Moliyaviy hisobot standartlarini joriy etishni takomillashtirishda fizikaviy masalardan foydalanishning ahamiyati

CC BY f
257-261
7
6
Поделиться
Музаффарова, Д. (2022). Moliyaviy hisobot standartlarini joriy etishni takomillashtirishda fizikaviy masalardan foydalanishning ahamiyati. Новый Узбекистан: успешный международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности, 1(5), 257–261. https://doi.org/10.47689/STARS.university-5-pp257-261
Дилсора Музаффарова, Бухарский государственный университет

«Методика преподавания физики», студент 4 курса

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada moliyaviy hisobot standartlarini joriy etishni takomillashtirishda fizikaviy masalalardan foydalanishning o‘rni xususida bildirilgan fikrmulohazalar keltirilgan.

Похожие статьи


background image

STARS International University

257

Annotatsiya:

Ushbu maqolada moliyaviy hisobot standartlarini joriy etishni

takomillashtirishda fizikaviy masalalardan foydalanishning o‘rni xususida bildirilgan fikr –
mulohazalar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

fizik masala, matnli, eksperimental (tajribali), grafik va rasmli masalalar.

O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasiga doimo yuqori e’tibor qaratib kelin-

gan va ta’limni rivojlantirish, yuksaltirish maqsadida har yili respublikamizda
bir qator chora-tadbirlar o‘tkaziladi.

Fizika sohasini oladigan bo‘lsak, pedagoglarimiz “Fizika o‘qitish metodi-

kasi” bo‘yicha o‘z bilim va malakalariga ega bo‘lishi lozim. Fan mavzulari
haqidagi ma’ruzalar qay tartibda bayon qilinishi, masalalar qanday yechilishi
va laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda qanday qoidalarga rioya qilish
kerak ekanligi haqidagi bilimlarni bera olishlari zarur. Bundan tashqari, bo‘la-
jak pedagoglarga fanning mazmun- mohiyati maqsadi haqida yetarli darajada
ma’lumotlar berishlari kerak.

Masalalar yechishda uning mohiyatiga ko‘ra: ijodiy masalalar va ijodiy bo‘lma-

gan masalalarga bo‘lish mumkin. Ijodiy masala talabani mustaqil fikrlashga, man-
tiqan o‘ylashga, masalaning mazmunini to‘la-to‘kis tushunib olishga undaydi. Bu
tipdagi masalalar boshqa tipdagi masalalardan murakkablik darajasi bilan ajralib
turadi. Shuningdek, ijodiy masalalar qidiruv va konstruktorlik masalalari bo‘lib, ular
masala shartiga ko‘ra matnli, eksperimental (tajribali), grafik va rasmli masalalar-
ga bo‘linadi hamda yechish usuliga ko‘ra sifat, hisoblash, grafik va eksperimen-
tal masalalarga ajratiladi. Fizika o‘qitish amaliy metodlar ichida masalalar yechish
muhim o‘rin egallaydi. Bilimlarni amaliy qo‘llashni bilish – bu onglilik mustaqil bilim-
lar olish ko‘rsatkichidir. Hatto o‘quv materiallarini ongli, formal bo‘lmagan holda
o‘zlashtirganda ham bilimlarni qo‘llay olish mahorati o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmay-
di. Bunga maxsus o‘quv mashg‘ulotlari kerak bo‘ladi. Bilimlarni amaliy qo‘llashga

