Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная
лингвистика
и
лингводидактика
–
Foreign
Linguistics and Linguodidactics
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/foreign-linguistics
Poetic and philosophical features of the epic Matnazar
Abdulkhakim
“
Landslide
”
Guliyanbar KURANBAYEVA
1
, Bekposhsha RAKHIMOVA
2
Urgench State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2023
Received in revised form
10 January 2023
Accepted 25 February 2023
Available online
15 March 2023
This article analyzes the epic of the poet, translator, publicist
Matnazar Abdulhakim
“
Landslide
”
and the philosophical views
of the poet on the past and present, specific thoughts and
opinions.
2181-3663
/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol1-iss2-pp97-102
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru
Keywords:
philosophical epic,
theme,
genre,
content,
style,
octave,
allegory,
proportion.
Matnazar Ab
dulhakimning “Ko‘chki” dostoning poetik
falsafiy xususiyatlar
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
falsafiy doston,
mavzu,
janr,
mundarija,
uslub,
sakkizlik,
tashbeh,
tanosub.
Mazkur maqolada shoir, tarjimon, publitsist Matnazar
Abdulhakimning “Ko‘chki” dostoni va undagi shoirning o‘tmish
va hozirgi davr haqidagi falsafiy qarashlari,
muayyan o‘y
-
xulosalari, mulohazalari tahlilga tortiladi.
1
Master degree student, Department of Uzbek Literature, Faculty of Philology, Urgench State University. Urgench,
Uzbekistan. E-mail:
quranbayevagulianbar@gmail.com
2
PhD, Associate Professor, Department of Uzbek Literature, Faculty of Philology, Urgench State University. Urgench,
Uzbekistan.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
2 (2023) / ISSN 2181-3701
98
Поэтико
-
философские особенности эпоса Матназара
Абдулхакима «Оползень»
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
философский эпос,
тема,
жанр,
содержание,
стиль,
октава,
аллегория,
пропорция.
В данной статье анализируется эпос поэта, переводчика,
публициста Матназара Абдулхакима «Оползень» и
философские взгляды поэта на прошлое и настоящее,
конкретные мысли и мнения.
KIRISH
Zamonaviy o‘zbek adabiyotining go‘zal an’analaridan ilhom olib, ularni yanada
boyitib kelayotgan adiblarning bir qismini Xorazm adabiy muhiti namoyandalari ijodi
tashkil qiladi. Zero, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Bu
diyorda tug‘ilib kamolga yetgan Erkin Saman
dar, Omon Matjon, Komil Avaz, Gavhar
Ibodullayeva kabi o‘nlab shoir va yozuvchilar o‘zbek adabiyotiga munosib hissa qo‘shib
kelayotganini xalqimiz yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi” [1.247]. Xorazm adabiy
muhitining yetakchi vakillaridan biri shoir, tarjimon, publitsist, adabiyotning zukko
bilimdoni, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Matnazar Abdulhakimdir
(1948
–
2010). Xorazm adabiy muhitining shakllanishi va rivoj topishida Matnazar
Abdulhakim ijodining ahamiyati kattadir. Uning merosi: mavzu, janr, mundarija, uslub
jihatdan rang-
barang bo‘lib, orginal she’riyat, badiiy tarjima, publitsistik asarlardan
tashkil topgan.
Shu bois, u tafakkur qamrovi keng, ko‘p qirrali ijodkor sifatida tanildi.
Shoirning epik she’riyatida salmoqli o‘rinni “Ko‘chki” dostoni egallaydi. Uni
shoirning chinakam ijodiy yutug‘i, falsafiy dostonning hozirgi she’riyatimizdagi eng
yaxshi namunalaridan biri deyish mumkin. Avvalo, bu asar o‘ziga xos shakliy uslubi
nisbatan mustaqil, ammo mazmunan mushtarak to‘rtliklar majmuas
idan iboratligi bilan
voqeaband dostonlardan farq qilsa, ikkinchidan, unda shoirning o‘tmish va hozirgi davr
haqidagi falsafiy qarashlari, muayyan o‘y
-xulosalari mujassamlashgan. Shu bois, dostonni
muallifning turmush tajribalari asosidagi saboqlaridan tug
‘ilgan fikrlarning
umumlashmasi deyish mumkin.
