191
berilgan, Makroelementlar: kaliy-3884; kaltsiy – 1132; magniy – 611; natriy – 511; fosfor – 5260.
Mikro elementlari: temir - 79; marganets - 9; mis – 11; rux – 81; selen - 4,5. Amalga oshirilgan
eksperimental ma'lumotlarni qiyosiy tahlili shuni ko'rsatadiki Obi navot navili qovunining
makroelementlarning asosiy ulushi kaliy, kaltsiy, fosfor elementlariga, mikro elementlari: temir va
rux elementlariga to’g’ri kelgan.
Olingan natijalar shuni tasdiqlaydiki, O’zbekistonda yetishtiriladigan Obi navot navili qovun
urug'lari, qimmatli o'simlik yog'ini olishning istiqbolli xom ashyo hisoblanadi, balki yuqori
proteinni ham olish tort, undan oziq-ovqat qo'shimchasi sifatida foydalanish mumkin.
Adabiyotlar
1. Васильева А.Г., Касьянов Г.И., Деревенко. Комплексное использование тыквы и ее
семян в пищевых технологиях // - Краснодар: Экоинвест, 2010. - 144 с.
2. Деревенко В.В., Мирзоев Г.Х., Калиенко Е.А. Особенности химического состава
семян дыни сорта «Азиатская овальная»//Известия вузов. Пищевая технология.- 2014.- №1.
3. Деревенко В.В., Мирзоев Г.Х., Калиенко Е.А. Химический состав семян дыни сорта
«Амири» // Хранение и переработка сельхозсырья. - 2014. - № 6. - С. 21-22.
4. Деревенко В.В. Научное обоснование разработки ресурсосберегающих процессов
производства растительных масел и создания конкурентоспособной промышленной
аппаратуры [Текст]: дисс… д-ра. тех. наук. Санкт-Петербург, 2006. – 320 с.
OZUQ-OVQAT QO‘SHIMCHASI SUV O‘TI CHLORELL VULGARISNING
VITAMINLAR TARKIBI
prof. Bobaev I.D., dotsent. Normatov A.M., mag. Dadamuxamedov X.A. M21-15u
BIO1 gr.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Biotexnologiya kafedrasi, +998 93 543 89 45 (bobaev-
isom@mail.ru)
Xlorella hujayrasi bilan achitqi tarkibidagi faol moddalar o‘zaro taqqoslanganda - inozit 1.5,
biotin 2, pantogen kislota 1.3, para – aminobenzoy kislota 2.9 marta ko‘p bo‘lgan. Xlorella
tarkibida mavjud B
12
achitqida bo‘lmaydi. Xlorella vitaminlar manbasi bo‘lganligi sababli, yuksak
o‘simliklar uchun vitaminli ozuqa bo‘lishi mumkin [1].
Xlorellaning tashqi pustlog‘ida vitaminlar B
1
, B
2
, B
3
, B
5
, B
6
, B
12
, foli kislota va uning
hosilasi para – aminobenzoy kislota, inozit, biotinlar aniqlangan. Suvo‘ti hujayrasi tarkibida
vitaminlarni hosil bo‘lishi, o‘sishning 6-kunida pantoten kislota, biotin, para-aminobenzoy
kislotalar - 80%, piridoksin uchun 70%, tiamin, inozit, nikotin kislota 60%, biologik faol moddalar
shu yo‘nalishda davom etadi.
Agar baliq moyi tarkibida oltita vitaminlar bo‘lsa, xlorella esa 13 tadan kam bo‘lmagan
vitaminlarni o‘zida saqlaydi. Xlorellaning kimyoviy tarkibini o‘zgartirish uning yetishtirish
sharoitga va ozuqa muhitiga qarab boshqarish mumkin [2].
Xlorellani o‘stirish mobaynida ozuqa muhitini o‘zgartirish, ya’ni ozuqa tarkibiga biologik
faol moddalar qo‘shish orqali uning tarkibidagi faol moddalar - fitogarmonlar, sterinlar, antibiotik
va boshqa moddalar biosintezini boshqarish natijasida ulardan kerakli faol moddalar olish mumkin
[3].
Suvo‘ti hujayrasi o‘sishining 14 - kunida vitamin va oqsillar biosintezi to‘la tugallanadi.
Tadqiqotni amalga oshirib, Chlorella vulgaris suvo‘tini sterillangan, Lyuminostatik
yorug‘ligi sutkasiga 6-7 kLk, harorat esa 33±2°C bo‘lgan sharoitda, algologik laboratoriyada
o‘stirildi. Ozuqa muhiti sifatida - steroidlar yig‘masi (70% β-sitosterin va boshqalar) (1) va
minerallar (NaCl, KNO3, NH4Cl) aralashmasidan (2) ma’lum konsentratsiyalarda foydalanildi, 12
sutka davomida biomassaning ko‘payish tezligi o‘rganildi.
Ikki xil muhitda o‘stirilgan Chlorella vulgaris hujayralarining ko‘payish tezligi turlicha
bo‘lishi aniqlandi. Tajribada ozuqa muhitidagi steroidlar yig‘masi miqdori 10 mg/l 0.57 g, 20 mg/l
192
0.84 g, 30 mg/l 0.90 g, 40 mg/l 0.95 g, 50 mg/l da esa 0.98 g bo‘lgan.
Minerallar miqdori 100 mg/l 0.78 g, 200 mg/l 0.84 g, 300 mg/l 0.90 g biomassa hosil
bo‘lgan.
Xulosa qilib aytish mumkinki, steroidlar yig‘masi miqdori 50 mg/l da 0.98 g bo‘lgan, bu
esa Chlorella vulgaris ko‘payishdagi 1 litr suv uchun zaruriy konsentratsiya 50 mg bo‘lganligini
ko‘rsatadi. Minerallar miqdori 300 mg/l konsentratsiyada esa 0.90 g biomassa olingan, xona
harorati 31-35ºC, 1 litr suvda minerallar konsentratsiyasi 300 mg bo‘lganda biomassaning
maksimal hosil bo‘lishi kuzatildi.
Adabiyotlar
1. Bobaev I.D., Alimova M.T., Ramazanov N.S. 3 rd International Symposium on Edible
Plant Resources and the Bioactive Ingredients. study of the immuno-stimulating action of
phytoecdysteroids. Urumqi – China. July 28 -August 1. – 2012. – P. 28.
2. Bobayev I.D., Xujamshukurov N.A., Abdullayev X.O., Ramazanov N.Sh. Biotexnologik
sharoitda yetishtirilgan Chlorella vulgaris sp2 tarkibidagi yashil pigmenti tarkibi va mikdori. /
“Kimyo, neft-gazni qayta ishlash hamda oziq-ovqat sanoatlari innovatsion texnologiyalarini dolzarb
muammolari” Resp. ilmiy-texn. anjumani makolalar tuplami. Toshkent. 18-19 noyabr. 2015. – S.
191-192.
3. Cha KH, Lee HJ, Koo SY, Song DG, Lee DU, Pan CH. Optimization of pressurized liquid
extraction of carotenoids and chlorophylls from Chlorella vulgaris. // J. Agric Food Chem. – 2010. –
27. – 58 (2). - 793-7.
KASHTAN MEVASIDAN BIOFAOL OZIQ-OVQAT QO’SHIMCHASINI OLISH VA
UNING KIMYOVIY TAHLILI
tayanch dok. Isakova Sh.X., prof. Bobayev I.D.
,
dosent. Normatov A.M., ass.Isaboyev X.N
Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Biotexnologiya kafedrasi, +998 90 986 66 30
Oziq-ovqat sanoati hamda tibbiy amaliyotda kashtan ekstrakti asosidagi olingan
qushimchlar suyuq (Eskuzan va boshqalar), ham quruq ekstraktlar (Esflazid, Reparil va boshqalar)
keng qo'llaniladi. Kashtan mevasidan olingan turli konsentratsiyali ekstraktlaridan foydalaniladi [1].
Kashtanning mevasi po’stidan olingan tabiiy birikmalar prostata adenomasi va surunkali
prostatit bilan og’rigan bemorlarda qo'llaniladi, suvli ekstrakti adenomatoz o'zgarishini
sekinlashtiradi va prostata bezining qoplangan joylariga ta'sir qiladi. Ushbu tabiiy birikmaning ta'sir
qilish mexanizmi o'rganilmagan, ammo Polshalik olimlar kashtan urug'i E vitamini bilan birgalikda
eskulin glikozidiga boy bo’lib, kichik adenomatoz tugunlarning hajmini va hatto resorbsiyasini
kamaytirishga ham yordam beradi deb hisoblashadi [2].
Kashtanining mevasi flavonoid moddalar, kversetin va izokversetin hosilalariga boy manba
hisoblanadi. Kashtan gullarida flavonoidlardan tashqari polisaxaridlar va taninlar, barglarida esa
polisaxaridlar (pektinlar) va karotenoidlar mavjud bo’ladi [1].
Kashtan mevasining quruq ekstraktini olish usuli ishlab chiqilgan. Mevani maydalab kukuni
3 marta 70% li etanol (hajmi boʼyicha) bilan 2 soat davomida suv hammomida aylanma sovutgich
bilan ekstraksiya qilinadi, soʼngra ekstraktlar birlashtiriladi va fil’trlanadi. Vakuum ostida
qurutilgandan soʼng (50 °C da) etilatsetat bilan suyuq fazali ekstraksiya olinda.
Kashtan urugʼida flavonoidlarning mavjudligi va miqdoriy tarkibi ham tadqiq qilingan. 90%
etil spirtini oldindan tayyorlangan ekstraksiya va kimyoviy reaktsiyalar yordamida amalga oshirildi:
Konsentrlangan xlorid kislota va sink kukunlari bilan; qoʼrgʼoshin asetat asosining 2% eritmasi
bilan ishlov berildi. Flavonoidlar 15% li sirka kislotada qogʼoz xromatografiyasini koʼtarilish yoʼli
bilan aniqlandi. "Guvoh"sifatida rutin va kversetinning 0,1% li spirtli eritmalari ishlatildi.
Xromatogrammani birinchi boʼlib UB-spektr nurida koʼrilib zonalar belgilandi: jigarrang-rutin,
sariq-kversetin. Keyin ammiak bugʼlari bilan ishlov berilib, rangning sariq-yashil rangga oʼtishini
belgiladi. Shunday qilib, rutinning mavjudligi va kversetinning izlari kashtan mevasida bulishi