MUZAFFAROVA DILSORA
HAMID QIZI

BuxDU “Fizika o‘qitish
metodikasi” mutaxasisligi,
4-kurs talabasi

MOLIYAVIY HISOBOT
STANDARTLARINI
JORIY ETISHNI
TAKOMILLASHTIRISHDA
FIZIKAVIY MASALARDAN
FOYDALANISHNING
AHAMIYATI

https://doi.org/10.47689/STARS.
university-5-pp255-259


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

258

o‘rgatishda fizikadan masalalar yechish muhim o‘rin egallaydi. Masalalar yechishda
qo‘yiladigan asosiy maqsad, o‘quvchilar fizik qonunlarni chuqurroq tushunsinlar,
ularni ajrata olsinlar va ulardagi fizik hodisalarni tahlil qila olishlari, amaliy mas-
alalar yechishga qo‘llay bilishlari lozim. Talabalarni masalalar yechishga o‘rgatish-
da, masala mazmunini muhokama qilish davomida rasm, chizma, sxemalarga katta
e’tibor berish kerak, chunki u masalani to‘laqonli yechishga yordam beradi. Fizika
masalalarini turli usullarda yechishda masalalarning mazmuni, ularga qo‘yiladigan
talablar asosida o‘zgaradi. Shuning uchun masalalarni yechishni bir usulda emas,
balki bir necha usullarda yechish maqsadga muvofiqdir.

Fizika o‘qitishda masala yechish muhim ahamiyatga ega. Masala yechish

fizika o‘qitish jarayonining ajralmas qismi bo‘lib, u fizik tushunchalarni shakllan-
tirishga katta hissa qo‘shadi, fizik fikrlarni rivojlantiradi, bilimni amalda qo‘llash
malakasini orttiradi.

Fizika masalalarini yechish quyidagi hollarda keng qo‘llaniladi:
a) yangi axborotlar berishda;
b) muammoli vaziyat hosil qilish va o‘quvchilarga muammo qo‘yishda;
d) amaliy malaka va ko‘nikmani shakllantirishda;
e) o‘quvchilar bilimining mustahkamligi va chuqurligini sinashda;
f) materialni mustahkamlash, umumlashtirish va takrorlashda;
g) texnika yutuqlari bilan tanishtirishda va politexnik ta’lim berishda;
x) o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda.
Talabalarning ijodiy qobiliyatlarini o‘stirishda masalalarning o‘rni juda katta-

dir. Masala yechish orqali o‘quvchilarning mehnatsevarligi, sinchkovligi, mustaqil
mulohaza yuritishi, o‘qishga qiziqishi va xulqi, qo‘yilgan maqsadga erishishdagi
qat’iyligi tarbiyalanadi. Fizikadan masala yechish o‘quvchilarning dunyoqarashlari-
ni shakllantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ularni olimlarning ishlari, fan va texnikan-
ing yutuqlari bilan tanishtirib boradi. Masala yechish ko‘p hollarda fizika darslar-
ining tarkibiy qismi bo‘lib keladi. O‘qituvchi yangi mavzuni bayon qilishda va uni
mustahkamlashda, o‘tilganlarni takrorlashda, o‘quvchilarning mustaqil ishlarida va
bilimlarini sinab ko‘rishda masala yechishdan foydalanadi. Fizikaga qiziquvchi o‘qu-
vchilar bilan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda ham masalalar yechiladi, ular olim-
piadaga tayyorlanadi. Olimpiadaga yechilishi qiyin va yangilik elementlarini o‘z
ichiga olgan masalalar tanlanadi. Masala yechish - olingan nazariy bilimni amaliyot-
ga qo‘llashdir. Bu esa o‘quvchilarning fizik tafakkurini (fikrlashini) rivojlantirishda,
jumladan, hodisalarni tahlil qilishda, ular haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirishda,
o‘xshash tomonlarini va farqini aniqlashda katta ahamiyatga egadir. Mantiqiy xu-
losalar, matematik amallar va fizikadagi qonunlar hamda metodlarga asoslangan
holda yoki eksperiment yordamida yechiladigan muammo

fizik masala

deyiladi.