Tadqiqotning maqsadi:
–
“Ko‘chki” –
falsafiy-ijtimoiy doston namunasi ekanligini tadqiq qilish;
–
“Ko‘chki” dostonida inson mohiyati va hayot qadri falsafasining badiiy jihatlarini
yoritish;
–
dostonda
ta’limiy
-
axloqiy va ijtimoiy muammolarning yoritilishini o‘rganish.
TAHLIL
Matnazar Abdulhakim she’riyati, mavzu ko‘lami va mohiyati xususida shoir
Bahrom Ro‘zimuhammad shunday yozadi: “Shoirning mavzu ko‘lami keng va xilma
-xil.
U bundan ming yillar avval
gi bitiklardan ruhlanib, “Ko‘chki” (“Yatimat ad
-
dahr”
ohanglarida) turkumini yaratdi, oddiygina ma’lumotdan falsafiy mazmundagi she’rlar
bitdi (“Agava daraxti”). Xullas “she’riy xarita”si
miqyosini kengaytirdi. Ammo she’r
qurilishlari bir xil: ilk misradag
i ohang to‘lqinlanib, izchillik kasb etadi, to‘rtliklar
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
2 (2023) / ISSN 2181-3701
99
uyg‘unlashib, yagona zalvorli ohangda jaranglaydi. Matnazar Abdulhakim she’riyatida
ana shu xususiyat bo‘rtib ko‘zga tashlanadi. U barmoq vaznidagi she’rlarida ham,
aruzdagi g‘azallarida ham individua
l tasvir usullarini namoyish qiladi.
Shu bois, she’r ruhi
eskirmaydi. Ayniqsa, uning qofiyalash san’ati o‘zgacha. Kutilmagan qofiyalar asarning
quyma shaklda yaratilishiga ko‘maklashadi”
[2. 3].
Ma’lumki, inson obrazi va uning mohiyatini, ichki va tashqi
dunyosini yoritish,
ruhiyatini bilishga intilish adabiyotning bosh maqsadidir. Ayniqsa, mustaqillik yillarida
inson mohiyatini yoritishga, uning ichki dunyosini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish kuchaydi.
Inson ongi yorishgan lahzalardan buyon olam va odam haqidagi haqiqatlarni izlaydi. Aslida
inson umrining mazmuni ham shunda. Inson azal-
azaldan o‘z qalbi, ruhiy olami,
imkoniyatini anglashga tirishadi. Hissiy, aqliy bilish, jonli mushohada qobiliyati narsa va
hodisalar, voqelikning mohiyati, sabab va oqibatlarini chuqur idrok etishda asosiy mayoqdir.
Shuning uchun ham inson o‘z falsafasi bilan tirikdir. U dunyoni o‘z
-
o‘zicha teran anglash va
kashf etish bilan buyukdir. Bunda u yaqinlariga suyanishi esa o‘zidagi fikr
-kechinmalarning
bo‘yoqdorligini oshiradi. Shoirning “Ko‘chki” dostonini inson mohiyati va hayot qadri
falsafasining badiiy in’ikosi deyish mumkin. Unda 81 ta sakkizlik mavjud bo‘lib, barcha
mavzular ushbu umuminsoniy g‘oyaning turli qirralarini badiiy
-intellektual mezonlar
talqinlari asosida yoritishg
a qaratilgan. Quyidagi sakkizlikda o‘qiymiz:
Menga birov yaxshilik qildi.
Bilmay qoldim
–
kim ul, xudoyim.
Qaysi Xotam, qaysi javonmard.
Qanday g‘aniy. Qanday fidoyi.
Ikki kunki, xudoyim, mana
Yuragim g‘ash, ruhim bulutdir,
Mendan kimki yaxshilik ko‘rsa
Endi menga barin unuttir[3.84].
Misralar ketma-
ketligiga asoslangan ushbu sakkizlikda o‘zgalarga beminnat
ezgulik qilgan shaxs kamtarligi, samimiyligi ulug‘lanadi. Bu g‘oya ifodasi ikkala
to‘rtlikning yagona shaklini taqozo qilgan.
