Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Artistic skill and individuality of style in the poetry of
Matnazar Abdulhakim
Bekposhsha RAKHIMOVA
1
Urgench State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received November 2022
Received in revised form
10 November 2022
Accepted 25 December 2022
Available online
25 January 2023
The article analyzes the poetry of the poet Matnazar
Abdulhakim, the possibilities of symbolic and figurative images,
artistic skills. The poet
’
s poems such as
“
Quince
”
,
“
Sirtqi sabok
”
,
“
Soghin bir hamlada
”
,
“
Darakhtzor
”
show a deep look and
original allusions and symbols, and the priority of
comprehensive poetic expression. The original style of the
poet
’
s lyrics, the use of unique words, and the ability to discover
metaphors and symbols will be demonstrated.
2181-3663/
©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol1-iss1-pp7
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
tradition,
form and style,
skill,
period and hero,
symbolism,
innovation,
originality,
epic,
theme,
letter,
imagery,
wisdom,
art.
Matnazar Abdulhakim she
’
ridagi baddiy mahorati va
uslub indivualligi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
an’ana,
shakl va uslub,
mahorat,
davr va qahramon,
ramziylik,
novatorlik,
asliyat,
Maqolada shoir Matnazar Abdulhakim she’riyati,
ramziy-
majoziy tasvir imkoniyatlari, badiiy mahorat tahlilga tortiladi.
Shoirning “Behi”, “Sirtqi
saboq”, “Sog‘inch bir hamlada...”,
“Daraxtzor”
kabi
she’rlarida teran nigoh va original tashbeh
-u
timsollar, qamrovli poetik ifoda ustuvorligi ko‘rsatiladi.
Shoir
lirikasidagi original uslub, o‘ziga xos so‘z qo‘llash, ohorli
tashbeh-
u timsollar kashf etish mahorati ko‘rsatib beriladi.
1
Department of Uzbek Literature, Faculty of Philology, Urgench State University, Urgench, Uzbekistan.
E-mail: bekposhsharahimova726@gmail.com
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
1 (2023) / ISSN 2181-3701
76
doston,
mavzu,
maktub,
obrazlilik,
hikmat,
badiyat.
Художественное мастерство и индивидуальность
стиля в поэзии Матназара Абдулхакима
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
традиция,
форма и стиль,
мастерство,
эпоха и герой,
символизм,
новаторство,
оригинальность,
эпос,
тема,
письмо,
образность,
мудрость,
искусство.
В статье анализируется поэзия поэта Матназара
Абдулхакима,
возможности
символических
образов,
художественное мастерство. В таких стихотворениях поэта
как «Айва», «Сиртки сабок», «Согинч бир хамлада»,
«Дарахтзор» отмечены глубокий взгляд, оригинальные
аллюзии
и
символы,
приоритет
комплексного
поэтического выражения. Также продемонстрирован
оригинальный стиль лирики поэта, использование
уникальных слов, умение находить метафоры и символы.
KIRISH
Ko‘p qirrali iste’dod sohibi Matnazar Abdulhakim (1948–2010) zamonaviy o‘zbek
she’riyatining zabardast vakillaridan biri sanaladi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan
madaniyat xodimi, iste’dodli ijod sohibi Matnazar Abdulhakimning adabiy merosi badiiy,
ilmiy-
ommabop va tadqiqot xarakteridagi asarlar bo‘lib, ular jami 32 kitobdan iborat.
Bular: she’ri
yat, tarjima asarlari, publisistik va adabiy maqolalardan iborat. Matnazar
Abdulhakimning “Tiniq tonglar” (1982), “Fasllar qo‘shig‘i” (1984), “Qor qo‘shig‘i” (1986),
“Mavj” (1991), “Yonimdagi daryolar” (1993), “Qorachiqdagi dunyo” (1995), “Oydinlik”
(1997)
, “Bir quchoq gul” (1997), “Yolg‘iz yaproq” (1999), “Azizlar anjumani” (2008),
“Javzo tashrifi” (2008), “Ko‘prik” (2009)
kitoblari va shoir vafotidan keyin, 2017-yilda
nashr qilingan “Saylanma” va “Tanlangan asarlar”i tarkibiga she’rlar, doston va
turkumlar kiritilgan.
Shoir she’rlari janr jihatidan ham rang
-
barang bo‘lib, g‘azal, to‘rtlik,
muxammas, masaddas, doston, sonet va boshqalardan iborat.
