28
TEXNOLOGIYA FANI O'QITISHDA STEAM
TA'LIMIY YONDASHUVI, UNING ILMIY-NAZARIY VA
AMALIY AHAMIYATI
To’raqulov Akbar Rustam o’g’li
DTPI Boshlang’ich ta’lim kafedrasi o’qituvchisi
Husanova Lobar Nurmuhammad qizi
DTPI Pedagogika fakulteti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi
Tel:+998971760313
husanoval33@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada STEAM ta'lim tizimini oʻrganish va tadbiq
etishdagi jarayonlar, STEAM haqidagi tarixiy bosqichlar va amaliyot bilan
bogʻliqlik taraflari aks etgan.
Kalit soʻzlar:
STEAM, STEAM tarixi, ta'lim-tarbiya, umumiy oʻrta ta'lim,
STEAM ta'lim tizimini bosqichma-bosqich amaliyotga tadbiq etish, STEAM
ta'limiy yondashuv, STEAM ta'limining afzalliklari, tabiiy fanlar, texnologiya,
muxandislik, matematika.
Bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalash muhim vazifalardan biri
sanaladi. Bu vazifani bajarish asosan pedagoglarga bogʻliq boʻladi. Shu maqsadda
yoshlarni bilim olishiga katta e'tibor qaratish lozim. Yurtboshimiz ta'kidlaganidek,
yoshlarni erkin fikrlash va mustaqil hayotga yoʻnaltirishimiz kerak. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga
boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-
3931-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2018-2021-yillarda O‘zbekiston
Respublikasi xalq ta’limi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar
dasturi”ning II bo‘lim, 11-bandida – umumiy o‘rta ta’limning yangi davlat ta’lim
standartlari va o‘quv dasturlarini takomillashtirish va shu bilan birga STEM (fan,
texnologiya. muhandislik va matematika) ta’limini bosqichma-bosqich amaliyotga
joriy etish belgilab berilgan. Mazkur vazifalarni bajarish uchun, avvalo, ta’lim
ishtirokchilari – pedagoglar,metodistlar, o‘quvchilar, ota-onalar va boshqalar
STEM ta’limi yo‘nalishida o‘tkaziladigan xalqaro tadqiqotlar haqida
ma’lumotlarni bilishi hamda ularni amaliyotda qo‘llash uchun malakalarga ega
bo‘lishlari zarur bo‘ladi. Hozirgi vaqtda texnologik inqilob mavjud. Yuqori
texnologiyali mahsulotlar va innovatsion texnologiyalar zamonaviy jamiyatning
ajralmas qismiga aylanmoqda. Zamonaviy maktablarda robot dizayni,
29
modellashtirish va dizayn loyihalashtirish ishlari yetakchi o‘rinni egallamoqda.
Mamlakatimizning raqobatbardoshligini oshirish uchun ko‘proq texnik ta’lim talab
etilayotganligi dolzarb muammolardan hisoblanadi. Bugungi kunda STEM ta’limi
jamiyat va davlatning rivojiga katta hissa qo‘shadigan yuqori malakali
mutaxassislarni tayyorlash imkonini bermoqda. Ma’lumki, zamonaviy ta’lim
tizimi, an’anaviy ta’limdan farqli o‘laroq, amaliyotda o‘rganilayotgan ilmiy-
nazariy va metodik uslubni kundalik hayotda qanday qo‘llash mumkinligini
ko‘rsatishga imkon beradigan aralash muhit hisoblanadi. Matematika va fizika
bilan bir qatorda o‘quvchilar robototexnika va dasturlashni o‘rganadilar. Bu
jarayonda o‘quvchilar aniq va tabiiy fanlardan olgan bilimlarini amaliyotdagi
natijasini shaxsan ko‘rib turadilar.
STEM ta’limining muhimligi shundaki, haqiqiy fan sohasida ta’lim sifatining
pastligi, moddiy-texnika bazani yetarli darajada emasligi, o‘qituvchilar va
o‘quvchilarning sust motivatsiyasi – bularning barchasi ta’lim tizimining eng katta
muammosidir. Shu bilan birga, bosqichma-bosqich rivojlanib borayotgan
davlatimizyuqori texnologiyalar sohasidagi fanlarning turli xil ta’lim yo‘nalishlari
bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni talab qiladi. Shu munosabat
bilan, bugungi kunda STEM ta’limi birinchi o‘rinda turadi. Bu esa kelajakda
texnologik jarayonni rivojlantirish va mamlakatimizda ilmiy va muhandislik
kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qoplanishiga yordam beradi. STEM atamasi ilk bor
AQSHda maktab dasturiga kiritilgan bo‘lib, o‘quvchilarning ilmiy-texnika
yo‘nalishlaridagi kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan. Keyinchalik bu
yo‘nalish kengaytirilib, atamaga qo‘shimcha harflar kiritildi. Jumladan, unga “R” –
robotics – robototexnikani qo‘shib, STREM deb “A”- art - san’atni qo‘shib,
STEAM deb atala boshlandi. Bugungi davr talabi dunyo ta’limi oldiga katta
vazifani qo‘ymoqda. Bu esa o‘quvchilarni jamiyatda yashashga tayyorlay olishi
kerak. Bunda birinchi navbatda tez o‘zgarayotgan axborot bilan ishlaydigan
kasblar bilan bog‘liq xususiyatlarni o‘quvchida shakllantirish lozim. Axborotni
olish, qayta ishlash va amaliyotdafoydalanish STEM ta’limi dasturining asosini
tashkil qiladi. STEM ta’limi texnologiyasi loyihalash metodiga tayangan holda
uning asosida bilish va ijodiy izlanish yotadi. Bunday izlanish amaliy faoliyat
jarayonida bilimlarni olish, ulardan amaliyotda qayta foydalanish, ya’ni o‘yinlarda
turli konstruksiyalar tuzish, texnik ijodiyot elementlarini qo‘llab, bilim olishga oid
tadqiqot ishlarida amalga oshiriladi.
30
STEM ta’limi o‘quvchining rivojlanishini tashqi olam bilan bevosita
bog‘laydi. Ma’lumki, texnalogiya fani kundalik hayotimizda doimiy qo‘llaniladi,
muhandislik esa uylar, yo‘llar, ko‘priklar va mashina mexanizmlarda o‘z aksini
topgan biror bir kasb, kundalik mashg‘ulotlarimiz ozmi-ko‘pmi matematik
hisobkitoblar bilan bog‘langandir. STEM ta’limiy yondashuvi o‘quvchilarga
dunyoni tizimli ravishda o‘rganishga, atrofda ro‘y berayotgan jarayonlarni
mantiqiy mushohada qilishga, ulardagi o‘zaro aloqani anglab yetishga, o‘zi uchun
yangi, noodatiy va qiziqarli narsalarni ochishga imkon beradi. Qandaydir
yangilikni kutish orqali o‘quvchida qiziquvchanlikni rivojlantiradi. O‘zi uchun
qiziqarli masalani aniqlab olishni, uning yechimini topishning algoritmini ishlab
chiqishni, natijalarini tanqidiy baholashni, fikrlashni muhandislik stilini
shakllantirishga olib keladi. Jamoaviy faoliyat olib borish ko‘nikmalarini
shakllantiradi. Bularning barchasio‘quvchi rivojlanishining yuqori bosqichga
ko‘tarilishini va kelajakda to‘g‘ri kasb tanlashga zamin yaratadi. Shunga ko‘ra
dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida STEM ta’limiy yondashuvga katta e’tibor
berilmoqda. Jumladan, Yevropaning 10 dan ortiq mamlakatlari (Avstriya,
Germaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya, Angliya, Irlandiya,
Ispaniya va boshqalar)milliy strategiya va tashabbuslarida bu hisobga olingan.
STEM ta’limni amalga oshirish uchun davlat ta’lim standartlariga o‘zgartirishlar
kiritish lozim. Masalan, bunda AQSH tajribasidan ijodiy ravishda foydalanish
mumkin.
STEAM TA'LIMINING AFZALLIKLARI
1.Ta'lim berishni oʻquv fanlari boʻyicha emas, balki "mavzular"
boʻyicha integratsiyalab olib borish.
STEM ta’limida fanlararo aloqa va loyihalash metodi birlashtirilgan bo‘lib,
uning asosida tabiiy fanlarni texnologiyaga, muxandislik ijodiyotiga va
matematikaga integratsiya qilish yotadi. Bunda muhandislik bilan bog‘liq
kasblarga bo‘lgan tayyorgarlik amalga oshiriladi.
2. Ilmiy texnik bilimlarni real hayotda qoʻllash.
STEM ta’limida amaliy mashg‘ulotlar yordamida, bolalarga ilmiy-texnik
bilimlardan real hayotda foydalanish namoyish qilinadi. Har bir darsda o‘quvchilar
zamonaviy loyihalashga oid modellarni ishlab chiqadi, quradi va modelni
takomillashtiradi. Ular aniq loyihani o‘rganadi, natijada real mahsulotning
prototipini yaratadilar. Masalan, o‘quvchilar harakatlanuvchi sodda robotni
yasashda muhandislik kasbi, muhandislik dizayni, elektrotexnik, konstruktor,
31
loyihalash, texnologik jarayon, texnologik xarita kabi tushunchalar bilan
tanishadilar.
3.Tanqidiy tafakkur koʻnikmalarini rivojlantirish va muammolarni
yechish.
STEM dasturi, bolalar kundalik hayotlarida duch keladigan qiyinchiliklarni
yengishda zarur bo‘ladigan tanqidiy taffakur va muammolarni yechish
ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Masalan, bolalar tez yuradigan mashina modelini
yig‘adilar, so‘ngra uni sinovdan o‘tkazadilar. Birinchi sinovdan so‘ng kutilgan
natijaga erishilmasa, uning sabablari haqida o‘ylaydi va topadilar. Balki,
g‘ildiraklarning kattaligi yoki ishlash mexanizmlari to‘g‘ri kelmagandir.Har bir
sinovdan so‘ng mavjud kamchiliklarni bartaraf etib boriladi.
4. Oʻz kuchiga ishonch hissining ortishi.
O‘quvchilar robototexnika, mashina va samolyot modelini ishga tushirish va
boshqa ishlarni bajarishda oldilariga qo‘ygan maqsadlariga yerishish uchun harakat
qiladilar. Har bir sinovdan so‘ng modelni takomillashtirib boradilar. Oxirida
barcha muammolarni o‘z kuchlari bilan yengib, o‘ylagan maqsadlariga erishadilar.
Bu o‘quvchilar uchun ruhlanish, g‘alaba va quvonch demakdir. Har bir g‘alabadan
so‘ng ular o‘z kuchlariga yanada ishonadilar.
5. Faol kommunikatsiya va jamoada ishlash.
STEM dasturi faol kommunikatsiya va jamoada ishlash bilan
farqlanadi.Muloqat davrida o‘z fikrlarini bayon qilish va bahs-munozara olib
borish uchun erkin muhit vujudga keltiriladi. Ular gapirishga va taqdimot
o‘tkazishga o‘rganadilar. O‘quvchilar doimo o‘qituvchi va sinfdoshlari bilan
muloqotda bo‘ladilar.O‘quvchilar har bir ish jarayonda faol qatnashsalar,
mashg‘ulotni yaxshi eslab qoladilar.
6. Texnik fanlarga boʻlgan qiziqishlarini rivojlantirish.
Boshlang‘ich ta’limda STEM ta’limining vazifasi, o‘quvchilarni texnologiya
faniga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishdan iborat bo‘lib, bajaradigan ishini sevib
bajarish, qiziqishlarini rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. STEM
mashg‘ulotlari juda dinamik va qiziqarli bo‘lsa o‘quvchilar mashg‘ulot vaqtida
zerikishmaydi va darsdan unumli foydalanadilar.
7. Loyihalarga kreativ va innovatsion yondashuv.
STEM ta’limi oltita bosqichdan iborat: savol (vazifa), muhokama, dizayn,
qurish, sinovdan o‘tkazish va rivojlantirish. Bu bosqichlar tizimli loyihalash
yondashuvining asosi hisoblanadi. Turli imkoniyatlarning birgalikda mavjud
32
bo‘lishi yoki birgalikda ishlatilishi o‘z navbatida kreativlik va innovatsiyaning
asosi bo‘lib hisoblanadi. Shunday qilib, fan va texnologiyaning birgalikda
o‘rganilishi ko‘pgina yangi innovatsion loyihalarni yaratishga olib keladi.
8. Ta'lim va Karera orasidagi koʻprik.
Turli xil baholashlarga ko‘ra hozirgi kunda talabgor eng ko‘p bo‘lgan 10 ta
mutaxassisdan 9 tasiga aynan STEM bilimlari zarur bo‘ladi. Bunday kasblarga:
muhandis-kimyogar; neft bo‘yicha muhandislar; kompyuter tizimlari analitiklari;
muhandis-mexaniklar; muhandis-quruvchilar;
robototexniklar va boshqalar kiradi.
9. Oʻquvchilarni texnologik innovatsion hayotga tayyorlash.
STEM ta’limi bolalarni texnologik rivojlangan dunyoda yashashga
tayyorlaydi. Keyingi 60 yil davomida texnologiyalar jadal darajada rivojlandi.
Internetning ochilishi (1960) GPS texnologiyalar (1978)dan DNKni
skanerlashgacha va albatta Ipod (2001). Barcha hozirda Iphone va boshqa
smartfonlarni ishlatadi. Texnologiyalarsiz hozirgi kunda dunyoni tassavur qilib
bo‘lmaydi. Texnologiyalar bundan keyin ham rivojlanishda davom etadi va STEM
ko‘nikmalar bu rivojlanishning asosi bo‘ladi.
10. STEAM maktab dasturiga qoʻshimcha sifatida.
STEM dasturlari 7-14 yoshdagi o‘quvchilarning muttasil ravishda
o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga qiziqishlarini orttiradi. Masalan, fizika darslarida
yerning tortishish kuchi o‘rganilganda doskada formulalarni yozish tushuntirilsa,
STEM to‘garaklarida raketalar, samolyotlar, elektrtexnik ishlari, robototexnika,
xalq hunarmandchiligi va boshqa amaliy ishlarni bajarish orqali o‘z bilimlarini
mustahkamlaydilar.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak STEAM ta'lim tizimini faqatgina bilim
beribgina qolmay o‘quvchilarni tashqi olam bilan, jamiyat bilan bevosita bog'laydi.
STEAM ta'lim tizimida amaliy mashg'ulotlar ham muhim va samaralidir. Amaliy
mashg'ulotlar orqali esa kundalik turmushda kerak bo'ladigan, qo'llaydigan muhim
hayotiy ko'nikmalar olib borishadi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Днепровская Н.В.Система управления знаниями как основа СМАРТ
обучения .Открыто оброзование.. 2018. T. 22, № 4. S. 42–52.
2. Tихомирова Н.В.”Умные» кадры для СМАРТ-города
3. Tихомирова Н.В .Глобалная стратегия развития.СМАРТ-унверситету..