Fizik masalada qo‘yilgan muammoni hal etish, masala yechishdan iboratdir. Masala
yechish orqali talabalar bilimlarini kengaytiradilar. Qonun va formulalarni chuqur-
roq bilishni o‘rganadilar, ularni qo‘llanish chegaralarini ko‘rib chiqadilar. Umumiy
qonuniyatlarni aniq bir vaziyatlarga qo‘llash malakasini egallaydilar. Masala yech-
ish jarayonida hisoblash, adabiyotlar va ma’lumotnomalar bilan ishlash malakalari
hosil bo‘ladi. Masala yechish aqliy faoliyatni, fizik hodisalarga maxsus yondashish
yo‘llarini shakllantiradi. Talabalar ma’lum bir mavzuga oid masala yechishda keng
hodisalar ko‘lamini bilishga jiddiy yondashishni o‘rganadilar. Masalan, kinemati-
kani o‘rganishda masala yechish orqali talabalar berilgan nuqtalar sistemasi uchun


background image

STARS International University

259

harakat qonunlarini bilish orqali harakatning hamma xarakteristikalarini aniqlash
mumkinligiga ishonch hosil qiladilar (tezlik, tezlanish, impuls, energiya, ...).

“Nuqta dinamikasi”ni o‘rganishda o‘qituvchi Nyutonning ikkinchi qonuni kuch,

massa va tezlanish orasidagi bog‘lanish bo‘lmasdan, u harakat tenglamasi ekan-
iga alohida e’tibor berishi lozim. Uni differensial tenglama ekani ko‘rsatib o‘tila-
di. Talabalar hali differensial tenglamalarni yechishni bilmasalar ham uni to‘g‘ri
tasavvur qila oladilar. Masala yechish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda hisoblash
malakasini oshirishga mashq-masalalar, u yoki bu qonunlarning qo‘llanishlarini
namoyish qiluvchi masalalar, bilimni mustahkamlash va nazorat qilish masalalari
va bilimni orttirishga xizmat qiladigan masalalar ko‘rib boriladi. Bilimni mustahka-
mlash va nazorat qilishga oid masalalar va mashq masalalar ma’ruzadan va kitob-
dan olingan tayyor bilimni qo‘llashga mo‘ljallanadi. Bu masalalar asosan xotira va
diqqat mexanizmiga asoslanadi. Masalan, berilgan sharoitda (haroratda) moleku-
lalarning o‘rtacha kvadratik tezligini hisoblashga oid mashq-masala yechish orqa-
li talaba molekula tezligining juda kattaligiga ishonch hosil qiladi, formulalar
takrorlanadi. Bularning hammasi molekular fizikani o‘rganishda foydalidir. Avval
ma’lum bo‘lganlar bilan yangi no‘ma’lumlar orasida bog‘lanishlar o‘rnatuvchi ma-
salalar aqliy faoliyatni qo‘zg‘atuvchi bo‘lib xizmat qiladi. Bunday masalalar bilimni
orttirishga xizmat qiluvchi masalalardir. Ularni yechish orqali talabalar yangi bilim-
lar oladilar. Agar talaba nazariy jihatdan bo‘sh bo‘lsa, bunday masalalarni yecha
olmasligi mumkin. Shuning uchun talabalar nazariy tayyorgarligiga e’tibor qilish
lozim, aks holda muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi.

Masalani quyidagi reja asosida yechish mumkin (ba’zi masalalarni yechishda

ayrim bandlari tushib qolishi mumkin):

1) masala sharli diqqat bilan o‘qiladi;
2) masaladagi hamma so‘zlarning ma’nosi tushunarlimi? Noma’lum so‘z ma’no-

si kitobdan yoki o‘qituvchidan aniqlanadi;

3) masala sharti yoziladi (hammasi bir o‘lchov birliklar sistemasidaligi aniqla-

nadi);

4) chizmasi chiziladi (agar u zarur bo‘lsa);
5) masalani tahlil qilib, fizik ma’nosi ochiladi;
6) bu masalani yechishda qanday qonuniyatlardan foydalanilishi aniqlanadi.
7) fizik kattaliklarni bog‘lovchi tenglama tuziladi;
8) tenglamani yechib, noma’lum kattalik topiladi va umumiy ko‘rinishda javob

olinadi;

9) kattaliklarning qiymatlarini SI sistemasiga keltirib, o‘rniga qo‘yib, hisoblab,

son qiymati topiladi;

10) olingan javob tahlil qilinadi, berilganlarning o‘zgarishi bilan noma’lum qan-

day o‘zgarishi ko‘rib chiqiladi.