TADQIQOTNING MAQSADLARI
Matnazar Abdulhakim she’riyatidagi o‘ziga xoslik, badiiy mahorat masalasini shoir
ijodidagi ba’zi she’rlar misolida tahlil qilish tadqiqotning maqsadi sanaladi. Shu bilan
birga, yana quyidagi jihatlarga e’tibor qaratiladi:
–
shoir lirikasidagi original uslub, ohorli tashbeh-u timsollar kashf etish mahoratini
aniqlash;
–
“Behi”, “Sirtqi saboq”, “Sog‘inch bir hamlada...”, “Daraxtzor” kabi she’rlarida teran
nigoh va o‘ziga xos tashbeh
-
u timsollar qo‘llaganligini o‘rganish;
–
shoir she’rlarida badiiy tasvir vositalarini qo‘llash mahoratini ko‘rsatish va h.k.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
1 (2023) / ISSN 2181-3701
77
TAHLIL
Matnazar Abdulhakim lirikasi, bir tomondan, mumtoz turkiy nazmdan oziqlangan
bo‘lsa, ikkinchi tomondan zamonaviy she’riyatdan bahramand bo‘lgan, ko‘p asrlik badiiy
tajribalar sarchashmasidan fayz va rag‘bat olgan, betakror talqin va mahorat bilan
uyg‘unlashgan ijoddir. Bu jihatlar shoir ijodida o‘zaro uyg‘unlashib, betakror va o‘ziga xos
asarlar yaratilishiga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, shoir lirikasidagi original uslub, o‘ziga xos so‘z
qo‘llash, ohorli tashbeh
-u timsollar kashf etish mahorati fukrimiz isbotidir.
Shoirning “Darsdan so‘ng”, “Behi”, “Ibodat”, “Soat”
,
“Sirtqi saboq”, “Yolg‘iz yaproq”,
“Gujumlar”, “Ikki tomchi yosh”, “Qo‘ng‘irot”, “Daryo”, “Chaqinlar fasli” kabi she’rlari teran
nigoh va original tashbeh-u timsollarga boyligi, qamrovli poetik ifoda ustuvorligi bilan
o‘ziga x
osdir.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Matnazar Abdulhakim she’rlarining ta’sirchanligini oshirish maqsadida tasviriy
vositalar va badiiy san’atlardan keng foydalanadi. Ayniqsa, metafora yordamida fikrni
go‘zallashtiradi:
Mana … yana behilar pishdi
Firoq fasli, hijron mavsumi
Mevalarning eng bir hazini
Mevalarning eng bir ma’sumi.
“Behi” deb nomlangan ushbu she’rida shoir kuz faslini “firoq fasli”, “hijron
mavsumi”ga o‘xshatmoqda. Shoir “juft behi” timsolida “dunyodagi bor hikmat yakuni –
oila, oshiq-
ma’shuqlar juftligi nazarda tutilishi”, “xushomad qarsaklar ba’zilarni
taltaytirib, osmonga otib”, lekin hech qachon qulab tushishidan saqlay olmasligi hamda
so‘zda oshiqlar “biri tog‘dan, biri bog‘dan” kelishsa ham, amalda “bog‘ tog‘ yonbag‘rida
joylashgani” xususidagi
fikrlar diydorlashuv ifodasi ekanligi xususidagi kutilmagan
fikrlar shular jumlasidandir. Ma’lumki, sariq rang she’riyatda ma’sumlik, hazinlik belgisi,
ya’ni oshiq yorni shu darajada sog‘ingan
-
ki, uning rangi behiday sarg‘aygan. Behi esa kuz
faslida pishib etiladi. Shuning uchun kuz hijron, ayriliq, hazinlik fasli hisoblanadi.
Shunisi muhimki, oliy hilqat sanalgan
–
inson o‘z falsafasi bilan tirik. U dunyoni
o‘z
-
o‘zicha teran anglash va kashf etishi bilan buyuk. Ba’zan oddiy tabiiy hodisalar
zamirida ulka
n bir haqiqat inson aqlini lolu hayron etadi. Buni to‘g‘ri anglab, his etib
o‘zgalarga anglatmoq esa ijodkorlikdir. Shoir qalbidan oqib chiqayotgan ulkan tuyg‘ular
bu haqiqatni butun yaxlitligi bilan ifodalay oladi.
Matnazar Abdulhakimning mashhur “Sirtqi saboq” she’rida ham metaforaning
beqiyos namunalarini uchratamiz:
Yuragim kim, o‘zi, yuragim nima?
Yuragim zanjirband
–
zulfingga bog‘liq.
Yuragim bo‘m
-
bo‘sh uy, fayzli qilmasang,
Ochmasang berk uydir, mahkam qulflog‘liq.
Qulflari sinsinlar, kel, eshiklarning,
Uyiga o‘t tushsin kelishiklarning.
Misralarda shoir yuragiga ta’rif berar ekan, uni yorning zulfiga bog‘liqligini aytadi,
yurakni bo‘m
-
bo‘sh uyga qiyoslaydi. U oddiy uy emas yorini, o‘z egasini intizorlik bilan
kutayotgan, fayzsiz,
bo‘m
-
bo‘sh uydir. Uni faqat yor fayzli qilishi va berk qulflarni ochishi
mumkin.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
1 (2023) / ISSN 2181-3701
78
Yana bir o‘rinda shoir oshiq yuragini maktab bolasiga qiyos qiladi. Maktab bolasi
yuragidagi sevgi beg‘ubor, hech qanday qo‘rquv tahlikani bilmaydigan, sof tuyg‘u
hisoblanadi.
Shoir o‘zining yuragidagi sevgini ham xuddi ana shunday beg‘ubor, sof
tuyg‘u ekanligini ta’kidlayapdi.
O, yuragim mening
–
maktab bolasi!
Tahlikaga tushmay, cho‘kmay sevadi.
Yuragim indamay sevadi seni,
Quchoqlamay sevar, o‘pmay sevadi.
Matnazar Abdulhakimning teran falsafiy-ijtimoiy qarashlari, ibratomuz hikmatli
fikrlari turfa she’riy shakllarda turli miqyos va darajada aks etsa ham ularda muallifning
o‘ziga xos poetik nigohi, badiiy tafakkur tarovati qabarib turadi. Shoir nigohi o‘tkir,
voqelikdan
chuqur hayotiy poetik ma’no topa biladi va uni go‘zal ifodalay oladi. Zero,
“She’r jo‘n gapning jo‘ngina bayoni emas. She’r teran fikru tuyg‘ularning obrazli
ifodasi”dir
[1]
. Shoir quyidagi to‘rtlikda yozadi:
Hasta ruhda mehrim sog‘ bo‘lib o‘sdi,
Bir do‘st topsam qo‘nglim tog‘ bo‘lib o‘sdi.
Boshimda chaqilgan danaklar esa
Mening yuragimda bog‘ bo‘lib o‘sdi.
Qalbi ezgulikka oshufta inson hayotda hamma narsada yaxshilik, go‘zallik,
musaffolik, poklik va beg‘uborlik ko‘ra oladi. Ayonki, inson o‘z falsafasi bi
lan tirik. U
dunyoni o‘z
-
o‘zicha teran anglash va kashf etishi bilan buyuklik kasb etadi. Bir do‘st topsa
ko‘ngli tog‘dek o‘sadigan lirik qahramon bu dunyo va hayot mohiyatini chuqur falsafiy
idrok eta oladi. “Boshida chaqilgan danaklar” alal oqibat uning yuragida “bog‘ bo‘lib”
o‘sadi, bu olamda barcha o‘tkinchi narsalar orasidan ziyo, nur topa oladi. She’rdagi
qamrovli poetik ma’no, sodda va ravon uslub, teran nigoh va falsafiy idrokning sintezidir.
Barcha mavzulardagi she’rlarda inson ma’naviy olami va ij
timoiy-estetik muammolar
tasvirida fikr va kechinmalar silsilasining rangin badiiy bo‘yoqdorligidagi betakrorlik
Matnazar Abdulhakim she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. Shoir lirikasida
Odam va Olamni she’riyat ko‘zi bilan ko‘rish, hayotnin
g boshqalarga pinhon nuqtalarini
topa olish va salmoqdor poetik ma’nolar chiqara olish xususiyati alohida bo‘rtib turadi.
Ayniqsa, shoir she’riyatida metafora (istiora) ya’ni mazmuni keng ommalashgan ramzlar
va ular asosida vujudga kelgan poetik ma’nolarin
ing turli talqinlari mavjud.
Matnazar Abdulhakimning “O‘git”, “Shayton”, “Qor”, “Meva”, “Majnuntollar”,
“Qo‘ng‘iroq”, “Qaldirg‘och” kabi qator she’rlarida istioraviy talqinning eng go‘zal
namunalarini kuzatamiz. “Daraxtzor” she’rida shoir yozadi:
Ajib saltanatdir daraxtzor,
Har bir yaproq
–
bebaho davlat.
Bunda birov meva to‘kadi,
Birov esa to‘kadi... savlat
[2].
Ma’lumki, daraxt inson timsoliga qiyoslanadi. Avvalo, odam xuddi daraxt kabi shu
zamin farzandi, u daraxt kabi yerdan oyog‘ini uzib ketolmaydi. Ta
biat qonunlari asosida
yashashga mahkum. Zero, unga juda katta imkoniyatlar berilgan bo‘lsa
-da, yaratguvchi
tomonidan yaratilgan eng oliy xilqat esa-da, u baribir ojiz banda ekanligi ayondir.
Matnazar Abdulhakimning nigohi o‘tkir, hayotni kuchli poetik id
rok etadi va teran
anglaydi. Bu ajib dunyoni daraxtzor misol tasavvur etgan shoir Odam va Olam haqidagi
qarashlarini to‘rt misrada muxtasar bayon qiladi. Daraxtzor ichidagi har bir daraxt,
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
1 (2023) / ISSN 2181-3701
79
nainki daraxt, balki har bir yaproq “bebaho davlat”, Ollohning yaratig‘idir. Inson
yaralibdiki, ezguliklar va yovuzliklar ichra yashaydi, yaxshi-
yomon ishlar qiladi, o‘zidan iz
qoldiradi. Bu dunyoga kelib kimlardir “meva to‘kadi”, kimlar esa “savlat to‘kib” hayot
kechiradi. Shoir daraxtni timsol sifatida insonga qiyoslar ekan, lirik qahramonga berilgan
imkoniyatdan to‘la foydalanishni istaydi. Ya’ni u sokin daraxtga aylanishni emas, balki
ruhi ozod va yuksak parvoz istovchi qush bo‘lib yashashni, osmoniy orzularga erishishni
istaydi.
Shoir o‘zining “Sog‘inch bir hamlada..
.
”
misrasi bilan boshlanuvchi she’rida ham
go‘zal o‘xshatishlar yaratgan:
Sog‘inch bir hamlada sabrimni yengar,
Qutlug‘ diydoringa erishmagim shart
Qanotli tulporlar eltadir senga,
Ey sarviqad anduh, qoshi hilol dard.
Ushbu misralarda yorning visoli, uning chehrasi
–
“sarviqad anduh”
,
“qoshi hilol
dard”ga go‘zal tarzda qiyoslanadi. Oshiq yor visolini shu darajada sog‘ingan
-ki, unga juda
vafoli-
ki, bu sabr bardoshi uchun “bir kuni yorning” qutlug‘ diydoriga etishishi shart va
bu diydorga etishishi uchun
unga “qanotli tulporlar” yordam beradi. Oshiq uchun yor
yo‘lida anduh chekish ham totli, shirin dardlardir.
Matnazar Abdulhakim ijodida tabiat hodisalari ham betakror o‘xshatmalar bilan
tasvirlanadi. Shoirning “Kayfiyat” she’rida quyidagi misralarni o‘qiymiz:
Bugun kelmay qolding ilk daf’a
Hayratdaman, bu qandayin hol
Mana, otayotir tong xafa
Esayotir yig‘loqi shamol.
Oshiq yor yo‘lida intizor, biroq yor kelmayapti. Bu holdan oshiq hayron. Qarang
-ki
oshiq kayfiyatiga qarab tabiat
ham o‘zgaradi:
Tun o‘tib, tong xafa bo‘lib otmoqda,
Yig‘loqi shamol ham g‘amgin esmoqda.
Matnazar Abdulhakimning “Qor qo‘shig‘i”, “Qor”, “Etyud” kabi qator she’rlarida
“qor” ramziy obrazlardan mohirona foydalanadi. Ma’lumki, qor badiiy ijodda musaffolik,
poklik va beg‘uborlik ramzi sifatida ta’riflanadi. Shoirning bir she’rida qorga qarata
“Poksan
-
u ham oyoqostisan, yog‘moqdasan osmondan erga” misralarini o‘qiymiz.
