayon va hodisalarning
mazmun mohiyatini aniqlash kabi bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishadi.

Umumman olganda interfaol metodlar o‘quvchilarni mustaqil hayotga ya’ni mustaqil
fikrlashga, mustaqil qarorlar qabul qilishga chorlaydi.


background image

161

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [2/2023].

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Umbarova, N. (2023). BOSHLANGʻICH SINF TEXNOLOGIYA DARSLARINI
TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISHNING ILMIY-METODIK JIHATDAN
TAKOMILLASHTIRILISHI

(QOGʻOZ

VA

KARTON

MISOLIDA).

Евразийский журнал академических исследований, 3(2 Part 2), 49-53.

2.

Ashurov N.R, Umbarova N.X. Boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida qog‘oz va
kartondan amaliy ishlarni tashkil etishda o‘qituvchining metodik tayyorgarligini
takomillashtirish. Monografiya. -Denov, 2022, 160 b.

3.

Mannopova I.A., Sayfurov D.M. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinf uchun
darslik. Toshkent, 2020

4.

Dehqonov Gʻolibjon Akmaljon o‘gʻli Мatematika darslarini o‘qitishda interfaol
usullardan foydalanish. Ustozlar uchun, № 42-son, 2-to‘plam. -60-65-betlar.

Библиографические ссылки

Umbarova, N. (2023). BOSHLANGʻICH SINF TEXNOLOGIYA DARSLARINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISHNING ILMIY-METODIK JIHATDAN TAKOMILLASHTIRILISHI (QOGʻOZ VA KARTON MISOLIDA). Евразийский журнал академических исследований, 3(2 Part 2), 49-53.

Ashurov N.R, Umbarova N.X. Boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida qog‘oz va kartondan amaliy ishlarni tashkil etishda o‘qituvchining metodik tayyorgarligini takomillashtirish. Monografiya. -Denov, 2022, 160 b.

Mannopova I.A., Sayfurov D.M. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinf uchun darslik. Toshkent, 2020

Dehqonov Gʻolibjon Akmaljon o‘gʻli Мatematika darslarini o‘qitishda interfaol usullardan foydalanish. Ustozlar uchun, № 42-son, 2-to‘plam. -60-65-betlar.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов