Ushbu maqolada xalqaro baholash dasturlari, boshlang‘ich ta’limning xalqaro hujjatlari, PISA, PIRLS, TALIS xalqaro dasturlarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilimlarini baholovchi dasturi, STEAM xalqaro dasturida boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlari hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining STEAM yo‘nalishlari bo‘yicha qobiliyatlarini rivojlantirish muhokama qilinadi.
Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish o‘quvchi-yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlashi, olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish qobiliyatlariga baho berish va keyinchalik bu ko‘nikmalarni ularda hosil qilishga yordam beradi. Bu dasturda qatnashish, testlarni o‘tkazish yoki o‘quvchilarni testga tayyorlash emas, bugungi kun talablariga javob beradigan, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashni nazarda tutadi.