Bu o‘rinda qor majoziy timsoli orqali poklik ma’nosiga urg‘u beriladi. Zero, insoniy
sifatlardan biri uning ilohiyligidir. Bu xususiyat har kimda har xil darajada mujassam
bo‘ladi. Biz o‘zimizdagi ezgulik va savoblarimiz evaziga “ilohiy nur”dan bahramand bo‘la
boshlaymiz. Odam yaralishi uchun o‘sha nur osmondan erga tushirilib, tuproq bag‘riga
joylashgan. Demak, shoir osmondan erga tushayotgan bu oppoq qorni ana o‘sha
insonning bunyod etilish hodisasiga qiyoslaydi. “Qor qo‘shig‘i” she’rida shoir qor tilidan
shunday yozadi:
Istasang do‘stingga ot. Turibman shay.
Axir nechun bundan qilay orlar man.
Sevib, shodligimdan osmonga sig‘may,
Senga zorlar bo‘lib yog‘gan qorlar –
man.
Oshiq qalb nolasi qor tilidan juda ta’sirli va go‘zal tarzda ifoda etiladi. Umri qisqa
“qor” ma’shuqasiga gullar eltish uchun yer qa’riga singib
-
erib ketadi. Ko‘rinadiki,
o‘xs
htishlar beqiyos, ifoda teran va mazmundor.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
1 (2023) / ISSN 2181-3701
80
Shoir “Sen, jonim, mana shu bog‘larnikisan” turkum she’rlarida inson va uning
tuyg‘ulari, orzu
-
umidlari, qayg‘u
-
armonlarini ifodalash uchun daraxt, bog‘, bulut, ko‘z,
ko‘z yosi kabi qator timsollaridan o‘rinli fo
ydalanadi:
Bog‘lar mehribondir, bog‘lar rahmdil,
Bog‘lar yuragimni tergashmas,
Bog‘lar bilar. Bog‘lar nozikfahmdir.
Bog‘lar menga sira ergashmas.
Bunday she’rlarda muallif ramzning ta’rif
-tavsifiyu, undagi jarayonlarning batafsil
bayonini emas, balki ular
ning lirik qahramon ruhiyati, ichki sezimlariga ta’sirini
tasvirlashni oldingi o‘ringa chiqaradi. Shuningdek, ramziy obrazlarning badiiy talqinida
shoir o‘z estetik idealini, romantik intilishlarini ko‘pincha “bahor”, “chiroq”, “daraxt”,
“qush”, “osmon” kabi poetik timsollar bilan aloqadorlikda ifodalaydi. Jumladan, o‘zini
bahor timsolida tasavvur etgan shoir uning nomidan shunday deydi:
Borliq beri tursin, har bir yurakka
Ming-
minglab mo‘jiza solib ketarman
[3].
Bu fikr shoirning shunchaki orzusi emas, balki qalb qarori, ijodkor burchini
anglashdagi salohiyatining e’tirofi edi. Darhaqiqat, shoir she’rlari minglab yuraklarni
nafosat bilan nurlantirgan so‘z mo‘jizasining faraxbaxsh zarralaridir.
XULOSA
Matnazar Abdulhakim
–
falsafiy mushohadasi kuchli, donishmand shoir. Olam
sevinchlari-yu tashvishlari, inson ruhiyati evrilishlari, ijodkorning yurak va aql
mushohadasi orqali go‘zallik bilan ziynatlanadi. Uning talanti, avvalo, borliqni ziyrak
kuzatish, undagi narsa va hodisalardan poetik, falsafiy mazmun topa b
ilishda ko‘rinadi.
Mavzu, obraz, badiiyat va ifoda rang-barangligiga asoslanish, original badiiy
umumlashmalarga kela olish donishmand shoir lirikasining asosiy xususiyatlaridan
sanaladi. Umuman, Matnazar Abdulhakim she’riyati zamonaviy o‘zbek adabiyotida
tobora yangilanayotgan adabiy-
estetik tafakkur rivojiga munosib hissa bo‘lib qo‘shilgani
bilan yanada ahamiyatlidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Haqqulov
I. Mushohada yog‘dusi. –
Toshkent.
“Fan” nashriyoti, 2009. –
B. 37.
2.
Matnazar
Abdulhakim. Yolg‘iz yaproq. “Xorazm” nashriyoti, 1999. –
B. 8.
3.
Matnazar Abdulhakim. Javzo tashrifi. Toshkent. Sharq. 2008.
–
B. 151.
