36
OʻQITUVCHI faoliyatida qoʻllanadigan metodlar va ularning
afzalliklari.
To’raqulov Akbar Rustam o’g’li
DTPI Boshlang;ich ta’lim kafedrasi o’qituvchisi
Karimova Zuxra Anvar qizi
Denov tadbirkorlik va pedagogika institute Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 2-
bosqich talabasi
Tel: +998996290208
Bir soatgina olingan bilim bir kechalik ibodatdan yaxshiroq
( Hadis)
Annotatsiya:
Shaxsning kamolotini uning intelektual ma'naviy - axloqiy
hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari har bir
davrning oʻziga xos jihatlari shuningdek bolaning fiziologik, psixologik holatini
inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun oʻqituvchi dars jarayonida
ularga yoshiga va ruhiy kamolotiga boʻliq metodlarni qoʻllashi lozim.
Kalit soʻz:
Oʻqituvchi, metod, ta'lim, tarbiya interfaol metodlar, ilmiy-
tadqiqot metodlari
Pedagogika atamasi juda qadimgi davrlarga borib taqaladi. Pedagogika
fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati uni oʻqitish va tarbiyalashga
asosiy eʼtibor qaratilganligi bois didaktika ( taʼlim nazariyasi) va tarbiya
nazariyasiga boʻlingan. Barkamol insonni voyaga yetkazish, ularni yaxshilikka
chorlash, yomonlikdan qaytarish tarbiya orqali amalga oshiriladi Avloniyning
pedagogika haqidagi ta'rifi ham hozirgi zamon ta'rifiga ancha mos keladi.
"Tarbiya- Pedagogika" ya'ni bola tarbiyasining fani demakdir. Shu sababli
yurtimizda taʼlim va tarbiya birdek olib boriladi.
Oʻqituvchi kasbiy faoliyatida asosiy toʻrt turdagi metodlardan foydalaniladi.
Bular quyidagilar:
1.
Ilmiy- tadqiqot metodlari
2.
Taʼlim metodlari
3.
Tarbiya metodlari
4. Interfaol metodlar.
Oʻqituvchi dars davomida bu metodlarning barchasidan foydalanib dars
oʻtadi. Chunki har bir metodning oʻz oʻrni mavjud. Masalan, ilmiy-tadqiqot
metodlari yangi bilim berishga qaratilgan, taʼlim metodlari ularni rivojlantirishga
bilim berishga qaratilgan, tarbiya metodlari ularning darsda qanday oʻtirishlari
37
koʻcha- koʻyda o’zlarini qanday tutishlari oʻrgatadigan metod, interfaol metodlar
oʻquvchilardan oʻrgangan bilimlarni qanchalik oʻzlashtirgani darsni qanchalik
oʻrganganligini aniqlovchi metod hisoblanadi. Bu metodlar bir- birini toʻldirib
turadi. Metodlar ham oʻz navbatida bir necha turlarga boʻlinadi. Bular quydagicha:
Ilmiy- tadqiqot metodlari
1.
Kuzatish- aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga
oshirilsa kutilgan natijaga erishish mumkin. Oʻqituvchi oʻquvchilarni kuzatishda
birgina uning bilim salohiyatini emas balki kuzatayotgan oʻquvchisining oilaviy
sharoiti bilan ham tashishi kerak boʻladi. Chunki bolalarning fe'l- atvoridagi
oʻzgarishlarga oilaviy muhit ham juda katta taʼsir koʻrsatadi. Kuzatish bir
tomonlama boʻlib qolmasligi maqsadga muvofiq boʻladi. Sababi oilaviy sharoiti
hech qanday bolaga ta'sir qilmay atrof - muhit ham unga oʻz taʼsirini oʻtkazishi
mumkin. Bunday vaziyatda oʻqituvchi oʻquvchini trio ulfat boshlashi kerak
boʻladi. Shundagini koʻzlangan natijaga erishiladi.
2.
Suhbat- suhbatda savollar aniq maqsadga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak.
Savollar aniq, qisqa va ravshan boʻlishi lozim. Balogʻat yoshiga yetayotgan
oʻquvchilarda suhbat metodi ancha samarali hisoblanadi. Chunki bu metod orqali
oʻquvchining ichki kechinmalarni bilish mumkin. Suhbat samimiy doʻstona tarzda
tashkil etilishi kerak. Bu yoshdagi bolalar ancha tajang, urishqoq, kamgap boʻlib
qolishadi. Shu vaqtda unga e'tibor berilmasa har xil holatlar yuzaga kelishi
mumkin. Buning uchun oʻqituvchi bunday oʻquvchilar bilan alohida suhbat qilishi
kerak boʻladi. Darslarda esa bu metoddan savol- javoblar tartibida ham foydalansa
boʻladi. Suhbat qanchalik samara bersa bu metod oʻqituvchiga shunchalik
muvaffaqiyat keltiradi.
3.
Bolalar ijodini oʻrganish va boshqa turlarga boʻlinadi. Bolalar ijodini
oʻrganishda ham oʻqituvchi mahorat talab etiladi. Bolalar maktabga borganda
boshlangʻich sinf oʻqituvchisi ularning dars berishi natijasida oʻquvchilarida
qanday isteʼdodi borligini aniqlaydi. Oʻquvchilarning ba'zilar rasm chizishga,
ba'zilari she'r oʻqishga, yana birlari nimalardir yasashga qiziqadi shunday vaqtda
oʻqituvchi ularning ijodini aniqlab ularni shu kasbga yoʻnaltirishi kerak boʻladi.
Oʻqituvchi oʻquvchilarning yashirin qirralarini topa olsagina u haqiqiy oʻquvchiga
aylanadi. metodlar ham bir-birini toʻldirib turadi. Keyingi metod bu ta'lim metodi.
"Taʼlim metodi - zamonaviy darajada oʻquv- tarbiyaviy maqsadlarga
erishishga yoʻnaltirilgan pedagog va oʻquvchilarning oʻzaro bogʻliq faoliyat
usullaridir." ( V. I. Zagvyazinskiy)
38
Bundan tashqari yana koʻrina olimlar ham ta'lim metodi haqida oʻz fikrlarini
aytib oʻtgan. Qanday ta'lim boʻlishidan qatʼiy nazar: xoh maktab taʼlimi, xoh oliy
taʼlim boʻlsin barchasida taʼlim metodi eng asosiy metod hisoblanadi. Oʻqituvchi
taʼlim metodi trio tanlay olsagina darsda oʻquvchilarni behilangan vaqtda oʻziga
qarata olishi mumkin. Ammo, dars bir xillikka asoslangan boʻlsa oʻquvchilar
darsdan tezda zerikib qolib umuman darsga e'tibor bermaydi. Bu esa bilim
sifatining pasayishiga olib keladi.
Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev taʼlim va tarbiya oid shunday fikrlarni keltirib
oʻtadi."Biz ta'lim va tarbiya tizimining barcha boʻgʻinlari faoliyatini bugungi
zamon talablari asosida takomillashtirishrishni oʻzimizning birinchi darajali
vazifamiz deb bilamiz". Bundan koʻzlangan maqsad taʼlim va tarbiya hozirgi
texnologiyalari asriga moslashtirishni, oʻqituvchilar ta'lim va tarbiya berayotganda
zamon talablarga hamohang holda dars oʻtishlarni aytib oʻtadi. Oʻqituvchi darsda
eng koʻp qoʻllaydigan metodlardan yana biri bu tarbiya metodlardir. Tarbiya
metodi taʼlim metodi bilan chambarchas bogʻliq. Bizning yurtimizda shu sababli
taʼlim ham tarbiya birday olib boriladi. Bolalarda tarbiya boʻlmasa unga ta'lim
berish juda qiyin vazifa. Shu sababli oʻqituvchi eng avvalo tarbiya metodidan
foydalanadi. Oʻquvchilarga tarbiya berishda ularning yoshi hisobga olinadi.
Shunga qarab tarbiya metodi ham ikki xil usulda olib boriladi. "Kuchli
harakatlantiruvchi" va "ayaydigan". Taʼlim va tarbiya berishga vaqt qisqa qolgan
boʻlsa birinchi usuldan, ancha vaqt boʻlsa ikkinchi usuldan foydalaniladi.
Tarbiya metodi- barkamol shaxs fazilatlarini tarkib toptirishga qaratilgan.
Bunday tashqari ularni toʻgʻri tanlash oʻquvchilarning oʻz - oʻzini tarbiyalash
faolligiga yordam beradi. Oʻqituvchi esa tarbiya metodi qoʻllashda ham e'tiborli
boʻlishi lozim. Chunki bu metodni notoʻgʻri qoʻllash bolalarning rivojlanishiga
salbiy taʼsir koʻrsatadi. Bundan tashqari tarbiya berishda ragʻbatlantirib ham turish
kerak. Bu ham tarbiya metodidan samarali usullaridan biridir.
Soʻnggi metod turi bu interfaol metodlardir. Bu metodlar orqali bolalarning
darsni qanchalik oʻzlashtirganligini aniqlash mumkin. Bundan tashqari bolalarni
begilangan vaqt ichida zeriktirmaslikka ham yordam beradi. Oʻquvchilar oʻtilgan
mavzuni mustahkamlash uchun ham shunday metodlardan foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Interfaol metodni oʻqituvchi oʻzi ham dars jarayonida yaratishi
mumkin. Shu sababli interfaol metodlar ning turlari juda koʻp. Masalan: BBB,
Baliq skeleti, aqliy hujum A4 format, 123 kabi bir qancha metodlarga boʻlinadi. Bu
metodlarning soni aniq emas. Dars oʻtilishi natijasida yangidan yangi interfaol
39
metodlar paydo boʻlaveradi. Bu oʻqutuvchining mahoratiga bogʻliq. Bu metodlarni
qoʻllash juda qadimdan boshlangan boʻlsa ham hali hanuz oʻz kuchini yoʻqotgani
yoʻq. Ulardan haligacha pedagog- oʻqituvchilar foydalanib kelishmoqda . Bu
metodlar bir- bir bilan bogʻliq holda foydalaniladi. Shu sababli toʻgʻri va aniq
qoʻllanilsa koʻzlangan natijaga erishiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Interfaol metodlar: mohiyati va qoʻllanishi / Metodik qoʻllanma
Tuzuvchilar: D. Roʻziyeva, M. Usmonboyeva, Z. Xoliqova Toshkent: Nizomiy
nomidagi TDPU nashriyoti-2013 -136 bet.
2.Akbar, T. (2022). Opportunities to Form Spiritual Competence in Students
of the 10-11th Class.
Web of Scholars: Multidimensional Research Journal
,
1
(8),
160-167.
3.Rustamovich, T. R. A. (2021). Islom Ta’limotlarda Shaxs Ma’naviyati
Masalalari.
TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI
,
1
(5),
186-190.