Chunki dastlabki ikki misra juftligida
ko‘zlangan fikr tugal bo‘lmay, uning davomiga zarurat tug‘dirgan.
Shu bois, asosiy poetik
ma’no sakkizlik yaxlitligida o‘z ifodasini topgan. Banddagi badiiylik unsurlari fikr va ifoda
ta’sirini yuzaga keltirgan. Jumladan, yaxshilik tushunchasining ilohiy ne’mat ekanligi
“xudoyim” so‘zining takrori orqali izohlansa, “Xotam” ismida talmeh san’ati, “qanday”
so‘zi takrorida urg‘ulangan ta’kid, “bulutdir” so‘zida istioraviy ko‘chim, “g‘aniy” va
“fidoyi” kalomlarida yaqin ma’nodoshlik namoyondir. Fik
r mohiyati mujassamlashgan
yakuniy ikki misrada esa hadisi shariflardagi “birovga yaxshiligingni unut, birovning
yaxshiligini unutma” hikmatining ta’siri ravshanlashgan.
Sakkizlik bandlardagi qarashlar markazida “Inson –
tilsimdir” aqidasiga
munosabat turadi. Shoir insonni qandaydir mavhum tushuncha emas, balki real
borliqning ilohiy mavjudoti, murakkab tiynatli yaratig‘, yaxshi
-yomon amallar sohibi
sifatida tasavvur etadi va uning olijanobligini ohorli fikr va badiiyat mezonlari rakursida
qadrlash, targ‘ib
qilishga erishadi. Bunga quyidagi sakkizlik misol:
Sendan umid, sendandir orzu,
Sendan murod, sendandir ilinj.
Bir qo‘lingda do‘stlaringga gul,
Bir qo‘lingda –
dushmanga qilich.
Qo‘shig‘imiz, navolarimiz,
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
2 (2023) / ISSN 2181-3701
100
Agar bilsang shular haqdadir.
Qiliching ko‘p
sabrli. Guling
Qo‘limizga shoshilmoqdadir.
Misralar bosh poetik-
falsafiy ma’nodagi tadrijiylik asosiga qurilgan. Ulardagi fikr
oqimi ikkala to‘rtlik sintezida takomillashib boradi. Inson xarakteridagi zid qirralar
qiyoslash usuli orqali oydinlashadi. Bu q
irralarda ijobiylik “gul”, salbiylik “qilich”
ramzlarida aks etadi. Shuningdek, shoir she’riy san’atlar, badiiy tasvir va poetikaning
quyidagi vositalaridan ham o‘rinli foydalana olgan. Jumladan: “takrorlar: “sen” o‘zagidan
yasalgan qo‘shimchali so‘zlarning to‘rt o‘rinda, “bir qo‘lingda” iborasining ikki o‘rinda
takrorlanishi fikr asosiy ob’yekt (inson)ga qaratilgani sababli g‘aliz tuyulmaydi;
2) tanosub: o‘zaro yaqin ma’noli “umid”, “orzu”, “murod”, “ilinj” so‘zlarining ketma
-ket
kelishi; 3) tazod: “do‘stlaringga”, “dushmanga”, “qiliching”, “guling”; 4) jonlantirish:
qilichning sabrli bo‘lishi, gulning qo‘lga shoshilmog‘i”
[5. 9] Tuzilishi jihatdan sakkizlik
to‘qqiz bo‘g‘inli turkumga mansub bo‘lib, har bir misra ikki turoqdan (sxemasi 4,5)
tashkil topgan. Juft misralar radifsiz qofiyalarga ega. Shoir mahorati ayrim sakkizliklarda
poetik sintaksis va badiiy tasvir imkoniyatlarini qorishiq qo‘llashda ham ko‘rinardi. Bu
hol bir sakkizlikning quyidagi besh misrasida mujassamlashgan:
To‘g‘ri
, boldir bulbullar sasi,
To‘g‘ri, qanddir qovunlar ta’mi.
To‘g‘ri
, nabot noklarning toti,
To‘g‘ri
, sharbat shudringlar nami
To‘g‘ri
, jon ham shirin...
tug‘ilgach.