Masala doim shu reja asosida yechib borilsa, talabalar ko‘nikib qoladilar. Biror

bosqich qolib ketsa, masala to‘g‘ri chiqmasligi mumkin. O‘qituvchi uni ko‘rsatib
borishi lozim.

Fizika masalalari: 1) mazmuniga ko‘ra, 2) shartiga ko‘ra va 3) yechish
uslubiga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi.
1) Mazmuniga ko‘ra masalalar mexanik, molekular fizika, elektr, optika, atom va

yadro fizikasiga doir masalalarga bo‘linadi. Bundan tashqari konkret va abstrakt
mazmunli masalalar ham mavjud. Abstrakt masalalarning mazmuni umumiylikka


background image

«Yangi O‘zbekiston: Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini joriy etishda muvaffaqiyatli

xalqaro tajriba» 16 dekabr, 2022 yil.

260

ega bo‘lib, hodisalarning mohiyatini ochib berishga qaratilgan. Konkret mazmunli
masalalar esa amaliyot va o‘quvchilarning hayotiy tajribalaribilan bog‘langanligi
uchun katta ko‘rgazmalilikka ega. Konkret masalalar texnikmazmunli (politexnik
ta’lim), tarixiy mazmunli (tarbiyaviy), qiziqarli mazmunli (qiziqishni uyg‘otuvchi)
masalalarga bolinadi. Sodda masala yechish deganda uni yechish vaqtida bitta-ik-
kita formula ishlatiladigan, bitta-ikkita xulosa chiqariladigan, formulaning maz-
munini izohlashga, sodda tajribani bajarishga mo‘ljallangan masalalar tushuniladi.
Murakkab masalalar - uni yechish vaqtida bir necha fizik qonuniyatlar qo‘llanadi-
gan, fizikaning turli bo‘limlariga oid bilimlardan foydalaniladigan, bir necha xulosal-
ar chiqariladigan, tajribani bajarishda yetarli malakaga ega bo‘lishni talab etadigan
masalalardir. Bu masalalar muammoli vaziyat hosil qilishni va yangilik elementlarini
o‘z ichiga olishi lozim. Ijodiy masalalar ikki xil bo‘ladi: qidiruv va konstruktorlik
masalalari.

2) Masala shartiga ko‘ra matnli, eksperimental (tajribali), grafik va rasmli mas-

alalarga bo‘linadi.

3) Yechish usuliga ko‘ra masalalar sifatga doir, hisoblashga doir, grafikli mas-

alalar va eksperimental masalalarga ajratiladi. Sifat masalalarning mohiyati shun-
daki, ular hodisalarning fizik mohiyatini ochib berishga qaratilgan bo‘ladi. Fizik
qonunlarga, fizik formulalarga tayangan holda mantiqiy fikrlash orqali hal qilin-
adigan masalalar sifat masalalari deyiladi. Bunday tipdagi masalalarda hisoblash-
lar bajarilmaydi. Sifat masalalarning metodik afzalliklari ko‘pdir. Fizik qonunlarga
asoslangan, mantiqiy xulosalar chiqarishdan iborat bo‘lgan masalalarni yechish
metodi, fikrlashning ajoyib maktabi hisoblanadi. Sifat masalalari fizik hodisalar
va ularning qonuniyatlarini aniq tushuntirib beradi. O‘quvchilarda hisoblash ma-
salalariga nisbatan to‘g‘ri munosabatni tarbiyalaydi, ularda har qanday masalani
yechishni uni fizik mazmunini tahlil qilishdan boshlashga o‘rgatadi. Darsda o‘tilgan
mavzuni mustahkamlash maqsadida unga oid masalalar beriladi. Fizikaning gidro-
dinamika bo‘limida asosan sifat masalalar beriladi. Hisoblashga doir masalalari bir
necha matematik operatsiyalarni qo‘llash orqali yechiladi. Matematik apparatning
qo‘llanilishiga qarab masalalarni yechish usullari arifmetik, algebraik va geometrik
usullarga bo‘linadi.

