43
BOSHLANGʻICH SINFLARDA INTERFAOL METODLAR
YORDAMIDA DARS MASHGʻULOTLARINI OʻTISH
To’raqulov Akbar Rustam o’g’li
DTPI Boshlang’ich ta’lim kafedrasi o’qituvchisi
Sattorova Fazilat
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Pedagogika fakulteti boshlang’ich
ta’lim yo’nalishi
2-bosqich talabasi
Tel:978489669
fazilatsattorova54@gmail.com
Annotasiya:
maqola oʻqituvchi dars davomida darsni mustahkamlash,
tushuntirish, dars samaradorligini oshirishida kerak boʻlgan interfaol metodlar
haqida.
Kalit soʻz:
metod, interfaol metod, fikrlash, pedagogik mahorat, bilimlarni
mustahkamlash.
Abstract:
the article is about the interactive methods that the teacher needs to
strengthen, explain, and improve the effectiveness of the lesson during the lesson.
Key word:
method, interactive method, thinking, pedagogical skills,
knowledge strengthening.
Аннотация:
в статье речь идет об интерактивных методах, которые
необходимы учителю для усиления, объяснения и повышения эффективности
урока в ходе урока.
Ключевые
слова:
метод,
интерактивный
метод, мышление,
педагогическое мастерство, закрепление знаний.
Kirish:
Taʼlim samaradorligini oshirishda dars jarayonida oʻqituvchi har xil
interfaol metodlardan foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Darsda interfaol
metodlardan samarali foydalanish oʻqituvchining pedagogik mahoratiga bogʻliq.
Avvalo, “interfaol metod oʻzi nima?” degan savolga javob beramiz.
“Interfaol” soʻzi ingliz tilida interact soʻzidan olingan boʻlib, inter— oʻzaro
ikki taraflama, act— harakat qilmoq degan maʼnolarni ifodalaydi. Interfaol
metodlar oʻquvchilarning mustaqil fikrlashini, dunyoqarashini shakllantiradi,
oʻrganilgan bilimlarni mustahkamlashga hamda oʻqituvchi tomonidan oʻrgatilgan
bilimlarni qayta soʻrashga koʻmaklashadi.
Asosiy qism:
“Taʼlim jarayonida oʻqituvchi hamda oʻquvchilar oʻrtasida
hamkorlikni qaror toptirish, faollikni oshirish taʼlim oluvchilar tomonidan
44
bilimlarni samarali oʻzlashtirish, ularda shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat
qiladigan metodlar interfaol metodlar sanaladi.”
1
Interfaol metodlarga “Aqliy hujum”, “Baliq skeleti”, “Bilaman. Bilishni
xohlamayman. Bilib oldim.”, “Blits soʻrov”, “Bumerang”, “Venn diogrammasi”,
“Zinama-zina”, “Intervyu”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Kungaboqar”, “Savol-
javob”, “Suhbat”, “Test”, “FSMU”, “Yelpig‘ich”, “Zakovatli zukko”, “Gugurt
donalari”, “Idrok xaritasi”, “Yagona davra” kabi metodlar kiradi.
“Klaster” metodi — taʼlim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil
fikrlashga undovchi metod hisoblanadi. “Klaster” metodini amalga oshirishda biror
mavzuning asosiy tushunchasi oʻrtaga aylanma shaklidagi chizma ichiga yoziladi.
Soʻngra shu tushuncha haqida koʻz oldiga kelgan narsalar asosiy tushunchani
atrofidagi aylanachalarga yoziladi. Masalan, 3-sinf “Ona tili va oʻqish
savodxonligi” darsidagi “Jamoat transporti” mavzusini misol qiladigan boʻlsak:
“Nilufar guli” metodi oʻquvchilarda fikrlash, tahlil qilish koʻnikmalarini
shakllantiradi.
“Venn diogrammasi” grafik organayzeri ikki va undan ortiq narsalarni,
voqealarni taqqoslash, solishtirish, farqlash uchun ishlatiladi. Venn diogrammasi
bir xil ikki doira chiziladi. Soʻng ularni ortasiga oʻxshash jihatlari, yon tomonlariga
esa farqli tomonlari yoziladi.
“Bumerang” metodi oʻquvchilarda fikrini erkin bayon eta oladigan, yodda
saqlaydigan, soʻzlab beradigan kabi koʻnikmalarini shakllantiradi.
“FSMU” metodi darsda mavzu yuzasidan fikrini bildirishni, fikrini asoslab
beruvchi sababini aytishi, tasdiqlovchi misollar keltirib, soʻngra hammasini
umumlashtirishi kerakligini oʻquvchilarda oʻrgatadi. F–fikringizni bayon eting. S–
1
Pedagogika: 1000ta savolga 1000ta javob/ Metodik qoʻllanma. U.I.Inoyatov, N.A.Muslimov, M.Usmonboyeva,
D.Inogʻomova. — Toshkent: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2012yil.– 122bet
transport
spark
nexia
cobalt
malibu
45
fikringizni asoslab beruvchi sabab koʻrsating. M–keltirgan sababingizni
tasdiqlovchi misollar keltiring. U–barcha bildirilgan fikrlaringizni umumlashtiring.
“Kungaboqar” metodi oʻquvchilarni mustaqil fikrlashga, fikrini erkin
bayon eta olishga, oʻtilgan mavzuni takrorlash va mustahkamlashga,
oʻquvchilarning bilim salohiyatini qay darajada ekanligini aniqlashda yordam
beruvchi metod hisoblanadi.
“Test” metodi oʻquvchilarning bilimini qay darajada ekanligini aniqlab,
baholashga xizmat qiladi. Mavzu oʻqituvchi tomonidan tushuntirilib, uni
mustahkamlash uchun test metodidan foydalanish ham mumkin. Masalan, 3-sinf
“Ona tili va oʻqish savodxonligi” darsligining “Dunyo okeanlari” mavzusi soʻngida
oʻquvchilarni olgan bilimlarini tekshirish hamda mustahkamlash uchun test
berilgan.
1.
Nimalar dengiz suviga qo’shimcha mineral moddalarni olib keladi?
A.
Ariqlar
B. Daryolar
D. Soylar
E. Ko’llar
2. Yer sharining deyarli yarmini qoplagan okean qaysi?
A. Shimoliy muz okeani
B. Atlantika okeani
D. Hind okeani
E. Tinch okeani
3. O’txo’r dengiz jonivorlarini nima yemishsiz qoldirmaydi?
A. Daryolar
B. Okean
D. Quyosh
E. Tuzlar
Xulosa:
Xulosa qilib aytganda, boshlangʻich sinflar dars jarayonida turli xil
interfaol metodlardan foydalanish dars samaradorligini, oʻquvchilarning bilim
salohiyatini, savodxonligini oshirishga, olingan bilimlarni takrorlash hamda
mustahkamlashga yordam beradi. Buning uchun oʻqituvchilar pedagogik
mahoratini ishga solib, dars jarayonida samarali metodlardan foydalanish kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
46
1.
.D.Ro’ziyeva, M.Usmonboyeva, Z.Xoliqova “Interfaol metodlar:
mohiyati va qo’llanilishi (metodik qo’llanma)”. Toshkent: Nizomiy nomidagi
TDPU nashriyoti,2013;
2.
Pedagogika: 1000ta savolga 1000ta javob/ Metodik qoʻllanma.
U.I.Inoyatov, N.A.Muslimov, M.Usmonboyeva, D.Inogʻomova. — Toshkent:
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2012yil.
3.
Akbar, T. (2022). Opportunities to Form Spiritual Competence in
Students of the 10-11th Class.
Web of Scholars: Multidimensional Research
Journal
,
1
(8), 160-167.
4.
Rustamovich, T. R. A. (2021). Islom Ta’limotlarda Shaxs Ma’naviyati
Masalalari.
TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI
,
1
(5),
186-190.
5.
“Ona tili va oʻqish savodxonligi” 3-sinf uchun darslik/ Iroda
Azimova, Klaraxon Mavlonova, Sa’dullo Quronov, Shokir Tursunov, Zeboxon
Roʻzmetova – Toshkent: Respublika taʼlim markazi, 2022yil.