Bu o‘rinda misralar boshida “to‘g‘ri” so‘zining takrori tizimli bo‘lib, poetik
sintaksisning anafora s
haklidir. U she’rxon diqqatini yetakchi fikrga qaratishga va
intonatsiya jo‘shqinligini oshirishga xizmat qiladi, o‘zidan keyingi to‘rt
misradagi
o‘xshatish san’atiga asoslangan ifodalar bilan mantiqan bog‘lanadi, ma’no va ohang
izchilligini ta’minlaydi.
Rahmat do‘stim! Ishratdan mastman,
Bo‘lar bo‘lsam shunchalar bo‘ldim.
Yam-yashil bir shonadir shodlik,
Men ichinda g‘unchalar bo‘ldim.
Surur bilan o‘tgan lahzalar.
Aylandilar quyoshlarimga.
O‘zga damlar, o‘zga nafaslar
Aylandilar ko‘zyoshlarimga.
Matnazar Abdulhakimning butun ijodi markazida kurashuvchan va jasoratli, bukilmas
va irodali, erkparvar va millatparvar yangi shaxs
–
“Isyonkor inson” obrazi turadi. Unda tabiiy,
insoniy va ijtimoiy borliqqa falsafiy munosabat kuchli. Shoir mahorati shundaki, she’r
da
ustuvorlik didaktik yo‘nalish shunchaki pand
-
nasihat ifodasi bo‘lmay, chuqur ma’naviy
-
axloqiy saboqlarning o‘quvchi aqlu tuyg‘usiga baravar ta’sir eta olishiga erishilgan.
Shoir
ta’biricha, borliqdagi barcha go‘zalliklar ilm
-
ma’rifat bilan bog‘liq.
Bu misralar orqali shoir
umrning o‘tkinchiligiga, hamma narsa omonat ekanligiga amin bo‘ladi.
Shodlikni yam-yashil
shonaga o‘xshatib,o‘zini esa ichidagi g‘unchaga qiyoslaydi. “Har damning o‘z sururi bor”, –
deganlaridek, muallif ham o‘tgan damlarni xotirlab ko‘zlariga yosh oladi.
Gunohimmi mening intilsam,
Cho‘qqilarga, nurga, ziyoga.
Lochin bo‘lib tug‘ildim, axir,
Shunqor bo‘lib keldim dunyoga.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
2 (2023) / ISSN 2181-3701
101
Shoir satrlariga chuqurroq nazar solsak, ularda bezovta qalb iztirobi, isyon va o‘tli
nafasi to‘lib turganini quyidagi satrlaridan ham ko‘rishimiz mumkin: shoir she’riyatida
ruhiyat motivi hayot falsafasining bir qismi sifatida talqin etiladi. Ruh va vujuddan
bunyod etilgan odamzod bularning qay biri uchun yashamog‘i kerak? –
Barcha
mavzulardagi she’rlarda inson ma’naviy olami va ijtimoiy
-estetik muammolar tasvirida
fikr va kechinmalar silsilasining rangin badiiy bo‘yoqdorligidagi betakrorlikdir. Aslida
shoir uchun hamma mavzu an’anaviy, unga yondashuv esa yangicha va o‘ziga xos. Bu
xoslik odam va olamni
she’riyat ko‘zi bilan ko‘rish, hayotning boshqalarga pinhon
nuqtalarini topish va salmoqdor poetik ma’no bilan jilolantirishda namoyon bo‘ladi:
Mendan o‘zib borayotgan zot,
Qanotlaring kergil yana keng.
Shaxdamlik kasb etsin qadaming,
Bo‘lgil tulpor, lochi
n bilan teng.
Inson dunyoga kelibdiki, hamisha go‘zallikka intilib yashaydi. Go‘zallik olamni
qutqaradi. Go‘zallik odamni yanada yashashga, hayotni teran anglashga undaydi. Shoir
ham go‘zallikka oshno. U o‘zining satrlarini cheksiz rangin bo‘yoqlar orqali
jilolantiradi,
o‘z ma’shuqasini shu qadar chiroyli ifodalab, ko‘nglini ohuga mengzaydi:
Kipriklaring maysadek momiq,
Ko‘zlaring ham chashmadir –
zilol.
Sochlaringning rayhoni xushbo‘y,
Ikki qoshing esa juft hilol.
Bardosh berolmayman bu baxtga,
O, go‘zallik! O, ko‘rk, O husn!
Ijozat ber, qo‘yib yuboray,
Bu o‘tloqqa ko‘nglim ohusin.
Matnazar Abdulhakimning bu satrlari orqali Navoiyga izdoshligini kuzatishimiz
mumkin. Ya’ni Navoiy ham o‘zining “Deyin” radifli g‘azalida ma’shuqaning go‘zalligini
kichik detall
ar orqali uyg‘unlashtirgan. Shoirdagi kiprikni maysaga, ko‘zlarni chashmaga,
sochlarni rayhonga, qoshlarni hilolga o‘xshatish adabiyotimizga yangilik bo‘lib keldi.
Ushbu misrada inson baxtga erishishi ham mushkul ekanligi, hayot mashaqqatlariga
bardosh ber
ib, unga yetishish lozimligi zohiriy ma’noda ifodalanadi. Matnazar
Abdulhakim she’riyatida falsafiy
-intellektual mazmun, majoziy obrazlilik
voqea-hodisa
va
kechinma
talqinidagi betakrorlikda ko‘rinadi:
Ketding. Qoldim. Ketdi izingdan
Meni tashlab
ikkita ko‘zim.
Bo‘g‘zim ketdi, yuragim ketdi,
Yo‘l bo‘yida turipman o‘zim.
Bu misralarda shoirning o‘ziga xos tafakkur tarzi, teran poetik nigohi, original
mulohazaga intilishi kuzatiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Muallif borliq haqida fikr yuritar ekan, unda inson va hayot muammosi talqini
asosiy o‘rin tutadi. Shoir inson mohiyatiga ta’rif berib o‘tar ekan, undagi odamzodning
ilohiy rutbaga noloyiq ishlar bilan mashg‘ul bo‘lib, hayvonga aylanish darajasigacha yetib
borayotganidan afsuslanadi. Matnazar Abdulhakim taraqqiyot, ikki dunyo saodatiga
erishish markaziga inson irodasi, e’tiqod va fikrlarni qo‘yadi.
Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika
–
Зарубежная лингвистика
и лингводидактика
–
Foreign Linguistics and Linguodidactics
Issue
–
1
№
2 (2023) / ISSN 2181-3701
102
Matnazar Abdulhakim dostonning asosiy qismida insonning goh buyukligidan, goh
tubanligidan so‘z ochadi. Hayotning g‘alati
-
g‘alati savdolari borligini ko‘rib, o‘yga toladi.
Shu savdolarda ham, inson fe’lining “o‘ru qiri”da ham hikmat mujassamlashgani uning
qalbiga ilhom, qalamiga kuch beradi. Insonni turli xil ko‘yga soluvchi judolik tuyg‘usi esa
inson qaddini egib qo‘yadi. Shoir bu boradagi fikrlarini ham ch
iroyli dalillash orqali
fojiani ham kitobxon ko‘ngliga iliq olib kira oladi. Xullas. “Ko‘chki” –
falsafiy doston
namunalaridan biri bo‘lib, donishmand shoir Matnazar Abdulhakim ijodining eng sara
durdonasidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Sh.M. Mirziyoyev. Buyuk kelejagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz.
–
Toshkent. “O‘zbekiston”. 2017. –
B. 247.
2.
Bahrom Ro‘zimuhammad. Zalvorli ohanglar sehri.
// O‘zbekiston adabiyoti va
san’ati. 2007
-yil 25-may.
3.
Matnazar Abdulhakim. Javzo tashrifi. Saylanma.Toshkent.
“
Sharq
”
. 2008.
–
B. 84.
4.
Ҳамдам
Абдуллаев. Мангуликка мухтасар назар. Урганч. “Хоразм”
нашриёти. 2018. 57
-
б.
5.
Ҳулкар
Ғайипова. Теран тафаккур ва тиниқ туйғулар куйчиси. –
Урганч.
2021.
–
120
б.