Masala yechishdagi mantiqiy uslublar - analitik va sintetik yoki analitik sintetik

uslublardir.

Analitik uslubda masalani noma’lum kattalikning topilishidan boshlab yechiladi.

Uni bir necha sodda masalalarga bo‘lib yuboriladi.

Sintetik uslubda masalada berilganlar orasidagi bog‘lanishlarni aniqlab borib, ox-

iri topilishi kerak bo‘lgan bitta noma’lumga ega bo‘lgan tenglikka boriladi. O‘qituv-
chi masala yechish orqali o‘quvchilarni tarbiyalaydi va masalalarni mustaqil yech-
ishga o‘rgatadi. Fizika o‘qitishda amaliy metodlar ichida masalalar yechish muhim
o‘rin egallaydi. O‘rta maktabda foydalanishuchun to‘plamlarda berilgan hamma
masalalarni turli asoslarga ko‘ra klassifikasiyalash mumkin.

Bilamizki, fizika qonunlarini bilish bu masalalarni yechishga imkon beradi. Mas-

ala yechishni bilish, talabalarni mustaqil ijodiy ishlashiga, o‘rganilayotgan hodisani
tahlil qilishga o‘rgatadi, ularni keltirib chiqargan sabablarini ajratib olishga imkon
beradi. Xulosa qilib aytganda talabalarni masalalar yechishga o‘rgatishda, masala
mazmunini muhokama qilish davomida rasm, chizma, sxemalarga katta e’tabor
berish bilan birga masala mazmunidan kelib chiqib, bir usulda emas, balki bir nech-


background image

STARS International University

261

ta usullarda ham yechish mumkinligini o‘rgatib borish va ushbu masalani oson ye-
chiladigan usulini oldindan ko‘ra olishga o‘rgatish maqsadga muvofiq deb o‘ylay-
man. Mustaqil ravishda masala yechish talabaning fikrlash darajasini oshirishga
juda foydali bo‘ldi. Fizikaviy masalalarni turli usullarda yechish metodikasini ta’lim
bosqichiga qarab guruhlash o‘quvchi-talabalarning mavzuni o‘zlashtirish darajasi-
ni oshiradi deb hisoblayman.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi 2017-2021-yillarda

O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi.

2. G‘aniyev A.G. Avliyoqulov A.K. Almardonova G.A. Fizika. Akademik listey va

kasb-hunar kollejlari uchun darslik. 3 qismli.-T.: O‘qituvchi. 2003. II-qism.

3. Xudayberganov A.M. Tursunmetov K.A. Fattoxov M.A. Fizika. Ma’ruzalar

matni. Akademik listeylar uchun. III-qism.-T.: O‘qituvchi. 2001.

4. Y.G‘. Mahmudov Fizikadan savol - masalalar to‘plami. T. O‘qituvchi. 1994. 224b

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi.

G‘aniyev A.G. Avliyoqulov A.K. Almardonova G.A. Fizika. Akademik listey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. 3 qismli.-T.: O‘qituvchi. 2003. II-qism.

Xudayberganov A.M. Tursunmetov K.A. Fattoxov M.A. Fizika. Ma’ruzalar matni. Akademik listeylar uchun. III-qism.-T.: O‘qituvchi. 2001.

Y.G‘. Mahmudov Fizikadan savol - masalalar to‘plami. T. O‘qituvchi. 1994. 224b

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов