Xalqaro tadqiqotlar – O‘zbekiston ta’lim sifatini oshirish omili

CC BY f
78-80
19
10
Поделиться
Ахмаджонова, Ё., & Ахмаджонова, У. (2023). Xalqaro tadqiqotlar – O‘zbekiston ta’lim sifatini oshirish omili. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(3), 78–80. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp78-80
Ёркиной Ахмаджонова, Джизакский политехнический институт

ассистент кафедры химии

Умида Ахмаджонова, Джизакский политехнический институт

доцент кафедры физики

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish o‘quvchi-yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlashi, olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish qobiliyatlariga baho berish va keyinchalik bu ko‘nikmalarni ularda hosil qilishga yordam beradi. Bu dasturda qatnashish, testlarni o‘tkazish yoki o‘quvchilarni testga tayyorlash emas, bugungi kun talablariga javob beradigan, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashni nazarda tutadi.

Похожие статьи


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

78

Annotatsiya:

Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish o‘quvchi-yoshlarning ijodiy va tanqi-

diy fikrlashi, olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish qobiliyatlariga baho berish va keyincha-
lik bu ko‘nikmalarni ularda hosil qilishga yordam beradi. Bu dasturda qatnashish, testlarni
o‘tkazish yoki o‘quvchilarni testga tayyorlash emas, bugungi kun talablariga javob beradi-
gan, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashni nazarda tutadi.

Kalit so‘zlar:

xalqaro tadqiqotlar, xalqaro baholash dasturi, ta’lim sifati, PISA, PIRLS,

TIMSS, TALIS, fanlararo integratsiya.

KIRISH

Ma’lumki, o‘zgarishlar davrida ta’lim tizimi ijtimoiy jarayonlardan kelib chiqqan

holda shiddat bilan rivojlanishni taqozo etadi. Ta’lim orqali jamiyatda kelajakdagi va-
zifalarni bajarishga qodir bo‘lgan yangi avlod shakllantiriladi.

Shuni inobatga olgan

holda umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-tex-
nik bazasini mustahkamlash, yosh avlodning har tomonlama puxta bilim olishi uc-
hun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

ASOSIY QISM

Ta’lim sohasi tubdan yangilanayotgan O‘zbekistonda ta’lim sifatini baholash

bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarda, PISA, PIRLS, TIMSS va TALIS dasturlarida ishtirok
etib, xalqaro reytinglarda yuqori o‘ringa ega davlatlar tajribasini o‘rganish muhim
ahamiyatga ega.

Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish O‘zbekiston-

ga nima beradi?

• Tadqiqotlardan olingan natijalar mamlakatdagi ta’lim sifati va uning xalqaro

standartlarni hisobga olgan holda egallagan o‘rni to‘g‘risida xulosalar chiqarish im-
konini beradi.

• Milliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim mazmunini, pedagog kadrlar tayyorlash

va ularning malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar
tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratishga zamin bo‘ladi.

AXMADJONOVA YORQINOY
TOJİMURODOVNA,

Kimyo kafedrasi assistenti, Jizzax
politexnika instituti, Jizzax, O‘zbekiston
yorqinoy.axmadjonova@bk.ru

AXMADJONOVA UMIDA
TOJIMURODOVNA,

Fizika kafedrasi assistenti Jizzax
politexnika instituti, Jizzax, O‘zbekiston
umida.axmadjonova@bk.ru

XALQARO
TADQIQOTLAR
– O‘ZBEKISTON
TA’LIM SIFATINI
OSHIRISH OMILI

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp78-80


background image

STARS International University

79

• Xalqaro tadqiqotlar ta’lim sohasidagi milliy tadqiqotlarni sifatli o‘tkazishga ijo-

biy ta’sir ko‘rsatadi.

• Xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy

baholash tizimini yaratish imkonini beradi.

• O‘zbekistonda turli tashkilotlarning yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda

xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish orqali mahalliy mutaxassislarimizda monitoring
tadqiqotlarini o‘tkazish madaniyati rivojlanadi, ta’lim sifatini baholashning xalqaro
standartlarga moslashuviga olib keladi.

• Milliy ta’lim sifatini baholashdagi nazorat materiallarini xalqaro tadqiqotlarda

qo‘llaniladigan nazorat materiallari sifati darajasida ishlab chiqish imkonini beradi.

• O‘quvchilarning bilim darajasi miqdoriy kо‘rsatkichini adolatli aniqlash va xalqa-

ro miqyos bilan solishtirish imkoni tug‘iladi.

• O‘quvchilarning savodxonligi hamda bilimlarini amaliyotda qо‘llash qobiliyatini

rivojlantirish bо‘yicha davlat va nodavlat tashkilotlar hamda ota-onalar hamkorlik-
dagi faoliyatni muvofiqlashtirish amaliyoti kuchayadi.

• Umumta’lim maktablarida yaratilgan shart-sharoitlarni baholash yuzasidan miq-

doriy kо‘rsatkichlar aniqlanadi.

Shu о‘rinda qayd etish joizki, PISA bо‘yicha о‘quvchilar bilimiga qо‘yilgan baho-

ning har 50 ballga oshishi yillik yalpi ichki mahsulotning bir foizga о‘sishini ta’minlas-
hi xalqaro tajribalarda kuzatiladi. Bir sо‘z bilan aytganda, ushbu dastur mamlakati-
miz yoshlari intellektual salohiyati yanada oshishiga xizmat qilishi shubhasiz. Xalqa-
ro tadqiqot – PISA reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston 2030-yilga qadar jahonning 30 ta
yetakchi mamlakatlari qatoriga kirishi maqsad qilib qo‘yilgan [2; 384].

Xususan, dunyoda ta’lim sifati, saviyasi va darajasini aniqlab beruvchi PISA, PIR-

LS, TIMSS kabi bir qator xalqaro dasturlar mavjud bo‘lib, ular rivojlangan davlatlar-
dagi ta’lim sifatini yanada oshirishdagi mezon sifatida keng qo‘llanilib kelinmoqda.

PISA

o‘quvchilarni ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro das-

tur bo‘lib, undagi test jahon davlatlaridagi maktab o‘quvchilarining bilimi va ularni
amaliyotda qo‘llay olish mahoratini baholaydi. PISA dasturi asosiy uch yo‘nalishda:
o‘qish, matematika va ijtimoiy fanlar savodxonligi bo‘yicha olib boriladi.

PIRLS

tadqiqotida 50 dan ortiq davlatlar ishtirok etib kelmoqda. Mazkur xalqaro

tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimidan iborat bo‘lgan davlatlardagi bosh-
lang‘ich maktab o‘quvchilarining matnni o‘qish va qabul qilish bo‘yicha tayyorgarli-
giga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat.

TIMSS

dasturi ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi IEA

tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, ushbu tadqiqot 4- va 8-sinf o‘quvchilari orasida
matematika va ijtimoiy fanlar bo‘yicha ta’limning sifati, darajasi, fanga bo‘lgan mu-
nosabati, qiziqishini aniqlaydi. Har 4 yilda bir marotaba olib boriladi.

Natija.

PISA va PIRLS xalqaro tadqiqotlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun

nima qilish kerak?

Yaxshi natijalar ko‘rsatish uchun hech bo‘lmaganda ikki maqsadga ega bo‘lish

kerak: birinchisi o‘qituvchilar va ular ishlaydigan, foydalanadigan materiallarni tay-
yorlash.

Ikkinchisi xalqaro tadqiqotlardagi natijalarni yaxshilash uchun o‘qituvchilarni

maqsadli tayyorlash va ta’lim jarayonida o‘qitish metodikasi va ustuvor tamoyillarni
o‘zgartirish zarur. Buning uchun biz o‘qituvchilarni tayyorlashimiz, rivojlantiruvchi
ta’limning yanada faol tizimini tatbiq etishimiz va o‘qituvchilarni ta’lim jarayonida


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

80

yanada muvaffaqiyatli foydalana oladigan materiallar bilan ta’minlashimiz kerak.
Eng muhimi, biz hozir to‘g‘ri yo‘ldamiz, ancha oldin PISA va PIRLS tadqiqotlari tops-
hiriqlari xususiyatlarini ochib beruvchi materiallar bilan to‘plamlar chop ettirildi. Endi
esa bu vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirib, paydo bo‘layotgan muammo-
larni hal qilish ustida ishlash kerak[6; 307].

XULOSA

Shuning uchun maqsadga bosqichma-bosqich erishish, e’lon qilingan g‘oya va

islohotlarni joriy etish lozim. Boshqa tomondan, natijalarni batafsil muhokama qi-
lish uchun jamoatchilik va professional hamjamiyatni tayyorlashimiz kerak. Mamla-
katimiz ushbu tadqiqotlarda ilk marotaba ishtirok etayotgani uchun hozircha aniq
natijalar yo‘q va bir narsa deyish qiyin. Lekin bu bo‘yicha ba’zi taxminlarni aytish
mumkin. Matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha natijalar o‘qish savodxonligi bo‘yicha
ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘ladi deb o‘ylaymiz. Chunki mamlakatimiz yoshlari har
yili kimyo va matematika fanlaridan xalqaro fan olimpiadalarida yuqori natijalarni
qayd etib kelishmoqda.

Foydalanılgan adabıyotlar ro‘yxatı:

1. Ахмаджонова Ё.Т. (2020). PISA-таълим сифатини ошириш мезони. Аграр

фан назарияси ва амалиётидаги долзарб муоммолар ва уларнинг ечимлари,
821, 824.

2. Yaxshiyeva Z.Z., Axmadjonova Y.T., & Axmadjonova U.T. (2021). Ta’lim sifatini

baholash xorij tajribasi misolida o ‘rganilmoqda. Integration of science, education
and practice. Scientific-methodical journal, 383–85.

3. Axmadjonova Y.T., Axmadjonova U.T., & Yaxshiyeva Z.Z. (2021). Ta’lim sifatini

baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari. Academic
research in educational sciences, 2(CSPI conference 1), 1563–1567.

4. Ахмаджонова Ё.Т. (2021). PISA: «Студентов нужно научить думать,

а не запоминать». Гуманитарный трактат, (101), 12–14.

5. Akhmadzhonova Y.T., & Akhmadzhonova U.T. (2021). “Press conference” in the

delivering of chemistry. Экономика и социум, (3-1), 20–22.

6. Axmedovna S.S., & Orqinoy Tojimurodovna A.Y. (2021). PISA a criteria for im-

proving the quality of education. Galaxy International Interdisciplinary Research
Journal, 9(05), 306–308.

Библиографические ссылки

Ахмаджонова Ё.Т. (2020). PISA-таълим сифатини ошириш мезони. Аграр фан назарияси ва амалиётидаги долзарб муоммолар ва уларнинг ечимлари, 821, 824.

Yaxshiyeva Z.Z., Axmadjonova Y.T., & Axmadjonova U.T. (2021). Ta’lim sifatini baholash xorij tajribasi misolida o ‘rganilmoqda. Integration of science, education and practice. Scientific-methodical journal, 383–85.

Axmadjonova Y.T., Axmadjonova U.T., & Yaxshiyeva Z.Z. (2021). Ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari. Academic research in educational sciences, 2(CSPI conference 1), 1563–1567.

Ахмаджонова Ё.Т. (2021). PISA: «Студентов нужно научить думать, а не запоминать». Гуманитарный трактат, (101), 12–14.

Akhmadzhonova Y.T., & Akhmadzhonova U.T. (2021). “Press conference” in the delivering of chemistry. Экономика и социум, (3-1), 20–22.

Axmedovna S.S., & Orqinoy Tojimurodovna A.Y. (2021). PISA a criteria for improving the quality of education. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(05), 306–308.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов