47
HOZIRGI TA'LIM JARAYONIDA STEAM
To’raqulov Akbar Rustam o’g’li
DTPI Boshlang’ich ta’lim kafedrasi o’qituvchisi
Xudoynazarova Marjona Turg‘un qizi
Denov Tadbirkorlik va Pedagogika institute Pedagogika fakulteti
Boshlang‘ich ta'lim Yo‘nalishi 2-bosqich talabasi
Tel : +998972254405
Annotatsiya
:Ushbu maqoladada STEAM ta`lim tizimi nima va uning
vazifalari, samaradorligi, qanday ta`lim sohalarda qo‘llash mumkinligi haqida
ma`lumot beriladi. Davomida esa, bu ta`lim tizimida xorijiy tillarnni o‘qitilsa
qanday natija bo‘lishi haqida qisqacha tushunchalar berilgan.Ushbu maqoladada
STEAM ta`lim tizimi nima va uning vazifalari, samaradorligi, qanday ta`lim
sohalarda qo‘llash mumkinligi haqida ma`lumot beriladi.
Kalit
so‘zlar:
STEAM
ta'lim
tizimi,ta'lim
berish,xorijiy
tillar,fan,texnologiya,muhandislik,ilm -fan
O’zbekistonda islohotlarning davomiyligini ta’minlash hamda demokratik
fuqarolik jamiyatini shakllantirish, yoshlar, xususan, ularning ijtimoiy faolligiga
bog’liq. Bugungi kunda bolalar juda zehnli va aqlli. Ular yangi davr
texnologiyalari bilan hamnafas bo‘lib o‘smoqdalar.Ularni bildim olishga qiziqtirish
va bilim berishni yangi uslubiy yo‘llarini izlash zamon talabi. Ta'lim berishda hozir
noan'anaviy bir uslubini ko‘rishimiz mumkin. Unda bolalar o‘nlab fanlar va
darsliklarni maxsus fan qilib o‘qishmaydi. Bu STEAM ta'lim tizimi. STEAM bu
— S — science, T — technology, E — engineering, A — art va M — math. Ingliz
tilida bu shunday bo‘ladi: tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va
matematika. Ushbu yo‘nalishlar zamonaviy dunyoda eng mashhur bo‘lib
kelayotganini unutmang. Shuning uchun bugungi kunda STEAM tizimi asosiy
tendentsiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda.
STEAM ta’lim texnologiyasi ilk bor Amerikada ishalb chiqilgan. Ba'zi ta'lim
bitiruvchilarining martabalarini e'tiborga olishdi va fan , texnologiya ,muhandislik
hamda matematika kabi fanlarni birlashtirishga qaror qilishda va shu tarzda STEM
tizimi shu tarzda shakllandi.Keyinchalik bu tushunchaga Art qo‘shildi va endi
STEAM butunligicha shakllandi.Mazkur ta'lim texnologiyasidan Kanada va
Buyuk Britaniya davlatlari ta'lim tizimida keng foydalanilmoqda.STEAM ta'lim
texnologiyasi quyidagicha ma'no kasb etadi:
S-sciense (fan)
48
T-technology(texnologiya)
E-engineering (muhandislik)
A-art(san'at)
M-mathematisc (matematika)
Agar biz an'anaviy ta'limning asosiy maqsadi bilimlarni o‘rgatish va bu
bikimlardan fikrlash va ijod qilish uchun foydalanish deb aytsak ,STEAM
yondashuvi bizni olgan bilimlarni haqiqiy ko‘nikmalar bilan birlashtirishga
o‘rgatadi.
Bu ta'lim oluvchilarga nafaqat ba'zi bir g‘oyalarga ega bo‘lishi ,balki ularni
amalda qo‘llash va amalgam oshorish imkoniyatini beradi.Shuning uchun ,ular
o‘sib ulg‘ayganlarida va hayotiy muammolarga duch kelganda ,atrof-muhitning
ifloslanishi yoki global iqlim o‘zgarishi bo‘ladimi ,bunday murakkab masalalarni
faqat turli sohalardagi bilimga tayanib va birgalikda ishlash orqali hal qilish
mumkinligini tushunadilar.
Bu yerda faqat bitta mavzu bo‘yicha bilimga tayanish yetarli emasligini
tushunadilar. Bolalarni STEAMga jalb qilish. Ushbu ta'lim maktabgacha yoshdan
boshlab boshlanishi kerak,shining uchun dasturlarni bolalar bog‘chalariga kiritish
zarur. STEAM ta'lim tizimi orqali bolada kreativlik , qunt, qiziquvchanlik va
hozirgi kunda eng muhim bo‘lgan xususiyat-muammoni hal qilish qobiliyati
shakllanadi.
STEAM ta'lim texnologiyasi maktabgacha ta'lim-tarbiya sohasiga olib kirish
nafaqat maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar va shu
sohada tahsil olayotgan olib o‘quv yurti talabalariga tanlov fan sifatida o‘qitish
ishlari yo‘lga qo‘yilgan .
Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan talabalarning STEAM ta'lim
texnologiyasidan
foydalanishlari
ta'limga
bo‘lgan
qarashlarini
o‘gartirmoqda.Amaliy qobiliyatga e'tiborga berib ,talabalar o‘zlarining irodasini
,ijodkorligini ,moslashuvchanligini rivojlantiradi va atrofdagilar bilan hamkorlik
qilishni o‘rganadi.
STEAM ta'lim muhitida bolalar bilimga ega bo‘ladilar va darhol undan
foydalanishni o‘rganadilar. Statistikaga qaraganda, 2011yildan buyon STEAM
kasblarga bo‘lgan talab darajasi 17%ga oshdi,oddiy kasblarga bo‘lgan talab esa
faqat 9,8%ga oshdi,bu esa butun dunyo bo‘ylab ushbu ta'lim tizimiga katta talabni
ko‘rsatadi.
49
Yaqin
kelajakda
dunyoda
va
shining
uchun
O‘zbekistonda
muhandislar,yuqori texnologiyali ishlab chiqarish mutaxassislariga talab juda
yuqori bo‘ladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsam STEAM ta'lim tizimi yangicha metodika va
ishlanmalarga boy bo‘lgan tizimi. Bu tizim bilan o‘quvchilarimizni texnologiyalari
bilan hamnafas bo‘lgan holda tarbiyalaymiz . Bugungi kunda ham hamma yosh
avlod texnologiyalarga qiziqadi. Demak, bu tizimni qiziquvchanlik bilan
o‘rganishadi. An'anaviy o‘qitish uslublari bilan taqqoslaganda ,o‘rta maktabdagi
STEAM yondashuvi bolalarni tajribalar o‘tkazishga ,modellar tuzishga , mustaqil
ravishda musiqa va filmlar yaratishga ,o‘z g‘oyalarini haqiqayga aylantirishga va
yakuniy mahsulotni yaratishga undaydi.Ushbu ta'lim yondashuvi bolalarga
nazariya va amaliyot ko‘nikmalarni samarali tarzda birlashtirishga imkon beradi
va universitetga kirishga hamda keyingi o‘qishni osonlashtiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1."STEAM ta'lim tizimi Nima ? " https:/www.integer.uz/steam
2.R.A.Mavlonova ,N.H.Raxmonqulova , K.O.Matanazarova ,M .K.Shirinov
,S.Hafizov "Umumiy Pedagogika ", "Fan va texnologiya "nashriyoti . T.:2018
3.
Akbar, T. (2022). Opportunities to Form Spiritual Competence in
Students of the 10-11th Class.
Web of Scholars: Multidimensional Research
Journal
,
1
(8), 160-167.
4.
Rustamovich, T. R. A. (2021). Islom Ta’limotlarda Shaxs Ma’naviyati
Masalalari.
TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI
,
1
(5),
186-190.
5. O‘tkir Tolipov ,Dilnoz Ro‘ziyeva "Pedagogika texnologiyalar va
Pedagogika mahorat " "Toshkent innovatsiya- ziyo " T.: 2019