Zamon jadallik bilan rivojlanayotgan bir paytda, insoniyatga o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmayapti. Ma’lumotlarni ko’pligi, shovqin-suron, internet rivojlanishi va boshqalar inson psixikasiga o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Bugungi kunda antidepressant preparatlariga talab kuchaymoqda. Albatta preparatning nojoyi ta’siri kamligi, qabul qilish intervali uzoqligi va tabiiyligi ko’p taraflama qulayliklarga olib keladi. Ushbu ilmiy maqolada Supurgi oilasiga mansub Cistanche o'simliklarining toksik- farmakologik xususiyatlari keltirilgan. Hozirgi vaqtda mahalliy o'simliklardan samarali dorivor moddalarni topish juda muhim. Cistanche an'anaviy Xitoy tabobatida keng qo'llaniladi. Chet elda Cistanche tubulosa osteoporoz (OP), Altsgeymer kasalligi (AD) va erkaklar jinsiy disfunktsiyasini (MSD) davolashda keng qo'llaniladi. Cistanches Herba - buyrak etishmovchiligi, ayollarning bepushtligi, patologik ajralmalar va qarilikdagi qabziyatni davolash uchun qo’llaniladi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, biz Oʻzbekiston Respublikasining Fargʻona viloyatida oʻsadigan Cistanche mongolica turidan tayyorlangan ekstraktning ba'zi farmakologik xususiyatlarini va o'tkir toksikligini, undan tashqari antideprassant xususiyatini tahlil qildik. Ushbu tadqiqot haqida ma'lumot quyida keltirilgan.
В медицинской практике в качестве препаратов, обладающих гепатозащитным действием, находят применение суммарные растительные препараты «Силибор», которые в качестве основных компонентов содержат флавоноиды и их гликозиды, в частности силибин.
Carthamus tinctorius l gullari an'anaviy ravishda yurak-qon tomir, serebrovaskulyar va ginekologik asoratlar uchun qo'llaniladi. Shu bilan birgalikda yurak-qon tomir kasalliklari uchun Carthamus tinctorius l suvli ekstraktining fitoterapevtik hamda, antikoagulyant, qon tomirlarini kengaytiruvchi, antihipertenziv, antioksidant, neyroprotektiv, immunosupressiv, melanin sinteziga inhibitiv ta'sir ko'rsatadigan saratonga qarshi vosita sifatida dunyo olimlari ilimiy tadqiqotlar olib borishmoqda. Bundan tashqari, Carthamus tinctorius l neyrotrop, kardiotrop, gemopoetik va diaforetik tizimlar bilan bog'liq boshqa kasalliklar uchun ham samarali ekanligi aniqlangan. Ushbu o'simlikning fitokimyosiga kelsak, tegishli tadqiqotlar o'simlikning turli qismlaridan aniqlangan flavonoidlar, feniletanoid glikozidlar, kumarinlar, yog' kislotalari va steroidlar kabi bir qator faol tarkibiy qismlarni aniqladi. Hozirgi vaqtda bir qator farmatsevtika tadqiqotlari uning antioksidlanish, yallig'lanishga qarshi va antiepilepsiya nuqtai nazaridan etnofarmatsevtik qo'llanilishiga e’tibor qaratilgan. Biz olib borgan tadqiqot Carthamus tinctorius l ning antioksidantlik xususiyatlarini ko‘rib chiqish.
Maqolada arpabodiyonning asosiy xususiyatlari ta’siri bayon qilinadi. Arpabodiyonning kimyoviy tarkibi va ozuqaviy qiymati ko’rsatilgan, apabodiyonning turli xil farmatsevtika qo’llanilishi va uni turli kasalliklarda qo’llash samaradorligi ko’rib chiqiladi. Muayyan tibbiy sharoitlarda va kasalliklarda arpabodiyonning inson tanasiga ta’siri alohida tahlil qilinadi.
Многие яркие окраски растительного мира нашей планеты, весной, осенью и летом обусловлены соединениями одного флавоноидного класса - халконы. Халконы - это а,Р-ненасыщенные кетоны, состоящие из двух ароматических колец (A и B), имеющих различные заместители. Интерес к исследованию этих соединении углубляется тем, что они обладают некоторым бактериостатическим действием. Считается, что халконы - предшественники различных групп флавоноидных соединений при биосинтезе. Чаще всего в растениях 2'-гидроксихалконы являются биогенетическими предшественниками ауроновых соединений.