Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
579
2. Нодир Жўрабеков. “Заповедники Узбекистана: сохранение лесов и
биоразнообразия”. – Тошкент, Табиат ва инсон. №8, 2006.-37 б
3.
4. Asia Khamzina, Nodir Djanibekov, John P.A.Lamers. “How attractive are
short-term CDM forestations in arid regions? The case of irrigated croplands in
Uzbekistan”. – Washington, Forest Policy and Economics. №13, 2012.-39 p
5.
Хамзина А., Ламерс Дж.П.А., Влек П.Л.Г “Орол денгизи ҳавзасидаги
Амударё қуйи оқимида деградацияга учраган қишлоқ хўжалиги ерларида
камайтирилган меъёрлар билан суғориш шароитларида дарахтларнинг илдиз
отиши” – Тошкент, Ўрмон экологияси ва бошқаруви. №10, 2005 -178 б.
6 «Государственный контроль за охраной животного и растительного
мира Республики Узбекистан» – Тошкент, Экологический вестник. №6, 2008,
стр 49
7. Шегай О. “ПРООН способствует восстановлению лесов и улучшению
жизни сельчан” – Тошкент, Экология хабарномаси. №9, 2011, 36-37 б.
YANGI TARAQQIYOT BOSQICHIDA MILLATLARARO
MUNOSABATLAR
Iminov B.B.
FarDU, O‘zbekiston tarixi kafedrasi
katta o‘qituvchisi, PhD
Annotatsiya:
Ushbu
maqolada
yangi
taraqqiyot
bosqichida
millatlararo
munosabatlarning tarixiy omili yoritilgan
.
Sotsiologik so‘rov orqali
respondentlarning
millatlararo totuvlik va ahil qo‘shnichilikka bo‘lgan munosabatlari ilmiy tahlil qilingan.
Kalit so‘z va iboralar: strategiya, xalqlar do‘stligi, til, madaniy aloqalar, ahil
qo‘shnichilik, tolerantlik, respondent, millat, xalq, tarixiy tahlil.
Аннотация: в статье рассматривается социально-философский фактор
общегосударственных отношений на новом этапе развития. Через косиологический купов
был проведен научный анализ отношения рекпондентлапа к межнациональному согласию
и добрососедству.
Ключевые слова и фразы: стратегия, дружба народов, язык, культурные
отношения, добрососедские отношения, толерантност, респондент, нация, народ,
социальный анализ.
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
580
Annotation:The article discusses the socio-philosophical factor of intercultural elations
in the new stage of development. The attitude of the respondents to intercultural harmony and
amicable neighborliness are scientifically analyzed through sociological research
Key words and phrases: strategy, friendship of peoples, language, cultural ties, amicable
neighborliness, tolerance, respondent, nation, people, social analysis.
Jahonda bo‘layotgan global o‘zgarishlar jamiyatda millatlararo totuvlik, ahil
qo‘shnichilik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash masalasi davlatlarning barqaror
rivojlanishida muhim omil ekanini belgilamoqda. Innovatsion taraqqiyot
millatlararo munosabatlarda murakkab ijtimoiy jarayon ekanligini ko‘rsatmoqda.
Ushbu jarayon shaxslararo munosabatlarning o‘zgarishiga, xalqlar madaniyati
integratsiyasi ta’sirini takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Ayni paytda
jamiyatning etnomadaniy turli-tumanligi sharoitida do‘stlik aloqalarini yanada
rivojlantirish, bag‘rikenglik, millatlararo totuvlikni mustahkamlash, hamjihatlik va
ijtimoiy-madaniy hamkorlikni ta’minlashning yangi qirralarini o‘rganish dolzarb
ahamiyat kasb etmoqda.
Dunyoning yetakchi ilmiy tadqiqot institut va markazlarida millatlararo
munosabatlardagi nizo va mojarolarning oldini olish, milliy g‘oyaga doir Yevropa
ilmiy tadqiqotlari Danubius universitetida faol amalga oshirilmoqda. Shu bilan
birga, keyingi yillarda global migratsiya munosabati bilan BMT rahnamoligida
millatlararo kommunikatsiya muammolari «
Global Trends 2030: Alternative
World
» dasturi bo‘yicha xalqaro tizimni aniqlashtirish, voqealarning rivojlanish
tendentsiyalari, inqiroz va muammolarni o‘z vaqtida yechimiga javob topish kabi
sohalarda istiqbolli ilmiy tadqiqotlar bajarilmoqda. Inson taraqqiyotida milliy
madaniy munosabatlarga innovatsion ijtimoiy-ma’naviy tizimini davlatlararo
aloqalarning tamoyili sifatida taklif va tashabbuslar ustida tadqiqotlar amalga
oshirilmoqda.
Yangilanayotgan O‘zbekistonda ijtimoiy-madaniy barqarorlikning asosi
bo‘lgan millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash davlat
siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi. «Jamiyatda millatlararo totuvlik va
bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashga qaratilgan ishlarni sifat jihatdan yangi
bosqichga olib chiqish»
[1: 3]
bilan bevosita bog‘liq. Shu ma’noda madaniy
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
581
munosabatlarga
innovatsion
yondashuv
asosida
milliy-diniy
niqobdagi
tahdidlarning oldini olish, yoshlarni millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik
ruhida tarbiyalash Taraqqiyot stretagiyasining yo‘l xaritasiga kiritilgan.
Mavzuni o‘rganish va tadqiq qilish davomida «Taraqqiyot strategiyasi»da
millatlararo totuvlikning ijtimoiy-falsafiy jihatarini o‘rganish omili sifatida oliy
ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida
olib borilgan sotsiologik so‘rovnomada millatlararo munosabatlarning falsafiy-
ilmiy kontseptsiyalariga asoslangan savollar berdik. «Millatning shakllanishi va
rivojlanishiga qaysi omil asosiy kuch?» degan savolga respondentlarning 42,3 foizi
hudud, 29,5 foizi til, 14,6 foizi iqtisodiy birlashish, 11,3 foizi ma’naviy-ruhiy omil,
8,7 foizi qadriyatlar birligi va 6,4 foizi hech qaysi omil millatning shakllanishiga
ta’sir o‘tkazmaydi, degan javobni bildirishdi. Sotsiologik so‘rov natijalarini tahlil
qilar ekanmiz, fuqarolarning deyarli yarmi millatning shakllanishi va ravnaqiga
jug‘rofiy, ya’ni makon omilini birlamchi deb bilishadi. Insonda doimiy yashash
uchun ma’lum hudud bo‘lsa, u millat sifatida shakllanadi degan qarash vujudga
keladi. Ammo dunyoda o‘zining betakror madaniyati va ma’naviyatiga ega bo‘lgan
1600 dan ortiq etnik guruhlar yashayotgan bo‘lsa-da, etnoslarning ko‘pchiligi o‘z
hududiga va milliy davlatchiligiga ega emasb
[2: 42].
Respondentlarning 30 foiziga yaqini millatning shakllanishida til omilining
muhimligini aytadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘tgan asrda rasman 2976 tilni
qayd etgan bo‘lsa-da, sohaning yetakchi mutaxassislari hozirgi paytda 7 mingga
yaqin til mavjud ekanligini ta’kidlashmoqda. YUNESKO tomonidan 2005-yilda
tuzilgan ro‘yxatda 6912 ta qayd etilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 200 ta tilning har
birida bir milliondan ortiq, 70 ta tilning har birida 5 milliondan ortiq, faqat 13 ta
tilning har birida 50 milliondan ortiq kishi muloqot qiladi. Til insonning ijtimoiy-
ruhiy aloqa vositasi. Uni boyitish va ma’naviy merosni saqlash har bir millat va
elatning asosiy vazifasidir. Dunyoda 7 mingga yaqin til bo‘lsa, asr oxiriga kelib
ularning 95 foizi o‘lik tilga aylanadi. YUNESKOning
[3]
2017-yil iyundagi
ma’lumotiga ko‘ra, o‘lim yoqasida turgan 2,5 mingta tilning 15 tasi O‘rta Osiyo
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
582
xalqlariga to‘g‘ri keladi. Agar til jamiyatda yo‘qolish xavfida bo‘lsa, bu albatta,
millat va xalqning inqiroziga olib kelishi mumkin. Shunga ko‘ra, millatning
shakllanishida ham tilning o‘rni beqiyos ekanligi fikrimizga dalildir.
Sotsiologik so‘rov jarayonida talaba yoshlarning millatning shakllanishiga
ma’naviy-ruhiy omil ta’sir ko‘rsatadi degan qarash juda kam ko‘rsatkichni
ko‘rsatdi. Globallashuvning salbiy jihatlari millatning milliy qadriyatlarining
yemirilishi, milliy g‘oya va o‘zlikni anglash, ommaviy madaniyat ta’siriga tushish
natijasida ko‘pmillatli tarkibga ega aholi o‘rtasida milliy, diniy, g‘oyaviy negizda
qarama-qarshiliklarni yuzaga keltiradi. «Shuning uchun millatni asrash uchun
milliy ma’naviyatni asrash globallashuvning avj olishi sharoitidagi o‘ta muhim
milliy manfaatlarga molik vazifaga aylanib bormoqda
» [4: 4-6].
So‘nggi yillarda jahonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarning asosi
millatlarning
va
xalqlarning
mentalitetiga
qaratilgan.
Milliy-madaniy
qadriyatlarning yemirilishi, milliy tilga nisbatan hurmatsizlik, ajdodlardan qolgan
milliy urf-odatlar, an’analarga g‘arbning ta’siri, shaxslar o‘rtasida milliy
vatanparvarlik g‘oyasiga zarar etish, millatchilik kayfiyatini vujudga kelishi kabi
omillarga duch kelishimiz mumkin. Shuning uchun millatni millat bo‘lib
shakllanishiga va ravnaq topishiga ma’naviy omil juda katta ta’sir o‘tkazadi
[5:
28].
«Sizningcha, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik sohasida
olib borilayotgan islohotlarning samaradorligiga nima salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda?»
deb nomlangan savolga respondentlar quyidagicha javob berdi. So‘rovnomada
ishtirok etgan respondentlarning 18 foizi fuqarolarning bilimsizligi va jamiyatning
umumiy dunyoqarashining pastligi deb javob berishdi. Jamiyat va millatni
rivojlantirishda fuqarolarning huquqiy savodxonligi, ilmiy va siyosiy bilimlari,
qonunlarni bilish va ularni hurmat qilishi o‘ta muhim. Millat o‘z haq-huquqlarini
bilishi va unga munosabat bildirishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 18-moddasida
[6: 12]
«jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy
kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
583
tengdir», – deb belgilab qo‘yilgan. Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik
sohasida
olib
borilayotgan
islohotlarning
samaradorligiga
fuqarolarning
bilimsizligi va savodxonligi u darajada katta salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Respondentlarning 11 foizi rahbarlarda islohotlarni amalga oshirishga bilim
va ko‘nikmalarning yetishmasligi deb javob berishgan. Vazirlar Mahkamasining
2020-yil 17-noyabrdagi «Millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va hamjihatlikni
ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish»
[7]
to‘g‘risidagi Qarori asosida turli millat vakillari yashayotgan hududlar aholisining
ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini har chorakda muhokama qilish va hamkorlikni
yo‘lga qo‘yish choralari belgilangan. Qarorga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shahar hokimliklari huzurida jamoatchilik
nazorati kengashlari tuzildi. Jamoatchilik kengashining yana bir muhim vazifasi
joylarda etnoturizmni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan.
Respondentlarning 61 foizi davlatda millatlararo totuvlikni ta’minlash
sohasida olib borilayotgan islohotlarga fuqarolarning korrupsiyaga moyilligi
sababini ko‘rsatishgan. Korrupsiya va unga qarshi kurash masalasi bugungi
kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Bu illatning yoyilishi o‘ta salbiy
oqibatlarga olib keladi. Korrupsiya, xususan, jamiyatda amalga oshirilayotgan
islohotlarning amalga oshishiga to‘sqinlik qiladi, iqtisodiy rivojlanishning
sekinlashishi, kadrlar sifatining pasayishi va oqibatda barcha sohalarda uyushgan
jinoyatchilikning ildiz otishiga, hukumatga bo‘lgan ishonch yo‘qolishi va ijtimoiy-
siyosiy beqarorlikka sabab bo‘ladi. Respondentlarning bu darajada yuqori foizda
baho berishi juda salbiydir. Mamlakat korrupsiya botqog‘iga botsa, davlatda
millatlararo munosabatlar va diniy bag‘rikenglikka putur yetishi aniqdir.
Respondentlarning 10 foizi yuqorida keltirilgan omillarning hech qaysi biri
mamlakatda millatlararo totuvlikka rahna solmaydi, – deb javob berishdi.
Xulosa
qilib
aytganda,
millatlararo
totuvlik
kontseptsiyasining
fenomenologik holatida millatning takomillashuviga, ijtimoiy hayotdagi o‘rni, turli
millatlar ongida yagona fuqarolik tushunchasini shakllantirish tuyg‘usi
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
584
o‘rganilayotgan masalaning ijtimoiy-falsafiy mohiyatini ochib beradi. Millatlararo
totuvlikni ta’minlashda «Taraqqiyot strategiyasi»ni o‘rganish jarayonida quyidagi
xulosalar ishlab chiqildi:
birinchidan,
globallashuv
sharoitida
millatlarning
integratsiya
va
differentsiatsiya holatlarining tezlashayotganini ko‘rish mumkin. Bu sharoitda
millatning etnogenezini saqlab qolish eng katta muammoga aylanmoqda.
Jarayonlarga xos tendentsiyalarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga tavsiyalar ishlab
chiqish hamda amaliyotga tatbiq qilish orqali salbiy oqibatlarning oldini olish
mumkin;
ikkinchidan, Taraqqiyot strategiyasini o‘rganish tufayli yoshlar ongida
mamlakatimizda hukmronlik qilayotgan tinchlik, osoyishtalik va yaratuvchilik
kayfiyati, bevosita fuqarolik jamiyati rivojlanishi va insonning yaratuvchilik
faoliyati, madaniy munosabatlarni yanada kengaytirish zaruriyati bilan
bog‘liqligiga amin bo‘ladi. Bo‘lajak mutaxassislarga ijtimoiy fanlar doirasida
millatlararo totuvlik, madaniy aloqalardagi hamfikrlilik, yaxshi qo‘shnichilik,
xalqaro savdo munosabatlaridagi uyg‘unlikni ta’minlash samaradorligini
tushuntirib borish ularda vatan taqdiriga daxldorlikni kuchaytiradi;
uchinchidan, fuqarolar orasida tolerantlik, qardosh xalqlar madaniyatiga
muhabbat, ularning madaniyati, tili, urf-odati, tarixiga chuqur hurmatni
shakllantirish, axloqiy, ma’naviy madaniyatini yuksaltirishda ijtimoiy-gumanitar
fanlarning yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tkazilishi ham
muhim omillardan biri hisoblanadi.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng
imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda // Yangi O‘zbekiston
gazetasi. – 2021,17-avgust.
2. Nazarov N.A. Markaziy Osiyo polietnik sotsiumida millatlararo munosabatlar
takomillashuvining falsafiy-funktsional tadqiqoti. Falsafa fan.....doktori (DSc) diss.
avtoreferati. – Toshkent, 2019. – 42 b.
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
585
3. http //ru.unesso.org. 2019 // Dunyo tillari.
4. Saifnazarov I., Obidov A. Dinlararo hamjihatlik–ijtimoiy barqarorlik omili. –
Toshkent: Innovatsion rivojlanish nashriyot–matbaa uyi, 2019. – 244 b.
5. Otamurodov S. Globallashuv va milliy-ma’naviy xavfsizlik. –Toshkent:
O‘zbekiston, 2018. –B. 4-6.
6. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2019. –
B. 12.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi
№723 sonli «Millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va hamjihatlikni ta’minlash
bo‘yicha jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi Qarori //
Xalq so‘zi. №289 (4586) 2020-yil, 18-noyabr. – B.2-3.
YANGI O‘ZBEKISTONDA MILLATLARARO TOTUVLIK VA
DINLARARO BAG‘RIKENGLIKNI MUSTAHKAMLASHNING
HUQUQIY ASOSLARINI YARATILISHI
Bekmirzayev R.B.
FarDU, O‘zbekiston tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va dinlararo
bag‘rikenglikning mustahkamlash borasidagi islohotlarning huquqiy asoslarini yaratilishi bilan
bog‘liq bo‘lgan jarayonlar o‘rganib chiqilgan.
Kalit so‘z va iboralar: Millatlararo munosabatlar, millatlararo totuvlik, miliy-madaniy
markazlar, diniy bag‘rikenglik.
Аннотация: В данной статье исследуются процессы, связанные с созданием
правовой
базы
реформ
по
укреплению
межнационального
согласия
и
межконфессиональной толерантности в Узбекистане.
Ключевые слова и фразы: Межэтнические отношения, межнациональное согласие,
национально-культурные центры, межрелигиозная толерантность.
Annotation: This article examines the processes associated with the creation of a legal
framework for reforms to strengthen interethnic harmony and interfaith tolerance in Uzbekistan.
Key words and phrases: Interethnic relations, interethnic harmony, national cultural
centers, interreligious tolerance.
Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, ko‘p millatli davlatlar har doim o‘z
hududida istiqomat qilayotgan turli xalq va millatlarning hamjihatligidan bevosita