Авторы

  • To’raqulov Akbar Rustam o’g’li
    DTPI Boshlang’ich ta’lim kafedrasi o’qituvchisi
  • Murodova Mahbuba
    Denov tadbirkorlik va pedagogika iinstitut Pedagogika fakulteti boshlang’ich ta’lim yyo’nalish 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijrs.70919

Ключевые слова:

metod ta'lim metodlari tarbiya metodlari interfaol metodlar pedagogik mahorat

Аннотация

ushbu maqolada dars davomida qo’llanilishi kerak bo'lgan metodlar va ularning turlari, keltirilgan metodlarning o'qituvchi uchun nechog’lik kerakliligi haqida so'z boradi.


background image





50

BOSHLANG’ICH SINFLARDA O'TILADIGAN METODLAR

VA ULARNING DARS DAVOMIDA QO’LLANILISHI

To’raqulov Akbar Rustam o’g’li

DTPI Boshlang’ich ta’lim kafedrasi o’qituvchisi

Murodova Mahbuba

Denov tadbirkorlik va pedagogika iinstitut Pedagogika fakulteti boshlang’ich

ta’lim yyo’nalish 2-bosqich talabasi

Tel:975099099

murodovamahbuba220@gmail.com

Annotatsiya:

ushbu maqolada dars davomida qo’llanilishi kerak bo'lgan

metodlar va ularning turlari, keltirilgan metodlarning o'qituvchi uchun nechog’lik
kerakliligi haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar:

metod, ta'lim metodlari, tarbiya metodlari, interfaol metodlar,

pedagogik mahorat.

Abstract:

this article talks about the methods and their types that should be

used during the lesson, and how useful the given methods are for the teacher.

Key words:

method, educational methods, educational methods, interactive

methods, pedagogical skills.

Аннотация:

в данной статье рассказывается о методах и их видах,

которые следует использовать на уроке, и о том, насколько данные методы
полезны для учителя.

Ключевые слова:

метод, методы обучения, методы обучения,

интерактивные методы, педагогическое мастерство.

Kirish.

Bizga ma’lumki har bir dars davomida o’quvchini qiziqtirgan holda,

yangi mavzuni tushuntrish jarayonida va olingan bilimlarni yodda saqlash uchun
o’qituvchi tomonidan turli xil metodlar qo’llaniladi. Avvalo biz metod
tushunchasiga ta’rif bersak. Metod – (grekcha “metodos” so’zidan olingan bo’lib,
yo’l, axloq usuli) degan ma’nolarni anglatadi. Tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini
bilish, tadqiq qilish usuli demakdir. O’qituvchi dars davomida turli xil metoddan
foydalanishi bu uning pedagogik mahorati borligidan darak beradi.

O’qituvchi pedagog dars jarayonida o’quvchilarga ta’lim metodlari, tarbiya

metodlari va interfaol metodlarni qo’llasa maqsadga muvofiq bo’ladi.

Asosiy qism.

Ta’lim metodi – o’qituvchining o’quvchilarga muntazam

ravishda qo’llaydigan, o’quvchilarda o’z qiziqishlarini va aqliy qobiliyatlarini


background image





51

rivojlantiradigan,bilim va ko’nikmalarni egallashga yordam beradigan va ularni
amalda qo’llay olishga imkon beradigan ish usuli hisoblanadi. Ta’lim metodlariga
bir qancha olimlar o’zlarining fikrlarini bayon etganlar.

Ta’lim metodi – zamonaviy darajada o’quv-tarbiyaviy maqsadlarga

erishishiga yo’naltirilgan pedagog va o’quvchilarning o’zaro bog’liq faoliyat
usullaridir.

(V.I.Zagvyazinskiy)

Ta’lim metodi bu belgilangan maqsadga erishishni ta’minlovchi

algoritmlashtirilgan, muayyan mazmunga ega harakatlar tizimidir

(P.I.Podlasiy)

Asosan ta’lim metodlari aniq bir maqsadni ifodalashga xizmat qiladi. bunda

o’quvchilarga kerakli bilim berish yo’llari, o’quvchida aqliy qobiliyat va
qiziqishlari xususiyatlarini aks ettirish nazarda tutiladi. Ta’lim metodlari quyidagi
guruhlarga bo’linadi: og’zaki, ko’rgazmali, amaliy, kitob bilan ishlash, video-
metod. Og’zaki metodga hikoya, suhbat, tushuntirish, ma’ruza, munozara kabi
metolar kiradi. Boshlang’ich sinflarda bu metodlar o’qituvchi pedagog tomonidan
dars davomida qo’llaniladi. Dars tushuntirish jarayonida suhbat, tushuntirish,
ma’ruza metodidan foydalanilsa, yangi mavzu tushuntirilib bo’lganidan so’ng esa
amaliy metod turlaridan foydalanish maqsadga muofiqdir. Amaliy metodlarga
mashq, amaliy laboratoriya, didaktik o’yin kabi metodlar kiradi. Uyga vazifa
berish jarayonida ham metodlardan foydalansa bo’ladi. Asosan bu vaziyatda kitob
bilan ishlash ta’lim metodlarini ko’rishimiz mumkin. Bu metodga esa o’qish
o’rganish, reja tuzish va kanspekt qilish kabi metodlar kiradi. Boshlang’ich
sinflarda dars o’tiladigan xonaga o’qituvchi tashabbusi bilan sinf kutubxonasi
tashkil etilishi kerak. Unda o’quvchilarning uy kutubxonalaridan o’zlarining
yoshiga mos bo’lgan kitoblarni olib kelib qo’yadilar va har haftada bittadan kitob
o’qishni, hafta yakunida esa shu o’qigan kitobi bo’yicha o’qituvchi bilan
fikrlashishni odat qilishlari kerak. Shu asnoda bizga kitob bilan ishlash metodi qo’l
keladi. O’quvchilarni yoshligidan kitobga mehr qo’yishiga, unga bo’lgan
qiziqishini oshirishga katta ahamiyat berishimiz lozim. Keying metod bu video-
metod hisoblanadi. Bu metodlar ham asosan dars davomida o’qituvchi tomonidan
qo’llaniladi. Ko’rish, o’rganish va nazorat qilish kabi metodlar video-metod
turlariga kiradi.


background image





52

Boshlang’ich sinflarda dars jarayonida qo’llaniladigan yana bir metodlar

tarbiya metodlaridir. Tarbiya metodi – tarbiya maqsadiga erishishning yo’li.
Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda bu metod tarbiyalanuvchi ya’ni
o’quvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta’sir etuvchi usul.
O’quvchilarga dars mashg’ulotlarini o’qitish ya’ni ta’lim berish bilan birgalikda,
o’quvchilarga tarbiya jarayonini ham birdek olib borish lozim. Ta’lim – tarbiya
so’zi bir-biriga uzviy bog’liq. Shuning uchun ham o’quvchilarga tarbiya berish
jarayoni uning o’qituvchisi tomonidan amalga oshiriladi.

Tarbiya metodlari quyidagilar:
1.

Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar;

2.

Odatlantirish va faoliyatda mashqlantirish metodlari;

3.

Tarbiyada rag’batlantirish va jazolash metodlari;

Birinchi guruh metodlarining vazifasi o’quvchilarda ijtimoiylikni, ijtimoiy

ongni, axloqiylikni, mehnat qilish munosabatlari qonun va qoida me’yorlari haqida
tushunchalarni hosil qilish uchun qo’llaniladi.

Ikkinchi guruh metodlarining vazifasi esa ma’naviy mazmunga oid odatlar

hosil qilinadi.

Uchinchi guruh metodlarining asosiy vazifasi shundan iboratki, bu ta’lim

jarayonida o’quvchilarning o’zini tutishlari, ijtimoiy odab-axloqining ijobiy
sifatlarini rag’batlantirish, salbiy xislatlarini tuzatish yoki ularni oldini olishga
qaratiladi.

Dars davomida o'qituvchi interfaol metodlardan ham foydalanadi. O'qituvchi

pedagog interfaol ta'lim orqali o'quvchi qobiliyatini rivojlantiradi, o'zini ustida
ishlash ko'nikmalarini hosil qiladi, mustaqil fikrlashga undaydi, tengdoshlari bilan
ishlash, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, muammoning yechimini topishga intilish
va shu vaziyatdan qanday chiqib ketish kabi ko'nikmalarni o'rganadilar. Interfaol
ta'lim asosini interfaol metodlar tashkil etadi.

"Ta'lim jarayonida o'quvchilar hamda o'qituvchilar o'rtasida hamkorlikni

qaror toptirish, faollikni oshirish, ta'lim olivchilar tomonidan bilimlarni samarali
o'zlashtirish, ularni shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan metodlar
interfaol metodlar sanaladi

1

. Interfaol metodlarga "Aqliy hujum", "Bahs

munozara", "BBB", "Bumerang", "Venn diagrammasi", "Videotopishmoq",

1

D.Ro’ziyeva, M.Usmonboyeva, Z.Xoliqova “Interfaol metodlar: mohiyati va qo’llanilishi(metodik qo’llanma)”.

Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU nashriyoti,2013


background image





53

"Gugurt donalari", "Yagona davra", "Yelpig'ich", "Zakovatli zukko", "Zinama-
zina" va boshqa metodlar orqali darsda o'zlashirilgan bilimlar mustahkamlanadi.

Xulosa.

Xulosa qilib aytganda, boshlang’ich sinflarda metodlardan

foydalanish o’quvchilarda bo’lgan savodxonlikni oshirishga yordam beradi. Ta’lim
metodlari o’quvchilar bilimini oshirsa, tarbiyaviy metodlar o’quvchida ijtimoiy
onglilikni, axloqiy qonun qoidalar hamda xuq-atvoriga va tuyg’ulariga ta’sir
etuvchi omil sifatida namoyon bo’ladi. Interfaol metodlar maqsadi esa olingan
bilimlarni yanda mustahkamlash va o’quvchilarni ziyraklikka, topqirlikka va
tanqidiy fikrlashga jalb etish hisoblanadi. O’qituvchi dars davomida drsga oid
metodlarni qay darajada qo’llay olish bu o’qituvchining pedagogik mahoratidan
darak beradi.

FOYDALANILGAN ADBIYOTLAR:

1.D.Ro’ziyeva, M.Usmonboyeva, Z.Xoliqova “Interfaol metodlar: mohiyati

va qo’llanilishi(metodik qo’llanma)”. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU
nashriyoti,2013;

2.Akbar, T. (2022). Opportunities to Form Spiritual Competence in Students

of the 10-11th Class.

Web of Scholars: Multidimensional Research Journal

,

1

(8),

160-167.

3.Rustamovich, T. R. A. (2021). Islom Ta’limotlarda Shaxs Ma’naviyati

Masalalari.

TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI

,

1

(5),

186-190.



Библиографические ссылки

D.Ro’ziyeva, M.Usmonboyeva, Z.Xoliqova “Interfaol metodlar: mohiyati va qo’llanilishi(metodik qo’llanma)”. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU nashriyoti,2013;

Akbar, T. (2022). Opportunities to Form Spiritual Competence in Students of the 10-11th Class. Web of Scholars: Multidimensional Research Journal, 1(8), 160-167.

Rustamovich, T. R. A. (2021). Islom Ta’limotlarda Shaxs Ma’naviyati Masalalari. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 1(5), 186-190.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

To’raqulov Akbar Rustam o’g’li, Husanova Lobar Nurmuhammad qizi, TEXNOLOGIYA FANI O'QITISHDA STEAM TA'LIMIY YONDASHUVI, UNING ILMIY-NAZARIY VA AMALIY AHAMIYATI , Международный журнал теории новейших научных исследований: Том 1 № 1 (2025): INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC RESEARCHER'S THEORY

To’raqulov Akbar Rustam o’g’li, Doʻstqulova Oynisa Bahrom qizi, Taʼlimda STEAM yondashuvning oʻziga xos xususiyatlari , Международный журнал теории новейших научных исследований: Том 1 № 1 (2025): INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC RESEARCHER'S THEORY

To’raqulov Akbar Rustam o’g’li, Sattorova Fazilat, BOSHLANGʻICH SINFLARDA INTERFAOL METODLAR YORDAMIDA DARS MASHGʻULOTLARINI OʻTISH , Международный журнал теории новейших научных исследований: Том 1 № 1 (2025): INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC RESEARCHER'S THEORY

To’raqulov Akbar Rustam o’g’li, Karimova Zuxra Anvar qizi, OʻQITUVCHI faoliyatida qoʻllanadigan metodlar va ularning afzalliklari , Международный журнал теории новейших научных исследований: Том 1 № 1 (2025): INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC RESEARCHER'S THEORY

To’raqulov Akbar Rustam o’g’li, Xudoynazarova Marjona Turg‘un qizi, HOZIRGI TA'LIM JARAYONIDA STEAM , Международный журнал теории новейших научных исследований: Том 1 № 1 (2025): INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC RESEARCHER'S THEORY

To’raqulov Akbar Rustam o’g’li, Norqulova Marjona Asror qizi, PEDAGOGIK FAOLIYATDA STEAM YТNALISHI , Международный журнал теории новейших научных исследований: Том 1 № 1 (2025): INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC RESEARCHER'S THEORY